Авторы

  • Мохигул Кадырова
    Д.ю.н., доцент, кафедра Уголовно-процессуальное право, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1-pp321-326

Ключевые слова:

получение информации о преступлении цифровое уголовное дело цифровизация и упрощение

Аннотация

В данной статье анализируются вопросы цифровизации получения информации о преступлении, излагаются перспективы упрощения уголовного процесса.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Digitization prospects of receiving information about the

crime

Mokhigul KADIROVA

1

Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2023

Received in revised form

15 December 2023

Accepted 20 January 2024

Available online

25 February 2024

In this article digitization issues of receiving information

about the crime are analyzed, and the prospects for simplifying

criminal proceedings are described.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1-pp321-326

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

receiving information about

the crime,

digital criminal case,

digitization and

simplification.

Jinoyat

haqidagi

maʼlumotlarni

qabul

qilishni

raqamlashtirish istiqbollari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

jinoyat haqidagi

maʼlumotlarni qabul

qilish,

raqamli jinoyat ishi,

raqamlashtirish va

soddalashtirish.

Ushbu maqolada muallif tomonidan jinoyat haqidagi

maʼlumotlarni qabul qilishni raqamlashtirish masalalari tahlil

etilgan, jinoyat protsessini soddalashtirish istiqbollari bayon

etilgan.

Перспективы цифровизации получения информации о

преступлении

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

получение информации о

преступлении,

цифровое уголовное дело,

цифровизация и

упрощение.

В данной статье анализируются вопросы цифровизации

получения информации о преступлении, излагаются

перспективы упрощения уголовного процесса.

1

Associate Professor, DSc, Department of Criminal Procedural Law, Tashkent State University of Law.

E-mail: m.kadirova@tsul.uz


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

322

Shuni qayd etish lozimki, jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni qabul qilish,

roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish masalalari

1926, 1929, 1959-yillarda qabul qilingan

JPKlarda boʻlganidek, amaldagi JPKda ham toʻla tartibga solinmagan. Bu masalalar
hozirda jinoyat ishlarini yuritishga masʼul davlat organlari va mansabdor shaxslarning
ichki (idoraviy) yoʻriqnoma va buyruqlariga muvofiq hal qilinib kelinmoqda. Masalan, bu

ichki ishlar organlarida hodisalarni hisobga olish kitobida, prokuraturada jinoyatga oid

xabarlar “1

-

Shakl” kitobida roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Jinoyatlar hamda shaxslarga doir maʼlumotlar hisobi (IS) yuritilib, bu kriminalistik

roʻyxatga olish deb nomlanadi, avtomatlashtirilgan maʼlumotlar bazasi hamda maxsus

avtomatlashtirilgan axborot-

qidiruv tizimi yordamida maʼlumotlarni toʻplash, qayta

ishlash va saqlashdan iborat boʻladi.

MDHga aʼzo davlatlardan Belarus JPKning 172

-moddasi, Rossiya JPKning

144-moddasi, Tojikiston JPKning 145-

moddasi hamda Qozogʻiston JPKning

183-

moddasida oʻzgacha tartib, yaʼni jinoyat ishini yuritishga masʼul davlat organlarining

har qanday sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni qabul

qilish, roʻyxatga olish, hal etish majburiyati bilan birga arizachiga ariza yoki xabarning
qachon va kim tomonidan roʻyxatga olinganligini koʻrsatuvchi hujjatning topshirilishi

ham kafolatlangan.

Bunday qoidaning samarasi, jinoyatlarning yagona elektron hisobi yuritilishiga,

jinoyatga oid axborotning, kelgusida albatta roʻyxatga olinishi va tekshirish muddatiga
qatʼiy rioya etgan holda oʻz muddatida hal etilishida namoyon boʻladi. Jinoyat haqidagi

xabarlarni tekshirish jarayonida quyidagi qonunbuzarliklarning oldi olinadi:

materiallarni va qabul qilinayotgan qarorlarni soxtalashtirish;

tekshirish muddatlariga rioya etmaslik va protsessual qarorlarni oʻz vaqtida

qabul qilmaslik;

tekshirish bosqichida ruxsat etilmagan tergov harakatlari va boshqa harakatlarni

bajarish va h.k.

Hozirda koʻplab xorijiy olimlar tomonidan jinoyat protsessida raqamlashtirish

imkoniyatlaridan foydalanishning ijobiy tendensiyalari taʼkidlanadi.

Masalan,

Qozogʻistonda jinoyatlarni elektron roʻyxatga olish kitobi allaqachon yoʻlga qoʻyilgan
boʻlib, bu sudgacha bosqichni soddalashtirish va samaradorligini oshirishga xizmat

qilmoqda. 2012-

yildan boshlab “Elektron kuzi” va “Elektron talon” innovatsion loyihalar

asosida prokuror, boʻlinma rahbarlari yoki arizachi onlayn rejimda jinoyat toʻgʻrisidagi
ariza, xabar va maʼlumotlarning qayd etilishi, keyingi taqdiri va natijalaridan xabardor
boʻlib turadi.

2013-

yilning dekabrida Qozogʻiston bosh prokurori, IIV hamda Iqtisodiy va

korrupsiya jinoyatlariga qarshi kurashish agentligi rahbari tomonidan qoʻshma buyruq

imzolanib, unga binoan jinoyatlar, hodisalar, jinoyat ishlari va ularning tergov

natijalarining elektron formatda yagona karta hisobini yuritish yoʻlga qoʻyilgan. U grafik

asosida ishlab, jinoyatchilikning avtomatlashgan hisobini olib boradi.

Shuningdek, 2012-yildan Olmaota va Ostona shaharlari ichki ishlar organlariga

keltirilgan yoki chaqirilgan shaxslarning elektron hisobi va video qaydlarini yuritish joriy
etilib, 2013-

yil sarhisoblariga koʻra,

jinoiy taʼqib organlarining xizmat xonalarida

fuqarolarni noqonuniy ushlab turish holatlari kamayishiga erishildi: 23 % (587 tadan

454 taga), shu jumladan, 326 nafar aybdor xodim ishdan boʻshatilgan. Buning samarasi
oʻlaroq, bosh prokurorning 2014

-yil 24-

dekabrda tasdiqlagan yoʻriqnomasiga muvofiq,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

323

idoraga keltirilgan yoki chaqirilgan shaxslarning elektron hisobini yuritish “ARM YRDR”
maʼlumotlar bazasi asosida barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimiga joriy

etildi.

2015-yil 22-

dekabrda Qozogʻiston Bosh prokurori tomonidan “SIOPSO” Qoidalari

tasdiqlangan, u 73 turdagi davlat organlari (shu jumladan, HMQO) maʼlumotlar bazasini

birlashtirgan elektron tizimdir. Ushbu raqamli tizim intellektual tahlil asosida axborotlar
almashinuvi hamda jinoyatlarni aniqlash va fosh etishga, uning profilaktikasiga xizmat
qilmoqda. Ilgari sudlanganlikni aniqlashga doir talabnoma 3-

7 sutkada hal etilgan boʻlsa,

endilikda SIOPSO yordamida 2-3 daqiqani tashkil etmoqda. Xususan, 2016-yilda jinoiy

javobgarlikka 117743 ta gumonlanuvchilar jalb qilingan boʻlib, ular yuzasidan psixiatriya
va narkologiya dispanseridan maʼlumotlar talab etilgan, ammo soʻrovnomalarga kamida

100 ming inson-

soat va 2,5 tonna qogʻoz sarflangan (maʼlumot uchun: gumonlanuvchilar

2017-yilda

115682 ta, 2018-yilda

108290 ta, 2019-yilda

99508 ta, 2020-yilda

63506 tani tashkil etgan).

Rossiyada sudgacha boʻlgan bosqichda raqamlashtirish faqat prokuratura tizimida

Rossiya bosh prokurorining 2017-yil 14-sentabrdagi 627-

son buyrugʻi bilan yoʻlga

qoʻyilgan. Uning JPK 30

-

moddasiga koʻra, sud bosqichini raqamlashtirishda esa, nafaqat

videokonferensaloqa yoki video qoʻngʻiroqlardan foydalanish, balki fuqarolarning ariza
va murojaatlari uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi ham shakllantirilgan boʻlib,

murojaatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Elektron pochta orqali barcha

protsess ishtirokchilari audio va video yozuvlar hamda maʼlumotlar bilan xabardor etib

boriladi.

Shu oʻrinda A.Y.

Churikova jinoyat protsessida inson huquq va erkinliklarini toʻliq

taʼminlash maqsadida raqamlashtirishning idoralararo hujjatlar almashinuviga
moslangan “Prokuror faoliyati modeli”dan foydalanishni taklif etadi.

T.Y. Vilkova, L.N. Maslennikovalar esa tortishuv va taraflar tengligini

taʼminlaydigan raqamlashtirilgan sudgacha bosqichni shakllantirish zarur, deydi.

Y.V.

Markovichevaning fikricha, raqamlashtirish, sunʼiy intellekt qanchalik

zamonaviy boʻlmasin, baribir inson nazorati ostida qolishi lozim. Raqamlashtirishda

xavflarni majburiy baholanishi talab etiladi, sababi raqamli texnologiyalar tergov-sud

yoxud shaxsiy tarkibga oid maʼlumotlar bazalariga noqonuniy kirish xavfidan xoli emas.

M.A.

Lavnov ham, sunʼiy intellekt hech qachon tergovchi, prokuror, sudning

ahamiyatini kamaytirmaydi, deydi. Aksincha, A.S.

Aleksandrov taʼbiri bilan aytganda,

XXI asrda inson oʻzidan koʻplab raqamli izlarni qoldirmoqda va bu koʻplab yangi turdagi

kuzatuvlar hamda qayd etishlarni taqozo etadi.

Aynan sunʼiy intellekt yordamida mazkur

turdagi jinoyatchi shaxslarni aniqlash, tanib olish va tasdiqlash mumkin.

2000-

yilda Yevropa Kengashining “Jinoiy odil sudlov tizimida prokurorning roli”

deb nomlangan tavsiyalarida, prokurorning asosiy funksiyalariga

jinoyat ishini

qoʻzgʻatish yoki jinoiy taʼqibni davom ettirish, sudda ayblovni qoʻllab

-quvvatlash yoxud

voz kechish, shuningdek, jinoiy siyosatni yuritish, yaʼni tergovga rahbarlik qilish va jinoiy
taʼqibning muqobilini aniqlashni qatʼiy belgilab bergan.

Shu bois aksariyat olimlar ushbu bosqichni raqamlashtirishni, protsessual

qonunchilikda va asosiysi videokonferensaloqadan foydalanishga toʻsqinlik qilayotgan
ayrim normalarni takomillashtirishni talab etmoqda. Negaki Gruziya, Qozogʻiston,

Estoniya, Saudiya Arabistonida jinoyat ish yurituvi raqamlashtirilishi natijasida ishlar
asosan tezkorlikda 2 sutkada hal etilmoqda.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

324

Jumladan, AQSh, Avstriya, Belgiya, Germaniya, Italiya va Fransiyada jinoyat ishini

qoʻzgʻatish toʻgʻrisida alohida hujjat qabul qilinmaydi, aksincha, shaxsga nisbatan jinoiy
taʼqibni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida hujjat qabul qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.

Germaniya JPKning 163-

moddasida avtomatik qidiruv qoidalari keltirilgan boʻlib,

jinoyat toʻgʻrisida ariza, xabar va maʼlumotlarning raqamli tekshiruvini tartibga soladi.

Armaniston JPKning 178-

moddasida yuridik shaxsning jinoyat toʻgʻrisidagi xabari

xizmat xati shakliga ega boʻlishi yoki telegramma, telefonogramma, radiogramma,
elektron pochta yoxud boshqa tasdiqlangan maʼlumot koʻrinishida boʻlishi lozim. Xabarga

jinoyat sodir etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi mumkinligi belgilangan.

Qirgʻiziston JPKning 5

-

moddasiga koʻra, sudgacha ish yuritish bosqichi deganda

jinoyat yoki qilmish toʻgʻrisidagi ariza, xabar va maʼlumotlarning Yagona davlat reyestrida
roʻyxatga olinishidan boshlab, prokuror tomonidan jinoyat ishining sudga oshirilishigacha
boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Jumladan, jinoyat yoki qilmishlarning Yagona davlat reyestri –

bu sudgacha ish yuritish bosqichining boshlanishidan tortib, olib borilgan protsessual
harakatlar, jinoyat ishining qaysi bosqichda ekanligi hamda protsess ishtirokchilari haqidagi

maʼlumotlar kiritib boriladigan elektron raqamli maʼlumotlar bazasidir.

L.V.

Golovkoning fikriga koʻra, qogʻoz koʻrinishidagi bayonnomaning bugungi

elektron shaklini “skanerlangan” shakl deb atash mumkin, sababi bayonnomaning
mohiyatiga uning shakli emas, balki uning mazmuni va imzolanishi taʼsir etadi hamda
raqamli maʼlumotlarning saqlanishi ham muhim sanaladi.

Jinoyat protsessining dastlabki bosqichini jinoyat toʻgʻrisidagi ariza va xabarlarsiz

tasavvur etib boʻlmaganidek, ularsiz raqamli tizimga kirishning ham imkoni boʻlmaydi.
Shu bois murojaatlar bilan ishlashni, aniqrogʻi tergovga qadar tekshiruvni
raqamlashtirish maqsadga muvofiq boʻlib, jinoyat toʻgʻrisida ariza, xabar va
maʼlumotlarni raqamli qabul qilish, roʻyxatga olish, hisobini yuritish, tekshirish va hal
etish maqsadida Respublika idoralararo markazlashgan “Jinoyat toʻgʻrisida xabar” yagona

raqamli axborot tizimini yaratishni taqozo etadi. Bu kelgusida barcha jinoyatlar

toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarning oʻz vaqtida roʻyxatga olinishiga va har qanday

qoidabuzarliklarning oldi olinishiga xizmat qiladi. Yagona raqamli axborot tizimi jinoyat

toʻgʻrisida murojaatlarni har bir davlat idorasida alohida emas, butun respublikada
yagona roʻyxatga olish va statistikasini yuritish qulayliklariga ega boʻlib, u roʻyxatga
olingan jinoyat toʻgʻrisidagi xabarlarni avtomatik tarzda raqamli tekshiruvga qaratilishini
va qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot
tizimiga avtomatik tarzda yuklashni taʼminlaydi.

Raqamli tekshiruv asosan, faktik asoslar, huquqiy asoslar va qaror qabul qilishdan,

jinoyat shohidlari, skanerlangan hujjatlar, video yozuvlar, hodisa izlarining fotosuratlari,
narsa va buyumlar mavjudligi va ularning qaror qabul qilishga yetarliligini tahlil

qilishdan iborat boʻladi. Jinoyat ishini raqamli qoʻzgʻatishning xavfsizligini taʼminlash
maqsadida arizachini identifikatsiyalash, uning tashqi koʻrinishi, ovozi, koʻzining
qorachigʻi, barmoq izlari va boshqa individual xususiyatlari, shu jumladan, elektron

raqamli imzo (ERI) yoxud planshet imzo asosida aniqlash dasturlarini yaratish va hatto
raqamli arizada kim, nima, qachon, qayerda, qay holatda kabi savollarga javob aks
ettirilmaganda, avtomatik bloklash mumkin.

Yuqoridagi qiyosiy-

huquqiy tahlillar va xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini

inobatga olib, muxtasar aytganda, kelgusida tergovga qadar tekshiruv bosqichini

raqamlashtirish maqsadida markazlashgan idoralararo “Jinoyat toʻgʻrisida xabar” yagona


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

325

raqamli axborot tizimini yaratish maqsadga muvofiq boʻlib, uning amaliyotda joriy

etilishi

yagona markazlashgan idoralararo “Raqamli surishtiruv va dastlabki tergov”

axborot tizimi integratsiyasiga erishishga, jinoyat protsessini bosqichma-

bosqich toʻliq

(funksional) raqamlashtirishga, buning pirovardida odil sudlovning tezkor mexanizmini
shakllantirishga, mamlakat miqyosida sodir etilgan jinoyatlarni davlat idoralarida
alohida-alohida emas, balki respublika miqyosida yagona avtomatlashtirilgan tizimda

roʻyxatga olinishi va hisobi yuritilishi, vaqt va hudud boʻyicha, turi va tergovga tegishliligi
hamda qabul qilingan qarorlar sifati va muddati boʻyicha avtomatik tahlil qilinishi, shaffof
raqamli nazoratning oʻrnatilishiga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining “Jinoyatchilikka qarshi kurash,

surishtiruv, dastlabki tergov va tezkor-qidiruv faoliyatida qonun ustuvorligini hamda

shaxsning huquq va erkinliklari himoyasini samarali taʼminlash toʻgʻrisida”gi 129

-son

buyrugʻi. 22.02.2016.

2. Kriminalistika. Darslik.

T. 2018.

B. 162.

3.

Уголовно

-

процессуальный кодекс Республики Казахстан от 4 июля 2014

года №231

-

V ЗРК // https://adilet.zan.kz/rus/docs/K1400000231

4. Jumladan, RFning Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Favqulodda holatlar

vazirliklari, DXX buyruqlari asosida 01.01.2006-yildan buyon jinoyatlarning yagona
hisobi ham yuritiladi.

5.

Правила приема и регистрации заявления, сообщения или рапорта об

уголовных правонарушениях, а также ведения Единого реестра досудебных
расследований. Утверждены приказом Генерального Прокурора Республики
Казахстан

от

19

сентября

2014

г.

89

//

https://adilet.zan.kz/rus/docs/V14W0009744

6.

Приказ Генерального Прокурора РК от 24 декабря 2014 года №162об

утверждении Инструкции о порядке электронного учета посетителей в
правоохранительных органах. [Электронный ресурс] –

Режим доступа.

7. Khamitovna K. M. Criminal procedural terms in the republic of Uzbekistan

//Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR).

2020.

Т. 9. –

№. 2. –

С. 280

-

287.

8.

Чурикова А.Ю. Модель деятельности прокурора, ориентированная на

профилактику нарушений уголовно

-

процессуального законодательства //

Вестник Саратовской государственной юридической академии. 2020. № 4 (135). –С.

128-134.

9.

Вилкова Т. Ю., Масленникова Л. Н. Законность и унификация в уголовном

судопроизводстве: от бланков процессуальных документов –

к электронному

уголовному делу // Вестник Пермского университета. Юридические науки. 2019.
Вып. 46. –

C. 728

751.

10.

Марковичева Е.В. Цифровая трансформация российского уголовного

судопроизводства // Правосудие/Justice. 2020. Т. 2, № 3. –

С. 86–

99.

11.

Лавнов

М.А.

Цифровизация

уголовного

судопроизводства

и

наднациональные стандарты построения правовой модели деятельности
прокурора. Юридическая наука. 2020.

-

№ 11. –

С. 82.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

326

12.

Александров

А.С.

Проблемы

теории

уголовно

-

процессуального

доказывания, которые надо решать в связи с переходом в эпоху цифровых
технологий // Судебная власть и уголовный процесс. 2018.

-

№ 2. –

С. 130–

139.

13.

Зуев С.В. Трансформация уголовного судопроизводства: перспективы и

возможные риски // Российская правовая система в условиях четвертой
промышленной революции: XVI Междунар. научно

-

практ. конф. (Кутафинские

чтения): Мат. конф. В 3 ч. Ч. 3. М.: РГ

-

Пресс, 2019. –

С. 34.

14.

Короленко И.И. Актуальные проблемы уголовного процесса. –Ростов

-

на

-

Дону. 2017. –

С. 20

15.

Головко Л.В. Цифровизация в уголовном процессе: локальная

оптимизация или глобальная революция? Вестник экономической безопасности.
2019 №1. –

С. 15

-25.

16. Khamitovna K. M. DIGITAL TERMS IN CRIMINAL PROCESS //European

International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies.

2022.

Т.

2.

№. 07. –

С. 59

-63.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining “Jinoyatchilikka qarshi kurash, surishtiruv, dastlabki tergov va tezkor-qidiruv faoliyatida qonun ustuvorligini hamda shaxsning huquq va erkinliklari himoyasini samarali taʼminlash toʻgʻrisida”gi 129-son buyrugʻi. 22.02.2016.

Kriminalistika. Darslik. – T. 2018. – B. 162.

Уголовно-процессуальный кодекс Республики Казахстан от 4 июля 2014 года №231-V ЗРК // https://adilet.zan.kz/rus/docs/K1400000231

Jumladan, RFning Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Favqulodda holatlar vazirliklari, DXX buyruqlari asosida 01.01.2006-yildan buyon jinoyatlarning yagona hisobi ham yuritiladi.

Правила приема и регистрации заявления, сообщения или рапорта об уголовных правонарушениях, а также ведения Единого реестра досудебных расследований. Утверждены приказом Генерального Прокурора Республики Казахстан от 19 сентября 2014 г. № 89 // https://adilet.zan.kz/rus/docs/V14W0009744

Приказ Генерального Прокурора РК от 24 декабря 2014 года №162об утверждении Инструкции о порядке электронного учета посетителей в правоохранительных органах. [Электронный ресурс] – Режим доступа.

Khamitovna K. M. Criminal procedural terms in the republic of Uzbekistan //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). – 2020. – Т. 9. – №. 2. – С. 280-287.

Чурикова А.Ю. Модель деятельности прокурора, ориентированная на профилактику нарушений уголовно-процессуального законодательства // Вестник Саратовской государственной юридической академии. 2020. № 4 (135). –С. 128-134.

Вилкова Т. Ю., Масленникова Л. Н. Законность и унификация в уголовном судопроизводстве: от бланков процессуальных документов – к электронному уголовному делу // Вестник Пермского университета. Юридические науки. 2019. Вып. 46. – C. 728–751.

Марковичева Е.В. Цифровая трансформация российского уголовного судопроизводства // Правосудие/Justice. 2020. Т. 2, № 3. – С. 86–99.

Лавнов М.А. Цифровизация уголовного судопроизводства и наднациональные стандарты построения правовой модели деятельности прокурора. Юридическая наука. 2020. -№ 11. – С. 82.

Александров А.С. Проблемы теории уголовно-процессуального доказывания, которые надо решать в связи с переходом в эпоху цифровых технологий // Судебная власть и уголовный процесс. 2018. -№ 2. – С. 130–139.

Зуев С.В. Трансформация уголовного судопроизводства: перспективы и возможные риски // Российская правовая система в условиях четвертой промышленной революции: XVI Междунар. научно-практ. конф. (Кутафинские чтения): Мат. конф. В 3 ч. Ч. 3. М.: РГ-Пресс, 2019. – С. 34.

Короленко И.И. Актуальные проблемы уголовного процесса. –Ростов-на-Дону. 2017. – С. 20

Головко Л.В. Цифровизация в уголовном процессе: локальная оптимизация или глобальная революция? Вестник экономической безопасности. 2019 №1. – С. 15-25.

Khamitovna K. M. DIGITAL TERMS IN CRIMINAL PROCESS //European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies. – 2022. – Т. 2. – №. 07. – С. 59-63.