Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
History of the study of the Kizilkum Desert (in the case of
Khorezm)
Orifxuja MUMINOV
National Archeology Center of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2024
Received in revised form
15 January 2024
Accepted 25 February 2024
Available online
15 March 2024
This article provides information about the stage of
development of anthropogenic factors in that part of the
Kyzylkum desert, which in the Ancient and the Middle Ages
surrounded the Khorezm oasis and the areas of Lower
Zarafshan, and also briefly touches on the history of the study.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2/S-pp289-297
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Guldirsin,
Narinjon,
Pilkala,
Koyqirilangkala,
Anqokala,
Bazarkala,
Korgashinkala,
Big Kirqqiz,
Small Kirqqiz,
Ayazkala,
Tuproqkala,
Kizilkala.
Qizilqumning o‘rganilish tarixi (Xorazm misolida)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Qubatov,
Guldirsin,
Norinjon,
Pilqal’a,
Qo‘yqirilganqal’a,
Anqaqal’a,
Bozorqal’a,
Qo‘rg‘oshinqal’a,
Katta Qirqqiz,
Kichik Qirqqiz,
Ayozqal’a,
Tuproqqal’a,
Qizilqal’a.
Ushbu maqolada muallif tomonidan qadim va o‘rta asrlarda
Qizilqum sahrosi Xorazm vohasini va Quyi Zarafshon
hududlarini qurshab olgan qismida antropogen omillarining
rivojlanish bosqichi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan va
o‘rganilish tarixiga qisqacha to‘xtalib o‘tilgan.
1
Doctoral student, National Archeology Center of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan.
E-mail: muminovorif86@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
290
История освоения пустыни Кызылкум
(на примере
Хорезма)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Кубатов,
Гулдирсин,
Наринджон,
Пилкала,
Койкирилангкала,
Анкакала,
Бозоркала,
Коргоашинкала,
Большой Кырккыз,
Малый Кырккыз,
Айозкала,
Тупроккала,
Кызылкала.
В данной статье даны сведения о стадии развития
антропогенных факторов в той части пустыни Кызылкум,
которая в древности и средние века окружала Хорезмский
оазис и районы Нижнего Зарафшана, а также кратко
затронута история изучения.
Amudaryo va Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan bepoyon hududni geograflar
baʼzan Oʻrta Osiyo oraligʻi deb ham atashadi.
Shuningdek, Turon pasttekisligining bir
qismi, to
ʻ
g
ʻ
rirog
ʻ
i O
ʻ
rta Osiyodagi eng yirik cho
ʻ
llaridan biri Qizilqum joylashgan
(maydoni 300 000 km
2
).
Qizilqumning keng maydoni O‘zbekiston, Qozog‘iston va qisman
Turkmaniston chegaralarini kesib o‘tgan. Cho‘lning katta qismi O‘zbekiston hududiga
to‘g‘ri keladi (taxminan 190
000km
2
). Bugungi kunda O‘zbekistondagi Qizilqumning
chegara chizig‘i Navoiy, Buxoro, Xorazm va Jizzax viloyat hududlaridan o‘tgan.
Qizilqumning ichki hududlarida va Quyi Zarafshon vohasida mezolit va neolit davri
yodgorliklari dastlab Y.
G‘ulomov, U.
Islomov, A. Asqarov, A.V. Vinogradov, M.A. Itina,
M.
Jo‘raqulov, B.
Amirqulov, hamda keyingi yillarda O‘zbekiston
-Polsha (K. Shimchak,
M.
Xo‘janazarov), O‘zbekiston va Fransiya (F.
Brunet) qo‘shma arxeologik ekspeditsiya
xodimlari tomonidan tadqiq etilgan.
Tadqiqotchilar qayd qilishicha, 4-
3 mln yillar oldin Qizilqum va Orolbo‘yi
hududlari tekisliklardan iborat bo‘lgan. [Vinogradov
A.V., 1974. s 290
–
291] Tarixiy
adabiyotlarda qayd qilingan yoki tarixiy-
ilmiy dalillarda ma’lumki, pleystotsen davrida
Yer yuzi bo‘ylab sovuq iqlim hukm surgan. Shu kabi holat O‘rta Osiyo mintaqasida ham
muzliklar bilan qoplangan davr hisoblanadi. [Kabirov J, Sagdullaev A.S, 1990. 31-b.]
Golotsen davriga kelib iqlimning iliqlashishi muzliklarning ortga chekinishiga olib keladi
va bu jarayon daryolarning to‘lib toshishi va uzoq mintaqalargacha suvning yеtib borishi,
yеr osti suvlarining suvga to‘yinishi cho‘l hududlarida bir qancha katta va kichik
ko‘llarning vujudga kelishiga olib keladi. Bu esa daryo va ko‘llar atroflarida hayot uchun
qulay shart-sharoitni yaratadi.
Qizilqum sahrosi Xorazm vohasini va Quyi Zarafshon hududlarini qurshab olgan
qismida qadimdan insoniyat tomonidan
o‘zlashtirilganligi to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar
bizgacha yеtib kelgan. Bunday joylar borligi qadimiy sayyohlar tomonidan o‘z kundaligida
qayd qilib borilgan va bu ma’lumotlar bizgacha yеtib kelgan. Bugungi kunda ham sahro
qismida joylashgan qadimgi antropogen landshaftning izlarini ya’ni xarobaga aylangan
makonlarni GAT dasturlari orqali kuzatishimiz va hudud koordinatalarini olishimiz mumkin.
Bunday sahrolarning vujudga kelishi, va undagi makonlarning qarovsiz qolib
xarobaga aylanishi masalasi qadimiy O‘rta Osiyo tarixiy
-geografik muammolardan biri
sifatida tarixchi-
arxeologlarni o‘ziga jalb qilib kelgan. Yozma manbalarda buni sababi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
291
sifatida daryo qirgog‘ining yuvilib ketishi natijasida oqimning o‘zgarishi ham, qumlarning
bosib kelishi ham, O‘rta Osiyo yеrlarining katta hududi qurib qolishi
ham tilga olingan.
Bizning maqsad shu kabi makonlar to‘g‘risida adabiyotlarda mavjud bo‘lgan va
keyingi tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarning nazariy
-qiyosiy tahlilidan kelib
chiqib, mantiqiy xulosaga tayangan holda Qizilqum hududini arxeologik o‘rganilishiga
e’tiborimizni qaratishdir. Bizningcha bu qurg‘oqchil sahro hududlarda kelgusida
arxeologik tadqiqotlar olib borish va sirli jumboqlarni yеchish uchun ko‘plab qidiruv
ekspeditsiyalar uyushtirish maqsadlidir. Buning uchun eng avvalo ko‘plab adabiyotlar
ustida ishlash va zamonaviy tadqiqotlar orqali borishi kutilgan eng muhim hududlarni
ajratib olib raqamli xaritalar tuzish, belgilangan joylarga borish va qo‘yilgan tashxisni
kuzatishdan iboratdir.
O‘zbekistonda ilk bor qadimiy manzilgohlarga qiziqish va ularni o‘rganish Chor
Rossiyasi davriga to‘g‘ri keladi. O‘rta Osiyo Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan
dastlabki yillardayoq arxeologik tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish vazifasi o‘rtaga tashlangan
(shu jumladan Qizilqum hududida ham). 1868-yilda sharqshunos P.Lerx arxeologik
tekshirish maqsadida Sirdaryo oqimi bo‘ylab safar qilgan. Biroq buni amalga oshirishni
imkoni bo‘lmagan, sababi bu ish Chor mustamlakachi amaldorlari va ofitserlari qo‘liga
topshirib qo‘yildi. Ular soha mutaxassisi emasligi sababli ayrim yodgorliklarni yuzaki
tariflashdan nariga o‘ta olmagan [ S.P.
Tolstov, 1964. 19 b].
Keyinchalik Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi
–
1895-yil
31-oktyabrda
asos solindi va bu 1917-yilga qadar davom ettirildi. Bu orada arxeologiya sohasida
oldinga siljishlar bo‘lib, bunda toʻgarak a’zolaridan
V.V. Bartold,
M.S. Andreyev,
A.A. Divayev, N.S. Likoshin, N.G. Mallitskiy, N.P. Ostroumov, A.A. Semyonovlar faol
tadqiqotlar olib bordi.
V.V. Bartold
toʻgarak asoschilaridan biri boʻlib, tarixiy geografik
tadqiqotlarda sharqshunoslarining xizmatlaridan oqilona foydalanib, “Amudaryo o‘zani
qayerga quyiladi” degan masala yuzasidan ko‘plab bahslarni o‘rtaga tashladi va
Amudaryoning XIII va XIV asrlar Kaspiy dengiziga quyilganligi haqidagi qarashlarni
tasdiqlaydi. [Lunin B.V, 1979. C 82-84].
Toʻgarak a’zolari tomonidan
XX asrning
boshlarida osori atiqalar ustida arxeologik kuzatishlar, qidiruv va qisman qazish ishlari
ham olib borildi. Sovet davlati tashkil topgandan keyin arxeologiya sohasida birmuncha
burilish bo‘ldi, Turkiston arxeologiya havaskorlar toʻgaragi
o‘rniga ilmiy tadqiqot
muassasalari egalladi, keyinchalik (30yillarda) SSSR Fanlar Akademiyasi qoshida Moddiy
madaniyat tarixi instituti va so‘ng Arxeologiya instituti deb nom oldi.
Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi Qizilqum va uning atrofida ilmiy
arxeologik tadqiqot ishlarini birinchilardan bo‘lib keng miqyosda olib bordi va ko‘p yillar
davomida o‘z faoliyatini davom ettirdi. Xorazm ekspeditsiyasiga
1937-yil arxeolog va
etnograf S.P. Tolstov asos solgan va u ekspeditsiyasiga qariyb qirq yil davomida rahbarlik
qilgan. Xorazm ekspeditsiyasining direktor lavozimida Tolstov 1976-yilga qadar
keyinchalik Aleksandr Vinogradov va M.A. Itin ishlagan. Tolstov Xorazmdagi ekspeditsiya
ishlarini ikkiga bo‘lish mumkin: 1940
-
yilgacha bo‘lgan davr va urushdan keyingi davr.
Urushgacha tadqiqotning asosiy faoliyati dastlabki tadqiqotlar va vaqti-vaqti bilan olib
boriladigan qazish ishlaridan iborat. Urushdan keyingi holat esa Xorazmning keng
hududlarini tadqiq qilish va mintaqadagi muhim obidalarda keng koʻlamli qazish ishlarini
davom ettirish hisoblanadi.
Xorazm ekspeditsiyasidan oldin ham arxeologik tadqiqotlar olib borilgan, lekin bu
tadqiqotlar cho‘l hududlarida emas, balki Markaziy Xorazm hududlarida amalga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
292
oshirilgan, misol uchun A.Y. Yakubovskiy tomonidan 1928
–
1929-yillarda Xorazmning
o‘rta asrlardagi poytaxti Urganch atrofidagi tadqiqoti yoki 1934
-yil M.B. Voevodskiy
Turkmaniston hududidagi Zamaxshar shahrining xarobalaridagi ekspeditsiyasini aytish
mumkin. [M. Voyevodskiy, A Summary Report, 1938.] A.Y. Yakubovskiy Urganch
arxitektura yodgorliklarini birinchi marta ilmiy asosda tariflagan [Yakubovskiy A.Yu.,
1930.], hamda o‘rta asrlarga mansub bo‘lgan Mizdahqon shahar xarobalarini ustida
manfaatli ishlar olib bordi. [Yakubovskiy A.Yu., 1938.] 1936-yillarda Y.
G‘ulomov va
Mirg‘iyosovlarning
Xorazmga qilgan ekspeditsiyasida ilk bor Qubatov tepaligidan
islomdan oldingi milodiy
birinchi ming yillik o‘rtalariga mansub zardushtiy qabristoni
topildi. [Gulamov
Y., 1937.] Ta’kidlab o‘tish kerakki, tarixchi
-arxeolog Y.
G‘ulomov
1938
–
50-yillarda Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasida qatnashib, Xorazmning
sug‘orilishi, dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanishi hamda rivojlanish
tarixi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. 1937
-yilda Y.
G‘ulomov Janubiy
Qoraqalpog‘istonda joylashgan o‘rta asrlarga mansub
Guldirsin va Norinjon shahar
xarobalarini, Shabboz yaqinidagi
Pilqal’aning
ilk o‘rta asrlarga mansub hududida
arxeologik ishlar olib borildi. [Gulamov Y., 1959. 40
–
44-b.].
Tadqiqotlarda islomdan oldingi davrni o‘rganishga qiziqish XX asrning
30-
yillardan boshlash avjiga chiqdi. Bunda ko‘zga ko‘ringan ishlardan biri 1937–
1938-yillarda V.A.
Shishkin tomonidan Buxoroning g‘arbida, Qizilqum cho‘lining
chegarasida joylashgan Buxorxudodlarning “Varaxsha” qadimiy qasr devorlari topildi.
1937-yilda Xorazm ekspeditsiyasi mamlakatimiz tarixini yorituvchi yangi
ma’lumotlar izlab, arxeologlar keng safarga otlandi. Manbalarda keltirilgan Xorazm
jumbog‘ini yеchishda muhim va qiziqarli vazifa ana shu ekspeditsiya zimmasiga tushdi.
Qadimgi Xorazm tarixida X asrga qadar poytaxt Kat shahri Amudaryoning
qirg‘og‘ida bo‘lgan, lekin keyinchalik markaz Urganchga ko‘chirilgan. Bunga Fil (yoki Fir)
qasrini Amudaryo yuvib ketgach [S.P. Tolstov., 1964. 34-b.] aholining ommaviy
ko‘chishlariga sabab bo‘ladi. Shu tariqa atrofda ko‘plab makonlar qarovsiz xarobaga
aylanib qoladi. XII asrda yashagan arab geografi
Sam’oniy
o‘ng qirg‘oqdagi ba’zi shaharlar
xarobaga aylanganligi va ular joylashgan yеr to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. XIV asrda
mashhur Arab Sayohi Ibn Batuta Kat bilan Buxoro O‘rtasidagi yo‘lda hozirgi
Qoraqalpog‘iston yеrlaridan o‘ta turib, bironta qishloqni uchratmagan, vaholanki chap
qirg‘oq Xorazmda, ayniqsa Urganch va uning atroflarida xuddi shu vaqtda –
Ibn Batuta
yashagan davrda hayot qaynar edi. Ko‘rinib turibdiki Xorazm poytaxti Urganchga
ko‘chishi oqibatida Amudaryoning o‘ng sohilida keyinchalik deyarli aholi yashamagan,
shu sababli ekspeditsiya xodimlarining maqsadi daryoning o‘ng sohilidagi (janubiy
Qoraqolpog‘iston hududlari) xarobalarga aylangan makonlarni topib va ular ustida
tadqiqotlar olib borish bo‘lgan.
1937-yil A.I.Terenojkin
Guldursin bilan Sulton Uvaysdog‘ tog‘lari oralig‘idagi
hududda qidiruv ishlari olib bordi va islomdan oldingi davrga oid juda ko‘p xarobalar
topgan, [Terenojkin A.I., 1940. S 30] bu topilmalar keyingi tadqiqotlar olib borish uchun
imkoniyatlar ochib bergan. 1938-
yil Teshikqal’ada dastlabki qazishma ishlari 3 oy
davomida olib borilib, milodiy VIII asrga oid ekanligi aniqlangan. Qasrning tashqi tomoni
yaxshi saqlangan to‘rtburchak shaklda, tashqi devorlar bilan o‘ralgan. Shu yili
Qo‘yqirilganqal’a, Anqoqal’a, Bozorqal’a, Qo‘rg‘oshinqal’a, katta va kichik Qirqqizqal’alar,
Ayozqal’a, Tuproqqal’a, va Qizilqal’a yodgorliklarida qidiruv ishlari olib borilgan.
S.P.
Tolstov shunday yozadi: “1938
-yilgi tadqiqot ishlari davomida A.M. Terenojkin bilan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
293
qilgan piyoda qidiruv ishlarim vaqtida, Teshikqal’aning janubiy g‘arbiy tomonidagi
qumlar orasidan Qozog‘iston va Sibirning Andronova madaniyati keramikasiga juda
yaqin, Volga bo‘yi kesma madaniyatiga esa o‘xshash bo‘lgan bir necha sovurilgan
makonlarning qoldiqlari topildi. [Tolstov S.P., 1938. 86 b] Bu Andronova madaniyatiga
xos sopol idishlar O‘zbekiston hududida ilk bor topilishi edi. 1939
-yillardagi ekspeditsiya
iyundan oktyabr oyi oxirlariga qadar 6 oy davom etgan. Bu safargi ekspeditsiya shimolda
Sulton Uvaystog‘ tog‘i, janubda Chorjo‘y va janubi g‘arbda markaziy Qoraqumni o‘z ichiga
oluvchi katta hududda olib borilgan. (Qal’aliqir va Ko‘zaliqir ulkan qadim shaharlarda
qazishma ishlari bo‘lgan). [Tolstov
S.P., 1964. 40-42-b.].
Ekspeditsiya a’zolari qidiruv
ishlarida ikkiga bo‘linib ish olib borilgan. Birinchisi o‘rta Amudaryo oqimi bo‘ylab shimol
tomonga yo‘naltirilgan, ikkinchisi transport yo‘li orqali g‘arbga tomon yo‘nalgan. Bunda
Ayozqal’a va uning atrofidagi dehqonchilik manzilgohlarida arxeologik qazish ishlar olib
borilgan.
1940-
yilda neolit davri makoni Jonbosqal’a
-
4, katta Tuproqqal’a va Qavatqal’a
hududlarida qazishma ishlari olib borilgan. Shuningdek, o‘sha yili ekspeditsiya Sulton
Uvaystog‘ tog‘ining janubiy chekkasi bo‘ylab, shimol tomon to Nukus shahrigacha bo‘lgan
hududda qidiruv ishlari olib borish bilan yakunlangan.
[Tolstov S.P., 1946. 68 b] Bunda
Chilpiq, Qoratepa toshloq tepalarda qoyatoshlarda chizilgan belgilar kompleksi topilgan.
Ularning eng qadimiysi bronza davriga oid ekanligi aniqlangan va dastlabki qadimgi
Xorazm piktografik yozuvi qo‘lga kiritilgan.
1945-yil dala mavsumida Jonbos-
4 va Tuproqqal’a yodgorliklarida qazishma
ishlari olib borilgan. Bunda Jonbos makonida neolit va bronza davriga oid ko‘plab
makonlar topilgan, umumiy nom ostida ularning sonini 18 taga yеtkazilgan. Shuningdek
o‘sha yili Qoraqolpog‘istonning shimoliy sharqida qidiruv ishlari amalga oshirilgan.
[Tolstov S.P., 1945]
Shundan keyin ekspeditsiyaning asosiy e’tibori Qizilqumning
shimoliy-
g‘arbiy hududlariga (quyi Sirdaryo hududlarida) yo‘naltirilgan.
Tolstovning urushga qadar qilgan tadqiqotlarida aynan, Kaltaminor madaniyati
Jonbos-4 makonida 1939, 1940
–
1945-
yillarda o‘tkazilgan qazishmalar, yodgorlikning
o‘ziga xos madaniyatini umumiy qiyofasini tiklash imkonini bergan. [Tolstov
S.P., 1964.
78
–
81-b.] A.A. Asqarov S.P. Tolstovning fikriga tayanib shunday yozadi: Arxeologik
tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki chorvador ajdodlarimiz ot va ho‘kizdan transport vositasi
sifatida foydalangan kezlardan boshlab (bronza davri) Yevroosiyo bronza davri urug‘
jamoalari guruh-
guruh bo‘lib O‘rta Osiyo hududlariga kirib kelgan. Ular Andronova Srub
madaniyatiga xos qabilalardan bo‘lgan deb yozadi. [Asqarov
A.A., 2015. 219-b.]
S.P Tolstovning tomonidan 1938-yilda qadimgi Xorazm hududlarida joylashgan
Teshikqal’a I, Teshikqal’a II
[Tolstov S.P., 1938. S. 174
–
175] manzilgohlarida tadqiqot
ishlari olib borilgan va juda ko‘p arxeologik topilmalar qo‘lga kiritilgan.
1940-yillarda S.P. Tolstov rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiya Andronova
topilmalariga o‘xshash sopol buyumlarini Anqa qal’a
yaqinidan topadi va bu joyni Anqa I
deb nomlaydi.
[Tolstov S.P., 1977. S.44-
94] Bu topilmalar Tozabog‘yob kanali atrofidan ilk
bor topilgani uchun “Tozabog‘yob madaniyati” deb nomlandi va ularning davriy sanasi
miloddan avvalgi II ming yillikning o‘rtalari bilan belgilandi. A.A.
Asqarovning aytishicha:
Hozirgi kunda qadimgi Xorazm hududida 100 dan ortiq joylarda Tozabog‘yob
madaniyatiga tegishli minglab mavsumiy manzilgohlar topib o‘rganilgan [Asqarov
A.A.,
2015. 221-
b]. Lekin afsuski bu manzilgohlarning joylashuv o‘rnini (koordinatalarini)
topish oson emas, shu sababli bugungi kunda joylarga borib makonlarning ma’lumotlar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
294
omborini tuzish kun tartibiga qo‘yilgan. M.A.Itina Janubiy Orol bo‘ylarida topib
o‘rganilgan Tozabog‘yob makonlarini uch guruhga bo‘ladi: 1) Jonbos
-
Ko‘kcha, 2) Anqa
-
Bozor, 3) Qavat guruhi [Itina M.A., 1977. S44-94]. Ular Oqchadaryo janubiy deltasining
ma’lum bir o‘zanlari havzalarida guruh
-
guruh bo‘lib joylashgan. T.A.Trafimova ham o‘z
fikirlarida Tozabog‘yob madaniyati to‘g‘risida shunday yozadi: Tozabog‘yob madaniyatini
shakllanishiga olib kelgan murakkab etnomadaniy jarayonlar antropologik materiallarda
ham o‘z aksini topgan. Masalan Andronova va Srub madaniyati aholisi
protoevropeoidlardan iborat bo‘lib Tozabog‘yob aholisi tarkibi esa, andronoidlar
va O‘rta
Yer dengizi tiplarining qorishuvidan tashkil topgan [Trafimova T.A., 1961,. S 97-146].
Shuni aytib o‘tish kerakki, Janubiy Sibir dasht kengliklarida qadimdan ko‘chmanchi
chorvadorlarning mavsumiy tarzda Sharqiy Yevropa hududlaridan Shimoliy Xitoy
chegaralariga qadar ko‘chib yurganligi to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar bor. Albatta bu
ko‘chish har
-
xil sabablar tufayli O‘rta Osiyo hududlariga kirib kelishi va mahalliy aholi
madaniyati bilan qorishib ketishi ehtimoli katta bo‘lgan.
S.P.
Tolstov Xorazm atrofidagi cho‘l hududlarida qidiruv ishlarini olib borishda
ko‘p qiyinchiliklarga uchragan, sababi cho‘lning qum hududlari
ga piyoda yoki transport
bilan kirib borish
ko‘p vaqtni va ko‘p
x
arajatni talab qilgan undan tashqari cho‘lni
ichkarisiga kirib borish o‘sha davrda juda
xavfli edi.
Keyinchalik ish koʻlamini oshirish
maqsadida S.
Tolstov arxeologik tadqiqotlarda birinchilardan bo‘lib
samolyotdan
foydalangan. Xorazm sahrolari atrofida 1946-yilda yil oxirigacha 4 marta aviaqidiruv
ishlarini amalga oshirib, ko‘plab qadimgi shahar xarobalarini topgan va suratga olgan.
Aviaqidiruv jarayonida PO-2 samaliyotidan foydalanilgan va bu ekspeditsiyada
S.P. Tolstov bilan birgalikda ilmiy xodim M.A. Orlov, uchuvchilar va kinooperatorlar
qatnashgan. Qadimgi Xorazmning qadimgi sug‘orma yеrlarini aviatsiya yordamida
tekshirish maqsadida Tuproqqal’a atrofidagi qo‘nish maydonchasidan Qizilqal’a,
Qavatqal’a, Jeldikqal’a, Guldursin, Teshikqal’a, Qirg‘iz,
Kichikqirqqiz,
Ayozqal’a,
Tuproqqal’a yo‘li bo‘ylab parvoz qilingan
[Tolstov S.P., 1964. 49b]
.
Manbalarda
ko‘rsatilgan makonlar qidiruvi
jarayonida samolyotdan foydalanish keng hududlarni
kuzatish imkonini bergan. Misol uchun 1558-yil Vazir shahriga ingliz olimi Antoni
Jenkinson kelgan. U shunday deb yozadi: “Sellizyur qal’asi (Sahri Vazir –
“Vazir shahri”)
baland tepalikda joylashgan; Bu yеrda
Karol yashaydi, uni X
on deb atashadi… Qal’aning
janubiy qismi past, ammo juda unumdor yеrda joylashgan; bu yеrda juda ko‘p shirin
mevalar yеtishadi… Butun mamlakat suvni Oksus (Amudaryo
–
Daryoliq) daryosidan
o‘tkazilgan kanallardan, daryo suvini juda kamayib ketishi hisobiga oladi; shuning uchun
ham bu daryo, o‘tgan zamonlardagi singari, Kasbiy dengiziga quyilmaydi. Yaqin kelajakda
Oksus suvlari yеtishmay qolib, bu o‘lka suv tanqisligi tufayli ehtimol xonavayron bo‘lar va
cho‘lga aylanar” [Sitata
Yu.V., 1937. S.176-177]. Bu shaharni S.Tolstov 30-40 metr
balandligidan kuzatib, Vazir shahri ekanligini ta’kidlaydi. Vazir shahri xarobasi Xorazm
vohasining o‘rta aslardagi shahri bo‘lib Shayboniylar (Mustafaxon) tomonidan XV asrda
barpo qilingan.
Vinogradov Qizilqumning janubiy-
g‘arbiy hududlarida keng ko‘lamda ish olib
borib, Kaltaminor madaniyatiga oid yangi yodgorliklarni topib o‘rgandi. Kaltaminor
madaniyatini mahalliy variantlarga ajratish, ularni xronologik jihatdan davrlashtirish
muammolari ham tadqiqotchilar tomonidan ko‘rib chiqilgan. Kaltaminor madaniyati
yodgorliklarini uzoq yillar o‘rgangan A.V.
Vinogradov uni uchta hududiy variantlarga
(Oqchadaryo, Uzboy va G‘arbiy Qozog‘iston) ajratadi. U Qizilqum guruhiga kiruvchi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
295
yodgorliklarni
ham
alohida
variantga
ajratilishi
mumkinligini
ta’kidlagan
[Виноградов
А.В., 1957. С. 11.]. U.I.
Islamov quyi Zarafshonda joylashgan Oqchadaryo
o‘zani haqida to‘xtalib o‘tgan: Kaltaminor
Oqchadaryo deltasida (Xorazm) so‘nggi
Kaltaminor davri kompleksida faqat sopol buyumlargina o‘zgarishga uchraydi. Shunga
o‘xshash jarayon Zarafshonning quyi oqimlarida ham qayd qilingan. Darbozaqir
makonida yodgorlikning har uchala madaniy qatlamning chaqmoqtoshli inventari bir
xilligi bilan xarakterlanadi. Ammo Darbozaqir qatlamlarida sopol buyumlari sezilarli
darajada o‘zgaradi: quyi va o‘rta qatlamlar sopollarining asosiy qismi naqshlarga boy,
yuqori qatlam sopol idishlarining faqat yuqori qismigina naqshlanganligi bilan ajralib
turadi [Islamov U.I., 1963. S. 8-9.]. U 1995-
yili O‘zbekiston
-
Polsha qo‘shma arxeologik
ekspeditsiyasi tomonidan dala qidiruv ishlari natijasida yangi madaniy qatlamlari yaxshi
saqlanib qolgan arxeologik yodgorlik topildi va tadqiqot ishlari 7 yil davom etdi. Tadqiqot
natijalarida O‘zbekistonlik va Polshalik mutaxassislar Muxiddin Xujanazarov, Karol
Shimchak, Rizard Michniyaklar ishtirok etishdi. Yodgorlikning qatlamlaridan bir qancha
namunalar olindi. [Szymczak K., Khudzhanazarov M., 2013. -R. 191-205]. 2006-yilda
Karol Shimchak va Muhiddin Xo‘janazarovlarning “Qizilqumdagi neolit davri makoni
Oyoqog‘itma va boshqa topilmajoylar” nomli monografiyasi nashrdan chiqarildi. Ushbu
asarning asosiy maqsadi O‘zbekiston
-
Polsha qo‘shma ekspeditsiyasining janubi
-sharqiy
Qizilqumning neolit davri bo‘yicha 1995–
1999-yillar va 2002-2003-yillarda olib borgan
arxeologik tadqiqotlari natijalarini taqdim qilishdan iborat. Ushbu hududning geologiyasi
bo‘yicha ham katta ishlar olib borildi,
O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i hududlari tabiiy
jarayonlarining bosqichlari borasida aniqliklar kiritish imkoni tug‘ildi. Kelgusida
Qizilqum hududida arxeologik tadqiqotlar olib borishda qo‘lga kiritilgan geologik
ma’lumotlari muhim rol o‘ynaydi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
296
Qizilqum cho‘lining joylashgan o‘rni.
Qadimgi Xorazm atrofidagi yodgorliklar
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Гуламов Я. Ўтмиш
излари. “Гулистон”, 1937, № 4.
2.
Гуламов Я. Хоразимнинг суғорилиш
тарихи. Тошкент
1959 й. 40
-
44б.
3.
Исламов У.И. Неолитическая культура в низовьях Зарафшана.
Автореф.дисс. канд... ист. наук. Л., 1963.
4.
Итина М.А. История степных племен Южного Приаралья. Москва, 1977, С,44
-94
5.
Лунин Б.В. Средняя Азия в научном наследии отечественного
востоковедения историографический очерк. «Фан», Ташкент, 1979.
6.
Кабиров Ж, Сагдуллаев А.С. Урта Осиё археологияси. Тошкент, 1990, С. 14
7.
Толстов С.П., “Қадимги Хоразм маданиятини излаб” Тошкент 1964. 19
б
.
8.
Толстов С.П. Древнехорезмийские
памятники в Каракалпакии, ВДИ, 1938, № 3.
9.
Толстов С.П. Новые материалы
по истории культуры древнего Хорезма,
ВДИ, 1946, № 1.
10.
Толстов С.П, Хорезмская археолого
-
этнографическая экспедиция, АН
СССР в1945 г
11.
Тереножкин А.И. Археологические
разведки в Хорезме, СА ВИ, 1940
12.
Трафимова Т.А. Черепа из могильника Тазабагъябской
культуры Кокча 3.
МХЭ,№ В,1961.
13.
Voyevodskiy M., Summary A. Report of a Khore
zm Expedition, BAIIAA, 1938, № 3.
14.
Виноградов А.В, Итина М,А, Кесь А.С, Мамедов Е.Д. Палеогеографическая
обусловленность расселения древнего человека в пустынях Средней
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
297
Азии/Первобытный человек, его материальная культура и природная среда в
плейстоцене и голоцене/. М,, Наука, 1974.
15.
Виноградов А.В. Кельтеминарская культура. М.: Автореф. дисс… канд.ист.
наук. М., 1957.
16.
Якубовский А.Ю. Развалины Ургенча, Л., 1930 г.
17.
Якубовский А.Ю. Городище, Мирдахкан, ЗКВ, В, 1930
18.
Цитата Ю.В. Готье таржимаси бўйича
олинган. “Английские
путешественники о Московском государстве в Х
VI
веке”, Л., 1937, стр.
19.
L’archéologie française en Asie centrale. Nouvelles recherches et enjeux
socioculturels. cac-IFEac # 21-22, 2013
–
-
Р
. 191-205.; Szymczak K., Khudzhanazarov M.
Excavation in Ayakagytma the site, SE Kyzil-Kum, Uzbekistan.
20.
Исламов У.И. Неолитическая культура в низовьях Зарафшана.
Автореф.дисс. канд... ист. наук. Л., 1963.
21.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xorazm_arxeologiya-etnografiya_ekspeditsiyasi
