Авторы

  • Феруза Бекчанова
    Преподаватель, кафедра Методика дошкольного образования, педагогический факультет, Ургенчский государственный педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss10/S-pp89-93

Ключевые слова:

oрганизация дошкольного образования экологическая культура экология среда игра труд экскурсия общество

Аннотация

Как известно, текущая экологическая ситуация и связанные с ней проблемы представляют серьёзную угрозу для человечества. Особую тревогу вызывает нарушенная связь между окружающей средой и обществом. Одним из ключевых аспектов решения этой проблемы является формирование экологической культуры среди членов общества. Начинать этот процесс целесообразно уже в дошкольных образовательных учреждениях. Прежде чем приступить к формированию экологической культуры у дошкольников, необходимо обеспечить их экологическое образование, способствуя развитию экологического сознания и знаний, что поможет достичь поставленных целей.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Formation of ecological culture of preschool children

Feruza BEKCHANOVA

1

Urgench State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2023
Received in revised form

15 November 2023
Accepted 25 November 2023

Available online

15 January 2024

As is known, the current environmental situation and related

problems pose a serious threat to humanity. Of particular

concern is the broken connection between the environment and

society. One of the key aspects of solving this problem is the
formation of an environmental culture among members of

society. It is advisable to begin this process already in preschool

educational institutions. Before we begin to develop an

environmental culture among preschoolers, it is necessary to
provide them with environmental education, promoting the

development of environmental awareness and knowledge,

which will help them achieve their goals.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss10/S-pp89-93

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

preschool education

organization,

ecology,

environmental culture,
activity,

environment,

play,

work,

excursion,

society.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik madaniyatini

shakllantirish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Maktabgacha ta’lim

tashkiloti,

ekologiya,

ekologik madaniyat,

faoliyat,

atrof-muhit,

o‘yin,

mehnat,

ekskursiya,

jamiyat.

Mazkur maqolada hozirgi davrda ekologik vaziyat, ekologik

muammoning insoniyatga xavf tug‘dirayotgan hodisalardan biri

ekanligi hamda atrof-muhitning jamiyat bilan buzilgan aloqasi
jamiyatimiz uchun katta tashvish keltirib chiqarayotgani, ushbu

muammoning yechimlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

1

Lecturer, Department of Preschool Education Methods, Faculty of Education, Urgench State Pedagogical Institute.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

90

Формирование экологической культуры дошкольников

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

oрганизация дошкольного
образования,

экология,

экологическая культура,
деятельность,

среда,

игра,

труд

,

экскурсия,

общество.

Как известно, текущая экологическая ситуация и

связанные с ней проблемы представляют серьёзную угрозу

для человечества. Особую тревогу вызывает нарушенная
связь между окружающей средой и обществом. Одним из

ключевых аспектов решения этой проблемы является

формирование экологической культуры среди членов

общества. Начинать этот процесс целесообразно уже в
дошкольных образовательных учреждениях. Прежде чем
приступить к формированию экологической культуры у

дошкольников, необходимо обеспечить их экологическое

образование, способствуя развитию экологического сознания
и знаний, что поможет достичь поставленных целей

.


KIRISH

Kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash va

ta’lim berish kabi mas’uliyatli vazifa maktabgacha ta’lim tashkilotlari vakillari bo‘lgan

tarbiyachi pedagoglar zimmasiga yuklatilgan. Tarbiyachilardan talab qilinadigan

vazifalardan biri har bir mashg‘ulot va faoliyatlarni zamonaviy tarzda, interfaol
metodlardan foydalangan holda, qiziqarli o‘yin va o‘yinli texnologiyalardan foydalanib
tashkil qilishdir. Ushbu vaziyat ta’lim va tarbiyada samaradorlikni ta’minlaydi. Davlatimiz
rahbari tomonidan ham hozirda ta’lim tizimida islohotlarni keng ma’noda maktabgacha
ta’lim sohasidan boshlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Sababi, bolalarga berilgan bilim,
malaka, ko‘nikmalarning ko‘p qismini, ya’ni 70%dan ko‘prog‘ini maktabgacha bo‘lgan
davrida oladi. Shuningdek, hozirda jamiyatimiz a’zolari bilan sodir bo‘layotgan

muammolarning yechimi ham bolalarga maktabgacha yosh mobaynida beriladigan bilim,

ma’lumot, malaka, ko‘nikmalarni to‘g‘ri va tizimli berilishidir. Buni biz ekologik
madaniyatni shakllantirish misolida ko‘rib chiqamiz. Ekologik madaniyat haqida gap

ketar ekan, ekologik madaniyat nimaligini bilib olishimiz lozim.

Ekologik madaniyat bu bizning har birimizni atrof-

muhit bilan bog‘liq yoki bog‘liq

bo‘lmagan harakatlarimiz orqali ishtirok etishimiz ya’ni doimo g‘amxo‘rlik qilish,

saqlashimizdir. Tarbiyalanuvchilarda ekologik tarbiyani shakllantirish bevosita atrof-

muhitni o‘rgatish bilan aloqadordir [1]

.

Shuningdek ushbu madaniyatning ta’rifidan

ko‘rinib turibdiki, u ekologik ta’lim bilan uzviy bog‘liq yaxlit jarayondir va uni bir butun
sifatida bilib doimiy o‘qitish ishlarini olib borishimiz kerak va e’tiborli tarafi uning

maqsadi tabiat, atrof-muhitning muammolarini izlaydigan, tan oladigan va yechim

topadigan mas’uliyatli shaxslarni tarbiyalashdir. Ekologik madaniyat, ekologik ta’lim
haqidagi fikrlarni ko‘rib tahlil qilish orqali biz shuni bildikki, ularning asosi ekologik

tarbiya ekan.

Biz bilamizki, tarbiyachi dasturda belgilangan bilim, malaka, ko‘nikmalarni ta’lim

tamoyillari asosida bolalar o‘zlashtira oladigan darajada qiziqari qilib tashkil etishi kerak.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

91

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo‘llari:

Ushbu tabiat bilan tanishtirish yo‘llari yetarlicha foydalidir. Ayniqsa ekskursiya

juda ham samara beradi. Ekskursiyani biz bilamizki, Maktabgacha ta’lim tashkilotida
tarbiyalanuvchilarni tabiat bilan tanishtirishda ta’lim berishning tashkiliy formalaridan
biridir. Ekskursiya ta’lim berishda samarali vosita sifatida e’tirof etilishining sababi,

bolalar ekskursiya mobaynida tabiat, atrof-

muhit to‘g‘risidagi aniq tasavvurga ega

bo‘ladilar va bu tasavvur quyidagilar orqali idrok etiladi:

ko‘rish;

eshitish;

sezish.

Ekskursiya jarayonida tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiat va undagi

bog‘liqlik, uning qonuniyatlar to‘g‘risidagi realistik tasavvurlarni hosil qilishga erishadi
va bu bilimlar, tushunchalar vaqt o‘tishi bilan bolalar egallaydigan ilmiy bilimlarining
asosini tashkil etadi. Bu jarayon esa bolalar maktab ta’limiga o‘tganlaridan keyingi
o‘rganiladigan tabiatga doir fanlarni o‘zlashtirib olish uchun zamin hisoblanadi. Biz
bolalarga tabiat bilan aloqa qilishni o‘rgatishimiz kerak, sababi, tabiat bilan aloqa qilish
zarurati bolaning ekologik madaniyatini shakllantirishning boshlang‘ich nuqtasidir: bola
tabiat bilan erta aloqa qilishi kerak va odatda u o‘zini tabiatdan ajratmaydi va o‘zini

tabiatning bir qismi deb biladi[2].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ekologik tarbiya berish, ekologik ong,

ekologik madaniyatni shakllantirishda tarbiyachilar tashkil qiladigan ishlar avvalo o‘quv
dasturiga asoslangan holatda olib boriladi va faoliyat mashg‘ulotlari jarayonida buyuk

alloma bobokalonlarimiz fikrlari va asarlaridan foydalanilgan holatda tashkillashtiriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik madaniyatini shakllantirish ishlarini olib

borish davrida tarbiyachilar sharq va g‘arb mutafakkir, olimlarning quyidagi fikr va

asarlardan foydalanishlari mumkin:

Muhammad Muso al-

Xorazmiy o‘z risolalarida quyidagicha ta’kidlagan edi:

“Bilingki, dunyoning ko‘zlari yoshlansa, uning boshiga g‘am, kulfat tushgan bo‘ladi.

Odamlar, daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar”. Ushbu jumlani bolalarga aytish orqali

Mashg‘ulotlar o‘tkazish

Ekskursiya

O‘yinlar o‘ynash

Mehnat

Kundalik ishlar


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

92

ularda tabiatni asrab-avaylash, suvni isrof qilmaslik va bu yomon oqibatlarga olib

kelishini tushuntiramiz. Shuningdek, allomaning “Kitob suratal

-

arz” degan asaridan

foydalanilgan holda dunyo okeanlari, qit’alar, qutblar, gullar, tog‘lar, daryo, dengizlar

haqidagi eng sodda bilimlarni bera olamiz. Tabiiy resurslar nima ekanligi, ulardan

qanday foydalana olish haqida tushunchalar berishimiz mumkin.

Abu Rayhon Beruniyning asarlari asosida bolalarga eng sodda koinot haqidagi

bilimlar beriladi, koinot hodisalari va shu kabilar o‘rgatiladi. Abu Rayhon Beruniy nafaqat

koinot ustida ish olib borgan, balki tabiatshunos sifatida ham keng qamrovli tadqiqotlar

o‘tkazgan. Tabiatshunos olim sifatida Beruniy shunday fikr bildirgan, “Erkin va nasl

qoldirish bilan dunyo to‘lib boraveradi”. Alloma tibbiyotga doir ham “Satdana” asarini

yozgan bo‘lib, unda 1116 turdagi dori

-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi esa

minerallardan olinishini aniqlab bergan. Har bir o‘simlik, hayvon va minerallarning

xossalari, tarqalishi va shu kabi xususiyatlarini tavsiflab bergan.

Buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ham tabiatga, tabiatshunoslikka,

hayvonlarga e’tibor to‘g‘risida ko‘plab fikrlarini o‘zining “Boburnoma” asarida ko‘rgan

-

kechirganlari, sayohatlari asosida yozib qoldirgan. Z.M.

Bobur ajoyib botanik bo‘lib, u

o‘simliklar haqida ma’lumotlar yig‘gan va ularning o‘sish muhitini o‘rgangan.

Abu Nasr Farobiy ham tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug‘ullangan

olim hisoblanadi.

U tabiat va tabiatshunoslik haqida “Kitob

qolhaji va al-

Miqdor”, “Kitob

al-mabodi al-

insonia”, “Kalam fiazo al hayvon” kabi asarlar bitgan. Ushbu asarlarda odam

va hayvonlar ayrim a’zolarining tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida, ularning

o‘xshashliklari va farqlari keltirilishi bilan birga asosiy anatomik

-fiziologik tushunchalari

yoritib o‘tilgan.

Tarbiyalanuvchilarda ekologik tarbiyani shakllantirish, ekologik madaniyat

tuyg‘usini yaratish bevosita atrof

-

muhitni o‘rgatish bilan aloqadordir.

Bolalarda tarbiya turini shakllantirishda muhim o‘rin tutuvchi metodlar

quyidagicha:

pedagogik kuzatuv;

suhbat;

savol-javob metodlari.

Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik madaniyatini

shakllantirish jarayonida quyidagi shakl va usullar alohida ahamiyatga ega:

og‘zaki va adabiy usullar (hikoyalar o‘qish);

bolalar o‘yinlari;

kuzatuv;

elementar qidirish faoliyati;

modellashtirish;

ekologik faoliyat [3].

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuqorida ta’kidlab o‘tilgan metod, usul,

uslublardan keng miqyosda foydalaniladi hamda ta’lim va tarbiya samaradorligiga

erishiladi. Buning sababi juda oddiy, har qanday bilim takrorlashning mevasidir. Bolalar

bilan takrorlash ishlari qiziqarli tarzda tashkillashtirilishi kerak, ularning diqqat

e’tiborini biz qiziqarli bolalar faolligini ta’minlovchi metodlar bilan jalb qila olamiz..

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Ushbu maqolada ekologik madaniyatni shakllantirish jarayoni va uning qanday

muhimligini ko‘rib chiqdik va ma’lum ma’noda ekologik madaniyat nima uchun

kerakligini bilib oldik. Ekologiyamizda kuzatilayotgan muammolarning asosiy sababi bu


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

93

jamiyatimizda ekologik madaniyati shakllanmagan yoki nuqsoni bo‘lgan insonlarning

ko‘pligidadir. Hozirgi kunda ekologiyaning yomonlashuviga insonlarning o‘zlari sababchi

bo‘layotgani sir emas. Qadimda odamlarga ekologik ta’lim tarbiya berishda diniy

tomondan qarashlar bilan ham, ya’ni shu yo‘l bilan qo‘rqitish orqali ekologiyani

musaffoligini saqlashga harakat qilganlar va erishganliklari bizga tarixdan ma’lum. Bu

diniy qarashlardan sanab o‘tadigan bo‘lsak, suvga tupurmaslik, suvga axlat tashlamaslik,

chiqindi suvlarni yerga to‘kish gunoh bo‘ladi, degan fikrlarni aytib uqtirib kelganlar.

Shuningdek, zardushtiylik dinining kitobi bo‘lgan “Avesto”da ham muqaddas sanalgan

to‘rt unsur suv, olov, tuproq, havoga ijobiy munosabatda bo‘lish, ulardan unumli

foydalanish, isrofgarchilikni oldini olish haqida juda ham yaxshi tavsiyalar mavjud [4].

Demak, ekologik muammolarni bartaraf etishda biz avvalo maktabgacha ta’lim tashkiloti

tarbiyalanuvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishimiz kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION International

scientific-online conference. TARBIYALANUVCHILARDA EKOLOGIK TUSHUNCHA VA
EKOLOGIK

MADANIYATNI

RIVOJLANTIRISH

TEXNOLOGIYASINING

MODELI,

SHAKLLARI, METODI VA VOSITALARI.87-bet.

2.

Бекчанова, Ф. 2023. Значение наблюдения в экологическом воспитании

дошкольников. Общество и инновации. 4, 2/S (фев. 2023), 122–

125.

DOI:https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2/S-pp122-125.

3.

INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION International

scientific-online conference. F.N.Bekchonova.TARBIYALANUVCHILARDA EKOLOGIK
TUSHUNCHA VA EKOLOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASINING
MODELI, SHAKLLARI, METODI VA VOSITALARI 86-bet.

4.

N.M.Quchqarova Journal of Advanced Research and Stability. Tarbiyachilarga

“Avesto”da iqtisodiy qarashlar va iqtisodiy tarbiya masalalarini o‘rganish, 2

-bet.

Библиографические ссылки

INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION International scientific-online conference. TARBIYALANUVCHILARDA EKOLOGIK TUSHUNCHA VA EKOLOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASINING MODELI, SHAKLLARI, METODI VA VOSITALARI.87-bet.

Бекчанова , Ф. 2023. Значение наблюдения в экологическом воспитании дошкольников. Общество и инновации. 4, 2/S (фев. 2023), 122–125. DOI:https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2/S-pp122-125.

INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION International scientific-online conference. F.N.Bekchonova.TARBIYALANUVCHILARDA EKOLOGIK TUSHUNCHA VA EKOLOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASINING MODELI, SHAKLLARI, METODI VA VOSITALARI 86-bet.

N.M.Quchqarova Journal of Advanced Research and Stability. Tarbiyachilarga “Avesto”da iqtisodiy qarashlar va iqtisodiy tarbiya masalalarini o‘rganish, 2-bet

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)