Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Improving the literacy of students
’
written speech in their
native language lessons based on advanced pedagogical
technologies
Odil PARPIEV
Kokand University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2024
Received in revised form
15 January 2024
Accepted 25 February 2024
Available online
15 March 2024
This article presents analysis and research about the
development of students’ speech competencies in mother
tongue classes and the use of pedagogical technologies in this
process. The fact that mother tongue lessons are interesting and
effective is explained based on the description and examples of
some methods used in the development of students’ written
literacy and linguistic competencies. The article can be used by
native language teachers, graduate students, researchers, and
all interested people.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2/S-pp146-152
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
written speech,
speech competence,
linguistic competence,
paragraph composition,
text,
coherence of thought,
method,
pedagogical technology.
Ona tili darslarida ilg‘or
pedagogik texnologiyalar asosida
o‘quvchilarning yozma nutq savodxonligini oshirish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
yozma nutq,
nutqiy kompetensiya,
lingvistik kompetensiya,
paragraf tuzish,
matn,
fikr izchilligi,
metod,
pedagogik texnologiya.
Mazkur maqolada ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy
kompetensiyalarini rivojlantirish hamda bu jarayonda
pedagogik texnologiyalardan foydalanish haqida tahlil va
tadqiqotlar keltirilgan. Ona tili darslari qiziqarli hamda samarali
bo‘lishi o‘quvchilarning yozma savodxonligi hamda lingvistik
kompetensiyalarni rivojlantirishda foydalaniladigan ayrim
metodlar tavsifi va foydalanish usullari misollar asosida
tushuntirilgan.
1
Senior Lecturer, Department of Education, Kokand University. E-mail: odilparpiyev71@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
147
Повышение грамотности письменной речи учащихся
на уроках родного языка на основе передовых
педагогических технологий
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
письменная речь,
речевая компетентность,
языковая компетентность,
составление абзаца,
текст,
согласованность мысли,
метод,
педагогическая
технология.
В данной статье проводится анализ и исследование
методов развития речевых компетенций учащихся на
уроках родного языка с применением педагогических
технологий. Демонстрируется, как уроки родного языка
могут быть сделаны интересными и эффективными через
использование конкретных методов, направленных на
развитие письменной грамотности и лингвистических
навыков учащихся. Статья адресована учителям родного
языка,
студентам,
исследователям
и
всем
заинтересованным лицам.
Til darslari
o‘quvchilarning nutqiy va lingvistik bilimlarini oshirish bilan bir
qatorda boshqa sohaga oid ilmlarni o‘rganish eshiklarini ochib beradi. Til darslarida eng
asosiy e’tiborni o‘quvchilarning ko‘nikmalarini shakllantirish va mavjud ko‘nikmalarni
rivojlantirishga qaratish zarur. Ko‘nikmalarni shakllantirish mashqlarida oddiy
mashqlardan murakkabroq tuzilmalarga, ya’ni pastdan yuqoriga yondashuvidan
foydalaniladi. O‘rta va yuqori darajadagi o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan ko‘nikmalarni
rivojlantirishning ikkinchi qismida asosiy e’tiborni strukturani mexanik tarzda
boshqarish va yozishning ijodiy faoliyatiga qaratadi. Yozish jarayoniga yondashish
ko‘nikmani shakllantirishning asosiy tamoyillaridan
farq qiladigan bir qator malakalarga
asoslanadi. Ko‘nikmalarni shakllantirish mashqlari oddiydan murakkabga o‘tganda,
yuqoridan pastga model bo‘lgan yozish jarayoni tushuncha yoki mavzudan boshlanadi va
grammatik va semantik birliklarga qadar davom etadi. Ushbu yondashuvda har bir
o‘quvchi guruhda yozma topshiriqni bajaradi. Guruhning boshqa a’zolari bilan fikr
almashadi va jarayonning turli
bosqichlarida o‘qituvchi tomonidan tahrirlanadi va bu
tahrirning izohi beriladi. To‘g‘ri bajarilgan yozma mashq va topshiriq
hamkorlikda
o‘rganishning yorqin namunasidir.
Yozuv ko‘nikmalarni shakllantirish mashqlari quyidagi tarzda uch toifaga
bo‘lingan:
I.
So‘z va iboralardan gaplar tuzish;
II.
So‘z, ibora va gaplardan paragraflar yasash;
III. Mavjud materialdan paragraflar yozish.
Maqsad o‘quvchilarni mantiqiy ketma
-
ketlikda fikrlashga o‘rgatish va
mazmunli
ijodiy ish yaratishda til bilimlaridan maqsadli foydalanishni o‘rgatishdir.
I.
So‘z va iboralardan gaplar tuzish
Bu bosqichda o‘quvchi asosiy sintaktik tuzilmalardan foydalanishni o‘rganadi.
Bu bosqichda quyidagi mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Quyidagi so‘zlarga, mos qo‘shimchalar qo‘yib, birikmalar yasang.
1.
Osmon___ rang__
2.
Aziz____ kompyuter
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
148
3.
Maktab___ o‘ynadi
4.
Tug‘ilgan kun tort___
5.
Pul___ yozmang
6.
Doska___ tozalanglar
Quyidagi so‘zlarni moslab gaplar tuzing. Kelishik qo‘shimchalaridan(
-ning, -ni, -ga,
-da- dan) foydalaning.
1. | u niyat qildi | borish| Samarqand | keyingi yil|.
2. |universitet | darslar | qiziqarli | shuning uchun| darslar| edi | xohlamas |
qoldirish| edi.
3.
Aziz | gitara | chunki | yaxshi ko‘radi| opasi| sotib oldi| musiqachi
Quyidagi birikmalar ishtirokida gaplar tuzing.
Yangi bo‘yalgan, qizil termos, issiq ovqat, bahor havosi, tezkor xabar, gavjum bozor,
iste’dodli o‘quvchilar
Tugallanmagan jumlalarga qo‘shimchalarni qo‘yish orqali gap tuzish
o‘quvchilarni
lug‘atlardan foydalanishga, grammatik, leksik bazani
kengaytirishga undaydi. O‘quvchilar
bo‘sh joyga to‘g‘ri so‘z qo‘yib, quyidagi gaplarni to‘ldiradilar. Ba'zi o‘rinlarda bir nechta
javob mos bo‘lishi mumkin.
Saida _____dan juda
xursandman______ Jasurni ko‘rgan _______ u _______ sayohatiga
qaytdi. ______ u _______ _______ vaqt uzoqda edi.
2. _____ sizga ______ baliq ovlashga borishni yoqtirasiz _______ ertalab _______ quyosh
chiqadi______?
II. So‘zlar, iboralar va jumlalardan paragraflar yozish
Paragraf
–
og‘zaki nutqni yozma nutqdan ajratib turadigan narsadir.
Paragraf
odatda xat boshidan boshlanadi va bir nechta jumladan tashkil topadigan bir nechta
iboralardan iborat bo‘lgan ijodiy ish qismidir. Paragrafning maqsadi bitta asosiy fikrni
ifodalashdir. Albatta, o‘quvchilar o‘z fikrlarini dalillash uchun bir nechta misollar
keltirishi mumkin.
Paragrafda asosiy fikr uchta qismi orqali ifodalanadi:
1.
Fikrni boshlash
2.
Asosiy fikrni tushuntirish
3.
Fikrni yakuniy jumlaga aylantirish va zarur bo‘lganda keyingi xatboshiga o‘tish
Paragraflar matnning katta qismlarini ajratishga yordam beradi va o‘quvchilar
matnni to‘liq va to‘g‘ri o‘zlashtirishlari uchun yoki fikrlarini bosqichma –
bosqich
ifodalash uchun xizmat qiladi.
Yozish mashqlarining bu turi birinchi
navbatda o‘quvchilarni so‘zlar, iboralar va
jumlalarni to‘g‘ri tartibda joylashtirishda, mantiqiy fikrlashni o‘rgatishda, ikkinchidan,
paragraflarning bir qismi sifatida jumlalarni to‘ldirish yoki tuzishda tasavvur va
ijodkorlikdan foydalanishga qaratilgan.
Bunda talabalar aralash tarzda berilgan paragraflarni mantiqiy ketma-ketlikda
joylashtirishlari kerak.
Masalan,
A)
–
Bunday vaqtda senga shu toshlar yordam beradi. Ularni qoyaning tepasiga
tashib chiq. Yigit
“xo‘p”
deb, ishga kirishdi. Keyin qabarib, terga botib, ancha vaqt shu
toshlarni tashish bilan band bo‘ldi. Nihoyat, ishni bitirgach, kelib:
B)
–
Mana shu ahmoq bilan aqllining o‘rtasidagi farqdir, –
dedi donishmand.
–
Aqlli bu haqida toshni tashishdan oldin o‘ylab ko‘rgan bo‘lardi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
149
D) Tog‘ yonbag‘rida bir donishmand yashar edi va
u juda kamgap edi. Bir kuni
uning oldiga bir yosh yigit keldi.
E)
–
Tashib bo‘ldim, –
deb aytdi.
–
Lekin hech narsani tushunolmayapman, ularni
aynan nima uchun tashidim? U qanday qilib mening savolimga javob topib berishi
mumkin?
F)
–
Menga aqlli bilan, ahmoqning o‘rtasidagi farqini ko‘rsating, –
dedi yigit
Donishmand unga bir muddat qarab turdi. Keyin esa, ko‘rsatgich
barmog‘i bilan ma’lum bir uzoqlikdagi qoyadan dumalab tushgan toshlarni ko‘rsatdi.
III. Mavjud materialdan paragraflar yozish.
Paragraf yozish oddiy jarayon emas. Paragraflar katta hajmdagi yozma ijodiy
ishlar, romanlar, insholar , hikoyalarning qismlarni ajratib turuvchi blokdir. Uning asosiy
maqsadi yozma ijodiy ishda fikrlarni tartibli va izchil ifodalash imkonini berishdir. Har
bir paragraf keyingi paragrafning mantiqiy davomi bo‘lishi kerak.
Paragraf 1 ta fikrni ideal ifodalashga xizmat qiladi. Odatda insholar kamida 5 ta
paragrafdan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
1.
Kirish
2.
3 ta asosiy fikr
3.
Xulosa
Yaxshi paragraf yaratishda FDM usulidan (fikr, dalil, misol (PEE
–
Point- Evidance-
Explanation)) foydalanish tavsiya etiladi.
Bu usul keng tarqalgan usul bo‘lib, mukammal
paragraf yaratish imkoni beradi. Masalan sizga “ Sabr tagi sariq oltin” mavzusida insho
yozish
berilgan bo‘lsa, avvalo,
nimalar haqida yozishni rejalashtirib olish va shu bo‘yicha
taxminiy yoziladigan fikrlarni qoralama qog‘ozga tushirish zarur.
Masalan,
Azaldan xalqimizda “Sabr tagi –
sariq oltin” degan aqlli naql bor.
Bu maqolda sabr-
bardosh ortidan kelajak xayrli
natijalarni qimmatbaho toshga oʻxshatilganidan, uni
dunyoviy maqsad sari intilishda qat’iyatli boʻlishga targʻib ma’nosida deb tushunish
mumkin. Va koʻzlagan maqsadlari sari harakatlarida shu maqolni oʻzlariga bosh prinsip
qilib, iloji boricha qanoat bilan oldinga intilib katta-katta yutuqlarga erishadilar. Albatta,
bu yaxshi odat.
Yoki matn taqdim etib uni kengaytirish orqali talabalarning fikrlarini rivojlantirish
mumkin.
Oʻz mulohazalaringiz asosida matn mazmunini kengaytirib
yozing.
Soʻz –
buyuk va qudratli
Odamiylikning muhim fazilatlaridan biri xushmuomalalik, muloyimlikdir. Bu fazilatlar
bevosita tilga, soʻzga boʻlgan munosabatda namoyon boʻladi. Zero, tilning koʻrki, aql
-
zakovatning ziynati soʻzdir. Soʻz muqaddas, u faqat ezgulik, yaxshilik
uchun xizmat qilishi
lozim. Yunon faylasuflarining taʼkidlashlaricha, til har bir aql sohibi fazilati xazinasining
kalitidir va har kishining bilimi, odobi uning soʻzlaridan yaqqol bilinib turadi.
Paragrafda fikr va dalilning bo‘lishigina yetarli emas.
Paragrafni to‘ldirib uni
yanada mustahkamlaydigan yana bir elementlardan biri bu tushuntirishdir. Tushuntirish
paragrafni yanada ishonchliroq qiladi hamda fikrlaringiz va dalillar o‘rtasidagi
bog‘liqlikni beradi. Shuning uchun ham tushuntirish qisqa va aniq bo‘lishi kerak
Yaxshi paragraf yozish o‘quvchilar uchun qiyinchilik tug‘dirishi mumkin ammo
FDM usulidan (fikr, dalil, misol) foydalanib yozilgan paragraf ishonchliroq va
ta’sirchanroq bo‘ladi. Har qanday yozma ijodiy ishlar essey va insholar bu usulda yozilsa
yanada samarali bo‘ladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
150
A bo‘limidagi topshiriqlar talabalar tomonidan maqsadli tilda asl hissalarni talab
qilmaydi. B bo‘limidagi vazifalar bajariladi.
A bo‘limi. To‘liq taqdim etilgan materiallardan paragraflar to‘liq jumlalarni qayta
tartibga solish. To‘g‘ri ketma
-
ketlikni ko‘rsatish uchun bo‘sh joyga raqam qo‘yib,
birlashtirilgan paragraf
hosil qilish uchun quyidagi oltita jumlani to‘g‘ri mantiqiy tartibda
joylashtiring.
a)
Portlash bo‘lganda, millionlab odamlar o‘z uyi va uydagi jamg‘armalarini
yo‘qotdilar;
b)
Bu ipoteka kreditlari qoloqroq aholi o‘z ko‘chmas mulkiga ega bo‘lishiga
kattaroq risk qila olishi uchun ishlab chiqilgan, ammo bu ko‘chmas mulklarning narxi
oshishiga sabab bo‘ldi;
c)
Ko‘p iqtisodchilarning fikricha, ko‘chmas mulkning shunday yuqori darajasi
mavjud ekanki, uning qiymati bundan oshmasligi kerak ekan;
d)
Barcha da’volar 2008
-yilgi iqtisodiy inqiroz natijasida shubha ostiga olindi,
qaysiki (inqiroz) amerikacha substandart ipoteka kreditlarini to‘lay olmasligidan vujudga
kelgan;
e)
Hattoki, ijobiy kapitalga ega bo‘lgan uy xo‘jaliklari o‘zlarini kambag‘alroq his
etardilar va o‘z xarajatlarini kamaytirganlar;
f)
Boshqalar salbiy kapitalga ega bo‘lganlari uchun o‘z uylarida tuzoqda qoldilar,
boshqacha aytganda, ularning uylari ular to‘lagan puldan arzonroq turardi.
B bo‘limi. To‘liq bo‘lmagan matndan paragraflar yasash. Bu yerda, o‘quvchilardan
o‘zlarining so‘z boyliklariga tayanishlari
so‘raladi. Ammo bu vaqtda ular faqat grammatik
emas, balki leksik shakllardan , shuningdek, uzunroq, murakkabroq strukturalardan
foydalanishlari kerak. Quyidagi ikkita mashqda o‘quvchilar mantiqiy va izchil paragraf
hosil qilish uchun bo‘sh joylarni so‘zlar yoki kattaroq strukturalar
bilan to‘ldiradilar.
Ushbu mashqlar uchun bir nechta variant mavjud.
Matnda tushirib qoldirilgan
so‘zlar yoki iboralarni qo‘ying.
Do‘ppisini osmonga otdi, og‘zi qulog‘ida, qo‘li ochiq, omadi chopib
Uzoq urinishlardan so‘ng bu yil Saidaning ___________ o‘qishga qabul qilindi.
Bu
haqidagi yangilikni akasidan eshitganidan buyon uning __________________. Otasini aytmasa
ham bo‘ladi. Saidaning otasi Rahmat aka Juda ham _____________________. Hamisha
dehqonchilikdagi yig‘im terim hosilidan so‘ng mahsulotlaridan mahalladagi kam
ta’minlanganlarga ulashadi. Uning qizidan umidi katta edi. Saidaning o‘qishga kirganini
eshitib do‘ppisini
_____________.
2. Quyidagi gaplarni mantiqiy davom ettiring.
1. Men uzoq davolandim, ammo______________
2. Direktor kasal bo‘lishiga qaramasdan,__________________
3. Men bu sahna
uchun ko‘p tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsam ham,____
___________________
4. Ukamga bu ishning noto‘g‘riligini aytmagan bo‘lsam ham_________________
__________
5. Bozordan tabiiy mahsulotlar sotib oldik shuning uchun,____________________________
III. Modellardan paragraflar yozish. Bu yerda taqdim etilgan kichik matnlar uchun
namuna bo‘lib xizmat
qiladigan yozuv shakllariga asoslangan. Mashqlar ikki jihatga ega.
Birinchidan, ular o‘quvchilardan namunaviy paragraflarning tuzilishi va mazmunini
tushunishlarini talab qiladi. Ikkinchidan, ular o‘quvchilarni modelning tuzilishi va
mazmunining ayrim jihatlariga e’tibor qaratishga, boshqalarga o‘zgartirish kiritishga
yo‘naltiradi. Shu tarzda mustahkamlash ham, faollik ham o‘ynaydi.
Ushbu mashqlar talab
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
151
qiladigan o‘zgarishlar faqat grammatik bo‘lishi mumkin yoki ular turli uzun va murakkab
so‘z birikmalarini o‘z ichiga olishi mumkin. Maqsad, barcha holatlarda, xabarning aniq
tasvirini va umuman va paragrafining maqsadini saqlab qolgan holda, alohida
elementlardan foydalanishda ma'lum darajada moslashuvchanlikka erishishdir. Ushbu
bo‘limda ishlatiladigan modellar faqat hikoyalar bilan cheklangan. O‘quvchilar har bir
mashqda berilgan ko‘rsatmalarga muvofiq quyidagi namunaviy paragrafni qayta
yozadilar. Vaqt imkoni boricha ko‘proq o‘zgartirilgan kompozitsiyalar sinfda, darsda
o‘qiladi, bu vaqtda tuzatishlar yoki o‘zgartirishlar taklif etiladi.
Metodistlar yozma savodxonlikni oshirishning uch darajasi taqdim etadilar.
Birinchi bosqichda o‘qituvchi insho yoki ijodiy ishning qismlarini haqida ma’lumotlar
beradi.
O‘quvchiga nafaqat mavzu, balki qismlardagi ba'zi ma'lumotlar va reja tuzish
uchun fikrlar
ham beriladi. Ikkinchi bosqichda o‘qituvchi sinfga yozish uchun aniq mavzu
beradi.
Guruh mashg‘ulotlarida ushbu mavzu bo‘yicha ma’lumotlarni ishlab chiqish
talabalarga bog‘liq. Uchinchi bosqichda talabalar guruh mashg‘ulotlarida o‘z mavzularini
tanlashlari va ishlab chiqishlari kerak. Bu darajada har bir guruh boshqa mavzuni
yaratishi mumkin.
1-bosqich. Qisman strukturani shakllantirish. Bu bosqich erkin kompozitsiyaga
yaqin. Bunda boshlang‘ich va yakuniy jumlalar shaklida faqat minimal ko‘rsatmalar
beriladi. Talabalar jumlalarda berilgan ma'lumotlar asosida har bir kompozitsiyani
shakllantirishlari kerak.
2-
bosqich. Insho yoki tezisni ko‘rib chiqish. Bu darajada lingvistik maslahatlar
berilmaydi. Biroq, mavzu ko‘rib chiqilayotgan material bilan belgilanadi.
3-
darajali. O‘qituvchi tomonidan berilgan mavzuga mos mazmun nazorat qilinadi.
4-
bosqich. O‘quvchilar tomonidan
mavzu bo‘yicha bir nechta g‘oyalar va fikrlarni
yozadi.
5-
bosqich. Berilgan fikr va g‘oyalar mantiqiy izchillikda umumlashtiriladi.
Yozish jarayonini boshlashning asosiy usullari
O‘qituvchi qanday yozma topshiriqlar berishdan qat'iy nazar, sinf ishini boshlash
uchun eng muhim qism yozuvdan oldingi bosqichni, ishchi matnni ishlab chiqarishdan
oldingi bosqichni o‘rganishdir. Bitta kompozitsiya jarayoni mavjud emasligi sababli,
o‘qituvchining maqsadi o‘quvchilarni yozish vazifasini boshlash uchun turli g‘oyalarni
ochib berish va har bir o‘quvchi qaysi g‘oyalar (qaysi sharoitlarda) u ishlay oladigan eng
yaxshi variant ekanligini aniqlashga yordam bera olishi kerak.
O‘quvchilarga g‘oyalar
yaratish uchun o‘qituvchilar quyidagi metodlardan foydalanishlari mumkin.
Xulosa qilib
aytganda til ona tili darslari o‘qituvchilarning mavzu oldiga qo‘yilgan
maqsadlarini amalga oshirish bilan bir qatorda ularning nutqiy va lingvistik
kompetensiyalarini oshirishga xizmat qilishi zarur. Mazkur jarayonni samarali va
qiziqarli tashkil etish hamda zaruriy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazish uchun ilg‘or
pedagogik texnologiyalardan o‘rinli foydalanish muhim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI:
1.
Umumiy o‘rta ta’limning ona tili fanidan davlat ta’lim standartlari va o‘quv
dasturi. T.: 2017.15
–
17-betlar
2.
Penny Ur. A Course in language teaching (practice and theory). Cambridge
University Press. 1999. 73-b.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
152
3.
S.Majidova Nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish usullari // Til va adabiyot
ta’limi 2018. 1
-son. 23-bet
4.
Tashpulatova, D., & Siddiqova, I. (2021, April). A CRITIQUE OF THE VIEW OF
ANTONYMY AS A RELATION BETWEEN WORD FORMS. In Конференции.
5.
Тошпулатова, Д. Х. (2019). ПОНЯТИЕ И ВИДЫ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ
КОНЦЕПЦИЙ ОБУЧЕНИЯ ИНОСТРАННОМУ ЯЗЫКУ. АНАЛИЗ СОВРЕМЕННЫХ
ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КОНЦЕПЦИЙ. Вопросы педагогики, (7
-2), 118-121.
6.
Ташпулатова, Д. Х. К., & Умурзакова, Б. Э. (2023). НЕРВНАЯ СИСТЕМА.
Academic research in educational sciences, 4(TMA Conference), 303-309.
7.
Tashpulatova, D. K. K., & Jiyenbayeva, B. (2023). THE IMPACT OF LEARNING A
LANGUAGE ON THE BRAIN FUNCTION. Academic research in educational sciences,
4(TMA Conference), 310-314.
8.
NAVOI, A., & BABUR, Z. M. (2022). RESEARCH AND EDUCATION.
9.
ТАШПУЛАТОВА, Д. PRAGMATIC APHORISMS IN UZBEK AND ENGLISH
FEATURE AND THE PRINCIPLES OF THEIR TRANSMISSION IN THE CORPUS.
СООТНОШЕНИЕ ПАРАЛИНГВИСТИКИ И РЕЧЕВОГО ЭТИКЕТА В РАЗНЫХ
ЛИНГВОКУЛЬТУРАХ.
