Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Linking technology subjects with science subjects
Nargiza NIYAZMETOVA
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2023
Received in revised form
15 November 2023
Accepted 25 November 2023
Available online
15 January 2024
In modern world pedagogy, the emphasis in the education of
young people is on limiting the acquisition of narrow
professional knowledge in the specialty and on the
development of broad integrative knowledge in general
education subjects within the framework of the lifelong
education system. A lot of significant work is being carried out
aimed at using new pedagogical technologies in integrated
learning in technological classes and at solving issues of
educational and methodological support. This article analyzes
the connection between technology subjects and scientific
disciplines and their interaction with other subjects.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss10/S-pp142-144
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
integration,
interactive approach,
modern education,
educational activity,
object,
effect,
success.
Texnologiya o‘quv fani mavzularini tabiatshunoslik
mavzulari bilan bog‘lash
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
integratsiya,
interaktiv yondashuv,
zamonaviy ta’lim,
o‘quv faoliyati,
ob’yekt,
samara,
muvaffaqiyat.
Ushbu maqolada texnologiya darslarida integratsiyalab
o‘qitishda yangi edagogic texnologiyalarini qo‘llash, o‘quv
-
uslubiy ta’minot muammolariga qaratilgan bir necha diqqatga
sazovor ishlar, shuningdek, texnologiya o‘quv fani mavzularini
tabiatshunoslik mavzulari bilan bog‘lash va boshqa fanlar bilan
aloqadorligi haqida so‘z boradi.
1
Teacher, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
143
Связь технологических предметов с естественнонаучными
дисциплинами
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
интеграция,
интерактивный подход,
современное образование,
образовательная
деятельность,
объект,
эффект,
успех.
В современной мировой педагогике акцент в
образовании
молодежи
делается
на
ограничение
приобретения узких профессиональных знаний по
специальности и на развитие широких интегративных
знаний по общеобразовательным предметам в рамках
системы
непрерывного
образования.
Выполняется
множество значимых работ, направленных на применение
новых педагогических технологий в интегрированном
обучении на технологических занятиях и на решение
вопросов учебно
-
методического обеспечения. В данной
статье анализируется связь предметов технологии с
научными дисциплинами и их взаимодействие с другими
предметами.
Hozirgi kunda umumta’lim maktablarida texnologiya ta’limini integrativ
o‘qitishda
zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida
o‘qitishning shakl va usullarini
takomillashtirilsa u holda texnologiya ta’limini integrallab
o‘qitish asosida bilim berish
samarasi yuqori bo‘ladi.
Texnologiya
o‘quv fani mavzularini tabiatshunoslik mavzulari
bilan bog‘lash deganda, avvalambor “Integratsiya” atamasiga to‘xtalib o‘tsak.
“Integratsiya” atamasi nomi jihatdan yangi bo‘lib, mazmun va mohiyati jihatdan tarixga
ega. Aslida “integratsiya” so‘zi lug‘atda lotincha “tegragrac” so‘zidan olingan bo‘lib, qayta
qurish, tiklash, to‘ldirish (“integr”
–
to‘liq, butun, yaxlit) degan ma’noni anglatadi.
Bundan
kelib chiqadiki, integratsiya fanlararo bog‘liqlik degan ma’noni anglatadi.
Texnologiya fani psixologiya, tarix, ona tili, tasviriy san’at, adabiyot, iqtisod va
tabiatshunoslik fanlari bilan o‘zaro bog‘liq. Texnologiya
o‘quv fani mavzularini
tabiatshunoslik mavzulari bilan bog‘liqligi shundaki tabiat in’om etgan mahsulotlardan
barglar, mevalar, po‘stloq, urug‘lar, daraxt shoxlari, parrandalarning patlari va loylardan
har xil
o‘yinchoqlar, applikatsiyalar yasash mumkin. Texnologiya fanida o‘quvchilar
tabiatshunoslik faniga oid mahsulotlardan keng foydalanadilar. Texnologiya fanida o‘z
qiziqishlari, iqtidori va ruhiy jarayonlarini hisobga olgan holda quyidagi narsalarni
yasash mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
144
Texnologiya darslarda tabiat in’om etgan mahsulotlarning tutgan
o‘rni nihoyat
kattadir, chunki birorta detal yoki buyumni yasashdan avval ularning yaroqliligi yoki
undan qanday foydalanish lozimligi haqida bir fikrga kelib ijodiy yondashadi.
O‘quvchilar
ana shu mahsulotlar orqali o‘sha detal yoki buyum to‘g‘risida tasavvur hosil qiladilar.
Ko‘rinib turibdiki, bu rasm orqali o‘quvchilarda har xil ijodkorono yondashuv va o‘z
istedodini yaratish malakasi ham shakllana boradi.
Lekin tajribalardan ma’lumki, bunday
ko‘rgazmalarni yaratish oson ish emas. Ko‘pgina
o‘quvchilar bunga oid yetarli ma’lumot
va malakaga ega bo‘lmaganliklaridan bu ishni bajarishda qiyinchiliklarga duch kelishlari
mumkin. Shu sababli o‘qituvchi texnologiya darslarida
o‘quvchilarga buyumlarning
texnik holati, eskizi, yaqqol tasviri, tabiat mahsulotlaridan foydalanishda ish ketma-
ketligi shuningdek, ranglarni farqlash, ularni mutanosib joylashtirish va shu kabilar
haqida ham tushuncha berib borishga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘plab
o‘qituvchilarga katta
mas’uliyat yuklaydi. Texnologiyaning
boshqa fanlar bilan
bog‘liqligi
bir necha yil oldin
ilojsiz bo‘lgan ta’lim imkoniyatlarini beradi. Texnologiya
o‘quvchilarga turli fanlarni
chuqur tushunish imkonini beruvchi interaktiv va qiziqarli
o‘quv
tajribasini yaratish
imkoniyatiga ega fan hisoblanadi.
O‘qituvchilar
o‘z
darslarini rejalashtirishda
texnologiyani qabul qilishlari kerak va ular
ta’lim
texnologiyasidagi eng
so‘nggi
ishlanmalarni
o‘rganishga harakat qilishlari lozim. Texnologiya fanini
boshqa fanlar bilan
integratsiyalash
o‘quvchilarda
ijodkorlikni, tanqidiy fikrlash
ko‘nikmalarini
va jamoada
ishlashni rivojlantirishga yordam beradi. U yanada interaktiv
o‘rganish
tajribasini taklif
qiladi va
o‘quvchilarni
tobora
fanga qiziqishiga turtki bo‘ladi. Shunday ekan, o‘qituvchilar
o‘quvchilarni kelajakdagi
muvaffaqiyatga tayyorlash uchun dars rejalariga texnologiya
fanini boshqa fanlar bilan bog‘lash strukturasini
kiritishda davom etishlari zarur.
Fanlarni integratsiya qilib dars o‘tilganda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
–
har bir dars muayyan maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak;
–
fanlararo aloqalarga oid tanlangan qo‘shimcha
material o‘tiladigan mavzu bilan
bog‘lanishi shart;
–
fan o‘quvchilari faolligini oshirish maqsadida ular bilan ishlash yo‘llarini aniqlash
mumkin.
Dars faqat ta’limiy bo‘lib qolmasdan,
o‘quvchilarning ijodkorligini va
qiziqishlarini ham e’tiborga olishimiz lozim.
Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarga umumta’lim
maktablarida texnologiya ta’limi
darslarida mavzularni
o‘qitishda va amaliy
o‘rgatish jarayonida albatta boshqa fanlar
bilan aloqadorlik asosiy
o‘rinni egallaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO
‘
YXATI:
1.
G
‘.
Abduqodirov, Kasb ta
’
limi praktikumi .T.: 2012.
O‘quv qo‘llanma.
2.
N.S. Sayidaxmedov, Oliy pedagogik ta’limda integral texnologiyalar.
2003-y.
3.
R.Mavlonova, R.Rahmonqulova, Boshlang‘ich ta’limning
integratsiyalashgan
pedagogikasi. T., Ilm ziyo,
–
2009.
4.
U.Q.Tolipov, SH.S.Sharipov, “O‘quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish
pedagogik asoslar” “Fan” nashri 2012
-yil.
