Авторы

  • Авазбек Собиров
    Независимый соискатель, Андижанский государственный педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss10/S-pp98-104

Ключевые слова:

STEAM-образование традиционное и инновационное образование интеграция в образовании дидактические возможности

Аннотация

В статье описывается внедрение STEAM-образования в содержание подготовки учителей и его преимущества. Также научно анализируются инновационные формы реализации STEAM-образования и дидактические возможности.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The pedagogical necessity of applying STEAM-education in
higher education institutions

Avazbek SOBIROV

1


Andijan State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2023

Received in revised form

15 November 2023
Accepted 25 November 2023

Available online

15 January 2024

The article describes the introduction of STEAM education

into the content of teacher training and its advantages.

Innovative forms of STEAM education implementation and

didactic possibilities also were scientifically analyzed.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss10/S-pp98-104

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

STEAM education,

traditional and innovative
education,

integration in education,

didactic opportunity.

Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida steam

-

ta’limni

tatbiq etishning pedagogik zarurati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

STEAM ta’lim,

an’anaviy va innovatsion
ta’lim,

ta’limda uzviylik,

didaktik imkoniyat.

Maqolada STEAM ta’limni pedagog kadrlar tayyorlash

mazmuniga singdirish, uning afzalliklari bayon etilgan.

Shuningdek, STEAM ta’limni tatbiq etishning innovatsion

shakllari hamda didaktik imkoniyatlari ilmiy tahlil qilingan.

Педагогическая необходимость применения STEAM

-

образования в высших учебных заведениях

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

STEAM-

образование,

традиционное и
инновационное
образование,

В статье описывается внедрение STEAM

-

образования в

содержание подготовки учителей и его преимущества. Также

научно анализируются инновационные формы реализации

STEAM-

образования и дидактические возможности.

1

Independent researcher, Andijan State Pedagogical Institute.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

99

интеграция в
образовании,

дидактические
возможности.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019

-yil 29-

apreldagi “O‘zbekiston

respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030

-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash

to‘g‘risida”gi PF–

5712-sonli Farmonida [

1] „STEAM fanlarni va tanqidiy fikrlash,

axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining

rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion
iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim
standartlari“ni joriy etish alohida ta’kidlab o‘tilgan. Bu esa pedagogika oliy ta’lim
muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash mazmuniga STEAM ta’limni joriy
qilish kabi vazifani qo‘yadi.

Dunyodagi ta’lim tizimlarining xalqarolashuvi jarayonlari milliy ta’lim tizimi oldiga

yangidan-

yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Jumladan, hozirgi kunda maktablarning asosiy

vazifalaridan biri o‘quvchilarda dunyoga yaxlit, o‘zaro aloqador bo‘lgan birlik sifatida
qarash, uning global muammolari hamda bu muammolar yechimini ko‘ra va tushuna
bilishni shakllantirishdan iborat. Ta’lim mazmunida o‘quvchilarda tayanch
kompetensiyalarni rivojlantirishda “inson

-

jamiyat”, “inson

-atrof-

muhit”, “inson

-global

hayot” muammolari markaziy o‘rin egallamoqda. Zero, har bir ijtimoiy tuzum kelajagi,

insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti

bilan bevosita bog‘liqdir. Fan va madaniyat rivojlanishi ta’lim

-tarbiya ishlarining qay

darajada olib borilishidan kelib chiqadi va bu davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ijtimoiy

qonuniyat hisoblanadi.

Pedagogik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan islohotlar globallashuv jarayonlari

ta’sirida tez o‘zgarib borayotgan jamiyatda siyosiy, iqtisodiy

-ijtimoiy hayotda faol

ishtirok eta oladigan yosh avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining faollik, kreativ fikrlash, ijtimoiy
mas’uliyatlilik, yuksak bilimga egalik, rivojlangan intellekt, namuna ko‘rsatishni talab

etadi.

Insoniyat tarixi, uning rivojlanish yo‘nalishi ijtimoiy

-iqtisodiy taraqqiyotning

birligi qonuniyati asosida belgilangan. Ijtimoiy-

iqtisodiy qarashlar, g‘oyalar va ideallar

jamiyatda mazkur qonuniyat hukm surganda fan, san’at, madaniyat, ishlab chiqarish va
turmush tarzi rivojlanishiga asosiy omil bo‘lgan

[

2; 5]. Inson faoliyati “tabiat, jamiyat va

insonning o‘zini o‘zgartirishga qaratilgan, ongli maqsadga yo‘naltirilgan amaliyoti”

hisoblanadi.

Globallashuv sharoitida yangilanish va yuksalishlar har bir sohada

integratsiyalashuv, innovatsion tafakkurni va ularga asoslangan jamoaviy uyg‘unlashuv

hamda innovatsion muhitni taqozo etadi. Pedagogik kadrlarni tayyorlashda innovatsion

ta’lim ustuvor hisoblanmoqda. Quyida an’anaviy va innovatsion ta’lim muhitining qiyosiy

tahlili keltirilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

100

1-jadval

An’anaviy va innovatsion ta’lim jarayoning qiyosiy tahlili

An’anaviy ta‘lim

Innovatsion ta‘lim

Reproduktiv fikrlash

Produktiv fikrlash

Standart tafakkurlash

Nostandart tafakkurlash

Konservativlikka intilish

Yangilikka intilish

Valyuativ jihat ustuvor (baholash)

Reaktiv, amaliyotni harakatga keltiruvchi ong qismi rivojlangan

Noratsionallik jihatlari ko‘proq

Ratsional tafakkurlash ustuvor

An’anaviy

fikrlash

Evristik, kreativ fikrlash

Bugungi kunda globallashuv va taraqqiyotning ta‘siri natijasida nafaqat ta‘limning

mazmuni, balki “ta’lim oluvchi” tushunchasining ma’nosi ham o‘zgarmoqda. Hozirda
o‘quvchilar maktab yoki oliy ta‘limda olingan bilimning yakuniy bilim emasligi, doimiy
ravishda uzluksiz mustaqil o‘qish, o‘rganish kasbiy

-shaxsiy hayotda muvaffaqiyatni

ta‘minlashni yaxshi tushunadilar. Globallashuv jarayonlari, fan

-texnika taraqqiyoti,

innovatsion jamiyatga bo‘lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratishi, ular

oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual

salohiyatni oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lishdek
hayotiy talablarni qo‘ymoqda.

Respublikamizda ta’lim tizimidagi islohotlarning natijasi va samaradorligi global

reytinglarda ham o‘z ifodasini topib bormoqda. Dunyo aholisining 98 foizi istiqomat

qiluvchi 174 ta mamlakat ishtirok etgan Inson kapitali indeksi reytingida 2020-yilda

O‘zbekiston Respublikasi ilk marotaba ishtirok etdi. Mazkur reytingda davlatlar reytingi
indeks qiymati 0 dan 1 gacha interval baholanib, O‘zbekiston Respublikasi 0,62 lik natija
ko‘rsatgan. Inson kapitalini baholashda sog‘liqni saqlash va ta’lim darajasi asosiy

omillardan biri hisoblanadi [5].

Bugungi kunda innovatsiya

bilimlarning tugal konsentratsiyalashgan

integratsiyalashuvida, muammoning teran anglanishi tufayli paydo bo‘lgan g‘oyadan

boshlanuvchi ilmiy-tadqiqot, soha ilmiy-texnik kadrlarining faol hamkorligi mahsuli,

yangilanishga asoslangan kundalik hayot, ijtimoiy va iqtisodiy yuksalishlarni ta’minlovchi
omil, ya’ni bozorda o‘z o‘rnini topgan ixtiro ekanligini isbotladi.

Innovatsion jamiyat pedagogik amaliyotga keng qo‘llaniladigan “ta’lim”

tushunchasi mazmunini ham tubdan o‘zgartirib yubordi. Pedagog olim va ta’lim bo‘yicha
xalqaro ekspert A.Shlyaxer ta’lim tushunchasiga quyidagicha ta’rif bergan: “Ta‘lim
nafaqat o‘quvchilarga biror narsani o‘rgatish, balki ularga tobora murakkablashib va
o‘zgarib borayotgan dunyoda, o‘ziga bo‘lgan ishonch bilan ildam harakatlanish uchun
yordam beradigan zaruriy imkoniyatlar bilan ta’minlash jarayonidir”

[4, 24]. Bundan

kelib chiqqan holda umumta’lim maktablari, pedagoglarining ham funksional vazifasi
ham shunga mos ravishda o‘zgarib bormoqda.

Ta’lim tizimida islohotlarning samaradorligi umumta’lim fanlari mazmunni

sayqallashtirish bilan aloqador. Ta’lim tizimida “Nimani o‘qitish kerak?”, “Qanday o‘qitish
kerak?” va “Kim o‘qitadi?” degan savollar mazmunni tashkil etadi. Dastlab “Nimani
o‘qitish kerak?” degan savolga javob berishimiz kerak. Uzoq yillardan buyon ushbu savol
ochiq qolganligi, ta’lim turlariaro integratsiyaning yo‘lga qo‘yilmaganligi hamda ta’lim
mazmuni uzviyligi bo‘yicha chora

-tadbirlar yetarlicha ishlab chiqilmaganligi hozirda


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

101

ushbu muammoni dolzarb jarayonga aylantirdi. Ta’limning mazmunini o‘quv dasturlari
belgilar ekan, ularning ta’lim turlari o‘rtasida bog‘liqlik, fanlararo, sinflar, kurslar
o‘rtasida uzviy bo‘lishi muhim.

Jahon ta’lim tizimida fan va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng

foydalanish, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror
rivojlantirish mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omilidir. Yuqori

kasbiy kompetentlikka ega, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’limda innovatsiyalar,
o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini keng joriy etish o‘quvchilarning
motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o‘z

-

o‘zini baholash kabi indikatorlar

asosida ilmiy izlanishlarni amalga oshira oladigan qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim

rol o‘ynaydi.

[4, 25].

Pedagogik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, umumta’lim maktablarida o‘quvchilar

matematika fanini murakkab deb hisoblaydi va bu mazkur fan mazmunini yetkazish bilan
xarakterlanadi.

STEAM ta’limining asosiy maqsadi esa ta’lim oluvchilarga fan mazmunini

qiziqarli, boshqa fanlar bilan uzviyligini ta’minlagan holda yetkazishdan iborat.

Fan,

texnologiya, muhandislik, san'at va matematikaga e'tibor qaratadigan mamlakatlar
innovatsion texnologiyalar rivojlangan davlatlardir.

STEAM ta’limida uzviylik muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tadqiqotchilar tomonidan

quyidagi tarkibiy qismlar uzviyligi ta’minlanishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan:

ta’lim oluvchilar egallashi zarur bo‘lgan bilimlar tizimi uzviyligi (hodisalar,

tushunchalar, qoidalar, ta’riflar tizimi);

tanlangan ilmiy-

nazariy bilimlarga muvofiq keladigan amaliy ko‘nikma, malaka

va kompetensiyalar tizimi uzviyligi;

ta’lim oluvchilarni ijodiy faoliyat usullariga o‘rgatish uzviyligi, faoliyat esa

qayta

xotirlash, qisman ijodiy va ilmiy-

ijodiy darajada bo‘lishi mumkin.

STEAM ta‘limining eng mashhur namunasi –

Massachusets Texnologiya Instituti

(MIT) bo‘lib, ta’limning mazmuni institutning korporativ imidjida ham o‘z aksini topgan.
Mazkur oliy ta’lim muassasasining shiori “Mens et Manus” (Aql va qo‘l)

[7] deb

belgilanishi ham STEAM ta’limining imkoniyatlari kengligini isbotlaydi.

Massachusets

Texnologiya Instituti ta’lim oluvchiga STEAM tushunchasini oldindan o‘rganish va
tanishish imkoniyatini berish uchun STEAM kurslarini ishlab chiqdi. Ba’zi ta’lim
muassasalarida STEAM o‘quv markazlarini yaratdi.

2014-

yilda Quddusda bo‘lib o‘tgan

“STEAM forward” xalqaro konferensiyasida STEAM ta’limini maktabgacha ta’lim
muassasalaridan boshlanishi kerakligi ta’kidlab o‘tildi

[

9]. Bundan STEAM ta’limining

ahamiyati muhim degan xulosaga kelish mumkin bo‘ladi.

Xalqaro tajribalar asosida STEAM ta‘limini joriy etilishi bugungi kunda ta’lim

tizimiga yondashuvni

va ta’limga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi. Bo‘lajak o‘qituvchilar

amaliy ko‘nikmalarga e’tibor qaratish orqali ilmiy tadqiqotga doir bilimlarini,

ijodkorligini, kreativligini rivojlantiradi va kollaborativ kompetensiyalarini rivojlantiradi.

Bugungi barcha sohalardagi rivojlanish davrida o‘quv va kasbiy fanlarni qisqartirish

STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) tushunchasisiz
mutaxassislarni tayyorlashga yangicha qarash aniq texnologik, muhandislik ilmi va

matematikasiz amalga oshirib bo‘lmaydi.

Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish ta’limiga va mehnat bozorida yangi talablar

qo‘yadi. Bred Smit, Microsoft korporatsiyasi vitse

-prezidenti 2012-

yilda “Yuqori

texnologiyali kompaniyalar uchun kvalifikatsiyaga ega bo‘lgan kadrlarning yetarli


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

102

emasligi va bu haqiqiy mutaxassislar inqiroziga olib kelishi mumkin” deb murojaat qildi.

Royal Academy of Engineering Education and Skillsning oxirgi hisobotida muhandislik

yo‘nalishidagi mutaxassislarning sifat darajasi yetarli emasligi ta’limda fizika,
matematika fanlarining qoniqarli o‘qitilishi bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek,

STEAM ta’limiga doir fanlarni past motivatsiyada o‘qitilishi va natijada

muhandislik ta’lim yo‘nalishlari boshqa yo‘nalishlarga nisbatan kamroq tanlanishi
muammo sifatida ko‘rsatildi

[8].

STEAM ta’limi yuqorida keltirib o‘tilgandek, zamonaviy mehnat bozoridagi malaka

talablari uyg‘unligida rivojlanib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar innovatsion
iqtisodiyotning poydevori bo‘lib xizmat qiladi va barcha mutaxassislarga bo‘lgan yangi
talablarni qo‘yadi. Ishlab chiqaruvchi tomonidan qo‘yiladigan talablarni uchta qismga
bo‘lish mumkin: mutaxassisning yangi tipdagi muhandislik fikr yuritishi va ixtirochilik

potensiali talabi, texnologiyalarni boshqarish rivojlantirishda kompetensiyalar birligi

talabi; murakkab texnologik ob’yektlarda kvalifikatsiyaga ega mutaxassislarning amaliy
ko‘nikmalarga ega bo‘lish talabi

[3; 26].

STEAM umumiy intellektual salohiyatli va muammolarni ko‘ra olish, barcha

sohadagi kasbiy sohalar bo‘yicha (meditsinada, ekologiya, psixologiya, innovatsion

texnologiyalar, farmatsevtika, nanotexnologiya, aviasozlik va boshqa sohalar) raqamli va

ijtimoiy kompetensiyalarga ega mutaxassislarga qo‘yilgan talablarni qamrab oladi.

Bu

talablar dinamik xususiyatga ega bo‘lib, pedagogik mutaxassislar tayyorlash mazmuniga

yangicha yondashuv orqali singdiriladi. Pedagog kadrlar tayyorlashda dunyoda mavjud

real muammolarni hal eta oladigan insonlarni tayyorlashda STEAM ta’limi hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo‘lib, keng qamrovli

didaktik imkoniyatlari bilan tavsiflanadi.. Shuning

uchun bo‘lajak o‘qituvchilar gibrid malakalarga ega

bo‘lishi bilan birgalikda, gumanitar va

texnik malakalari yaxshi rivojlanganligiga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.

Shuningdek

ularda kommunikativ, hamkorlik, kreativlik, va tanqidiy fikrlay oladigan sifatlar alohida

o‘rin tutadi.

Quyida STEAM ta’limning didaktik imkoniyatlari va ularning tavsifi keltirilgan (2

-jadval).

2-jadval

STEAM ta’limning didaktik imkoniyatlari va ularning tavsifi

Didaktik imkoniyatlari

Tavsifi

Ta’lim berishni o‘quv fanlari

bo‘yicha emas, balki
“mavzular” bo‘yicha

integratsiyalab olib borish.

STEAM ta’limida fanlar aloqa va loyihalash metodi

birlashtirilgan bo‘lib, uning asosida tabiiy fanlarni texnologiyaga,

muhandislik ijodiyotiga va matematikaga integratsiya qilish

yotadi. Bunda muhandislik bilan bog‘liq kasblarga bo‘lgan

tayyorgarlik amalga oshiriladi.

Ilmiy texnik bilimlarni real

hayotda qo‘llash.

STEAM ta’limida amaliy mashg‘ulotlar yordamida, ta’lim

oluvchiga ilmiy-texnik bilimlardan real hayotda foydalanish

namoyish qilinadi. Har bir darsda ta’lim oluvchilar zamonaviy

loyihalashga oid modellarni ishlab chiqadi, quradi va modelni

takomillashtiradi. Ular aniq loyihani o‘rganadi va real
mahsulotning prototipini yaratadilar. Masalan, ta’lim oluvchilar

harakatlanuvchi sodda robotni yasashda muhandislik kasbi,
muhandislik dizayni, elektrotexnik, konstruktor, loyihalash,

texnologik jarayon, texnologik xarita kabi tushunchalar bilan
tanishadilar.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

103

Tanqidiy tafakkur

ko‘nikmalarni rivojlantirish va

muammolarni yechish.

STEAM dasturi, ta’lim oluvchi kundalik hayotlarida duch

keladigan qiyinchiliklarni yengishda zarur bo‘ladigan tanqidiy
tafakkur va muammolarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Masalan, ta’lim oluvchi tez yuradigan mashina modelini yig‘adilar,
so‘ngra uni sinovdan o‘tkazadilar. Birinchi sinovdan so‘ng kutilgan

natijaga erishilmasa, uning sabablari haqida o‘ylaydi va topadilar.
Balki,g‘ildiraklarning kattaligi yoki ishlash mexanizmlar to‘g‘ri

kelmagandir. Har bir sinovdan so‘ng mavjud kamchiliklarni

bartaraf etib boriladi.

O‘z kuchiga ishonch hissini

ortishi.

Ta’lim oluvchilar robototexnika, mashina va samolyot modelini

ishga tushirish va boshqa ishlarni bajarishda oldilariga qo‘ygan

maqsadlariga erishish uchun harakat qiladilar. Har bir sinovdan

so‘ng modelni takomillashtirib boradilar. Oxirida barcha

muammolarni o‘z kuchlari bilan yengib, o‘ylagan maqsadlariga
erishadilar. Bu ta’lim oluvchilar uchun ruhlanish, g‘alaba va

quvonch demakdir. Har bir g‘alabadan so‘ng ular o‘z kuchlariga

yanada ishonadilar.

Faol kommunikatsiya va

jamoada ishlash

STEAM dasturi faol kommunikatsiya va jamoada ishlash bilan

farqlanadi. Muloqot davrida o‘z fikrlarini bayon qilish va bahs

-

munozara olib borish uchun erkin muhit vujudga keltiriladi. Ular

gapirishga va taqdimot o‘tkazishga o‘rganadilar. Ta’lim oluvchilar

doimo o‘qituvchi va sinfdoshlari bilan muloqotda bo‘ladilar. ta’lim
oluvchilar har bir ish jarayonida faol qatnashsalar, mashg‘ulotni

yaxshi eslab qoladilar.

Texnik fanlarga bo‘lgan

qiziqishlarini rivojlantirish.

Texnologik ta’limda STEM ta’limining vazifasi, ta’lim oluvchilarni

texnologiya faniga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishdan iborat
bo‘lib, bajaradigan ishini sevib bajarish, qiziqishlarini rivojlantirish

uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. STEM mashg‘ulotlari juda dinamik va
qiziqarli bo‘lsa ta’lim oluvchilar mashg‘ulot vaqtida zerikishmaydi va

darsdan unumli foydalanadilar.

Loyihalarga kreativ va

innovatsion yondashuv

STEM ta’limi oltita bosqichdan iborat: savol (vazifa),

muhokama, dizayn, qurish, sinovdan o‘tkazish va rivojlantirish. Bu

bosqichlar tizimli loyihalash yondashuvining asosi hisoblanadi.

Turli imkoniyatlarning birgalikda mavjud bo‘lishi yoki birgalikda
ishlatilishi o‘z navbatida kreativlik va innovatsiyaning asosi bo‘lib

hisoblanadi. Shunday qilib, fan va texnologiyaning birgalikda

o‘rganilishi ko‘pgina yangi innovatsion loyihalarni yaratishga olib

keladi.

Ta’lim va karyera orasida

ko‘prik

Turli xil baholashlarga ko‘ra hozirgi kunda talabgor eng ko‘p

bo‘lgan 10 ta mutaxassisdan 9 tasiga aynan STEAM bilimlari zarur
bo‘ladi. Bunday kasblarga: muhandis

-

kimyogar; neft bo‘yicha

muhandislar; kompyuter tizimlari analitiklari; muhandis-mexaniklar;
muhandis-quruvchilar; robototexniklar va boshqalar kiradi.

Ta’lim oluvchilarning

texnologik innovatsion

hayotga tayyorlash

STEAM ta’limi ta’lim oluvchini texnologik rivojlangan dunyoda

yashashga tayyorlaydi. Keyingi 60 yil davomida texnologiyalar jadal

darajada rivojlandi. Internetning ochilishi (1960) GPS texnologiyalar
(1978) dan DNKni skanerlashgacha va albatta Ipod (2001). Barcha

hozirda Iphone va boshqa smartfonlarni ishlatadi. Texnologiyalarsiz

hozirgi kunda dunyoni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Texnologiyalar

bundan keyin ham rivojlanishda davom etadi va STEM ko‘nikmalar
bu rivojlanishning asosi bo‘ladi. STEM maktab dasturlariga

qo‘shimcha sifatida. STEAM dasturlari 7

-

14 yoshdagi ta’li

m

oluvchilarning mustaqil ravishda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga

qiziqishlarini orttiradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

104

Zamonaviy ta’lim o‘z oldiga maqsad qo‘ya

oladigan, muammolarga mustaqil

yechim topa oladigan, mustaqil qarorlar qabul qila

oladigan yosh avlodni ta’lim berishni

maqsad qiladi. Shuning uchun ta’lim tizimida ta’lim oluvchilarning shaxsiy

faolligini

tarbiyalash va ijodkorlik sifatlarini rivojlantirish, darsdan tashqari faoliyatini mazmunli
tashkillashtirish muhim vazifa

bo‘lib

turibdi.

Ta’limni

modernizatsiyalash yo‘nalishining

zamonaviy bosqichida

ro‘y

berayotgan innovatsion jarayon bilan hamohang ravishda

o‘sib kelayotgan

avloddagi ijodiy

imkoniyatlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan

har xil

ta’lim

g‘oyalari

va texnologiyalarini ishlab chiqish hamda pedagogik nazariya va

amaliyotda

qo‘llash,

uning samaradorligini oshirishni talab qiladi.

Hozirgi paytda dunyoda eng mashhur bo‘lib kelayotgan STEAM tizimi asosiy

tendensiyalardan biri sifatida rivojlanib kelmoqda. STEAM ta’limi yo‘nalishi va o‘quv

-

amaliy yondashuvni qo‘llash, shuningdek, beshta fanni yagona ta’lim tizimi tarkibida

integratsiyalashuviga asoslangan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2019

-

yildagi „O‘zbekiston

Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030

-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash

to‘g‘risida“gi PF

-5712-

son Farmoni// Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,

29.04.2019-y., 06/19/5712/3034-son.

2.

M.J.Mutalipova, Xalq pedagogikasi. - T.: Fan va texnologiya, 2015. -

5 б.

3.

H.S.Yakubova, Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini o‘qitishda

texnologik yondashuvni tatbiq etishning o‘ziga xosliklari// Innovations and modern

pedagogical technologies in the education system, 2016.

B. 26-34.

4.

Шляйхер А. Образование Мирового уровня. Как выстроить школьную

систему ХХI века? //Издательство Национальное образование. ФИОКО Москва.

2019.

24 с.

5.

https://hdr.undp.org/data-center/human-development-index#/indicies/HDI

6.

https://www.oecd-ilibrary.org/sites/2c0d9903-

en/index.html?itemId=/content/component/2c0d9903-en.

7.

https://mitadmissions.org/help/faq/motto-mens-et-manus/

8.

https://raeng.org.uk/education-and-skills

9.

https://steamcommunity.com/sharedfiles/filedetails/?id=458481163

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2019-yildagi „O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida“gi PF-5712-son Farmoni// Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 06/19/5712/3034-son.

M.J.Mutalipova, Xalq pedagogikasi.- T.: Fan va texnologiya, 2015. -5 б.

H.S.Yakubova, Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini o‘qitishda texnologik yondashuvni tatbiq etishning o‘ziga xosliklari// Innovations and modern pedagogical technologies in the education system, 2016. - B. 26-34.

Шляйхер А. Образование Мирового уровня. Как выстроить школьную систему ХХI века? //Издательство Национальное образование. ФИОКО Москва. 2019. – 24 с.