Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Spirituality purifies a person spiritually
Nargiz KURBANOVA
University of Economics and Pedagogy Non-State Higher Educational Institution
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2024
Received in revised form
15 January 2024
Accepted 25 February 2024
Available online
15 March 2024
In the article, the need to understand and understand
spirituality, first of all, to understand and understand a person,
the spirituality of any nation cannot be imagined without its
history, unique customs and traditions, life values, etc. It was
explained that spiritual heritage, cultural assets, and old
historical monuments are the main factors in the formation of
spirituality.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2/S-pp113-117
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
spirituality,
ideology,
human,
society,
science,
education,
training, national idea,
spiritual heritage,
self-awareness,
globalization.
Ma’naviyat insonni ruhan poklaydi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ma’naviyat,
mafkura,
inson,
jamiyat,
fan,
ta’lim,
tarbiya,
milliy g‘oya,
ma’naviy meros,
o‘zlikni anglash,
globallashuv.
Maqolada ma’naviyatni tushunish, anglash, avvalo, insonni
tushunish, anglash keraligi, har qaysi millatning ma’naviyati
uning tarixi, o‘ziga xos urf
-
odat va an’analari, hayotiy
qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmasligi, ma’naviy
meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar
ma’naviyatni shakllantirishda asosiy omillar ekanligi yoritildi.
1
Candidate of Historical Sciences (PhD), Associate Professor, Economics and Social Sciences Department, University
of Economics and Pedagogy Non-State Higher Educational Institution.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
114
Духовность очищает человека духовно
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
духовность,
идеология,
человек,
общество,
наука,
образование,
воспитание,
национальная идея,
духовное наследие,
самосознание,
глобализация.
Статья подчеркивает важность осознания духовности,
начиная с глубокого понимания человеческой природы.
Духовность любого народа тесно связана с его историей,
уникальными обычаями и традициями, жизненными
ценностями. Автор указывает, что духовное наследие,
культурные ценности и исторические памятники являются
ключевыми элементами в формировании духовности.
Ma’naviyat insonni inson qiladigan, uning ongi va ruhiyati bilan chambarchas
bog‘langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat, millat va xalq hayotida hech narsa
bilan o‘lchab bo‘lmaydigan alohida o‘rin tutadi.
Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning
ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini
uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.
“Biz yaratayotgan yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm
g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy
qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy
tushuncha va qadriyatlariga asoslangan”, –
deb ta’kidladi Prezident Sh.
Mirziyoyev [1].
Jamiyat hayotida ma’naviyat mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy, axloqiy
qarashlarini o‘zida to‘la mujassam etadi.
Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun, avvalo, insonni tushunish, anglash kerak.
Har qaysi millatning ma’naviyati uning tarixi, o‘ziga xos urf
-
odat va an’analari, hayotiy
qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi. Ma’naviy meros, madaniy boyliklar,
ko‘hna tarixiy yodgorliklar ma’naviyatni shakllantirishda asosiy omillar bo'ladi.
Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan 4 mingdan ortiq moddiy ma’naviy obida
umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan.
“Avesto”ning tub ma’no mohiyatini ochib beruvchi “ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal”
degan tamoyili bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bilan chambarchas bog‘liq.
Xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo‘lsa “Alpomish” ana
shu dostonning shoh baytidir. Ota bobolarimizning qadimiy tasavvuriga ko‘ra, o‘q
-yoy
hokimiyat nishoni bo'lgan. Alpomish 7 yoshida 14 botmon birinchdan, ya’ni bronzadan
yasalgan yoydan o‘q otib “alp” degan unvonga ega bo’lgan. Alp degani hokim egasi
ekanini inobatga olsak, bu doston ko‘p asrlik milliy davlatchiligimizni badiiy ifodasi
ekaniga ishonch hosil qilamiz.
Alpomish timsolida biz Vatanimizni yomon ko‘zlardan, balo
-qazolardan asrashga
qodir, kerak bo‘lsa bu yo‘lda jonini ham fido qilishga tayyor bo‘lgan bugungi
Alpomishlarni ko‘ramiz.
Ma’naviyatimizning yuksalishidagi yana bir mezon muqaddas dinimizdir. Islom
konferensiya tashkilotining fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha tuzilmasi
AYSESKO tomonidan Toshkent shahri 2007-yilda Islom madaniyatining poytaxti deb
e’lon qilingan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
115
“Muhaddislar sultoni” nomini olgan Imom Buxoriyning “Al
-jome as-
sahih” asari
islom dunyosida Qur’oni Karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba hisoblanadi.
“Musulmonlar e’tiqodini tuzatuvchi” deb nom olgan Imom Motrudiy, “Din va
millatning hujjati” deb nom olgan Burxoniddin Marg‘iloniy, “Bahoviddini balogardon”
nomini olgan Baxoviddin Naqshbandiyning beqiyos mehnatlari tufayli bu xalqning
ma’naviyati shakllangan.
Yan Geveliyning 1647-
yilda nashr etilgan “Selenografiya” kitobida Oy kraterlaridan
ikkitasiga Ahmad Farg‘oniy va Mirzo Ulug‘bek nomi qo‘yilgan. J.Sarton XI asrni “Beruniy
asri” deb atagan. Ibn Sinoning “Tib qonunlari” meditsina va sog‘lom turmush tarzi degan
tushunchalarning fundamental asosi hisoblanadi.
Ma’naviyatni shakllantirishda oilaning o‘rni beqiyosdir. Shu sababli unga
bag‘ishlab “El
-
yurt tayanchi” degan yodgorlik 1998
-yilda barpo etilgan.
Ma’naviyatning yuksalishida mahallaning roli juda katta. Ma’naviyatning
shakllanishida yana bir muhim omil bu ta’lim
-tarbiya tizimidir.
“Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir,
–
dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan
ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi
–
bozor tamoyillariga
asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi
–
ajdodlarimizning boy merosi va milliy
qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat” [1].
Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab
kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur
ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har
qaysi millatning eng ezgu orzu intilishi va umid maqsadlarini o‘zimizga tasavvur
qiladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunda keng ma’noli tushunchaning mazmun mohiyatini
ifoda qilgan bo‘lamiz.
Milliy g‘oya shu yurtda yashayotgan barcha odamlaming oliyjanob niyatlari,
hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi
degan yuksak tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
Insonning eng ustuvor va muqaddas huquqlaridan biri bu tinch yashash huquqidir.
Bu huquqni amalga oshirish davlat va jamiyatni demokratlashtirishning eng muhim
shartidir.
Milliy g‘oyaning ustuvor tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy
hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi tamoyillardir.
Ma’naviyat va jamiyatning yangilanishi 1990
-yil 24-martda respublika Oliy
Kengashining birinchi sessiyasida prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi bilan
boshlangan.
Jamiyat oldida turgan dolzarb masalalar milliy madaniyatni, xalq ma’naviy
boyligini ko‘z qorachig‘iday asrash, ma’rifat va madaniyatning moddiy texnik bazasini
mustahkamlash, o‘sib kelayotgan avlodga, uning ma’naviy tarbiyasiga katta javobgarlik
hissi bilan yondashish masalasidir.
O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy,
ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. 1929
-
yilda ma’rifatparvar ziyolilarimiz
harakatlari tufayli lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi ishlab chiqilgan.
Xalqning ma’naviy yuksalishida milliy urf
-odatlar va ularning zamirida mujassam
bo‘lgan mehr
-
oqibat, insonni ulug’lash, tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va birodarlik,
muammolarni birga hal etish kabi qadriyatlar muhim rol o‘ynaydi. Millat qadriyatlarni va
ma’naviyatning yuksalib borishida tarixiy xotira masalasiga alohida e’tibor berish lozim.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
116
Globallashuv bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir.
Har bir ijtimoiy hodisarning ijobiy va salbiy tomonlari bo‘lgani singari globallashuv
jarayonining ham ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi
hamkorlik aloqalari, xorijiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin
harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko‘plab yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, ilm
-
fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlaning umuminsoniy negizda
uyg‘unlashuvi, sivilizatsiyalararo muloqot, ekologik va turli ofatlar paytida o‘zaro yordam
ko‘rsatish imkoniyatining ortishi globallashuvning ijobiy tomonlaridir.
Uning salbiy tomonlari: mafkuraviy ta’sir o‘tkazish nihoyatda o‘tkir qurol, har xil
siyosiy kuchlarning manfaatlariga xizmat qiluvchi, yovuz va zararli g‘oyalarni tez
tarqatuvchisidir. Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq
kuchga ega. Qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalarni
o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yilsa, o‘sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi.
Aksincha qayerda hushyorlik, jonkuyarlik, yuksak aql-
idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa,
o‘sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi.
Xalqaro maydonda turli siyosiy kuchlar “erkinlik va demokratiyani olg‘a siljitish”,
“ommaviy madaniyat” targ‘ib qilish niqobi ostida o‘zining siyosiy manfaatlarini amalga
oshirishga harakat qilmoqda.
“Ommaviy madaniyat”
–
axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm
g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning
an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni
yo‘qotishga qaratilgan xatarli tahdidlardir.
“Ommaviy madaniyat”ga qarshi millatimizga xos bo‘lgan uyat, or nomus kabi
tushunchalar orqali kurashish lozim.
Hozir turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir paytda fikrga qarshi fikr,
g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yosh avlodni turli ma’naviy tajovuzlardan himoya qilishda nafaqat xalqimizni
ulug‘laydigan buyuk sifatlar haqida, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadigan noma’qul odatlardan ham asrash lozim. Bular hasad, ko‘rolmaslik, loqaydlik,
beparvolik, sotqinlik, irodasizlik, befarqlik, siyosiy savodsizlikdir.
Ma’naviyatni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib borilmasa, bu faoliyat
puxta o‘ylangan tizimli ravishda tashkil etilmasa, ko‘zlangan maqsadlarga erishib
bo‘lmaydi. Buning uchun ta’lim
-tarbiya sohasidan boshlab, matbuot, televideniya, internet,
boshqa ommaviy axborot vositalari, teart, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik va
haykaltaroshlik san’atiga bo‘lgan, insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta’sir
o‘tkazadigan barcha sohalarni zamon talablari asosida kuchaytirish lozim.
Inson qalbiga yo‘l ta’lim
-tarbiyadan boshlanadi.
“Inson, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita so‘z san’ati,
ya’ni adabiyotdir.
Adabiyotni insonshunoslik, shoir va yozuvchilarni esa inson ruhining
muhandislari”, deb ta’kidlagan Birinchi Prezident I.
Karimov [2].
Agar biz O‘zbekistonni dunyoda tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug‘
kelajagini ulug‘lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo‘lsak, avvalombor,
buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak.
Abdulhamid Cho'lpon aytganidek, “Adabiyot yashasa –
millat yashaydi”. Milliy
madaniyatimizning uzviy qismi bo‘lgan teatr san’ati haqida so‘z borar ekan, buyuk
mutafakkir Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Teatr –
bu ibratxonadir” degan so‘zlarini eslash
lozim.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
117
Haykaltaroshlik san’ati orqali xalq ma’naviyatini yuksaltirish asosiy vazifalardan
biridir. Shu maqsadda 1993-yil Toshkent shahmla Amir Temur hiyoboniga
sohibqironning haykali o‘rnatildi.
Shuningdek, Farg‘onada Ahmad Farg‘oniy haykali, Urganchda Muso Xorazmiy va
Jaloliddin Manguberdi haykali, Toshkentda G’ofur G‘ulom, Abdulla Qahhor va Zulfiyaning
haykali, Navoiyda Alisher Navoiyning haykallari o‘rnatildi.
Yer yuzidagi barcha o‘lmas obidalar, insoniyat hayotini tubdan o‘zgartirib
yuborgan jamiki ulug‘ kashfiyot va ixtirolar, mumtoz san’at va adabiyot durdonalari
odamzotning aql tafakkuri, salohiyati va ma’naviy jasorati mahsulidir.
Bu yorug‘ olamda eng buyuk jasorat nima, degan savolga, hech ikkilanmasdan, eng
buyuk jasorat
–
bu ma’naviy jasorat, deb javob bersak yanglishmagan bo'lamiz.
Masalan Platonning hayot yo‘li, uning Afina shahrida Akademiya tashkil etishi
jasorat namunasi edi.
Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyati va unda xizmat qilgan olimlar ko‘rsatgan
jasorat, shu zaminda tug‘ilib kamol topgan yetuk allomalar hayot yo‘li va faoliyati eng
buyuk jasoratdir.
Nikolay Kopemik, Jordano Bruno, Galileo Galiley, Mahatma Gandi faoliyati buyuk
jasoratdir.
Urganchni bosqinchilardan himoya qilishda bayroq tutib jon bergan Najmiddin
Kubro qahramonligi, Chingizxonga qarshi mardona kurashgan Jaloliddin Manguberdining
jangovar ruhi, Amir Temuming bunyodkorlik faoliyati buyuk jasoratdir.
Xulosa qilib aytganda, har kuni, har soatda fidoyi bo‘lish, o‘zini shu vatanga
dahldorligini tushungan holda, buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay, tinimsiz
safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy yoshlar tarbiyasiga singdirish kundalik faoliyat
mezoniga aylantirish
–
haqiqiy qahramonlik, haqiqiy jasoratdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021
-yil
19-
yanvar kuni o‘tkazilgan ma’naviy
-
ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishga
bag‘ishlangan yig‘ilishi.
2.
I.Karimov. “Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch”. Toshkent: 2008, Ma’naviyat.
