Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The importance of speech in the development of preschool
children
Gulnoza KARIMBEGANOVA
Urgench State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2024
Received in revised form
15 January 2024
Accepted 25 February 2024
Available online
15 March 2024
Speech plays a key role in the socialization of preschool
children, contributing to their intellectual development and the
formation of a personality that will be ready for life in society. It
allows you to express your feelings and thoughts and take an
active life position. The comprehensive development of a child
is achieved through mastering the experience of humanity
accumulated over centuries, which is transmitted through
interaction with adults
–
bearers of knowledge, skills, and
cultural values. Language acts not just as a means of
communication, but also as the basis for the transmission of
human experience.
Efforts to develop speech must begin at an early age, in
preschool educational institutions. Preparing preschoolers to
communicate in the big world requires not only the attention
and work of adults but also a serious educational approach.
Education in this context acts as an eternal value that forms the
basis of humanity and creates the necessary knowledge and
skills to achieve set goals.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2/S-pp247-253
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
connected speech,
didactics,
didactic speech,
speech education,
emotional communication,
theory,
speech culture,
education,
lexicography,
orthography,
pronunciation.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishida nutq
o‘stirishning ahamiyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘
zlar:
bog‘lanishli nutq,
didaktika,
didaktik nutq,
nutqiy tarbiya,
emotsional muloqot,
Bizga ma’lumki hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi
bolalarning ijtimoiylashuvida, ma’nan kamol topishida, kelajagi
buyuk jamiyatda o‘z o‘rnini egallashida hamda o‘z hissiyotlarini
ifodalashda nutqning ahamiyati benihoyat kattadir. Bilamizki,
bolani har tomonlama rivojlantirish uning insoniyat tajribasi,
1
Student, Faculty of Pedagogy, Urgench State Pedagogical Institute.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
248
nazariya,
nutq madaniyati,
tarbiya,
leksikografiya,
imlo,
talaffuz.
bilimlari, qobiliyati va madaniyatining saqlovchisi bo‘lgan
kattalar bilan muloqoti tufayli insoniyatning ko‘p asrlik
tajribasini o‘zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi.
Bu
tajribani faqat inson muloqotining eng muhim vositasi bo‘lgan
til orqaligina berish mumkin. Bu sifatlarni bolalarda mujassam
bo‘lishi uchun talab qilinadigan muhim jihat bu kattalarning
e’tibori, mehnati hamda yosh avlodni tarbiyalash, unga
sidqidildan ta’lim
-tarbiya berishdir. Bolalarning nutqini
o‘stirish metodikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan
boshlab olib borilsa maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha
yoshdagi bolalarga nutq madaniyatini shakllantirishdan avval
ularga insonning insonligini taʼminlaydigan eng abadiy qadriyat
bo‘lgan tarbiya beramiz, ularda bilim va malakalar hosil qilamiz
va shu asnoda ko‘zlangan maqsadga erishamiz.
Значение речи в развитии детей дошкольного
возраста
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
связная речь,
дидактика,
дидактическая речь,
речевое воспитание,
эмоциональное общение,
теория,
культура речи,
воспитание,
лексикография,
орфография,
произношение.
Речь играет ключевую роль в социализации детей
дошкольного возраста, способствуя их интеллектуальному
развитию и формированию личности, которая будет готова
к жизни в обществе. Она позволяет выражать свои чувства
и мысли, занимать активную жизненную позицию.
Всестороннее развитие ребенка достигается через
освоение опыта человечества, накопленного веками,
который передается благодаря взаимодействию с
взрослыми
-
носителями знаний, умений и культурных
ценностей. Язык выступает не просто как средство
общения, но и как основа передачи человеческого опыта.
Важно, чтобы усилия по развитию речи начинались с
раннего возраста, в дошкольных образовательных
учреждениях. Подготовка дошкольников к общению в
большом мире требует не только внимания и труда
взрослых, но и серьезного образовательного подхода.
Образование в этом контексте выступает как вечная
ценность, формирующая основу человечности, создает
необходимые знания и умения для достижения
поставленных целей.
KIRISH
Kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol shaxs
qilib tarbiyalash va ta’lim berish kabi mas’uliyatli vazifa maktabgacha ta’lim tashkilotlari
vakilalari bo‘lgan tarbiyachi pedagoglar zimmasiga yuklatilgan. Tarbiyachilardan talab
qilinadigan vazifalardan biri har bir mashg‘ulot va faoliyatlarni zamonaviy tarzda,
interfaol metodlardan foydalanilgan holda, qiziqarli va turli xil o‘yin va o‘yinli
texnologiyalardan foydalanib tashkil qilishdir.
Ushbu jarayon ta’lim va tarbiyada yuqori
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
249
natijaga erishishni ta’minlaydi. Davlatimiz rahbari ham bugungi kunda ta’lim tizimida
islohotlarni keng ma’noda maktabgacha ta’lim sohasidan boshlashga katta e’tibor
qaratmoqdalar. Buning sababi, bolalarga berilgan bilim, malaka, ko‘nikmalarni ko‘p
qismini ya’ni 70%dan ko‘prog‘ini maktabgacha yosh davrida oladi. Shuningdek hozirda
jamiyatimiz a’zolari bilan sodir bo‘layotgan muammolarning yechimini ham bolalarga
maktabgacha yosh mobaynida beriladigan bilim, ma’lumot, malaka, ko‘nikmalarni to‘gri
va tizimli berilishdadir. Buni biz hozir maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini
ostirish misolida ko‘rib chiqamiz.
Nutq haqida gap ketar ekan, avvalo, nutq madaniyat
nimaligini bilib olishimiz kerak. Nutq madaniyati avvalo, to`g`ri va adabiy til me`yorlariga
amal qilgan holda so`zlashdir. Nutq madaniyatining yuqori darajasi madaniyatli kishining
ajralmas xususiyati hisoblanadi. Nutqimizni yaxshilash har birimizning vazifamiz
hisoblanadi. Buning uchun bolalarni talaffuzida, so‘z shakllaridan foydalanishda,
jumlalarni tuzishda xato qilmasliklari uchun nutqini kuzatib borish zarur. Nutq
madaniyati til ilmining nisbatan yosh bo‘lgan sohasi hisoblanadi. Ushbu fanning mustaqil
bo‘limi sifatida, u mamlakatimizda yuz bergan tub ijtimoiy o‘zgarishlar ta’siri ostida
shakllandi. Faol ijtimoiy faoliyatga keng odamlarni jalb qilish ularning nutq madaniyatini
oshirishga e’tiborni kuchaytirishni talab qildi. Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u
jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas bogʻliq holda
taraqqiy etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib,
sayqallashib, nutq madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvofiq holda takomillashib
boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio,
televideniye va davriy matbuotning alohida oʻrni mavjud. Ayniqsa, adabiy tilni
meʼyorlashtirish va nutq madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan,
izohli, imlo, talaffuz, oʻquv va boshqa maxsus lugʻatlar muhim ahamiyatga ega.
Til tafakkur bilan monand bog‘langan holda ongni shakllantiruvchi vosita sanaladi.
Nutq va tafakkur o‘rtasidagi bog‘liqlik nafaqat psixologik
jarayonlarning chuqur
bosqichlarida, balki ijtimoiy hodisalar darajasida ham aniq namoyon bo‘ladi. So‘zning
insonga, uning xulq-
atvoriga ko‘rsatadigan ta’siri barchaga yaxshi ma’lum. “Garchi til bilan
tafakkur bir-
birisiz yashay olmasa ham ular o‘zida aynan bir hodisani
ifodalamaydi.
Tafakkur
–
obyektiv borliqning intihosi, til esa
–
ifoda usuli, fikrni boshqa kishilarga berish
va mustahkamlash vositasi. So‘z
bilan tushuncha dialogik tarzda bir-
birini taqozo etadi”
.
Nutqni rivojlantirishga oid tevarak-atrof manbalari:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
250
Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof obyektlari
(kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar,
o‘simliklar olami, suv osti dunyosi)
to‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda
kengaytira borish talab etiladi.
Nutqni rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat tevarak-atrof
obyektlari ustida oddiy mushohadalar uchun, balki ularni o‘rganish uchun ham sayrlar,
sayohatlar o‘tkazish muhimdir.
Shu o‘rinda tevarak
-
atrof obyektlarini o‘rganishda
nimalarga erishish mumkinligini aniqlab olishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun,
avvalo,
nutq o‘stirishga oid tevarak
-
atrof manbalarining o‘zini guruhlashtirish taqozo etiladi.
Tevarak-
atrofni o‘rganishda bolalar shunchaki kuzatmasliklari, balki predmetlarni
ularning qismlarini, elementlarini ko‘rib, jarayonlar va hodisalarni idrok
eta borib, ular
to‘g‘risida mulohaza yuritishlari ham muhimdir. Bunga erishish uchun tarbiyachi
pedagog zimmasiga qiyoslash, taqqoslash, ajratish, umumlashtirish, tahlil qilish va
boshqa shu kabi usullardan foydalanish
vazifasi yuklatiladi. Bundan tashqari, o‘rganish
jarayonida maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mehnatning ular uchun qulay bo‘lgan
turlari, masalan; ariqchalarni tozalash, daraxtlar tagini yumshatish, gullarni parvarish
qilishga jalb qilish muhimdir. Bunday yondashuv shu bilan
bog‘liqki, inson biron narsani
o‘z qo‘li bilan bajarsa, uni ko‘proq va
to‘laroq esda saqlaydi. Mazkur usul bilan
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqidagi kamchiliklar narsa
-
predmetlarning nomlarini so‘zma
-
so‘z va eslash orqali to‘ldiriladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ko‘p jihatdan quyidagi
narsalarning to‘g‘ri hal etilishiga bog‘liq:
–
Nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar (tarbiyachi va ota-onalarning
ma’lum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga o‘qib
yoki aytib beriladigan ertaklar,
qo‘shiqlar, hikoyalar);
–
Ta’limning didaktik materiallarni o‘zlashtirish uchun foydalaniladigan metod va
usullari;
–
Ta’limni tashkil etish ya’ni tevarak
-
atrof obyektlarini saralash, shunga bog‘liq
nutq o‘stirishni rejalashtirish.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning nutqini ostirishda, nutq
madaniyatini shakllantirishda tarbiyachilar tashkil qiladigan ishlar avvalo o‘quv
dasturiga asoslangan holatda olib boriladi va faoliyat mashg‘ulotlari jarayonida buyuk
alloma bobokalonlarimiz fikrlari hamda asarlaridan foydalanilgan holatda
Hayvonot va
o
ʻ
simlik dunyosi
Inson mehnatiga oid
ish qurollari va
texnika vositalari
tevarak-atrofdagi
narsa, predmetlar
O
ʻ
yinchoqlar,
sur'atlar va badiiy
asarlar
Xalq xojaligi
tarmoqlari( binolar,
inshootlar, tarixiy
joylar)
Tevarak -atrofda
kechadigan voqea-
hodisalar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
251
tashkillashtiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutq malakalarini shakllantirish
ishlarini olib borish davrida tarbiyachi pedagoglar Sharq va G‘arb mutafakkir,
olimlarning quyidagi fikr va asrlardan foydalanishlari mumkin:
Rus pedagogi K.D. Ushinskiy rus burjuademokratik pedagogikasi, xususan,
maktabgacha pedagogikaning asoschisi hisoblanadi. U bolalarni maktabgacha tarbiyalash
nazariyasi va amaliyoti masalalarini boshlang‘ich ta’lim muammosi bilan bog‘lagan.
Ushinskiy pedagogika tizimining asosiy yetakchi g‘oyasi xalqona
tarbiya g‘oyasi
hisoblanadi, bunda u har bir xalqning u yashaydigan va mehnat qiladigan tarixiy, tabiiy
shart-
sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xosligini tushunadi. Ushinskiy ona tili –
xalqonalikning eng yaxshi ifodasi deb tan olgan hamda ta’lim va tarbiya ishida ona tili
asosiy o‘rinni egallashi lozim, deb hisoblagan. Ona tilining bola ruhiy kuchlarini har
tomonlama rivojlantirish, til mohiyati va uning vujudga kelishining bosh manbai ekanligi
haqidagi ta’limot K.D.
Ushinskiy pedagogik ta’limotida markaziy o‘rinlardan birini
egallaydi hamda uning metodik tizimini tushunish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
K.D.
Ushinskiy ona tilini birlamchi o‘qitishning uchta asosiy maqsadlarini shakllantirgan:
I.
So‘z imkoniyatlarini rivojlantirish;
II.
Bolaga fikrni ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllaridan foydalanishni
o‘rgatish, bolalarni ona tilining boyliklarini egallashga jalb qilish.
III.
Til qonunlarini, uning grammatikasini o‘rganish.
Nutqqa taalluqli bo‘lgan boshqa bir g‘oyani
buyuk slavyan pedagogi Komenskiy
ona
tilini o‘qitish, ona tilida o‘rgatishni talab qilish shaklida ifodalagan. Maktabgacha
yoshda ona tilini o‘rgatish, Komenskiy xulosasiga ko‘ra, –
bu eng avvalo bola hayotining
birinchi yilidan
boshlab nutqni rivojlantirish, bo‘g‘inlar va so‘zlarni aniq talaffuz qilish,
gaplarni sintaktik jihatdan to‘g‘ri tuzish, narsalarning nomini to‘g‘ri aytish va mos fikr
bildirishdan iborat. Ushbu maqsadda Komenskiy ota-onalarga bolalar bilan muloqot
qilishda narsalar nomlarini va so‘zlarni buzmasdan, to‘g‘ri aytish, bolalarga talaffuzi qiyin
bo‘lgan va nisbatan uzun so‘zlarni
aytishni mashq qildirish va buning uchun o‘yin
uslubidan foydalanishni maslahat beradi. Komenskiyning xizmati shundan iboratki, u
pedagoglar ichidan birinchilardan bo‘lib bola nutqini rivojlantirishda, uning ona tilini
butun go‘zalligi va milliy
xususiyatlari bilan birgalikda o‘zlashtirib olishida she’riyat,
ertaklar, maqollar va matallar, tez aytishlarning tutgan o‘rniga
birinchi bo‘lib e’tiborni
qaratdi. Gapirishni boshlayotgan bolalar kattalar nutqini tushunishlari uchun ular
so‘zlovchining
yuzini va uning qo‘l harakatlarini ko‘rishlari, uning savollarini
tushunishlari va to‘g‘ri javob berishlari darkor, deb yozgan edi
Komenskiy.
Yuqorida biz olim va allomalarning fikrlari va dastur bo‘yicha tashkil qilinadigan
faoliyatlarni turli xil metod va qiziqarli o‘yinlarga asoslangan holda tashkillashtirsak
bolalar biz o‘rgatmoqchi bo‘lgan bilimlarni osonroq o‘rganib olishadi. Maktabgacha ta’lim
tashkilotida muhim vazifalardan biri bolalarga faqatgina, tarbiya berish emas, balki
ularni
ma’nan ozuqa olish o‘zi mustaqil
sozlash va mustaqil fikrlash
ga o‘rgatish, yanada
samarali jihati ota-onalarning bolalar bilan birgalikda ishlashda ishtirok etishi
maktabgacha yoshdagi bolalarning vazifaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, oila
a’zolari o‘rtasida ijobiy munosabat o‘rnatishga,
yuqori muloqot sifatini shakllantirishga,
ularni hissiy jihatdan yaqinlashtirishga va kattalar orasida ham nutqiy madaniyatni
shakllantirishga yordam beradi. Asosiy tomoni shundaki, ota-onalarni bunday faoliyatga
qiziqtirish, ularga shaxsan muhim
bo‘lgan nutq ko‘nikmalari haqidagi ma’lumotlarni
taqdim etish lozimdir. Tarbiyalanuvchilarda nutqni rivojlantirish, nutqiy madaniyat,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
252
nutqiy salohiyat
tuyg‘usini yaratish bevosita atrof
-
muhitni o‘rgatish bilan aloqadordir.
Pedagogik izlanishlar natijasida tarbiyalanuvchilarda kommunikativ sifatlarni
shakllantirishning metodlari, usul va uslublari aniqlangan
. Nutq o‘stirish bo‘yicha aniq
maqsadga qaratilmagan mashqlar bolalarning bog‘lanishli nutqini o‘stirishga ijobiy ta’sir
ko‘rsata olmasligi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va ularga
ona tilini o‘rgatish sohasidagi psixo
-pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi
xulosalarga kelish imkonini beradi:
•
Nutqni rivojlantirish
–
bu bolaning individual rivojlanishida markaziy o‘rinni
egallovchi ijtimoiy-
tarixiy tajribani o‘zlashtirishiga oid o‘ta murakkab va ko‘p omilli
jarayondir.
•
Bu stixiyali jarayon emas, balki pedagogik rahbarlikni taklif qiluvchi ijodiy
jarayon hisoblanadi.
•
Bolaning nutqiy rivojlanish jarayonini boshqaruvchi pedagog ushbu jarayon
qonuniyatlari, mexanizmlari va uning turli yosh bosqichlaridagi xususiyatlarini bilishi,
nutqiy rivojlanishning individual xususiyatlarini ko‘ra bilishi va bolaning o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda uning nutqiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishning eng
samarali yo‘llarini tanlashi shart. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish
ko‘p jihatdan quyidagi metodlarning to‘g‘ri hal etish bilan bog‘liq:
–
Nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar tarkibiga ota-onalar,
tarbiyachining maʼlum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga o‘qib yoki aytib beriladigan
ertak, sheʼr, qo‘shiqlar, hikoyalar muntazam kiritilishi;
–
Taʼlimning didaktik materiallarni foydalanadigan tarzda zamonaviy tashkil
etilishi;
–
Taʼlimiy o‘yinlarda bolalarning faol nutqiy muloqotda bo‘lishini taʼminlash.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuqorida ta’kidlab o‘tilgan metod, usul hamda
uslublardan keng miqyosda foydalaniladi va ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishiladi.
Buning sababi juda oddiy, chunki har qanday bilim takrorlashning mevasidir. Bolalar
bilan takrorlash ishlari nihoyatda qiziqarli tarzda tashkillashtirilishi kerak, ularning
diqqat e’tiborini biz qiziqarli bolalar faolligini ta’minlovchi metodlar bilan jalb qila
olamiz. Bolalarga nutqini rivojlantirishda foydalanadigan nutqni rivojlantirishga doir
didaktik materiallar to‘plash, taʼlimni didaktik materiallar bilan tashkil qilish,
mashg‘ulotlarni taʼlimiy o‘yinlar asosida olib borish
kabi bir-biridan qiziqarli metodlar
faoliyatni samarali tashkil qilinganini ko‘rsatadi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Ushbu maqolada nutqiy faoliyatni shakllantirish jarayoni va uning qanday
ahamiyatliligini ko‘rib chiqdik va bir shaklda nutqiy madaniyat nimaga zarurligini bilib
oldik. Sababi bugungi kunda turli xil muammolar, bolalar va ota-onalar o
‘
rtasida
tushunmovchiliklar, qolaversa, atrofdagilar bilan o
‘
zaro muloqot-munosabatning keskin
buzilishi nutqimiz boyliklaridan samarali foydalanmasligimizni hamda yuqorida
ta’kidlangan barcha sifatlarning kattalarda bo‘
lmasligidadir . Agar biz shu vaziyatlarni
oldini olmas ekanmiz, ushbu vaziyat yana ham tang ahvolda qolaveradi. Bugungi paytda
ushbu muammolarni va yechimni tatbiq etish uchun keng ko
‘
lamli islohotlar olib
borilmoqda. Bu ishlar bolalarga ilk maktab yosh davridan boshlab singdirilishi kerak.
Ya’ni ona tilimizga qiziqish uyg‘
otish, lug
‘
at boyliklarini oshirish, nutq o
‘
stirish
mashg
‘
ulotlarini to
‘
g
‘
ri va samarali tashkil qilish qilish, zamonaviy innavatsion
texnologiyalardan foydalanish, har bir bola bilan individual tarzda shug
‘
ullanish, ularni
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
253
yosh xususiyatlarini inobatga olish va shu birga milliy urf-
odat hamda an’analarimizga
hurmat hissi bilan tarbiyalash biz kattalarning zimmasidadir. Albatta ushbu jarayonlar
kun davomida va faoliyatda amalga oshirildi va bunga misol qilib maktabgacha ta’lim
tashkilotida, ko
‘
chada, uyda qanday so
‘
zlashish, nutq o
‘
stirish mashg
‘
ulotlarida faol
ishtirok etish, ravon nutq malakalarini egallash, badiiy kitoblar o
‘
qib berish va
sahnalashtirish, tengdoshlar va kattalar bilan to
‘
g
‘
ri muloqot o
‘
rnatish kabilarni
aytishimiz mumkin. Shuningdek, guruhda bolalardan navbatchilik tashkil qilinsa ham
ularda mehnat tarbiyasi, aqliy tarbiya, ham estetik va jismoniy tarbiya kommunikativ
sifatlar, sensortarbiya, hissiy rivojlanishlar bir varakayiga shakllanadi. Yuqorida keltirib
o
‘
tilgan barcha ko
‘
nikmalarni maktabgacha yoshdan shakllantirsak ko
‘
zlangan maqsadga
erishgan bo
‘
lamiz. Yurtimiz kelajagi bo
‘
lgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimizni
ulug
‘
laydigan, ona tiliga muhabbat tuyg
‘
usida tarbiyalash har bir ota-ona va pedagog
tarbiyachilarning maqsadli vazifasi hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to
‘
g
‘risida”gi PQ–
361-sonli qarori
–
T: 2018-yil
9-sentyabr.
2.
Sh.A. Sodiqova “Maktabgacha pedagogika” Fan va texnologiya. T.2017
-yil.
3.
R.Safarova va boshqalar. Savod o‘rgatish darslari.
-T.:Manaviyat, 2003.
4.
D.F. Xalilova “Bo‘lajak tarbiyachilrning pedagogik faoliyatiga kreativ yondashuv.”
PEDAGOGS Jurnal, 7(1),172-175.Retrieved from http://www.pedagoglar.uz/index/.php
ped article/viev/46.
