Авторы

  • Хикматилла Абдинабиев
    Преподаватель, кафедра социально-гуманитарные науки, Термезский университет экономики и сервиса

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss10/S-pp248-255

Ключевые слова:

институт истории история государственности узбекского народа материальная культура и древняя история Узбекистана история древнейших времен новейшая история историографические исследования

Аннотация

В данной статье представлена информация о научной деятельности Института истории Академии наук Республики Узбекистан от независимости до настоящего времени, а также организованных им международных конференциях и семинарах.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The role of the History Institute of the Academy of
Sciences of the Republic of Uzbekistan in the development
of history during the years of independence

Abdinabiyev KHIKMATILLA

1


Termez University of Economics and Service

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2023

Received in revised form

15 November 2023
Accepted 25 November 2023

Available online

15 January 2024

This article presents information about the scientific activities

of the Institute of History of the Academy of Sciences of the

Republic of Uzbekistan from independence to the present, as well

as international conferences and seminars organized by it.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss10/S-pp248-255

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Institute of History,

History of statehood of the
Uzbek people,

Material culture and ancient

history of Uzbekistan,
History of ancient times,
Modern history,

Historiographic research.

Mustaqillik yillarida tarix fanining rivojida O‘zbekiston

Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining roli

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Tarix instituti,

O‘zbek xalqi davlatchiligi

tarixi,

O‘zbekistonning moddiy

madaniyati va qadimgi
tarixi,

qadimgi davrlar tarixi,

eng yangi tarix,
tarixshunoslik

oʻqishlari.

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar

akademiyasi tarkibida Tarix institutining mustaqillikka

erishgandan hozirgi vaqtgacha bo‘lgan ilmiy faoliyati, tashkil

etgan xalqaro konferensiya va seminarlari haqida ma’lumotlar

berilgan.

1

Teacher, Department of Social and Humanities, Termez University of Economics and Service


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

249

Роль Института истории Академии наук Республики

Узбекистан в развитии истории в годы независимости

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Институт истории,
История
государственности

узбекского народа,
Материальная культура и
древняя история

Узбекистана,

История древнейших
времен,

Новейшая история,

Историографические
исследования

.

В данной статье представлена информация о научной

деятельности

Института

истории

Академии

наук

Республики Узбекистан от независимости до настоящего
времени, а также организованных им международных

конференциях и семинарах.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibida

Tarix instituti 1943-yil

tashkil etilgan. Institut tashkil etilgandan so‘ng, tarixchi olimlarimiz oldiga vatanimiz

tarixining yoritilmagan joylarini,

o‘zbek xalqi shakllanish tarixi, moddiy va ma’naviy

madaniyati tarixini

yoritish kabi ulkan vazifalar qo‘yildi.

Markaziy Osiyo davlatlari va

Rossiyaning yirik ilmiy markazlari bilan o‘zaro hamkorlikda ilmiy anjumanlar, davra

suhbatlari, seminarlar muntazam olib borilmoqda,

“Tarix fanining dolzarb muammolari”

mavzusidagi maqolalar to‘plamlari chop etilgan.

Tarix institutining ilmiy va tashkiliy

faoliyatida tub o‘zgarishlar O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng sodir bo‘ldi.
Tarix instituti haqida so‘z yuritar ekanimiz, birinchi Prezidentimiz I.Karimovning
quyidagi fikrlarini alohida qayd etmog‘imiz lozim “Tarix fani, uning bugungi istiqboli
haqida so‘z yuritar ekanmiz, men yana bir masalaga e’tibor qaratishni istardim. Agar biz

tarixchilarni taroziga solsak, bugungi kun nuqtai nazaridan baholasak, talabga javob
beradiganlari juda ozchilikni tashkil etadi. Shuning uchun tarixchi mutaxassislar

tayyorlashni universitetlardan, ya’ni boshlang‘ich nuqtadan yaxshilash lozim deb
o‘ylayman. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab institut xodimlari tomonidan
sovet davri tarixining soxtalashtirilgan qismlarini ilmiy jihatdan yoritishga e’tibor
berdilar. O‘zbekiston tarixidagi ko‘plab muammolar yangi nuqtai nazardan xolisona
yoritila boshlandi. Bu borada ham birinchi Prezidentimiz I.Karimov “Mustaqil
fikrlaydigan olimlarimiz bo‘lmasa, o‘z davlatimiz, xalqimiz, millatimiz tarixini o‘zimiz
tiklamasak, o‘zimiz xolisona yozmasak, uni boshqalar boshqacha qilib yozadi. Yozish

bilan cheklansak mayli-

yu, bizni, o‘sib kelayotgan avlodni, hatto, olimlarimizni ham

o‘z

yo‘rig‘iga solishga harakat qiladi”. Shu asnoda tarix institutining faoliyatini yanada
takomillashtirishni zamonning o‘zi taqozo etdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 1998-yil 27-

iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiya Tarix

instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori institut

faoliyatini yanada

takomillashtirish uchun huquqiy asos bo‘ldi. Qarorda bir qancha ustuvor vazifalar ham
belgilab berildi. O‘zbek xalqi va uning davlatchiligi haqqoniy tarixini o‘rganish,

mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda saqlanayotgan tarixiy manbalar tahlili asosida
yurtimiz tarixini ochilmagan jihatlarini ochib berish, manbalarga asoslangan holda, ilmiy,
ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, turli adabiyotlar yaratish va mazkur bilimlarni keng

yoyish hamda tarix sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash O‘zbekiston


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

250

Respublikasi Fanlar akademiya tarix instituti faoliyatining bosh maqsadi etib belgilab

berilgan. Shu bilan birga tarixchi olimlarimiz oldiga O‘zbekiston hududida ilk davlatchilik

asoslari yuzaga keltirgan tarixiy shart-sharoitlar va davlatning kelib chiqishi masalasini

atroflicha tadqiq etish va aniqlash, o‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi, o‘zbek xalqi
etnogenezi hamda ushbu muammolar bo‘yicha arxeologik va barcha turdagi yozma

manbalar tadqiqotlari natijalarini jamlash, har tomonlama ilmiy-qiyosiy tahlil qilish va
muvofiqlashtirish, eng qadimgi davrdan hozirga qadar davlatchilik tarixiy bosqichlarida
hududimizda yashagan xalqlarning siyosiy, ijtimoiy-

iqtisodiy, madaniy va ma’naviy

hayoti masalalarini o‘rganish, xolisona tadqiqotlar natijalari asosida ilmiy, ilmiy

-

ommabop asarlar, darsliklar yaratish hamda O‘zbekiston tarixiy atlasini tayyorlash,
mamlakatimiz va chet el olimlarining eng qadimdan hozirgi kungacha o‘zbek xalqi tarixi
bo‘yicha amalga oshirgan tadqiqotlarini tahlil qilish asosida ularning batafsil
bibliografiyasini va ilmiy tarixshunosligini yaratish, o‘zbek xalqi va uning davlatchiligi

tarixiga oid tadqiqotlarni olib borishda, ularni ommalashtirishda bir yoqlama

yondashuvga, o‘tmishni soxtalashtirishga, mustamlakachilik mafkurasi aqidalariga yo‘l
qo‘ymaslik hamda eski g‘oyaviy andozalardan holi bo‘lgan, zamonaviy ilmiy tafakkur
asoslarini o‘zida mujassam etgan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq
mamlakatimizda oliy ta’lim tizimining tarixga taalluqli yo‘nalishlari va mutaxassisliklari
bo‘yicha yuqori malakali kadrlar, ayniqsa magistrlar tayyorlash jarayoniga ham alohida
e’tibor berildi. Bu borada oliy ta’lim muassasalari bilan bevosita ilmiy

hamkorlik

o‘rnatish, ularda pedagogik va ilmiy

-

tadqiqot jarayonlarini uyg‘unlashtirish masalalariga

alohida e’tibor berish, chet el ilmiy markazlari bilan nazariy hamda amaliy hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, ilmiy anjumanlar, barcha shakldagi ilmiy muhokama,

munozara, fikr almashuv tadbirlarini tashkil etish kabi ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Bu olimlarimiz tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida birinchi Prezidentimiz

I.Karimov “olimlarimiz eng yaxshi an’analarni o‘zlashtirib, tarixiy merosimizni chuqur
o‘rganib, buyuk ajdodlarining ishlarini munosib davom ettirmoqdalar. Ilm
ziyolilarimizning muhim fazilati hamma vaqt bilimga, ilg‘or ilmiy tafakkurning oldingi
marralarida bo‘lishga intilishdan iborat”–

deb o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan edi.

Olimlarimizning ilmiy salohiyatini yanada kuchaytirish maqsadida xorijiy davlatlar bilan

ham shu bo‘yicha hamkorlik ishlari olib borildi, tarix instituti bo‘limlari va markaz
xodimlari ham bir qator xorijiy mamlakatlarda malaka amaliyotlarini o‘tab kelmoqda.
Birinchi Prezidentimiz tarixchi olimlarimiz oldiga yuksak mas’uliyatli ishni qo‘yib, tarix

sohasida mehnat qilayotgan olim, mutaxassislarga murojaat qilib, sizlar millatning

haqqoniy tarixini yoritib bering, toki u xalqimizga ma’naviy kuch

-qudrat baxsh etsin.

G‘ururini uyg‘otsin. Biz yurtimizni yangi bosqichga olib chiqmoqchi ekanmiz, bunda bizga
yorug‘ g‘oya kerak, bu g‘oyaning zamirida xalqimizning o‘zligini anglashi yotadi.
Haqqoniy tarixni bilmasdan esa o‘zlikni anglash mumkin emas, deb bejizga ta’kidlamagan
edi. Tariximizni haqqoniy yoritishni vazifa sifatida qo‘yilishida ham bir millatni
ikkinchisiga qarshi qo‘yish emas balki xalqning haqiqiy xolisona tarixini yoritishni
topshiriq sifatida berilganini anglamog‘imiz zarurdir. Bo‘lim tomonidan akademik Yahyo
G‘ulomov nomidagi “O‘zbek xalqi davlatchiligi tarixi” Respublika ilmiy seminari o‘tkazilib,
seminar materiallarini muntazam to‘plam sifatida nashr etish ishlari ham amalga
oshirildi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi bilan birgalikda Vatanimiz
tarixining dolzarb masalalarini yorituvchi davriy to‘plam va “O‘zbekiston tarixi” ilmiy

jurnali tashkil etildi. Haqiqiy xolisona tariximizni yoritishda institutga qarashli Tarix,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

251

Sharqshunoslik, Arxeologiya institutlari, shu sohaga taalluqli bo‘lgan ilmiy muassasalar
tarkibini, ish faoliyatini o‘zgartirishni zamon talab qilmoqda. Albatta yangicha
dunyoqarash mafkuradan xoli bo‘lgan tariximizni yoritishda yuqoridagi tuzilmalarning

faoliyatini ham

tubdan takomillashtirish zarur edi. O‘zbekistonda arxeologiya fanining

rivojlanishida ulkan hissa qo‘shgan Yahyo G‘ulomovni yodga olib birinchi Prezidentimiz

I.

Karimov “Bizda dovyurak zamonaviy fikrlaydigan olimlar yetishmaydi. Men akademik

Yahyo G‘ulomovni yaxshi bilardim, u mustaqil fikrga ega bo‘lgan, kerak bo‘lsa eng yuqori
lavozim egasiga to‘g‘ri gapni ayta oladigan olim edi. Tarixchilar yaxshi biladilar, odatda
tepaliklar qarida tarixiy obidalar, butun bir shahar yastangan bo‘ladi. Sho‘ro davrida

faqat tomlardagina paxta ekilmay qolgan bir paytda, ana shunday tarixiy tepaliklarni ham
tekislab paxta dalasiga aylantirish siyosati avj olganda, bunga qarshi chiqqan olim Yahyo

G‘ulomov bo‘lganini men yaxshi eslayman. Bu fazilati tufayli tazyiq ko‘rganini ham
eshitganman, vatanparvar odam shunday bo‘ladi. Ana shunday odamlar hayoti bizga
ibrat bo‘lmog‘i lozim. Ana shunday olimlarimizning mehnat faoliyatlarini mustaqillikdan
keyingi davrda to‘g‘ri baholab akademik nomi bilan bog‘liq har yili ilmiy konferensiya
o‘tkazilishi qarorda ham belgilab berilgan.

Mustaqillik yillarida institut tomonidan

“O‘zbekiston tarixi” maxsus tarixiy ilmiy jurnal, davriy nashrlar, “O‘zbekiston tarixining
yangi sahifalari” tadqiqot risolalari va O‘zbekiston tarixining turli davrlariga
bag‘ishlangan bir qator yirik monografiyalar nashr etildi. Mustaqillik yillarida institut
mamlakatimizda tarixiy tadqiqotlari bo‘yicha respublikaning yetakchi ilmiy

-tadqiqot

markaziga aylanib ulgurdi va hozirgi kunda ilm-

fan taraqqiyotining o‘ziga xos tadqiqot

doirasida:

qadimgi davrlardan to hozirgi kungacha O‘zbekistonning ijtimoiy

-siyosiy va

iqtisodiy-tarixiy sohasida fundamental hamda amaliy tadqiqotlar olib borish, tadqiqot

usullari va uslublari sohasida yangi bilimlarga ega bo‘lish;

o‘zbek davlatchiligining rivojlanish bosqichlari va uning insoniyat

sivilizatsiyasidagi rolini o‘rganish;

o‘zbek xalqining intellektual, madaniy va ma‘naviy merosining rivojlanish

bosqichlari, shaxs, shu jumladan islom sivilizatsiyasidagi tutgan o‘rnini o‘rganish;

o‘zbek xalqining kelib chiqishi tarixi, madaniy antropologiya, O‘zbekistonda

yashovchi turli

millat va elatlarning etnologiyasini o‘rganish;

mustaqillik davri tarixini o‘rganish;

tarixshunoslik va manbashunoslik tadqiqot uslublarini ishlab chiqish. Zamonaviy

O‘zbekiston tarixi metodologiyasining asosiy mezonlari tarixiylik,

haqqoniylik, ilmiy

ob’yektivlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan iborat.

Hozirgi kunda institutda 4 ta

bo‘lim va 2 ta markaz faoliyat olib bormoqda. Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o‘lkaning,
davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglash, ta’bir joiz
bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi.

“Qadimgi davrlar tarixi” bo‘limi 1998

-

yil tashkil etilgan bo‘lib, “O‘zbekistonning

moddiy madaniyati va qadimgi tarixi”, “Qadimgi va o‘rta asrlar” bo‘limi kabi nomlarda

faoliyat yuritgan. 2020-yil 8-

iyundan “Qadimgi davr tarixi” bo‘limi deb qayta tashkil

etilgan.

Hozirda bo‘lim xodimlari asosan, qadimiy davr tarixiga oid, jumladan, sivilizatsiya

va davlatchilik tarixi, qadimgi shaharlarning shakllanishi, ekologiya va qadimgi

sivilizatsiyalarning o‘zaro munosabatlari, arxeologik yodgorliklarni zamonaviy

texnologiyalar yordamida tadqiq etish, ijtimoiy munosabatlar, ibtidoiy davrda mulkchilik


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

252

va boshqaruv xususiyatlari kabi mavzularda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Bo‘lim

faoliyati davomida tarixiy tadqiqotlarga turli yondosh fanlar sohasida erishilgan
yutuqlarni

amaliyotga joriy qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“O‘rta asrlar tarixi” bo‘limi 1943

-

yilda tuzilgan bo‘lib, 2020

-

yildan “O‘rta asrlar

tarixi” bo‘limi deb atala boshlangan. IX–

XIX asrlar birinchi yarmi

O‘zbek xalqi va

davlatchiligi tarixining turli masalalari, jumladan, davlat boshqaruvi, shaharlar tarixi,
hunarmandchilik va savdo, tashqi siyosat, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayot masalalari

hamda manbashunoslik tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy izlanish olib borilmoqda.

Bo‘lim

xodimlari 2002

2005-yillarda AQShning G.Washington universiteti, 2004

2005-yillarda

YUNESKOning “Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi (History of civilizations of Central
Asia)” VI jildlik nashrini chop etish xalqaro loyihalarida ishtirok etishgan.

“Yangi tarix” bo‘limi 1943

-

yil tuzilgan, bo‘lim O‘zbekistonning 1860–

1991-yillar

davri tarixini ilmiy jihatdan tadqiq etish ishlari bilan shug‘ullanadi, mustamlakachilik
tuzumi va uning oqibatlari, ma’muriy

-hududiy va siyosiy boshqaruv tizimi, iqtisodiy

qaramlik oqibatlari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-

madaniy hayotda ro‘y bergan ziddiyatli

jarayonlar, xalqning boshidan kechirgan musibatlari hamda mustaqillik uchun kurashlari,

mustabid hukumatning qatag‘onchilik siyosati, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarining

o‘zbek xalqining hayotiga ta’siri hamda oqibatlari, XX asrning taniqli namoyondalari –

siyosiy arboblar, olimlar, tarixiy shaxslar, allomalar va ma’rifatparvarlar faoliyatini ilmiy
asosda o‘rganadi. Bo‘limda chet el ilmiy

-tadqiqot markazlari va universitetlar bilan

doimiy ilmiy hamkorlik aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, 2003

-yil SOROS fondining

“CASSA” dasturi

doirasida oliy o‘quv yurtlari uchun “Buxoro va Xiva

Rossiya protektorati

ostida” mavzusida maxsus kurs yaratish va chop etish uchun yakka tartibdagi granti,

AQSh Davlat Departamentining “Qiyosiy dinshunoslik” nomli xalqaro granti

(2005

–2007), UNESCO ning “Markaziy Osiyo va Qozog‘iston tarixi” (“History of Central

Asia and Kazahstan”) nomli xalqaro grant‘ ishtirok etilgan.

2009-yil aprelida Koreya

Milliy arxivida, 2012-yil aprelida Germaniyaning Martin Lyuter universitetining
Sharqshunoslik instituti hamda Pasau universitetida, 2013-yil sentabrida Avstriyaning

Eronshunoslik institutida xalqaro ilmiy seminar va yozgi maktablarda ma’ruzalar
o‘qilgan. Bo‘lim xodimlari Yevropa ittifoqining “Erasmus Plus International Dimension”
loyihasida Belgiyaning Luven katolik universiteti, “Antropologiyani rivojlantirish
laboratoriyasi”, Avstriya Fanlar akademiya Eronshunoslik instituti, Gerda Henkel

fondining loyihasi doirasida Indiana universiteti, Gumbold universitetlarida stajirovka

o‘tashgan.

“Eng yangi tarix” bo‘limi

1996-yil tuzilgan Mustaqillik davri ijtimoiy, siyosiy,

iqtisodiy turmush muammolari, o‘zgarishlar, yangilanishlar, tashqi siyosat masalalari

doirasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyo tarixini

o‘rganish uchun Yevropa, AQSh, Osiyo va MDHning yirik ilmiy tadqiqot muassasalari
bilan o‘zaro hamkorlik yildan

-yilga rivojlanib bormoqda.

“Etnologiya va antropologiya” markazi 1943

-

yilda “Etnografiya” bo‘limi sifatida

tashkil etilgan.

Mazkur bo‘lim keyingi yillarda “O‘zbek xalqi etnografiyasi” va “Etnogenez

va etnik tarix” nomlari bilan faoliyat olib borgan. 2020

-yil 8-

iyundan boshlab “Etnologiya

va antropologiya” markazi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘zbek xalqining etnik tarixi, tarixiy etnografiyasi va zamonaviy etnografik

jarayonlar yo‘nalishlarida samarali ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda

Jumladan, 1940

1960-

yillarda o‘zbek xalqining etnik tarixi va tarixiy etnografiyasi, 1950–

1980-yillarda


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

253

sovetlar davri etnografiyasi, 1990-2000-

yillarda o‘zbek xalqining etnik tarixi,

etnomadaniyati va milliy xususiyatlari tadqiq etildi. 2000

2010-

yillarda O‘zbekistonda

yashovchi turli diasporalar etnologiyasi o‘rganildi. So‘nggi yillarda o‘zbek millati tarixi,
etnik hamda madaniy o‘zlikni anglash, zamonaviy o‘zbek qishlog‘i, diasporologiya,

etnoekologik madaniyat va iqtisodiy antropologiya ilmiy muammolari doirasida
tadqiqotlar olib borildi.

2005-

yildan markazda har ikki yilda bir marta “Аkademik Karim Shoniyozov

o‘qishlari” turkumida ilmiy anjumanlarni o‘tkazish yaxshi anʼanaga aylangan. Hozirga
qadar O‘zbekiston Milliy universiteti, Аlisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti

universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Namangan davlat universiteti

va Qarshi davlat universiteti bilan hamkorlikda jami 8 ta ilmiy anjuman o‘tkazildi.
O‘tkazilgan yig‘inlar asosan, etnologiya fanining nazariy

-uslubiy muammolari, Markaziy

Osiyodagi an’anaviy va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar, o‘zbek xalqining etnogenezi
va etnik tarixi, milliy hamda mahalliy madaniyatlar yo‘nalishlariga bag‘ishlandi.
Shuningdek, anjuman materiallari tarzida 6 ta ilmiy to‘plam nashr etildi. Jumladan,
markaz xodimlarining ilmiy tadqiqotlari asosida “Boysun madaniy muhiti”, “Navro‘z” va
“Palov madaniyati va anʼanalari” UNESCOning “Insoniyat nomoddiy madaniy merosi
reprezentativ ro‘yxati”ga kiritildi. Shuningdek, “O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi
obyektlari ro‘yxati” shakllantirildi. М

arkazda xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va

universitetlar bilan doimiy ilmiy hamkorlik aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib Jumladan,

2015

2021-yillarda Tyubengen (Germaniya) universiteti bilan hamkorlikda

“Wolkswagen” fondining “Sirdaryo havzasi aholisining ijtimoiy va ekologik madaniyati
tarixi” va 2019

-yildan Fransiya Ijtimoiy Fanlar akademiya bilan birgalikda Yevropa

Ittifoqining “Markaziy Osiyoda marosim iqtisodiyoti” xalqaro ilmiy loyihalari bajarildi.

2017

2020-yillarda markazning 9 nafar ilmiy xodim va doktorantlari Yevropa

Ittifoqining “Erasmus+” loyihasi doirasida Luven katolik universiteti Belgiyada ilmiy
stajirovkada bo‘ldi.

“Tarixshunoslik va manbashunoslik” markazi

1968-yil tuzilgan, markazning

shakllanib, rivojlanib borish jarayonida tarixshunoslik va manbashunoslik yo‘nalishlarida

samarali ish olib borilib, 1970-1990-

yillarda O‘zbekiston tarixining manbalarda

yoritilishi, Turkiston o‘lkasi tarixshunosligi, O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar tarixshunosligi,

1997

2002-

yillarda Turkiston o‘lkasi tarixining xorijiy tarixshunosligi, 2003–

2005-

yillarda Oʻzbekistonning intellektual tarixida Fanlar akademiyasining tutgan oʻrni,

2003

2007-

yillarda XX asr Oʻzbekiston tarixshunosligining tavsifi, 2007–

2011-yillarda

Oʻzbekistonda tarixiy

dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishi (qadimgi davrdan to

hozirgacha), 2009

2011-

yillarda XX asr Oʻzbekiston tarixi va tarixchilari, 2011–

2016-

yillarda Oʻzbekistonda taʼlim tarixi va tarixshunosligi: tajriba va muammolar,

2015

2016-

yillarda Oʻzbekistonning eng yangi tarixi ingliz

-amerika tadqiqotchilari

nigohida 2017

2018-

yillarda Oʻzbekiston tarixi manbashunosligi va tarixshunosligi:

nazariya, shakllanish va rivojlanishiga bag‘ishlangan darslikni yaratish, 2017–

2020-

yillarda Oʻzbek davlatchiligi tarixi tarixshunosligi nazariyasi va shakllanishining

tarixiy bosqichlari, 2018

2020-

yillarda Birinchi Renessans davrida O‘zbekiston

shaharlari: tarixshunoslik tahlili mavzulari doirasida tadqiqotlar amalga oshirildi.

Bugungi kunda markazda “Oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixshunosligi (eng qadimgi

davrdan hozirgacha)” nomli uch jildlik nashr doirasida tadqiqotlar olib borilmoqda.

Tarixshunoslik va manbashunoslik masalalarini keng miqyosda tadqiq etish maqsadida


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

254

2020-yildan markaz xodimlarining tarkibi xitoy, arab, fors va turkiy tillardagi ilmiy

adabiyot hamda manbalar bilan ishlovchi yosh mutaxassislar bilan toʻldirildi.

Tarixshunoslik yo‘nalishlaridagi tadqiqotlarni muvofiqlashtirish hamda bu borada Oliy

ta’lim va turli ilmiy

-tadqiqot muassasalari bilan keng miqyosdagi ilmiy hamkorlikni

yoʻlga qoʻyish maqsadida 1989

-

yildan buyon “Tarixshunoslik oʻqishlari” umummilliy

yig‘ini oʻtkazib kelinadi. Hozirga qadar jami 9 ta ilmiy yig‘in o‘tkazildi va undagi

ma’ruzalar 6 ta ilmiy to‘plam doirasida nashr etildi.

Umuman olganda, institutda 2011

2021-yillar ichida 80 dan ortiq monografiyalar nashr etildi. 2017-yil 5-iyundagi

O‘zbekiston respublikasi prezidenti qarori bilan O‘zbekiston tarixi

sohasidagi ilmiy

tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ilmiy-

tadqiqot faoliyatining o‘quv jarayoni bilan

o‘zaro aloqasini kuchaytirish, o‘zbek xalqi hamda milliy davlatchilik tarixi sohasidagi

fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borishga professor-

o‘qituvchilarni, katta ilmiy

xodim-izlanuvchilar va talabalarni keng jalb etish jarayonini tubdan takomillashtirish,

O‘zbekiston tarixi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ilmiy

-tadqiqot

faoliyatining o‘quv jarayoni bilan o‘zaro aloqasini kuchaytirish, o‘zbek xalqi hamda milliy

davlatchilik tarixi sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borishga

professor-

o‘qituvchilarni, katta ilmiy xodim

-izlanuvchilar va talabalarni keng jalb etish

ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yildi.

Albatta tariximizni yoritishda yangi

metodologiyalarni amaliyotga joriy qilish muhim sanaladi. Tarixiy bilimlarimiz tizimida

albatta tarixni ilmiy va izchillik asosida xolisona yoritib berish bu mustaqillikdan keyingi

davrdagi eng asosiy masala sifatida qaraldi va bunday tizimli islohotlar albatta biz uchun

mustaqillikdan keyin zarur edi, keyingi davrda Tarix institutida ham islohotlar amalga

oshirildi. Tarix institutida 2011

2021-yillar ichida 80 dan ortiq monografiyalar turli

o‘quv qo‘llanmalar nashr etildi. O‘zbekistonni rivojlantirishni 2017–

2021-yillarga

mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi”da ham ilm fanni rivojlantirish 4 ustuvor

yo‘nalishda alohida qayd etib o‘tilgani bizga ma’lum va shu band doirasida barcha fanlar

qatori tarix fanini ham rivojlantirishga doir amaliy ishlarni ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutining Yosh olimlar kengashi institut

qoshidagi doimiy faoliyat yurituvchi jamoat tuzilmasi hisoblanadi. 2007-yil Tarix instituti

Toshkent Islom universiteti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda islom qadriyatlari:

tolerantlik va ijtimoiylik” mavzusida YUNESKOning O‘zbekistondagi bo‘limi, IFEAC

(Fransiya) va MOXTI (IICAS-

UNESCO) ning moliyaviy ko‘magida xalqaro anjuman

o‘tkazildi.

2001

2021-yillarda xalqaro grantlar va shartnomalar doirasida 67 ta xodim

chet el tajribalarini ilmiy o‘rganish

uchun dunyoning 21 mamlakatida bo‘lishdi. Shu

yillarda institut xodimlari dunyoning 27 mamlakatida o‘tkazilgan 154 ta ilmiy

konferensiyalarda ma’ruzalari bilan chiqishdi va dunyoning 13 ta davlatlaridagi ilmiy

jurnal va to‘plamlarida 153 ta ilmiy maqolalari chop etildi.

Xulosa qilib aytganda Mamlakatimizda tarixshunoslikni rivojlantirish va muhim

muammolarga yechim izlash, haqiqiy va xolisona tarixni yoritish borasidagi

tadqiqotlarga mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan so‘ng boshlandi, ayniqsa 1998

-yildagi

qaror tarixiy tadqiqotlar sohasiga yanada davlatimiz tomonidan e’tibor kuchaytirilib

tarix bo‘limi faoliyatini yanada kuchaytirganligini anglamog‘imiz zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

I.Karimov, Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshkent 1998

-yil.

2.

I.Karimov, O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik

shartlari va taraqqiyot kafolatlari.Toshkent, 1997-yil


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

255

3.

Sh.M.Mirziyoyev.Yangi O‘zbekiston strategiyasi.

Toshkent 2021-yil

4.

2017-2021-

yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta

ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. Toshkent

-2017-yil

5.

Lex.uz

6.

Academiya.uz

Библиографические ссылки

I.Karimov, Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshkent 1998-yil.

I.Karimov, O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.Toshkent, 1997-yil

Sh.M.Mirziyoyev.Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent 2021-yil

-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. Toshkent-2017-yil

Lex.uz

Academiya.uz