Авторы

  • Севара Расулова
    Аспирант, Термезский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss4/S-pp88-96

Ключевые слова:

Южный Узбекистан Южный Туркменистан Южный Таджикистан Северный Афганистан Древняя Индия Хараппа Месопотамия Белуджистан Древний Восток Каракумы Алтынтепах Намазгох скульптура терракота статуя матери бронзовый век трансформация

Аннотация

В данной статье рассматривается высокоразвитое искусство скульптуры в крупных странах Средней Азии, в эпоху бронзы, начало истории этих трех регионов с древнейших времен, а также выдвигаются идеи общности в будущем. Кроме того, на скульптурных образцах цивилизации Oкса, сформировавшейся на территории этих стран, анализируются влияние стран Древнего Востока и вопросы взаимной трансформации.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Transformation processes in sculpture samples of Oxus
civilization

Sevara RASULOVA

1


Termez State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2024

Received in revised form

15 April 2024
Accepted 25 April 2023

Available online

25 May 2024

In this article discusses the highly developed art of sculpture

in the large countries of Central Asia, in the Bronze Age, the

beginning of the history of these three regions from ancient

times, and the idea of commonality in the future. In addition, the

influence of the countries of the Ancient East and the issues of
mutual transformation are analyzed in the sculptural examples

of the Oxus civilization formed in the territory of these

countries.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss4/S-pp8

8-96

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Southern Uzbekistan,

Southern Turkmenistan,
Southern Tajikistan,
northern Afghanistan,

Ancient India,

Harappa,

Mesopotamia,

Baluchistan,

Ancient East,

Karakum,

Namazgoh,

sculpture,

terracotta,

Bronze Age,

transformation.

Oks

sivilizatsiyasi

haykaltaroshlik

namunalarida

transformatsion jarayonlar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Janubiy

O‘

zbekiston,

janubiy Turkmaniston,
janubiy Tojikiston,

shimoliy Af

g‘

oniston,

Qadimgi Hindiston,

Xarappa,

Mesopotamiya,

Ushbu maqolada Markaziy Osiyoning yirik davlatlari

hududlarida bronza davrida haykaltaroshlik san

atining yuqori

darajada rivojlanganligi, ushbu uch mintaqa tarixining ibtidosi

qadimgi davrlardan boshlab mushtarakligi hamda kelajagi

umumiylik

g‘

oyasi ilgari suriladi. Qolaversa, ushbu davlatlar

hududida shakllangan Oks sivilizatsiyasining haykaltaroshlik

1

PhD Student, Termez State University. E-mail: rasulovas@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

89

Belujiston,

Qadimgi Sharq,

Qoraqum,

Oltintepa,

Namozgoh,

haykaltaroshlik,

terrakota,

ona haykali,

bronza davri,
transformatsiya.

namunalarida Qadimgi Sharq davlatlarining ta

siri va

o‘

zaro

transformatsiya masalalari tahlil etiladi.

Процессы трансформации в образцах скульптуры
цивилизации Oкса

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Южный Узбекистан,

Южный Туркменистан,
Южный Таджикистан,
Северный Афганистан,
Древняя Индия,

Хараппа,

Месопотамия,
Белуджистан,

Древний Восток,
Каракумы,

Алтынтепах,

Намазгох,

скульптура,

терракота,

статуя матери,

бронзовый век,
трансформация.

В данной статье рассматривается высокоразвитое

искусство скульптуры в крупных странах Средней Азии, в

эпоху бронзы, начало истории этих трех регионов с

древнейших времен, а также выдвигаются идеи общности в

будущем. Кроме того, на скульптурных образцах
цивилизации Oкса, сформировавшейся на территории этих

стран, анализируются влияние стран Древнего Востока и

вопросы взаимной трансформации.


KIRISH

Markaziy

Osiyo

davlatlari,

shu

jumladan,

O‘

zbekiston,

Tojikiston,

Turkmanistonning qadim o‘tmishi va tarixi mushtarak bo‘lib kelgan. Bunga asosiy omil

yagonadir, Oks (Araks)-Amudaryonning [Geradot, I kitob] mavjudligi va ushbu davlatlar

hududidan oqib o‘tganligidir. Bronza davri kishilari uchun eng qadimgi dehqonchilik

madaniyatlari qaror topishiga zamin hozirlagan [20.13].

Oks O‘rta Osiyoning qadimgi

jamiyatlarida har tomonlama mintaqa xalqlari uchun ilk sivilizatsiya beshigi hisoblanib

kelgan. [22.10] Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar doirasida bir qator ilmiy
ishlar dunyo yuzini ko‘rdi hamda Oks sivilizatsiyasi ijtimoiy xarakteri, madaniy aloqalari
hamda tarixshunosligi o‘zining isbotini topdi [23.22]. Oks sivilizatsiyasi dunyo
tamaddunida o‘zining ijodkorlik xarakteri bilan Qadimgi Sharqning birlamchi

sivilizatsiyalari Mesopotamiya [10.66], Hind-Eron [5.551], Janubiy Osiyo [17.551]
madaniyatlari bilan omuxtalashib, bevosita yoki bilvosita transformatsion jarayonlar
natijasida yangi bir madaniyatning mahalliy varianti shakllandi, nafaqat shakllandi, balki

aks ta’sir natijalariga ham erishdi [25.29

-30]. Oks sivilizatsiyasining hududiy qamrov

darajasi Janubiy Turkmaniston, Shimoliy Afg‘oniston, Janubiy Tojikiston va Janubiy
O‘zbekiston hududlarini o‘z ichiga olib, uning popuk ildizi hisoblangan Janubiy
Turkmanistondagi yodgorliklardan topilgan haykaltaroshlik namunalariga dastlab e’tibor


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

90

qaratib, so‘ng esa qadimgi Sharq davlatlari bilan qiyosiy taqqoslaymiz. Chunki Oks

sivilizatsiyaning tadqiqotchilari uning ildizlarini tashqaridan izlaydilar. Buning asosiy
sabablari esa, Oks sivilizatsiyasi fortifikatsiyasidagi labirint tizim, sopol buyumlar
gardishidagi zoomorf terrakotalar, xullas Oltintepa va Oks sivilizatsiyasi yodgorliklari

moddiy madaniyatidagi “nomutanosibliklar” tadqiqotchilar yangi sivilizatsiya ildizlarini
Qadimgi Sharq xalqlarining migratsiyasidan izlashlariga asos bo‘lgan [22.83].

METODLAR

Ushbu maqolada

Markaziy Osiyoning uch respublikasi mintaqasidan o‘tgan

asrning 60

70-yillaridan arxeologik ekspeditsiyalar natijasida aniqlangan yodgorliklar

hududidan topilgan terrakotalar, haykaltaroshlik namunalari o‘zaro qiyoslanadi, tanqidiy

tahlil, xronologik izchillik va muammoli metodlardan foydalaniladi.

MUHOKAMA

Insoniyat tarixining uzoq o‘tmishiga nazar tashlar ekanmiz, eng qadimgi odamlar

nafaqat o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tdi, tabiatning

shafqatsiz sinovlari oldida bardosh berdi, balki tabiatni, atrof olamni kuzata turib,

ma’naviy dunyoni tushunishga intildi. Ma’naviy dunyoni tushunishga intilish o‘z

navbatida insonlar onggida turli xil mifologik tushunchalar kirib kelishini tezlashtirdi

[3.195]. Ular mifologik qarashlarini turli xil xom ashyolardan terrakotalar yasab, o‘z

ongosti qiziqishlarini aks ettirdilar [30.130]. Qadimshunoslarning fikricha, eng qadimgi
haykalataroshlik namunalari Markaziy Osiyo mintaqasida janubiy Turkmaniston
hududlarida neolit davridan boshlab yasala boshlagan. Albatta bu haykalchalar loydan

yasalib, asosan o‘tirgan holatdagi ayollar tasvirlangan bo‘lib, ular miloddan avvalgi

VI mingyillikga tegishlidir [26.9]. Ammo haykalchalarni aksariyati eneolit davrida tegishli

bo‘lib, umumiy klassifikatsiyasi faqatgina hududiy yodgorliklar misolida amalga
oshirilgan. Umumiy klassifikatsiya esa o‘tgan asrning 70–

80-yillarida amalga oshgan edi.

O‘z navbatida arxeolog V.M.

Masson Qoraqum sarhadlarining markaziy va sharqiy

qismlarida yastanib yotgan bu haykalchalarni uch xronologik davrga bo‘ladi:

ilk eneolit

(miloddan avvalgi V

IV mingyillik),

rivojlangan eneolit

(miloddan avvalgi IV mingyillik

ikkinchi yarmi),

so‘ngi eneolit

(miloddan avvalgi IV mingyillik oxiri

III mingyillik

birinchi yarmi).

Tadqiqotchilarning fikricha, Geoksur vodiysidagi Yalang‘ochtepa manzilgohidan

eneolit davriga oid jami 60 dan ortiq yalang‘och ayol haykallari topilgan va ular ham
ifodalanishiga ko‘ra bir necha tiplarga ajratiladi. [35.160] Miloddan avvalgi

III mingyillikning birinchi yarmida ya’ni ilk bronza davrida asosan mitti haykalchalar

namunalari

janubiy-sharqiy

Turkmaniston

hududlaridan

asosan

Xapuztepa

yodgorligidan topilgan bo‘lib, afsuski ular bo‘laklardan iborat, butun qism aniqlanmagan,
keyingi qidiruv ishlari Kopettog‘ning quyi qismidagi Oltintepa va Namozgohtepa

yodgorliklarida davom ettirildi. Ilk bronza davri haykalchalarining birinchi turi aksariyat

namunalari asosan mramor, dolomit [27.312] toshdan yasalgan bo‘lib qo‘l, ko‘krak
sohalari ko‘zga tashlanmaydi, ammo ikkinchi turdagi namunalarda ayol jinsiga mansub
belgilari ya’ni yelka sohasi, oyoqlari bukilgan va o‘tirgan holati yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ilk bronza davri haykallarining e’tiborga molik jihati shundan iboratki, soch turmaklari

3 qismga ajratilib, ikki qismi ko‘krak sohasiga, yana bir qismi orqa tomonga tashlangan

holatda tasvirlangan. Huddi shunday terrakotalar shimoli-

g‘arbiy Suriyaning Tel

-Taynat

[15.7] va Pokiston R

espublikasi hududida Peshovardan uncha uzoq bo‘lmagan Charsala

[6.369] yodgorliklaridan aniqlangan. Rivojlangan bronza avrida esa haykalchlalarning


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

91

300 dan ziyod namunalari aniqlangan. Shuni aytish joizki, ilk bronza davriga nisbatan
rivojlangan bronza davriga oid erkak jinsiga oid haykalchalar aksariyatni tashkil etadi. Bu
esa katta patriarxal oilalarning hakllanishi va mustahkamlanayoganidan darak beradi.
Janubiy Turkmaniston hududlaridagi haykalchalarning shakl-shamoyili Qadimgi
Sharqning yirik davlatlari hududlarida topilgan haykallar bilan monandlikni tashkil etadi.
Albatta buning ibtidosi bronza davridan ham avvalroq Joytun madaniyatiga borib
taqaladi. [31.93] G.

Chayld ushbu transformatsion jarayonlarga shunday to‘xtaladi: hech

bir joyda arxeologik yoki antropologik tadqiqotlar Qadimgi Sharqda bo‘lganidek ajoyib

kashfiyotlar qilinmagan. Shu jumladan tadqiqotimiz mavzusi hisoblangan haykaltaroshlik
sohasi ham bundan mustasno emasdir. [24.24] Miloddan avvalgi III

II mingyilliklarda

Xarappa va Mohenjadaro sivilizatsiyalarida haykalchalar asosan loydan yasalgan bo‘lsa,
tosh va metal haykalchalar ham yo‘q emas. [28.50] Xarappada tashkil etilgan ilk sinfiy

munosabatlar va ularning negizida turli sohalarda shakllangan transformatsion
jarayonlarni arxeolog V.M.

Masson Qadimgi Sharqning yirik davlati Shumer ta’siri emas

balki aksincha mahalliy shart-

sharoitlar bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi.

Hind vodiysi

havazalaridagi terrakota qadimgi hind madaniyatining ham badiiy, ham diniy jihatdan

ahamiyatlidir. Uning hududiy chegarasi nafaqat Shumer, Elam O‘rta Osiyo mintaqalari,

balki Egey dengizi havzalari bilan ham tutashadi. [9.130.]

Ammo ba’zi statuetkalarda

ko‘zlarning kat

t

a oval ko‘rinishida ifodalanishi Qadimgi Mesop

otamiyaning Kish [29.272]

shahrida topilgan haykalchalar bilan uyg‘unlikni tashkil etadi. Qolaversa

, Xarappa

madaniyatiga oid haykalchalar bezatilishiga ko‘ra juda boydir. Erkak haykalchalar asosan
kalta yubkalarda tasvirlangan. Erkak jinsiga mansub haykalchalarning o‘tirgan yoki tik

turgan tasvirlari Janubiy Turkmanistondagi tasvirlarni takrorlaydi. Umumiy qilib aytgan

Hind vodiysidagi terrakotalar bosh kiyimlari va qo‘llarining holati bilan Janubiy

Turkmanistondagi terrakotalar bilan umumiylikni tashkil etadi. Zabardast arxeolog
V.

Masson O‘rta Osiyoning bronza davriga oid haykallarini umumiy qilib uchta katta

guruhga bo‘ladi.

Bular ayol, erkak va antropomorf haykallar hisoblanadi. Albatta birinchi

turdagi haykallarning salmog‘i ko‘pdir, ammo Namozgoh III davridan boshlab erkak
jinsiga mansub haykallar soni ko‘payadi. Bundan tashqari Shimoliy Afg‘oniston

hududidagi Dashli III manzilgohidan metalldan yasalgan terrakotalar, tesha, bolta

vazifasini ham o‘tagan. Ular 4 tani tashkil etib, 3 tasi zoomorf (hayvon shaklli) haykalli ish
quroli bo‘lsa, 1 tasi antropomorfdir. [

33.75] Dashli III manzilgohida aniqlangan zoomorf

va antropomorf haykallarning ibtidosi bronza davridan ham ertaroq eneolit

davriga borib taqaladi. Bunday haykallarning o‘zaro uyg‘unligi Eron va Janubiy

Turkmanistondagi loy va toshdan hayvon shaklli tasvirlar tashkil etadi [18.4]. Yuqoridagi

barcha haykallarning vazifalari turlichadir. Ba’zi birlari diniy maqsadda kenotaf qabrlar
uchun yasalgan bo‘lsa, ЮТАКЕ mintaqasidagi haykallarda o‘ychan ayollar tasviri (xuddiki

ayollar obrazi rizq-

ro‘z, nasiba timsoli sifatida) ifodalangan.

Oʻrta Osiyoning eneolit va bronza davri sanʼati ibtidoiy jamoa tuzumi doirasida

rivojlangan boʻlib, uning asosan amaliy tabiatini belgilab bergan. Ammo xalq tajribasining
kelib chiqishi san’atning keyingi rivojlanishi uchun asos bo‘ldi. Miloddan avvalgi

III mingyillikda yasala boshlagan haykallarning aksariyati ona kulti muqaddas olovning
posboni sifatida qaralgan.

Eneolit va bronza davrlarida Oʻrta Osiyoda yashagan xalqlar va qabilalar sanʼatida

ulkan yutuqlarni qayd etish mumkin. Mamlakatning janubi-

g‘arbiy qismidagi dehqonlar

alohida muvaffaqiyatlarga erishdilar, bu borada Eron va Afg‘oniston bo‘yalgan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

92

kulolchilikdan an’ana va texnikada farq qiluvchi maxsus badiiy rassomchilik maktabi
haqida gapirish mumkin. Shu bilan birga, Oʻrta Osiyoning janubi

-

gʻarbiy qismidagi

qabilalar sanʼatida Elam va Mesopotamiya shahar sivilizatsiyalarining yuksak madaniyati
bilan bogʻliqlikni kuzatish mumkin [27.312].

1969-yilda Janubiy Turkmanistonning Oltintepa manzilgohida

9 qazishma

ishlari Namazgoh V davriga oid arxeolog Yu.E. Berezkin, tomonidan 0,5 gektardan
oshiqroq maydonda ayol jinsiga mansub haykallar aniqlandi. Ushbu ekspeditsiya
natijasida Oltintepa manzilgohining ustki qismidan jami 95 dona ayol haykallar topildi va
ular 7 ta tipga ajratildi. Shulardan 6 tasi sharqiy yodgorliklar (Oltintepa, Xapuztepa)

tipiga kirsa, 1 tasi g‘arbiy yodgorlik (Namozgohtepa) tipga mansub edi. Jumladan 71 tasi

yetarli darajada yaxshi saqlangan. Oltintepa haykallari kolleksiyasi umumiy 2 guruhga
ajratilgan. 1-guruh haykallari 64,4 %, ostki qismi 70-90 gradusda ishlanib, yelka va bel

sohasi kengroq, orqa qismiga qo‘lda yopishtirilgan sochi ko‘krak qismigacha tushib

turibdi. Bosh kiymi vertikal holatda va ushbu guruhning asosiy belgisi aksariyat haykallar

o‘tirgan holatda ishlangan. 1

-

guruh haykallari o‘z navbatida 4 ta tipga ajratiladi. 1

-tipdagi

haykallar 19,7 %ni tashkil etib, uch qirrali shaklda va bosh kiyimda shaklda bo‘lib bo‘yi

20 smni tashkil etadi. 2-tipdagi haykallar charaqlagan yulduzning yon tomoni sifatida

ifodalanib asosan bo‘laklardan iborat. 3

-tipdagi haykallar esa shoxona qiyofada 4-tipdagi

haykallar ham shunga o‘xshash va ayri hollarda bosh kiyim bilan tasvirlangan [21.22]

.

V.M. Masson va V.I. Sarianidilarning fikri Berezkin fikriga nisbatan boshqacharoq

ya’ni ular №9 qazuv ishlarida jami 88 ta haykallarning guruhiga va tipiga ko‘ra 1

-guruh

51,2%, 1-tip 15,5% Namozgoh tipi esa 4,5% figuralarga ajratgan. Bundan tashqari

№9 ekspeditsiyasi natijasida 25X15 metr maydonda 4 ta qabr uchratilib ularda 6 ta ayol

haykallari aniqlangan va ularning barchasi 1-guruhga mansubdir (ushbu qabrlardan
birida bronza muhr ham topilgan). 1966-yildagi

5 qazishmasida manzilgoh chetida bir

kohin-ayol qabri aniqlangan. Kohin-

ayol deb atashimizga sabab uning bir qo‘lida 2 ta

haykalcha (

9 qazishmasidagi 2-guruhga tegishli) bilan birga tog`ri to`rtburchak shaklli

muhr topilgan. Aftidan bu belgilar ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi dualistik qarshlar, yer
osti va usti dunyoning mutanosibligi, tug‘lish va o‘lim o‘rtasidagi dualistik qarshlarning
aksi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Kichik Mesopatamiya sifatida Eronning janubiy-

g‘arbida va Dajla va Frot

daryolarining pastki havzasida joylashgan pasttekislikda Elam davlati joylashgan bo‘lib,

aynan qadimgi Sharqning bu davlati bilan Oks sivilizatsiyasi aholisi bilvosita va bevosita

madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yishgan. Bundan tashqari Eron va Mesopatamiyani bir

-

biriga bog‘lab Old Osiyo mintaqasining ham qadimgi madaniy markazlardan biriga
aylangan. O‘tgan asrning 80

-yillarida ham Yaqin Sharqning uch mintaqasi Mesopatamiya

va Elam, Anatoliya, Levant hududlaridagi haykallarning qiyosiy metodlar bilan tahlil

qilgan arxeolog Spykcet Elamning Narundi mabudi haykallarini o‘rgandi [16.102].
Hattoki o‘z davri uchun san’at, haykaltaroshlik maktablari shakllandi [2.211]. O‘z davri

uchun juda qudratli markazlashgan davlatga asos solib, bir necha asrlar davomida

shumerliklarga, bobilliklarga va ossuriyaliklarga qarshilik ko‘rsatibgina qolmasdan
Mesopatamiya davlatlariga qarshi bir necha bor hujumga o‘tgan. Bunday kuch qudratga
ega xalqlar o‘zidan takrorlanmas madaniyat qoldirmasligi mumkin emas. Elamda
o‘tkazilgan qazishmalar vaqtida qadimgi o‘ziga xos Elam madaniyatining o‘ziga xos

yodgorliklari aniqlangan [19.607]. Mesopatamiya haykallari singari Elamda ham eng
qadimgi haykallarning namunalari miloddan avvalgi IV mingyillikda qadimgi Suza shahri


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

93

xarobalari ostidan aniqlangan. Ularning aksariyati yalang‘och ayol va ho‘kiz tasvirlari

tashkil etadi. Asosan xonadonlarda, diniy va dafn marosimlarida foydalanilgan. Ammo

haykallar arxeologik qazishmalar vaqtida emas, balki eski shahar xarobalari ko‘chalarida
uchraydi. Shunday haykallardan biri Suza shahar xarobalarida aniqlangan ikki qo‘llari
bilan ko‘krak sohasini ushlab turgan yalang‘och holatdagi ayol tasviridir. Haykallarning
yalong‘och holatdagi tasviri tug‘ilish va o‘lim, jinsiy munosabatlarning yorqin ifodasidir.

Ushbu haykallarning xronologiyasi miloddan avvalgi 2000

1750-yillardir [4.36].

Qadimgi hind madaniyatidagi oid haykallarga keladigan bo‘lsak, tabiiy sharoitiga

ko‘ra eng qadimgi haykallar toshdan yasalgan bo‘lib, 3 mingyillik tarixga egadir. Albatta

hind vodiysining moddiy madaniyati Markaziy Osiyo mintaqasi bilan chambarchasdir.

[12.3] haykallarning davri va uslubiga ko‘ra bir necha guruhlarga ajratish mumkin.

Miloddan avvalgi II mingyillikda Mathura vodiysida topilgan ayol haykalining yuz

sohasida burunning shakllantirish uchun oddiy usuldan ya’ni yuz qismning ikki

tomonidan chimchilagan holatda shakllantirgan, peshona sohasi esa uzviy davom

ettirilgan. Ko‘z qovoqlari esa ajralib turadi, lablar kichikroq, ko‘krak sohasi barcha

qismlar yasalgan maxsus qoliplarda quyilmagan. Qadimgi hindlarning toshdan yasalgan
haykallarining Qadimgi Sharqda uchramaydigan jihatlaridan biri haykal bezaklaridir,

bo‘yin va quloq sohalaridagi qo‘sh ziraklar, albatta bu xususiyat hind xalqining o‘ziga xos
qadriyatlaridan biridir. Qo‘llar esa qisqaroq huddiki shunchaki tasvirlagandek tuyuladi,
oyoqlari esa bir nuqtada kesilgan chiziq bo‘ylab tutashadi. Ushbu haykal toshdan
yasalganidan qat’iy nazar nafislik va bejirimlikdan xoli emas. Bunday haykallarning

namunalari Taxila, Xarappa, Mohenjadaro, Bhiti, Basarh. Sankisa va Pataliputra

manzilgohlaridan ham topilgan [1.90]. Aynan miloddan avvalgi III mingyillikda so‘ngi
davrlarida kelib Murg‘ob daryosi havzalarida yashayotgan xalqlar madaniyatida
yuksalish kuzatiladi. Albatta bu Marg‘iyonadagi Gonurdepe yodgorliklaridan topilgan

muhrlar, yuqori sifatli sopollar, terrakotalar, oltindan yasalgan buqa boshining tasvirlari
xullar ijtimoiy hayotning barcha sohalarida kuzatiladi. Ayrim tadqiqotchilar bu

transformatsion jarayonlarni G‘arbiy Osiyo, Elam va Hindiston xalqlarining bir

-birlari

bilan madaniy aloqalarini eng kuchaygan davri deb hisoblasalar yana boshqa birlari esa

bu davr shimoliy va janubiy Osiyo mintaqalarini qolaversa Yevroosiyo ko‘chmanchi

xalqlarini janubiy mintaqalar sari assimilatsiya jarayonlarini boshdan kechirgan deb
hisoblashadi [8.134].

XULOSA

Xulosa

o‘rnida shuni ta’kidlamoqchimanki, Markaziy Osiyoda asos solingan Oks

sivilizatsiyasida haykaltaroshlik namunalarida transformatsion jarayonlar bevosita

migratsion jarayonlar bilan uzviy bog‘liqdir. Eng qadimgi dehqon jamoalari Eronning

shimoliy

sharqiy mintaqasi orqali Turkmanistonning g‘arbiy hududlarida neolit

davridan boshlab siyosiy va etnomadaniy jarayonlar sodir bo‘la boshlagan [32.113].

Aynan mana shu migratsion jarayonlar natijasida ushbu mintaqalarda yashovchi

xalqlarning ham siyosiy, ham ijtimoiy, ham madaniy hayotida ham sezirarli o‘zgarishlar
sodir bo‘la boshladi. Biz buni yuqorida haykaltaroshlik namunalarida kuzatdik. Bizgacha

ham Maraziy Osiyo mintaqasining haykaltaroshlik namunalarni Mesopatamiya

Suriya

va Elam mintaqalari bilan qiyosiy tahlili ustida bir necha izlanishlar olib borilgan edi

[3.209]. Albatta ushbu tadqiqotlar markazida uch mintaqa san’atining barcha sohalari
jumladan haykaltaroshlik sohasiga keladigan bo‘lsak, asosan hayvonlar timsoliga asosiy
e’tibor qaratilgan [11.89]. Biz esa tadqiqot markazida Oks va Xarappa sivilizatsiyalari


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

94

hamda Elam davlati hududlaridagi bronza davri ayol haykallarning timsolini qo‘ydik.
Albatta bu uch hudud ya’ni Oks sivilizatsiya, qadimgi Elam davlati va qadimgi Hindiston
sivilizatsiyalarida bronza davrida tarqalgan haykallarning asosi ildizi bir xil ya’ni
haykallarning aksariyatida yalong‘och holatdagi ayol tasviridir. Umumiy belgilaridan
yana keltiradigan bo‘lsak, oyoq qismi bir vertikal chiziq bo‘ylab jipslashtirilgan,

bellarining juda tor, yelka sohalarining kengroq, goh bosh kiyimda yoki sochlari bilan

birga tasvirlangan bo‘lib go‘yoki butun diqqat e’tiborni o‘ziga jalb etayotgandek tuyuladi.
Farq qiladigan jihatlari ham yo‘q emas, chunki tabiiyki har bir mintaqaning o‘ziga xos
uslublari, indivudial jarayonlarning ta’siri ham kuchlidir. Masalan Xarappa

sivilizatsiyasiga oid haykalda zargarlik buyumlarining (bunday zargarlik buyumlardagi
transformatsion holatlarini Sopolli madaniyatiga ham kuzatishimiz mumkin [34.187])

ifodalanishidir yoki qadimgi Elamdagi yalang‘och haykalning yelka va oyoq sohalari

kengroq qilib tasvirlangan. Bizningcha har bir madaniy migratsiyalar dastlabi ibtidosi

integratsiyaviy jarayonlar bilan boshlansa, keyin adabtatsiya (moslashuv) hosil bo‘ladi,
so‘ngi kulminatsion nuqtasi esa transformatsiyaviy jarayonlardir. Namozgoh III davriga

tegishli haykallar, aynan ushbu davrda qadimgi Mesopatamiyaning Uruk shahar-davlati
hujumlari kuchaygan hamda Yaqin Sharq, Mesopatamiya va Markaziy Osiyoda

yashayotgan xalqlar o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlann davr sanaladi. Markaziy
Osiyodagi haykalchalar ushbu integratsiyalar natijasida ancha nafisroq bo‘lib shakllanadi
va birlamchi sivilizatsiyalarning ta’siri natijasida alohida qadimgi dunyoning o‘ziga xos
haykaltaroshlik sohasida an’ana va innovatsiyaning paydo bo‘lishiga olib keldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Ananda Coomaraswamy. Early Indian Terra Cottas. Bulletin of the Museum of

fine arts, 1927. Volume 25, N 152, p 90-96.

2.

Angela Bellia & Clemente Marconi. Musicians in ancient coroplastic art.

Iconography, ritual contexts, and functions. 2016, p. 211.

3.

Annie Caubet. Myths and gods in the Oxus Civilization. The world of Oxus

civilization. Routledge 2021. Pages 195.

4.

Annie Caubet. Terracotta Figurines of Musicians from Mesopotamia and Elam.

Roma 2016. P 39.

5.

Benjamin Mutin and C.C. Lamberg- Karlovsky. The relationship between the

Oxus Civilization and the Indo-Iranian borderlands. The world of Oxus civilization.
Routledge 2021. Pages 551.

6.

Bridget and Raymond Allchin. The Rise of Civilization in India and Pakistan.

Cambridge University Press. Pages-369.

7.

Geradot. I kitob.

8.

Ljubov’ B. Kircho. The rise of the early urban civilization in southwestern Central

Asia: from the Middle Chalcolithic to the Middle Bronze Age in southern Turkmenistan.
2021. P. 134.

9.

Mackay E. Early Indus civilizations. London, 1948. Р. 1

30.

10.

Michael Guichard. The Oxus civilization and Mesopotamia

: a philologist’s point

of. The world of Oxus civilization. Routledge 2021. Pages 66.

11.

Pittman Holly. Art of the Bronze Age: Southeastern Iran, Western Central Asia,

and the Indus Valley. New York 1984. P 89.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

95

12.

Rajesh S.V, Abhayan G.S, Preeta Nayar. Research on Indus civilization in the

wake of hundred years of excavation at Harappa. India. 2023. P 3.

13.

Rasulova, S. (2022). JANUBIY OZBEKISTON MINTAQASIDA SOVETLAR

DAVRIDA

BRONZA

DAVRIGA

OID

MANZILGOHLARNING

ORGANILISH

TARIXSHUNOSLIGI. Евразийский журнал академических исследований, 2(5), 86

-91.

14.

Rasulova S. Ch. Shaydullayeva G. Sh. Oks va Xarappa sivilizatsiyalari madaniy

aloqalarni o‘rganishda oltin buyumlarni o‘rni. “Markaziy Osiyo xalqlari moddiy ma’naviy
madaniyati: zamonaviy tadqiqotlar, muammo va o‘rganish usullari” amaliy anjumani.
O‘zbekiston. Jizzax. 31

-oktabr, 2023-yil. 55-59-betlar.

15.

Stanley Klassen.Tell Tayinat archaeological project (TAP): seasons 2017-2019.

The Canadian society for Mesopotamian studies journal. 2022.// Stanley Klassen. The
Madaba settlement cluster and the nature of early bronze age urbanism in the Central
highlands of Jordan. Transitions, Urbanism, and Collapse in the Bronze age- essays in
honor of Suzanne.

16.

Spycket. A. La statuaire du proche-orient ancient. 1984, pp.102-104.

17.

Shereen Ratnagar. Interaction between the worlds of South Asia and Central

Asia. The world of Oxus civilization. Routledge 2021. P. 551.

18.

Абоу аль

-

Хассан Махм Оуд Бакри Моусса. Вопросы взаимосвязи культур

Ирана и Южной Туркмении: интерпретация изображений животных на
керамических и каменных изделиях эпохи энеолита. Москва 2005. С 4.

19.

Авдиев В. И. Қадимги Шарқ тарихи. Тошкент 1964. –

С 607.

20.

Аскаров А.А. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы на юге

Узбекистана.

Ташкент, «ФАН», 1977

//

Массон В.М. Древнеземледельческая

культура Маргианы. МИА 73, Ленинград, 1959//

Сарианиди В.И. Древние

земледельцы Афганистана. –

М., 1977.

21.

Березкин. Ю.Е. Краткие сообщения. Археология Сибири, Средней Азии и

Кавказа.

167,

С

22.

22.

Боқиев А, Шайдуллаев А, Йўлдошева З. Окс цивилизацияси. –

Тошкент,

2015// Francfort Henri-Paul.

«Observations sur la toreutique de la civilisation de l’Oxus»,

dans Osmund Bopearachchi, Marie-Fran

з

oise Boussac., Afghanistan,ancien carrefour

entre l’Est et l’Ouest

, (Indicopleustoi, 3), Turnhout, 2005//Bertille Lyonet, Nadejda

Dubova. The world of Oxus civilization. Routledge 2021. Pages 932.

23.

Боқиев А.А. Окс цивилизациясининг ижтимоий характери. Тарих

фанлари. P

hd

. Афтореф

.

Термиз 2021.

22-bet//

Шайдуллаева Ш.Г. Окс ва Хараппа

цивилизациярининг маданий алоқалари. Тарих фанлари. Phd. Тошкент 2021. 137

-

bet.// Xurramov X.B. Oks sivilizatsiyasi tarixshunosligi.(Germaniya olimlari tadqiqotlari
misolida).

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi avtoreferati.Termiz

2024. B. 52

24.

Гордон

Чайлд. Древнейший Восток в свете новых раскопок. М., 1956.

C. 24.

25.

Массон В.М. Первые цивилизации. Л., 1989.

C 29-30.

26.

Массон В.М. Сариианиди В.И. Среднеазиатская терракота эпохи бронзы.

Москва. 1973. С 9.

27.

Массон В. Е. Дрампян, Л.Н. Дробов, М.Я. Лившиц, П.В. Попов, О.П. Попова,

Г.А. Пугаченкова, Г.А. Сарыкулова, Ю.Я. Турченко, Н.В. Черкасова. Искусство
Средней Азии эпохи неолита и бронзового века. —

М.: Изобразительное искусство,

1971.

312 с.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

96

28.

Массон. В. М. Джейтун и Кара

-

Тепе. СА. 1957//Джейтунская культура. Тр.

ЮТАКЭ, т. X. Ашхабад, 1960 (1961)//Новые раскопки на Джейтуне и Кара

-

Тепе. СА

,

1962//

Ме

ll

а

rt. J Earliest Civilizations of the Near East. London, 1965.

29.

Массон В. М. Средняя Азия и Древний Восток. М. 1964. С 272.

30.

Мифология древнего мира. –

М., 1977. С.130.

31.

Сагдуллаев А.С. Абдуллаев У.И. Матякубов Х.Х. Шайдуллаев А.Ш. Тоғаев

Ж.Э. Бронза ва илк темир даври ёдгорликларининг географияси ва картографияси.
Тошкент. 2019.

С 93.

32.

Сагдуллаев А.С., Шайдуллаев А.Ш., Тогаев Ж.Э. О древневосточных и

евразийских миграциях в Центральную Азию. Ташкент. 2023.

C.113.

33.

Сарианиди В.И. Древние земледельцы Афганистана. –

М., 1977. С

. 75-76.

34.

Хамидов О.А., Каттаева Г.Ч. Типология булавок культуры Сапалли. Kazan,

Tatarstan. Поволжская археология № 4 (46) 2023.

C. 187.

35.

Хлопин И. Н. Геоксюрская группа поселений эпохи энеолита. Ленинград

1964. C. 160.

Библиографические ссылки

Ananda Coomaraswamy. Early Indian Terra Cottas. Bulletin of the Museum of fine arts, 1927. Volume 25, N 152, p 90-96.

Angela Bellia & Clemente Marconi. Musicians in ancient coroplastic art. Iconography, ritual contexts, and functions. 2016, p. 211.

Annie Caubet. Myths and gods in the Oxus Civilization. The world of Oxus civilization. Routledge 2021. Pages 195.

Annie Caubet. Terracotta Figurines of Musicians from Mesopotamia and Elam. Roma 2016. P 39.

Benjamin Mutin and C.C. Lamberg- Karlovsky. The relationship between the Oxus Civilization and the Indo-Iranian borderlands. The world of Oxus civilization. Routledge 2021. Pages 551.

Bridget and Raymond Allchin. The Rise of Civilization in India and Pakistan. Cambridge University Press. Pages-369.

Geradot. I kitob.

Ljubov’ B. Kircho. The rise of the early urban civilization in southwestern Central Asia: from the Middle Chalcolithic to the Middle Bronze Age in southern Turkmenistan. 2021. P. 134.

Mackay E. Early Indus civilizations. London, 1948. Р. 130.

Michael Guichard. The Oxus civilization and Mesopotamia: a philologist’s point of. The world of Oxus civilization. Routledge 2021. Pages 66.

Pittman Holly. Art of the Bronze Age: Southeastern Iran, Western Central Asia, and the Indus Valley. New York 1984. P 89.

Rajesh S.V, Abhayan G.S, Preeta Nayar. Research on Indus civilization in the wake of hundred years of excavation at Harappa. India. 2023. P 3.

Rasulova, S. (2022). JANUBIY OZBEKISTON MINTAQASIDA SOVETLAR DAVRIDA BRONZA DAVRIGA OID MANZILGOHLARNING ORGANILISH TARIXSHUNOSLIGI. Евразийский журнал академических исследований, 2(5), 86-91.

Rasulova S. Ch. Shaydullayeva G. Sh. Oks va Xarappa sivilizatsiyalari madaniy aloqalarni o‘rganishda oltin buyumlarni o‘rni. “Markaziy Osiyo xalqlari moddiy ma’naviy madaniyati: zamonaviy tadqiqotlar, muammo va o‘rganish usullari” amaliy anjumani. O‘zbekiston. Jizzax. 31-oktabr, 2023-yil. 55-59-betlar.

Stanley Klassen.Tell Tayinat archaeological project (TAP): seasons 2017-2019. The Canadian society for Mesopotamian studies journal. 2022.// Stanley Klassen. The Madaba settlement cluster and the nature of early bronze age urbanism in the Central highlands of Jordan. Transitions, Urbanism, and Collapse in the Bronze age- essays in honor of Suzanne.

Spycket. A. La statuaire du proche-orient ancient. 1984, pp.102-104.

Shereen Ratnagar. Interaction between the worlds of South Asia and Central Asia. The world of Oxus civilization. Routledge 2021. P. 551.

Абоу аль-Хассан Махм Оуд Бакри Моусса. Вопросы взаимосвязи культур Ирана и Южной Туркмении: интерпретация изображений животных на керамических и каменных изделиях эпохи энеолита. Москва 2005. С 4.

Авдиев В. И. Қадимги Шарқ тарихи. Тошкент 1964. – С 607.

Аскаров А.А. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы на юге Узбекистана. Ташкент, «ФАН», 1977// Массон В.М. Древнеземледельческая культура Маргианы. МИА 73, Ленинград, 1959// Сарианиди В.И. Древние земледельцы Афганистана. – М., 1977.

Березкин. Ю.Е. Краткие сообщения. Археология Сибири, Средней Азии и Кавказа. 167, С 22.

Боқиев А, Шайдуллаев А, Йўлдошева З. Окс цивилизацияси. – Тошкент, 2015// Francfort Henri-Paul. «Observations sur la toreutique de la civilisation de l’Oxus», dans Osmund Bopearachchi, Marie-Franзoise Boussac., Afghanistan,ancien carrefour entre l’Est et l’Ouest, (Indicopleustoi, 3), Turnhout, 2005//Bertille Lyonet, Nadejda Dubova. The world of Oxus civilization. Routledge 2021. Pages 932.

Боқиев А.А. Окс цивилизациясининг ижтимоий характери. Тарих фанлари. Phd. Афтореф. Термиз 2021. 22-bet// Шайдуллаева Ш.Г. Окс ва Хараппа цивилизациярининг маданий алоқалари. Тарих фанлари. Phd. Тошкент 2021. 137-bet.// Xurramov X.B. Oks sivilizatsiyasi tarixshunosligi.(Germaniya olimlari tadqiqotlari misolida). Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi avtoreferati.Termiz 2024. B. 52

Гордон Чайлд. Древнейший Восток в свете новых раскопок. М., 1956. C. 24.

Массон В.М. Первые цивилизации. Л., 1989. C 29-30.

Массон В.М. Сариианиди В.И. Среднеазиатская терракота эпохи бронзы. Москва. 1973. С 9.

Массон В. Е. Дрампян, Л.Н. Дробов, М.Я. Лившиц, П.В. Попов, О.П. Попова, Г.А. Пугаченкова, Г.А. Сарыкулова, Ю.Я. Турченко, Н.В. Черкасова. Искусство Средней Азии эпохи неолита и бронзового века. — М.: Изобразительное искусство, 1971. — 312 с.

Массон. В. М. Джейтун и Кара-Тепе. СА. 1957//Джейтунская культура. Тр. ЮТАКЭ, т. X. Ашхабад, 1960 (1961)//Новые раскопки на Джейтуне и Кара-Тепе. СА, 1962// Меllаrt. J Earliest Civilizations of the Near East. London, 1965.

Массон В. М. Средняя Азия и Древний Восток. М. 1964. С 272.

Мифология древнего мира. – М., 1977. С.130.

Сагдуллаев А.С. Абдуллаев У.И. Матякубов Х.Х. Шайдуллаев А.Ш. Тоғаев Ж.Э. Бронза ва илк темир даври ёдгорликларининг географияси ва картографияси. Тошкент. 2019. С 93.

Сагдуллаев А.С., Шайдуллаев А.Ш., Тогаев Ж.Э. О древневосточных и евразийских миграциях в Центральную Азию. Ташкент. 2023. C.113.

Сарианиди В.И. Древние земледельцы Афганистана. – М., 1977. С. 75-76.

Хамидов О.А., Каттаева Г.Ч. Типология булавок культуры Сапалли. Kazan, Tatarstan. Поволжская археология № 4 (46) 2023. C. 187.

Хлопин И. Н. Геоксюрская группа поселений эпохи энеолита. Ленинград 1964. C. 160.