Авторы

  • Лайло Джалолова
    Студент, Самаркандский государственный институт иностранных языков

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss3/S-pp246-250

Ключевые слова:

концепт когнитология концептуальный анализ человечек-ящик символ рыба изоляция А. Чехов «Человек в футляре» внешний мир

Аннотация

Статья представляет концептуальный анализ романа японского писателя Кобо Абэ «Человек ящик». В произведении через призму сатиры рассматриваются основные образы: общественная жизнь Японии, человеческие ценности, социально-экономические изменения и стиль современного мира. Также в романе исследуются конкретные понятия, связывая их духовные идеи с концептуальной сферой произведения.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Conceptual analysis of the novel "The Box Man" in the
works of Kobo Abe

Laylo JALOLOVA

1


Samarkand State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2024

Received in revised form

28 February 2024
Accepted 20 March 2024

Available online

15 April 2024

The article presents a conceptual analysis of the novel “The

Box Man” by

the Japanese writer Kobo Abe. The work examines

the main images through the prism of satire: Japanese social life,

human values, socio-economic changes, and the style of the

modern world. The novel also explores specific concepts, linking
their spiritual ideas to the conceptual realm of the work.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss3/S-pp246-250

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

concept,

Cognitology,

conceptual analysis,

box man, symbol,

fish, isolation,

A.

Chekhov “Man in a case”,

external world.

Kobo Abe ijodidagi “Yashik odam” romanining konseptual

tahlili

ANNOTATSIYA

Kalit so

zlar:

konsept,

kognitologiya,

konseptual tahlil,

yashik odam,

simvol,

baliq,

izolyatsiya,

Kobo Abe,

A. Chexov,

g‘ilof bandasi,

tashqi olam.

Mazkur maqolada yapon yozuvchisi Kobo Abening “Yashik

odam” romani konseptual tahlil qilindi. Romandagi asosiy

tasvirlar Yaponiyadagi ijtimoiy hayot, inson qadri, ijtimoiy-

iqtisodiyotning o‘zgarishi, zamonaviy dunyo tarzi satirika orqali
tasvirlangan. Romanda o‘ziga xos konseptlar bo‘lib, ularning

ma’noviy g‘oyalari asar konseptosferasi bilan bog‘liqligi haqida

fikr yuritildi.

1

Student, Samarkand State Institute of Foreign Languages


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2024) / ISSN 2181-1415

247

Концептуальный анализ романа «Человек

-

ящик»

в творчестве Кобо Абэ

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

концепт,

когнитология,

концептуальный анализ,
человечек

-

ящик,

символ,

рыба,

изоляция,

А. Чехов,

«Человек в футляре»,

внешний мир

.

Статья представляет концептуальный анализ романа

японского

писателя

Кобо

Абэ

«Человек

ящик».

В произведении через призму сатиры рассматриваются

основные

образы:

общественная

жизнь

Японии,

человеческие

ценности,

социально

-

экономические

изменения и стиль современного мира. Также в романе
исследуются конкретные понятия, связывая их духовные

идеи с концептуальной сферой произведения.


KIRISH

Asarlarni konseptual tahlil qilishda konsept, konseptosfera kabi atamalarning uchrashi

hozirgi

adabiyotshunoslikni yangi bosqichga ko‘targan. Konsept

kognitiv tilshunoslikning

birligidir. Kognitiv tilshunoslikning kognitologiya bo

limi bilish nazariyasi hamda insonning

bilish faoliyati haqidagi fandir. Konseptlar ma

lum bir tushunchani anglatib, barchaga ma

lum

bo

lgan dunyo haqidagi subyektiv milliy g

oyalarni bildiradi, shu tushunchalar yig

indisi

konseptosfera deb ataladi. Sh. Safarov

Kognitiv tilshunoslik

risolasida konseptga shunday

ta

rif beradi:

Konsept mazmun jihatidan bir tomondan voqelik bilan munosabatda bo

lsa, ikkinchi

tomondan esa lisoniy belgisiz bevosita munosabatga kirishadi

[7;47]. Asarlarni konseptual tahlil

qilish jarayonida asarda konseptlarni qay darajada umumiy va xususiy ma

nolarni anglatishi

hamda ma

lum bir xalqning adabiyoti, tarixi, ijtimoiy dunyosiga oid milliy qarashlar asosga

olinib tahlil qilinadi. Har bir asar tahlilida birinchi o

rinda milliy ruhning boyligi muhim

ahamiyatga ega, tahlilda asar konseptosferasini anglash inson va voqelik munosabatida yuzaga
keladigan mental tasavvur bilan bog

liqdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Jahon adabiyotida tan olingan chuqur ahamiyat kasb etuvchi romanlar va yozuvchilar

mavjud bo

lib, ular o

z ijodiyoti orqali umumbashariy g

oyalarni barcha xalqlar uchun birdek

tatbiq etgan. Shunday yozuvchilardan biri yapon adibi Kobo Abe bo

lib, uning

Yashik odam

romani o

ziga xos ijtimoiy o

ringa ega. Kobo Abe ijodiyotini o

rgangan tadqiqotchilar

E.L. Skvorsova [8;183] K.A. Ivanova [1;297], O.V. Konnova [2;21], P.V. Palievskiy [5;97],
D.A. Tatarskaya [9;181], N. Fedorenko [10;5] Kobo Abening ijodiy yo

lini yaxshi o

rganishgan.

Kobo Abening “Yashik odam” romani allegoriya asosida yozilgan bo‘lib, roman

ramziylikka xoslangan. Romanda bosh qahramonning asl kasbi fotomuxbir bo‘lib, u yashik

kiyib, yashik ichida kun kechirgan. Romanda yashik odam eslatmalar yozishni boshlaydi, u quti

qanday yasalishi, jihozlanishi haqida ko‘rsatmalar beradi. Romanda har bir yashik odamning o‘z
hikoyasi bor. Qahramon A. derazasi oldidagi yashik odam haqida hikoya qiladi. A. g‘azablanib

yashik odamni yelmiltiq bilan otadi. Keyinchalik A. yangi muzlatgich sotib oladi, muzlatgich

qutisiga kirishga ishtiyoq paydo bo‘ladi va bir haftadan keyin u butunlay qutiga o‘rganib qolib

yashik odamga aylanadi va uyini tark etadi. Asarda eslatmalar yozadigan odam voqelikni goh

yashik odam tomonidan, goh o‘zga shaxs tomonidan yozadi, uning nutqi dialog shaklida bo‘lib,
qahramonlar bilan bog‘liq hodisaning ro‘y berishi romanda to‘liq yoritilmagan. Biroq butun


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2024) / ISSN 2181-1415

248

voqelikni birgina yashik odam yozgan degan to‘xtamga ham kelish mumkin. Yashik odamga bir

qiz yashigidan voz kechishi uchun pul taklif qiladi. Qiz kasalxonada hamshira ekanligi, shifokor

esa yashik odamni miltiq bilan otgan shaxs ekanligi namoyon bo‘ladi.

Asarda keyinchalik

shifokor ham yashik ichida kun kechirishni boshlaydi va asarda “soxta yashik odam” nomini
oladi. Soxta yashik odam asli qotil bo‘lib, harbiy shifokorni giyohvandlikka o‘rgatib, vafotiga
sabab bo‘lgan. Romanda bir nechta inson yashik kiyg

ani aytilgan, A.personaj, S.personaj, vafot

etgan shifokor ham o‘limidan oldin yashik kiyib,

ko‘chaga chiqqanligi, bosh qahramonning otasi

ham yashik kiyganligi keltrilgan.

Romanda muallif personajlarning yashik ichida yashash obrazini yaratganligining sababi

turlicha talqin etilgan. Romanning ilk sahifalarida

“Кеча Уено саёқлардан тозаланди. 180 киши қамоққа олинди”

[6;3] sarlavha ostidagi

eslatmada Ueno rayonida qotillik sodir

bo‘lganligi, Ueno vokzalini sayoqlar qurshab olganligi,

sayoqlik taqiqlangan joyga kirib qonunni buzganliklari uchun 180 kishi qamoqqa olinishi

yozilgan. Romanda aynan o‘sha davrdagi uysizlik muammosi nazarda tutilgan, uysiz kimsalar

sargardonligi mavzusi yoritilgan. Insonlarning yashik kiyib yurishiga sabab bir tomondan

jamiyatda uysiz sayoq yurganlar politsiya ko‘zidan nari bo‘lishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan
falsafiy ma’no ya’ni jamiyatdagi barcha soxtalik va ikkiyuzlamachilikdan inson o‘zini yashik

orqal

i izolyatsiya qilishi tasvirlangan. “Yashik odam” romani syujet jihatidan ko‘p qatlamli

bo‘lib, romanda inson ruhi tasviri, haqiqiy inson “meni”ni izlash va yo‘qotish muammosi
ko‘tariladi. Bosh qahramon karton yashikka joylashib, real dunyoda hamda “meni” ko‘p bo‘lgan
labirintda kezib yuradi, u o‘zini topa olmaydi. Natijada, qahramon odamlar orasida yolg‘izlikdan
vafot etadi [4;135]. Yashik odamga ayalanish haqida so‘z borarkan, jamiyatda yovuzlikning
bo‘lmasligi, jamoatchilik bosimi ostida o‘z shaxsining a

hamiyatsizligini his qilish kabi

kechinmalar bosh sababdir. Yashik odam yashikdagi o‘ziga xos hayotning afzalligini aytadi,
yashikdan tashqariga qaraganda yashik ichidan tashqi dunyodagi yolg‘on, yovuz niyatli
kishilarni yaqqol ko‘rish mumkinligini ifoda e

tadi. Romanda yashik odam jamiyatga zarar

yetkazmaydi hamda jamiyatdagi ommaning ham unga bosim o‘tkazishini xohlamaydi. Yashik
kiygan odamlarni jamiyat o‘z taqdiriga “beparvo” deb o‘ylashi mumkin, shuningdek, tashqi
omma yashik odamlarni ko‘rganda e’tibor

berishmaydi, ularning o‘z atrofidagi insonlarga ham

yashik odamga nisbatan qaragandek beparvoligi yoritilgan. Buni jamiyat hayotidagi insonlar
xarakteridagi kamchiligi deb atash mumkin.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Kobo Abening “Yashik odam” romanida obrazlilikni oshiradigan ramziy timsollar bo‘lib,

ular qahramon obrazi, insonning ruhiyati, jamiyat holatini ifoda etadi. Ramziy timsollar: yashik,

baliq, vaqt, chig‘anoq o‘t, yalang‘ochlik. Romanda chig‘anoq o‘t haqida rivoyat keltirilib, kimki
uni hidlasa tushida baliqqa aylanib qolishi, chig‘anoq o‘tning hidi insonni suvda sho‘ng‘itgandek

his qildirishi haqida aytiladi:

“Уйқунинг ўзи қийин эмас

,

ўйғониш қийин. Ростакам балиқ вақтни қандай ҳис

қилади

-

номаьлум бироқ, тушида балиқ бўлганлар учун вақт ўнгдагига нисбатан

бутунлай бошқача ўтади. Вақт харакати тезлиги кескин камаяди

-

оддий сониялар

кунларга, ҳафталарга айлангандек бўлиб туюлади”

[6;30]

Ushbu tasvir zamirida timsol bo‘lib, baliq bu

-

odam, chig‘anoq o‘t –

yashik ramzlariga

ishora qiladi. Yashik ichidagi hayotda vaqt birligi sekin o‘tishi, yashikdagi dunyo xuddi tushga
o‘xshashi undan voz kechish qiyinligi ramziy ifodalangan. Rivoyatda soxta baliq ham bo‘lib,
uning oyoq qo‘li, quloqlari bo‘yni va yelkasi yo‘q deb tasvirlanadi. Soxta baliqning po‘sti
tangacha tangacha qop deb ta’riflanadi, tangacha qop –

yashikka ishora.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2024) / ISSN 2181-1415

249

“Аьзойи бадани қонга тўлаётгандек

,

ғужанак бўлиб жон талвасасида

титраётган соҳтабалиқни

:

бирдан соҳтабалиқ бўлиб чиқсам

-

а

,

деган машьум шубҳа

қуршаб олади”

[6;31].

Soxta baliq

romandagi soxta yashik odamdir, soxta baliq qo‘lsiz oyoqsiz, ko‘rgan

narsalarini ushlab his qilolmaydi, uning baliq qopi xalaqit qiladi. Yashik odam ham hamshira

qizni yoqtiradi lekin u bilan munosabatiga faqat yashigi to‘sqinlik qilishini timsollar orqali

tasvirlagan. Mazkur ramziy rivoyatda ma’lumki, yashik odam ham soxta yashik odam ham bir

obrazdir. Faqat ularning haqiqiy yoki haqiqiy emasligi tashqi dunyodan uzilish yoki uzilmasligi

bilan bog‘liq. Kobo Abe romanida hodisani so‘z bilan ifodalashdan ko‘ra timsollar ko‘p qirralikni
yuzaga keltirgan. Bosh qahramon uchun yashik tasviri inson qadriyatlarini yo‘qolishi timsoliga
aylanadi. Qahramon yashikdan ayrilishni ichki va tashqi qobiqdan mahrum bo‘lishlik deb

hisoblaydi. Epizodlar davomida

yalang‘och inson tanasiga oid ko‘plab syujetlar

birikkan.

Yalang‘ochlik konsepti nafaqat tashqi ko‘rinish, balki insonning ichki kechinmalariga ishora
sifatidagi g‘oyani ilgari surgan. Yashik odamni yashikdan voz kechishi yoki uni bir muddatga

yechib turishi uning tashqi

va ichki dunyosida ham hech qanday tuyg‘u qolmasligi ya’ni

psixologik olami yalang‘och bo‘lib qolishidan darak beradi. Yalang‘ochlik konsepti romanda
asosan ayol (hamshira) obraziga tegishli bo‘lib, ayol voqelik jarayonida o‘ziga xos markazga

aylanadi. U

nafaqat jismoniy jozibadorlik ob’yektiga aylanadi, balki hayotning asl dominant

timsolidir. Aynan u yashik odamni yolg‘izlikdan qutqarishga, dushman jamiyatiga zarba

berishga kuch berishga qodir [4;136].

Kobo Abeningning “Yashik odam” romani uning ijodidagi yangi burilish hisoblanadi.

Kobo Abe rus adibi Anton Chexovning “G‘ilof bandasi” nomli hikoyasining o‘xshashi bo‘lgan
“yashik odam” obrazini yaratdi. Chexovning hikoyasida “g‘ilof”

mohiyatiga boshqacha tarzda

qaraydi: qahramon uchun g‘ilof o‘zini o‘zi anglash imkoniyatiga aylanadi. Chexovning
hikoyasida g‘ilof insonning jamiyatida o‘z o‘rnini topishga qaratilgan. Kobo Abe romanida
yashik odam o‘zligini topolmaydi:

“Бироқ мен нима учундир ҳалигача бирор марта ҳам балиққа айланганим йўқ. Неча

марта уҳладим, лекин яшик одамлигимча қолавердим. Бундоқ ўйлаб кўрилса, соҳтабалиқ
билан яшик одам ўртасида менинг тасаввуримча унча катта фарқ йўқ. Яшик кийиб мен
ўзим бўлмаган сохта ўзимга айладим”

[6;33]

Ramziylik ichida ramziylikni yuzaga keltiruvchi romanda “baliq” konsepti va “yashik”

konseptlari insonni soxta ko‘rinishga olib kelgan qahramon o‘zining kamchiligida jamiyat
muhiti sababchiligini “soxta baliq”, “soxta yashik” konseptlari orqali yoritgan. Y

ashik odam

o‘zini “chig‘anoqdagi qisqichbaqa”ga qiyoslaydi, u uch yil yashik ichida yashaydi va qisqichbaqa
ham chig‘anoqqa kirib

yashashi bilanoq gavdasining orqa qismi chig‘anoqqa qo‘shilib jipslashib

ketishi, agar uni chig‘anoqdan yulib olsa qisqichbaqa

nobud bo‘lishi holatini xuddi o‘zi va yashik

munosabatiga o‘xshatgan. Romanda insonning sovuqqonligig

a sababchi omillardan biri

axborot oqimi deb topilgan. Qahramon o‘zini salbiy xabarlardan zaharlanganligini aytib,
ko‘chada vafot etgan odamning jasadini yangilik sifatida suratga olmoqchi bo‘ladi va bu fikridan

qaytadi. Romanda

“Йиқилиб йотган одамга юз минг киши эьтибор бермади”

nomli qismida

yer osti o‘tish joyida vafot etgan odamga hech kim e’tibor bermaydi, bu tasvir yordamida yashik
odam o‘zining tashqi dunyodagi kimsalarning e’tiborsiz ekanligini isbotlagan.

XULOSA

Yapon adabiyoti asarlarida milliylik, ichki omillar, inson psixologizmi kuchli tasvirlanib,

konseptosferik yondashuvlarni belgilaydi. Kobo Abe “Yashik odam” romani orqali inson


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2024) / ISSN 2181-1415

250

jamiyatdan uzilsa, jamiyatning shaxs oldida hech qanday majburiyati yo‘q degan e’tiqodning
yolg‘onligini isbot etishga harakat qiladi.

Romanning ma’naviy g‘oyasi inson bilan jamiyat munosabatlarida inson qadri birinchi

o‘rinda turishi, agar inson o‘zligini yo‘qotsa bunga eng avvalo atrof muhiti sababchi bo‘lishi
o‘ziga xos simvollar orqali aniqlagan. Roman fantastik va real dunyo bilan fa

rq qiladi, muallif

gazeta yoki maqoladan foydalanib, sodir bo‘layotgan voqealarning asli tub mohiyatiga (realiga)
urg‘u beradi. Asardagi hayoliy olam ham xayoliy emasdek seziladi, balki xayollar ta’sirida

vujudga kelgan real olam hodisalari tasnifidir.

Romanda yolg‘izlik konsepti –

go‘zallik darajasiga tenglashtirilgan, tabiiyki, yashik odam

uchun yolg‘izlik xos va u yolg‘izligidan afsuslanmaydi, unga go‘zallik sifatida qaraydi. D.

Mateev

Kobo Abening personajlari haqida fikr bildirgan:

“Kobo Abe inson va dushman dunyo ziddiyatlarini yoritgan. Kobo Abe qahramonlari

burjua dunyosida yolg‘iz va uning hayotda qo‘llab –

quvvatlashga qaratilgan barcha urinishlari

jamiyat unga qarshi bo‘lganligi sabab yo‘qolgan: u yashayotgan dunyodagi yolg‘izl

ik insoning

o‘ziga xosligi bilan emas, bu dunyo

tabiatiga ko‘ra bu yerda hamma o‘z

-

o‘zidan jamiyat deb

ataladigan dushmanga

qarshilik ko‘rsatadi”[3;51].

Romandagi konseptlarning har biri inson

qadrini yo‘qolishiga sababchi jamiyatni pozitsiyasini belgilaydi. Asar o‘ziga xos yapon

jamiyatidagi konfliktni tasvirlab adabiy tahlilga mos konseptlarni yuzaga keltirgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Иванова К.А. Особенности экзист

e

нционнализма в романе Кобе Абе “Чужое

лицо”//

Актуальнқе вопросы региональных и международных исследований

Материалы

III

региональной студенческой научно

-

практической конфренции

на

иностранных языках с международным участием. 2016.

297- 300 c.

2.

Коннова О.В. К вопросу о философском смысле метафоры в романе Кобе Абе

“Женщина в песках”/ О.В. Коннова // Научный прогресс и его роль Сборник
материалов

VII(LIX

) Международной научно практической кофренции.

-2015.-C. 21-25.

3.

Матеев. Д.А. Феномен одиночества и проблема нарушения коммуникации.

Монография. Новосибирск.

2012.-190 c.

4.

Машукова Д.А. Жизнь в ящике как аналогия футлярной жизни в романе К. Абе

Человек ящик// Международный научно

-

исследовательский журнал №6, (96) Часть 3.

2020. 135 c. DOI:https://doi.org/10.23670/IRJ.2020.96.6.105

5.

Палиевский П.В. Путь к преодолению. О романе Кобе Абе “Женщина в песках”/

П.В. Палиевский// Иностранная литература

-1966.-

5- 97-100 c.

6.

Раҳмон С. Яшик

-

одам

:

Роман.

(

Рус тилидан таржима) –

Т

.:

Адабиёт ва саньат

нашриёти.

1986. -144

б.

7.

Сафаров. Ш. Когнитив Тилшунослик. Рисола. “Сангзор”

нашриёти

, 2006. 92-

б.

8.

Скворцова. Е.Л. Абе и Булгаков. Попытка сравнения

/

Е.

Л. Скворцова

//

Теортические проблемы изучения литератур Дальнего Востока

.

М

.:

Наука

, 1988.

183-

188 c.

9.

Татарская Д.А. Образ души в романе Кобе Абе “Чужое лицо”/

Д.А. Татарская

//

Новый взгляд Сборник

V

конфренции молодых японоведов.

-2014.- 181-185 c.

Библиографические ссылки

Иванова К.А. Особенности экзистeнционнализма в романе Кобе Абе “Чужое лицо”// Актуальнқе вопросы региональных и международных исследований Материалы III региональной студенческой научно-практической конфренции на иностранных языках с международным участием. 2016. - 297- 300 c.

Коннова О.В. К вопросу о философском смысле метафоры в романе Кобе Абе “Женщина в песках”/ О.В. Коннова // Научный прогресс и его роль Сборник материаловVII(LIX) Международной научно практической кофренции.-2015.-C. 21-25.

Матеев. Д.А. Феномен одиночества и проблема нарушения коммуникации. Монография. Новосибирск. 2012.-190 c.

Машукова Д.А. Жизнь в ящике как аналогия футлярной жизни в романе К. Абе Человек ящик// Международный научно-исследовательский журнал №6, (96) Часть 3. 2020. 135 c. DOI:https://doi.org/10.23670/IRJ.2020.96.6.105

Палиевский П.В. Путь к преодолению. О романе Кобе Абе “Женшина в песках”/ П.В. Палиевский// Иностранная литература -1966.-№5- 97-100 c.

Раҳмон С. Яшик-одам: Роман. (Рус тилидан таржима) – Т.: Адабиёт ва саньат нашриёти.1986. -144 б.

Сафаров. Ш. Когнитив Тилшунослик. Рисола. “Сангзор” нашриёти, 2006. 92-б.

Скворцова. Е.Л. Абе и Булгаков. Попытка сравнения / Е. Л. Скворцова// Теортические проблемы изучения литератур Дальнего Востока. – М.: Наука, 1988. - 183-188 c.

Татарская Д.А. Образ души в романе Кобе Абе “Чужое лицо”/ Д.А. Татарская// Новый взгляд Сборник V конфренции молодых японоведов.-2014.- 181-185 c.