Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Creation of the Navoi region and historical analysis of the
preschool education system at the initial stage
Firuza SHIRINOVA
Navoi State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2023
Received in revised form
15 September 2023
Accepted 25 October 2023
Available online
15 December 2023
This article highlights the shortcomings, problems, lack of
personnel, and some aspects of construction in the preschool
education system of the Navoi region. Based on archival
materials, discussions are presented on the issues of creating a
legal framework for reforms in the field of preschool education
from 1992 to 2017.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss9/S-pp230-235
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
education,
modernization,
problem,
solution,
deficiency,
science,
research,
examination,
medical problems.
Navoiy viloyatining tashkil etilishi va dastlabki bosqichda
maktabgacha ta’lim tizimining tarixiy tahlili
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ta’lim,
modernizatsiya, muammo,
yechim,
kamchilik,
ilm-fan,
tadqiqot,
ko‘rik,
tibbiy muammolar.
Mazkur maqolada muallif tomonidan Navoiy viloyatida
maktabgacha ta’lim tizimidagi kamchiliklar, muammolar,
kadrlar yetishmasligi, qurilish sohasidagi ayrim muammolar
keltirilgan. 1992
–
2017-
yillarda maktabgacha ta’lim sohasidagi
islohotlarning huquqiy bazaviy asoslarining yaratilishi
masalalari xususida fikrlar arxiv materiallari asosida yoritilgan
1
Senior teacher, Department of History, Navoi State Pedagogical Institute.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
231
Исторический анализ организации и становления
системы дошкольного образования на начальном этапе
в Навоийской области
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
образование,
модернизация,
проблема,
решение,
недостаток,
наука,
исследование,
экспертиза,
проблемы медицины.
В данной статье освещаются недостатки, проблемы,
нехватка кадров и некоторые аспекты строительства
в системе дошкольного образования Навоийской области.
На
основе
архивных
материалов
представлены
рассуждения о вопросах создания правовых основ реформ
в сфере дошкольного образования в 1992–2017 годах.
Kirish
Bugungi kunda dunyo tajribasidagi maktabgacha ta’lim tizimida erishilgan
innovatsion yutuqlardan milliy ta’limni rivojlantirishda keng foydalanilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishga
qaratilgan qator qaror va farmonlari, parlament tomonidan ko‘rib chiqilib,
tasdiqlanayotgan yangi qonunlar kelajagimiz
bo‘lgan bolalarimiz ma’naviyatini
yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat
yuritayotgan barcha xodimlarni, mutaxassislarni kasbiy ko‘nikma va malakalarini tizim
doirasida oshirish, rivojlangan davlatlarning makta
bgacha ta’lim tizimi bo‘yicha
tajribalarini o‘rganish va o‘zlashtirish, maktabg
acha yoshdagi bolalarni maktabgacha
ta’lim muassasalariga qamrovini oshirish, qishloq joylarida, uzoq ovullarda maktabgacha
ta’lim muassasalarini qurish va mavjudlarini zamonaviy tarzda faoliyat olib borishini
tashkil qilish, autsorsing tizimiga o‘tish,
ichimlik suvi muammosini hal etish, maktabgacha
ta’lim tizimini har tomonlama rivojlantirishni va ushbu jarayonlarning ilmiy tadqiqotini
davr taqozo etmoqda.
Adabiyotlar tahlili va muhokama
Mazkur mavzuga taalluqli bo‘lgan adabiyotlar tahlil qilinganda O‘zbekiston
Respublikasining mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimini ilmiy jihatdan asoslab
berishga harakat qilgan tadqiqotlar yetarli. Bunda Q. Ergashev, A. Choriyev, A. Sadiyev,
R. Tolibov, Yu.K. Babanskiy. N.S. Saidahmedov Y.P. Azarov, B. Qodirov, Sh. Qurbonov,
E. Saidxalilov, M.
Qurbonovlarning ilmiy tadqiqot ishlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Mazkur tadqiqot ishlarida O‘zbekistonda ta’lim tizimi, ayniqsa, maktabgacha, umumta’lim
va o‘rta maxsus ta’limining rivojlanish tarixi masalalari yoritib berilgan. Xulosa va natijalar
asosida ta’lim tizimidagi yutuqlar, kamchiliklar va muammolar, ularni bartaraf
etish
yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, sohaga oid qator monografiya va ilmiy maqolalar
ham chop etilgan. Navoiy viloyati nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, maktabgacha ta’lim
tashkilotlari tarixi, soha rivojlanishi, undagi muammolar, ularning yechimi haqida
tadqiqotlar o‘rganilmagan. Mazkur mavzuni tadqiq etishda tarixiylik, ob’yektivlik, qiyosiy
taqqoslash, xronologik ketma-ketlik va tarixiy izchillik tamoyillaridan foydalanib, yoritib
berishga harakat qilindi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
232
Muhokama
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlaboq maktabgacha ta’lim tizimi sohasida
islohotlar olib borildi va uning huquqiy-bazaviy asoslari yaratildi. Navoiy viloyati qayta
tashkil etilgan 1992-
yilda maktabgacha ta’lim tizimi chuqur inqiroziy holatni boshidan
kechirayotgan edi. Respublikaning boshqa viloyatlari kabi Navoiy viloyatida ham
maktabgacha ta’lim muassasalarida qator kamchiliklar mavjud bo‘lib, ularni
bartaraf etish
chora-tadbirlari belgilab olindi. 2001
–
2016-
yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining
holati ancha yaxshilanib, ta’lim sohasidagi yutuqlar va foydalanilmagan imkoniyatlar
aniqlandi. Navoiy viloyat tumanlarining geografik joylashuvi sabab mutaxassis kadrlar
bilan ta’minlash masalasidagi,
qurilish va ta’mirlash borasidagi qator muammolar ko‘zga
tashlandi. 2017-2022-
yillar maktabgacha ta’lim tizimidagi tub islohotlarni Navoiy
viloyatida
joriy qilinishi natijalari maktabgacha ta’lim tizimi istiqbollarini belgilab berdi.
Natijalar
Mamlakatimizda ta’lim milliy taraqqiyotimizning ustuvor omili sifatida
belgilangach, tizimning maktabgacha ta’lim sohasiga asosiy yo‘nalish sifatida e’tibor
qaratildi. Har bir bola uchun maktabgacha ta’lim
-tarbiya olish, ularda ilmga ilk ishtiyoq va
ko‘nik
malarni shakllantirish, atrofni anglash istagini qanoatlantirish, jismoniy va aqliy
faoliyatini rivojlantirishda tenglikni ta’minlash, sog‘lom ovqatlantirish kabi maqsadlar o‘z
ifodasini topgan barcha imkoniyatlar ishga solindi. 1992-yili viloyatda bolalar rivojlanish
markazlari tashkil etilib, ularda bolalar individual mehnat va turli qiziqarli to‘garaklarga
jalb etildi. 1994-
yilda maktabgacha ta’lim sohasining muhim vazifasi bolalarni millatlararo
muloqot tili bo‘lgan rus tilini o‘zlashtirishga tayyorlash edi. Buning uchun nutq va o‘qishni
rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. O‘qitishning yangi usullari qo‘ll
anildi.
Ushbu yil Navoiy viloyatida maktabgacha ta’lim rivojlanib, takomillashtirildi.
Maktabda
muvaffaqiyatli o‘qish va keyingi hayotga tayyorlash uchun zarur bilim va ko‘nikmalar
berilib borildi. 1995-
yili viloyatning aholisi ko‘p bo‘lgan Qiziltepa, Xatirchi, Navbahor
tumanlarida maktabgacha ta’lim muassasalarining kamligi, bolalarni muassasalarga
qamrov pastligi, shtat birliklari, oylik maosh masalasidagi muammolar mavjud edi.
1998-
yil viloyatda 300 dan ortiq maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat koʻrsatib, ularda
25 mingga yaqin bola tarbiyalandi. Mulkchilik turi va shakliga ko‘ra, maktabgacha ta’lim
muassasalari davlat, kommunal, kolx
oz, kooperativ, jamoat va xususiy bo‘lishi mumkin.
Ularning barchasi 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yashashini tashkil etish,
savodxonlik, matematika, qo‘shiq aytish, raqsga tushish, rasm chizish, jismoniy tarbiya va
boshqa mashg‘ulotlar asoslarini o‘rgatish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatildi. 2000
-yilda
maktabgacha ta’lim muassasalari soni 350 taga, maktabgacha ta’lim muassasalariga
qatnaydigan bolalar soni esa 28 mingdan ortiqni tashkil etdi. Joriy yilda ona tili,
matematika, musiqa, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya va boshqa fanlarni o‘rgatish bo‘yicha
o‘quv materiallarini o‘z ichiga olgan yangi maktabgacha ta’lim dasturi ishlab chiqildi.
Shuningdek, bolalarda nutq, fikrlash, diqqat va xotirani rivojlantirishga katta e’tibor
berildi. Ushbu yilda m
aktabgacha ta’lim muassasalarida pedagoglarning malakasini
oshirish bo‘yicha ibratli ishlar amalga oshirildi. Seminar, trening va konferensiyalar tashkil
etilib, ularda o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashdi, bolalar bilan ishlashda yangi usul va
texnologiy
alardan foydalanishni o‘rgandi. Biroq, o‘tgan yillardagidek, maktabgacha ta’lim
muassasalarida moliyalashtirish muammolari, kadrlar yetishmovchiligi yuzaga keldi.
Ota-
onalar va vasiylar ham farzandlarining maktabgacha ta’lim muassasalarida bo‘lishlari
uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelishdi. Viloyatda MTM soni
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
233
480 tani, maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnaydigan bolalar soni esa 40 mingdan ortiqni
tashkil etdi. Muammolarni bartaraf etish uchun maktabgacha ta’lim muassasalarini
modernizatsiya qilish ishlari davom ettirildi. Ta’lim uchun yangi asbob
-uskunalar va
materiallar xarid qilindi, ta’mirlash ishlari olib borildi, maktabgacha ta’lim muassasalarining
moddiy texnik bazasi yaxshilandi. “Xalq ta’limi, ayniqsa maktabgacha ta’lim muassasasi
fidoiylari yil davomida moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib borildi. Mas
alan, Karmana tuman
4-
son “Boychechak” bolalar bog‘chasi tarbiyachisi Zaripova Risolat, Konimex tuman “Akbota”
bolalar bog‘chasi mudirasi Piyashova Gulsidan, Nurota tuman “Shalola” bolalar bog‘chasi
mudirasi Farmonova Halima 2000-yil 1-
oktabrda O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi
a’lochisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi [2.V
-26.58.]. 2001-yilda respublikamizda 6742 ta
maktabgacha ta’lim muassasalarida 68500 nafar bolalar tarbiyalanib, ularga 65862 nafar
pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar xizmat qilgan [5-1.v-155.]. Demak, Navoiy viloyatida
muassasa va tarbiyalanuvchilar qamrovi respublikaning boshqa viloyatlariga nisbatan yuqori
ko‘rsatgichga ega bo‘lgan.
1992-yildan to 2017-
yilgacha bo‘lgan bu davrlar Navoiy viloyatida ta’lim sohasining
ahvoli va rivojlanish istiqbollarini uslubiy ta’minlash va o‘rganishda “Ta’lim to‘g‘risida”gi
qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bila
n birga
mazkur yillar davomida mavzuga oid qabul qilingan qaror, farmon va farmoyishlar ham bu
soha taraqqiyoti bosqichlari va yo‘nalishlarining nazariy asoslarini belgilab beruvchi
dasturamal bo‘lib xizmat qildi. Navoiy viloyati Xalq ta’limi boshqarmasini
ng 2000-yil
4-avgustdagi 187
–
FP-
sonli qarorida ham “Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari
tarbiyalanuvchilarini tibbiy va ruhiy ko‘rikdan o‘tkazish” masalasi ko‘rib chiqilgan. Shuni
aytish joizki, ta’lim muassasalariga qabul qilinayotgan bolalar sog‘lig‘ida nuqsonlar ko‘p
uchr
ayotgani bois, bu masalalar bir necha bor viloyat Xalq deputatlari kengashi yig‘ilishlari
va XTB yig‘ilishlarida ko‘rib borilgan. 2000
-yilning 1-sentabridan boshlab, Shahar, tuman
DSENM bosh vrachlari maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida dezinfeksiya,
dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlarini kuchaytirish hamda sanitariya epidemiyaga qarshi
tadbirlarni bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga kelishib olingan [5.297. v-142].
“2001
-
yil mobaynida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o‘qitish va
tarbiyalashda davlat tomonidan qo‘yilgan talablarni amalga oshirish uchun “Ona va bola”
muammolari bo‘yicha teleko‘rsatuvlar va radio eshittirishlar turkumini tashkil etish”
[4.280.v-1
1], mazkur tadbirlarga maktabgacha ta’lim muassasalari metodistlari,
mutaxassislarini jalb etish masalasi ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarini pedagogik, psixologik va
defektologik va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni 2001
-yilning 8-fevralidan 30-apreligacha
ta’minlab, ko‘rik natijalari haqida har chorshanba kuni
Xalq ta’limi boshqarmasi tashxis
markazi rahbariga ma’lumot berib borish VXTB birinchi o‘rinbosari X.Ya.
Yakubovga,
VSSB bshlig‘i S.
Avezovlar zimmasiga yuklatilgan [6.N.v.ja26.]. Bunda ota-onalar, oliy
ma’lumotli pedagog psixolog, defektologlardan iborat doimiy komissiya tuzishga qaror
q
ilingan. Oftolmolog, otolorengolog, stomatolog, endokrinolog ko‘riklarini tashkil etish
masalasi ham muhokama etilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularni zamon talablari
asosida rivojlantirish borasida nazorat qanchalik kuchaytirilgan bo‘lmasin, bu sohalarda
ayrim nuqsonlarni uchratish mumkin. Navoiy viloyat Nurota tumanidagi bolalar
bog‘cha
larida 2000-
yilning avgust oyida o‘tkazilgan tekshiruvda “Paxtaoy”, “Nargiz”,
“Nilufar” bog‘chalarida moliyaviy va xo‘jalik ishlarida 5 ta holatda 153 ming
so‘mlik
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
234
kamomad aniqlangan.
Bu kamomadda aybdor deb topilgan, RayOno hisobchisi, bog‘cha
mudiralari javobgarlikka tortilgan.
Kamomadning asosiy ko‘rinishi, bolalar uchun
tayyorlanadigan oziq-ovqat ratsioni menyusining taxminiy tarzda yurgizilishi va
belgilangan me’yorlarga javob bermasligidir.
2005-
yilda viloyatdagi 234 bog‘cha –
yaslilarda 6870 ta yoshli 3-5 yoshli bolalar
tarbiyalandi. Ularga 2676 oliy va o‘rta malakali murabbiylar ustozlik qilgan. 2006–
2007 va
2011
–
2012-
o‘quv yillari statistik ma’lumotlarini taqqoslaganda, bog‘chalar soni 222 tadan
131 taga, tarbiyalanuvchilar soni 23052 dan 19564 taga, guruhlar soni esa, 1016 tadan
875 taga kamayganini ko‘rish mumkin. Shuningdek pedagog xodimlar soni 2604 nafar
bo‘lgan bo‘lsa, 2011
-
yilda 2283 nafarni tashkil etgan. Mavjud dalillar bog‘chalar sonining
keskin qisqargani va ishchi o‘rinlari kamaygani sababli ayollarning o‘z uyida o‘tirib qolishi,
o‘z bolalarini o‘zi tarbiyalashidek ijtimoiy muhit paydo bo‘lganini ko‘rsatadi.
2005
–
2006-
yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarida har 100 o‘ringa 91 ta bola to‘g‘ri kelgan.
2011
–
2012-
yillarda har 100 o‘ringa 88 nafar tarbiyalanuvchi to‘g‘ri kelgan [4.48. v
-9.].
2012-
yilda bu ko‘rsatkich 7349 taga tushib qolganini ko‘ramiz, guruhlar soni ham
302 tadan 314 ta, atigi 12 taga ko‘paygan xolos. Muammolar anchagina bo‘lib,
tarbiyalanuvchilar soni 100 o‘ringa 112 ta bola to‘g‘ri kelgan.
2008-
yili bu ko‘rsatkich
87 tani tashkil etgan. Aynan shu ko‘rsatkichni aholi ko‘p
yashaydigan Zarafshon shahri
misolida keltiradigan bo‘lsak, 2005
-
yilda Maktabgacha ta’lim muassasalari soni 20 ta,
2012-
yilda esa bu ko‘rsatkich 15 taga tushadi. Xuddi shuningdek, guruhlar soni 172 tadan
165 taga, o‘rinlar soni esa 4220 tadan 3485 taga kamayganini ko‘rish mumkin.
Tarbiyalanuvchilar soni 4419 tadan 3219 taga kamaygan, muassasa pedagog
–
tarbiyachilari soni ham 521 tadan 448 taga tushib qolganini kuzatish mumkin [4.11.v-19].
Navoiy shahar hokimligi xalq ta’limi bo‘limining 2008
-yil 17-dekabr kengash
yig‘ilishi № 9/2 –
sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida MTMda №25/3
-
sonli buyrug‘i
ishlab chiqilgan va 2009-
yilning dekabriga qadar ushbu hay’at yig‘ilishi qarorini
maktabga
cha ta’lim muassasalarining pedagogika kengashlarida muhokama qilish, 5 kun
muddatda MTM kadrlarga oid qabul qilingan buyruqlarning qonuniyligini, xodimlarning
shaxsiy yig‘ma jildlarini to‘liqligini o‘rganib chiqish va kamchiliklarni bartaraf etish
bo‘yich
a chora-
tadbirlarni belgilash, MTMda “Yosh pedagoglar maktabi” faoliyatini tashkil
etish va har chorakda ustoz-
tarbiyachilarning hisobotlarini eshitib borishni yo‘lga qo‘yish,
pedagog xodimlarning o‘z vaqtida malaka oshirish kurslaridan o‘tishini nazorat q
ilib
borish vazifalari yuklatilgan [6.11. v-19]. 2010-yilning birinchi choragida Navoiy shahrida
2-
7 yoshli bolalar soni ko‘pligi, qamrov darajasi
32-33 foiz ekanligini inobatga olib,
ayrimlari davlat tasarrufidan chiqarilgan va kimoshdi birja savdolari as
osida o‘z egalarini
topgan yangi bog‘chalar o‘rnida ochilishiga erishildi. Barcha qulayliklarni hisobga olib,
mazkur tarbiya muassasalaridagi to‘lovlar davlat muassasalaridan biroz yuqoriroq edi.
Maorif va sog‘liqni saqlash boshqaruvi xodimlari xususiy bog‘chalarni ham uslubiy
ta’minlash va bolalarni sog‘lom muhitda o‘sishini nazorat ostida tutib turdi. Ammo
yuqorida tilga olingan muammolar kam bo‘lsa
-da, 2016-
yil boshida o‘z yechimini topdi.
2016-
yil Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim sohasi uchun alohida ahamiyatga ega.
Bolalar bog‘chalari zamonaviy jihozlar bilan jihozlanib, metodik ko‘rgazmali vositalar
keltirilgan.
Uslubchi va tarbiyachilar o‘zining yillik kalendar ish rejasiga ega, ularning boy
pedagogik tajribasi ommalashtirib borilgan [2.M-26.j-53.v-13].
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonni 2016
-yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-
yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng
muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
235
majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek, “Avvalgi uchrashuvlarda ta’lim va ilm
-fan,
davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta’limning yangi, zamonaviy
usullarini, jumladan, axborot
–
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi
ishlar ahvoli tanqidiy tahlil qilib berilgan edi. Dolzarb vazifalarni amalga oshirish yoshlar,
jamiyat va mamlakatning kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekani sababli ushbu
sohadagi ishlar shaxsan Bosh vazirga yuklatilgan. Sizning e’tiboringizni quyida
gi
vazifalarni amalga oshirishga qarataman. Birinchi vazifa
–
maktabgacha ta’lim sohasida”
[1.v-44-
45]. Mazkur vazifani bajarish borasida joriy yil mobaynida maktabgacha ta’limni
uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas, birlamchi bo‘g‘ini sifatida takomillashtirish bo‘yicha
davlatimiz rahbari tomonidan qator muhim hujjatlar qabul qilindi.
Xulosa
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy –
texnika bazasini
mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog
kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxsh
ilash,
ta’lim –
tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish,
bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezident
ining 2016-yil
29-
dekabrdagi “2017–
2021-
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish
chora
–
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–
2707-son qarori qabul qilindi. Shu qaror bilan
tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017–
2021-
yillarga mo‘ljallangan dastur” ning asosiy maqsadli vazifalari va yo‘nalishlari qatorida
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy,
estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish belgilangan. Tizimda jami xodimlar
soni 11 ming 646 nafarni tashkil etib, ularning 5 ming 898 nafari pedagoglardir,
Pedagoglarning 4 ming 381 nafari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, 1 ming
517 nafari nodavlat sektorda faoliyat yuritadi. 2022-yilda tizimda faoliyat yuritayotgan
rahbar va pedagoglarning 905 nafari tegishli malaka oshirish kurslariga jalb etilgan.
2021-yilda 59 ta
maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, umuman
bog‘cha mavjud bo‘lmagan 8 ta mahallada 17 ta oilaviy bog‘chalar tashkil etilgan [8.v
-26.].
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
SH.M.Mirziyoev, Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib –
intizom va shaxsiy javobgarlik
–
har
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –
T.: “O‘zbekiston”, 2017. B.44
-45.
2.
O‘zbekiston Milliy Arxivi. F.M
-26.1-
ro‘yxat. 941
- jild. 58-
b. O‘zbekiston Milliy
Arxivi. M-26-fond, 1-
ro‘yxat, 53
-jild, 13-b. Navoiy viloyat davlat arxivi,1-F, 1-
ro‘yxat, 180
jild, 155- b.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyat Statistika Boshqarmasi.
Joriy arxivi,
2005-2012-yillar hisoboti.
4.
Navoiy shahar XTB ning 2009-yil joriy arxivi. 11-
yig‘ma jild, 19
-bet.
5.
Navoiy viloyat davlat arxivi 48-Fond, 1-
ro‘yxat, 130 jild, 9
-b.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyat Statistika Boshqarmasi. Joriy arxivi,
2005-2019-yil yakunlari hisoboti.
7.
Navoiy viloyat davlat arxivi, 297-F, 1-
ro‘yxat, 280 jild, 142
- b.
8.
Navoiy viloyat davlat arxivi, 297-F, 1-
ro‘yxat, 360 jild, 11
-b. Navoiy viloyat XTB
2001-yil 8-
fevral № 26 –
sonli AA.
Qo‘shma buyrug‘i. XTB Joriy arxivi.
9.
Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim tashkilotlari boshqarmasi joriy arxivi.
Boshqarma boshlig‘i O‘. Tillayevning “Maktabgacha ta’lim xodimlarining avgust
kengashidagi hisoboti.” 2020
-y., 14-avgust.
