Авторы

  • Мардонбек Ражапов
    Базовый докторант, Институт истории Академии наук Республики Узбекистан https://orcid.org/0000-0002-5245-6021

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss3/S-pp271-277

Ключевые слова:

Трибут вассал Хуосюнь 24 Ши Сию Чжуань Цзяоу Джамук Шаушафар Вэй Шу Датан Сию Цзи Угуо

Аннотация

В этой статье анализируется история династии Афригидов, которая правила Хорезмом с IV по X век, на основе китайских источников. Авторы также рассматривают подходы и выводы исследователей, использующих данные источники для освещения истории раннесредневекового Хорезма.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Coverage of the Afrighid Dynasty in Chinese Sources

Mardonbek RAJAPOV

1

Institute of History of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2024
Received in revised form

28 February 2024
Accepted 20 March 2024

Available online

15 April 2024

This article explores the history of the Afrighid dynasty, which

ruled Khorezm from the 4th to the 10th centuries, as depicted in

Chinese sources. Additionally, the authors investigate the

methodologies and conclusions employed by researchers in
illuminating the history of early medieval Khorezm through

Chinese historical records.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss3/S-pp271-277

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

tribute,

vassal,

Huoxun,

24 Histories,

Xiyu Zhuan,

Jiaohu,

Jamuk,

Shaushafar,

Wei Shu,

Datang Xiyu Ji,

Wugu.

Xitoy manbalarida Afrigʻiylar sulolasining yoritilishi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Tribut,

Vassal,

Huoxun,

24 Shi,

Xiyu Zhuan,

Chjavou,

Jamuk,

Shaushafar,

Vey Shu,

Datang Xiyu Ji,

Vuguo.

Maqolada Xorazmni IV

–X asrlarda boshqargan Afrigʻiylar

sulolasi tarixining Xitoy manbalarida qay darajada eks etishi va

ilk o’rta asrlar Xorazm tarixini yoritishda tadqiqotchilar Xitoy

manbalaridan foydalanib qanday yondashuv va xulosalarni
qabul qilganliklari tahlil etiladi.

1

Basic doctoral student, Institute of History of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2024) / ISSN 2181-1415

272

Освещение династии Афригидов в китайских источниках

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Трибут,

вассал,

Хуосюнь,

24 Ши,

Сию Чжуань,

Цзяоу,

Джамук,

Шаушафар,

Вэй Шу,

Датан Сию Цзи,

Угуо.

В этой статье анализируется история династии

Афригидов, которая правила Хорезмом с IV по X век, на

основе

китайских

источников.

Авторы

также

рассматривают подходы и выводы исследователей,

использующих данные источники для освещения истории

раннесредневекового Хорезма.


KIRISH

Afrigʻiylar sulolasi 305

-995-

yillarda hozirgi Markaziy Osiyoning (O‘zbekiston,

Turkmanistan va Qozog‘istonning bir qismi) hududida joylashgan Xorazm mintaqasini

boshqargan sulola hisoblanadi. Tadqiqotga jalb qilingan adabiyotlar tahlili shuni

ko‘rsatadiki, Xorazmning ilk o‘rta asrlar tarixiga bag‘ishlangan asarlar va yozma manbalar
juda kam. Bunga izoh sifatida Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar” asaridagi parchani keltirishimiz mumkin bo‘lib, unda:

“Qutayba Xorazm

xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o‘rgangan va bilimlarni boshqalarga
o‘rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo‘q qilgan edi”

[15, 72-b.]. Davr nuqta-nazaridan

mazkur sulolaning hukmronlik yillari juda murakkb hisoblanib, xalqaro siyosiy maydonda
Sosoniylar, Eftaliylar, Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, Tohiriylar va Somoniylar kabi

davlatlaring paydo bo‘lishi va kuchayishi fonida davom etdi. Arablarning Xorazmga

bosqin

i natijasida Xorazm tarixining qorong‘u sahifalarini yoritib beruvchi ko‘plab tarixiy

asarlar umuman yo‘qolib ketgan bo‘lsa, ulardan ayrimlarining faqat maʼlum bir qismigina
bizgacha yetib kelgan. Shuning uchun ham, hanuz Afrigʻiylar davrining siyosiy, ijt

imoiy-

iqtisodiy madaniy tarixi Xorazm tarixining eng kam o‘rganilgan, muammoli mavzuligicha

qolmoqda.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
1.

Manbalar tahlili:

Tadqiqotda 24 Tarix to‘plami (24 Shi), Veyshu, Datang Siyu Szi

kabi Xitoy manbalaridagi Xorazm tarixiga tegishli ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qilish

orqali ularning ishonchliligi baholandi.

2.

Qiyosiy tahlil:

Xitoy manbalaridagi ma’lumotlar arab, fors va arxeologik

manbalardagi ma’lumotlar bilan solishtirildi. Solishtirma tahlil jarayonida Xitoy
manbalaridagi ma’lumotlarning boshqa manbalarda aks etish darajasi yoki manbalar
o‘rtasidagi ziddiyatli voqealar taf

siloti tahlil qilindi.

3.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review).

Tadqiq etilayotgan

mavzu doirasida milliy tarixshunoslikda amalga oshirilgan tadqiqotlar bilan birga xorijlik
olimlar, xususan xitoy, ingliz va turk tilidagi tadqiqtolardan keng foydalanildi.

4.

Ma’lumotlarni sintezlash:

Turli manbalardan olingan ma’lumotlar birlashtirilib,

Afrigʻiylar sulolasi tarixining yaxlit tasviri yaratildi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2024) / ISSN 2181-1415

273

ASOSIY QISM

Tadqiqotimizda Afrigʻiylar sulolasi davri tarixini yorituvchi manbalarni hududiy

jihatdan Xitoy, Vizantiya, fors va arab guruhlariga bo‘lgan holda ko‘rib chiqish maqsadga

muvofiq deb hisoblaymiz.

Xitoy va Vizantiya manbalari Xorazmning ilk o‘rta asrlar tarixini

yoritishda juda qisqa va noaniq bo‘lib, ularda asosan siyosiy voqealar, o‘zaro elchilik
aloqalari ma’lumotlari o‘rin egallaydi.

Umuman, Xorazmning ilk oʻrta asrlar tarixini

yoritishda Xitoy manbalarining ahamiyatiga tadqiqotchilarning bergan bahosi yakdil

boʻlib, manbalardagi ma’lumotlarning qisqaligi, voqealar tafsiloti keng va batafsil bayon

etilmaganligi tufayli sulola tarixini tadqiq qilishda vujudga keladigan muammo va

kamchiliklarni alohida ta’kidlashgan

[1, 93-b; 11, 122-b].

Bugungi kungacha amalga oshirilgan tadqiqotlarda ilk o‘rta asrlarda Xorazm

tarixiga oid

Xitoy manbalari tahlili bo‘yicha bir qator masalalar ko‘tarilgan:

Xitoy manbalarida Xorazmning nomlanishi va chegarasi qanday belgilanganligi;

Xitoy va Xorazm o‘

rtasidagi iqtisodiy va siyosiy aloqalarning xarakterli jihatlari;

Xitoyga jo‘natilgan Xorazm elchilarining tarkibi va vazifalari;

Xitoy manbalarida zikr qilingan Xorazm shaharlari va qishloqlari haqidagi

ma’lumotlarning aniqligi.

Mavjud adabiyot tahliliga ko‘ra, Xorazmning ilk o‘rta asrlar tarixiga oid Xitoy

manbalari tahlili bo‘yicha yuqoridagi masalalar biron

-bir mavzu doirasida atroflicha

o‘rganilgan. Biroq Xitoy manbalariga tayangan mavjud tadqiqotlar Xorazm Afrigʻiylarining

IV

X asrlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotining umumiy va yaxlit manzarasini

ochib bermaydi.

Tahlil qilingan adabiyotlardan ma’lumki, Xitoy saroyi doimo oʻzini jahon markazi

deb hisoblagan va xorijiy savdogarlar imperiyaning shon-shuhratini oshirish maqsadida
tribut

*

olib keluvchi elchilar deb qaralgan. Xitoy hukumati ularni qabul qilish uchun

idoralar va mehmonxonalarni tashkil etgan. Tashqi dunyo haqida koʻpchilik ma’lumotlar
shu savdogarlardan olingan. Rasmiy va tarjimon odatda mehmonlardan ba’zi savollar
so‘rashi mumkin boʻlib, savdogar yoki elchining davlat nomi, Xitoygacha boʻlgan masofa,
shahar va vassal davlatlar soni, aholi soni va savdo mahsulotlari kabi savollarni oʻz ichiga

oladi [5, 28-29-

b.]. Shu oʻrinda aytish mumkinki, Xitoy hukumati boshqa davlatdan kel

gan

elchilarning sovgʻa

-

salomini oʻziga oʻlpon sifatida qabul qilgan va elchilarni tribut olib

keluvchilar sifatida qayd etgan. Ya’ni sovgʻa

-

salom olib kelgan elchilarni Xitoy oʻz vassali

sifatida talqin qilgan.

Xitoy manblarida Xorazmning nomlanishi turlicha bo‘lib, tadqiqot doirasida 5 xil

nomlar aniqlandi. Bular: 1) Huoliximijiya 2) Huoxun 3) Guoli 4) Huocimi/Husimi
5) Xuanquan. Shuningdek, Amudaryoning qadimgi nomi Xitoy manbalarida

“Vuhu”

tarzida

keladi.

Xorazm haqida asosiy ma’lumot 24 Tarix (24 Shi) to‘plamida keltirilgan. Mazkur

to‘plam Xitoyning eng qadimgi davrida to Min sulolasi tugashigacha (1644

-

yil) bo‘lgan

davr tarixi yoritiladi.

“24 Shi”

ning ikkinchi kitobi

“Xan shu”

ning

“Xiyu Zhuan”

(G‘arbiy

hududlar) qismida Markaziy Osiyo, xususan Xorazmga oid ma’lumotlar uchraydi. Xususan,

*

Tribut

bu bir davlat yoki hukmdor tomonidan boshqasiga to‘lanadigan to‘lovni anglatuvchi atama, ko‘pincha

bo‘ysunish belgisi sifatida yoki himoya kelishuvi doirasida amalga oshiriladi. Bu turli shakllarda bo‘lishi mumkin,

jumladan tovarlar, pul yoki qimmatli sovg‘a

-salomlar. Tarixiy kontekstlarda, tributlar odatda kuchliroq davlatlar

tomonidan zaifro

qlardan ustunlikni namoyish etish, tinchlikni ta’minlash yoki ierarxik munosabatlarni o‘natish va

saqlab turish maqsadida talab qilingan. Qadim va o‘rta asrlar diplomatiyasi kontekstida tributlar yuborish amaliyoti

xalqaro munosabatlarning keng tarqalgan usuli hisoblanadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2024) / ISSN 2181-1415

274

mazkur asarda Xorazm (Xuanquan)

Qang‘ (Kangju) davlatiga tobe ekanligi, Xan sulolasi

davrida Qang‘ davlati Markaziy Osiyodagi eng kuchli davlat sifatida keltirilgan

[6, 117-118-b.].

Keyingi Xitoy manbalaridan biri 24 Tarix (24 Shi) to‘plamining 16

-kitobi

“Xin Tang Shu”

(Tan sulolasi tarixi) bo‘lib, 941

-945-yillarda Liu Xu va Shi Jinlar tomonidan

yozilgan. Mazkur manbaning

“Xiyu Zhuan”

(G‘arbiy hududlar) qismida Markaziy Osiyo

davlatlari

“Jiuxing”

(To’qqiz nom) deb atalib, 9 mamlakat ichida Xorazm (Houxun) ham

sanab o‘tilgan va Chjavou (Zhaowu) sulolasi vakillaridan boshqarilishi qayd etilgan.
Shunigdek, mazkur manbada Xorazm “Huoliximijia” va “Guoli” nomi bilan atalishi,

Amudaryoning (Vuhu) janubida joylashganligi, janubi-

g‘arbda Xazar xoqonligi (Kesa) bilan

chegaradosh ekanligi, Xorazm hukmdorlari Kat (Jiduojuzhe) shahrida yashashi keltirib

o‘tilgan

[7, 339-341-

b.]. Bundan tashqari, Xitoyning g‘arbiy hududlaridagi xalqlar orasida

faqat xorazmliklar xo‘kiz tortilgan aravalarda sayohat qiluvchi savdogarlar sifatida qayd
etilgan. Manbaning eng ahamiyatli jihatlaridan biri, Afrigʻiy hukmdor Shoushafarning

750-

yil (Tianbao yilining o‘ninchi yilida) va 762

-

yilda (Baoying yilida) Xitoyga jo‘

natilgan

elchililarning Xitoyga kelganligining qayd etilishidir. [7, 341-345-b.].

Keyingi Xitoy manbalaridan yana biri 24 Tarix (24 Shi) toʻplamining 19

-kitobi

“Jiu Tang Shu”

(Tang sulolasining yangi tarixi) bo‘lib, 1045

-1060-yillarda Ouyang Xiu va

Song Qilar tomonidan yozilgan. Manbaning

“Xiyu Zhuan”

(G‘arbiy hududlar) qismida

oldingi manbalardagi ma’lumotlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar qilishgan. Xususan,

Xorazm (Huosimi/ Husimi) Eron (Bosi) bilan chegaradosh ekanligi, 645-yilda (Zhenguan
yilining 18-yilida) Xorazmdan Xitoyda elchilar tashrif buyurganligini, 753-yil (Tianbao
yilining 12-yili), 755-yil (Tianbao yilining 14-

yili) Afrig‘iy hukmdor Shoushafarning

Xitoyga savdo-

elchiligi tashrif buyurganini qo‘shimcha qilishgan

[7, 340-344-b].

Xitoylik tadqiqotchilardan J. Liyanquan, J. Syuan, S. Shi, J. Dong, S. Yuy izlanishlarida

yuqoridagi manbalardan foydalanib, Markaziy Osiyo, xususan, Xorazm haqida to‘xtalib
o‘tishgan. Ahamiyatli jihati shundaki, tadqiqotchilar Xorazm hukmdorlarini Xitoyga tribut

keltiruvchilar

sifatida

qayd

etishgan

[12,76-80-b;

13,

30-

44-b; 14, 318-320-

b.]. G‘.

Boboyorov Xitoy manblarida tilga olingan Chjaovu va arab-fors

manbalarida ta’kidlangan

Afrigʻiylar bitta sulolami yoki alohidami degan masalani ilgari

suradi [16, 48-50-b.]. A.

Otaxo‘jayev ushbu masala yuzasidan N.Y.

Bichurin, O. Smirnova

ishlariga tayanib, Chjaovularning kelib chiqishini yuejchilardan ekanligini ilgari suradi [18,
65-

b.]. Tadqiqotchi fikricha, Xunnlardan mag‘lub bo‘lgan yuechjilar Sharqiy Turkiston va

O‘rta Osiyoga kelib o‘rnashgan va o‘z mulklariga asos solishgan. Yuechjilar o‘z davlatining
nomini saqlab qolish uchun o‘zlarini Chjavou nomi bilan atay boshlashga

n [18, 65-b.]. Xitoy

manbalarida yozilishicha, Chjavoularning Kan xonadoni vakillaridan Samarqand ixshidlari
sulolasi, Buxoro, Xorazm, Kushoniya, Marv kabi mulklarning hukmdorlari yetishib chiqqan
[18, 66-b.]. A.

Otaxo‘jayev E.

Shavan va Abel-

Remusat tadqiqotlariga tayanib “Chjavou”

atamasi turkiy bitiklarda “yabg‘u”, eroniy bitiklarda esa “shava”(shobo) atamalariga
bog‘lanishini ta’kidlagan

[18, 66-b.]. H.V. Haussig fikricha, Chjaovu (chjao-u) turkiy jibu

bo‘lib, musulmon manbalaridagi siljibu va yunon manbalaridagi siljibul “g‘arbiy turk
xoqonlari” nasabidir

[3,21-23-b]. Tadqiqotchilardan E.Shavan, O.Smirnova va

Z.V.

To‘g‘onlar fikricha, Xitoy manbalaridagi “Chjavou” va arab manbalaridagi “Jamuk” bir

xil ekanligini ta’kidlashgan

[2, 136-b; 10, 51-b; 19,64-66-

b]. Tadqiqotchi Sh.Qoʻldoshev

ishlarida yuqorida keltirigan manbalar asosida Xorazm va uning poytaxti nomlanishi,

hududi, Afrig‘iy hukmdor Shaufshafar elchiligi kabi ma’lumotlarni keltirib o‘tadi

[17, 35-


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2024) / ISSN 2181-1415

275

37-b]. Xitoylik tadqiqotchi L. Ying 645

755-yillarda Xitoyga Xorazmdan 6 marta elchilik

vakillarini yuborishganini, ulardan 3 ta elchi (751,753 va 755-yillar) Xorazmshoh

Shoushafar tomonidan yuborilgan boʻlib, tadqiqotchilar tomonidan turli bahslarga sabab
bo‘lmoqda

[7, 341-343-b]. Mazkur masalada tadqiqotchilarning fikrlari 2 guruhga

bo‘lingan

bo‘lib,

bunga

asosiy

sabab

751-

yilda Xitoy bilan Arab xalifaligi o‘rtasida Talos vodiysida jangda Xitoy mag‘lub

bo‘lganidan keyin yetib borgan Xorazm elchiligini ar

ablarning manfaatiga zid ish

tutganligi, qolaversa Xorazmning mustaqil kuch sifatida qaytadan maydonga chiqishga
urinishi sifatida baholashadi. Bunday yondashuv S.P.Tolstov tomonidan shakllangan

bo‘lib, keyingi tadqiqotlarda ham o‘zgarishsiz ko‘chishini adabiyotlar tahlilidan ko‘rish

mumkin [20, 227-

b]. A.O‘zbayraktar, J.Heraviy tadqiqotlari yuqoridagi yondashuvni

inkor

etib, elchilikning asosiy maqsadi Xitoy yordamida arablardan mustaqillika erishish emas,

balki Ipak yo‘li savdosida Xorazm savdogarlarining tijoriy xafsizligini ta’minlash va ularga
ko‘proq imtiyozlar berish edi, deb izohlashgan

[4,66-b, 8, 153-b, 9, 20-23-b].

Bu o‘rinda shuni aytish mumkinki, Ummaviylar davrida Afrigʻiylarning cheklangan ichki

va tashqi siyosati, Abbosiylar davriga kelib erkinlashgani Xitoy manbalaridan tashqari

arab va fors manblaridan ma’lum. Bundan tushunish mumkinki, Shoushafar elchiligidan

siyosiy manfaatlar ko‘zlanmay, iqtisodiy masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan.

Keyingi Xitoy manbalaridan yana biri

“Veyshu”

(Vey sulolasi tarixi) bo‘lib, uning

muallifi Vey Shu hisoblanadi. Muallif asarni 551

553-yillarda yozib tugatgan. Asarning

“Xiyu Zhuan”

qismida Xorazm va uning poytaxti bir xil tarzda Husimi nomi bilan ataladi.

Xorazm Afutayi xoqonligining g‘arbida joylashganligi, yer tekis, kumush, qahrabo qazib

olinishi, shuningdek, bu mamlakatdan yetishtirilgan Vuguo (besh turdagi mevalar,
jumladan, sh

aftoli, olcha, oʻrik va zaytun) Xitoyga olib borilganligi keltirib oʻtilgan

.

Tadqiqotchilardan T.Yuy yuqoridagi manbada keltirilgan Afutayi (Afutai) xoqonligini

Eftaliylar ekanligini ta’kidlagan

[21, 76-b ].

Xorazmning ilk o‘rta asrlar tarixi haqida ma’lumot beruvchi yana bir manba

“Datang Xiyu Ji”

(Tang imperiyasining g‘arbiy hududlari bo‘yicha sayohat hisobotlari)

bo‘lib, uning muallifi buddist rohibi Syuan Szyan (596–

664-yillar) edi. Muallif 627

645-

yillarda ko‘plab hududlarga sayohat qilib, ko‘pincha o‘zi ko‘rgan voqelarni yozgan.

646-yilda Tan imperatori Tayzongning taklifiga binoan mazkur asar yozib tugatilgan.

“Datang Xiyu Ji” 12 jildni o‘z ichiga olib, jami 138 ta mamlakatning hududi va poyta

xti,

geogr

afiyasi, qishloq xo‘jaligi, savdo, urf

-odatlar, til, yozuv, pul, din va boshqalar haqida

ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Xorazm (Holiximijia) haqidagi ma’lumotlar birinchi jildda

34 ta mamlakat ichida 15-

o‘rinda qayd etilgan. Mazkur asarda quyidagi ma’lumo

tlar aks

etgan:

“.... Xorazm (Holiximijia) Vuhu daryosining ikkala sohilida joylashgan, sharqdan

g‘arbga 20

-30 Li

*

(10-15 km), shimoldan janubga 500 Li

(250 km) uzunlikda cho‘zilgan....

Mahalliy sharoit va urf-

odatlar Fadi(Poykand) bilan bir xil. Ularning tillari juda o‘xshash...”

Tadqiqotchilardan S. Chji, S. Syuy, T. Yuy, S. Bel, E. Bretshneyder ishlarida

yuqoridagi manbadan foydalanib, Eftaliylar, Turk xoqonligi tarixiy kontekstida Xorazmga

oid ma’lumotar keltirib o‘tishgan. Yuqoridagi mualliflarning ishlari ko‘pincha tavsfiy

hisoblaninb, Xorazmning hududi, chegarasi, ijtimoiy va iqtisodiy hayoti haqida qisqacha

to‘xtalib o’tishgan.

Fransuz tadqiqotchisi E. Vessyer o’z izlanishlarida Xitoy manbalardan

foydalangan holda Xorazming chegaradosh hududlaridan qancha masofada ekanligini

*

Li

bu an’anaviy Xitoy masofa birligi. Tarixiy jihatdan uning aniq uzunligi vaqti

-vaqti bilan va Xitoyning turli joylarida

farq qilgan, ammo zamonaviy tarixshunoslikda 500 metr yoki 0,5 kilometrga teng deb qaraladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2024) / ISSN 2181-1415

276

aniqlashtiriadi. Xususan, Xorazm Sug‘diyonadan 300 km, Kaspiy dengizining janubiy

-

sharqidagi Sosoniylar chegarasidan 900 km va Quyi Volgadan 1300 km uzoq masofada

joylashganligini keltirib oʻtgan

[11, 122-b].

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Xitoy manbalarida Xorazming Xitoygacha bo‘lgan masofasi,

hududi, qanday mevalar yetishtirilishi va savdo-sotiqda qaysi mahsulotlar eksport
qilinishi, shuningdek, mintaqaning urf-odatlari boshqa hududlar bilan solishtirish asosida
kel

tirib o‘tilgan. Bundan tashqari, savdo va elchilik munosabatlari haqida atroflicha

ma’lumot berilgan. Umuman olganda, Xitoy manbalaridagi ma’lumotlar Afrigʻiylar
sulolasining tarixini chuqurroq tushunishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu manbalar

Xorazmnin

g ilk o‘rta asrlar davri madaniy va iqtisodiy hayotini yoritishda kalit rol

o‘ynaydi. Biroq bu manbalarning cheklanganligi va ba’zi bir tarixiy voqealarning batafsil
yoritilmaganligi tufayli, Xorazm tarixini yanada chuqur o‘rganish uchun qo‘shimcha

manbalarni jalb qilish va yangi tadqiqotlar olib borish zarurati mavjud.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLR RO‘YXATI

:

1.

Bretschneider.E. Mediaeval researches from eastern Asiatic sources. London: K.

Paul, Trench, Tr

bner, 1910.

93 page.

2.

Chavannes E. Documents sur les T’ou

-kiue (Turcs)

о

ccidentaux. / Bulletin de

l'École française d'Extrême

-Orient.

Année.

1904. 136 p.

3.

Haussig H.W. Die Quelle uber die zentralasiatische Herkunft der europaischen

Awaren // Central Asiatic Journal.

1956.

№ 1.S

-21

43.

4.

Heravi C, Özbayraktar A. Âl

-

i ‘İrâk (Hârezm’de Sâmânîlere tâbi yüz yillik bir

iktidar hakkinda yeni bir

araştirma) // Amasya Üniversitesi Sosyal Bilimler Dergisi. –

2018.

–№ 2.

S-66.

5.

Hirth F. China and the Roman Orient.

Munich/Shanghai: Georg Hirth /Kelly and

Walsh,1885.

28-29-pages.

6.

Hulsew

A. F. P. China in Central Asia: the early stage, 125 B.C.-A.D. 23.

Leiden:

EJ Brill,1979.

117-118 pages.

7.

Ling.Y. Some Chinese Sources on the Khazars and Khwarazm // Archivum

Eurasiae Medii Aevi.

2000.

№ 11, 339

-367 pages.

8.

Özbayraktar A. Afrîğ Hanedanı: Hârezmşâh II. Muhammed’in Soyağacı Üzerine Bir

İnceleme. İran Çalışmaları Dergisi. Cilt: 7, Sayı: 1.2023., s. 153

9.

Özbayraktar A. Erken islamî dönemde (93

-205/712-

821) Hârezm’de yerel yönetim.

Harezmşahlar ve etrafindaki dünya. / Ed.O.Bozan, M.Saylik. Bursa.2024. –

S .20-23.

10.

Togan А.Z.V. Umumî Türk Тarihi’ne giriş. Ismail Akgün Matbaasĭ.1946.

Cild I.

S. 51.

11.

Vaissière É. Asie centrale 300

-850: Des routes et des royaumes.

Paris: Les

Belles Lettres,2024.

122-123 pages.

12.

Xuan Zhuang. Notes on the Records of the Western Regions of the Tang Dynasty.

Beijing. Zhonghu a Book Company,1985.

76-80 pages.

13.

Yu.X. Ancient Manuscripts of the Great Tang Record of the Western Regions //

Wen Xian.

2010.

–№4. –

30-44 pages.

14.

Zhou Liankuan. Collection of historical and geographical research on the

Records of the Western Regions of the Tang Dynasty.

Beijing. Zhonghua Book

Company,1984.

318-320 pages


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2024) / ISSN 2181-1415

277

15.

Бируни Абу Райхан. Избранные произведения. т.I, «Памятники минувших

поколений»,

Ташкент, Изд

-

во АН УзССР,

1957.C-72

16.

Бобоёров Ғ. Турк хоқонлиги даврида Хоразм // Хоразм тарихи замонавий

тадқиқотларда. Тошкент –

Урганч. 2018. –

48-

50 бетлар.

17.

Қўлдошев Ш.Т. Ўрта асрлар хитой манбаларида Хоразм воҳаси тарихига

оид баъзи маълумотлар // Хоразм тарихи замонавий тадқиқотларда. Тошкент –

Урганч. 2018. –

305-

307 бетлар

18.

Отахўжаев А. Илк ўрта асрлар Марказий Осиё цивилизациясида Турк

-

Суғд

муносабатлари.Тошкент. 2010. –65 бет.

19.

Смирнова О.И. Тюркологические заметки. Титул жамук у тюрков // СНВ. –

Вып. XI. –

М.: Наука, 1971. –

С. 64–

66.

20.

Толстов С. П. Қадимий Хоразм цивилизациясини излаб. Тошкент: Фан,

1964. C.227.

21.

Юй Т. Эфталиты и Согдиана / Согдийский сборник Вып.4. Ред. Шамсиддин

К

.

Mauritius. LAP LAMBERT Academic Publishing.2017. C 76.

Библиографические ссылки

Bretschneider.E. Mediaeval researches from eastern Asiatic sources. London: K. Paul, Trench, Trübner, 1910. –93 page.

Chavannes E. Documents sur les T’ou-kiue (Turcs) оccidentaux. / Bulletin de l'École française d'Extrême-Orient. Année. 1904. 136.p

Haussig H.W. Die Quelle uber die zentralasiatische Herkunft der europaischen Awaren // Central Asiatic Journal. –1956. – № 1.S-21–43.

Heravi C, Özbayraktar A. Âl-i ‘İrâk (Hârezm’de Sâmânîlere tâbi yüz yillik bir iktidar hakkinda yeni bir araştirma) // Amasya Üniversitesi Sosyal Bilimler Dergisi. – 2018. –№ 2. S-66.

Hirth F. China and the Roman Orient. –Munich/Shanghai: Georg Hirth /Kelly and Walsh,1885. –28-29-pages.

Hulsewé A. F. P. China in central Asia : the early stage, 125 B.C.-A.D. 23. –Leiden: EJ Brill,1979. –117-118 pages.

Ling.Y. Some Chinese Sources on the Khazars and Khwarazm // Archivum Eurasiae Medii Aevi. – 2000. – № 11, 339-367 pages.

Özbayraktar A. Afrîğ Hanedanı: Hârezmşâh II. Muhammed’in Soyağacı Üzerine Bir İnceleme. İran Çalışmaları Dergisi. Cilt: 7, Sayı: 1.2023. , s. 153

Özbayraktar A. Erken islamî dönemde (93-205/712-821) Hârezm’de yerel yönetim. Harezmşahlar ve etrafindaki dünya. / Ed.O.Bozan, M.Saylik. Bursa.2024. –S .20-23.

Togan А.Z.V. Umumî Türk Тarihi’ne giriş. Ismail Akgün Matbaasĭ.1946 .Cild I. – S. 51.

Vaissière É . Asie centrale 300-850: Des routes et des royaumes. –Paris: Les Belles Lettres,2024. –122-123 pages.

Xuan Zhuang. Notes on the Records of the Western Regions of the Tang Dynasty. –Beijing. Zhonghu a Book Company,1985. –76-80 pages.

Yu.X. Ancient Manuscripts of the Great Tang Record of the Western Regions // Wen Xian . –2010. –№4. –30-44 pages.

Zhou Liankuan. Collection of historical and geographical research on the Records of the Western Regions of the Tang Dynasty. –Beijing. Zhonghua Book Company,1984. –318-320 pages

Бируни Абу Райхан. Избранные произведения. т.I, «Памятники минувших поколений» ,Ташкент , Изд-во АН УзССР,1957.C-72

Бобоёров Ғ. Турк хоқонлиги даврида Хоразм // Хоразм тарихи замонавий тадқиқотларда. Тошкент – Урганч. 2018. – 48-50 бетлар.

Қўлдошев Ш.Т. Ўрта асрлар хитой манбаларида Хоразм воҳаси тарихига оид баъзи маълумотлар // Хоразм тарихи замонавий тадқиқотларда. Тошкент – Урганч. 2018. – 305-307 бетлар

Отахўжаев А. Илк ўрта асрлар Марказий Осиё цивилизациясида Турк-Суғд муносабатлари.Тошкент. 2010. –65 бет.

Смирнова О.И. Тюркологические заметки. Титул жамук у тюрков // СНВ. – Вып. XI. – М.: Наука, 1971. – С. 64–66.

Толстов С. П. Қадимий Хоразм цивилизациясини излаб. Тошкент: Фан, 1964. C.227.

Юй Т. Эфталиты и Согдиана / Согдийский сборник Вып.4. Ред. Шамсиддин К. –Mauritius. LAP LAMBERT Academic Publishing.2017. C 76.