Авторы

  • Хулкар Сафарова
    Старший преподаватель, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2/S-pp74-83

Ключевые слова:

право личности на здоровье здоровый образ жизни охрана здоровья право на медицинскую помощь неотложная медицинская помощь организация здравоохранения пациент система здравоохранения право на здоровье

Аннотация

В статье анализируется роль права человека на здоровье в системе социальных прав на основе универсальных международно-правовых документов и национальных правовых документов. На основе анализа вопросов, связанных с обеспечением права человека на здоровье, выдвинуты выводы и рекомендации.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The role of a person

s right to health in the system of

social rights

Khulkar SAFAROVA

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2024

Received in revised form

15 January 2024
Accepted 25 February 2024

Available online

15 March 2024

The article analyzes the role of a person

s right to health in

the system of social rights based on universal international legal

documents and national legal documents. Conclusions and

recommendations have been put forward based on the analysis

of issues related to ensuring the right of a person to health.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2/S-pp74-83

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Individual

s right to health,

healthy lifestyle,

health care,

right to medical care,

emergency medical care,
health care organization,
patient,

health care system,

the right to health.

Ijtimoiy huquqlar tizimida shaxsning sog‘liqqa bo‘lgan
huquqining tutgan o‘rni

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

shaxsning sog‘liqqa bo‘lgan

huquqi,

sog‘lom turmush tarzi,
sog‘liqni saqlash,

tibbiy yordam olish huquqi,

kechiktirib bo‘lmaydigan

tibbiy yordam,

sog‘liqni saqlash tashkiloti,

bemor,

sog‘liqni saqlash tizimi,

sog‘liqqa bo‘lgan huquq.

Maqolada

shaxsning sog‘liqqa bo‘lgan huquqi ijtimoiy

huquqlari tizimida tutgan o‘rni universal xalqaro huquqiy

hujjatlar va milliy qonun hujjatlari asosida tahlil etilgan.

Shaxsning sog‘liqqa bo‘lgan huquqini ta’minlash borasidagi

mummolar tahlili asosida xulosa va tavsiyalar ilgari surilgan.

1

Senior teacher, Tashkent State University of Law.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2024) / ISSN 2181-1415

75

Роль права человека на здоровье в системе
социальных прав

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

право личности на
здоровье,

здоровый образ жизни,
охрана здоровья,

право на медицинскую

помощь,

неотложная медицинская
помощь,

организация

здравоохранения,
пациент,

система здравоохранения,

право на здоровье.

В статье анализируется роль права человека на здоровье

в системе социальных прав на основе универсальных

международно

-

правовых документов и национальных

правовых документов. На основе анализа вопросов,

связанных с обеспечением права человека на здоровье,
выдвинуты выводы и рекомендации.


Shaxsning

sog‘liqqa bo‘lgan huquqini ta’minlash eng muhim hisoblangan shaxsning

yashash huquqi bilan bevosita bog‘liqdir. Dunyoda yuz berayotgan jarayonlar sog‘liqni
saqlashni ta’minlash milliy havfsizlik darajasiga ko‘tarilganini qayd etish mumkin.

Jahon Sog‘liqni Saqlash

Tashkiloti (JSST)ning Ustaviga binoan “Sog‘liqni Saqlash

bu nafaqat kasalliklar va jismoniy nuqsonlarning yo‘qligi, balki jismoniy, aqliy va ijtimoiy
farovonlikning holati. Sog‘liqni Saqlashning eng yuqori darajasidan foydalanish har bir
insonning irqi, dini, siyosiy qarashlari, iqtisodiy yoki ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar,

asosiy huquqlaridan biridir. Barcha xalqlarning salomatligi tinshlik va xavfsizlikka

erishishning asosiy omili bo‘lib, alohida shaxslar va davlatlarning to‘liq hamkorligiga
bog‘liqdir”

[1].

Umuman olganda, JSST Ustavida berilgan sog‘liqqa bo‘lgan huquqning ta’rifi

Sog‘liqni Saqlash

huquqining xalqaro maydonga chiqichiga xizmat qildi.

Inson huquqlari umumjaxon deklarasiyada belgilangan “inson o‘zining hamda

oilasining salomatligi va farovonligini ta’minlash” huquqi “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
huquqlar to‘g‘risida”gi Xalqaro paktning 12

-

moddasida mustahkamlangan. Unga ko‘ra:

“1.

Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kichining jismoniy va ruhiy

salomatlik jihatdan oliy darajaga etishi huquqini e’tirof etadi.

2.

Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ko‘richi kerak bulgan choralar quyidagi

ishlar uchun zarur tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

a)

o‘lik go‘daklar tug‘ilichini va bolalar o‘limini qisqartirish hamda bolalarning

sog‘lom rivojlanishini ta’minlash;

b) tashqi muhitning hamma jihatlarini va sanoatda mehnat gigienasini yaxshilash;
v) yuqumli, endemik, kasbiy va boshqa kasalliklarni oldini olish, davolash hamda

ularga qarshi kurashish;

g) kasal bo‘lgan hollarda hammaga tibbiy yordam ko‘rsatish va tibbiy parvarishni

ta’minlaydigan sharoit yaratish” [2].

Shunday qilib, Iqtisodiy,

“Ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida”

gi Xalqaro

paktda insonning sog‘liqqa bo‘lgan huquqi alohida maqomdagi ajralmas huquq sifatida
tan olingan bo‘lib, kelgusi mintaqaviy va xalqaro hujjatlar uchun asos vazifasini bajardi va


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2024) / ISSN 2181-1415

76

O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

1995-yil 31-avgustdagi 126-I-

sonli “1966 yil 16 dekabrdagi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy

huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga qo‘shilish haqida”gi qaroriga asosan qo‘shilgan.

“Sog‘lig‘ini muhofaza qilishga bo‘lgan huquq” tushunshasi o‘zining quyidagi

ustuvorliklari evaziga hozirgi kunda dunyo qonunchiligida kengroq qo‘llanilmoqda:

1) atama xalqaro hujjatlar va bitimlar stilistikasi nuqtai nazaridan shakllantirilgan;

2) xalqaro hamjamiyat tomonidan keng miqyosda qo‘llanilgan; 3) u faqatgina tibbiy

xizmatdan foydalanishni emas, balki bir qator Sog‘liqni ularsiz himoya qilib bo‘lmaydigan

shartlarni ta’minlashni ham o‘zida qamrab oladi. Shunday shartlardan biri esa yaroqli

ichimlik suviga, sog‘lom atrof

-

muhitga ega bo‘lishdan iborat [3].

Sifatli tibbiy yordam tushunchasi o‘z ichiga tibbiy yordamning o‘z vaqtida

ko‘rsatilishini, tibbiy yordam ko‘rsatishda profilaktika, diagnostika, davolash va reabilitasiya

usullarini to‘g‘ri tanlash, davolash jarayonida rejalashtirilgan natijaga erishish darajasiga

qanchalik erishilganlikni aks ettiruvchi xususiyalar majmuini anglatadi.

Aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand bo‘la olishi prinsipini

amalga oshirish bo‘yicha vazirlar kengashining “Tibbiy yordam ko‘rsatishdan umumiy

foydalanish to‘g‘risida”gi R(86) 5

-

son tavsiyalariga ko‘ra, davlatlar tomonidan nafaqat

barcha shaxslarga tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatini yaratish, balki tibbiy yordam

olishning moliyaviy jihatdan barcha uchun maqbul shaklda tashkil qilish zarur [4].

O‘zbekiston Respublikasi “

F

uqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra

d

avlat yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi,

shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar fuqarolarning sog‘lig‘i saqlanishini ta’minlaydi.

Davlat fuqarolarda kasalliklarning har qanday shakllari borligidan qat’i nazar, ularning

kamsitishlardan himoya qilinish

ini kafolatlaydi. Ushbu qoidani buzishda aybdor bo‘lgan

shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar (13

-modda). Shu bilan ushbu

qonunga ko‘ra fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir qiluvchi omillar haqida ma’lumot olish

(15-modda), tibbiy ijtimoiy yordam olish (16-

modda), tibbiy ko‘rikdan o‘tish

(17-modda), oilaviy shifokor tanlash (18-modda), harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi

asosida harbiy xizmatdan muddatidan ilgari bo‘shatilish huquqiga (20

-modda) va

sanitariya-

gigiena talablariga javob beradigan sharoitda tekshiruvdan o‘tish, davolanish

va parvarish qilinish, tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganligi, sog‘lig‘ining holati,

qo‘yilgan tashxis to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda uni tekshirish va davolash chog‘ida

olingan boshqa ma’lumotlar sir saqlanishi, tibbiy aralashuvga o‘z ixtiyori bilan rozilik

berish yoki uni rad etish; sug‘urta turlaridan foydalanish (20

-modda) kabi huquqlarga

ega. Ushbu qonunga ko‘ra huquqlari buzilgan taqdirda bemor yoki uning qonuniy vakili

bevosita davolash-profilaktika muassasasining rahbari yoki boshqa mansabdor shaxsiga,

yuqori boshqaruv organiga yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin.

Konstitusiyada belgilangandek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy

yordamning qonunda belgilangan hamda tez va shoshilinch tibbiy yordamni ham o‘z

ichiga oladigan kafolatlangan hajmini bepul olishga haqlidir. Xususan, yuqumli kasalliklar

tarqalganda aholini sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tez va shoshilinch tibbiy xizmat faoliyatini

tashkil qilishning konstitusiyaviy asoslarini mustahkamlash fuqarolarning malakali

tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatining ajralmas qismidir.

Aholining tez tibbiy yordam xizmatiga murojaatlari yil sayin oshib borayotganligini

statistik ma’lumotlar ham ko‘rsatadi.

Masalan, 2016-yilda chaqiriqlar soni 7,2 millionni

tashkil qilgan bo‘lsa, 2017

-yilda

8,7 million. 2018-

yilda esa 9,8 millionga etgan bo‘lsa,

2019-yilda 10,2 mln, 2020-

yilni 5 oyining o‘zida 7,5 mln. 2022

-yilning yanvar

iyun

oylarida 6 mln 245 ming 280 tani tashkil qiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2024) / ISSN 2181-1415

77

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi RQ

3494-son

qaroriga muvofiq shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam mulkiy shakli va

boshqaruvidan qat’i nazar barcha tibbiyot muassasalarida aholiga bepul ko‘rsatiladi,

hayot uchun xavf tug‘diruvchi holatlarda tibbiyot muassasalariga shoshilinch tibbiy

yordam so‘rab murojaat qilgan shaxslarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni rad etish

ta’qiqlanadi.

Bugungi kunda xususiy shifoxonalarda ham ushbu tibbiy xizmatni bepul

ko‘rsatilishi belgilangan.

Shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam tushunchalari Vazirlar

Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 832-

son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston

Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning

kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilab

qo‘yilgan.

Ushbu hujjatga ko‘ra,

kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam

bemor hayotiga

xavf soladigan aniq belgilari bo‘lmagan to‘satdan kuchli kasalliklarda, holatlarda va

surunkali kasalliklar kuchayganda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam turi;

shoshilinch tibbiy

yordam

kasalliklarga chalinganda, baxtsiz hodisalar yuz berganda, jarohat olganda,

zaharlanganda va tez tibbiy aralashuv har qanday sharoitda ko‘rsatilichini talab qiladigan

boshqa holatlarda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam turidir. Bizning ijtimoiy davlatda

bugungi kunda bunday tibbiy yordam turlari barchaga, xususan fuqaroligidan qat’iy

nazar teng hamda bepul ko‘rsatiladi.

Ushbu ikki elementning, shu bilan bir qatorda qonunchilikda belgilangan

kafolatlangan tibbiy yordamni bepul asosda ko‘rsatilishining O‘zbekiston Respublikasi

Konstitusiyasida belgilab berilishi barcha ijtimoiy qatlam vakillarining sog‘liqqa bo‘lgan

huquqini ta’minlashga xizmat qiladi, bu esa o‘z navbatida sog‘lom millatni

shakllantirishning bosh omili sanaladi.

2023-

yil qabul qilingan Konstitusiyaga davlat sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy

va boshqa tizimlarini rivojlantirish, sanitariya-

epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash,

tibbiy sug‘urtaning turli shakllarini rivojlantirish uchun shart

-sharoitlar yaratishi,

barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq atrof-muhitni muhofaza qilish, xususan, Davlat

Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, uni ijtimoiy, iqtisodiy

jihatdan barqaror rivojlantirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishiga oid normalarning

kiritilishi uning davlat oldida turgan vazifasi sifatida naqadar dolzarbligini belgilab

beradi.

Ma’lumot uchun:

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra,

2023-yilning yanvar-

iyul oylarida respublikamizda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar

ko‘rsatish sohasida 858 ta yangi korxonalar tashkil etilgan

[5].

R. Magnusson o‘zining “Advancing the right to health: the vital role of law” nomli

kitobida qayd etilishisha davlatlar insonning sog‘liqni saqlash huquqini ta’minlash uchun

eng avvalo, quyidagilar fundamental vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi zarur:

zamonaviy boshqaruv va liderlik (bu element o‘z ichiga to‘g‘ri stategik rivojlantirish,

sohadagi Qonunchilik, boshqaruv tuzilmalarini qamrab oladi); sog‘liqni saqlash

sohasidagi axborot va uni shaffofligi (jamiyatda sog‘liqni saqlash sohasidagi

axborotlarning ochiqligi, ularning tahlili, ularni to‘rlash va xalqqa e’lon qilib borish

tizimi); sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish (samarali moliyaviy ta’minot tizimi,

aholining barcha qatlamlariga mos keluvchi tibbiy xizmatlar uchun narx siyosati,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2024) / ISSN 2181-1415

78

moliyaviy to‘siqlarni mavjud emasligi); sog‘liqni saqlash sohasida kadrlar siyosati

(amaliy va nazariy tajribaga ega kadrlar, ularni tanlash va o‘qitish, qayta malakasini

oshirish, rag‘batlantirish tizimi); tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishning hammabopligi (tibbiy

xizmat sifati, uning ixtisoslashuvi, kasalliklarni oldini olish va jamoat sog‘lig‘ini saqlash

tizimini boshqarish); dori va texnologik vositalar bilan ta’minlanganlik (dori vositalarini

yaratish texnologiyasi, zamonaviy tibbiy uskunalarni ishlab chiqarish yoki ta’minoti,

vaksina va nanotexnologiyalarni mavjudligi). R.Magnusson e’tirof etgan davlatning bir

qator vazifalari qatorida sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlarini

rivojlantirish, sanitariya-

epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, tibbiy sug‘urtaning

turli shakllarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va atrof-muhitni muhofaza

qilish kabilarni ko‘rish mumkin.

Hozirgi kunda ma’lumki, ekologiyaning buzilishi insonlarning sog‘lig‘iga ham

bevosita yomon ta’sir ko‘rsatmoqda, turli xil yangi kasalliklarning kelib chiqishinining
bosh sababi bo‘lib qolmoqda.

Ma’lumot uchun: 17 may kuni The Lanset Planetary Health jurnalida e’lon qilingan

global o‘lim va atrof

-

muhitning ifloslanishiga oid tadqiqotga ko‘ra, har yili 9 millionga

yaqin odam havo, turroq va suv

ifloslanishidan nobud bo‘ladi.Tadqiqotchilar ifloslanishni

kasallik va erta o‘lim bo‘yicha dunyodagi eng katta ekologik xavf omili deb atadi.

Olimlarning hisob-

kitoblariga ko‘ra, har yili dunyoda har oltinchi o‘limga shu sabab bo‘ladi.

Tadqiqot natijalaridan yana shuni ko‘rishimiz mumkinki, ushbu havf yildan yilga

kasallikka chalinishning yosharib borishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Shu sababli

ushbu yangi konstitusiyaviy normalar Davlatimiz oldiga asosiy qonun darajasida bir

qator majburiyatlarni qo‘yish orqali sog‘liqni saqlash tizimida mavjud muammolarni xal

etishga erishish imkoniyatini beradi.

Uchinchi ming yillikning boshlanishi muhim ikkita tamoyil bilan xarakterlanadi.

Birinchidan, hozirgi sivilizasiya global ekologik muammolar (iqlim o‘

zgarishi, ozon

qatlamining emirilishi, ichimlik suvining ifloslanishi va etishmasligi, o‘rmon va

tuproqning inqirozi, bioxilma-xillikning qisqarishi, ortiqcha hajmdagi chiqindilarning

hosil bo‘lishi hamda ularni zararsizlantirish muammolari va boshqalar) bilan to‘qnash

keldi.

Ikkinchidan, dunyoda ekologik vaziyat jadal sur’atlarda o‘zgarib bormoqda.

Shuning uchun kechagi mezonlar bilan ertangi istiqbolni baholab bo‘lmaydi. Bu kabi
muammolar O‘zbekiston uchun ham xosdir.

Insonning sog‘lig‘ini saqlashda tibbiy sug‘urtaning o‘z roli bor. O‘zbekistonda tibbiy

sug‘urta bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilayotganligini qayd etib o‘tish joiz. Xususan,

2021-yildan boshlab bosqichma-

bosqich majburiy tibbiy sug‘urta joriy etilishi nazarda

tutilgan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Ppezidentining 2018

-yil 7-dekabrdagi

“O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha

kompleks chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xususan, 2021-yildan boshlab bosqichma-

bosqich majburiy tibbiy sug‘urta joriy etilishi

nazarda tutilgan. Tibbiy sug‘urta moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy etish
hisoblanib, bugungi kunda milliy sog‘liqni saqlash tizimiga joriy etilgan sug‘urta tizimida
aholi pul to‘lamaydi, sug‘urta doirasida har bir fuqaroning salomatligini kafolatlangan
paket asosida davlat budjeti mablag‘i hisobidan sug‘urta qilinadi. Bu bilan sohaga
ajratilayotgan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish, kasalliklarni erta aniqlash,
aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va ko‘lamini yanada oshirishga erishiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2024) / ISSN 2181-1415

79

Ushbu tizimning yo‘lga qo‘yilishi sog‘liqni saqlash tizimiga ajratilayotgan mablag‘lar

doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ulushi oshishiga, aholining ijtimoiy zaif

toifalari vakillarini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga, tibbiy
xizmatlar bozorida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga, aholining tibbiy yordam uchun
to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lovlari darajasini kamaytirishga xizmat qiladi [6]

Shu maqsadda

bugungi kunda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil

etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida

joriy etish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–

4890-sonli qaroriga muvofiq davlat tibbiy

sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil qilinib, davlat tibbiy sug‘urtasini bosqichma

-bosqich joriy

etish konsepsiyasi ishlab chiqildi.

Konstitusiyaning 48-moddasiga binoan, davlat jismoniy tarbiya va sportni

rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart

-

sharoitlar yaratadi. Qayd etish lozimki, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining
ma’lumotiga ko‘ra, davolash inson salomatligini ta’minlashning 10 foiz omili, xolos,
sog‘lom turmush tarzi esa 55

foizni tashkil etadi. COVID-19 pandemiyasi ham

noto‘g‘ri turmush tarzi og‘ir oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatdi

[7] . Jahonda COVID-19

koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori O‘zbekistonda
ham aholining sog‘lig‘i, jismonan salomatligi, sog‘lom hayot kechirish darajasi zaif
ekanligini ko‘rsatdi.

COVID-19 koronavirus infeksiyasi avvalo yurak-

qon tomir va nafas olish yo‘llari

hamda semizlik (ortiqcha vazn) kasalligiga chalingan fuqarolarimizning sog‘lig‘iga salbiy
ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, bugungi pandemiya oramizdan ko‘plab fuqarolarimizni bevaqt
dunyodan ko‘z yumishiga sabab bo‘ldi [8].

Sog‘lom turmush tarzi to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, zararli odatlardan o‘zini

tiyish, ruhiy osoyishtalik va asabiy muvozanatni saqlash, gigienaga rioya qilish kabilarni

o‘z ichiga oladi.

Sog‘lom ovqatlanish

urf-

odat, an’anani hisobga olib turli aholi guruhlarining

ratsional ovqatlanishida ilmiy asoslangan, ehtiyojni qondirishni ta’minlaydigan,
kasalliklar profilaktikasi va sog‘liqni mustahkamlashga yordam beradigan, turli ovqat
mahsulotlarini iste’mol qilishga asoslangan ovqatlanishdir. Ma’lumki, noto‘g‘ri
ovqatlanish erta o‘lim havfini oshiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga
ko‘ra, jismoniy faollik hamda ovqatlanish me’yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida
tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni me’yoridan ortiq iste’mol
qilish, shuningdek etarli darajada vitamin va minerallar iste’mol qilmaslik oqibatida
yoshlarda ratsional o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish, kattalarda esa yurak qon

-

tomir, endokrin, xavfli o‘sma kabi insonning erta o‘limiga olib keluvchi qator
kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi [9]. Prezidentning “Aholining sog‘lom
ovqatlanishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga

muvofiq sog‘lom ovqatlanish dasturining indikatorlari belgilandi. Unga ko‘ra 2025

-yilga

kelib aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 75,1 yoshdan 76,4 yoshgacha oshirish

rejalashtirilgan: erkaklar uchun

72,8 yoshdan 74,1 yoshgacha, ayollar uchun

77,4 yoshdan 78,7 yoshgacha. Bundan tashqari, kelgusi besh yil ichida semizligi bo‘lgan
aholi ulushining o‘sishini 23,5% darajasida to‘xtatish rejalashtirilgan. Xususan, hukumat
5 yoshgacha bo‘lgan ortiqcha vaznli bolalar ulushini 4,6 dan 4 foizgacha kamaytirishni va
qariyalarni 56,4 foizga to‘xtatish niyatida [10]


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2024) / ISSN 2181-1415

80

Sog‘lom turmush tarzini olib borish jismoniy faollik bilan bevosita bog‘liqdir.

O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunning

3-

moddasiga ko‘ra,

jismoniy tarbiya

madaniyatning insonni jismoniy tarbiyalash,

jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan

kamol toptirish, uning qobiliyatini va harakat faolligini takomillashtirish, sog‘lom
turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida jamiyat

tomonidan yaratiladigan hamda foydalaniladigan qadriyatlar, normalar va bilimlar

yig‘indisidan iborat bo‘lgan qismidir.

Ushbu qonunga ko‘ra davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni qo‘llab

-

quvvaydi, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari tomonidan moddiy-texnika va axborot
resurslaridan, shuningdek ilmiy-tadqiqotga oid va texnik ishlanmalar hamda
texnologiyalardan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi, sport klublari va
maktablari, sport-

ta’lim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport

-

ta’lim

muassasalari, sport-

sog‘lomlashtirish oromgohlari, tibbiy

-jismoniy tarbiya dispanserlari

faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, shuningdek jismoniy tarbiya va
sport vositalaridan aholining, shu jumladan ayollar va yoshlarning, shuningdek

nogironligi bo‘lgan shaxslarning sog‘lig‘ini mustahkamlash maqsadida foydalanish uchun

shart-sharoitlar yaratadi va hokazo.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir necha normativ

-huquqiy

hujjatlari qabul qilindi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020

-yil 30-oktabrdagi

“Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish

chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–

6099-

sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2021-yil 5-

noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini

-futbol, badminton, stritbol

va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora

-

tadbirlari to‘g‘risida”gi

PQ

5282-son qarori, 2022-

yil 11 apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga

jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–

201-son

hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023

-yil 28-

iyuldagi “Mahallalarda sport

infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil
etish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi

PQ

245-son qarorlari shular jumlasidandir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020

-yil 30-oktabrdagi

“Sog‘lom turmush

tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PF–

6099-sonli Farmoni bilan har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da,

maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida

hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga

shart-

sharoitlar yaratish; ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha oilalar, sinflar, mehnat

jamoalari va hududlar o‘rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish;

aholi turli guruhlarining sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni

ta’minlaydigan shart

-

sharoitlar yaratish, tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan

hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirish,

zararli odatlardan, xususan, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz

kechish yo‘li bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot

etishni kamaytirish; aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini keng targ‘ib qilish,

shu jumladan, tartibsiz va kechki uyqu oldidan ovqatlanish odatlaridan voz kechish;

sanitariya-

gigiyena qoidalariga rioya etilishini oilalar, mahallalar, maktabgacha ta’lim va

umumta’lim muassasalari darajasida sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida

targ‘ib qilish; maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2024) / ISSN 2181-1415

81

muassasalarida, korxona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda jismoniy

tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy moddiy

-texnika bazasini

shakllantirish kabilar sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy

sportni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi [11].

Bugungi kunda yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va

“Workout” sport turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini amalga

oshirish uchun Davlat budjetidan 2021-

yil dan boshlab dasturlar to‘liq bajarilgunga

qadar har yili 104 milliard so‘mdan, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi

bo‘lgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilishga qaratilgan

dasturlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 2021-yil dan boshlab dasturlar

to‘liq bajarilgunga qadar har yili 10 milliard so‘mdan mablag‘lar ajratib kelinmoqda.

Aholi uchun qulay bo‘lgan ko‘chalarda piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik

yo‘laklari” tashkil qilinmoqda, aholi soni va uy

-joylarning joylashuvini inobatga olgan

holda, shuningdek, tashkilot va idoralarning tegishli hududlarida velosiped turar joylari

va zamonaviy sport (shu jumladan, Workout) maydonchalari tashkil etilmoqda, sport

majmualari qurilmoqda, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bor shaxslar,

ayollar o‘rtasida turli sport tadbirlari

tashkil qilinmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi

ma’lumotlariga ko‘ra, 2022

-yil 1-

yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 52

417 ta sport

inshooti mavjud bo‘lib, 2018

-yilga nisbatan ularning soni 1,0 barobarga oshgan [12].

Bu amalga oshirilayotgan ishlar albatta birinchi navbatda inson salomatligini

saqlash bilan bog‘liq, zero 2019

-yilda tarqalgan Covid 19 kasalligi kasallikning chegara

bilmasligi, hamda davlatning siyosati, iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotini ham izdan

chiqarishga qodir ekanligini ko‘rsatib berdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Уcтав В. О. З. ВОЗ. Основные

документы. –

2005.

2.

International Covenant on Economic, Social and Cultural Rights, opened for

signature 16 December 1966, 993 UNTS 3 (entered into force 3 January 1976)

3.

Toebes B. et al. (ed.). The right to health: a multi-country study of law, policy and

practice.

Springer, 2014.

4.

Панова Л. В. Доcтупноcт медицинcкой помощи: Роccия в эвпопейcком

контекcте //Журнал исследований

5.

https://t.me/statistika_rasmiy

6.

https://daryo.uz/k/2023/06/24/tibbiy-sugurta-nima-beradi

7.

https://www.who.int/ru/emergencies/diseases/novel-coronavirus-2019?gclid

8.

https://lex.uz/docs/-5077667

9.

https://lex.uz/docs/-5090241

10.

staff.tiiame.uz/storage/users/153/presentations/2PMpJYbhw5e20cXB1CVHQ

cDZsY79lNYg2isGcQWx.pdf

11.

https://lex.uz/docs/-5077667

12.

https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/28271-o-

zbekistondagi-sport-inshootlari-soni

13.

Анварова,

Д.

(2023).

Хотин

-

қизлар

ижтимоий

ҳуқуқларини

таъминлашнинг

конституциявий

-

ҳуқуқий

асосларини

такомиллаштириш.

Общество и инновации, 4(5), 52

-60.

14.

Анварова, Д. (2023). Гендер аудит–давлат ташкилотларида хотин

-

қизлар

ижтимоий ҳуқуқларини таъминлаш воситаси. Общество и инновации, 4(8/S), 162

-166.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2024) / ISSN 2181-1415

82

15.

Anvarova, D. A. (2023). Хotin

-

qizlar ijtimoiy huquqlarini ta’minlashning

tashkiliy huquqiy mеxanizmlarini takomillashtirish. SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA

XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI, 2(2), 17-24.

16.

Jasurbek, I. L. H. O. M. B. E. K. O. V. (2022). Development tendencies of the right

to receive information in the virtual space. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL

SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429,

11(11), 17-22.

17.

Ilkhombekov, J. (2022). The role and role of the media in the information

distribution process. академические исследования в современной науке, 1(17), 80

-84.

18.

Ilxombekov, J. I. O‘. (2022). O‘zbеkiston rеspublikasi qonunlarida ommaviy

axborot vositalari erkinligini ta’minlashning o‘ziga xos xususiyatlari. Scientific progress,

3(4), 1068-1074.

19.

Ilhombekov Jasurbek. Comparative Legal Analysis of Reforms Conducted for the

Development of the Information Sector in the New Uzbekistan. AMERICAN Journal of Public

Diplomacy and International Studies. Volume 02, Issue 01, 2024 ISSN (E):2993-2157

20.

Jasurbek, I. (2024, February). Internet activity coordination organizations. In E

Conference World (No. 4, pp. 158-166).

21.

Aslonova Laylo. (2023). Comparative analysis of acts on permissible

restrictions on the freedom of science. The American Journal of Political Science Law and

Criminology, 5(08), 19

27. https://doi.org/10.37547/tajpslc/Volume05Issue08-05

22.

Aslonova, L. (2023). ilmiy ijod erkinligining k

е

lib chiqish tarixi.Talqin Va

Tadqiqotlar,1(36).

извлечено

от

https://talqinvatadqiqotlar.uz/index.php/tvt/article/view/1588

23.

Караходжаева О. Отражение конституционно

-

правовых реформ в

деятельности

парламента

республики

Узбекистан.

https://cyberleninka.ru/journal/n/oriental-renaissance-innovative-educational-natural-

and-social-sciences

24.

Караходжаева О

.

(2022). Контрольные функции в деятельности

парламента. Евразийский журнал академических исследований, 2(12), 160–

166.

извлечено от https://in

-academy.uz/index.php/ejar/article/view/10101

25.

Правовая

сущность

и

признаки

конституционных

обязанностей.http://dx.doi.org/10.26739/2181

-9130-2017-7-7-7

Караходжаева Окилахон Руфатовна кандидат юридических наук.

26.

Jakhongir, K. (2023). Legal guarantees of the use of the internet by individuals.

World Bulletin of Management and Law, 18, 33-37.

27.

Jaxongir, Q., & Zokirjon, O. G. L. (2022). Mahalliy ijro hokimiyat organlari

boshqaruv tizimini isloh etish masalalari. Ta’lim fidoyilari, 13, 51

-54.

28.

Сафарова, Х. . (2023). Ҳалқаро ҳуқуқда инсонларнинг соғлиғини сақлаш ва

мaлaкaли тиббий хизмaтдaн фoйдaлaниш ҳуқуқи. Евразийский журнал права,

финансов и прикладных наук, 3(8), 171–179. извлечено от https://www.in

-

academy.uz/index.php/EJLFAS/article/view/19928

29.

Сафарова Хулкар

(2020). Совершенствование конституционно

-

правовых

гарантий обеспечения права граждан на квалифицированное медицинское

обслуживание в Узбекистане. Review of law sciences, 5 (Спецвыпуск), 34

-43. doi:

10.24412/2181-919X-2020-34-43

30.

Сулаймонова Г. Т. и др. Характеристика изменений слизистой оболочки и

микрофлоры полости рта при коронавирусной

инфекции //Science and education:

problems and innovations.

2021.

С. 154

-158.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2024) / ISSN 2181-1415

83

31.

Бокиев Ж. Алоҳида таълим эҳтиёжлари бўлган шахсларнинг олий таълим

олиш ҳуқуқини таъминлашнинг ташкилий

-

ҳуқуқий масалалари //Ижтимоий

-

гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально

-

гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences. –

2023.

Т. 3. –

№. S/5.

32.

Юлдашев, Азизжон Нормирзаевич. "Общественные Объединения Как

Элементы Политической Системы Гражданского Общества." Periodica Journal of

Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities 18 (2023): 58-62.

33.

Беков

И.

Фракция

политической

партии–важный

субъект

законодательного процесса //Общество и инновации. –

2021.

Т. 2. –

№. 6/S. –

С. 292

-301.

34.

Беков И. Давлат ҳокимияти вакиллик органи фаолиятида сиёсий

партияларнинг ўрнини такомиллаштиришга оид илмий

-

назарий ва ҳуқуқий

таҳлил //Общество и инновации. –

2023.

Т. 4. –

№. 2/S. –

С. 229

-235.

Библиографические ссылки

Уcтав В. О. З. ВОЗ. Оcновные документы. – 2005.

International Covenant on Economic, Social and Cultural Rights, opened for signature 16 December 1966, 993 UNTS 3 (entered into force 3 January 1976)

Toebes B. et al. (ed.). The right to health: a multi-country study of law, policy and practice. – Springer, 2014.

Панова Л. В. Доcтупноcт медицинcкой помощи: Роccия в эвпопейcком контекcте //Журнал иccледований

staff.tiiame.uz/storage/users/153/presentations/2PMpJYbhw5e20cXB1CVHQcDZsY79lNYg2isGcQWx.pdf

Анварова, Д. (2023). Хотин-қизлар ижтимоий ҳуқуқларини таъминлашнинг конституциявий-ҳуқуқий асосларини такомиллаштириш. Общество и инновации, 4(5), 52-60.

Анварова, Д. (2023). Гендер аудит–давлат ташкилотларида хотин-қизлар ижтимоий ҳуқуқларини таъминлаш воситаси. Общество и инновации, 4(8/S), 162-166.

Anvarova, D. A. (2023). Хotin-qizlar ijtimoiy huquqlarini ta’minlashning tashkiliy huquqiy mеxanizmlarini takomillashtirish. SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI, 2(2), 17-24.

Jasurbek, I. L. H. O. M. B. E. K. O. V. (2022). Development tendencies of the right to receive information in the virtual space. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 11(11), 17-22.

Ilkhombekov, J. (2022). The role and role of the media in the information distribution process. академические исследования в современной науке, 1(17), 80-84.

Ilxombekov, J. I. O‘. (2022). O‘zbеkiston rеspublikasi qonunlarida ommaviy axborot vositalari erkinligini ta’minlashning o‘ziga xos xususiyatlari. Scientific progress, 3(4), 1068-1074.

Ilhombekov Jasurbek. Comparative Legal Analysis of Reforms Conducted for the Development of the Information Sector in the New Uzbekistan. AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies. Volume 02, Issue 01, 2024 ISSN (E):2993-2157

Jasurbek, I. (2024, February). Internet activity coordination organizations. In E Conference World (No. 4, pp. 158-166).

Aslonova Laylo, . (2023). Comparative analysis of acts on permissible restrictions on the freedom of science. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 5(08), 19–27. https://doi.org/10.37547/tajpslc/Volume05Issue08-05

Aslonova, L. (2023). ilmiy ijod erkinligining kеlib chiqish tarixi.Talqin Va Tadqiqotlar,1(36).извлечено от https://talqinvatadqiqotlar.uz/index.php/tvt/article/view/1588

Караходжаева О. Отражение конституционно-правовых реформ в деятельности парламента республики Узбекистан. https://cyberleninka.ru/journal/n/oriental-renaissance-innovative-educational-natural-and-social-sciences

Караходжаева О.(2022). Контрольные функции в деятельности парламента. Евразийский журнал академических исследований, 2(12), 160–166. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/10101

Правовая сущность ипризнаки конституционных

Караходжаева Окилахон Руфатовна кандидат юридических наук.

Jakhongir, K. (2023). Legal guarantees of the use of the internet by individuals. World Bulletin of Management and Law, 18, 33-37.

Jaxongir, Q., & Zokirjon, O. G. L. (2022). Mahalliy ijro hokimiyat organlari boshqaruv tizimini isloh etish masalalari. Ta’lim fidoyilari, 13, 51-54.

Сафарова, Х. . (2023). Ҳалқаро ҳуқуқда инсонларнинг соғлиғини сақлаш ва мaлaкaли тиббий хизмaтдaн фoйдaлaниш ҳуқуқи. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 3(8), 171–179. извлечено от https://www.in-academy.uz/index.php/EJLFAS/article/view/19928

Сафарова Хулкар (2020). Совершенствование конституционно-правовых гарантий обеспечения права граждан на квалифицированное медицинское обслуживание в Узбекистане. Review of law sciences, 5 (Спецвыпуск), 34-43. doi: 10.24412/2181-919X-2020-34-43

Сулаймонова Г. Т. и др. Характеристика изменений слизистой оболочки и микрофлоры полости рта при короновирусной инфекции //Science and education: problems and innovations. – 2021. – С. 154-158.

Бокиев Ж. Алоҳида таълим эҳтиёжлари бўлган шахсларнинг олий таълим олиш ҳуқуқини таъминлашнинг ташкилий-ҳуқуқий масалалари //Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. S/5.

Юлдашев, Азизжон Нормирзаевич. "Общественные Объединения Как Элементы Политической Системы Гражданского Общества." Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities 18 (2023): 58-62.

Беков И. Фракция политической партии–важный субъект законодательного процесса //Общество и инновации. – 2021. – Т. 2. – №. 6/S. – С. 292-301.

Беков И. Давлат ҳокимияти вакиллик органи фаолиятида сиёсий партияларнинг ўрнини такомиллаштиришга оид илмий-назарий ва ҳуқуқий таҳлил //Общество и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 229-235.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)