Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
From old method to new education system: history and
analysis (on the example of the Syrdarya region)
Khusniddin URMONOV
Gulistan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2024
Received in revised form
28 February 2024
Accepted 20 March 2024
Available online
15 May 2024
In this article, the educational system, which plays a key role
in the cultural development of the country is highlighted. In it,
the most controversial periods of our country are highlighted
based on some oral interviews and historical materials on the
example of the Syrdarya region.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss3/S-pp289-293
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
astronomy,
Jadids,
schools,
literate,
village,
conflict,
“
Yetti urug
”,
“
Chortoq
”,
“
Tentakovul
”,
lesson.
Eski usuldan yangi ta’lim tizimiga: tarix va tahlil
(Sirdaryo
viloyati hududi misolida)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
astronomiya,
jadidlar,
maktablar,
savodli,
qishloq,
ziddiyat,
“Yetti urug‘”,
“Chortoq”,
“Tentakovul”,
saboq.
Mazkur maqolada mamlakatning madaniy rivojlanishida
asosiy o‘rinda bo‘lgan ta’lim tizimi yoritilgan bo‘lib, unda
mamlakatimizning eng ziddiyatli davrlari Sirdaryo viloyati
misolida bir qator
og‘zaki suhbatlar hamda tarixiy materiallar
asosida yoritib berilgan.
1
Employee, the Memorial Museum of Victims of Repression, Gulistan State University. E-mail: urmonov94@list.ru
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
290
От старой методики к новой системе образования:
история и анализ
(на примере Сырдарьинской области)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
астрономия,
джадиды,
школы,
грамотный,
деревня,
конфликт,
«семь семян»
,
«чердак»
,
«щупальца»
,
урок.
В данной статье рассматривается роль системы
образования в культурном развитии страны. На основе
устных интервью и исторических материалов, приведены
примеры из жизни Сырдарьинской области, которые
иллюстрируют наиболее противоречивые периоды в
истории нашей страны.
1920
–
1930-
yillarda birinchi o‘rinda buyuk davlatchilik va ulug‘ruslik maqsadlarini
va markazning manfaatlarini ko‘zlab ish tutgan sovet hokimiyati
Turkistonda, keyin
mintaqa respublikalarida milliy kadrlarini tayyorlashga bo‘lgan yondashuvlarini o‘z
asarlarida yoritgan mahalliy ziyolilar
–
Abdulhamid Cho‘lpon, Sh.
Rahimiy, A. Fitrat,
Sulaymon Xo‘jaev va boshqalar jiddiy tanqidga uchradi. Bizga yaxshi ma’lumki, o‘sha davr
tarixini yoritmoqchi bo‘lganlar ham, yangi hukumat siyosatini targ‘ib qiluvchi kishilar
ham qishloqlardagi o‘zaro ziddiyatlar bosimlariga duch kelishgan.
Qolaversa, qadimchilar va jadidlar qarama-
qarshiligi o‘lkadagi imperiya
ma’muriyati uchun ayni muddao edi. Shunga qaramay, jadidlar yopilgan maktablar
o‘rniga yangilarini ochishdan charchashmagan. Natijada 1917
-yili Turkistonda 100 ga
yaqin maktab faoliyat yuritgan [1:14-b].
Qanchadan-qancha buyuk allomalar yetishib chiqqan Turkistonni ota-
bobolarimizga chor Rossiyasining savodsizlik hukm surgan qoloq o‘lka, deb o‘qitishdi.
Oktyabr to‘ntarishiga qadar savodli kishilar barmoq bilan sanarli edi, deyishadi.
Mirzacho‘l ham go‘yo 1917
-
yilgi inqilobdan keyin yoppasiga savodxon o‘lkaga aylangan
emish. Ushbu masalani tadqiq qilish orqali tarix
–
hammasiga guvoh ekanligini bilib
olamiz. Manbalardan shu narsa ma’lumki, har qishloqning o‘ziga yarasha oq
-u qorani
tanigan kishilari, bilimdonlari, savodxonlari bo‘lgan. Ular o‘z bilimlarini bolalariga
berishda sira erinishmagan.
Buyuk ma’rifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov Turkiston maktablari va
madrasalarida arab tili, mantiq, geografiya, astronomiya, matematika, tabiiy fanlar
o‘qitilar, shariat, islom darslari o‘rgatilardi. Bunday maktab va madrasalarda buyuk
olimlar, faylasuflar, professorlar etishib chiqqandi. “Samarqanddagi Ulug‘bek tomonidan
barpo qilingan katta rasadxona o‘sha davrda fan, ilm
-
madaniyatning yuqori cho‘qqilarda
bo‘lganligini isbotlaydi”,
–
deb ta’kidlaydi
[2:128-
b]. Bu esa o‘z o‘rnida yuqoridagi
kamsitishlarni rad etuvchi manba desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
1879
–
1880-
yillarda hozirgi Sirdaryo viloyati hududida 8 ta boshlang‘ich maktab
bo‘lganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Ana shu bilim o‘choqlarda, o‘qish, yozish,
boshlang‘ich hisob, qizlarga tikishdan saboq berish bilan birga qo‘l hunari, o‘g‘il bolalarga
esa duradgorlik, ta’mirchilik, etik tikish yumushlari o‘rgatilgan
[3:74-b].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
291
1895
–
1900-
yillarga kelib Sirdaryo sohilidagi “Orol”, “Boyovut” va “Qiyot”
qishloqlarida musulmon maktablarida bolalarga ta’lim
-
tarbiya berila boshlandi. “Yetti
urug‘”, “Chortoq”, “Tentakovul” qishloqlarida ham o‘ziga yarasha mo‘jaz maktablar bo‘lib,
bolalarga savodli, barcha bilimlardan xabari bo‘lgan kishilar saboq berishgan.
Mirzacho‘lga ruslar kirib kelgach, 1907
-
yili Spassk qo‘rg‘onida Surkov ismli boy
ikki xonadan iborat kichik maktab ochdi. Ijaraga qo‘yilgan bu maktabda 50 nafar bola
o‘qirdi. Sal o‘tmay bu qishloqda pishiq g‘ishtdan maktab binosi qad ko‘tardi. 1914
-yili
“Musofirobod” qishlog‘ida Jabbor oqsoqol hovlisida maktab ochilib, bolalar maktab,
madrasa ko‘rgan, o‘qimishli, bilimdon muallimdan saboq ola boshladilar
[3:75-b].
20-
yillarda sho‘ro hukumati hamma joyda bo‘lganidek Mirzacho‘lga ham yangi
hukumat siyosatini targ‘ib qiluvchi kishilarni ishga yo‘llay boshladi. Mirsoat Olimov ana
shundaylardan biri edi. Asli Toshkentlik bo‘lgan bu muallimni hukumat yer islohotidan
keyin yo‘llanma bilan Boyovut qishlog‘iga yubordi.
1923-yil 1-sentyabrda Turkiston ASSRda isloh qilingan eski maktablar soni
Hudud
Jami ro‘yxatga
olingan maktablar
Qayta tashkil
qilingan maktablar
O‘quvchilar
soni
Amalda
o‘qiydiganlar soni
Sirdaryo
viloyati
112
6
550
550
Jami
112
6
550
550
Bo‘ynilariga qizil galstuk taqqan bolalar saf
-
saf bo‘lib
hovliga chiqadilar. Ularni
muallimlari katta yo‘lga boshlaydi. Oldinda bora
yo
tgan bolaning qo‘lida Leninning surati,
yana birining qo‘lida alvon bayroqcha. Bayroqni muallimning o‘zi yasagan. Katta ko‘chaga
chiqishlari bilan bolalar ustozlari o‘rgatgan qo‘shiqni bor ovozlari bilan aytishadi:
Tong qizi uyg‘on, uyg‘on, uyg‘on,
Senga o‘qishga yetishdi zamon.
Muallim ushbu she’riy parchani biroz maktab o‘quvchilari uchun moslashtirgan,
sababi O‘zSSR davlat badiiy adabiyot nashriyotidan 1960
-yilda chiqqan Hamza
Hakimzoda Niyoziyning ikki tomlik she’riy to‘plamning birinchi tomida quyidagi
ko‘rinishda keladi.
Ishchilar,
uyg‘on, uyg‘on, uyg‘on
!
Senga o‘qishga yetishdi zamon
[4:216-b].
Bolalar qishloq ko‘chalarini shu tarzda aylanib, so‘ng orqaga
–
maktabga
qaytishadi. Bu hol har kuni takrorlanadi. Bu, albatta, ko‘pchilikning g‘ashini keltirardi.
Buning ustiga u bolalarga saboq berayotgan joy Boyovutning boylaridan biri Bekbola
Safarovdan tortib olingan mehmonxona edi. Bir kuni sahar turib ostona hatlayotgan
Mirsoat Olimovning ko‘zi bir parcha
q
og‘ozga tushdi. “Muallim, joningdan umiding bo‘lsa,
shu bugunoq bu yerdan ket. Ke
tmasang, chavaqlab tashlaymiz, bolalarga gap o‘rgatgan
tillaringni kesib olamiz!”
[5].
Bu shunchaki po‘pisa emasdi. Xat egalari u bilan keyinroq bot
-bot yuzma-yuz
kelishdi. Shunday hol ham bo‘ldiki, tunda odamlar kelib uning bo‘
yniga sirtmoq solib otda
sudrab ketishdi. Hushidan ketgan muallimni o‘ldi, deb o‘ylab bir chuqurlikka yumalatib
yuborishdi. Muallim hushidan ketgandi, xolos. Bu kabi xunuk voqealar qishloqlarda tez-
tez yuz berib turardi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
292
1927-yilga kelib tumanda bitta to
‘li
q
siz o‘rta maktab ishga tushdi. 1929
-yili
maktablar soni 20 taga yetdi, ulardan 4 tasi to‘liqsiz o‘rta maktab edi. 1919
-yil
Toshkentning Eski shahar qismida jadidlar tashabbusi bilan Turkiston xalq
konservatoriyasining milliy (Eski shahar) bo‘limi tashkil etilgan edi
[6:85-b]. 1927
–
1929-
yillarda Mirzacho‘lga Toshkentdan 3
-
6 oylik o‘qituvchilar tayyorlash kursini
bitirgan bir guruh muallimlar kelishdi. Bu muallimlarning safi asli mirzacho‘llik bo‘lgan
Dilbar Qosimova, Kurash Jiyanov, Hamza Doniyorov, Akbarali Qosimov, Barno
Abdullaeva kabi ko‘plab yoshlar evaziga kengaydi
[3:76]. 1928-
yili Fayzulla Xo‘jaev
Mirzacho‘lga kelib, bu erdagi bilim maskanlari ishi bilan tanishdi. Ta’lim uchun kerakli
bo‘lgan yordam tashkillashtirildi.
1929-yilning 1-
dekabridan arab alifbosidan lotin yozuviga o‘tish haqida qaror
qabul qilindi. Mirzacho‘lda ham o‘qitish yoppasiga lotin alifbosiga o‘tdi. Bu orada
maktablar qurilishiga alohida e’tibor berilganligi ahamiyatga molik. Tuman ijroqo‘mining
1938-yil 5-
martdagi qarorida 6 ta yangi maktab, shu jumladan, “Shuruzak” kolxozida o‘n
yillik, “Mirzacho‘l” kolxozida 7 yillik, Krestyansk qishlog‘ida 4 yillik yana koreys va
yahudiy maktablari qurish haqida aytib o‘tiladi. Shu tariqa yangi maktablar soni ko‘payib
bordi. 1938-
yil “Quyi tatar” qishlog‘ining o‘qituvchisi Mahmud Andirjonov Mirzacho‘lda
birinchi bo‘lib “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi” unvoniga sazovor bo‘ldi.
Mahmud Andirjonov 1898-yili Qozon shahriga yaqin qishloqlarning birida dunyoga
kelgan. Qozon gimnaziyasida tahsil olgandan so‘ng o‘qituvchilik qiladi. 1926
-yilda uni
Mirzacho‘l tuman xalq maorifi bo‘limi ixtiyoriga ishga yuborishadi. Shu yiliyoq uni “Quyi
tatar” qishlog‘ining hali yo‘q maktabiga o‘qituvchi qilib tayinlashadi. Mulla Zokir
Shokirovning ikki xonalik mehmonxonasi maktab uchun ajratiladi. 1926-yilning
1-
sentyabrida maktab ish boshlaydi. Birinchi mashg‘ulotda 10 dan ortiq bola bor edi.
Talabalarning ko‘pchiligi keyinchalik Mirzacho‘lning ko‘zga ko‘ringan kishilariga
aylanishdi. Ular orasida Sherali Muhiddinov, Mahduma Zinatulina, Hamza Doniyorovlar
bor. Yangi maktab muallimining ishlab ketishi mashaqqatli kechdi. Chunki qishloqda
yangi tuzumni yoqtirmaydigan odamlar ham anchagina edi.
1939-
yilda maktablarda o‘quv jarayonini yil yakuniga qadar, shu yilda qanday
moliyaviy tartibda amalga oshirilgan bo‘lsa, ana shunday tartibda moliyaviy ta’minlash
masalasi ilgari surilgan. Masalan: qishloq joylarida 70 %, shaharlarda 10 % byudjetdan
qolgan qismi (kultarmeyts) ommaviy madaniy maorif harakatchilari hisobidan o‘qitilishi
ko‘zda tutilgan qaror chiqarilgan
[7:33]. Keying
i yillarda bu ko‘rsatkichlar davlat ulushini
pasayib borganligi bilan farqlanadi. Bundan ayon bo‘ladiki, keyingi yillarda o‘lkamizda bu
masala asta-
sekin iziga tushganligi va moliyalashtirish masalasi o‘z yechimini topgan deb
aytishimiz mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, yurtimizda ta’lim tizimi barcha davrlarda
ham o‘z kuchini va milliyligini yo‘qotgan emas. Albatta kimlard
i
r ta’limdan milliylikni
tortib olishmoqchi bo‘lishdi
,
lekin bunga erisha olishmadi. Ma’rifatparvar ota
-
bobolarimiz asrlar davomida bizgacha yetib kelgan milliy urf-
odat, an’analarimizni o‘z
jonlarini xatarga qo‘yib bo‘lsa
-da, himoya qilib kelishgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Д.Алимова. Жадидчилик феномени. –Тошкент: “Академнашр”, 2022. –Б. 272.
2.
Мунаввар Қори Абдурашидхонов. Хотираларимдан. Нашрга тайёрловчи
С.Холбоев.
-
Тошкент: Шарқ, 2001.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
293
3.
Б.Холбекова, Н.Шокиров. Чаман ичра бир гул.
-
Тошкент: “Меҳнат”. 1996 й.
–
Б. 100.
4.
Ҳамза
Ҳакимзода Ниёзий. Асарлар, икки томлик.
–
Тошкент: “ЎзССР давлат
бадиий адабиёт нашриёти”. 1960 й.
-
Б. 254.
5.
Goyipnazarov Yaxshivoy Karshiboevich bilan suhbatdan yozib olindi. Guliston
tumani A.Yassaviy mahallasida istiqomat qiladi. Ko
‘
p yillar tuman davlat arxivi rahbari
lavozimida ishlagan.
6.
Абдуллаев Й. Эски мактабда хат
-
савод ўргатиш.
–
Тошкент: Ўрта ва олий
мактаб, 1960.
7.
Гулистон туман давлат архиви, С
-125-
фонд, 1
-
рўйхат, 45
-
иш, 33
-
варақ.
