Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The petroglyphs of Tolli
Nishonboy KULBAEV
National Archeology Center of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received November 2023
Received in revised form
15 December 2023
Accepted 25 December 2023
Available online
15 February 2024
This article talks about the discovery of several petroglyphs
due to research conducted in the northern part of the Molguzar
mountain range in 2023 and the preliminary conclusions about
their content-essential analysis.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss11/S-pp126-132
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Molguzar,
Botatash,
Yamonqishtov,
Tolli,
mountain goat,
moh,
double-horned,
single-horned,
rock pictures,
oval
Tolli petrogliflari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Molguzar,
Bo‘tatosh,
Yomonqishtov,
Tolli,
tog‘ echkisi,
moh,
qo‘sh shoxli,
yakka shox,
qoyatosh suratlar,
ovalsimon.
Mazkur maqolada 2023-
yil Molguzar tog‘ tizmasi shimoliy
qismida olib borilgan tadqiqotlar natijasida bir qancha
petrogliflar
aniqlanganligi
hamda
ularning
mazmun-
mohiyatining qiyosiy tahlili haqidagi dastlabki xulosalar haqida
so‘z boradi.
1
National Archeology Center of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan. E-mail: nishonarch@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
127
Петроглифы толли
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Молгузар,
Ботаташ,
Ямонкиштов,
Толли,
горный козел,
мох,
двурогий,
однорогий,
наскальные изображения,
овал.
В данной статье говорится об открытии ряда
петроглифов в результате исследований, проведенных
в северной части Молгузарского хребта в 2023 году,
и предварительных выводах об их содержательно
-
сущностном анализе.
KIRISH
Qoyatosh rasmlari o‘lkamiz
tarixining alohida ahamiyatga ega manbalaridan
biridir. Markaziy Osiyoda 1300 dan ortiq qoyatosh yodgorliklar aniqlangan. Shundan
O‘zbekiston hududiga 250 tasi to‘g‘ri keladi. Qoyatosh rasmlarini o‘rganish orqali
qadimgi ajdodlarimizning
dunyoqarashi, diniy e’tiqodlari, turmush tarzi va boshqa
jarayonlar haqida ko‘plab ma’lumot olamiz.
2023-
yilda Jizzax viloyati, Zomin tumani Molguzar tog‘ tizmasining shimoliy
qismida olib borilgan arxeologik qidiruv ishlari natijasida Tolli qishlog‘i atrofidagi
Bo‘tatosh va Yomonqishtov soylardan bir qator qoyatosh suratlari aniqlandi (1
-rasm).
Hududning geagrafik tasnifi va xo‘jaligi.
Turkiston tizmasining shimoliy davomi hisoblangan Molguzar tog‘ining o‘rtacha
balandligi 1500
–2000 m, ayrim cho‘qqilari 2621 m ga е
tadi. U shimol tomon davom etib,
Sangzor daryosining vodiysi orqali Nurota tog‘idan ajraladi. Togʻlar janubi
-sharqdan
shimoli-
gʻarbga yoʻnalgan. Uzunligi 70
km bo‘lib, eng baland joyi (Qizilchagat balandligi)
2620 m. Mal-
guzar atamasi o‘zbek tilida so‘zma
-
so‘z “qoramol o‘tadigan joy” degan
ma’noni anglatadi. Mar
-
guzar etimologik jihatdan “ilon izi” yoki Marg
-
zar “togʻ o‘tloqi”
degan ma’noni anglatadi.
Molguzar tog‘ tizmasi shimolga va janubga oquvchi ko‘plab soyliklardan
iborat.
Mazkur soylarda bir qancha aholi punktlari joylashgan bo‘lib, asosiy mashg‘uloti
chorvachilikdir. Soylarda asosan bahorda suv toshqinlari bo‘lib turadi, ko‘plab soylarda
suv yoz oylariga kelib to‘xtab qoladi.
Tolli qishlog‘i Molguzar tog‘ tizmasi shimoldan janubga oquvchi soyliklarda
joylashgan qishloqlardan biri hisoblanib, ma’muriy jihatdan Beshkubi(mahalliy xalq
orasida Beshkuvi degan talaffuzi ham bor) qishloq fuqorolar yig‘ini tarkibiga kiradi.
Qishloq aholisining asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lib, asosan qoramol, qo‘y, echki va
ot boqiladi. Undan tashqari, bog‘dorchilik (asosan olma daraxti bog‘lari) ham rivojlangan
bo‘lib, daraxtlar qishloq atrofidagi buloq suvlaridan sug‘oriladi. Qurg‘oqchilik yillari
hosillarga ham yomon ta’sir o‘tkazadi. Qishloq atrofidagi adirliklarda lalmi ekinlar
ekiladi.
Qoyatosh joylashgan soylar qishloqning sharqiy qismida bo‘lib, tahminan
qishloqdan 500 metr uzoqlikda, soydan 50
–
60 metr balandlikda joylashgan.
Mazkur hududda 2010-
yillarda O‘zbeksiton
–
AQSh qo‘shma ekspeditsiyasi
arxeologik qidiruvlari natijasida 50 ta yangi yodgorliklar topilgan edi.
Qoyatosh suratlarining syujeti va kompozitsiyasi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
128
Bo‘tatosh va Yomonqishtov soylardan jami 28 ta qoyatoshlarda 100 ga yaqin obraz
rasmlar tashkil etadi. Ularning koordinatalari, suv sathidan balandligi aniqlandi. Mazkur
topilgan qoyatosh rasmlarga shartli nom berildi.
Ushbu shartli nom Tolli qishlog‘i
atrofidagi soylardan topilganligi uchun Tolli deb ataladi (1-jadval)
1-jadval
T/r
Shartli nomlari
Kenglik
Uzunlik
Dengiz sathidan
balandligi (m)
1.
Tolli 1
N39° 45.721'
E68° 20.821'
1227
2.
Tolli 2
N39° 45.721'
E68° 20.821'
1227
3.
Tolli 3
N39° 45.721'
E68° 20.821'
1227
4.
Tolli 4
N39° 45.721'
E68° 20.821'
1227
5.
Tolli 5
N39° 45.716'
E68° 20.894'
1245
6.
Tolli 6
N39° 45.716'
E68° 20.894'
1245
7.
Tolli 7
N39° 45.716'
E68° 20.894'
1245
8.
Tolli 8
N39° 45.716'
E68° 20.894'
1245
9.
Tolli 9
N39° 45.716'
E68° 20.894'
1245
10.
Tolli 10
N39° 45.716'
E68° 20.894'
1245
11.
Tolli 11
N39° 45.652'
E68° 20.949'
1249
12.
Tolli 12
N39° 45.606'
E68° 21.013'
1249
13.
Tolli 13
N39° 45.606'
E68° 21.013'
1249
14.
Tolli 14
N39° 45.606'
E68° 21.013'
1249
15.
Tolli 15
N39° 45.606'
E68° 21.013'
1249
16.
Tolli 16
N39° 45.605'
E68° 21.020'
1243
17.
Tolli 17
N39° 45.605'
E68° 21.020'
1243
18.
Tolli 18
N39° 45.605'
E68° 21.020'
1243
19.
Tolli 19
N39° 45.605'
E68° 21.020'
1243
20.
Tolli 20
N39° 45.607'
E68° 21.032'
1252
21.
Tolli 21
N39° 45.607'
E68°
21.032'
1252
22.
Tolli 22
N39° 45.607'
E68° 21.032'
1252
23.
Tolli 23
N39° 45.607'
E68° 21.032'
1252
24.
Tolli 24
N39° 45.607'
E68° 21.032'
1252
25.
Tolli 25
N39° 45.607'
E68° 21.032'
1252
26.
Tolli 26
N39° 45.607'
E68° 21.032'
1252
27.
Tolli 27
N39° 45.607'
E68° 21.032'
1252
28.
Tolli 28
N39° 45.607'
E68° 21.032'
1252
Tolli
1. Mazkur qoyatoshda ikkita tog‘ echkisi tasvirlangan, ularning bosh qismi
shimolga qaragan. Birinchi
tog‘ echkisining ustidan ikkinchi tog‘ echkisi
chizilgan.
Birinchi tog‘ echkisi bilan ikkinchi tog‘ echkisi
chizilish uslublari bir- biridan farq qiladi.
Tolli 2. Ushbu qoyatoshda faqat geometrik belgi ifodalangan.
Tolli
3. Ushbu qoyatoshda tog‘ echkisi yakka holda tasvirlangan. Qo‘shshoxli,
shoxlari uzun, dumi qayrilgan, keng tanali, bo‘yni qisqa, to‘rt oyoqda va quloqlari ham
tasvrilangan. Uning uzunligi 10sm ni tashkil qiladi.
Tolli
4. Mazkur qoyatoshda ikkita tog‘ echkilar tasvirlangan. Ushbu tog‘ echkisi
tana qismi keng, shoxlari qo‘sh shoxli, bo‘yni kalta, dum qismi qisqa, to‘rt oyoqda ikkita
echki tasvirlangan, uning atrofida turli xil geometrik belgilar bor.
Tolli
5. Ushbu qoyatoshda ikkita tog‘ echkilar tasvirlangan. Birinchi echki qo‘sh
shoxli, ikkinchi echki yakka shoxli, ikkla echki ham to‘rt oyoqda va dumlari qayrilgan
holda tasvirlangan. Echkilar ikki xil davrda chizilgan.
Sur’atlar atrofida geometrik belgi
ham bo‘lib, u tamg‘a bo‘lishi mumkin (2
-rasm).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
129
Tolli 6. Qoyatosh sirti notekis, unda asosan tushunarsiz belgilar aks etgan.
Tolli 7. Ushbu qoyatosh yuza qismida mox(licheykalar) bosgan, shuning uchun
tushunarsiz tasvirlar aks etgan.
Tolli
8. Bu qoyatoshda ikkita tog‘ echkisi va kiyik tasvirlangan, tog‘ echkilari ikki
oyoqda, shoxlari uzun holda chizilgan, uning ham atrofida turli xil tushunarsiz belgilar
aks etgan.
Tolli
9. Bu yеrda yakka holda tog‘ echkisi tasvirlangan, bo‘yni qisqa, shoxlari uzun,
qo‘shshoxli, dumi kalta, to‘rt oyoqda tasvirlangan. Uning atrofida turli xil geometrik
belgilar tasvirlangan.
Tolli
10. Ushbu toshda tog‘ echkilari, odamlar va turli xil geometrik belgilar
umumiy tarzda tasvirlangan.
Tolli 11. Ushbu toshning yuzasi osmonga qaragan. Bu
еrda to‘rtta odam va tog‘
echkisi tasvirlangan.(3-
rasm) Birinchi odam qo‘llari osmonga ko‘tarilgan, boshi oval
shaklda, tizzalari sal bukilgan holda tasvirlangan.
Ikkinchi odam qo‘llari yuqoriga
ko‘tarilgan, boshi oval shaklda, birinchi odamga qarab turgan holda tasvirlangan.
Uchinchi odam tosh chetrog‘ida bo‘lib, ba’zi qismlarinigina ko‘rish mumkin. To‘rtinchi
odam nisbatan yuqoriroqda bo‘lib, qo‘llari ochilgan, egilibroq turgan holda tasvrilangan.
Umumiy manzaradan shuni ko‘rish mumkinki, ikki inson bir biriga qarama qarshi holda
huddi kurash tushayotgan vaziyatda tasvirlangan, qolgan odamlar esa tomosha
qilayotgandek. Tog‘ echkisining chizilish uslublari atrofidagi tasvirlardan farq qiladi. Tog‘
echkining shoxlari uzun, qo‘shshoxli, to‘rt oyoqda tasvrilangan.
Tolli 12. Bu qoyatoshda tushunarsiz rasmlar aks etgan, tosh yuza qismini
mox(licheyka) bosganligi uchun to‘liq tasvirni ko‘rishning imkoni yo‘q.
Tolli
13. Bu qoyatoshda bitta tog‘ echkisi tasvirlangan. Yakka shoxli, kontir uslubda
chizilgan, to‘rt oyoqda tasvirlangan, bo‘yni qisqa, dumi qayrilgan holda tasvirlangan.
Tolli
14. Ushbu qoyatoshda uchta tog‘ echkisi bo‘lib, echkilar shoxlari uzun, to‘rt
oyoqda, bo‘yni qisqa, dumi qayrilgan holda tasvirlangan. Uchinchi echki tosh qismi
yuzasini moz(licheyka) to‘sganligi uchun tushunarsiz bo‘lib qolgan.
Tolli
15. Ushbu toshda tog‘ echkisi yakka holda tasvirlangan. Shoxlari uzun, bo‘yni
qisqa, dumi kalta, qorin qismi yo‘q, ya’ni bir chiziq holda chizilgan.
Tolli
16. Mazkur toshda tog‘ echkisi yakka holda tasvirlangan. Shoxlari uzun, bo‘yni
qisqa, dumi kalta lekin qayrilgan qilib chizilgan.
Tolli
17. Ushbu tasvirda tog‘ echkisini ko‘rish mumkin. Shoxlari o‘rtacha uzunlikda,
dum qismi qisqa, to‘rt oyoqda tasvirlangan.
Tolli 18. Mazkur qoyatoshda tushunarsiz belgi aks etgan.
Tolli
19. Ushbu qoyatosh yuzasida ikkita tog‘ echkisi, tamg‘a va tushunarsiz
belgilar aks etgan.
Tasvirlarni ko‘rish qiyinligi uchun tariflash qiyin.
Tolli
20. Ushbu qoyatoshda ikkita tog‘ echkisi tasvirlangan. Echkilar yonma yon
turgan holda, shoxlari uzun va qo‘sh shoxli, dumlari qayrilgan, to‘rt oyoqda tasvirlangan.
Tolli
21. Mazkur toshda bitta tog‘ echkisi tasvirlangan bo‘lib, shoxlari uzun va qo‘sh
shoxli, dumi qisqa qayrilgan, bosh qismi mox(licheyka) ostida qolgan. Tosh yuzasidagi
licheykalar tozalansa, boshqa tasvirlar chiqishi mumkin.
Tolli 22. Mazkur qoyatoshda tushunarsiz belgilar aks etgan.
Tolli
23. Ushbu qoyatoshda yakka holda tog‘ echkisi tasviri bo‘lib, shoxlari uzun va
qayrilgan, to‘rt oyoqda lekin yuza qismi notekisligi uchun oyoqlar tasviri 3ga bo‘linib
ko‘rinadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
130
Tolli
24. Ushbu qoyatoshda yakka holda qo‘sh shoxli tog‘ echkisi tasvirlangan.
Shoxlari uzun, bo‘yni qisqa, dumlari kalta va to‘rt oyoqda tasvirlangan.
Tolli
25. Ushbu qoyatoshda uchta qo‘sh shoxli tog‘ echkisi tasviri bor, ikkitasi biri
biriga teskari turgan holda va bittasi alohida holda tasvirlangan. Shoxlari uzun, ikkita
echki ikki oyoqda, alohida tasvirlangan echki to‘rtta oyoqda tasvrilangan.
Tolli
26. Ushbu qoyatoshda ikkita tog‘ echkisi va bitta noma’lum hayvon (it bo‘lishi
mumkin) tasvirlangan. Echkilarning shoxlari uzun va qo‘sh shoxli, to‘rt oyoqda, dumlari
uzun va qayrilgan, qorin qismi yo‘q holda tasvrilangan.
Tolli 27. Ushbu qoyatoshda tushunarsiz belgilar aks etgan.
Tolli
28. Ushbu qoyatoshda qo‘sh shoxli tog‘ echkisi yakka holda tasvirlangan.
Shoxlari uzun, to‘rt oyoqda, oyoqlar o‘rtacha, dumi uzun va qayrilgan, qorin qismi yеrga
qaratilgan holda tasvirlangan.
Deyarli barcha rasmlar 5
–10 sm oralig‘ida chizilgan bo‘lib, tasvirlarda eng ko‘p
uchraydigani tog‘ echkilariga to‘g‘ri keladi. Bundan bilish mumkinki, qadimgi rassom tog‘
echkilarini juda ko‘p kuzatgan. Undan tashqari, bu tasvirlar respublikamizning boshqa
hududidan topilgan tog‘ echkilariga o‘xshab ba’zan yakka, ko‘p hollarda esa qo‘sh shoxli,
uzun bo‘yinli, kelishgan tanali, ikki yoki to‘rt oyoqli va qisqa dumli qilib ifoda etilgan.
Illyustratsiya
1-rasm
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
131
2-rasm
3-rasm
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
132
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
1.
L.A.Alibekov
–Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi. –
Samarqand, 2006,
–
31- b 2. J.
Kabirov. Sarmishsoyning qoya toshlaridagi rasmlar. Oʻzbekiston CSR “Fan” nashriyoti.
Toshkent-1976, 19-bet.
2.
F.Toshboyev. Ustrushona chorvadorlarining antik davrdagi madaniyati.
Toshkent, “Tafakkur qanoti”. 2014, 44
-bet
3.
Q.M. Hakimov, O.A. Adilova, Jizzax viloyati geografiyasi, Toshkent 2015
4.
Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 2003, c.53
5.
Q. Hakimov, Jizzax viloyati toponimlari, Jizzax, 2014, 89-90-b.
6.
Ф. Максудов, М. Фрачетти, К. Рахимов, М. Пардаев, Дж. Кодини
“Археологические исследования в предгорьях Мальгузара в 2011 году”,
Ўзбекистонда археологик тадқиқотлар, 8
-
сони. Самарқанд. 2012.
