Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Issues of processing agricultural raw materials in food
industry networks
Feruza KHOLMANOVA
Termez State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2024
Received in revised form
28 February 2024
Accepted 20 March 2024
Available online
15 April 2024
The article analyzes the issues of processing and supply of
products produced in the food industry for the needs of the
population, as well as problems that need to be solved in this
area. The supply of food products to the population will worsen,
and the incomes of producers and processors will decrease.
Therefore, today one of the pressing issues is the development
of integration through cooperation and ensuring the continuity
of all processes associated with the production, transportation,
processing and sale of agricultural products.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss3/S-pp193-199
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
foodstuffs,
agriculture,
greenhouse,
“
O
‘
zgo
‘
shtsanoat
”
,
“Surkhondaryogo‘sht”,
products.
Surxondaryo viloyati qishloq xo
‘
jaligi xom ashyo
resurslarini qayta ishlash masalalari tarixi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
oziq-ovqat,
qishloq xo‘jaligi,
issiqxona,
“O‘zgo‘shtsanoat”,
“Surxondaryogo‘sht”,
mahsulot.
Maqolada
oziq-ovqat
sanoatida
yetishtirilayotgan
mahsulotlarni qayta ishlash va aholi ehtiyoji uchun yetkazib
berish masalalari va sohadagi hal qilinishi zarur bo‘lgan
muommolar tahlil etilgan. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta’minlash yomonlashib, mahsulot yetishtiruvchilarning, uni
qayta ishlovchilarning daromadlari kamayadi. Shuning uchun
ham bugungi kunda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish,
tashish, qayta ishlash va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha
jarayonlarni
kooperatsiya
orqali
integratsiyalashni
rivojlantirish hamda uzluksizligini ta’minlash dolzarb
masalalardan biriga aylandi.
1
Senior teacher, Doctor of Philosophy in History (PhD), Department of World History, Termez State University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
194
История вопросов переработки сельскохозяйственных
сырьевых ресурсов Сурхандарьинской области
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
продукты питания,
сельское хозяйство,
теплица,
“Ўзгўштсаноат”,
“Сурхондарёгўшт”,
продукты.
Статья анализирует вопросы переработки и поставки
продукции, произведенной в пищевой промышленности,
для нужд населения, а также проблемы, которые
необходимо решить в этой области. Снабжение населения
продовольственными товарами ухудшится, а доходы
производителей и переработчиков снизятся. Поэтому на
сегодняшний день одним из актуальных вопросов является
развитие интеграции через кооперацию и обеспечение
непрерывности
всех
процессов,
связанных
с
производством,
транспортировкой,
переработкой
и
реализацией сельскохозяйственной продукции.
KIRISH
Oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini mahsulotga ishlov berish darajasiga qarab, ikki
guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saralash,
quritish va saqlashni o‘z ichiga oluvchi sohalar kirsa, ikkinchi guruhga qishloq xo‘jalik
mahsulotiga chuqur qayta ishlov beruvchi tarmoqlarni kiritish mumkin. Oziq-ovqat
tarmoqlarida ishlab chiqarish kombinatsiya tarzida tashkil etilishi bois, ko‘p hollarda
yirik ishlab chiqarish yuqoridagi jarayonlarning barchasini qamrab oladi. Oziq-ovqat
sanoati hozirgi kunda yuzlab xilma-
xil tarmoqlarni o‘zida mujassamlashtirgan.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Surxondaryo viloyatida oziq-
ovqat sanoati tarixi mavzusida O‘zbekiston Milliy
arxivi 82-fondi va 132-fondidan, Surxondaryo viloyati davlat arxivining 1262-fondi,
1249-fondi, 1187-fondi va 1091-
fondlaridagi birlamchi ma’lumotlaridan foydalanildi.
Shuningdek, xorij olimlaridan Ye.G. Animitsa asarlaridan va S.N. Tursunov, T. Turdiev
tomonidan yozilgan sohaga oid bo‘lgan monografiyalari o‘z aksini topgan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqola tarixiy metodlar
–
tarixiylik, ketma-ketlik, xolislik tamoyillari asosida
yoritilgan bo‘lib, mustaqillik yillarida Surxondaryo viloyati oziq
-ovqat sanoatidagi yutuq
va kamchiliklar tadqiq etilgan
Tahlil va natijalar ijtimoiy omillar, ya’ni aholining uzoq
-tarixiy rivojlanishi
davomida shakllangan urf-
odatlari, diniy e’tiqodi kabi ijtimoiy jihatlari u yoki bu tur oziq
-
ovqat turlarini ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, islom dinida cho‘chqa go‘shti,
iudaizmda qoramol go‘shti iste’mol qilish mumkin emas. Ayni vaqtda ijtimoiy
munosabatlarning globallashib borishi tufayli mintaqaviy oziq-ovqat mahsulotlari
dunyoning aksariyat mamlakatlarida ommalashib bormoqda.
Qator oziq-ovqat sanoati tarmoqlari xomashyosini uzoqqa tashish samara
bermaydi. Xususan, bunga sut, go‘sht, baliq va shunga o‘xshash mahsulotlar misol bo‘la
oladi. Ma’lumki, muzlatilgan mahsulotlar o‘zining foydalilik darajasini pasaytiradi, shu
bois, ular bevositaqayta ishlanadi yoki iste’molchi hududlarda ushbu mahsulotlarni
yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.
Masalan, yirik shaharlar atrofida intensiv sut-
go‘sht, tuxum
tayyorlash, issiqxona mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash tashkil etiladi [1].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
195
Ayrim hollarda mahsulotni qayta ishlovchi korxonalar (konserva, vinochilik, sut va
go‘sht kombinatlari va b.q.) faoliyatida o‘zaro kelishilgan holda ish olib borilmayotganligi
oqibatida birinchidan, ko‘pgina qayta ishlash korxonalarining quvvatlari atigi 40
-50 foiz
va undan ham past darajada foydalanilganligi kuzatiladi. Ikkinchi holatda esa qayta
ishlovchi korxonalar mahsulot qabul qilishni yaxshi yo‘lga qo‘ymaganliklari oqibatida
ko‘plab mahsulotlar nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan ikkala
holatda ham katta zarar ko‘radi.
Aholini oziq-
ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash yomonlashib, mahsulot
yetishtiruvchilarning, uni qayta ishlovchilarning daromadlari kamayadi. Shuning uchun
ham bugungi kunda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, tashish, qayta ishlash va
sotish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlarni kooperatsiya orqali integratsiyalashni
rivojlantirish hamda uzluksizligini ta’minlash dolzarb masalalardan biridir.
O‘zbekistonda aholi tomonidan eng ko‘p ishlatiladigan oziq
-ovqat mahsuloti bu
yog‘
-
moydir. Yog‘
-
moy mahsulotlarini tayyorlashda mintaqaviy omillar yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Yer yuzida o‘nlab turdagi o‘simliklardan hamda baliq va boshqa turdagi
hayvonlardan yog‘
- moy mahsulotlari ajratib olinadi. Ammo ular orasida kungaboqar,
soya, yeryong‘oq, zaytun hamda paxta xomashyosi ishlab chiqarishda eng ko‘p
foydalaniladi.
Surxondaryo oziq-
ovqat sanoati tarmog‘ida yetakchi o‘rinni Denov yog‘
-
ekstraksiya zavodi egallaydi. Ukrainaning Kirovograd viloyatidagi o‘simlik yog‘i ishlab
chiqaradigan zavodning ba’zi agregatlari olib kelinib, Denov paxta tozalash zavodida
ishga tushirildi. Korxona o‘z mehnat faoliyatini kichik va oz miqdorda bo‘lgan asbob
-
uskunalar bilan boshladi. Mutaxassislar tanqisligi va tajribasi bor ishchilar yo‘qligiga
qaramasdan, korxona ish faoliyatini boshladi. “Buka
-
Volf” bug‘ qozoni 1,5 bosimga ega
bo‘lgan gidronasos, 5 vallik valsovka, kuniga yuz tonna chigitni maydalash quvvatiga ega
bo‘lgan Denov yog‘ presslash, keyinchalik Denov yog‘
-ekstratsiya nomini olgan korxona
1943-
yilda ishga tushirildi. Shu yillarda zavod har yili 979 tonna o‘simlik yog‘i ishlab
chiqargan kichik korxonadan, bugun kuniga 800 tonna chigitni qayta ishlash quvvatiga
ega bo‘lgan korxona darajasiga yetib keldi
[2]. Ming nafarga yaqin ishchi-xodimlar
mehnat qilayotgan jamoa faoliyatida mustaqillik yangi davrni boshlab berdi. Iqtisodiy
islohotlar dadillik bilan amalga oshirilib, asosiy diqqat-
e’tibor mahsulot sifatini, uning
raqobatbardoshligini oshirish, xalqimizni shu xil mahsulotlar bilan ta’minlashga qaratildi.
Shu maqsadda bu yerda maxsus dastur ishlab chiqildi. Unda raqobatbardosh mahsulot
ishlab chiqarish bilan birga ishchi-xizmatchilarning moddiy manfaatdorligini oshirib
borish o‘z aksini topdi.
Ushbu korxonada 1988
–
89-yillarda 45 ming tonnaga yaqin
o‘simlik yog‘i ishlab
chiqarilgan bo‘lsa, 1995
-
yilda esa 32 ming tonna o‘simlik yog‘i ishlab chiqarildi. Buning
asosiy sababi uyushma tomonidan texnik chigit bilan ta’minlanmaganligidir. 1996
-yil esa
jamoada, 1995-
yildagiga nisbatan 76 foizga o‘sishga erishildi
[3].
2005-
yilda korxonada yangi presslash uskunalari, kompressorlarning o‘rnatilishi
natijasida, shu yili 12128 tonna qora yog‘ va 10517 tonna ohorlangan yog‘ ishlab
chiqarildi. Har ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha ham 2002
-
yilga nisbatan 119 foizga o‘sishga
erishildi. 2002-
yilda korxonada “O‘zbekiston” navli yog‘ 380 tonna ishlab chiqarilgan
bo‘lsa, 2005
-
yilda bu yog‘ning salmog‘i 2441 tonnani tashkil etib, 6,5 barovar o‘sishga
erishildi [
4]. Agarda mustaqillikning ilk yillarida korxonada 12818 million so‘mlik
mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2000
-
yilda 1 milliard 681,1 million so‘mlik,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
196
2005-
yilda esa bu ko‘rsatkich 8 milliard 45,5 million so‘mni tashkil etdi. Korxonada
nafaqat paxta chigiti, balki maxsar [
5] va kungaboqardan yog‘ olish borasida muhim
tadbirlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009
-yil 26-
yanvardagi “Respublika
aholisini yog‘
-
moy mahsulotlari bilan ta’minlash, hududlarda moyli ekinlarni yetishtirish
va ularni qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish chora tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ–
1047-son
qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24
-dekabr
2009-
yildagi № 03
-10-64-
sonli majlis bayonnomasi hamda “ Yog‘
-moy va oziq-ovqat
sanoati” uyushmasining 2009
-yil 30-
dekabrdagi № 12.10
-son boshqaruv qaroriga asosan
3500 gektar maydonda maxsar va kungaboqar ekish va undan yog‘ olish borasida ishlar
amalga oshirildi [
6]. Qilingan ishlar natijasini korxonaning ishlab chiqarish sur’atlari
oshib borishida ko‘rishimiz mumkin. 2007
-yilda mahsulot sotishdagi tushum
27053350 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2008
-
yilda 36183853 mln. so‘mni, 2009
-yilda
30236138 mln. so‘mni tashkil qilgani holda, sof foyda 2007
-
yilda 1072100 ming so‘mni,
2000-yilda 1121351, 2009-
yilda 1205736 ming so‘mni tashkil etdi
[7].
Surxondaryo viloyati go‘sht mahsulotlari bilan aholini ta’minlashda katta
imkoniyatlarga ega hudud hisoblanadi. Mustaqillikning dastlabki yillarida viloyatda
chorva tuyoq sonining kamayib ketishi go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish sur’atining
pasayishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Birgina 1994-
yilda Termiz go‘sht kombinati 9 mln 693 ming
so‘mlik, Termiz go‘sht hissadorlik jamiyati 5 mln 878 ming so‘mlik, Denov sut hissadorlik
jamiyati 4 mln 636 ming so‘mlik mahsulot kam ishlab chiqargan [8].
O‘zbekistonning barcha viloyatlarida keyingi besh yillikda go‘sht sanoati o‘zining
texnikaviy potensialini tiklab oldi va taraqqiy eta boshladi. Yangi kichik korxonalar va
go‘shtga dastlabki ishlov berish korxonalari barpo etildi. Mahsulot ishlab chiqariladigan
asosiy bo‘limlar qurilma va uskunalar bilan jihozlandi. Go‘sht tarkibida barcha muhim
elementlar tayyor holda bo‘lganligi sababli, inson organizmida moddalar almashinuvida
ishtirok etadi. Kuzatuvlardan ma’lum bo‘lishicha, go‘sht miyaga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.
Miya go‘shtdan ko‘proq oziq olib o‘sadi va rivojlanadi.
Go‘shtbop qoramolchilik respublikamiz uchun nisbatan yangi tarmoq hisoblanadi.
U tog‘oldi, tog‘ yaylovlarida va Amudaryo etaklaridagi to‘qay
-qamishzorlarda va shunga
o‘xshash joylarda tashkil etilib, ko‘paytirish ishlari olib borildi. Go‘shtbop qoramolchilikni
rivojlantirish uchun Surxondaryoning Boysun va Sariosiyo tumanlarida, Qashqadaryo
viloyatining Dehqonobod tumanida, Sirdaryo viloyati, Jizzax viloyatining Bahmal hamda
Zomin tumanlarida yaxshi sharoit bor.
Hududlar bo‘yicha qaralganda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash
bo‘yicha salohiyat va imkoniyatlar Surxondaryo viloyatining deyarli barcha tumanlarida
mavjud. Go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mavjud quvvatlardan Boysun,
Qiziriq va Qumqo‘rg‘on tumanlarida yetarlicha tajriba va imkoniyatlar bor.
“O‘zgo‘shtsutsanoat” O‘zbekiston go‘sht va sut sanoati davlat aksionerlik
assotsiatsiyasi 1993-yil 3-
apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 588
-son
farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993
-yil 6-apreldagi
172-
son qaroriga muvofiq tashkil qilingan edi. O‘zbekiston go‘sht va sut sanoati davlat
aksionerlik assotsiatsiyasi sobiq Qishloq xo‘jaligi vazirligi tassarufida bo‘lgan va
keyinchalik tugatilgan “O‘zgo‘shtsutsanoat” ishlab chiqarish birlashmasining huquqiy
vorisi hisoblanadi [9].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
197
“1994
-
yilda viloyatimizda 1275 ta dehqon fermer xo‘jaliklari tashkil qilingan
bo‘lib, ulardan 847 tasi mustaqil faoliyat ko‘rsatishgan. Ushbu dehqon fermer xo‘jaliklari
tayyorlov idoralari bilan 1994-
yilda davlatga 850 tonna go‘sht va 3100 tonna sut
topshirishga shartnomalar tuzishgan bo‘lib, 1994
-
yil 1 iyungacha davlatga 404,2 go‘sht
va 753,9 tonna sut sotdilar. 1994-
yilda ularning qaramog‘ida 15550 bosh qoramol,
4834 bosh sigir, 15235 bosh qo‘y va echki, 2185 ta asalari uyasi mavjud edi [10].
1996-
yilning kuzi juda quruq keldi. Viloyatda chorva qishlovi juda og‘ir kechdi.
Bu holat esa chorva sonining kamayishi va o‘z o‘rnida oziq
-
ovqat masalasida go‘sht
tanqisligiga olib keldi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari aholini oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta’minlabgina qolmasdan, ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilashga ham xizmat qiladi.
Birgina “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushma tizimidagi xo‘jaliklarda 1996
-yilda jumladan, sutni
qayta ishlash korxonalarida 4993 kishi, go‘shtni qayta ishlash korxonalarida esa
3348 kishi faoliyat olib borib, ularning o‘rtacha oylik maoshi 1026 ming so‘mdan,
1580 ming so‘mgachani tashkil etdi
[11].
1998-
yilda “O‘zgo‘shtsanoat” uyushmasi viloyat bo‘linmasida 1527 ta go‘sht va
go‘sht mahsulotlari yoki 1997
-
yilga nisbatan 816 tonnaga ko‘p, hamda 55 tonna kolbasa
mahsulotlari ishlab chiqarildi. Keyingi yillarda amalga oshirilgan tadbirlar natijasida
yangi go‘shtni qayta ishlash korxonalari faoliyat yurita boshladi. Bular jumlasiga yillik
quvvati 750,0 tonna kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Boysun
tumanidagi “Fayz Ramz” FX, 50,0 tonna kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarishga
mo‘ljallangan Denov tumanidagi “Lochin” fermer xo‘jaliklarini misol tariqasida
keltirishimiz mumkin.
2016-
yilda viloyatda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarida aholi, shaxsiy
yordamchi xo‘jaliklarining ulushi yuqori bo‘lib, go‘shtning 94.6 foizi, parvarishlanayotgan
yirik shoxli qoramollarning 93.1 foizi, qo‘y va echkilarning 82,5 foizi, parrandalarning
57,3 foizi ularning hissasiga to‘g‘ri keldi
.
Viloyatimiz aholisini go‘sht va tuxum mahsulotlari bilan ta’minlashda
parrandachilikning alohida o‘rni bor. Ma’lumki, mustaqillikning dastlabki yillarida jamoa
xo‘jaliklarining tugatilishi bilan ular qaromog‘idagi parrandachilik bo‘limlari ham
xususiylashtirilib, nihoyatda qiyin ahvol yuzaga keldi. Ayniqsa, 1997-yilda parrandachilik
sanoatida murakkab vaziyat yuzaga kelgan. Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining keskin
kamayishi natijasida parrandachilik fabrikalarining moliyaviy ahvoli yomonlashdi.
Vujudga kelgan vaziyatning asosiy sababi, viloyatimizda mavjud parrandachilik
fabrikalarining omuxta yemlarga bo‘lgan talabi, miqdor va assortiment bo‘yicha viloyat
don mahsulotlari hissadorlik jamiyatiga qarashli korxonalar tomonidan ta’minlanishining
keskin kamayganligi hamda ularning sifatsizligi va to‘yimsizligidir.
Viloyat don mahsulotlari hissadorlik jamiyatiga qarashli korxonalar xom ashyo
yo‘qligi sababli parrandachilik fabrikalarini omuxta yemga bo‘lgan talabini to‘liq
ta’minlay olmadi hamda ularda ishlab chiqarilayotgan omuxta yemlar o‘ta qimmatliligi
tufayli mahsulot tannarxi pasaymadi, natijada parrandachilik fabrikalari doimiy zarar
bilan chiqadigan sohaga aylanib qolgan edi.
“Termiz parrandachilik fabrikasi” ochiq hissadorlik jamiyati boshqaruvi
Surxondaryo viloyat hokimligining 2000-yil 19-
avgustdagi “Viloyatda parrandachilik
sohasini rivojlantirish to‘g‘risida” gi qarorini amalda bajara borib, 2001
-yilda parranda
bosh sonini 155000 boshga yetkazdi. Tuxum ishlab chiqarish 25680 ming donaga va
go‘sht ishlab chiqarish 160,4 tonnaga yetkazildi
.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
198
Parrandachilikni rivojlantirish dasturiga asosan 2016-yilda 58 ta parrandachilik
sub’ektlarini tashkil etish loyihalashtirilgan bo‘lib, amalda 50 ta parrandachilik
sub’ektlari tashkil etildi.
Viloyatda parrandachilikni rivojlantirish maqsadida 6,4 mlrd.
so‘m, shundan 1,8 mlrd. so‘mlik bank kreditlari sarflandi
.
Insonning to‘g‘ri ovqatlanish ratsionida sut va sut mahsulotlari juda muhimdir.
O‘zbekistonda birinchi sut zavodi Toshkent shahrida 1928
-yilda ishga tushirilgan.
Surxondaryo viloyati respublikamizda sut va sut mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha
yetakchi o‘rinlarni egallaydi. 1996
-
yilda Germaniyaning “Kontinent Plyus GMBX”
firmasining oziq-
ovqat sanoati sohasidagi va ularni upakovkasi bo‘yicha berilgan
texnologiyalar viloyat tadbirkorlari hamda tadbirkorlik tuzilmalari o‘rtasida ko‘rib
chiqilgan.
“Termiz
-
go‘sht”, “Termiz
-
sut” va “Denov
-
sut” hissadorlik jamiyatlari ushbu
texnologiyalarni olish istagini bildirishdi.
1998-
yil 10 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
434-
sonli “Qaymog‘i olinmagan sutni qayta ishlovchi kichik zavodlar tashkil etish chora
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Shu qaror asosida “JRM va KoLTD” firmasi
“Baraka” UKL orqali xorijning eng zamonaviy texnologiyasi bir smenada 2 tonna
qaymog‘i olinmagan sutni qayta ishlovchi kichik sut zavodini Termiz tumani Namuna
shirkat xo‘jaligiga keltirib o‘rnatdi. Hozirgi kunda 8
-10 turdagi sut mahsulotlari ishlab
chiqarilmoqda.
Viloyatimizning shifoxona va bolalar bog‘chalariga arzon narxlarda sut
mahsuloti yetkazib berilmoqda.
XULOSA
Yuqorida keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiruvchi va uni qayta ishlab
tayyor mahsulot holatiga keltiruvchi korxonalar, tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi
integratsion jarayon yoki uzilmas zanjirni ko‘rishimiz mumkin.
Shuningdek, sohada
mavjud kamchiliklarga xam to‘xtalib o‘tildi..
Shunday qilib, yuqoridagi ma’lumotlar, tahlillar yuzasidan quyidagi xulosalarga
kelindi:
1. Aholi ehtiyoji talabidan kelib chiqqan holda oziq-ovqat maxsulotlarini turlarini
ko‘paytirish va qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini
kengaytirish:
2. Viloyatda yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli saqlash va uni
aholiga yetkazib berishda maxsus saqlanadigan muzlatgichlar sonini ko‘paytirish.
3.
Qishloq xo‘jaligida yetishtirilayotgan maxsulotlarni qayta ishlash korxonalariga
yetkazib berishda, viloyatda agrologistika xizmatini rivojlantirish:
4. Oziq-
ovqat sanoatiga xorij investitsiyalarini ko‘proq jalb etish, oziq
-ovqat
xavfsizligini ta’minlash kabi masalalarni hal etish buguning muhim vazifasidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Анимица
Е.Г., Территориальное основы местного самоуправления. //
Территория и общество. –
Пермь, 2007.
-
С 4.
2.
Сурхондарё вилоят давлат архиви, М. 1262
-
жамғарма, 1
-
рўйхат, 42
-
иш,
12-
варақ.
3.
Сурхондарё вилоят давлат архиви, М. 1091
-
жамғарма, 1 рўйхат
, 444-
иш,
40-
варақ.
4.
Турсунов С., Турдиев Т. Денов. –
Тошкент.: “Фан”, 2009.
-
Б 254.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
199
5.
Сурхондарё вилоят давлат архиви, М. 1262
-
жамғарма, 1
-
рўйхат, 42
-
иш,
16-
варақ.
6.
Сурхондарё вилоят давлат архиви, М. 1262
-
жамғарма, 1
-
рўйхат, 42
-
иш,
32-
варақ.
7.
Сурхондарё вилоят давлат архиви, М. 1249
-
жамғарма, 1
-
рўйхат, 43
-
иш,
9-
варақ.
8.
Ўзбекистон Миллий архиви, М. 82
-
жамғарма, 1
-
рўйхат, 32
-
иш, 2
-
варақ.
9.
Ўзбекистон миллий архиви, М. 132
-
жамғарма, 1 рўйхат, 25
-
иш, 98,
123-
варақлар.
10.
Холманова Ф.У. О роли предприятий легкой промышленности экономике
Сурхандарьи. Бюллтень науки и практики. 6(12) Б
-483-486.
11.
Холманова Ф.У. Озиқ
-
овқат саноатининг худудий ташкил этилиши.
Ўтмишга назар. Б
-436.
