Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The fight against corruption is the main requirement for
building an economically and politically stable state
(experience in China, Japan, and Germany)
Abrorkhuja MUMINKHUJAEV
Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan Specialized Boarding School
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2023
Received in revised form
15 November 2023
Accepted 25 November 2023
Available online
15 January 2024
The article examines a pressing problem of modern society
and the state
–
the fight against corruption. The author notes
that corruption began to manifest itself noticeably in the second
half of the 20th century and by the beginning of the 21st
century it had become a global threat. The work analyses the
causes and factors contributing to the emergence of corruption,
and presents the author
’
s point of view on this problem.
The article focuses on the experience of countries that have
developed the most effective methods of combating corruption.
The success of these states is analysed, many of which have
achieved significant results in this area, despite the lack of a
long history or deep spirituality. Particular attention is paid to
the experience of China and Japan, countries close to Uzbekistan
from the point of view of spirituality and history, as well as the
experience of Germany after the second half of the 20th century.
It examines how these countries
’
approaches, including legal,
financial and governance aspects, differ from those of other
countries and how they may be useful in the context of
Uzbekistan. Overall, the article emphasizes the importance of
studying and adapting successful international experiences in
the fight against corruption.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss10/S-pp240-247
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
corruption,
corruption crimes,
statistics,
EU,
government,
legislation,
delinquency,
rating,
bribery,
reform.
1
Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan specialized boarding school. Tashkent, Uzbekistan.
E-mail: abrorhuja@inbox.ru
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
241
Korrupsiyaga qarshi kurash iqtisodiy va siyosiy
mustahkam davlat qurishning asosiy talabi sifatida
(Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya, Germaniya Federativ
Respublikasi misolida)
ANNOTATSIYA
Kalit so
‘
zlar:
korrupsiya,
korrupsion jinoyatlar,
statistika,
Yevro Ittifoq,
hukumat,
qonunchilik,
huquqbuzarlik,
reyting,
poraxo‘rlik,
islohot.
Maqolada hozirgi davrda jamiyat va davlat rivojlanishi yo‘lida
asosiy to‘siqlardan biriga aylanib ulgurgan muammo –
korrupsiya
muammosiga qarshi kurashish yo‘llari va choralari haqida so‘z
yuritiladi. Mavzuga oid ilmiy ishlarni o‘rganish davrida to‘plangan
ma’lumotlarga asoslanib, korrupsiya muammosi hali juda yosh
еkanligi, XX asrning ikkinchi yarmida faollasha boshlagani, lekin
qisqa muddat ichida, ya’ni XXI asrning boshiga kelib global
darajada xavf tug‘dira boshlagani еslatib o‘tilgan. Muallif
jamiyatning global muammolari safiga yaqindagina qo‘shilgan
mazkur illatning paydo bo‘lish sabablari, uni harakatga keltiruvc
hi
omillar haqida shu yo‘nalishda faoliyat olib borgan olimlar va
o‘zining fikrlarni berib o‘tgan.
Maqolaning
asosiy
mazmun-mohiyatini
korrupsiya
muammosiga qarshi kurashishda ancha samarali yo‘llarni ishlab
chiqqan davlatlarning tajribalari, ular tomonidan ko‘rilgan
muvafaqiyatli choralar tahlili tashkil qiladi.
Борьба с коррупцией –
как основное требование
построения экономически и политически стабильного
государства
(опыт КНР, Японии, ФРГ)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
коррупция,
коррупционные
преступления,
статистика,
ЕС, правительство,
законодательство,
преступность,
рейтинг,
взяточничество,
реформа.
В
статье
рассматривается
актуальная
проблема
современного общества и государства
-
борьба с коррупцией.
Автор отмечает, что коррупция стала заметно проявляться во
второй половине 20
-
го века и к началу 21
-
го века превратилась
в глобальную угрозу. В работе анализируются причины и
факторы, способствующие возникновению коррупции, и
представляется точка зрения автора на эту проблему.
Основное внимание в статье уделяется опыту стран,
которые разработали наиболее эффективные методы
борьбы с коррупцией. Анализируется успех этих государств,
многие из которых достигли значительных результатов в
этой сфере, несмотря на отсутствие длительной истории или
глубокой духовности. Особое внимание уделяется опыту
Китая и Японии, стран близких Узбекистану с точки зрения
духовности и истории, а также опыту Германии после второй
половины 20
-
го века. Анализируется, как применяемые в
этих странах методы, включая правовые, финансовые и
государственные аспекты управления, отличаются от
подходов других стран и как они могут быть полезны в
контексте Узбекистана. В целом, статья подчеркивает
важность изучения и адаптации успешного международного
опыта в борьбе с коррупцией.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
242
Kuch korrupsiyani tanlamaydi. Qo‘rquv, balki
kuchni yo‘qotish qo‘rquvi korrupsiyani tanlaydi.
Jon Steinbek
Korrupsiya
insoniyatning ijtimoiy guruhlarga birlashgan, taraqqiy eta boshlagan
davrlaridan beri hayotning bir qismi bo‘lib kelmoqda. Shunga qaramay, jamiyatning bu
illati faqatgina XIX asrning 80-
yillaridan beri jiddiy o‘rganila boshlandi. Uning
ko‘rinishlari, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy jarayonlarga zarar yеtkazish yo‘llari turlicha
bo‘lib, ular haligacha to‘la o‘rganib chiqilmagan. Korrupsiyaga qarshi kurashishning aniq
strategiyasi yoki chorasi haligacha ishlab chiqilmaganligining sabablaridan biri - uning
ijtimoiy guruhlarda o‘zini har xil tomondan namoyon qilishi yoki bir xalq tajribasida
yuqori natijalarga olib kelgan usulning boshqa bir davlat hayotida hech qanday ijobiy
o‘zgarishlarga olib kelolmasligi bilan izohlash mumkin.
Korrupsiya so‘zi, lotin tilidagi “corruptus” so‘zidan olingan bo‘lib, hokimiyatning
(qonun ishlab chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud) biron bir lavozimidan g‘ayri insoniy
maqsadlar yo‘lida foydalanish, hukumatga tegishli bo‘lgan mol
-mulkni noqonuniy
o‘zlashtirish yoki maqsadli sarflashdan qochish kabi ma’nolarni bildiradi [1]. Bu
muammoning siyosiy va ijtimoiy jarayonlarga shu davrgacha kuchli ta’sir qila olmaganini
olimlar mulk shakllarining ichida yaqin davrlargacha davlat mulkining yuqori o‘rinni
saqlab turgani bilan izohlaydi. Bu ko‘rsatkich turli davlatlarda turlicha bo‘lib, o‘tgan
asrning ikkinchi yarmigacha jahon bo‘yicha o‘rtacha 90% atrofida bo‘lganini hisobga
oladigan bo‘lsak, iqtisodiy tomondan davlatdan mustaqil bo‘lmagan aholining korrupsiya
holatlariga jiddiy yo‘l qo‘yishga ehtiyoji hamda imkoniyati deyarli yo‘q edi. O‘zbekiston
Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 2016
-yil yakuni
bo‘yicha O‘zbekistonda davlat mulkining 60 foizi xususiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Bu
ko‘rsatkich Fransiyada 62, Italiyada
- 60 foizni, Yaponiyada - 55 foizni, Germaniyada - 54
foizni, Buyuk Britaniyada - 53 foizni, AQShda -
52 foizni, Qozog‘istonda
- 25,6 foizni,
Rossiyada
–
20 foizni tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat vakillariga aylangan fuqarolarning
ijtimoiy, iqtisodiy va yuridik tomondan mustaqil bo‘lib olish, sog‘lom raqobatdan qochish,
o‘z ta’sir doirasini oshib borishga bo‘lgan harakatlari korrupsion jarayonlarni misli
ko‘rilmagan darajada rivojlantirib, global muammolar qatoriga qo‘shdi. Yevro Ittifoqning
bergan ma’lumotlariga ko‘ra, korrupsiya Yevropa davlatlarining har biriga yiliga 179
milliarddan 990 milliard yеvrogacha zarar yеtkazib kelyapti [2]. Korrupsion jinoyatlar
ko‘lamining bunday qisqa davrda hayratli darajada yuqorilaganini siyosatchilar iqtisodiy
omillardan tashqari yana qonun ishlab chiqarishdagi, uning ijrosidagi sustkashlik va
axloqiy tarbiyaning yеtishmasligi, buning natijasida esa jamiyatda tartibsizliklarga yo‘l
qo‘yib turuvchi qatlamning yuzaga kelishi bilan izohlaydi. Davlat va jamiyat taraqqiyotini
ta’minlash yo‘lidagi eng asosiy muammolar avvalida korrupsion jinoyatlarni to‘xtatish
muammosi turibdi.
Korrupsiya muammosi O‘zbekiston sharoitida ham o‘zining qanday qudratli
kuchga ega ekanligini ko‘rsatishga ulgurdi. Bu muammoning qanchalik jiddiy ekanligini
2017-yil 3-
yanvar kuni Prezident tashabbusi bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilingani ham ko‘rsatib turibdi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 8-
dekabrda so‘zlagan nutqida 2018
-yilning
o‘zida 1117 nafar davlat xizmatchilarining korrupsiya jinoyatini sodir etganligi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
243
aniqlanganligini ma’lum qildi. Bunday ko‘rsatkich bilan esa davlat hech qanday ijobiy
natijalarni qayd eta olmasligini ta’kidalab o‘tdi. Shuningdek, Prezidentimiz Oliy Majlis
palatalarida korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitalarini tuzish taklifini ham bildirdi.
O‘zbekiston aholisining ijtimoiy hayotida korrupsion holatlarning ancha chuqur ildiz
otgani davlat darajasida tan olindi. O‘zbekiston hukumati bu illatning fuqarolar hayotidan
olib tashlanishi uchun davlat darajasidagi keskin choralar siyosatini boshlaganiga hali
ko‘p bo‘lgani yo‘q. Shunday ekan, korrupsiyaning moslashuvchan, o‘zgaruvchan,
qiyofasini o‘zgartira olish xususiyatlarini hisobga olgan holda xorij tajribasini o‘rganish,
korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonining sifat darajasini oshirishda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Xitoy
. Xitoy davlatida ijtimoiy holat o‘ziga xos bo‘lib hukumat korrupsiyaga qarshi
kurashishda aholining son jihatidan ko‘pligini va ijtimoiy qatlamlar o‘rtasidagi yashash
sharoitlari keskin farq qilishi kabi omillarni hisobga olib kelyapti [3]. Xitoy
qonunchiligida xususiy mulk daxlsizligini davlat organlari ta’minlashi belgilangan.
Xususiy mulkka bo‘lgan har qanday tajovuz eng og‘ir jinoyatlar qatorida qattiq jazolanadi.
Bunday jinoyatga befarq qaragan politsiya yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ
xodimi to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri jinoyatga sheriklikda ayblanadi. Xususiy mulk egasi va hukumat
o‘rtasidagi shartnoma hech qachon o‘zgartirilmaydi. Xitoyda bu qonunning o‘rnatilganligi
davlatning investitsion jozibadorligini ham oshiradi. XXR jinoyat kodeksining 383-
moddasida 5 ming yuanlik korrupsion holat uchun 2 yilgacha qamoq jazosi undan yuqori
holatlar uchun esa mol-mulk musodarasi, uzoq muddatli yoki bir umrli qamoq jazosi va
o‘lim jazolari qo‘llanilishi belgilangan [4]. Xitoy xalq Respublikasi davlat rahbari Si Zin
Pin 2012-yilda korrupsiyaga qarshi boshlagan keng qamrovli kompaniyasida hokimiyat
vakillariga aholining ishonchini yo‘qotmaslik va axloqiy normalarni saqlash maqsadida
moddiy jihatdan kamtarona hayot kechirish talabini qo‘ydi. Qog‘ozbozlik Xitoy
davlatining u buyuk imperiya bo‘lgan davrlaridan beri eng og‘riqli nuqtalaridan biri
bo‘lib kelgan. Hatto kommunistik tuzumning hukumatga kelishi ham bu muammoni
yеngillashtirmadi. Faqatgina bozor iqtisodiyotiga o‘tish bu muammoni hal etish, davlat
siyosatining muvaffaqiyatini ta’minlash omillaridan biri ekanligini ko‘rsatdi. Qog‘ozbozlik
korrupsiyani hal etish chorasi sifatida Xitoydagi har bir ma’muriy hududlarda, katta
tashkilotlarda, ta’lim muassasalarida kompartiyaning vakolatli vakillari faoliyati yo‘lga
qo‘yilgan. O‘rta yoshdagi kadrlarning eski siyosat ta’limoti vakillari ekanliklarini hisobga
olib yuqoridagi vakillar faqat yoshlar qatlamidan tanlab olinadi. Hukumat rahbarining
2012-yil 11-
dekabrdagi “Agar biz korrupsiya masalasini hal qilmasak, bu kommunistik
harakat uchun halokatli oqibatlarga, hatto, bu partiyaning qulashiga olib kelishi mumkin
[5]”, degan so‘zlari siyosiy faol yoshlar o‘rtasida shiorga aylantirildi. Yosh kadrlarning ish
faoliyatini qonunbuzarliklarsiz olib borishga moyil ekanliklarini hisobga olib, rahbar
xodimlar orasida yoshlarning ko‘paytirilishiga alohida e’tibor berilyapti.
Xitoy hukumati tomonidan ko‘rilayotgan bunday keskin choralar o‘z ijobiy
natijalarini ko‘rsata boshladi. Xalqaro Wealth
-
X tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra,
jahondagi 3000 ta milliarderlardan 338 tasi Xitoy fuqarolari bo‘lib, Xitoy bu ko‘rsatkich
bo‘yicha faqat AQSh dan orqada hisoblanadi. Jahon bankining hisob
-
kitoblariga ko‘ra,
davlatda o‘rtacha har ikki kunda 2 ta milliarder yеtishib chiqyapti. Xitoyning ichki
tekshiruvlariga ko‘ra, Xitoyda milliarderlar soni hozirda 900 dan oshiq bo‘lib, ular bu
ko‘rsatkichda AQShni allaqachon ortda qoldirdi. Bundan tashqari yaqin 15 yil ichida
Xitoyda qashshoqlar soni 700 million kishiga kamaydi. Bunda aholi sonining tez
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
244
sur’atlarda o‘sib borayotganligini ham inobatga olish zarur. Korrupsiyaga qarshi
kurashish va davlat boshqaruvidagi Xitoy tajribasini Jahon banki ham eng samarali deb
tan olib, 1983-
yil aholining 63% qashshoqlikda yashagan bo‘lsa, 2018
-yil yakuniga kelib
bu ko‘rsatkich 2% ni tashkil qilayotganini ma’lum qildi [6]. Aniqlik uchun biz ko‘proq
dalillar keltiramiz. Theglobaleconomy.com tomonidan tuzilgan Medina va Shnayder
indeksiga (2018) ko‘ra, Xitoyda YaIMning Fransiya va Shvetsiyada bo‘lgani kabi
“soyada”gi qismi 11,74% ga ega. Taqqoslash uchun: Isroilda 19,18%, Ukrainada
- 57%,
Gruziyada - 53,07%, Rossiyada - 31,04% [7]. Transparency Internationalning
Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish reytingida Xitoy 180 ta davlat ichida 2018
-yilda 86-
o‘rinda
bo‘lib, korrupsion indeksi 5 % ga yaxshilandi.
Germaniya Federativ Respublikasi
. O‘zining qonunga bo‘lgan yuqori hurmati va
itoatkorligi bilan nafaqat Yevropada, balki butun dunyoda ma’lum bo‘lgan nemis xalqi bu
o‘rinda boshqa xalqlarga o‘z muvaffaqiyatlari bilan namuna bo‘lish darajasiga XIX
asrdayoq erishgan. Germaniyaning Federal jinoyatlar byurosi taqdim etgan
ma’lumotlarga ko‘ra, 2007
-
yilda 9554 ta korrupsion jinoyatlar fosh etilgan bo‘lsa, 2011
-
yil ularning soni 46795 ga yеtdi. Lekin bu ko‘rsatkich Germaniya fuqarolari korrupsiyaga
moyilligi oshganini emas, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda o‘tkazilayotgan
islohotlarning samarasi yuqori bo‘layotganini bildiradi. Germaniya hukumati ko‘proq
korrupsion holatlarni to‘xtatib qolayotganini prokuratura xodimlarining soni oshirilishi
va prokratura huzurida ma’lumot beruvchining shaxsi sir tutilishini kafolatlaydigan
ishonch telefonlari joriy etilgani, soliq va jinoiy ishlar politsiyasi o‘rtasida hamkorlikning
kuchaytirilgani, butun Yevro Ittifoq bilan hamkorlik harakatlarining kuchaytirilgani bilan
izohladi.
Tadqiqotchilarning aniqlashicha, korrupsion holatlarga davlat amaldori ishga
tayinlanganidan keyin o‘rtacha ikki yil o‘tib yo‘l qo‘yishni boshlaydi. Buning oldini olish
uchun esa moddiy javobgar mansabdorlar xizmat joylari tez-
tez almashtirilib, o‘zlari
uchun yangi bo‘lgan muhitga tashlanadi. 1997
-yilda Germaniyada korrupsiya haqidagi
qonun qabul qilindi. Qonunning qabul qilinishi Federativ Respublikaning Jinoyat
kodeksiga qo‘llaniladigan jazo darajalarini o‘zgartirishiga sabab bo‘ldi. Fuqarolarning
korrupsiya holatidan uzoqda bo‘lishlarining yana bir sababi, Germaniya Jinoyat
kodeksining 29-
bo‘limida korrupsion harakatni bajargan jismoniy va yuridik shaxslarga
bir xil o‘g‘ir jazo qo‘llanilishi belgilanganidadir. Yuqori mansabdor shaxslarning
poraxo‘rlik yoki davlat mulkini o‘zlashtirishga urinishi ular uchun barcha imtiyozlardan
va nafaqa olish huquqidan mahrum bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Hukumat organlariga
qurilish va farmosevtika sohalaridan boshqa davlatlarga nisbatan eng kam shikoyatlar
tushishi bu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlarning natijasini belgilab beryapti.
Germaniya hukumati fuqarolarida korrupsiyaga nisbatan axloqan komillikni yuqori
darajada doimiy targ‘ib etib keladi. Aholining 68% korrupsiya davlat siyosatiga tahdid
deb hisoblaydi [8]. Katta tashkilot yoki korxonalarga huquqni muhofaza qiluvchi
organlardan vakil biriktiriladi. Germaniyaning hukumati fuqarolarning bilish huquqi bor
deb hisoblagan har qanday ma’lumotni ochiq manbalarda taqdim etib boradi. Bu esa
fuqarolarga siyosiy va ijtimoiy holatning aslida qandayligi haqida umumiy tasavvur
olishiga sharoit yaratadi. 2013-yili Germaniya korrupsiya eng kam uchraydigan davlatlar
reytingida 13-
o‘rindan 12
-
o‘ringa ko‘tarildi.
Yaponiya
. Korrupsiyaga qarshi kurashishdagi Yaponiya davlatining o‘ziga xosligi
shundaki, bu davlat tarixan korrupsiyaning juda ko‘plab ko‘rinishlarini boshdan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
245
kechirishiga to‘g‘ri keldi. Yaponiya hukumati kuchli demokratik jamiyatga asoslangan
xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish, ularni o‘z sharoitida sinab ko‘rish va joriy etishga
alohida e’tibor qaratib kelyapti. Yaponiya qonunchiligida korrupsiyaga qarshi yagona
hujjat mavjud emas. Bunday normalar turli xil qonunlarda mavjud: “Davlat
xizmatchilarini saylash to‘g‘risida”gi (1950), “Parlament to‘g‘risida” gi (1950), “Siyosiy
fondlarni tartibga solish to‘g‘risida” gi (1948), va “Davlat xizmatchilari to‘g‘risida” gi
(1948), “Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risida” gi (1947) Qonunlar korrupsiyaga
qarshi kurashishda huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Ushbu qonunlarning har biri uning
qoidalarini qo‘llash samaradorligini hisobga olgan holda doimiy ravishda
takomillashtirib boriladi va o‘z kuchini va hozirgi kunga moslikni saqlab qoladi. 2018
-
yilgi Transparency International xalqaro tashkilotining tekshiruvlari natijalariga ko‘ra,
Yaponiya korrupsiya eng kam uchraydigan davlatlar o‘rtasida 19
-
o‘rinni egalladi.
Hukumat bunday natijani targ‘ibot va keskin amaliy choralarning ko‘rilib borayotgani
bilan izohladi. Yaponiya qonunchiligiga ko‘ra, hukumat rahbar xodimlari hech qanday
iqtisodiy, moliyaviy, tadbirkorlik sohalarda ishlashi yoki ular bilan aloqada bo‘lishi,
ularga yuridik yoki boshqa ko‘rinishdagi yordam ko‘rsatishi mumkin emas [9].
Mansabdor shaxs nafaqaga chiqqanidan keyin besh yil davomida o‘zi nazorat qilgan
yo‘nalishdagi tijorat sohasida rahbarlik lavozimida ishlay olmaydi [10]. Xodimlar bo‘limi
soveti mansabdordan uning daromadi haqidagi ma’lumotlarni talab qilish huquqiga ega.
Yaponiyaning “Saylov to‘g‘risida”gi Qonuni saylovlarda qatnashayotgan nomzodlarga
nodavlat tashkilotlardan moliyaviy yordam olishni qat’iy taqiqlaydi. Yaponiya
konstitutsiyasining 15-
moddasida davlat xizmatchilari xalq xizmatida bo‘lib ular siyosiy
betaraf, xalqning qaysidir qatlamigagina xizmat qilishi taqiqlanadi [11]. Yaponiya barcha
Xalqaro korrupsiyaga qarshi shartnomalarga qo‘shilib kelyapti. XIX asrning o‘rtalaridan
Yaponiyada ijtimoiy-siyosiy qayta qurish harakati boshlanib, unda davlat va jamiyat
qurilishining g‘arbcha ko‘rinishiga milliylikni saqlab qolgan holatda o‘tish harakatlari
boshlandi. Bunda qog‘ozbozlik to‘siqlari yo‘q qilinishi yo‘lida eng katta natijalarga
erishgan g‘arb davlatlari tajribalari o‘zlashtirildi. Bu bilan 90
-yillardagi rahbar
lavozimdagilarning tadbirkorlik sub’yektlariga nafaqat yozma, balki og‘zaki buyruq bilan
ta’sir o‘tkazish holatlari to‘xtatildi. XX asr boshlarida tadbirkorlik davlat xizmatidan ko‘ra
daromadli soha bo‘lib, rahbar lavozimidagi xodimlar xususiy sektordagilarga nisbatan
30-
50% gacha kam daromad ko‘rib kelgan. Hozirgi kunda bu holat tugatilib, amaldorlar
serdaromad soha kishilari hisoblanadi.
Yaponiya OAV xodimlarining mustaqil tekshiruvi natijasida davlatda korrupsion
bo‘hronlar tez
-
tez sodir bo‘lib turadi. E’tiborlisi, ma’lumotlar faqat OAV arxivlarida qolib
ketmay, sinchiklab tekshiriladi va muqarrar jazo ta’minlanadi [12]. Davlat
xizmatchilarining korrupsiya to‘riga ilinib qolmasliklarining yana bir sababi bu
-
Yaponiya qonunchiligiga ko‘ra, har qanday ko‘rinishdagi moddiy sovg‘a, yordam pora
berish hisoblanadi.
Yaponiya poraxo‘rlik uchun eng katta jarima solinadigan davlatlar sirasiga kiradi.
Yaponiya Jinoyat kodeksining 202-moddasiga binoan, pora bergan, olgan, vositachilik
qilgan shaxs uch yilgacha qamoq yoki 2mln 500 000 yuangacha, agar bunday holat yana
takrorlansa, 2mln 500 000 yuandan oshiq jarima bilan jazolanadi [13]. 1999-yilda qabul
qilingan “Davlat xizmatchilari etikasi to‘g‘risida”gi Qonun byurokratiya va korrupsiyasiga
qarshi kurashda muhim rol o‘ynaydi. Qonunning maqsadi xodimning vakolati bilan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
246
bog‘liq muammolarni hal qilishdan manfaatdor bo‘lgan shaxslardan xizmatlar va
sovg‘alar olishning keng tarqalgan amaliyotini yo‘q qilish edi.
Olib borilayotgan islohotlar va korrupsiyaga qarshi radikal munosabatning
tarbiyalanishi samarasi o‘laroq, Yaponiya Osiyoda 5
-darajadagi, jahondagi eng
korrupsiyadan holi 20 talik davlatlar reytingiga kiradi. Korrupsiyaga qarshi
samaradorlik Yaponiya hukumati tomonidan ochiq manbalarda taqdim etilgan
ma’lumotlarga ko‘ra 100% dan 85/90% hisoblanadi.
Xulosa
. Yuqorida aytib o‘tilganlardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki,
korrupsiyani inson omili yuzaga keltiradi. Inson omili esa o‘zgaruvchan va
moslashuvchan ekanligi rad etib bo‘lmas aksiomadir. Korrupsiyaga qarshi universal
usullar mavjud emas, shuning uchun dunyodagi har bir mamlakat o‘zining ichki
voqeliklariga asoslanib, o‘zining strategiyasini va korrupsiyaga qarshi choralar tizimini
tanlaydi. Biroq, ijobiy rivojlanish tajribasini amalga oshirish uchun korrupsiyaga qarshi
tashqi strategiyalarni o‘rganish kerak. Ushbu tajribalarning nusxasini bizning
mamlakatimizga ko‘chirib olish imkonsiz va hatto xavfli, chunki korrupsiyaga qarshi
strategiyalar har doim davlatning ichidagi korrupsiya omillari asosida amalga oshiriladi.
Omillar esa turli bo‘lib, deyarli bir
-birini takrorlamaydi. Ammo xorijiy mamlakatlarning
korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli tajribasi qanday xatolarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi,
qaysi choralar samaraliroq ekanligini ko‘rsatib bera oladi. Buning uchun nafaqat
mamlakatimizda odatdagidek zarur siyosiy iroda, balki hokimiyat organlari, xususiy
biznes, notijorat tashkilotlar va fuqarolarning qat’iy rejali, uzoq muddatli koalitsiyaga
birlashishi talab etiladi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, ushbu koalitsiyadan
korrupsiyaning o‘zgarishini kuzatib borish uchun doimiy harakatlar talab etiladi va shu
asosda murakkab va o‘z
-
o‘zidan paydo bo‘ladigan ijtimoiy muammoni hal qilish uchun
doimiy kuch sarflanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.https://www.academia.edu/36038830/CORRUPTION_CAUSES_AND_CONSEQUE
NCES.docx
2. https://euroscopemag.eu/fact-check-e-904-billion-goes-to-corruption-in-the-
eu-every-year/
3. Combating poverty and inequality. UNRISD publication 2010. ISBN 978-92-
9085-076-2
4. Xitoy Xalq Respublikasi jinoyat kodeksi, 383-modda, 2016-yil.
5. Xitoy kompartiyasining XVIII syezdi. Prizedent Si Zin Pin nutqi. 2018-yil 11-
dekabr.
6. https://news.rambler.ru/2018/12/09/
7. https://news.rambler.ru/2018/12/09/
8.
B.Себастьян. Борьба с коррупцией и гражданское общество в Германии.
Университет Констанцы Бишкек, Январь2014
9.
Моисеев В.В. Международный опыт противодействия коррупции,
Среднерусский вестник общественных наук, (100) № 3 2013. C 175.
10.
Моисеев В.В. Международный опыт противодействия коррупции,
Среднерусский вестник общественных наук, (100) № 3 2013. C 177.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
247
11.
Юрковский А.В. Актуальные проблемы противодействия коррупции.
Проблемы национальной безопасности. №6(351). М.: Совет Федерaци ФС РФ. С. 45
-
56.
12.
Полохов С.А. Мировой опыт борьбы с коррупцией. Сборник материалов
научных семинаров и заседаний дискуссионного клуба (2011
-
2013). Москва 2014.
C117.
13. Yaponiya jinoyat kodeksi, 202-modda.
