Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Reinstatement of a rehabilitated person to work
Kamoliddin ISMOILOV
1
Fergana Interdistrict Court for Civil Cases
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2023
Received in revised form
15 September 2023
Accepted 25 October 2023
Available online
15 December 2023
The article examines the situation when a person is illegally
convicted, placed in a medical institution, detained or under
house arrest, dismissed from work (position) due to illegal
detention or suspended from office in connection with charges in
the case. Practical and theoretical problems associated with the
reinstatement of a person illegally removed from work are
analyzed and recommendations for solving them are proposed.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss9/S-pp89-92
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
justification,
rehabilitated person,
labor rights,
work,
position,
illegal dismissal,
illegal transfer,
labor dispute,
reinstatement
Reabilitatsiya etilgan shaxsni ishga tiklash
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
oqlov hukmi,
aybsiz deb topish,
reabilitatsiya qilingan shaxs,
mehnat huquqlari,
ish,
lavozim,
g‘ayriqonuniy ravishda
ishdan bo‘shatish,
g‘araiqonuniy ravishda
boshqa ishga o‘tkazish,
g‘ayriqonuniy ravishda
ishdan chetlashtirish,
mehnat nizosi,
ishga tiklash.
Maqolada qonunga xilof ravishda hukm qilingani, qonunga
xilof ravishda tibbiy muassasaga joylashtirilgani, ehtiyot chorasi
tariqasida qonunga xilof ravishda qamoqqa olingani yoki uy
qamog‘iga joylashtirilgani, qonunga xilof ravishda ushlab
turilgani tufayli ishdan (lavozimidan) ozod qilingan yoki ishda
ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi
munosabati bilan lavozimidan qonunga xilof ravishda
chetlashtirilgan shaxsni oldin ishlagan ishiga yoki lavozimga
tiklash bilan bog‘liq amal
iy va nazariy muammolar tahlili qilinib,
ularni barataf etish bo‘yicha tavlif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
1
Judge, Fergana Interdistrict Court for Civil Cases.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
90
Восстановление реабилитированного лица на работе
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
оправдание,
реабилитированное лицо,
трудовые права,
работа,
должность,
незаконное увольнение,
незаконный перевод,
трудовой спор,
восстановление на работе
.
В статье рассматривается ситуация, когда лицо
незаконно осуждено, помещено в медицинское учреждение,
задержано или находится под домашним арестом, уволено с
работы (должности) из
-
за незаконного задержания или
отстранено от должности в связи с обвинением по
делу.
Анализируются практические и теоретические проблемы,
связанные с восстановлением в должности лица, незаконно
отстраненного от работы, и предлагаются рекомендации по
их решению.
Mamlakatimizda soʼnggi yillarda jinoiy
-
huquqiy siyosatning qayta koʼrib chiqilishi
natijasida sudlar tomonidan hukm qilingan yoki jinoiy taʼqib qilingan shaxslarni reabilitatsiya
qilish sezilarli ravishda koʼpaydi. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy su
di tomonidan berilgan
statistikaga koʼra, sudlar tomonidan 2017 yilda 263, 2018 yil 867, 2019 yil 859, 2020 yil 781,
2021 yil 932, 2022 yil 1010, 2023 yilning 3 oyida 162 nafar shaxs oqlangan. Tabiiyki, shaxslar
reabilitatsiya etilgandan soʼng ushbu ularni
ishga tiklash bilan bogʼliq mehnat nizolari ham
koʼpayib bormoqda[1].
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, surishtiruv, tergov va sud amaliyotida reabilitatsiya
etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash yuzasidan
yechim talab qilayotgan ko‘plab muammolar kelib chiqmoqda. Shulardan biri reabili
tatsiya
etilgan shaxsning mehnat huquqlarini tiklash bilan bilan bog‘liq muammolar hisoblanadi.
Xususan huquqshunos olim I.Nasrievning qayd etishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
-
protsessual kodeksining 311-moddasiga asosan reabilitatsiya qilingan shaxsning huquqlari bilan
bir qatorda uni mehnatga oid huquqlarini tiklash to‘g‘risidagi talabi qanoatlantirilmagan bo‘lsa
yoxud u qabul qilingan qarorga rozi bo‘lmasa tegishli talab bilan da’vo ishini yuritish tartibida
sudga murojaat qilishga haqli ekanligi
belgilab qo‘yilgan. Ammo, mazkur qonun normasida
reabilitatsiya qilingan shaxsning mehnatga oid huquqlarini tiklash bilan bog‘liq talabi aynan qaysi
davlat organi yoki mansabdor shaxsi tomonidan qanoatlantirilmagan hollarda da’vo ishini
yuritish tartibida
sudga murojaat qilishga haqli ekanligi aniq nazarda tutilmagan. Shu yo‘sinda
qonun reabilitatsiya qilingan shaxsga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatmaydi.
Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat
-protsessual kodeksining 312-
moddasiga e’tibor
beradigan bo‘lsak, unda reabilitatsiya etilgan shaxs mulkiy ziyonni qoplash uchun pul tovoni
to‘lashni bunday to‘lovlarni amalga oshirish haqidagi ajrim yoki qarorni olgan paytdan e’tiboran
ikki yil mobaynida, boshqa huquqlarni tiklashni reabilitatsiya etilgan shaxs huquqlarini tiklash
tartibini tushuntiruvchi bildirish xati olgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida talab qilishi
mumkinligi nazarda tutilgan. Demak, reabilitatsiya
etilgan shaxsni ishga tiklash bo‘yicha hech
qanday protsessual hujjat qabul qilinmaydi, faqat unga tushuntiruvchi bildirish xati yuboriladi,
xolos.
Bunday mazmundagi norma qator tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi.
Tushunmovchilik mazkur normani turli talqin qilinishi bilan bog‘liq, ya’ni birinchidan, bu xatni
qaysi organ beradi, ikkinchidan, qachon beradi, uchinchidan muddat shaxsni reabilitatsiya qilgan
organning tushuntiruvchi bildirish xatini olgandan keyin boshlanadimi yoki ishga tiklash
vakolatiga ega bo‘lgan organning yoki mansabdor shaxsning bildirish xatini olgandan so‘ng
boshlanadimi, to‘rtinchidan, nima uchun rebalitatsiya qilingan shaxs
ga tushuntirish berilishi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
91
kerak, beshinchidan, reabilitatsiya qilgan organning o‘zi shaxsni ishga tiklab qo‘yishiga nima
xalaqit beradi va h.k. Bu savollarga hech qaerda javob yo‘q [2].
Mamlakatimizda yagona sud amaliyotini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyunda 18-
sonli “Reabilitatsiya etilgan shaxsga
nisbatan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash bo‘yicha sud amaliyotinin
g ayrim
masalalari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur Plenum qaroriga ko‘ra, reabilitatsiya –
bu asossiz jinoiy ta’qibga uchragan
shaxsning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklashdir.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
-protsessual kodeksining 302-moddasiga muvofiq,
reabilitatsiya etilgan shaxs qonunga xilof ravishda ushlab turilgani, ehtiyot chorasi sifatida
qonunga xilof ravishda qamoqda saqlangani yoki uy qamog‘iga joylashtirilgani, pas
portining
(harakatlanish hujjatining) amal qilishi qonunga xilof ravishda to‘xtatib turilgani, ishda
ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani tufayli vazifasidan qonunga xilof ravishda
chetlashtirilgani yoxud tibbiy muassasaga qonunga xilof ravishda joylashtirilgani natijasida unga
yetkazilgan mulkiy zararni undirish hamda ma’naviy ziyon oqibatlari bartaraf etilishini talab
qilish huquqiga ega, mehnat qilish, nafaqa olish, uy-joydan foydalanish va boshqa huquqlari ham
tiklanishi lozim bo‘ladi
[3].
Mazkur Plenum qarorining 3-
bandiga ko‘ra, reabilitatsiya asoslariga ko‘ra yetkazilgan
ziyonni qoplanishini va boshqa huquqlarini tiklanishini talab qilish huquqiga:
shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib noqonuniy yoki asossiz deb topilib, jinoyat ishi JPK 83
-moddasining
1, 2, 3-
bandlari (ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi o‘tkazilgan ish
bo‘yicha jinoyat hodisasi yuz bermagan bo‘lsa, shaxsning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa,
shaxsning sodir etilgan jinoyatga aloqasi bo‘lmasa);
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 36
-moddasi (jinoyat sifatida nazarda tutilgan
qilmishning alomatlari mavjud bo‘lsada, o‘zining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli
bo‘lmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmasligi) asoslarida tug
atilgan shaxslar ega
bo‘ladi.
Ish bo‘yicha tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari sudning qaroriga ko‘ra qonunga xilof
ravishda asossiz qo‘llangani sababli bekor qilinganda, tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar
ham reabilitatsiya asoslariga ko‘ra huquqlarini tiklashni talab qilish
i mumkin [4].
Hukm, ajrim yoki qarorning nusxasi reabilitatsiya etilgan shaxsga topshiriladi yoki pochta
orqali yuboriladi. Ayni vaqtda unga hukm, ajrim yoki qaror ustidan shikoyat qilish, shuningdek
mulkiy va ma’naviy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklash tarti
bi tushuntiriladi.
Reabilitatsiya etilgan shaxs o‘z huquqlarini tiklash tartibini tushuntiruvchi sud qarorini
(tergov organining bildirish xatini) olgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida bunday huquqlarini
tiklanishini talab qilishi mumkin. Uzrli sabablarga ko‘ra bu muddat
o‘tkazib yuborilgan hollarda
u manfaatdor shaxsning arizasiga binoan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan
tiklanishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 561
-
moddasiga ko‘ra g‘ayriqonuniy
ravishda hukm qilinganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan yoxud
g‘ayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi munosabati bilan ishdan (lavozimidan
)
chetlashtirilgan xodimga avvalgi ishi (lavozimi) berilishi kerak, agar buning imkoni bo‘lmasa
(tashkilotning (uning alohida bo‘linmasining) tugatilishi, qisqartirishga olib kelgan shtatlar
o‘zgarishi yoki ishiga (lavozimiga) tiklanishiga to‘sqinlik qiluv
chi qonunda nazarda tutilgan
boshqa asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda), avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) berilishi kerak.
Tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilgan hollarda yoki ishga (lavozimga) tiklashga monelik
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
92
qiladigan, qonunda nazarda tutilgan o‘zga asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, boshqa teng ish
berish mahalliy mehnat organlari tomonidan amalga oshiriladi [5].
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 18
-
sonli qaroriga ko‘ra, reabilitatsiya
etilgan shaxs mehnat qilish, pensiya olish va uy-joydan foydalanish huquqlarini tiklash
to‘g‘risidagi talab bilan tegishli korxona, tashkilot, muassasaga murojaat qilish
i lozim. Korxona,
tashkilot, muassasa tomonidan shaxsning bu toifadagi talabi qanoatlantirilmagan hollarda yoxud
shaxs qabul qilingan qaror (buyruq, farmoyish va v.x.)ga rozi bo‘lmasa, u tegishli tartibda
(fuqarolik yoki ma’muriy sud ish yurituvi tartibida
) sudga murojaat qilishga haqli (8-band).
Shuningdek, qonunga xilof ravishda ushlab turilgan, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa
olingan, hukm qilingan yoki boshqa ko‘rinishda jazo qo‘llangan yoxud jinoiy javobgarlikka
tortilib, lavozimidan chetlashtirilgan yoki harbiy xizmatdan bo‘shatilgan harbi
y xizmatchilar
reabilitatsiya qilinganida, shuningdek boshqa asoslarga ko‘ra ishdan bo‘shatilganida harbiy
xizmatga (lavozimga) tiklash va boshqa mulkiy ziyonni undirish masalasida harbiy sudlarga
murojaat qilishga haqli (19-band).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023
-yil 23-iyunda 18-sonli
“Reabilitatsiya etilgan shaxsga nisbatan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash
bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinishini ijob
iy qabul
qilish mumkin. Shunga qaramasdan, quyidagi masalalar bo‘yicha hamon noaniqliklar saqlanib
turibdi:
•
mehnat huquqlarini tiklash bo‘yicha tegishli hukm, ajrim va qaror qabul qilinganidan
keyingi tartibni amalga oshirish algoritmi aniq emas;
•
bildirish xati bo‘yicha tushuntirish mavjud emas;
•
reabilitatsiya etilgan shaxsning mehnat huquqlarini tiklash bo‘yicha da’vo muddatlari
to‘liq tushuntirib o‘tilmagan.
Fikrimizcha, reabilitatsiya etilgan shaxsni mehnat huquqlarini tiklash uchun ushbu
noaniqliklar bartaraf etilishi lozim. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning harbiy sudlarga
murojaat qilishi kabi tushuntirish fuqarolik va ma’muriy sudlarga murojaat uchun ha
m berilishi
sudlovlilik masalasi bo‘yicha qator savollarga javob olishga imkon beradi.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yangi tahrirda qabul qilinishi
kutilayotgan "Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilish toʼgʼrisidagi qonunchilikni
qoʼllash amaliyoti haqida"gi qaror loyihasiga reabilitatsiya etilgan shax
slarni ishga tiklash bilan
bogʼliq xususiyatlar mavjudligi sababli ularga oid alohida normalarni kiritish maqsadga muvofiq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1. https://stat.sud.uz/file/2023/03.05.pdf
2. Nasriyev I. Reabilitatsiya qilingan shaxslarni ishga tiklash: qonunchilik
va amaliyot. https://sudyalaroliymaktabi.uz/uz/news/reabilitatsija-ilingan-shahslarni-
ishga-tiklash-onunchilik-va-amaliet
3.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat
-protsessual kodeksi https://lex.uz/docs/111460
4.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Reabilitatsiya etilgan shaxsga
yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash bo‘yicha sud amaliyotining
ayrim masalalari” to‘g‘risidagi qarori. https://lex.uz/ru/docs/
-6523569
5.
O‘zbekiston
Respublikasining
Mehnat
kodeksi.
2022
-yil
28-oktabr.
https://lex.uz/docs/6257288
