Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Some issues of implementation of the institution of
prejudice in the criminal procedural legislation of the
Republic of Uzbekistan
Sarbon URALOV
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2024
Received in revised form
15 January 2024
Accepted 25 February 2024
Available online
15 March 2024
In modern philosophy, any event or object is viewed through
the prism of the unity of content and form, with form acting as a
way of expressing content. This concept is especially relevant
when analyzing evidence that cannot be considered as such
unless presented in the form required by law. The article
compares evidence with facts to determine whether a crime
was committed on their basis, whether the person is guilty of
committing it, and also examines other circumstances of the
case that affect the degree of responsibility of this person.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2/S-pp62-65
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
prejudice,
evidence,
trial,
judicial investigation,
assessment,
evidence.
Oʻzbekiston respublikasi jinoyat
-protsessual qonunchiligiga
preyuditsiya institutini joriy etishning ayrim masalalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
preyuditsiya,
dalil,
sud muhokamasi,
sud-tergovi,
baholash,
isbotlash.
Hozirgi zamon falsafa fanidagi “har qanday hodisada,
obyektda mazmun va shaklning oʻzaro
nisbati ularning birligida
ifodalanadi, shakl mazmunning ifodalanish usulidir. Bu fikr dalil
tushunchasiga nisbatan qoʻllanadigan boʻlsa, u agar maʼlumotlar
qonun talab qilgan shaklda ifodalanmasa, ish boʻyicha dalil
hisoblanishi mumkin emasligini anglatadi. Maqolada dalillarni
faktlar bilan tenglashtirib, bu faktlar asosida jinoyat sodir
etilganligi yoki etilmaganligi, jinoyatni sodir etishda u yoki bu
shaxsning aybli yoki aybsizligi hamda bu shaxsning javobgarlik
darajasiga taʼsir koʻrsatuvchi ishning bos
hqa holatlari aniqlanadi.
1
Lecturer, Department of Criminal Procedure Law, Tashkent State University of Law. E-mail: s.uralov@tsul.uz
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
63
Некоторые вопросы реализации института преюдиции в
уголовно
-
процессуальном законодательстве Республики
Узбекистан
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
преюдиция,
доказательства,
судебное разбирательство,
судебное расследование,
оценка,
доказательство.
В современной философии любое событие или предмет
рассматривается через призму единства содержания и
формы, при этом форма выступает как способ выражения
содержания. Это понятие особенно актуально при анализе
доказательств, которые не могут рассматриваться как
таковые, если не представлены в форме, требуемой
законом. В статье проводится сравнение доказательств с
фактами для определения, было ли на их основе совершено
преступление, виновно ли лицо в его совершении, а также
рассматриваются другие обстоятельства дела, влияющие
на степень ответственности этого
лица.
MDH davlatlari jinoyat-
protsessual kodekslari oʻzida isbot qilishning yangicha
qarashlarini, dalillarni baholash mezonlarini mujassam etishi hamda ushbu kodekslarda
jinoyat protsessi ishtirokchilari doirasi keng koʻlamda boʻlib, har bir holatga dalillar
yordamida alohida yondashilishi sababli MDH mamlakatlari uchun namunaviy Jinoyat-
protsessual kodeksi qabul qilindi. MDH mamlakatlari uchun namunaviy Jinoyat-protsessual
kodeksining 142-moddasiga asosan dalillarga
–
sud tomonidan qonuniy qabul qilingan
maʼlumot, undan tashqari ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarni aniqlashda yordam
beradigan hujjatlar va boshqa narsalar kirishi belgilangan edi. Ushbu tushunchaga ikkita
aniqlik kiritish lozim: birinchisi “shaxsning konstitutsiyaviy huquqlarini buzmagan holda
yoki shaxsning huquqlarini cheklagan holda, yaʼni bunda sudning ruxsati bilan qonuniy
oʻrnatilgan tartibda olingan aniq maʼlumotlar”; ikkinchisi “Jinoyat kodeksida nazarda
tutilgan jinoyatni sodir etishda shaxsning harakatlari mavjud yoki mavjud emasligi, yaʼni
jinoyat aynan ushbu shaxs tomonidan sodir etilganmi yoki yoʻqligi, aybliligi masalasi hamda
ishni mazmunan hal qilish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar” [1].
Surishtiruv va
dastlabki tergov organlarining qarorlari sudlar uchun majburiy hisoblanmaydi. Faqatgina
jinoyatga oid ariza, xabarlar tekshirilayotganda ushbu holatlar yuzasidan qaror chiqmasdan
turib, fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy sudlar mazkur masala yuzasidan yakuniy qaror
boʻlguniga qadar qaror qabul qilishlari cheklangan.
Yana shuni taʼkidlash kerakki, surishtiruv yoki dastlabki tergov organlarining
qarorlari jinoyat protsessini amalga oshiruvchi boshqa organlar uchun ham majburiy
ahamiyatga ega emas. Bu holatni preyuditsiya sifatida baholamaslik kerak.
Preyuditsiyaning zururiy sharti shuki, qarorlar faqat va faqat sud tomonidan chiqarilishi,
sud tomonidan baholanishi lozim.
MDH mamlakatlari uchun namunaviy Jinoyat-
protsessual kodeksi Oʻzbekiston
Respublikasi JPKdan ancha farq qiladi. Ushbu namunaviy kodeks qabul qilinayotgan
paytda Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining JPKni qabul qilib boʻlgan edi. Shu sababli
1996-yil 17-
fevralda MDH davlatlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan yettinchi parlamentlararo
yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi qatnashmagan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
64
Amaldagi
Oʻzbekiston
Respublikasining
Jinoyat
-protsessual
kodeksida
preyuditsiyaning shakliga oʻxshash normalar mavjud. Bundan tashqari, sudga qadar boʻlgan
bosqichda hamda sud bosqichida sud-tergov amaliyotida uchrab turgan ayrim harakatlar
preyuditsiyadan foydalanilganligi kabi koʻrinishga egaligi ham uchrab turibdi [2].
Preyuditsiya aslida qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan isbotlangan
holatlardan keyingi jinoyat ish yurituvida foydalanish tushuniladi. Buning zaruriy belgisi
hukmda oʻz tasdigʻini va isbotini topgan holatlardan guyoki dalil sifatida foydalanishni
anglash lozim.
Aytaylik, shaxs sudning hukmi bilan xavfli retsidivist deb topilgan. Aynan mana
shu shaxs jinoiy jazoni oʻtab boʻlgach, yana qaytadan yangi jinoyat sodir etsa, biroq uning
harakatlari Jinoyat kodeksining maxsus qismida nazarda tutilgan moddaning birinchi
qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak. Lekin ushbu shaxs oldingi sudning hukmi bilan
xavfli retsidivist deb topilganligi sababli uning qilmishi Jinoyat kodeksining maxsus
qismida nazarda tutilgan tegishli moddaning ogʻirroq qismi bilan kvalifikatsiya qilinishini
talab qiladi. Bunday qoidadan chekinish, ishni qayta malakalashga sabab boʻladi.
Yoki yuqori sud instansiyalari tomonidan birinchi instansiya sudining hukmlarini bekor
qilishiga ham sabab boʻla oladi. Bunday tartib
-
taomil preyuditsiyaning koʻrinishlaridan
biri ekanligini oʻzida namoyon qiladi.
Jinoyat-
protsessual kodeksiga nazar tashlasak, ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal
qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar belgilab berilgan (84-modda). Aynan
shu moddaning birinchi qismi 4-
5 bandlari preyuditsiyaning yaqqol namunalari boʻlib
xizmat qiladi. Mazkur moddaning birinchi qismi toʻrtinchi bandida “shaxsga nisbatan
aynan shu ayblov boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻlsa” deyilgan.
Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻlsa
-da, xuddi shu jinoyat uchun
jabrlanuvchidan yoki uning vakilidan takroran shikoyat arizasi tergovga qadar tekshiruv
organiga, surishtiruv yoki dastlabki tergov organiga kelib tushsa-da, uning shikoyati
JPK 84-moddaning 1-qismi 4-
bandiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad etiladi yoki
qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻlsa, jinoyat ish yurituvi tugatiladi.
Aynan mazkur masala JPK 84-moddaning 1-qismi 5-bandiga nisbatan ham tatbiq
etiladi. Yaʼni unda “shaxsga nisbatan aynan shu ayblov boʻyicha ishni tugatish haqida
sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi (qarori) yoki vakolatli mansabdor shaxsning
jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish yoxud ishni tugatish haqida bekor qilinmagan qarori
boʻlsa” deyilgan. Bu kabi normalar aslida preyuditsiyallik ahamiyatga ega hisoblanadi.
Bundan tashqari, sud hukmi bilan isbotlangan holatlardan dalillar sifatida foydalanish
amaliyoti ham mavjud. Xususan oldingi sud hukmi bilan ayblilik masalasiga doir dalillar
keyingi sud hukmini chiqarishda ham foydalanilishi mumkin boʻlgan holatlar sud
-tergov
amaliyotida uchrab turibdi. Yoki sud hukmi bilan oʻz tasdigʻini topgan holatlarga asoslanib
ish koʻrishda sudga qadar boʻlgan bosqichda ham foydalanib kelinadi [3].
Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy yoki maʼmuriy sud ish yurituvi doirasida qabul qilingan va
qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari bilan aniqlangan holatlar, basharti ularning
qonuniyligiga va maqbulligiga shubha uygʻotmasa
, sud, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi
tomonidan qoʻshimcha va takroriy tekshiruvlarsiz qabul qilinishi mumkin [4].
Aybiga iqrorlik kelishuvi asosida chiqarilgan sud qarorlaridagi holatlar
preyuditsiya sifatida tan olinmaydi. Shaxsni jinoyat sodir etganlikda ayblash boʻyicha
jinoyat ishi asosiy jinoyat ishidan ajratilgan hollarda, ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha sud
ish yurituvida asosiy jinoyat ishi boʻyicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan
aniqlangan holatlar (dalillar) qoʻshimcha tekshiruvlarsiz tan olinadi va hukm preyuditsial
ahamiyatga ega boʻladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
65
Xorijiy davlat sudi tomonidan chiqarilgan va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi
yoki qarori bilan aniqlangan holatlar Oʻzbekiston Respublikasida tergovga qadar
tekshiruv organining mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud
tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga
olinishi mumkin[5].
Xorijiy davlat sudi tomonidan chiqarilgan va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi
yoki qarori bilan aniqlangan holatlarni baholashda preyuditsiyaning qoidalariga amal
qilinishi mumkin.
Xulosa o‘rnida aytsak, d
alillarning erkinligi prinsipi orqali har qanday predmet
yoki holatni dalil sifatida qabul qilish jinoyat-
protsessual qonunchiligi boʻyicha yoʻl
qoʻyilgan boʻlsada, ularni toʻplash tartibi bir muncha murakkab. Yaʼni dalillarni toʻplash
har qanday usul bilan emas, balki qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
MDH va Yevropa davlatlari jinoyat-
protsessual qonunchiligini oʻrganish asosida
OʻzR JPKga preyuditsiya va uni qoʻllash tartibini belgilovchi normalar bilan boyitish
toʻgʻrisida xulosaga kelishimiz mumkin.
Xususan, OʻzR JPKga qonuniy kuchga kirgan sud hukmi yoxud fuqarolik, iqtisodiy
yoki maʼmuriy sud ish yurituvi doirasida qabul qilingan va qonuniy kuchga kirgan sud
qarori bilan aniqlangan holatlar, basharti ularning haqqoniyligi va maqbulligi shubha
uygʻotmasa, sud, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tomonidan qoʻshimcha va takroriy
tekshiruvlarsiz qabul qilinishiga; jinoyat sud ish yurituvida preyuditsiyani qoʻllash
chegaralariga; xorijiy davlat sudi hujjatlarining preyuditsiyasiga bagʻishlangan
qoʻshimchalar kiritilishi
maqsadga muvofiq.
Anglo-sakson hamda romano-german huquq oilasida sud qarorlarining
preyuditsiallik ahamiyatlari zamon talabidan kelib chiqib ayrim normalarni
implementatsiya qilish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Preyuditsiya sifatida isbot talab qilmaydigan holatlarni keyingi sud
muhokamalarida qoʻllash asoslarining protsessual tartibi sifatida qayd etilishi lozim.
Sudga qadar boʻlgan bosqichda dastlabki tergov hamda surishtiruv organlari
tomonidan chiqarilgan qarorlardan preyuditsiya sifatida foydalanish mumkin emasligi
xorijiy mamlakatlar tajribasi qiyosiy-tahlil qilinishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Sardorovich U. S. DYNAMICS AND CURRENT STATE OF YOUTH CRIME IN THE
REPUBLIC OF UZBEKISTAN //World Bulletin of Management and Law.
–
2024.
–
Т. 31. –
С. 9
-12.
2.
Sardorovich, Uralov Sarbon. "DYNAMICS AND CURRENT STATE OF YOUTH
CRIME IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN." World Bulletin of Management and Law 31
(2024): 9-12.
3.
Sardorovich, U. S. (2022). INFO ABSTRACT. TSUL LEGAL REPORT, 96.
4.
Sardorovich U. S. Proof-Prejudice in Criminal Proceedings. J Civil Legal Sci, an
open access journal Volume 10• Issue 11•
1000296 ISSN: 2169-0170 //Journal of Civil &
Legal Sciences.
5.
Sardorovich, Uralov Sarbon. "Prejudice in Criminal Case." Journal of Media &
Management. SRC/JMM-175. DOI: doi. org/10.47363/JMM/2022 (4) 146 (2022).
