Авторы

  • Рахимбой Юсупов
    Преподаватель, Хорезмский областной юридический техникум
  • Имомаддин Болтаев
    Cтудент, Хорезмский областной юридический техникум
  • Шерали Юлдашов
    Cтудент, Хорезмский областной юридический техникум
  • Шодия Собирова
    Cтудент, Хорезмский областной юридический техникум

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss9/S-pp176-179

Ключевые слова:

гражданские права основы гражданских прав ущерб защита гражданских прав упущенная выгода

Аннотация

В данной статье авторы предоставляют информацию о возникновении гражданских прав, их реализации и правовой защите.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Enforcement and protection of civil rights

Rahimboy YUSUPOV

1

, Imomaddin BOLTAYEV

2

, Sherali YULDASHOV

3

Shodiya SOBIROVA

4

Khorezm Region Legal Technical School

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2023

Received in revised form

15 September 2023

Accepted 25 October 2023

Available online

15 December 2023

This article provides information on the creation of civil

rights, their implementation and legal protection.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss9/S-pp176-179

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

civil rights,

foundations of civil rights,

protection of civil rights,

damages,

lost profits.

Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

fuqarolik huquqi,

fuqarolik huquqining

vujudga kelish asoslari,

fuqarolik huquqlarini

himoya qilish,

zarar,

boy berilgan foyda.

Ushbu

maqolada

mualliflar

tomonidan

fuqarolik

huquqlarining vujudga kelishi, ularni amalga oshirish hamda

huquqiy asoslarga ko‘ra himoya qilish haqida ma’lumotlar

berilgan.

Обеспечение и защита гражданских прав

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

гражданские права,

основы гражданских прав,

защита гражданских прав,

ущерб,

упущенная выгода.

В данной статье авторы предоставляют информацию о

возникновении гражданских прав, их реализации и

правовой защите.

1

Teacher of Khorezm Region Legal Technical School.

2

Students of Khorezm Region Legal Technical School.

3

Students of Khorezm Region Legal Technical School.

4

Students of Khorezm Region Legal Technical School.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2023) / ISSN 2181-1415

177

Insonlar doimo bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatga kirishgan holda yashaydilar.

Bu ijtimoiy munosabatlar orqali huquqlarini ro‘yobga chiqarish, ehtiyojlarini

qanoatlantiradilar, majburiyatlari hamda burchlarini bajaradilar. Fuqarolik-huquqiy
munosabat ishtirokchilari kimligidan, qanday ijtimoiy-

siyosiy maqomga ega bo‘lishidan

qat’i nazar o‘zlari ishtirok etayotgan fuqarolik

-huquqiy munosabatlarda bir-birlariga

nisbatan teng huquqqa egadirlar [1].

Ma’lumki, fuqarolik huquq va burchlari qonunchilikda nazarda tutilgan asoslardan,

shuningdek fuqarolar hamda yuridik shaxslarning, garchi qonunchilikda nazarda tutilgan

bo‘lmasa

-

da, lekin fuqarolik qonunchiligining umumiy negizlari va mazmuniga ko‘ra

fuqarolik huquq hamda burchlarni keltirib chiqaradigan harakatlaridan vujudga keladi.

Fuqarolik kodeksining 8-moddasiga muvofiq, fuqarolik huquq va burchlari

quyidagilardan vujudga keladi:

1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek,

garchi qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasa

-

da, lekin unga zid bo‘lmagan shartnomalar va

boshqa bitimlardan;

2) qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda

tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

hujjatlaridan;

3) sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan;
4)

qonun yo‘l qo‘yadigan asoslarda mol

-mulk olish natijasida;

5)

fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat

natijasida;

6) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida;
7) asossiz boyib ketish natijasida;
8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida;
9) qonunchilik fuqarolik-

huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog‘laydigan

hodisalar natijasida.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan mol

-

mulkka bo‘lgan huquqlar, agar

qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, unga bo‘lgan tegishli huquqlar
ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.

Fuqarolar va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli bo‘lgan fuqarolik huquqlarini,

shu jumladan, ularni himoya qilish huquqini ham o‘z xohishlariga ko‘ra tasarruf etadilar.
Fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘z huquqlarini amalga oshirishdan voz kechishi bu

huquqlarning bekor qilinishiga olib kelmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno.

Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish boshqa shaxslarning huquqlarini hamda

qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. Fuqarolik huquqiy

munosabatlari ishtirokchilarining halol, oqilona va adolat bilan harakat qilishi nazarda
tutiladi.

Fuqarolar va yuridik shaxslar o‘z huquqlarini amalga oshirishda jamiyatning

ma’naviy tamoyillari va axloqiy normalarini hurmat qilishlari, tadbirkorlar esa –

ish odobi

qoidalariga ham rioya etishlari kerak.

Fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa shaxsga zarar yetkazishga, boshqacha

shakllarda huquqni suiiste’mol qilishga, shuningdek huquqni uning maqsadiga zid tarzda

amalga oshirishga qaratilgan

harakatlariga yo‘l qo‘yilmaydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2023) / ISSN 2181-1415

178

Fuqarolik huquqlari protsessual qonunchilik yoki shartnomada belgilab

qo‘yilganidek, ishlar qaysi sudga taalluqli bo‘lishiga qarab, sud, iqtisodiy sud yoki hakamlik

sudi tomonidan himoya qilinadi.

Qonunda nazarda tutilgan hollardagina fuqarolik huquqlari ma’muriy tartibda

himoya qilinadi. Ma’muriy tartibda qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat qilish

mumkin.

Fuqarolik huquqlari quyidagi yo‘llar bilan himoya qilinadi:

huquqni tan olish;

huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning

buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;

bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;

davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini

haqiqiy emas deb topish;

shaxsning o‘z huquqini o‘zi himoya qilishi;

burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;

zararni to‘lash;

neustoyka undirish;

ma’naviy ziyonni qoplash;

huquqiy munosabatni bekor qilish yoki

o‘zgartirish;

sudning davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining

qonunga zid hujjatini qo‘llamasligi.

Fuqarolik huquqlari qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ham himoya

qilinishi mumkin.

Davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining

qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan hamda fuqarolarning yoki yuridik shaxsning fuqarolik

huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjati sud

tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Fuqarolik huquqlarini shaxsning o‘zi himoya qilishiga yo‘l qo‘yiladi. Fuqarolik

huquqlarini shaxsning o‘zi himoya qilish usullari huquqni buzishga mutanosib bo‘lishi

hamda huquq buzilishining oldini olish uchun zarur harakatlar doirasidan chiqib

ketmasligi kerak.

Ahamiyatlisi shundaki, sub’yektlar o‘z huquqlarini amalga oshirishiga hech kim

to‘sqinlik qilishga haqli emas. Agar shunday holat sodir bo‘lsa, bunday to‘siqlar huquq

egasi tomonidan sudga murojaat etish orqali bartaraf etilishi mumkin. Ushbu qoida

nafaqat

barcha huquq sub’yektlari uchun, balki ularning shaxsiy va mulkiy huquqlari

uchun ham nazarda tutiladi.

Agar qonun yoki shartnomada zararni kamroq miqdorda to‘lash nazarda tutilmagan

bo‘lsa, huquqi buzilgan shaxs o‘ziga yetkazilgan zararning to‘la qoplanishini talab qilishi

mumkin.

Zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan

yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlari, uning mol

-

mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi

(haqiqiy zarar), shuningdek, bu shaxs o‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik

muom

alasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari

(boy berilgan foyda) tushuniladi.

Agar huquqni buzgan shaxs buning natijasida daromad olgan bo‘lsa, huquqi

buzilgan shaxs boshqa zarar bilan bir qatorda boy berilgan foyda bunday daromaddan kam

bo‘lmagan miqdorda to‘lanishini talab qilishga haqli.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2023) / ISSN 2181-1415

179

Davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan

qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan hujjat qabul qilinishi, shuningdek ular mansabdor
shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik

shaxsga yet

kazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi

boshqarish organi tomonidan qoplanishi lozim. Bunday zararning o‘rni davlat organining
budjetdan tashqari mablag‘lari yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining mablag‘lari

hisobidan qoplanadi.

Davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bekor qilingan,

ularning mablag‘lari yetishmagan yoxud davlat organining budjetdan tashqari mablag‘lari
yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining mablag‘lari bo‘lmagan taqdirda fuqaroga
yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasining

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Zarar qaysi davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

mansabdor shaxslarining aybi bilan yetkazilgan bo‘lsa, sudning qarori bilan zararning
o‘rnini qoplash ushbu organlar mansabdor shaxslarining zimmasiga yuklatilishi mumkin.

Fuqarolar va yuridik shaxslar fuqarolik huquqlarini o‘z xohishlariga ko‘ra o‘z erki

irodasi bilan o‘z manfaatlarini ko‘zlab qo‘lga kiritadilar hamda amalga oshiradilar.

Ular o‘zlariga tegishli fuqarolik huquqlarini shu jumladan, bunday fuqarolik huquqlarini
himoya qilishni ham o‘z xohishlariga ko‘ra hal etadilar [2].

Huquq sub’yektlari uchun fuqarolik huquqlarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek

ushbu huquqlarni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan huquqiy asoslar ham mavjud bo‘lib,

bu fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik munosabatlarida yuzaga kelishi mumkin

bo‘lgan

nizolarning oldini olish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish uchun xizmat

qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi

.

2. Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. Mualliflar jamoasi.

T.: TDYU, 2017.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi

Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. Mualliflar jamoasi. –T.:TDYU, 2017