Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Constitutional and legal policy in Uzbekistan and its
formation
Doniyorbek QURBONOV
Samarkand State University named after Sharaf Rashidov
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2024
Received in revised form
15 January 2024
Accepted 25 February 2024
Available online
15 March 2024
This article discusses how the main strategies for the
development of society, its priorities, and the essence of public
policy are reflected in the constitution. The Constitution is not
only a legal document, but also the result of the political
maturity of society, being a compromise between various socio-
political forces. It reflects public policy in the form of law at the
highest level, thus allowing us to talk about constitutional and
legal policy.
In the context of our country, to clarify the scientific concept of
constitutional and legal policy, the article proposes to delve into
the
analysis of the categories “politics”, “legal policy” and
“constitutional and legal policy”, following a logical sequence. This
approach promotes a deep understanding of the relationships
between political processes and constitutional law.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2/S-pp19-26
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
society,
state,
Constitution,
politics,
legal policy,
public policy,
constitutional and legal
policy.
O‘zbekistonda konstitutsiyaviy
-huquqiy siyosat va uning
shakllanishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
jamiyat,
davlat,
konstitutsiya,
siyosat,
huquqiy siyosat,
davlat siyosati,
konstitutsiyaviy-huquqiy
siyosat
Ushbu maqolada konstitutsiyada jamiyat rivojlanishining
bosh strategiyasi, ustuvor yo‘nalishlari, davlat siyosatining
mazmun-
mohiyati o‘zining qonuniy ifodasini topishi haqida fikr
yuritiladi.
1
Student, Faculty of Law, Samarkand State University named after Sharaf Rashidov. Samarkand, Uzbekistan
E-mail: dqurbonov@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
20
Конституционно
-
правовая политика в Узбекистане и
её формирование
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
общество,
государство,
конституция,
политика,
правовая политика,
государственная
политика,
конституционно
-
правовая
политика
.
В данной статье обсуждается, как основные стратегии
развития
общества,
его
приоритеты
и
суть
государственной политики находят свое отражение в
конституции. Конституция представляет собой не только
юридический документ, но и результат политической
зрелости общества, являясь компромиссом между
различными общественно
-
политическими силами. Она
отражает государственную политику в форме закона
высшего уровня, позволяя таким образом говорить о
конституционно
-
правовой политике.
В контексте нашей страны, для уточнения научного
понятия конституционно
-
правовой политики, статья
предлагает углубиться в анализ категорий «политика»,
«правовая
политика»
и
«конституционно
-
правовая
политика», следуя логической последовательности. Такой
подход способствует глубокому пониманию взаимосвязей
между политическими процессами и конституционным
правом.
Yangi O‘zbekistondagi islohotlar zamirida “inson, jamiyat va davlatning barqaror
rivojlanishi” tamoyili hamda fuqarolik jamiyatini barpo etishga yo‘naltirilgan demokratik
islohotlar tobora keng quloch yozmoqda.
Konstitutsiyada jamiyat rivojlanishining bosh strategiyasi, ustuvor yo‘nalishlari,
davlat siyosatining mazmun-
mohiyati o‘zining qonuniy ifodasini topadi. Aslida,
Konstitutsiya jamiyat siyosiy yetukligining, turli ijtimoiy-siyosiy kuchlar murosaga
kelishining natijasidir. Konstitutsiya nafaqat sof yuridik hujjat, balki davlat siyosatini oliy
darajadagi qonun tarzida aks ettiruvchi hujjatdir. Shu ma’noda davlatimizning
konstitutsiyaviy-huquqiy siyosati haqida gapirish mumkin [1].
Mazkur ilmiy tushunchani oydinlashtirib olish uchun dastlab “siyosat”, “huquqiy
siyosat”, “konstitutsiyaviy
-
huquqiy siyosat” kategoriyalarini teran, mantiqiy ketma
-
ketlikda tahlil etish maqsadga muvofiq. Yuqorida “siyosat” tushunchasini muayyan
yoritdik. O‘sha fikrlarga yana quyidagilarni qo‘shimcha qilamiz.
Siyosat,
–
qadim yunon faylasufi Demokratning fikricha,
–
davlatni idora etish,
boshqarish, mahoratidir. Bu fikrga hamohang tarzda Aflotun siyosatni hukmdorning
san’ati, ya’ni monarxning odamlarni (jamiyatni) boshqarish sohasidagi bilimi va
qobiliyati sifatida ta’riflagan. “Siyosat san’atining mohiyati, –
deydi u,
–
davlatning
umumiy hayotini oqilona
tashkil etish va olib borish mahoratida namoyon bo‘ladi”.
XI asr donishmandi Nizomulmulk o‘zining “Siyosatnoma” asarida siyosatni izohlab,
shohlarning davlat boshqarishda turli usul va vositalardan foydalangani, turli vaziyat
(mushkulot)larda muayyan oqilona yo‘l tutgani, chora
-
tadbir hamda amallar qo‘llagani,
murosai madora orqali yurt boshqargani, rag‘bat va jazo qo‘llab, ibrat kuchi bilan
hukmronlik qilgani va shu tariqa maqsadga erishgani: ya’ni davlat tinchligi hamda
rivojini ta’minlagani haqida yozadi [2]. Sharqning mashhur allomasi Ibn Xaldun o‘zining
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
21
“Muqaddima” asarida davlat va siyosat masalalariga katta e’tibor qaratgan. Uning
ta’biricha, hukumatlar o‘z siyosatida huquq prinsiplaridan (mutafakkir musulmon
huquqining prinsiplari, deb yozgan
–
muallif) chetga chiqmasligi lozim, … davlat siyosati
hukmdorning o‘zi bilan cheklanmaydi, unda barcha fuqarolar ishtirok etadi. Shu bois
mamlakatdagi barcha o‘zgarishlar faqat davlat boshlig‘ining maqomi bilangina emas,
balki butun jamiyat holati bilan belgilanadi [3]. Ibn Xaldunning mazkur fikrida
siyosatning mohiyati ifodalangan bo‘lib, davlat rahbari yuritadigan siyosat butun jamiyat
manfaatiga daxldorligini anglatadi.
Samarali, dono, realistik siyosat jamiyat barqarorligi, ravnaqi va farovonligi garovi.
Siyosatdagi eng muhim masala
–
davlat hokimiyatidir [4]. Davlat hokimiyati ommaviy-
siyosiy xarakterga ega bo‘lib, uning asosiy ijtimoiy vazifasi jamiyatni uyushtirish va
barchaning irodasini o‘ziga bo‘ysundirgan holda boshqarishdir. Davlat hokimiyatining o‘z
irodasini o‘zgalarga o‘tqazish usullari va boshqaruvni amalga oshirish vositalari ifodasi –
siyosatdir.
Davlat faoliyati va ishlarida ishtirok etish
–
bu ham siyosat. Davlat ishlarida yoki
davlat bilan bog‘liq munosabatlarda turli ijtimoiy
-siyosiy kuchlar, guruhlar, sinflar,
partiyalar, millat, xalq hamda fuqarolar ishtirok etadilar. Siyosat bu partiyalar, ijtimoiy
guruhlar (tashkilotlar) va ijtimoiy harakatlar (kuchlar)ning, davlat hokimiyatiga nisbatan
munosabatlarining ifodasidir. Ayni vaqtda, siyosat
–
davlat hokimyati, siyosiy partiyalar
va siyosiy tizim boshqa sub’yektlarining mamlakat ichki hayotida va xalqaro miqyosda
xalq, millat va boshqa ijtimoiy guruhlarning maqsad hamda manfaatlarini ifodalash va
himoya qilishga yo‘naltirilgan faoliyatidir.
Davlat hokimiyati ijtimoiy hayot yo‘nalishlariga monand ravishda siyosat yuritadi.
Shunga ko‘ra, iqtisodiy siyosat, ijtimoiy siyosat, madaniy siyosat, harbiy siyosat, huquqiy
siyosat va boshqa turdagi siyosat haqida gapirish mumkin.
Huquqiy siyosat
–
davlatning huquq bilan, yuridik soha bilan bog‘liq faoliyati
sifatida izohlanishi mumkin. Huquqiy siyosat, avvalo, mamlakatning huquqiy rivojlanish
jarayonlarini boshqarish, davlatning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish
mexanizmini qaror toptirish va rivojlantirish, inson huquqlarini ta’minlash, qonuniylik va
huquqiy tartibni mustahkamlash, huquqiy tarbiya va madaniyatning yuksak darajasini
ta’minlash maqsadlari yo‘lida yuridik vositalardan oqilona
foydalanish borasidagi
muntazam faoliyatidir.
Jamiyatda adolat tantanasi va huquq ustuvorligiga erishish, huquqiy davlat barpo
etish, ijobiy qonunchilikni istiqbolga
mo‘ljallab rivojlantirishda samara va maqsadga
erishish uchun ilmiy zaminga tayangan oqilona siyosat ishlab chiqilishi hamda amalga
oshirilishi lozim.
Ilmiy mushohada va tahlil yuritish uchun huquqiy siyosatning mohiyatini teranroq
aks ettiradigan ta’rifiga ega bo‘lish zarur. Mazkur ma’noda huquqiy siyosat –
davlatning
huquqiy mafkurasi, jamiyatni huquqiy boshqarish va ijtimoiy munosabatlarni huquqiy
tartibga solish falsafasi, uning huquqiy hayot bobida tutadigan yo‘l
-
yo‘rig‘i, joriy etadigan
amal va tadbirlari, qo‘llanadigan rahbariy g‘oyalari va tamoyillari ifodasidir [5].
Albatta, huquqiy siyosatning o‘zagini Konstitutsiya va qonunchilikda
mujassamlanadigan siyosat yoki konstitutsiyaviy-huquqiy siyosat, qonunchilik siyosati
tashkil etadi. Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonun va boshqa qonunlarda huquqiy
siyosatning tag zaminli prinsiplari va mazmunini ifodalovchi asosiy qoidalar
mustahkamlanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
22
Mustaqil davlat sifatida tarix sahnasiga chiqqan dastlabki kunlardan boshlab
O‘zbekiston o‘z huquqiy taraqqiyot strategiyasini belgilab, mustaqil ravishda qonunchilik
siyosatini yuritib kelmoqda.
Davlatning huquqiy siyosati prinsiplarini umumiy va tarmoq prinsiplariga ajratish
mumkin. Umumiy prinsiplar jamiyat huquqiy tizimining asosini tashkil etuvchi, uning tub
mohiyatini, ichki mazmuni va qonuniyatlarini ochib beruvchi normativ-rahbariy
g‘oyalardir. Tarmoq prinsiplari huquqiy munosabatlar turiga muvofiq holda jinoiy
-
huquqiy, fuqarolik-
huquqiy, ma’muriy
-huquqiy, moliyaviy-huquqiy va hokazo sohalarga
taalluqli bo‘lgan maxsus prinsiplarga bo‘linadi. Tarmoqqa oid prinsiplar huquqning shu
sohasiga tegishli qonunchilik hujjatlarini yaratish va huquqni qo‘llash asoslarini belgilab
beradi.
Huquqiy siyosat prinsiplari tegishli qonunchilik qarorlari vositasida o‘zining
moddiy ifodasiga ega bo‘ladi, hayotga joriy etiladi. Qonunchilik siyosati bilan ob’yektiv
huquq o‘rtasida voqelikdan normaga o‘tishdek yangi bosqich mavjud. Qonun chiqaruvchi
organning butun san’ati va mahorati qonunchilik (huquqiy) siyosatining prinsiplarini
ro‘yobga chiqarishga aynan mos keladigan qarorni topib qabul qilishda namoyon bo‘ladi.
Davlat o‘zining suveren irodasini qonunlar vositasida rasmiylashtiradi hamda
jamiyatga taqdim qiladi. U qonun ijodkorlik faoliyati natijasida ijtimoiy
–
iqtisodiy, siyosiy,
madaniy hamda ma’naviy hayotning barcha jabhalarida eng muhim munosabatlarni huquqiy
tartibga solishga yo‘naltirilgan normativ –
huquqiy hujjatlar yaratadi.
Davlat hokimiyatining siyosati, ayniqsa, huquqiy siyosati qonun ijodkorligi orqali
hayotga joriy etiladi, maqsadli singdiriladi. Ayni chog‘da, qonun ijodkorligi borasidagi
alohida huquqiy siyosat xususida ham gapirish mumkin. Buni davlatning qonunchilik
siyosati degan kategoriyada ifodalash qulayroq hisoblanadi.
Qonunchilik siyosati
–
davlat huquqiy siyosatining bir bo‘lagi bo‘lib, unda ijtimoiy
munosabatlarni qonunlar vositasida huquqiy tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari,
prinsiplari, maqsad va vazifalari o‘z ifodasini topadi. Qonunlarni shakllantirish, qabul
qilish va hayotga joriy etish maqsadlariga yo‘naltirilgan maxsus siyosiy
–
yuridik ta’sir
etish vositalari hamda choralari yig‘indisi qonunchilik siyosati voqeligini tashkil etadi.
Boshqacha aytganda, qonun ijodkorligi davlatning huquqiy (qonunchilik) siyosatini
shakllantirish, ifodalash, rasmiylashtirish hamda amalga oshirishning muhim vositasi
sanaladi. Qonunchilik siyosati ijtimoiy boshqaruv san’atining maxsus turidir. Qonunchilik
siyosati qonun ijodkorligining bosh mazmunini, asosiy yo‘nalishlarini, tendensiyalarini,
uni takomillashtirish strategiyasi hamda taktikasini, qolaversa modernizatsiyalash
mantig‘ini belgilaydi.
Qonunchilik siyosatining eng muhim sifati
–
qonunchilikni takomillashtirish
maqsadiga yo‘naltirilganlik, huquq ijodkorligi va huquqni ijro etishni tashkil qilishning
ratsional tizimini ishlab chiqishlikdir. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida hech kimga
tobe bo‘lmagan alohida qonunchilik siyosatini yuritadi. Yuksak nufuzli insonparvar,
adolatli hamda demokratik qonunlar yaratish, qonunni inson huquqlari va erkinliklarini
himoyalash vositasiga aylantirish, jamiyat uchun umumiy manfaatli barcha
munosabatlarni qonun yordamida muhofaza etish kabilar ushbu siyosatning asosini
tashkil qiladi.
Ma’lumki, Konstitutsiya davlat siyosatini oliy saviyada qonuniy tarzda
rasmiylashtiruvchi hujjatdir. Asosiy qonunimizda qonun ijodkorligi jarayoni va uning
bosqichlari, qonunlarni yaratishning konstitutsiyaviy mexanizmi aniq hamda qat’iy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
23
mustahkamlangan. Mazkur moddalarda belgilangan qoida, prinsip va normalar
mamlakatimizda amalga oshiriladigan qonun ijodkorlik faoliyatining, shuningdek,
qonunchilik siyosatining konstitutsiyaviy asoslarini tashki etadi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy siyosat huquqiy siyosatning eng oliy qonun darajasida
mujassamlanadigan ifodalanadigan va mustahkamlanadigan asosiy turidir. Ayni vaqtda,
huquqiy siyosatning boshqa turlari: jinoyat-huquqiy siyosat, moliyaviy-huquqiy siyosat,
oila institutiga oid huquqiy siyosat, mehnat-huquqiy siyosati, ijtimoiy-
ta’minot sohasidagi
huquqiy siyosat haqida ham gapirish mumkin.
Konstitutsiyaviy-huquqiy siyosat deganda, avvalo, davlatning Konstitutsiyada
ifodalangan siyosatini anglamoq lozim. Ushbu siyosat, bizning fikrimizcha, davlat
hokimiyatining suverenligining tashkil etilishi va faoliyat yuritishining konstitutsiyaviy
asoslarini eng muhim prinsiplarini, shuningdek, jamiyatga davlat rahbarligini
(boshqaruvini) amalga oshirishning usul va shakllarini, davlatning huquqiy tartibga
solish sohasidagi faoliyatining strategik g‘oya va yo‘nalishlarini, davlat bilan fuqaroning
(fuqarolik jamiyati institutlarining) huquqiy aloqalari me’yorlarini, insonning huquqiy
maqomi asoslarining eng oliy darajasida ifoda etishdir. Zotan, Konstitutsiya bilan siyosat
o‘zaro dialektik aloqador hisoblanadi. Xuddi konstitutsiya siyosatdan xoli bo‘lmagan kabi,
legitim demokratik siyosat ham konstitutsiyadan tashqari bo‘lishi mumkin emas.
Boshqacha aytganda, demokratik-huquqiy davlatda agar siyosat xalq (jamiyat)
tomonidan tan olingan bo‘lsa, u konstitutsiya normalarida ifodanlanmog‘i lozim.
Konstitutsiyaviy-huquqiy siyosatning mohiyati
–
Konstitutsiya va mamlakat
miqyosida harakatlanayotgan qonunchilik zamirida konstitutsiyaviy tuzumni yuridik
mustahkamlash va himoya qilish, davlat hokimiyati idoralarining samarali tizimini
shakllantirish, shaxsning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga oid tashkiliy-huquqiy
shart-sharoit yaratish, va nihoyat, davlatning siyosiy hayoti soha bilan fuqarolik jamiyati
hayoti sohasi o‘rtasidagi munosabatlarning muvozanatini ta’minlashdan iborat.
Shunday qilib, konstitutsiyaviy-huquqiy siyosat
–
Konstitutsiya asosida huquq
yaratish va uni amalga oshirish sohasida davlat organlari, mansabdor shaxslar, mahalliy
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, individlar va ular tashkilotlarining shaxs huquq va
erkinliklarini tan olish, ularga rioya etish va himoya qilishga, shuningdek, huquqiy
vositalar bilan konstitutsiyaviy tuzimni muhofaza etishga oid asosiy konseptual qoida va
mezonlarni ishlab chiqish hamda jamiyat hayotiga tatbiq etishga yo‘naltirilgan faoliyati.
Xo‘sh, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida tegishli huquqiy siyosatga
asos bo‘luvchi qanday ustuvor siyosiy
-
huquqiy g‘oyalar, prinsiplar hamda qoidalar
mustahkamlangan?
Avvalo, Konstitutsiyamizda eng muhim siyosiy masala, ya’ni davlat hokimiyatining
asoslari mustahkamlangan. O‘zbekistonda hokimiyat demokratik asoslarda tashkil etiladi
va amalga oshiriladi. Davlat hokimiyatining birdan-bir manbai xalqdir. Davlat hokimiyati
xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul
qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.
Huquqiy siyosatning Konstitutsiyamizda aks etgan yana bir o‘ta muhim ustuvor
yo‘nalishi –
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish g‘oyasidir. Nafaqat g‘oya,
balki shunday jamiyatning prinsiplari va tashkiliy-tuzilmaviy institutlari ham nazarda
tutilganligidir.
Konstitutsiyada fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismlari va institutlari
bo‘lmish jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar,
oila, maktab, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
(shu jumladan, mahalla), jamg‘armalar, uyushmalar va boshqalarning huquqiy maqomi
asoslari qonuniy mustahkamlab qo‘yilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
24
Mamlakat parlamenti
–
qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi oliy
davlat vakillik organi sifatida qonunchilik siyosatini shakllantirish va hayotga joriy
etishda salmoqli rol o‘ynaydi. Ma’lumki, parlament qonun ijodkorlik jarayonini samarali
tashkil etish, izchil qonunchilik tizimini shakllantirish, sifatli qonunlar qabul qilinishini
ta’minlash, qonunlar ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq
katta hajmdagi ishlarni bajaradi. Parlament mamlakat taraqqiyotining tegishli
bosqichlarida muhim qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish bo‘yicha qonun ijodkorlik
ishlari rejalarini qabul qiladi, mazkur faoliyatning konseptual va tashkiliy jihatlarini
muhokama etib, o‘z strategik vazifalarini belgilaydi.
Oliy Majlis qonunchilik siyosatini shakllantirish va amalga oshirish jarayoniga
Konstitutsiyada nazarda tutilgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektlarini, siyosiy
partiyalarni (ularning parlamentdagi fraksiyalarini), fuqarolik jamiyatining barcha
institutlarini, ayniqsa, ommaviy axborot vositalarini keng jalb etadi. Mazkur siyosatning
asosiy prinsiplari va ustuvor yo‘nalishlari mazmunida mamlakatda o‘tkazilgan
referendumlar, qonun loyihalarining umumxalq muhokamalari yakunlari, xalq ijtimoiy
fikrini va fuqarolarning huquq tashabbuskorligini aks ettirish ta’minlab kelinmoqda.
Qonun ijodkorligi jarayonida xalq ommasining fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlash
parlament sobitlik bilan rioya etadigan demokratik konstitutsiyaviy prinsipdir.
Hukumat darajasida qabul qilinadigan qarorlar qonun va farmonlar ijrosini
ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular ham davlat tomonidan yuritilayotgan qonunchilik
siyosatining amaliy jihatlarini aks ettiradi. Qonunchilik siyosatining ayrim yuridik va
tashkiliy masalalarini ishlab chiqishda, hayotga tatbiq etish va qonunchilik hujjatlarni
loyihalashtirish,
amaldagi
qonunchilikni
yangi
qabul
qilingan
qonunlarga
muvofiqlashtirishda Adliya vazirligi, qonunlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etishda
Prokuratura, qonunlar ijrosini tahlil etish bo‘yicha Prezident huzuridagi amaldagi
qonunchilik monitoringi instituti va boshqalar muhim rol o‘ynaydilar.
Davlatning qonun ijodkorligi sohasidagi huquqiy siyosatini shakllantirishda sud
hokimiyati sub’yektlari ham faol qatnashadilar. Konstitutsiyaviy sud, umumiy
yurisdiksiya sudlarining oliy organi
–
Oliy sud qonunlarni qo‘llash amaliyotini tahlil etish
asosida qonunchilik tashabbusi tartibida parlament e’tiboriga muntazam ravishda
tegishli takliflarni kiritadilar. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud huquqiy
islohotlarning konsepsiyasi, shuningdek, jinoyat qonunchiligi va jinoiy jazo tayinlash
tizimini liberallashtirish konsepsiyasi ham ushbu demokratik o‘zgarishlarning huquqiy
bazasini shakllantirish borasidagi qonunchilik siyosatining muhim tarkibiy qismi sifatida
e’tirof etilishi mumkin.
Shu o‘rinda
huquqiy siyosatning alohida turi sifatida sud
–
huquqiy siyosati
mavjudligini ham ta’kidlab o‘tish mumkin. Fikrimizcha, sud huquqiy siyosati –
davlat
hokimiyatining, tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslarning, shuningdek
fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatdagi odil sudlovni tashkil etish va amalga
oshirishga oid huquqiy g‘oyalarni, prinsiplarni, sohani isloh etish mafkurasi hamda
strategiyasini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan maqsadli, ilmiy asoslangan, izchil va tizimli
faoliyatidir. Uning mohiyati jamiyat va davlat manfaatlarini fuqarolarning huquq va
erkinliklarini himoya qilish, odil sudlovni samarali tashkil etish va amalga oshirishga doir
g‘oyalarni shakllantirish hamda vazifalarni belgilash, dasturlarni ishlab chiqish va
hayotga joriy etishdan iborat.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
25
Jamiyatni modernizatsiyalash jarayonlari davom etayotgan hozirgi sharoitda
davlatning qonun ijodkorlik faoliyatiga, umuman, qonunchilik siyosatining mazmuniga
yanada yuqori yangi talablar qo‘yilishi tabiiy. Mazkur vaziyatda qonun ijodkorligi
sohasidagi davlat siyosatini davr ruhi va ehtiyojlariga mos holda takomillashtirishni
ta’minlovchi mustahkam metodologiyaga tayangan ilmiy konsepsiyasini shakllantirish
maqsadga muvofiq [6]. Bu o‘rinda
qonunchilik siyosati
–
qonunlar yaratish sohasidagi
davlat faoliyatining ilmiy asoslangan strategiyasi va taktikasi sifatida maydonga chiqadi.
Qonun ijodkorligi borasidagi huquqiy siyosatni rivojlantirish konsepsiyasida, chamasi,
avvalo, qonun chiqaruvchi hokimiyat faoliyatining va qonunchilik siyosatining bosh
maqsadi, asosiy vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, rivojlanish tendensiyalari,
qo‘llaniladigan rahbariy prinsiplari, strukturasi va shakllari, ijtimoiy munosabatlarni
qonun vositasida tartibga solishning tegishli vositalari va usullari o‘z aksini topishi zarur.
Qonun ijodkorligiga oid siyosatning istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab
chiqishda qonun va qonunchilik hujjatlari tizimi rivojlanishini prognoz qilish
masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratish lozim.
Shunday qilib, qonunchilik siyosati davlat huquqiy siyosatining muhim tarkibiy
qismi bo‘lib, mamlakatning izchil huquqiy taraqqiyotini ta’minlash, huquqiy tizimni yaxlit
voqelik tarzida sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, qonun ijodkorligi faoliyatini
modernizatsiya qilish, uning ilmiy asoslarini mustahkamlash, eng muhimi, ijtimoiy
munosabatlarni samarali huquqiy tartibga solishning qonuniy mexanizmlarini yaratish
imkonini beradi.
Ma’lumki, barqaror va ma’rifiy fuqarolik jamiyati –
demokratik huquqiy
davlatchilik hamda qat’iy huquqiy tartibot muhitini qaror toptirish garovidir. Yurtimizda
adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish istiqbolli strategik maqsadga aylanganligi siyosiy
darajada ko‘p bora e’tibor etib kelinayotganligi bejiz emas.
Tahlil etilayotgan konstitutsiyaviy
–
huquqiy siyosat umumiy davlat huquqiy
siyosatining o‘zagini tashkil etadi. Ushbu huquqiy siyosat parlament, Prezident va
Hukumat tomonidan shakllantiriladi, boshqa davlat organlari tomonidan u amalga
oshiriladi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018
-yil 13-apreldagi
“Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini
tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni muhim o‘rin tutadi.
Farmonda huquqiy islohotlarni va huquqiy siyosatni yuqori samaradorligini ta’minlashda
adliya organlari faoliyatida uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish
yo‘llari belgilanib, tegishli tashkiliy
-huquqiy mexanizmlar joriy qilindi.
Bugun biz ham komil insonlarning fozil jamiyatini yaratishga salohiyatimiz, kuch,
imkoniyatimiz yetadigan xalq ekanligimizni dunyo jamoatchiligi tan olmoqda. Biz o‘zimiz
va kelajak avlodlarimiz uchun hech kimdan kam bo‘lmagan, rivojlangan ma’rifiy, huquqiy
demokratik davlatlarda mavjud bo‘lgan hayot darajasiga erisha olamiz. Binobarin,
haqiqiy baxtga, komillikka erishish maqsadida kishilarni birlashtirgan jamiyat fozil
jamiyatdir, baxtga erishish maqsadida birlashgan kishilar jamoasi
–
fozil jamoadir [7].
O‘zbekiston kelajagi ana shunday fozillik jamiyati bo‘lishiga umid bildirish, barkamol
jamiyatni qaror topshirish orzusi bilan yashash va ijodiy mehnat qilish mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Sh. M. Mirziyoyev Konstitutsiya
–
erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni
yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir.
–
T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2018. –
6-b. Nizomulmulk. Siyosatnoma yoki savr ul-Mulk. -T., 1997. -38-b.
2.
Istoriya politicheskix I pravovix ucheniy. -M., 1999. -C.142.
3.
Matuzov N.I. Aktualniye poblemi rossiyskoy pravovoy politiki // Gosudarstvo I
pravo. 2001.
4.
X.T. Odilqoriyev O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni.
-T., 1995. -34-b.
5.
X.T.Odilqoriyev, I.T. Tulteev Ikki palatali parlament. -T., 2005, 142-146-betlar.
6.
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -T., 1993. -187-b.
