Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Contents, means and methods of developing the
professional potential of primary school teachers based
on an innovative approach
Mekhrikhon RAKHMONOVA
Fergana regional national center of training teachers in new techniques
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2023
Received in revised form
15 November 2023
Accepted 25 November 2023
Available online
15 January 2024
This article is about increasing the activity, general and
professional knowledge, and responsibility of teachers through
the use of tools and methods for developing the professional
potential of teachers based on innovative approaches.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss10/S-pp25-33
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
innovative approach,
intellectual approach,
speech technique,
communication,
pedagogical technique,
multimedia.
Innovatsion yondashuv asosida boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining kasbiy potensialini rivojlantirishning
mazmuni, vositalari va usullari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
innovatsion yondashuv,
intellektual,
nutq texnikasi,
muloqot,
pedagogik texnika,
multimedia.
Ushbu
maqolada
muallif
tomonidan
innovatsion
yondashuvlar asosida o‘qituvchilarning kasbiy potensialligini
rivojlantirish vositalari va usullari, ularning faolligini, umumiy
va kasbiy bilimlarini hamda mas’uliyatlarini oshirish to‘g‘risida
fikrlar ilgari surilgan.
1
Teacher, Fergana regional national center of training teachers in new techniques.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
26
Содержание,
средства
и
методы
развития
профессионального потенциала учителей начальных
классов на основе инновационного подхода
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
инновационный подход,
интеллектуальный
подход,
речевая техника,
общение, педагогический
прием,
мультимедиа.
В данной статье обсуждается повышение активности,
общих и профессиональных знаний, а также ответственности
учителей через применение инструментов и методов
развития профессионального потенциала на основе
инновационных подходов.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari yoshlarni barkamol shaxs
sifatida shakllanib, rivojlanib borishini ta’minlashga xizmat qiluvchi boshlang‘ich ta’lim
tizimida o‘quv jarayonini tashkil etishning samarali shakl va usullarini ishlab chiqish,
kichik maktab yoshidagi bolalarga ta’lim
-tarbiya berishning pedagogik va psixologik
asoslarini optimallashtirishga olib keluvchi ilmiy qarashlar, pedagogik nazariyalar va
didaktik materiallar yaratish imkonini beradi.
Zamonaviy boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari yuqorida keltirilgan kasbiy
kompetensiyalarni egallashda tashkiliy jihatdan ham, mazmuniy jihatdan ham
boshlang‘ich ta’limning integrativ xarakterini, o‘zining kasbiy faoliyatining integrativ
yo‘nalganligini aniq his qila olishi zarur. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
kasbiy tayyorgarligida integratsiyalash zarurati unda kasbiy potensiallikni shakllantirish
samaradorligini belgilab beruvchi asosiy shartlardan biri hisoblanadi.
Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi muloqot asosida o‘quvchilar bilan yaxshi
munosabatni tashkil eta olishi, demokratik talablarni qo‘llashi va birgalikda ijodiy
faoliyat olib borishi kerak. Pedagogik muloqot esa, bu o‘qituvchi kasbiy faolligining bir
ko‘rinishi bo‘lib, bunda ta’lim va tarbiya muammolari o‘qituvchi hamda o‘quv
-tarbiya
jarayonining boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir vositasi bilan hal qilinadi.
Pedagogik muloqot
–
bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan darsda va darsdan
tashqari faoliyatda o‘zi uchun eng qulay bo‘lgan psixologik muhitni vujudga keltirib,
ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabat vositasidir.
V.D.Suxomlinskiy “...o‘qituvchining maktab hovlisida gapirgan har bir so‘zi puxta
o‘ylangan, aql va mulohazalarga boy, ma’lum bir tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo‘lishi
kerak”, deb ta’kidlaydi. O‘qituvchining har bir so‘zi olimning fikricha, nafaqat o‘quvchi
qulog‘iga aytiladi, balki uning qalbiga ham qaratilgan bo‘lishi shart. Umuman olganda
ilg‘or o‘qituvchilarning fikricha, ta’lim va tarbiya faqat o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro
hamkorlik pozitsiyasi asosidagi muloqot jarayonida quriladi.
Bunday hollarda pedagogik ta’sir ko‘rsatish vazifalari va vositalari hamda
o‘qituvchining o‘quvchilar bilan pedagogik muloqoti quyidagi prinsiplarda namoyon
bo‘ladi:
–
kommunikativ muloqot;
–
interaktiv muloqot;
–
perseptiv muloqot.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
27
1. Kommunikativ muloqotda bir tomonlama
axborot uzatiladi. Muomala o‘z ichiga
hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o‘zaro axborot almashuvini qamrab olgan
bo‘lib, kommunikativ muloqot sifatida tavsiflanishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi bir
-
birlari bilan muloqotga kirishish jarayonida muloqotning muhim vositalari bo‘lmish til va
nutq faoliyati bevosita muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Interaktiv muloqotning muhim jihati ikki tomonlama bir-
biriga ta’sir etishdir.
Muloqotga kirishuvchi o‘qituvchi o‘zaro ta’sir etishda, o‘quvchilarning tarbiyaviy
faoliyatiga nafaqat so‘z orqali, balki fikr almashinuv, xatti
-harakat va xulq-atvori bilan
o‘zaro ta’sir o‘tkazishi tushuniladi.
3.
Perseptiv muloqotda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi o‘zaro bir
-birlarini idrok
qilishi, anglashi tushuniladi. Bunda muloqotga kirishuvchilar o‘zaro bir
-birlarini idrok
qilish asosida ulardan biri ikkinchisining ishonchini qozonadi, aqlli, farosatli, tajribali,
yuksak tayyorgarlikka ega barkamol inson sifatida idrok qilinadi.
Pedagogik texnika
–
pedagogik texnika asoslarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish
pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, unga erishish pedagogik, psixologik
hamda amaliy tayyorgarlik bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi.
Pedagogik texnikani o‘zlashtirishda o‘qituvchi o‘quvchi xulq
-atvori, xatti-harakatlarining
tashqi belgilarga ko‘ra uning ichki holatini
belgilay olish malakasiga ega bo‘lishi
nihoyatda muhimdir.
Pedagogga xos bo‘lgan pedagogik texnikaning muhim elementlari:
1)
uning o‘z diqqati hamda o‘quvchilar diqqatini maqsadli boshqarish;
2)
pedagogik faoliyatda jarayonning, o‘quvchilar harakatining sur’atini his qilish
sanaladi.
Pedagog tomonidan o‘quvchilarning u yoki bu
harakatlari yoki ularda namoyon
bo‘ladigan ma’naviy
-
axloqiy sifatlariga o‘zining sub’yektiv munosabatini, alohida his
-
tuyg‘ularini ma’noli ifodalay olishi u ega bo‘lgan pedagogik texnika usullari hisoblanadi.
Bir so‘z bilan aytganda, pedagogik jarayonda “texnika” tushunchasi o‘qituvchining
pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullari majmuiga egaligini ifodalaydi. Pedagogik texnikaning
vositalari
–
nutq va og‘zaki bo‘lmagan muloqot vositasi sanaladi. Pedagogik texnikani
egallash pedagog oldida turgan muhim pedagogik vazifalarni hal qilishga yordam beradi.
Manbalardan birida ko‘rsatilishicha, pedagogik texnika quyidagi ikki guruh
metodlarini o‘z ichiga oladi:
Asosiy guruhlar
1-guruh
2-guruh
Pedagogning o‘z xatti
-harakatlarini boshqarish;
mimika; hissiyotlari va kayfiyatini boshqarishi
(psixologik zo‘riqishni
bartaraf qilish,
o‘zini his
qilishga ijodiy yondashish); ijtimoiy-perseptiv
qobiliyat (diqqat, kuzatuvchanlik, tasavvur)ga
egalik; nutq texnikasi (nafas olish, ovozdan
foydalanish,
urg‘u berish, nutq sur’ati
ko‘nikmalari)ga egalik malakasi
.
O‘quvchi shaxsiga va o‘quvchilar jamoasiga
ta’sir ko‘rsatish malakasi;
t
a’lim va tarbiya
jarayonining texnologik tomonlarini ochib
berish malakasi, tashkilotchilik,
kommunikativ malaka, pedagogik talablar
qo‘yishning texnologik usullari;
pedagogik
muloqotni boshqarish malakasi; jamoaviy
ijodiy ishlarni tashkil etish.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
28
Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashda yosh o‘qituvchilarning
pedagogik texnikasida quyidagi juz’iy kamchiliklar uchrashini tasdiqlaydi:
1)
o‘
quvchi yoki uning ota-onasi bilan sidqidildan
so‘zlasha olmaslik;
2)
g‘azabni to‘xtata olmaslik yoki uni o‘z o‘
rnida ishlata olmaslik;
3)
o‘
zida ishonchsizlikni yenga olmasligi;
4) nutqini ravon etmaslik;
5) ortiqcha qatti
qqo‘
llik;
6) x
ushmuomala bo‘lishdan
q
o‘r
qish;
7) juda tez gapirish (ayniqsa darslarda);
8) ortiqcha harakat yoki bir joyda qotib qolish,
qo‘
llarini q
ayerga qo‘yishni
bilmaslik;
9)
o‘
z gavdasini tutishda muayyan kamchilik
larga yo‘l qo‘yish
(bukchayib, yerga
qarab yurish
, o‘rinsiz
kulish, ortiqcha haraka
t, qo‘
lida turli jismlarni aylantirib yurish);
10) monoton
–
bir ohangda so‘zlash, nutqning zerikarliligi, jonli emasligi;
11)
ifodali o‘qish, so‘zlarni aniq, to‘g‘ri talaffuz qila olmaslik (noto‘g‘ri diksiya), sinf
xonasi, auditoriya uchun zarur tovush balandligini belgilay olmaslik.
Bu kabi kamchiliklar o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga samarali ta’sir
ko‘rsatilishiga imkon bermaydi. Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini
tayyorlashda pedagogik texnika ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga jiddiy e’tibor
qaratish lozim.
Vazmin, xushmuomala, o‘ziga ishongan pedagog faoliyatining ilk
bosqichlaridanoq o‘quvchilar mehrini qozona oladi. Buning uchun o‘qituvchi, eng avvalo,
o‘z hissiy holatlarini, tuyg‘ularini boshqara olishi kerak.
Pedagogning o‘quvchilar bilan muloqoti rasmiy xarakterga ega. Aksariyat
holatlarda jismoniy toliqishni, ruhiy zo‘riqishni, o‘z
-
o‘ziga nisbatan ishonchsizlikni va
tanglikni keltirib chiqaradi. Natijada o‘qituvchining nutqi qat’iylik kasb etmaydi, ovozda
nuqsonlar ko‘zga tashlana boshlaydi, oyoq va qo‘llar toliqadi. Bu kabi salbiy
hodisalarning kelib chiqmasligi uchun o‘qituvchi o‘zini dars boshlanishidan avval ta’lim
jarayoniga ruhan tayyorlashi, bu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli salbiy
holatlarga o‘zini psixologik jihatdan tayyorlashi, imkon qadar ruhiy barqarorlikka
erishishi talab qilinadi.
O‘qituvchi ta’lim va tarbiya jarayonlariga o‘zini ruhan tayyorlashda quyidagilarga
e’tibor berishi lozim:
•
o‘ziga, o‘z imkoniyatlariga ishonish;
•
xushmuomala bo‘lish va kelajakka
ishonch bilan qarash;
•
o‘z xatti
-
harakatlarini nazorat qilish (mushaklar zo‘riqishini bartaraf etish,
qomatni rostlash, harakatlarni to‘g‘rilash, nutqning ravon, aniq bo‘lishiga e’tibor qaratish
va to‘g‘ri nafas olishni o‘zlashtirish);
•
aqliy va jismoniy mehnatni tashkil etishda o‘zaro uyg‘unlikka erishish, muayyan
davrlarda hordiq chiqarish (mehnat yoki musiqa yordamida dam olish, badiiy asarlarni
o‘qish, yaqinlar, do‘stlar bilan hazil
-mutoyibani tashkil etish);
•
pedagogik jarayonning muvaffaqiyatli, samarali kechishiga o‘zini o‘zi ishontirish;
•
kasbiy faoliyatni ko‘tarinki kayfiyat bilan tashkil etishga intilish;
•
turli salbiy ruhiy omillar organizmiga, ruhiy holatiga, xatti-harakatlariga,
o‘quvchilar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilariga nisbatan munosabatiga ta’sir
etishiga yo‘l qo‘ymaslik;
•
salbiy ruhiy omillar va jismoniy holatlarni bartaraf etish uchun trening va
avtotreninglardan samarali foydalanish malakasini o‘zlashtirish.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
29
Ruhiy barqarorlikka erishishda o‘qituvchi o‘z faoliyatida V.Suxomlinskiy
tomonidan tavsiya etilgan quyidagi shartlarga rioya qilish kutilgan natijani qo‘lga kiritish
imkoniyatini yaratadi: qosh-qovoqni uyib yurmaslik; boshqalarning kamchiliklari,
nuqsonlarini oshirib ko‘rsatmaslik; hazil
-
mutoyibaga moyil bo‘lish; xushmuomala bo‘lish
va kelajakka ishonch bilan qarash.
Nutq texnikasi.
O‘qituvchining o‘quvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatishida uning
nutqi ham hal qiluvchi omillardan biri sanaladi.
O‘qituvchi nutqi –
pedagogning ta’lim
-
tarbiya jarayonida til vositalaridan foydalanishi.
O‘qituvchi nutqi ham nutq tovushlarini hosil qiladigan nutq organlarining
ishtirokida tashkil etiladi. Nutq hosil qiluvchi organlar
–
nutqni hosil qilish jarayonida
ishtirok etuvchi organlardan (o‘pka, ikkita bronx, traxeya, kekirdak, bo‘g‘iz, hiqildoq,
halqum, tishlar, lablar, burun bo‘shlig‘i) iborat.
Odatda, o‘quvchilar o‘qituvchining nutqiga jiddiy e’tibor beradilar. Biror harf yoki
tovushning noto‘g‘ri talaffuz qilinishi ularning kulgilariga sabab bo‘ladi. Monoton (bir
ohangli) nutq, haddan tashqari baland ovoz tinglovchini tez charchatsa, past ovozda
so‘zlash esa o‘quvchilar faoliyatining sustlashuviga olib keladi. Individual suhbat
paytidagi baland ovozdan o‘quvchi o‘zini aldanayotgandek his etganligi sababli unga
nisbatan ishonchsizlik bilan qaraydi. Tovush va uning tembri tug‘ma xususiyat deb ham
e’tirof etiladi. Lekin hozirgi eksperimental fiziologiya tovush sifatini o‘zgartirish
mumkinligini tasdiqlaydi. Shu bois har bir o‘qituvchi nutq texnikasini puxta o‘zlashtira
olishi lozim.
Nutq texnikasi
–
nutqni tinglovchi yoki o‘quvchiga yetkazishda qo‘llaniladigan
vositalar majmui.
Bugungi kunda nutq texnikasi bo‘yicha bir qancha majmuaviy
mashqlar
asoslangan. Ular so‘zlashish paytida to‘g‘ri nafas olish, tovush hosil qilish va nutqni
ma’noli ifodalash malakalarini takomillashtirishga yordam beradi.
O‘qituvchi nutqining hosil bo‘lishida nafas olish muhim ahamiyat
lidir.
Nafas olish organizmga hayot bag‘ishlovchi fiziologik funksiyani bajarish bilan
birga nutqning energiya bazasi ham hisoblanadi. Nutqli nafas olish tovushli nafas olish
(fonatsion,
yunonchadan “phono” –
tovush)
deb nomlanadi. Insonning kundalik
hayotidagi nutq asosan dialog shaklida bo‘ladi. Shuning uchun ham nafas olish ortiqcha
qiyinchilik tug‘dirmaydi. Kasbiy faoliyatni tashkil etishda, ayniqsa, dars jarayonida
o‘qituvchi uzoq so‘zlaydi. Bu esa yangi mavzuni tushuntirish, ma’ruza o‘qish bilan bog‘liq.
Agar o‘qituvchi nafas olish texnikasini yaxshi egallamagan bo‘lsa, unda pedagogik faoliyat
jarayonida uzoq so‘zlash oqibatida tomir urishining tezlashuvi, yuzning qizarib ketishi,
nafas qisilishi ro‘y beradi.
Nutq madaniyati
–
bu o‘z fikrini nutq yordamida mantiqli, to‘g‘ri, obrazli, aniq va
ifodali yetkazib berish malakalarining
o‘zlashtirilganlik darajasi.
Ijtimoiy munosabatlarni
tashkil etishda nutqning monolog, dialog, polilog shakllaridan foydalaniladi.
O‘qituvchi faoliyatida ham nutqning aynan mana
shu shakllaridan foydalanish
holatlari kuzatiladi:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
30
O‘qituvchi sinfda og‘zaki nutqning turli shakllaridan foydalanadi.
Quyi sinflarda ko‘proq nutqning dialog va polilog shakli samaralidir, chunki bu
bosqichda ta’lim asosan suhbat usuliga asoslanadi. Monologik nutqdan o‘qituvchi hikoya,
tasvir, ta’rif, tavsif xarakteridagi mavzularni bayon etishda foydalanadi. O‘rganilayotgan
mavzuning mohiyatidan kelib chiqqan holda o‘qituvchi har bir darsda og‘zaki nutqning
barcha shakllaridan o‘rinli, maqsadli foydalanishi mumkin.
Ta’lim
-
tarbiya jarayonida o‘qituvchi mutaxassislikka oid ishining yirik bo‘lagini
nutqi orqali amalga oshiradi. Shuning uchun uning nutqi hamma vaqt g‘oyaviy yuksak,
ravon, yumshoq, dilkash bo‘lishi lozim. Nutqda subutsizlik o‘qituvchi uchun noloyiqdir.
Har bir nutq bolalarning yosh xususiyatlarini, bilimi va tushunchasini nazarda tutib
tuzilishi shart. Shu bilan birga, o‘qituvchining nutqi yosh avlod ko‘z oldida uni o‘rab olgan
moddiy va ma’naviy dunyoning yangi qirralarini ochib borishni maqsad qilib qo‘yadi.
O‘qituvchining nutqi ta’lim va tarbiya berishning asosidir.
O‘qituvchining nutqi imkoni boricha sintaktik (yunoncha syntaxis –
tuzish,
biriktirish, birikma; biror tildagi so‘zlarning so‘z birikmalariga va gaplarga birikish
usullari; so‘z birikmalari va gaplarning turlari va ma’nolari) jihatdan sodda, jozibador,
ta’sirchan tuzilishi lozim.
Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda
bo‘lmagan o‘qituvchi ta’lim
-
tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga
ega bo‘lmaydi. Pedagogik jarayonning vazifasi bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish
bo‘lib, o‘qituvchilarning faoliyat mezonini be
l
gilab beradi. O‘qituvchilarning faoliyati
pedagogik jarayonning harakat vositasidir.
O‘qituvchi pedagogik faoliyatni tashkil etish uchun pedagogika nazariyasi, falsafa,
sotsiologiya, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi,
psixologiya, siyosatshunoslik kabi fanlarni bilishi shart hisoblanadi. Ta’lim jarayoniga
texnologik yondashuvning rivojlanishi pedagogika fanini o‘qitishda fanlar aloqadorligini
ta’minlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Binobarin, o‘qituvchilik kasbining mohiyati va
uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda o‘qituvchilik kasbining asosiy xususiyatlari
pedagogika fani orqali shakllantiriladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ta’lim jarayonini
loyihalash, pedagogik texnologiyani o‘zlashtirish, kommunikativ sifatlar va tadqiqotchilik
faoliyatiga oid ko‘nikmalar past darajada ekanligini ko‘rsatmoqda.
O‘qituvchining pedagogik faoliyatida ijobiy natijalarga erishishi, mehnat
malakasini, ya’ni egallagan bilimlarini o‘zining hayotiy va amaliy faoliyatida nechog‘lik
qo‘llay bilishi bilan belgilanadi.
Asosiysi,
o‘qituvchini
uzluksiz kasbiy potensialini
rivojlantirishga erishish mumkin.
O‘qituvchilarning pedagogik faoliyati samarali bo‘lishi
uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar tizimini: bilim, bolani tushuna olish, kuzatuvchanlik,
nutq malakasi, tashkilotchilik, kelajakni ko‘ra bilish, diqqatni taqsimlab olish, vaziyatni
to‘g‘ri baholash, yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan har xil ziddiyatlarni o‘z vaqtida bartaraf
etish, o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirish kabilar tashkil etadi.
Asosiy shakllar
Monolog
–
o‘qituvchining
o‘ziga yoki o‘quvchi
larga
qaratilgan nutqi (ichki va
tashqi monolog)
Dialog
–
o‘qituvchi
va o‘quvchi o‘rtasida
tashkil etiladigan suhbat
Polilog
–
o‘qituvchi va bir nechta
o‘quvchi yoki o‘quvchilar jamoasi
o‘rtasidagi
suhbatifodalovchi
nutq
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
31
Shuningdek, multimedia texnologiyalari grafika va grafikaviy ta’lim jarayonlarini
modellashtirish va ularni tasavvur qilish, murakkab vazifalarni yengillashtirish, mantiqiy
fikrlashga undovchi materiallarni tayyorlash imkonini beradi hamda o‘quvchilarning
fanga qiziqtira olishi va yangi mavzularni o‘zlashtirishga zamin yaratadi.
“Multimedia” atamasining asosiy ma’nosi multi muhitni anglatadi. Odatda,
multimedia deganda, turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi
tushuniladi. Ayni vaqtda bu, avvalo, tovushlar, videoelementlarni qayta ishlovchi
vositalardir. Shu bilan birga, multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika
hollarida ham multimedia haqida gapirish mumkin. Shuningdek, noverbal, audiovizual,
vizual, audio, tabiiy vositalar aytish mumkin.
Pedagog va psixolog olimlarning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari, kuzatishlari va ilmiy
tajribalariga asoslangan holda o‘qituvchilarning rahbar sifatida sinf jamoasini
boshqarishida qo‘llaydigan uslublari quyidagicha tavsiflanadi:
➢
Avtoritar uslub;
➢
Demokratik uslub;
➢
Liberal uslub.
Avtoritar
uslubda faoliyat olib boradigan o‘qituvchi ish faoliyati va xarakterida
quyidagi xususiyatlar mujassamlashgan bo‘ladi:
➢
o‘zi yakka holda guruh faoliyatining yo‘nalishlarini belgilaydi;
➢
o‘zi o‘quvchilarga ko‘rsatmalar va buyruqlar beradi;
➢
ta’lim
-
tarbiyaviy jarayonga javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi;
➢
o‘quvchilarning unga so‘zsiz bo‘ysunishini da’vo qiladi;
➢
qattiq intizom asosida ish olib boradi;
➢
topshiriqlarning to‘liq bajarilishini talab qiladi;
➢
gap qaytargan, fikr bildirgan o‘quvchini yoqtirmaydi;
➢
aytgan tashakkuri ham buyruqdek chiqadi, so‘zlari qattiq va qo‘pol;
➢
o‘quvchilarga biror
vazifani
to‘liq tu
shuntirmasdan talab qiladi.
Demokratik uslub
asosida faoliyat olib boradigan o‘qituvchining bosh shiori
o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini va ongli intizomni hosil
qilishdan iborat. O‘qituvchining muloqoti barcha demokratik talablar asosida quriladi.
Zero, “demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib
tarbiyalanadi”. Ushbu uslubni mukammal egallagan o‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyati va
xarakterida quyidagi xususiyatlarni mujassamlashtiradi:
–
pedagogik faoliyatda sinf jamoasining fikr mulohazalariga tayanib ta’lim
tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi;
–
sinf jamoasining tashabbusini ma’qullaydi, rivojlantiradi, o‘quvchilarning erkin
fikr bildirishlariga imkoniyat yaratadi;
–
muloqot jarayonida o‘quvchilar fikr
-mulohazalarini inobatga olib, pedagogik
faoliyatida qo‘llaydi;
–
muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos, maslahat berish, samimiy muomala.
Demokratik uslubda muloqotni tashkil etuvchi o‘qituvchi hozirgi zamon
talablariga, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlardan kutilayotgan maqsadlarga
javob bera oladi. O‘qituvchining vazifasi ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan
shaxs tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb bilgan holda, yuksak ongli,
mustaqil fikrlay oladigan, xulq-
atvori bilan tengdoshlariga namuna bo‘ladigan, bilimli,
ma’rifatli, aql
-
zakovatli, yuksak ma’naviyatli o‘quvchilarni tarbiyalash uchun qizg‘in
pedagogik faoliyat olib borishi lozim.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
32
Muloqot jarayonida o‘quvchilarning jamoa bo‘lib birlashishlari, ularda o‘zaro
yordam tuyg‘usini o‘stirishga xizmat qilishi kerak. Samarali demokratik tarbiyaviy
jarayon, sinf jamoasi a’zolarining qobiliyat va iste’dodlarini yuzaga chiqaradi,
o‘quvchining jamoada har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar paydo qiladi.
O‘quvchilar bilan muloqotning erkin demokratik asosda tashkil etilishi sinfning ahil
jamoa bo‘lib birlashib, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlarga
erishishiga zamin yaratadi. Yaxshi uyushgan jamoada har bir o‘quvchining fikri ulkan
tarbiyaviy kuchga ega.
Liberal uslub
. Kasbiy layoqati yo‘q bo‘lgan o‘qituvchilarga xos bo‘lgan uslubdir.
Bunday o‘qituvchi dars jarayonini yaxshi tashkil eta olmaydi. Bunday darslarda har bir
o‘quvchi o‘z tarbiyalanganlik darajasiga qarab o‘zini tutadi. Bola o‘z majburiyatlarini
yaxshi his qilmaydi. Muomala munosabatdagi liberal uslub psixologiya va pedagogika
fanlariga mutlaqo zid uslub hisoblanib, bolalar shaxsini shakllantirish va tarbiyalash
jarayonida bu usulni qo‘llab bo‘lmaydi.
Bu
turdagi o‘qituvchining pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar
mavjud:
–
tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi;
➢
sinf jamoasining tarbiyaviy faoliyatiga aslo aralashmaydi;
➢
ta’lim
-tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qaraydi;
➢
o‘z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o‘zini olib qochadi;
➢
o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari bilan qiziqmaydi;
➢
o‘quvchilar kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, loqayd qaraydi;
➢
o‘z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ladi.
Muloqotning har uchala tomonini yaxlit olib qaraganda o‘zaro hamkorlik faoliyatini
tashkil qilishning usullari va unda ishtirok etuvchilarning munosabatlari yaqqol namoyon
bo‘ladi. Pedagogik muloqot muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun o‘qituvchi o‘quvchilar bilan
hamkorlik faoliyatiga chuqur kirishib keta olishi, shaxsni har tomonlama shakllantirishning
maqsad va vazifalarini chuqur anglab, faoliyat olib borishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
A.G.Muhiddinov, O‘quv jarayonida nutq faoliyati. –
Toshkent: O‘qituvchi, 1995. –
65 bet.
2.
Osnovi pedagogicheskogo masterstva / Pod red. A.Zyuzina.
–
Moskva:
Prosveщenie, 1989. –
302 s.
3.
Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar / Ma’ruzalar matni.
Tuzuvchilar: A.X.Qosimov, F.A.Holikova.
–
Toshkent: TATU, 2004.
–
132 bet.
4.
N.Sayidahmedov, Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya.
–
Toshkent: Oliy
pedagogika instituti, 2003.
–
125 bet.
5.
G.A.Sultonova, Pedagogik mahorat.
–
Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.
–
149 bet.
6.
B.Husanov, V.
G‘ulomov, Muomala madaniyati / Darslik. –
Toshkent: “Iqtisod
-
moliya”, 2009. –
156 bet.
7.
Suxomlinskiy, V. A. O vospitanii / V. A. Suxomlinskiy. M.: Politizdat, 1973.-270 s.
8.
M.X.Raxmonova, “O‘zini
-
o‘zi rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanishning
jamiyatdagi roli” .o‘quv qo‘llanma Farg‘ona.2023 120 –
bet
9.
M.X.Raxmonova, Ta'lim muassasalarida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy
potensialligini rivojlantirish pedagogik ahamiyati// Eurasian Journal of Academic
Research №1 2022 Б.1023
-1026
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
33
10.
Karimova M.O PEDAGOGICAL BASES OF TRAINING OF FUTURE TEACHERS,
“O‘zbekiston Milliy universitetining ilm
-
fan rivoji va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 2023 yil, 12 may.
11.
Rafikova, D., Karimova, M., Yuldasheva, N., Oltmisheva, N., Rustamova, N., &
Sodikov, U. (2023, June). Preparing to innovative activity: Problem solving. In AIP
Conference Proceedings (Vol. 2789, No. 1). AIP Publishing.
12.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi / Pedagogika institutlari uchun o‘quv qo‘llanma.
L.I.Ruvinskiy tahriri ostida.
–
Toshkent: O‘qituvchi, 1991. –
376 bet.
13.
A.Holiqov, Pedagogik mahorat / O‘quv qo‘llanma. –
Toshkent: “Iqtisod
-
moliya”,
2010.
–
311 bet.
