Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The concept and content of prosecutorial supervision in
the field of banks and cash transactions
Zakhriddin KHAZRATKULOV
Academy of Law Enforcement Agencies of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2024
Received in revised form
15 April 2024
Accepted 25 April 2024
Available online
25 May 2024
Banks and cash circulation entities play an important role in
the further development of the economy in developing
countries. One of the top priorities is the large-scale
implementation of large domestic banks, large foreign banks
entering our country, and investment programs, as well as
ensuring the rule of law to attract foreign investors into the
economy. In this regard, the state sets one of its main tasks to
create favorable conditions for the free, free development of
entrepreneurship, as well as a healthy investment climate.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss4/S-pp257-265
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
prosecutorial control,
bank,
funds,
responsibility,
function,
regulation.
Banklar va naqd pul muomalasi sohasida prokuror
nazorati tushunchasi va mazmun-mohiyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
prokuror nazorati,
bank,
naqd pul,
javobgarlik,
funksiya,
tartibga solish.
Rivojlanayotgan,
taraqqiy
etayotgan
mamlakatlarda
iqtisodiyotni yanada yuksaltirishda banklar, naqd pul
muomalasi faoliyat subyektlarining roli muhim ahamiyat kasb
etadi. Mamlakatdagi yirik banklar, yurtimizga kirib kelayotgan
yirik xorijiy banklar va investitsiya dasturlarini keng koʻlamda
amalga oshirish hamda xorijiy investorlarni iqtisodiyotga jalb
etish uchun esa ularga qonun ustuvorligini taʼminlab berish
birinchi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu munosabat
bilan davlat tadbirkorlikning hech qanday toʻsiqlarsiz, emin
-
erkin rivojlanishi uchun q
ulay sharoit, shuningdek sogʻlom
investitsiya muhitini yaratishni oʻz oldiga eng asosiy
vazifalardan biri sifatida qoʻyadi.
1
Master
’
s student, Academy of Law Enforcement Agencies of the Republic of Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2024) / ISSN 2181-1415
258
Понятие и содержание прокурорского надзора в сфере
банков и кассовых операций
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
прокурорский контроль,
банк,
денежные средства,
ответственность,
функция,
регулирование.
Важную роль в дальнейшем развитии экономики в
развивающихся странах играют банки, субъекты наличного
денежного обращения. Одной из первоочередных задач
является
широкомасштабная
реализация
крупных
отечественных банков, въезжающих в нашу страну крупных
иностранных банков и инвестиционных программ, а также
обеспечение верховенства закона для привлечения
иностранных инвесторов в экономику. В этой связи
государство ставит одной из основных задач создание
благоприятных условий для свободного, свободного
развития предпринимательства, а также здорового
инвестиционного климата.
Yurtimizda ham tadbirkorlik faoliyatining toʻsiqsiz amalga oshirilishini taʼminlash,
biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va respublikaning investitsiyaviy
jozibadorligini oshirishga, adolatli va shaffof investitsiya muhitini yaratishga qaratilgan
keng koʻlamli islohotlar tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda.
Respublikada amalga oshirilayotgan sa’y
-harakatlar, yaratib berilayotgan shart-
sharoitlar, fuqarolarning qonun bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarini himoya
qilish, oʻz
-
oʻzidan, mamlakatda ishbilarmonlik muhitining rivojlanishiga hamda
Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi reytingiga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Davlat idoraviy nazorat organlarining, shuningdek, prokuratura organlarining
diqqat-
eʼtibori mazkur jarayonlarda boʻlishiga, qonunlar ijrosi ustidan qatʼiy nazorat
oʻrnatish orqali tadbirkorlik subyektlari, xususan bank sohasida qonunni himoya
qilishga, shu jumladan, bank omonatchilarining huquqiy himoyalanganlik darajasini
kuchaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi
organlar tomonidan investorlarga bosim oʻtkazilishining oldini olish, banklar faoliyatiga
noqonuniy aralashuv, ularni noqonuniy tekshirishga yoʻl qoʻymaslik kabilarga
qaratilmoqda. Shu munosabat bilan yuqoridagi jarayonlarda qonunlar ijrosi ustidan
prokuror nazorati alohida muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan banklar va naqd pul
muomalasi faoliyat toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratining
mazmun-
mohiyati ham huquqiy munosabatlarni himoya qilishda namoyon boʻladi.
Qayd etish lozimki, prokuratura organlari tomonidan ushbu sohada o‘tkaziladigan
tekshirishlar natijasida bir qator qonun buzilishi holatlari aniqlangan. Jumladan, 2021-yil
davomida prokuratura organlari tomonidan mazkur sohada o‘tkazilgan 137 ta tekshirish
natijasiga ko‘ra 153 ta taqdimnoma, 22 ta protest kiritilgan, 93 nafar mansabdor shaxs
intizomiy va 42 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortilib, qo‘pol qonunbuzilishi holatlari
yuzasidan 8 ta jinoyat ishlari qo‘zgʻatilgan.
Qonun ustuvorligi har qanday soha rivojida muhim ahamiyat kasb etgani kabi
banklar va naqd pul muomalasi faoliyati sohasida ham qonun ustuvorligini taʼminlash
hozirgi kunda davlat siyosati darajasiga koʻtarilganligi bejizga emas. Qonunlar va tegishli
normativ-
huquqiy hujjatlarga asosan ishni tashkil etilganligi hamda faoliyatni toʻgʻri
yoʻlga qoʻyilganligi boʻyicha prokuratura organlari tomonidan nazoratning olib borilishi
ushbu sohada qonun ustuvorligini taʼminlashga, qonuniylikni mustahkamlashga oʻzining
munosib hissasini qoʻshadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2024) / ISSN 2181-1415
259
“Hammamiz yaxshi tushunamizki, qonunlarni qabul qilish –
bu ishning bir qismi,
xolos. Asosiy masala
–
qonunlarning mazmun-
mohiyatini xalqimizga va masʼul
ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazish, ularning ijrosini toʻgʻri tashkil etish hamda qonun
talablariga qatʼiy amal qilishni taʼminlashdan iboratdir”, –
deb taʼkidlagan edi Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev [1].
Qonuniylikni taʼminlashning muhim shartlaridan biri Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va u asosida qabul qilingan normativ-
huquqiy hujjatlar ijrosini soʻzsiz
amalga oshirish, unga qatʼiy amal qilish hisoblanadi.
Qonun ustuvorligini va qonuniylik tartibotini taʼminlashning muhim omillaridan
biri qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish hisoblanadi.
Banklar va naqd pul muomalasi faoliyati sohasida qonun ustuvorligini taʼminlash
uchun ushbu sohani davlat tomonidan tartibga solish qay darajada yoʻlga qoʻyilganligi
bilan izohlanadi.
Tadqiqot ishimiz davomida “bank”, “naqd pullar” va “naqd pul muomalasi”
tushunchalariga taʼrif berib oʻtsak. Chunki, yuqoridagi tushunchalarning nima ekanligiga
aniqlik kiritib oʻtmasak, ushbu sohadagi prokuror nazoratini mazmun
-mohiyatiga ham
toʻliq yetib bora olmaymiz.
05.11.2019-
yilda qabul qilingan OʻRQ–
580-
sonli “Banklar va bank faoliyati
toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni[2]ga asosan bank deb bank
hisobvaraqlarini ochish va yuritish, toʻlovlarni amalga oshirish, omonatlarga
(depozitlarga) pul mablagʻlarini jalb etish, oʻz nomidan kreditlar berish boʻyicha bank
faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti
boʻlgan yuridik shaxslar tan olinadi.
Xorijiy davlatlar tajribasi shuni koʻrsatadiki, mamlakat iqtisodiyotining oʻsishi
bozor infratuzilmasining samarali faoliyat koʻrsatishi bilan uzviy bogʻliqdir. Bank tizimi
bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Chunki banklar iqtisodiyotni
moliyaviy mablagʻlar bilan taʼminlash, tashqi iqtisodiy aloqalarni moliyalashtirish,
toʻlovlarni amalga oshirish hamda aholiga turli moliyaviy xizmatlarni koʻrsatishda muhim
rol oʻynaydi. Shuning uchun ham mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki
yillardayoq bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli oʻtish uchun zamonaviy bank tizimini
yaratish ustuvor yoʻnalish sifatida ilgari surildi.
Davlatimiz iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida “Markaziy bank
boshchiligida hamda keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy banklar ikki bosqichli
bank tizimini vujudga keltirish, respublika hududida yirik chet el banklarining boʻlimlari
va vakolatxonalarini ochish uchun qulay sharoit yaratish”ni birinchi darajali chora
-
tadbirlar qatoriga qoʻydi.
Ushbu muhim vazifani amalga oshirish maqsadida maʼmuriy
-buyruqbozlikka
asoslanib, rejali iqtisodiyot tabiatiga moslashgan bank tizimi oʻrniga ikki pogʻonali milliy
bank tizimini yaratishning dastlabki huquqiy asosi
–
1991-yil 15-
fevralda “Banklar va
bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
bankiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklarini tashkil qilish, ular faoliyatini
tartibga solish va nazorat qilish, toʻlov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi.
Mamlakatda aksiyadorlik, kooperativ va xususiy mulk asosida tijorat banklari hamda
xorijiy kapital ishtirokida banklar ochilishiga ruxsat berildi.
“Naqd pullar” va “naqd pul muomalasi” tushunchalariga taʼrif O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 24-
fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2024) / ISSN 2181-1415
260
to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 7/14
-son qarori asosida tasdiqlangan
Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni
tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma [3]da (roʻyxat raqami 3003) toʻliq yoritib oʻtilgan.
Unga koʻra:
naqd pullar
–
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan muomalaga
kiritilgan banknotlar va tangalar;
naqd pul muomalasi
–
tovar va xizmatlar uchun, shuningdek aholi, xoʻjalik
yurituvchi subyektlar va banklar oʻrtasidagi hisob
-kitoblarni amalga oshirishda banknot
va tanga koʻrinishida naqd pullarning uzluksiz harakati.
Banklar naqd pul muomalasining holatini muntazam ravishda oʻrganadilar va tahlil
qiladilar, shuningdek aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga boʻlgan
talablari oʻz vaqtida qondirilishini taʼminlaydilar.
Banklar bank kassalarida amalga oshirilgan naqd pullarning kirim va chiqim
amaliyotlarini tahlil qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
tomonidan tasdiqlanadigan kassa ramzlaridan foydalanadilar.
Davlat tomonidan banklar faoliyatini tartibga solishning asosiy maqsadi
iqtisodiyotning innovatsion yangilanishi, iqtisodiy tizimni rivojlantirish, iqtisodiyotni
modernizatsiyalash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar
yaratish, shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik subyektlarning banklar
va naqd pul muomalasi faoliyatini samarali tashkil qilish uchun qulay sharoitlarni
yaratish, ayniqsa, aksiyadorlar manfaatini himoya qilishga alohida eʼtibor qaratish zarur.
Bunda, shuni tushunish joizki, banklar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish
zarurati nafaqat bozor iqtisodiyotining mavjud boʻlish xususiyatlaridan, balki
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasidagi davlatning qonunda nazarda
tutilgan oʻz funksiyalarini lozim darajada bajarishiga doir huquqiy majburiyatidan ham
kelib chiqadi.
Davlat boshqaruvi, asosan, vertikal munosabatlarda boʻladi. Bunday boshqaruv
davlat organlarining koʻp taraflama faoliyatida koʻrinadi. Ushbu faoliyat tegishli huquqiy
bazani yaratish, ijrochi-
tasarruf qiluvchi organlar tomonidan qabul qilingan meʼyoriy
huquqiy hujjatlarni ijro qilish, odil sudlovni amalga oshirish, nazorat funksiyalari,
qonunlarga rioya qilinishi ustidan prokurorlik funksiyasi tizimini nazarda tutadi.
Banklar va naqd pul muomalasi sohasini davlat tomonidan tartibga solishning
asosiy yoʻnalishlaridan biri bu –
ushbu sohada prokuror nazoratidir.
Banklar va naqd pul muomalasi sohasini tartibga solish Oʻzbekiston
Respublikasining ijro etuvchi hokimiyati va uning subyektlari tomonidan amalga
oshiriladi, ammo bu jarayonda prokuraturaning rolini qayd etmaslik mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi [4] hamda Oʻzbekiston Respublikasi
“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni [5] prokuraturaning nazorat organi maqomini
belgilaydi, shu bilan birga iqtisodiy globallashuvning hozirgi sharoitida prokuratura
iqtisodiyot sohasidagi qonunlarga rioya qilish boʻyicha nazorat choralarini amalga
oshirish bilan bir qatorda mamlakatda sodir boʻlayotgan iqtisodiy jarayonlarga real taʼsir
koʻrsatishi ham alohida ahamiyatga ega.
Konstitutsiyamizning 143-
moddasida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh
prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida
qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi
yuklatilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2024) / ISSN 2181-1415
261
Banklar va naqd pul muomalasi faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosi ustidan
prokuror nazorati predmeti va obyektining ilmiy-nazariy asoslarini, uning maqsad va
vazifalarini tahlil etish uchun
dastavval “nazorat”, “prokuror nazorati” tushunchalari va
mazmunini yoritib bersak, maqsadga muvofiq boʻladi.
Nazorat
–
tekshiruvni oʻtkazadigan organning operativ
-
xoʻjalik faoliyatiga
aralashmasdan maxsus prokuratura tomonidan amalga oshiriladigan funksiya boʻlib, u
nazorat qilinadigan organni yoki mansabdor shaxsni qonun buzilishlarini cheklash yoki
toʻxtatish maqsadida qonuniylik yoki qonuniylikni oʻrnatishga va mustahkamlashga
koʻmaklashish maqsadida uning kasbiy faoliyati qonuniyligi nuqtayi nazaridan
baholashdan iborat [6, 101-b].
D.A. Osipov, V.M.
Bolshakovaning fikriga koʻra, “nazorat” –
bu obyektni muntazam
ravishda kuzatib borish va uning harakatlarini talablarga muvofiqligini tekshirish [7, 136-b].
Nazorat
–
Oʻzbekiston Respublikasida turli davlat organlarining qonunchilikni
taʼminlashga oid faoliyati shakllaridan biri hisoblanadi. Nazorat –
prokuror nazorati, sud
nazorati va maʼmuriy nazoratga boʻlinadi. Prokuror nazorati barcha vazirliklar, davlat
qoʻmitalari va idoralari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mahalliy davlat
hokimiyati organlari, mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning aniq va bir xilda
bajarilishi ustidan prokuratura amalga oshiradigan nazoratdir [8, 15-b].
Prokuror nazorati institutining dolzarbligi koʻplab xalqaro va mahalliy
huquqshunos olimlar tomonidan oʻrganilayotganliklari bilan isbotlanadi. Xususan,
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasidagi ensiklopedik
lugʻatda “prokuror nazorati” tushunchasiga quyidagicha taʼrif berilgan.
Prokuror nazorati
–
prokuratura faoliyatining bosh yoʻnalishi. Uning asosiy
mazmuni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va respublika hududida amalda
boʻlgan qonunlarning qoidalariga zid holatlarni aniqlash va mazkur qonunbuzarliklarni
bartaraf etish yuzasidan qonunda nazarda tutilgan choralarni koʻrishdan iborat [9].
“Prokuror nazorati” deyilganida, Oʻzbekiston Respublikasi nomidan, uning
hududida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarning aniq va bir
xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuratura organlarining davlat
organi sifatidagi maxsus faoliyati tushuniladi”.
O.V.
Voroninning fikricha, “prokuror nazorati –
bu, avvalambor, prokuror
nazoratining huquqiy va ijtimoiy mohiyati, prokuratura organlarining huquqiy,
shuningdek uning faoliyati maqsadlari, vazifalari, funksiyalari, yoʻnalishlari, shakllari va
usullari toʻgʻrisida bilimlar tizimidir” [10, 192
-b].
B.H.
Poʻlatov
“Prokuror nazorati –
davlat faoliyatining shu davlat nomidan amalga
oshiriluvchi alohida mustaqil koʻrinishi va prokuraturaning asosiy, yetakchi funksiyasi
hisoblanadi. Prokuror davlat nomidan nazoratni amalga oshiradi. Prokuror nazorati
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishini tezkorlik bilan aniqlash va
bartaraf etishning muhim mexanizmi boʻlib qolmoqda” [11, 27–
28-
b], deb taʼkidlaydi.
M.H. Rustambayev, U.A.
Tuxtashevalarning taʼkidlashicha, “davlat nomidan maxsus
vakolatga ega mansabdor shaxslarning
–
prokurorlarning qonun buzilishlarini aniqlash
va oʻz vaqtida bartaraf etish, aybdorlarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish
orqali qonunlarni aniq bajarilishini va bir xilda qoʻllashni taʼminlash borasidagi amalga
oshiriladigan faoliyati hamda huquqni himoya qilish faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan
biridir” [12, 8
-b].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2024) / ISSN 2181-1415
262
Banklar faoliyati iqtisodiyotni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega, chunki
banklar ish oʻrinlarini yaratadi, iqtisodiyotga kapital oqimini oshiradi va texnologik
taraqqiyotga yordam beradi. Ushbu sohada vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solishda esa davlat nazorati iqtisodiy siyosatning eng muhim yoʻnalishi
hisoblanadi. Bu nazoratning zarurligi ushbu soha subyektlarining qonuniy huquqlari,
erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish, monitoring qilish, milliy manfaatlarni himoya
qilish, ichki bozorda umumiy barqarorlikni saqlash, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf
qilishda namoyon boʻladi.
Banklar va naqd pul muomalasi boʻyicha davlat nazorati xorijiy investorlar yoki
aksionerlarning ichki resurslardan foydalanishiga toʻsqinlik qilishi, maxfiy texnologiya
yoki bilimlarning uzatilishini cheklashi va xorijiy firmalardan atrof-muhit va mehnat
standartlariga rioya qilishni talab qilish orqali barqaror rivojlanishga yordam berishi
mumkin. Bundan tashqari, banklar va naqd pul muomalasi faoliyati ustidan davlat
nazorati ham mamlakat moliya tizimini beqarorlashtirishi mumkin boʻlgan spekulyativ
yoki nazoratsiz kapital oqimining oldini olish orqali ichki bozorda umumiy barqarorlikni
saqlashga yordam beradi.
Banklar va naqd pul muomalasi sohasidagi davlat nazorati
–
bu nazorat olib
boruvchi ijro etuvchi hokimiyat vakolatli organlarining faoliyat turi boʻlib, ular ushbu
sohadagi vakolatli organlar, tashkilotlar oʻz faoliyatida qonun hujjatlari va banklar, va
naqd pul muomalasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlariga rioya etishi ustidan
kuzatuv olib boradi va baholaydi.
M.N.
Kudilinskiyning taʼkidlashiga koʻra, “davlat nazorati davlat boshqaruvi
faoliyatining turi sifatida universaldir, yaʼni u jamiyat hayotining barcha sohalariga tatbiq
etiladi. Shu bilan birga, ushbu sohalarning har biri oʻziga xos xususiyatga ega boʻlib,
nazorat organlarining ishiga oʻziga xos xususiyatlarni yuklaydi” [13, 49
-b].
Davlat nazorati turlaridan biri hisoblanmish banklar va naqd pul muomalasi
sohasidagi prokuror nazorati
–
bu davlat nazorati turlaridan biri boʻlib, Konstitutsiya va
qonunlarga asoslangan, banklar va naqd pul muomalasi sohasida huquqbuzarliklarni
oldini olish, monitoring, aniqlash va buzilgan qonuniylikni tiklash orqali sodir etilgan
huquqbuzarliklarga munosabat bildirish hamda sohadagi huquqbuzarliklarning salbiy
taʼsirlarini bartaraf etish kabi prokuror nazoratini amalga oshirishning shakllari orqali
davlat nomidan amalga oshiriladigan prokuratura organlarining maxsus faoliyati.
Banklar va naqd pul muomalasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror
nazorati nafaqat qonun buzilishi holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etishda, balki
ularni oldini olish choralarini koʻrishda ham namoyon boʻladi. Bundan tashqari, prokuror
nazorati faqatgina davlat organlari va boshqaruv sohalarida qonunlarning aniq va bir
xilda bajarilishi ustidan nazorat bilan cheklanmaydi, balki Oʻzbekiston Respublikasining
“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni [14] 2
-moddasida belgilangan asosiy vazifalar
bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish,
huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish kabi funksiyalarni ham amalga
oshiradi. Shuning uchun banklar va naqd pul muomalasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosi
ustidan prokuror nazorati mazmun-mohiyati ham ushbu sohadagi prokurorlarga bir
tomondan, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish yoki ularni keltirib
chiqaruvchi shart-
sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish majburiyati
yuklatilganligi bilan izohlanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2024) / ISSN 2181-1415
263
Hozirgi paytda banklar va naqd pul muomalasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosi
ustidan prokuror nazoratining predmetini aniqlash tadqiqot natijalari uchun muhim
ahamiyat kasb etadi. Ushbu nazorat yoʻnalishini prokuratura organlari faoliyatining
asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilash uning predmetini aniq ajratib koʻrsatishni
taqozo etadi.
B.Korobeynikovning taʼkidlashicha, “prokuror nazoratining predmeti oʻzida
prokuror faoliyatini huquqiy tartibga solishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar sohasini
qamrab oladi. Prokuror nazoratining mohiyati shundaki, prokuror faoliyati qonunlar
talablarini bajarilishi bilan bogʻliq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan”
[15, 84-b].
Z. Gadaborsheva va S.
Yemelyanovlarning taʼkidlashicha, “Rossiya Federatsiyasi
prokuraturasi toʻgʻrisida”gi qonunning 21
-moddasida prokuror nazorati predmeti
sifatida qayd etilgan holatlarni prokuror nazoratining funksiyasi sifatida hisoblash lozim.
Yaʼni qonunchilikning buzilishini aniqlash, buzilgan qonuniylikni tiklash, aybdorlarni
qonunda belgilangan javobgarlikka tortish va kelgusida bu kabi qonunbuzarliklar sodir
etilishidan ogohlantirish prokuror nazorati funksiyasi boʻlib, uning predmetini tashkil
etadi [16, 42-b].
“Prokuror nazorati predmeti” xususida A.
Kazarina, B.
Poʻlatov, E.
Xatovlarning
ilmiy-
nazariy gʻoyalarini qoʻllab
-
quvvatlagan holda “predmet” tushunchasiga Oʻzbekiston
Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi qonuni 20
-moddasida ifodalangan norma
mazmunidan kelib chiqqan holda yondashish maqsadga muvofiqdir. Ushbu moddaga
koʻra, prokuror qonunlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish jarayonida qabul
qilinayotgan hujjatlarning Konstitutsiya va qonunlarga muvofiqligini, qonunda nazarda
tutilgan davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi,
ular tomonidan chiqarilayotgan huquqiy hujjatlar Konstitutsiya va amaldagi qonunlarga
qanchalik darajada muvofiq ekanligiga oʻz diqqat eʼtiborini qaratishi zarur.
Banklar va naqd pul muomalasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror
nazorati predmetiga toʻxtaladigan boʻlsak, ushbu sohada qonunbuzarliklarni aniqlash,
buzilgan qonuniylikni tiklash, aybdorlarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish va
kelgusida bu kabi qonunbuzarliklar sodir etilishidan ogohlantirish kabilar uning nazorat
predmeti doirasiga kiradi. Ushbu vazifalar “Prokuratura toʻgʻrisida”gi qonunning
2-
moddasida sanab oʻtilgan prokuratura organlarining asosiy vazifalari bilan oʻxshash
boʻlib, aynan mazkur vazifalarni hal etish orqali yakunda prokuror nazoratining
maqsadiga erishiladi.
Prokuratura organlarining banklar va naqd pul muomalasi faoliyat haqidagi
qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirishda nazorat obyektlarini
ilmiy-amaliy jihatdan ochib berish uning mazmun-mohiyatini tushunishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, bugungi kunda ushbu masala huquqshunos olimlar
oʻrtasida bahs
-
munozalarga sabab boʻlayotganligiga guvoh boʻlamiz. Ilmiy manbalar va
yuridik adabiyotlarni oʻrganishimiz natijasida shuni qayd etish lozimki, huquqshunos
olimlar nazorat obyekti haqida soʻz yuritganda bu masalaga asosan ikkita nuqtayi
nazardan, yaʼni prokuror nazorati ostidagi organlar, mansabdor va boshqa shaxslar
hamda nazoratni taʼminlash jarayonida prokuror tomonidan baho beriladigan huquqiy
hujjatlar jihatidan yondashganliklari haqida xulosa qilish mumkin.
S.L. Alekseev [17] va V.
Bessarabov [18] “prokuror nazorati obyekti deganda
qonunlarning bajarilishi ustidan prokuror tekshiruvlari oʻtkaziladigan, prokurorning
nazorati ostida hisoblangan, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlashga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2024) / ISSN 2181-1415
264
masʼul organlar, tashkilotlar, mansabdor va boshqa shaxslar tushunilishi kerak” deb fikr
bildirsa, B.
Poʻlatov [19] esa qonunlar ijrosi ustidan nazorat obyektlari tushunchasiga
prokuror tomonidan Konstitutsiya va qonunlarga muvofiqligi yuzasidan baho berib
boriladigan normativ-huquqiy hujjatlar toifasidan kelib chiqib yondashadi.
Prokuratura organlari tomonidan banklar va naqd pul muomalasi sohasida
qonuniylik ahvolini oʻrganishda bir necha nazorat obyektlarida
tekshirishlarni amalga
oshirish talab etiladi. Shuning sababli, prokuratura organlari xodimlarining ushbu sohada
prokuror nazoratini toʻgʻri tashkil etish va uni samarali amalga oshirish maqsadida
banklar va naqd pul muomalasi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan prokuror
nazoratining har bir sohasi boʻyicha predmeti va obyektini ilmiy
-nazariy hamda amaliy
tahlil etgan holda unga aniqlik kiritish lozim.
Banklar va naqd pul muomalasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror
nazorati obyektini belgilash masalasida ikkita muhim jihatga eʼtibor qaratish darkor.
Ulardan biri
–
nazorat ostida boʻlgan masʼul organlar, mansabdor va boshqa shaxslar
majmui hamda prokuror tomonidan qonuniyligi baholanadigan huquqiy hujjatlarga.
Ikkinchisi esa “Prokuratura toʻgʻrisida”gi qonunning 20
-moddasiga binoan, nazorat
obyektiga vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish
organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar,
davlat qoʻmitalari va idoralarining harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari; hokimlar va
boshqa mansabdor shaxslar hamda ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlar kiradi.
Bizning fikrimizcha, banklar va naqd pul muomalasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosi
ustidan prokuror nazorati obyektini “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan
normalardan kelib chiqqan holda ifodalash maqsadga muvofiq.
Qonunchiligimizga asosan, banklar va naqd pul muomalasi toʻgʻrisidagi
qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratining mazmun-
mohiyati quyidagilarda oʻz
aksini topadi:
–
banklar va naqd pul muomalasi toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilish holatlarini
oʻz vaqtida aniqlash; qonun buzilishi hollarida bunga aybdor boʻlgan shaxslarni, eng
avvalo, aksiyador va naqd pul muomalasi subyektlarining asosiy huquq va erkinlariga
rioya qilmaydigan mansabdor shaxslarni aniqlashning shartliligi;
–
qonunchilik, birinchi navbatda, banklar va naqd pul muomalasi sohasida
subyektlarning huquqlarini buzilishiga sabab boʻladigan holatlarni aniqlashning
muhimligi;
–
banklar va naqd pul muomalasi munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari
buzilishini bartaraf qilish, shu kabi qonun buzilishlariga olib keladigan sabab va
sharoitlarni bartaraf qilishga qaratilgan choralarning prokuratura organlari tomonidan
qoʻllanilishi;
–
banklar va naqd pul muomalasi subyektlarining huquq va erkinliklarini buzgan
shaxslarni shartsiz javobgarlikka tortish.
Oʻzbekistonda banklar va naqd pul muomalasi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan
prokuror nazoratining maxsus vazifalari prokuror nazoratining oʻziga xos xususiyatlarini
aniqlash imkonini beradi.
Banklar va naqd pul muomalasi ishtirokchilarining huquqlarini tartibga soluvchi
qonunlarniing ijrosi ustidan prokuror nazoratining predmeti, oʻz mohiyatiga koʻra,
banklar va naqd pul muomalasi sohasida tadbirkorlarning huquqlari boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi talablarning har qanday buzilishlarini toʻliq
va oʻz vaqtida aniqlash, bartaraf etish, yoʻq qilish va oldini olishga qaratilgan
prokurorning funksional faoliyati koʻrinishida namoyon boʻladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2024) / ISSN 2181-1415
265
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24
-
yilligiga bag‘ishlangan
tantanali marosimdagi
ma’ruzasi, https://president.uz/oz/lists/view/108
2.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019
-y., https://lex.uz/docs/-
4581969
3.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2018
-y., https://lex.uz/docs/-
3716827
4.
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023
-y., 03/23/837/0241-son,
https://lex.uz/docs/-6445145
5.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001
-y., 9-10-son,
168-modda, https://lex.uz/docs/-106197
6.
Князева Е.Г. Прокурорский надзор в зарубежных странах //. Юристъ
-
Правоведъ, 2009, № 1.
- S. 101
7.
Осипов, Д. А., & Большакова, В. М. «О понятиях «государственный
контроль», «государственный надзор» и «тотальный контроль над личностью»” //
Власть. –
2015.
–
№ 5. –
S. 136-140.
8.
Madaliyev O.M. Prokuror nazorati. Darslik. Umumiy qism.
–
T.: TDYU nashriyoti,
2009.
–
B.15.
9.
Konstitutsiyaviy
huquq.
Ensiklopedik
lugʻat
//
Elektron
manba:
https://lyex.uz/dictionary?word=PROKUROR%20NAZORATI (murojaat vaqti: 24.03.2023)
10.
Воронин О.В. Прокурорский надзор в Российской Федерации: вопросы
Общей части: Учебное пособие. –
Томск: Изд
-
во НТЛ,. 2007. –
192 с.
11.
Poʻlatov B.H. Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining konstitutsiyaviy
maqomi // “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy oʻquv kurslari
Axborotnomasi”, 2017, №4 (32). –
B. 27-28.
12.
Rustambayev
M.H.Oʻzbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi
va
prokuratura: risola / Masʼul muharrir: yu.f.d., prof. A.X.Saidov. –
T.: TDYUI nashriyoti,
2005.
–
B. 8-12.
13.
Кудилинский М. Н. Контроль как вид государственно
-
управленческой
деятельности: к соотношению понятий «контроль» «надзор» // Социология и
право. 2015. № 8. С. 49.
14.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001
-y., 9-10-son,
168-modda, https://lex.uz/docs/-106197
15.
Идилова Ж.Н. Прокурорский надзор за исполнением законодательства о
защите малого и среднего предпринимательства: состояние и пути оптимизации:
Дисс. … канд. юрид. Наук. –
Екатеринбург: 2012. –
С. 84.
16.
Гадаборшева
З.Б.
Прокурорский
надзор
за
исполнением
законодательства в сфере предпринимательской деятельности: Дисс. ... канд. юрид.
наук. –
М.: 2013. –
С. 42
-45
17.
Алексеев С.Л., Вотчель Н.Р. Прокурорский надзор. Учебное пособие/ под ред.
Ф. Н. Багаутдинова. –
Информационно
-
технологический центр АСО, 2014. –
C 9.
18.
Прокурорский надзор. В 2 т. Том 2. Особенная и специальная части:
учебник для вузов / под. общ. ред. О.С. Капинус. –
4-
йе изд., пер. и доп. –
М.:
Издательство Юрайт, 2019. –
С. 83.
19.
Prokuror nazorati: darslik / B.X.Poʻlatov; masʼul muharrirlar: T.A.Umarov,
A.T.Allamuratov va boshq.
–
T.: “Oʻzbekiston”, 2009. –
B. 148-149.
