Авторы

  • Наргиза Сулаймонова
    Преподаватель, Кафедра гражданского процессуального и экономического процессуального права, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1/S-pp137-140

Ключевые слова:

судебные расходы государственная пошлина взыскание материальный ущерб имущественные споры моральный вред

Аннотация

В связи с увеличением обращений граждан в суды в условиях реализуемой в нашей стране судебной реформы начали возникать некоторые проблемы в регулировании вопросов, связанных с судебными расходами. В частности, существуют проблемы, связанные со взысканием государственных пошлин, начиная с обращения в суд и принятия решения по итогам рассмотрения дел. В данной статье рассматриваются проблемы, связанные с уплатой государственной пошлины при обращении в гражданские суды, и предлагаются способы устранения подобных проблем.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Problems arising in the collection of state duties by civil
courts

Nargiza SULAYMONOVA

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2023

Received in revised form

15 December 2023
Accepted 20 January 2024

Available online

15 February 2024

In connection with the increase in citizens' appeals to the

courts in the context of the judicial reform being implemented

in our country, some problems began to arise in regulating

issues related to legal costs. In particular, there are problems

associated with the collection of state duties, starting with going
to court and making decisions based on the results of

consideration of cases.

This article discusses the problems associated with paying

state fees when applying to civil courts and suggests ways to
eliminate such problems.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1/S-pp137-140

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

legal costs,

state duty,

collection,

material damage,

property disputes,

moral damage.

Fuqarolik sudlari tomonidan davlat bojlarini undirishda
yuzaga kelayotgan muammolar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

sud xarajatlari,

davlat boji,

undirish,

moddiy zarar,

mulkiy nizolar,

maʼnaviy zarar.

Mazkur maqolada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan

sud-huquq islohotlari sharoitida fuqarolarning sudlarga

murojaati ko‘payishi oqibatida sud xarajatlari bilan bog‘liq

masalalarni tartibga solishda ayrim muammolar haqida

ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, aynan Fuqarolik sudlariga
murojaat qilishda to‘lanadigan davlat bojlari bilan bog‘liq

muammolar o‘rganilib, bunday muammolarni bartaraf etish

bo‘yicha takliflar berilgan.

1

Teacher, Department of Civil Procedural and Economic Procedural Law, Tashkent State University of Law.

E-mail: snm1188@mail.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

138

Проблемы,

возникающие

при

взыскании

государственной пошлины гражданскими судами

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

судебные расходы,

государственная пошлина,

взыскание,

материальный ущерб,

имущественные споры,

моральный вред.

В связи с увеличением обращений граждан в суды в

условиях реализуемой в нашей стране судебной реформы

начали возникать некоторые проблемы в регулировании

вопросов, связанных с судебными расходами. В частности,

существуют

проблемы,

связанные

со

взысканием

государственных пошлин, начиная с обращения в суд и

принятия решения по итогам рассмотрения дел.

В данной статье рассматриваются проблемы, связанные

с уплатой государственной пошлины при обращении в

гражданские суды, и предлагаются способы устранения

подобных проблем.

Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi

organlar faoliyati samaradorligini, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish,

jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlash sud

islohotlarining asosiy maqsadlari hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 28-

yanvardagi “2022–

2026-

yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi

PF

60-

son Farmoniga ko‘ra, sud protsessida tomonlarning haqiqiy tenglik va tortishuv

tamoyillarini ro‘yobga chiqarish, sudlar tizimida “yagona darcha” tamoyilini keng joriy

etish maqsadida arizalarning sudga taalluqliligidan qatʼi nazar, qabul qilish va vakolatli

sudga yuborish hamda muayyan ish doirasida barcha huquqiy oqibatlarni hal qilishni

taʼminlash tizimini joriy etish, sud tizimini bosqichma

-bosqich raqamlashtirish,

byurokratik g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etish orqali fuqarolar va tadbirkorlik

subʼyektlarining odil sudlovga erishish darajasini tubdan oshirish, nizolarni hal etishning

muqobil usullaridan keng foydalanish uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni

yaratish, yarashuv institutini qo‘llash doirasini yanada kengaytirish, sud hokimiyatining

chinakam mustaqilligini taʼminlashda sudyalar hamjamiyati organlarining rolini yanada

oshirish, sudyalarning o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini keng joriy etish hamda sudyalarga

g‘ayriqonuniy tarzda taʼsir o‘tkazishning oldini olish bo‘yicha taʼsirchan mexanizmlarni

yaratish kerakligi taʼkidlangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, yildan

-yilga sudlarning roli

oshib bormoqda, fuqarolarning ishonchini oqlash uchun ularga masʼuliyatli bo‘lish

yuklatilmoqda.

Mamlakatimizda odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Odil sudlovni

amalga oshirish bevosita davlat byudjeti hisobidan taʼminlanadi. Bunda, sudlarga

murojaat qilishda undiriladigan davlat boji to‘lovlari davlat byudjetining muayyan

qismini tashkil qilganligi bois davlat bojini to‘g‘ri belgilash va vaqtida undirish muhim

ahamiyat kasb etadi. Sudlarga ariza, daʼvo ariza berishda hamda sud hujjatlariga nisbatan

apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berishda davlat boji miqdori, davlat bojidan ozod

qilingan jismoniy va yuridik shaxslar ro‘yxati, shuningdek, davlat bojini kechiktirish,

bo‘lib

-

bo‘lib to‘lash va kamaytirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi “Davlat boji

to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

normalari bilan belgilangan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

139

Аslini olganda sudya davlat boji miqdorini hisoblash va undirishni taʼminlashi

lozim. Davlat bojini to‘g‘ri hisoblash o‘z navbatida sudyadan amaldagi qonunlarni
mukammal bilishni hamda to‘g‘ri qo‘llashni talab etadi.

Аmaldagi fuqarolik protsessual qonunchiligiga ko‘ra, sudlar tomonidan sud

xarajatlari undiriladi. Bu kategoriya o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: birinchisi, davlat
boji; ikkinchisi, ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlar.

Davlat boji bilan bog‘liq masalalar juda keng qamrovli bo‘lib, O‘zbekiston

Respublikasining 2020-yil 6-

yanvardagi “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga

solinadi va sudlarga to‘lanadigan davlat bojlari miqdorlari belgilangan. Shu bilan birga,
davlat bojidan ozod qilingan jismoniy va yuridik shaxslar ro‘yxati, davlat bojini to‘liq va
qisman qaytarish asoslari keltirilgan. Аmmo ushbu qonunni va amaldagi Fuqarolik
protsessual kodeksini o‘rganishda va amaliyotda qo‘llashda muammolar mavjudligini
ko‘rish mumkin.

Birinchidan, “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning ilovasiga asosan fuqarolik

sudlariga murojaat qilganlik uchun davlat bojlari, davlat boji stavkalari miqdorlaridan

kelib chiqib belgilangan. Birgina mulkiy xususiyatga ega daʼvo arizalaridan daʼvo
bahosining 4 %i miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda
davlat boji undirilishi belgilangan. Mulkiy xususiyatga ega daʼvolarning o‘ziga xos

jihatlaridan kelib chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, fuqarolarga yetkazilgan har

qanday zarar bo‘yicha yaʼni moddiy zarar bo‘yicha davlat bojlari aynan mana shu band
bo‘yicha mulkiy tusdagi daʼvo arizalari bo‘yicha davlat boji to‘lanadi. Lekin, moddiy
zararni tartibiy qismini faqatgina mulkiy xususiyatga ega daʼvolar tashkil etmaydi.
Fuqarolik qonunchiligiga ko‘ra moddiy zarar degan tushunchaga taʼrif berilmagan.
Bizning fikrimizcha, moddiy zarar deganda nafaqat mulkiy balki shaxsning sog‘lig‘iga
yetkazilgan zarar bo‘yicha qilingan xarajatlar ham kiradi. Аmmo “Davlat boji to‘g‘risida”gi

Qonunga asosan, moddiy zarar uchun qancha miqdorda davlat boji undirilishi
belgilanmagan. Lekin sudga bunday talab bilan murojaat qilinsa, mulkiy xususiyatga ega

daʼvo arizasi sifatida baholanadi. Bundan kelib chiqib, “moddiy zarar” tushunchasiga
taʼrif berish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga

moddiy zarar uchun davlat boji stavkalarini belgilash maqsadga muvofiq.

Ikkinchidan, maʼnaviy zararni undirish masalasida mazkur qonunda alohida band

sifatida davlat boji stavkalari belgilanmagan. Maʼnaviy zarar “Davlat boji to‘g‘risida”gi
Qonunga Ilovaning “E”bandiga ko‘ra, turar joylar ijarasiga doir shartnomani o‘zgartirish
yoki bekor qilish to‘g‘risidagi daʼvo arizalaridan, mol

-mulkni xatlovdan chiqarish

to‘g‘risidagi va mulkiy xususiyatga ega bo‘lmagan (yoki baholanmaydigan) boshqa daʼvo
arizalardan deyilgan bandiga ko‘ra undiriladi. Bu jumlaning faqatgina oxirgisi yaʼni
mulkiy xususiyatga ega bo‘lmagan (yoki baholanmaydigan) degan joyigina maʼnaviy
zararni undirish uchun asos bo‘ladi. Vaholanki, maʼnaviy zararni undirishni alohida band
sifatida kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Uchinchidan, fuqarolik sudlarida nomulkiy xususiyatga ega daʼvo arizalari uchun

BHMning 2 baravari miqdorida davlat boji undirilishi belgilangan bo‘lsa, iqtisodiy

sudlarda esa bu miqdor BHMning 10 baravarini tashkil qiladi. Endi muammoga kelsak,

fuqarolik sudlariga shartnomalarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida murojaat
qilinganida ham aynan yuqorida ko‘rsatilgan talab bo‘yicha yaʼni mulkiy xususiyatga ega
bo‘lmagan (yoki baholanmaydigan) boshqa daʼvo arizalardan degan bandi bo‘yicha davlat
boji to‘lanadi. Xuddi shu Qonunga ko‘ra iqtisodiy sudlarda esa “B” bandiga asosan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

140

nomulkiy xususiyatga ega daʼvo arizalardan bandi bo‘yicha davlat boji undiriladi. Taklif
sifatida fuqarolik sudlariga to‘lanadigan davlat bojlarini o‘zgartirish, yaʼni “nomulkiy
xususiyatga ega daʼvo arizalari” degan alohida bandni kiritish maqsadga muvofiq.

Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, agar berilgan

takliflar amaliyotda qo‘llash uchun qonun normalariga kiritilsa, Fuqarolik sudlarida
davlat bojini undirish bilan bog‘liq ayrim muammolar bartaraf qilinar edi hamda sudlar
tomonidan davlat bojlarini undirishda bir xillilik taʼminlanar edi.

FOYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR RO‘YXАTI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi. www.lex.uz.

2. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni. www.lex.uz.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009

-yil 24-noyabrdagi 14-sonli

“Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.

www.lex.uz.

4. Sulaymonova N.M. Sudebnыe rasxodы v grajdanskom protsesse: sravnitelьnыy

analiz Rossii i Uzbekistana // Jurnal pravovыx issledovaniy. –

2019.

№. SPECIAL.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi. www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni. www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori. www.lex.uz.

Sulaymonova N.M. Sudebnыe rasxodы v grajdanskom protsesse: sravnitelьnыy analiz Rossii i Uzbekistana // Jurnal pravovыx issledovaniy. – 2019. – №. SPECIAL.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)