Авторы

  • Фазлиддин Зарипов
    Независимый исследователь, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss4/S-pp29-35

Ключевые слова:

организация деятельности адвокатского стажера "профессиональная стажировка" личная работа стажера в Италии индивидуальные правила каждой стажировки ежедневный режим во время стажировки реферат Литва письменный отчет организация деятельности адвокатского помощника Российская Федерация Республика Узбекистан

Аннотация

В данной статье рассматриваются установленные порядок и правила проведения стажировки в адвокатуре по организации деятельности адвокатского стажера, а также рассматривается обсуждение необходимости или ненужности выполнения работ по подготовке документов, требующих дополнительного времени для адвокатской стажировки. В связи с этим, также проводится анализ соответствия требованиям, предъявляемым к стажерам для официализации стажировки, обеспечение уровня прав адвокатского стажера и соответствие его обязанностей деятельности стажера, с последующими дополнительными предложениями. Кроме того, в данной статье предлагаются рекомендации по организации деятельности адвокатского помощника вместе с адвокатским стажером, разработке его прав и обязанностей, а также внесению изменений в действующее законодательство и добавлению поправок на основе опыта зарубежных стран.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Organization of the activities of a legal intern and its
specific features

Fazliddin ZARIPOV

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2024

Received in revised form

15 April 2024
Accepted 25 April 2023

Available online

25 May 2024

In this article, the established rules and regulations for

conducting internships in the legal profession are discussed,

including the procedures for organizing the activities of a legal

intern in the structure of the legal profession, as well as

considerations regarding the necessity or non-necessity of
carrying out document preparation tasks that are suitable for

additional time allocation for legal internships. Additionally, the

practical suitability of the requirements imposed on interns for

formalizing internships is examined, as well as deliberations on
the degree of protection of the rights of legal interns and the

alignment of their obligations according to the intern's

activities, with additional recommendations provided.

Furthermore, in conjunction with the legal intern, the
organization of the activities of a legal assistant, the

development of their rights and obligations, and proposals for

amending current legislation and introducing additions are

suggested based on the experience gained in foreign countries.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss4/S-pp29-35

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

organizing the activities of a

legal intern,

"professional internship",
personal work of an intern

in Italy,

individual regulations of
each stage of the internship,
daily routine during

internship,

report,

Lithuania,

written report,

organizing the activities of a
legal assistant,

Russia.

Advokat stajyori faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos

xususiyatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

advokat stajyori faoliyatini

tashkil etish,

“kasbiy stajirovka”,

Italiyada stajyorning shaxsiy

ishi,

har choraklik stajirovkaning

yakka tartibdagi rejalari,

Ushbu maqolada advokat stajyorining faoliyatini tashkil

etish tartibi bo‘yicha advokatlik tuzilmasida stajirovka o‘tash

yuzasidan amaldagi belgilangan tartib-qoidalar muhokama

qilinadi, shuningdek, advokat stajyori uchun ortiqcha vaqt

sarflashga to‘g‘ri keladigan hujjatbozlik ishlari yuzasidan fikr

yuritilib, ushbu turdagi hujjatlarni stajyor tomonidan yuritish

1

Independent researcher, Tashkent State University of Law.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

30

stajirovka o‘tash davrida

kundalik,

referat,

Litva,

yozma hisobot,

advokat yordamchisining

faoliyatini tashkil etish,

Rossiya Federatsiyasi,

Armaniston Respublikasi.

qanchalik zarur yoki zarur emasligi ko‘rib chiqiladi. Shu bilan

birgalikda, stajirovka o‘tashni rasmiylashtirishda stajyorga

qo‘yiladigan talablarning amalda muvofiqligi ko‘rib chiqiladi

hamda advokat stajyorining huquqlari ta’minlanganligi darajasi

hamda uning majburiyatlar stajyor faoliyatiga muvofiq kelishi

yuzasidan fikr yuritilib, qo‘shimcha takliflar beriladi. Bundan

tashqari, ushbu maqolada advokat stajyori bilan birgalikda

advokat yordamchisi faoliyatini tashkil qilish, uning huquq va

majburiyatlarini ishlab chiqish hamda amaldagi qonunchilikka

o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha xorijiy

mamlakatlar tajribasini o‘rgangan holda takliflar beriladi.

Организация деятельности адвокатского стажера и

его особенности

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

организация

деятельности

адвокатского стажера,

«профессиональная

стажировка»

,

личная работа стажера

в Италии,

индивидуальные правила

каждой стажировки,

ежедневный режим во

время стажировки,

реферат,

Литва,

письменный отчет,

организация

деятельности

адвокатского помощника,

Российская Федерация,

Республика Узбекистан.

В данной статье рассматриваются установленные

порядок и правила проведения стажировки в адвокатуре

по организации деятельности адвокатского стажера, а

также рассматривается обсуждение необходимости или

ненужности выполнения работ по подготовке документов,

требующих дополнительного времени для адвокатской

стажировки. В связи с этим, также проводится анализ

соответствия требованиям, предъявляемым к стажерам

для официализации стажировки, обеспечение уровня прав

адвокатского стажера и соответствие его обязанностей

деятельности стажера, с последующими дополнительными

предложениями. Кроме того, в данной статье предлагаются

рекомендации по организации деятельности адвокатского

помощника вместе с адвокатским стажером, разработке его

прав и обязанностей, а также внесению изменений в

действующее законодательство и добавлению поправок на

основе опыта зарубежных стран.

Bugungi kunda respublikamizda

5 500

dan ortiq advokatlar faoliyat

ko‘rsatayotgan bo‘lib, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimizda har

7 200

aholiga

1 ta advokat to‘g‘ri kelmoqda. Xalqaro standartlarga ko‘ra esa, ushbu past ko‘rsatkich

hisoblanadi.

Bu ko‘rsatkich Amerikada har

500

aholiga, Italiyada

har

265

aholiga,

Germaniyada

har

516

aholiga, Rossiyada

har

1 870

aholiga, Qozog‘istonda –

har

3 932

aholiga 1 advokat to‘g‘ri keladi.

Mazkur raqamlar bugungi kunda yuridik yordam olishga bo‘lgan ehtiyojning

tobora ortib borayotganligini, shuningdek advokatlik faoliyatini tartibga soluvchi

normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish hozirgi davrda mazkur masalalarni

dolzarbligini, advokatlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab

-quvvatlash orqaligina

ushbu sohaning jozibadorligiga erishish mumkinligini ko‘rsatadi.

Prezidentimiz Sh.

Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobida: Yangi

O‘zbekiston strategiyasi mustaqil advokatura faoliyatini samarali tashkil etishni nazarda

tutishi, Advokatlar palatasi huzurida Advokatlar akademiyasini tashkil etish, advokatlik


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

31

maqomini olish uchun qo‘yilgan stajirovka muddati haqidagi talabni bekor qilish,

“Mustaqil advokatura konsepsiyasi”ni ishlab chiqish, tergov va sudning barcha

bosqichlarida advokatning rolini yanada oshirish kabi maqsadlar muhimligi va ularni

amalga tatbiq etish har qachongidan zarurligi haqida so‘z boradi.

Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida advokatura sohasida

mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga xorijiy davlatlar tajribasini qiyosiy tahlil qilish

asosida yanada takomillashtirish hamda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish dolzarb

vazifalardan biridir.

Shuni ta’kidlash kerakki, advokatura sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning

muhim maqsadi advokaturaning jamiyatdagi nufuzini oshirish, fuqarolarimizning huquq
va erkinliklarini himoya qilishda yuridik yordam sifati va soni oshirish, shuningdek odil

sudlovni amalga oshirishda advokaturaning o‘rnini mustahkamlashdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasida oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs advokatning

stajyori bo‘lishi mumkin. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala

layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki

sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs advokatning stajyori bo‘lishi mumkin emas.

Stajirovka advokatlik tuzilmasida o‘taladi. Advokatning stajyori o‘z faoliyatini

advokat rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi.

Stajyor advokatlik faoliyati bilan mustaqil ravishda shug‘ullanishga haqli emas.

Advokat stajyorining mehnat sharoitlari qonunchilikda belgilangan tartibda

tuziladigan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi. Advokat stajyorining faoliyatini tashkil

etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi

bilan kelishilgan holda belgilanadi.

S.I.

Ojegovning fikricha “stajyor” termini “stajyorlik tuzilmasiga yozilgan shaxsni

bayon qiladi. “Staj” termini “yangi kelgan kishilarning kasbiylik sohasida tajriba olish va
stajyorning umumiy baholash hamda stajyorlik muddati” degan ma’noda ishlab

chiqariladi. Bu holda, advokat stajyorining faoliyati advokat kasbida tajriba olish uchun
amalga oshiriladi.

A.N.

Chashin advokat stajyorining xususiyatlarini ta’minlovchi atamasining

ma’nosini

“advokatlik tuzilmalari bilan tanishgan shaxs” sifatida beradi.

R.G. Melnichenko advokat stajyori

“advokatlikka tayyorlash markazlari ishchisi,

asosiy maqsadi

advokatlik kasbiyligi malakasini olish” deb ta’riflaydi.

Stajyor tomonidan advokat maqomiga ega bo‘lishga tayyorlanish va uning kasbiy

bilimlarini hamda ko‘nikmalarini hosil qilish stajirovkaning asosiy vazifasidir.

Advokat stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat

raqami 1928, 2009-yil 27-mart) asosida advokat stajyori faoliyati tartibga solinadi.

Ushbu Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hozirgi zamon talablaridan biri

hisoblanadi.

Jumladan, advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs stajirovkani qaysi

advokatlik tuzilmasida o‘tash niyatida bo‘lsa, o‘sha advokatlik tuzilmasiga ariza bilan
murojaat qiladi. Talabgor stajirovkani yuridik maslahatxonada o‘tash uchun O‘zbekiston

Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga ariza bilan
murojaat qiladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lgan shaxsiy varaqa;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining nusxasi;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

32

tarjimai hol;

oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi);

mehnat daftarchasi, birinchi marta ishga kirayotgan talabgorlar bundan mustasno;

o‘qish (avvalgi ish) joyidan tavsifnoma.

Talabgor tomonidan boshqa hujjatlar ham taqdim etilishi mumkin.

Yuqoridagi kabi qoida va talablarni muhokama qiladigan bo‘lsak, stajyor uchun

keraksiz bo‘lgan qog‘ozbozlik ishlariga ko‘p urg‘u berilgan.

Jumladan, advokatlik tuzilmasida har bir

stajyorning shaxsiy ishi

yuritilishi

qoidasi belgilab qo‘yilgan, advokat stajyori tomonidan yuqoridagi hujjatlarni yuritish
ortiqcha vaqtni oladi va stajyordan asosiy e’tiborni ish o‘rganishga qaratilmasdan,
stajirovkadan ko‘zlangan maqsaddan chetga chiqishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, advokat stajyori stajirovka rahbari bilan birgalikda advokatlik

tuzilmasining rahbari tomonidan tasdiqlanadigan

har choraklik stajirovkaning yakka

tartibdagi rejalarini

tuzishi zarur ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Holbuki, har choraklik stajirovkaning yakka tartibdagi rejalarini tuzish ortiqcha

hujjatbozlikni talab qiladi, natijada stajyor o‘z ustida ishlab, kasbiy salohiyatini oshirishdan
ko‘ra, ko‘proq e’tiborini shu kabi hujjatlarni to‘ldirishga qaratishga majbur bo‘ladi.

Shu bilan birgalikda, advokat stajyori uchun yana bir muhim talab bu

stajirovka

o‘tash davrida kundalik

yuritib, unga stajirovka rahbarining topshiriqlarini va bajargan

ishlari to‘g‘risidagi hisobotni yozib borish lozim hisoblanadi. Aslida esa stajirovkadan

asosiy maqsad stajirovka davrida stajyor advokatlik faoliyatining barcha

yo‘nalishlaridagi sohalarda kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerakligi bo‘lsa

-

da, keltirib o‘tilgan hujjatlar, kundalik va shu kabi qog‘ozlarni to‘ldirib borish stajyorning
rivojlanishi va kasbiy yetuklikka erishishi yo‘lida to‘sqinlik qiladi.

Mazkur Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan stajyor uchun eng katta talab bu

stajirovka

davrida stajyor kelgusi ishdagi ixtisoslashuvni hisobga olgan holda huquq va

protsessning dolzarbroq masalalari bo‘yicha ikkita

referat

tayyorlash majburiyatidir.

Ushbu Nizom talabiga ko‘ra, tayyorlangan referatlar advokatlik tuzilmasining

rahbar organi oldida keyinchalik himoya qilinishi kerakligi belgilab qo‘yilgan. Nizom
talabiga ko‘ra, ushbu ikkita referat himoya qilishi kerak ekanligi sababli ham albatta

mukammal tarzda tuzilishi va yozilishi zarur hisoblanadi. Bu kabi hujjatni tayyorlash
asosan vaqt masalasiga borib taqaladi, chunki ushbu referatlar stajirovka boshidan
oxirigacha tayyorlanishini talab qiladi. Bu kabi katta hajmdagi hujjatlar birinchidan

stajyorni zimmasiga ortiqcha yuk, ikkinchidan advokatlik bilim va ko‘nikmalarini
o‘rganayotgan shaxs uchun qimmatli vaqtni hujjat to‘ldirish bilan o‘tkazish hisoblanadi.

Shuningdek, stajyor zimmasiga qo‘shimcha ravishda yana stajirovkaning barcha

yakka tartibdagi rejalarini bajarib bo‘lganidan keyin o‘zi tomonidan ushbu ishlarning

bajarilish yakunlari aks ettirilgan

yozma hisobot

tayyorlashi hamda ushbu hisobot

stajirovka rahbari tomonidan tasdiqlanishi lozimligi shart qilib ko‘rsatilgan. Bu kabi

talablar stajyor uchun orticha yuklama hamda vaqt sarflashga olib keladi.

Xorijiy davlatlar qonunchiligiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dunyoning aksariyat

davlatlaridan farqli ravishda Italiyada

advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun

“kasbiy stajirovka”

muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Italiyada mavjud

advokatlik

stajirovkasining o‘ziga xos xususiyati

Advokatlar Kengashining ruxsati bilan stajirovka

ikki xil tashkilotda:

xususiy yuridik firmada

yoki

davlat hokimiyati organlarida

bir

vaqtning o‘zida o‘tkazilishi mumkin.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

33

Italiyada 32 ta universitet va institutda yuridik fakultet mavjud. Qoidaga ko‘ra, yuridik

ta’lim 4 yil davom etadi. 21 ta og‘zaki imtihon topshirgandan so‘ng huquqshunos talabaga
huquqning dolzarb nazariy masalasini o‘rganishga bag‘ishlangan yozma ishdan (tesi di
laurea) iborat bo‘lgan “esame di laurea” yakuniy imtihonini topshirishga ruxsat beriladi.

Advokat bo‘lmoqchi bo‘lgan shaxs –

“practicante procuratore” advokatlik idorasida

advokatlik amaliyotidan o‘tishi kerak. Bu unchalik oson emas, chunki yuridik amaliyotni
tashkil etish bilan shug‘ullanadigan advokatlar unchalik ko‘p emas. 2 yildan 6 yilgacha
bo‘lgan amaliyotdan so‘ng ariza beruvchi “esame di procuratore” unvonini olish uchun
davlat imtihonidan o‘tishi kerak. Ushbu imtihon har yili dekabr oyida 26 ta viloyat
sudlaridan birida topshiriladi. Qoidaga ko‘ra, nomzodlarning 60% birinchi urinishda o‘tadi.

Italiyada

advokatlikka talabgor amaliyotga qabul qilinish uchun quyidagi hujjatlar

kerak:

1)

huquqshunoslik bo‘yicha bakalavr, magistr yoki ilmiy daraja;

2) advokatlikka talabgorning

bir yarim yil

davomida amaliyot o‘taganlik

to‘g‘risidagi tavsifnomasi.

Shuningdek, advokat stajyori bo‘lish uchun ariza beruvchi advokat stajyorlari

reyestrida ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

Shveysariyada

huquq universitetlarida nazariy kursni tamomlagandan so‘ng

abituriyent advokat huzurida, sudda yoki istisno tariqasida davlat organida amaliy

mashg‘ulotlardan o‘tishi kerak. Ko‘pgina kantonlarning qonunlari amaliy mashg‘ulotlar
universitet joylashgan kantonda o‘tkazilishini talab qiladi. Amaliy mashg‘ulotlar muddati,

kantonlarning qonunchiligiga qarab, 6 oydan 2 yilgacha. Masalan, Bern kantonida
amaliyot 18 oyni tashkil qiladi. Shulardan 9 oyi advokat yordamchisi sifatida, 9 oyi sudda.

Ushbu muddatdan so‘ng 1 yil ichida nomzod advokatura kanselyariyasida ishlashi kerak.

Amaliy mashg‘ulotlarni tugatgandan so‘ng nomzod ikkinchi imtihondan o‘tishi

kerak

mustaqil kasbiy faoliyat, shu jumladan advokatlik, sud va boshqaruv bilan

shug‘ullanish huquqi uchun. Imtihon 9 kishidan iborat komissiya tomonidan qabul
qilinadi, ulardan 3 nafari huquqshunos bo‘lib, 10 soatlik yozma test va og‘zaki
imtihondan iborat. Mazkur imtihondan o‘tgach, nomzod advokatlik faoliyati uchun patent
olishi hamda to‘laqonli advokat bo‘lishi mumkin.

Litva

davlatining tajribasini muhokama qiladigan bo‘lsak, Litva Respublikasi

“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining 34

-

moddasiga ko‘ra, advokat yordamchisi –

bu

mazkur Qonunda belgilangan tartibda Litvada advokat yordamchilari roʻyxatiga kiritilgan
va advokatlik faoliyati bilan shugʻullanishga tayyorlanayotgan jismoniy shaxs ekanligi
belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, Advokat yordamchisining stajirovka muddati

ikki yil

etib

belgilangan. Ushbu muddatga advokat yordamchisi amalda shug‘ullanmagan yoki
advokat yordamchisining faoliyati to‘xtatilgan vaqt (oddiy dam olish vaqtidan tashqari)
kirmasligi belgilab qo‘yilgan. Yordamchi advokatning amaliyot vaqti esa amaliyotni
baholashda amaliyot rahbari tomonidan tasdiqlanishi shart qilib qo‘yilgan.

Rossiya Federatsiyasi

qonunchiligiga nazar tashlar ekanmiz, Advokat

yordamchisining ish tartibi to‘g‘risidagi nizomga binoan, advokat yordamchisi oliy,
tugallanmagan oliy yoki o‘rta yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs yordamchisi bo‘lishi

mumkinligi va muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilmagan
va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun sudlangan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan

shaxs advokat yordamchisi bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

34

Armaniston Respublikasi

qonunchiligiga kelsak, “Advokatura to‘g‘risida”gi

Qonunining 23-

moddasiga ko‘ra, advokat yordamchi yoki yordamchilarga ega bo‘lishga

haqli hisoblanadi, shuningdek, sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz yoki muomala

layoqati cheklangan deb topilgan, qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan bo‘lsa,

sudlanganligi tugamagan yoki olib tashlanmagan shaxslar advokat yordamchi bo‘lishi

mumkin emas deya belgilab qo‘yilgan.

Shu bilan birga, stajyor-

advokat o‘z faoliyatini advokat rahbarligida, yuridik

amaliyot bilan bog‘liq individual topshiriqlarini bajargan holda amalga oshirishi kerak

ekanligi, stajyor mustaqil ravishda advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega

emasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari, advokatning stajyori mijozning

ma’lumotlarini oshkor qilishga haqli emasligi va advokat ishlayotgan tashkilot tomonidan

yoki yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan advokat bilan mehnat shartnomasi tuzish yo‘li

bilan ishga qabul qilinishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

Yuqorida keltirib o‘tilgan asoslarga ko‘ra xulosa qiladigan bo‘lsak, advokat

stajyorining asosiy vazifasi bu advokatlik ish tajribasini orttirish, o‘z ustida ishlash

hamda

stajyor tomonidan advokat maqomiga ega bo‘lishga tayyorlanish va uning kasbiy

bilimlarini hamda ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat hisoblanadi.

Shuningdek, mamlakatimiz qonunchiligidagi advokat stajyori faoliyatiga oid

normativ-

huquqiy hujjatlarni o‘rganar ekanmiz, shu o‘rinda har bir davlat bu borada o‘z

tajribasiga ega ekanligini inobatga olgan holda, rivojlangan davlatlarning qonunlariga

nazar tashlash orqali ularning ijobiy taraflarini qonunchiligimizga joriy etish borasida bir

qator quyidagi takliflarni berish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

Birinchidan,

advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs

qog‘oz shaklidagi

mehnat daftarchasini yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani taqdim etishi

lozim, bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno. O‘rindoshlik asosida

ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasining o‘rniga asosiy ish joyidan olingan

belgilangan namunadagi ma’lumotnomani taqdim etishi maqsadga muvofiq.

Ikkinchidan,

talabgorning arizasini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlarini

belgilash, ko‘rib chiqish natijasini aniqlash maqsadida stajyorlik uchun talabgor bo‘lgan

shaxsning arizasini hududiy boshqarma tomonidan ko‘rib chiqish muddatini belgilash

kerak, misol uchun talabgorning arizasi kelib tushgan kundan e‘tiboran

besh ish kuni

muddatida advokatlik tuzilmasi (hududiy boshqarma) tomonidan ko‘rib chiqilishi va

ushbu arizaga nisbatan talabgorni suhbatga chaqirish yoki suhbatga chaqirishni rad etish

haqida qaror qilishi va shu kuni bu haqida talabgorni xabardor qilishi, o‘rganib chiqish

natijalariga ko‘ra advokatlik tuzilmasi (hududiy boshqarma) talabgorni suhbatga

chaqirish yoki suhbatga chaqirishni rad etish haqida qaror qiladi va shu kuni bu haqda

talabgorni xabardor qilishi lozim.

Uchinchidan,

stajyor stajirovka o‘tash uchun hududiy boshqarmaga murojaat

qilgan vaqtda undan talab qilinadigan hujjatlarning hajmi kamaytirilishi lozim, jumladan,

talabgordan ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlar talab qilinishi kerak:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining (identifikatsiyalovchi ID

-kartasi)

nusxasi;

oliy yuridik ma‘lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma‘lumotnoma;

oxirgi ish joyi bo‘yicha tasdiqlangan qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchasini yoki

elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani, bundan birinchi marta ishga kirayotgan

shaxslar mustasno.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

35

To‘rtinchidan,

stajyor uzoq muddat ishda

bo‘lmagan asoslarni yana ham

aniqlashtirish zarur, jumladan, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va

tugʻish ta‘tillari, bola parvarishlash ta‘tillari, ishdan ajralgan holda malaka oshirish,
stajirovkaga rahbarining litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilishi yoki tugatilishi

kabilarni hisobga olgan holda, agar ushbu asoslar sababli stajyor uzoq muddat ishda

bo‘lmasa, ushbu muddatni stajirovka muddatiga kiritmaslik zarur.

Beshinchidan,

agar stajirovka rahbarining advokatlik maqomi, advokatlik

faoliyati uchun litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilishi yoki tugatilish holati
vujudga kelsa, bunday holatga hozirgi qonunchilik normasida yechim ko‘rsatilmagan, shu
sababli ham agar shu kabi holat vujudga kelsa, stajirovkaning ma‘lum muddati oʻtalmay
qolgan taqdirda, stajyorning tanloviga koʻra stajirovka ana shu davrga uzaytirilishi yoki

stajyor boshqa advokatlik tuzilmasida yoki boshqa advokat rahbarligida stajirovkani

davom ettirishini ta’minlash kerak.

Oltinchidan,

stajyorning o‘rindoshlik asosida ishlashining taqiqlanishi ko‘plab

talabgorlarning advokaturaga kirishiga to‘siq hisoblanadi. Stajyorning

asosiy ish joyi

saqlangan holda advokatlik tuzilmasida o‘rindoshlik asosida ishlashi mumkinligini

belgilash

advokaturaga malakali kadrlar kirib kelishini ta’minlaydi.

Yettinchidan,

stajirovka o‘tash davrida stajyorga referatlar tayyorlash hamda

kundalik yuritish kabi qo‘yilgan talablarni bekor qilish lozim. Mazkur talablar ortiqcha
qog‘ozbozlik hisoblanib,

stajyor uchun orticha yuklama hamda ortiqcha vaqt sarflashga

olib keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasining 1996

-yil 27-dekabrdagi 349-I-

sonli “Advokatura

to‘g‘risida”gi Qonuni;

2.

Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Sh.Mirziyoyev. Toshkent: “O‘zbekiston”

nashriyoti, 2021;

3.

“Advokat stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat

raqami 1928, 2009-yil 27-mart).

4.

“Advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

(ro‘yxat raqami 1929, 2009

-yil 27-mart);

5.

W.E.J. Tjeenk Willink 2011, Dutch law. Bern. 126 p;

6.

Advocacy

Professionalism

CFA Society Italy, 2022;

7.

Girаrd. Histoire de organisation judiciaire de Remains, t. I, Paris, 2016. 288

Girard. History of the judicial organization of Remains, t. I, Paris, 2016. 288 p;

8.

Ожегов С.И. Толковый словарь русского языка. Около 100000 слов,

терминов и фразеологических выражений. М.: Оникс, 2017;

9.

Чашин А.Н. Стратегия и тактика адвокатской деятельности. М.: Дело и

Сервис, 2016. С. 133;

10.

Мельниченко Р. Г. Адвокатура: Учебное пособие для студентов вузов. М.:

Интра, 2017. С. 274.

11.

Lex.uz;

12.

https://eseimas.lrs.lt/portal/legalAct;

13.

https://be5.biz/pravo/a002/17.html.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 349-I-sonli “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni;

Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Sh.Mirziyoyev. Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021;

“Advokat stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1928, 2009-yil 27-mart);.

“Advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1929, 2009-yil 27-mart);

W.E.J. Tjeenk Willink 2011, Dutch law. Bern. 126 p;

Advocacy - Professionalism - CFA Society Italy, 2022;

Girаrd. Histoire de organisation judiciaire de Remains, t. I, Paris, 2016. 288 Girard. History of the judicial organization of Remains, t. I, Paris, 2016. 288 p;

Ожегов С.И. Толковый словарь русского языка. Около 100000 слов, терминов и фразеологических выражений. М.: Оникс, 2017;

Чашин А.Н. Стратегия и тактика адвокатской деятельности. М.: Дело и Сервис, 2016. С. 133;

Мельниченко Р. Г. Адвокатура: Учебное пособие для студентов вузов. М.: Интра, 2017. С. 274.

Lex.uz;