Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The role of training in preparing qualified lawyers
Yorkinoy SADIKOVA
Samarkand
State University named аfter Sharof Rashidov
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2024
Received in revised form
15 January 2024
Accepted 25 February 2024
Available online
15 March 2024
This article analyzes the role of training sessions in the
preparation of highly qualified lawyers who can adapt to
modern requirements. The purpose of the training is to
demonstrate effective methods of its organization.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2/S-pp158-161
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
training,
lawyer,
professional training of
lawyers,
psychotherapeutic training,
psychological training,
business training,
skills,
practical knowledge.
Malakali
yuristlarni tayyorlashda treninglarning o‘rni
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
trening,
yurist,
yuristlar malakasini
oshirish,
psixoterapevtik treninglar,
psixologik treninglar,
biznes treninglar,
ko‘nikmalar,
amaliy bilimlar.
Ushbu maqolada bugungi kunda zamon bilan hamnafas
bo‘lgan yuristlarning malakali kadr bo‘lib yetishib chiqishlarida
trening mashg‘ulotlarining o‘rni, trening o‘tkazishdan maqsadi,
uning o‘tkazilish metodlari ko‘rsatib o‘tilgan.
1
PhD, Head of the Department of Special Legal Sciences, Faculty of Law, Samarkand State University named аfter
Sharof Rashidov. E-mail: yorkinoy.sadikova@bk.ru
2
Student, Faculty of Law,
Samarkand State University named аfter Rashidov. E
-mail: Asrorsharipov777@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
159
Роль тренингов в подготовке квалифицированных
юристов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
тренинг,
юрист,
профессиональная
подготовка юристов,
психотерапевтический
тренинг,
психологический тренинг,
бизнес
-
тренинг,
навыки,
практические знания.
В данной статье анализируется роль тренинговых
занятий
в
подготовке
высококвалифицированных
юристов, способных адаптироваться к современным
требованиям. Целью проведения тренинга является
демонстрация эффективных методов его организации.
KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan daxldorlik ruhida
tarbiyalash, siyosiy bilimlarini yanada oshirish, qonun ijodkorligini rivojlantirish
maqsadida texnikumda muntazam ravishda tadbirlar, ochiq muloqotlar, davra suhbatlari,
tanlovlar tashkil etib kelinmoqda.
Ta’kidlash
lozimki,
yuridik
texnikumning
o‘quv
-metodik
jarayonini
muvofiqlashtirish, ularga amaliy va axborot-
resurs jihatidan ko‘maklashish Toshkent
davlat yuridik universiteti tomonidan amalga oshiriladi. O‘quv jarayonida o‘quvchilar
Toshkent davlat yuridik universitetining birinchi bosqich talabalari bilan bir xil fanlarni
o‘zlashtirib boradi. Bundan tashqari texnikum o‘quvchilari ta’lim olish bilan birgalikda
“Street law” loyihasi orqali aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida tizimli
ishlarni tashkil etib boradi.
Yurist
–
oliy yuridik ma’lumotlarga, yuridik bilimlarni qo‘llay olish ko‘nikmasiga
ega bo‘lgan, huquq sohasining amaliy vakili.
Trening
–
inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib “o‘qitmoq”, “tarbiyalamoq”, “mashq”
ma’nolarini anglatadi. Treninglar
–
nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay bilishni
ta’minlaydi.Ta’lim beruvchi tomonidan o‘qitishni emas balki, tahsil oluvchi tomonidan
mustaqil va faol o‘rganishni ko‘zda tutadi. Ya’ni bu treninglar davomida olingan bilimlar
orqali insonning fikrlay olish qobiliyati, uning kasbga doir ko‘nikmalari rivojlanadi.
Trening tinglovchiga kishini o‘ziga jalb qilish qobiliyatini ham o‘rgatadi.
ASOSIY QISM
Yurist kim? U qanday shaxs? Bugungi kun shiddatli zamonda kishilik
jamiyatimizda yuristlarga bo‘lgan talab hamda e’tibor oshib bormoqda .Shu o‘rinda bir
savol tug‘iladi, har qanday yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs yurist bo‘la oladimi?,
yurist bo‘lish uchun faqatgina yuridik ma’lumotni o‘zi yetarlimi? Bugungi zamon shuni
ko‘rsatmoqdaki, faqatgina oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar, ushbu huquqiy
sohaning kasb etikasini o‘z mahoratlari bilan qo‘llay bilishi kerak. So‘nggi yillar davomida
yuristlarga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi natijasida ularning faoliyatiga qo‘yiladigan
talablar ham o‘zgardi. Bu borada yurtimizga interfaol bilimlarga ega bo‘lgan chet el
tajribalari orqali faoliyat yuritadigan yosh kadrlar kerak bo‘lmoqda. Ularning malakasini
oshirish huquqiy bilimlarni berish borasida huquqiy savodxonligi normativ huquqiy
hujjatlar bilan mustahkamlandi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
160
Mahkamasining 1994-yil 19-
yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari
va
sudlari faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risidagi” 18
-sonli qarori bilan adliya
xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari negizida Sud va adliya organlari
xodimlari malakasini oshirish instituti tashkil qilinadi. Davlat hokimiyati va huquqni
muhofaza qiluvchi idoralarning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish,
zamonaviy bilimlar asosida huquqshunos xodimlarning kasbiy tayyorgarligini hamda
ularni qayta tayyorlashni tubdan yaxshilash, shuningdek, huquqshunoslik, sohasidagi
ilmiy tadqiqotlar saviyasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
1997-yil 25-
iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholini huquqiy madaniyati
darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish,
jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash to‘g‘risida”gi PF–
1791-sonli Farmoni
asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997
-yil 21-iyuldagi 364-sonli
qarori bilan Adliya vazirligi qoshidagi yuristlar malakasini oshirish markazi tashkil
etiladi. Markazning tashkil etilishidan maqsad yuristlarning bilimini oshirish, sohaviy
faoliyatiga doir ko‘nikmalar berib borishdan iborat.
Yuristlar malakasini oshirishda yana bir vosita jamoaviy treninglar tashkil etish
hisoblanadi. Bu shaxsda individual fikrlash qobiliyatini uyg‘otadi. Trening atamasi ilk bor
1982-yilda Xriyashe va Petrovskaya tomonidan fanga kiritilgan.
Trening ma’ruzadan quyidagilar bilan farq qiladi:
–
darsda nafaqat nazariya balki amaliyot ham mavjud bo‘lishi shart;
–
nafaqat bilim, balki ko‘nikma va qobiliyat ham shakllanadi.
TRENING BU- samarali kasbiy faoliyatni shakllantirishda qaratilgan texnikani
rivojlantirish jarayoni. Boshqa tomondan treningni qisqa vaqt ichida 1-2 kun nazariy va
amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishni birlashtirgan intensiv ta’lim shaklidir.
Treninglar turlariga ko‘ra :
1.
Psixoterapevtik treninglar;
2.
Ijtimoiy-psixologik treninglar;
3.
Ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha treninglar;
4.
Biznes treninglar va boshqa turlarga bo‘linadi
.
Mutaxassislar ta’limning 3ta turini ko‘rsatgan. Kommunikativ treninglar individual
ishbilarmonlik fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan, xususan:
muzokaralar olib borish, o‘z vaqtingizni rejalashtirish, ustuvorliklarni to‘g‘ri
belgilash va h.k. Shaxsiy o‘sish bo‘yicha trening samarali muloqot va maqsadlarni
belgilashga yordam beradi. Trening to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri tinglovchilarda 4
-5 kishidan iborat
kichik guruhlarga bo‘lishdan boshlanadi.
TRENING XUSUSIYATLARI
–
muhim xususiyatlaridan biri shundaki, u doimo
guruhda o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar o‘z ichiga olgan xususiyatlar, ya’ni usullar trening
samarali o‘tishiga asos bo‘ladi. Treninglar doimo jamoaviy ishdir.
PRINSIP FAOLIYAT
–
trening jadal ishiga barcha ishtirokchilarni jalb qilishni
nazarda tutadi. Trening ishtirokchilarining faoliyati ma’lum bir texnologiyadan
foydalanish bo‘yicha ma’ruza tinglayotgan yoki qo‘llanmani o‘qiyotgan shaxsning
faolligidan farq qiladigan o‘ziga xos xususiyatga egadir.
Trening maqsadini shakllantirish strategiyasidan kelib chiqib metodlarni tanlash
axborot materiallarini tayyorlash, natijalarni baholash va boshqa masalalar hisobga
olinadi. Vaqtni hisobga olgan holda treningni tashkil etish, tahlil qilish, har bir
ishtirokchini kuzatish va tinglovchilarni amaliy harakatlar asosida kasbiy
kompetentligini oshirishdan iborat.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
161
Bugungi kunga kelib yurtimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida xususan
Adliya sohasida vazirlikning yuristlar malakasini oshirish markazining malakali
professor o‘qituvchilari ishtirokida Navoiy viloyatidagi 60 dan ortiq davlat tashkilot va
idoralari yuridik xizmat xodimlari uchun ikki haftalik sayyor o‘quv mashg‘uloti tashkil
etiladi. Shu bilan birga ta’kidlab o‘tish kerakki, yurtimizda birinchi marta Navoiy viloyati
yuridik xizmat xodimlarining “Huquqshunoslar klubi” tashkil etish yuzasidan takliflar
ma’qullanib, klub faoliyatiga start beriladi. Ushbu klubni tashkil etishdan ko‘zlangan
maqsad “huquqshunoslik tili” doirasida muomala madaniyati
va ko‘nikmalarini
shakllantirishdan iborat bo‘lgan.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, bugun kunimiz jadal suratlarda o‘tib bormoqda.
Hayotimizning qay bir qismiga qaramaylik huquqiy munosabatlar qamrab olgan. Ushbu
huquqiy munosabatlarda har insonning shaxs sifatida huquqni qo‘llay olishi, undan
foydalanish hamda unga qat’iy amal qilish ko‘nikmasi bilan ajralib turadi. Har bir
shaxsning shakllanishida treninglarning o‘rni katta. Negaki hech kim ham sohaga to‘la
bilim va salohiyat orqali kirib kelmaydi. Uning hayotiy tajribalari, faoliyati mobaynida
olgan ilmi, tajriba hamda ko‘nikmalari uning bilimini oshirish bilan birgalikda, shaxsning
o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttiradi. Yuristlarning kasbiy faoliyatida ham trening jumladan
seminarlarning tashkil etilishi ularning malakasini oshirishga xizmat qiladi, desak
yanglishmagan bo‘lamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1. R.Mavlonova, O.To‘rayev, K.Xoliqberdiyev Pedagogika. Toshkent. 2012
2. D.O.Kamalovaning “Tarbiyaviy ishlar” metodikasi. Toshkent. 2019
3. A.Musurmonova, X.Ibrogimova Umumiy pedagogika. Toshkent. 2007
4.M.S.Norbekov
“Muvaffaqiyat sizning boshingizda va undan qanday qochish
kerak” o‘quv qo‘llanma 2006 y.Toshkent
5.M.S.Norbekov
“Tana va ruhni tarbiyalash” o‘quv qo‘llanma 2006
-y. Toshkent
6. https//www.wikipedia.org
7. https//www.Uzmarkaz.uz
