Авторы

  • Зафар Арсланов
    Докторант, Институт изучения проблем молодежи и подготовки перспективных кадров Агентства по делам молодежи Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss4/S-pp248-256

Ключевые слова:

молодежная политика молодежь политика государство методы работы

Аннотация

Статья посвящена анализу влияния молодёжи на эффективность сегодняшних реформ и их социализацию в современном обществе, подчёркивая значимость молодёжи как определяющей силы будущего страны. В работе рассматриваются ключевые аспекты государственной молодёжной политики, включая нормативно-правовые, финансовые и кадровые компоненты, которые формируют специфический социальный статус молодёжи. Особое внимание уделяется изменениям целей, стремлений и приоритетов молодых людей в глобальном контексте. Авторы анализируют финансовые и кадровые показатели, которые играют решающую роль в формировании условий для развития молодёжи, при этом делая акцент на необходимости адаптации государственных мер под современные требования и вызовы. Статья направлена на выявление и обсуждение специфики государственной политики в отношении молодёжи в разных странах, предлагая рекомендации для улучшения её эффективности.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Improving the system of working with youth: based on

international experience

Zafar ARSLANOV

1

Agency for Youth Affairs of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2024

Received in revised form

15 April 2024

Accepted 25 April 2024

Available online

25 June 2024

It is necessary to understand deeply that young people

determine not only the future of the country but also the

effectiveness of today's reforms, as well as how socialized they

are in modern society. The article discusses the problems of

regulatory, financial, and personnel youth policy. Today, the

problem of modern youth is becoming increasingly urgent. The

goals, aspirations, and priorities of young people around the

world are changing day by day. State policy regarding youth is

an important part of general state policy. It represents a system

of measures aimed at determining and maintaining the specific

social status of youth, who in the future will be the economically

active population of our country. Each country has its own

aspects of the development of state policy regarding youth. The

article analyzes the financial and personnel indicators of state

policy related to youth.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss4/S-pp248-256

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

youth policy,

youth,

politics,

state,

methods of work.

Yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish: xalqaro

tajribalar asosida

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

yoshlar siyosati,

yoshlar,

siyosat,

davlat,

ish uslublari.

Yoshlar nafaqat mamlakatning kelajagini, balki bugungi kun

islohotlarining samaradorligini belgilab berishini, ular qanchalik

zamonaviy jamiyatga ijtimoiylashganini teran anglash zarur.

Maqolada yoshlarga oid davlat siyosatini me’yoriy

-huquqiy,

moliyaviy va kadrlar bilan ta’minlash muammolari muhokama

qilinadi.

Bugungi kunda zamonaviy yoshlarning muammolari tobora

dolzarblashib bormoqda. Dunyo bo‘ylab yoshlarning hayotdagi

maqsadlari, intilishlari va ustuvorliklari kun sayin o‘zgarmoqda.

1

Doctoral student, the Institute for the Study of Youth Problems and Training of Prospective Personnel of the

Agency for Youth Affairs of the Republic of Uzbekistan. E-mail: zafararslonov@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

249

Yoshlarga oid davlat siyosati davlatning yaxlit siyosatining

muhim bo‘g‘ini bo‘lib, kelajakda mamlakatimizning iqtisodiy

faol aholisi bo‘lgan yoshlarning muayyan ijtimoiy mavqeini

qaror toptirish va qo‘llab

-quvvatlashga qaratilgan chora-

tadbirlar tizimidir. Har bir davlat yoshlarga oid davlat siyosatini

rivojlantirishning o‘ziga xos jihatlariga ega. Maqolada yoshlarga

oid davlat siyosati sohasining moliyaviy va kadrlar

ko‘rsatkichlari tahlil qilingan.

Совершенствование системы работы с молодежью: на

основе международного опыта

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

молодежная политика,

молодежь,

политика,

государство,

методы работы.

Статья посвящена анализу влияния молодёжи на

эффективность сегодняшних реформ и их социализацию в

современном обществе, подчёркивая значимость молодёжи

как определяющей силы будущего страны. В работе

рассматриваются ключевые аспекты государственной

молодёжной политики, включая нормативно

-

правовые,

финансовые и кадровые компоненты, которые формируют

специфический социальный статус молодёжи. Особое

внимание уделяется изменениям целей, стремлений и

приоритетов молодых людей в глобальном контексте.

Авторы анализируют финансовые и кадровые показатели,

которые играют решающую роль в формировании условий

для развития молодёжи, при этом делая акцент на

необходимости адаптации государственных мер под

современные требования и вызовы. Статья направлена на

выявление и обсуждение специфики государственной

политики в отношении молодёжи в разных странах,

предлагая рекомендации для улучшения её эффективности.

KIRISH

Jamiyatda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida muammoli holatlarning ko‘payishi va

rivojlanishiga, bugungi kunda ularning ongiga sezilarli taʼsir ko‘rsatayotgan –

ijtimoiy

tarmoqlar sabab bo‘lmoqda. Bu o‘z o‘rnida yoshlarning va umuman butun aholining

qadriyatlarini o‘zgarishiga, mehnat, kasb

-

hunar, ilmga bo‘lgan qiziqishlarini so‘nishiga,

yengil daromad topish va bir kunlik hayot tarzining ommalashuvga olib kelmoqda.

Har bir jamiyatda yoshlar bilan bog‘liq 3 ta asosiy muammo:

bandlik (ishsizlik),

kasbiy taʼlim olish

va

jinoyatchilik

muhim ahamiyat kasb etib, qolgan barcha masalalar

aynan shu muammolar bilan chambarchas bog‘liqdir.

Bugungi kunda mamlakatda yoshlar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar

hamda respublika, viloyat, tuman va mahalla darajasidagi ishlar samaradorligini

o‘rganish borasida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida aniqlangan quyidagi qator muammo

va masalalarga eʼtibor qaratish zarur.

Yoshlar siyosati faoliyat turi sifatida Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya,

Shvetsiya kabi Yevropa mamlakatlarida eng samarali amalga oshirilmoqda. Yevropa

Ittifoqi va Yevropa Kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan yoshlar dasturlari

yutuqlarini ham qayd etishimiz mumkin.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

250

Yoshlarga oid siyosatning milliy konsepsiyalari oʻxshash shakl va amalga oshirish

usullariga ega, ammo shunga qaramay, ikkita asosiy strategiyani ajratib koʻrsatish

mumkin:

Birinchisi, davlatning yoshlar siyosati sohasidagi yetakchi roliga asoslanadi;

Ikkinchi

yoshlar siyosati sohasida davlat va fuqarolik jamiyati tuzilmalarining

tengligi to‘g‘risida [1].

Yoshlar orasida ishsizlik

Yoshlar har bir jamiyatning intellektual salohiyati bo‘lib, o‘zining yoshi, ijtimoiy

-

psixologik xususiyatlari jihatidan mehnat bozorida eng ko‘p qo‘llab

-quvvatlashga muhtoj

qatlam sanaladi.

O‘zbekistonda yoshlar orasida ishsizlar soni aholi singari yo‘ldan

-yilga ortib

bormoqda (oxirgi maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatda yoshlarning ishsizligi 17% tashkil

etgan).

Bugungi kunda mamlakatda yoshlar bandligini taʼminlashda muammolarga bir

qator quyidagi omillar taʼsir ko‘rsatmoqda, jumladan:

yoshlarning aksariyati o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yetarli bilim va amaliy

ko‘nikmalarga ega emas.

OTM tomonidan yoshlarga yetarli darajada amaliy bilim va ko‘nikmalarning

berilmaganligi keyinchalik ish beruvchilarning yosh mutaxassislarga nisbatan ko‘plab
eʼtirozlariga sabab bo‘lib, yosh mutaxassislarni ishdan bo‘shash va keyinchalik ishga

joylasholmaslik kabi holatlar kelib chiqmoqda.

Mamlakat hududlarida ish beruvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga

ko‘ra, ularning 61,2 foizi OTM bitiruvchilarining kasbiy tayyorgarlik darajasidan qisman
qoniqishini maʼlum qilishgan.

Faqatgina 21,3 foiz ish beruvchilar bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarlik

darajasidan qoniqishini taʼkidlashgan (1

-diagramma).

Diagramma

№1


Yana bir muhim jihat, bugungi kunda mahalliy ish beruvchilar yosh mutaxassisni

ishga qabul qilishda birinchi o‘rinda uning oliy maʼlumotli ekanligiga eʼtibor qaratmoqda
(bu ayniqsa davlat tashkilotlariga xos). Аgar ishga kirishga daʼvogar 2

mutaxassisdan biri

oliy va yana biri o‘rta maxsus maʼlumotga ega bo‘lsa, oliy maʼlumot haqidagi diplomga
ega kadrda ishga kirish imkoniyati yuqori bo‘lib, uning kasbiy bilim va malakasi ikkinchi

darajali masala sifatida qaralmoqda.

жавоб бериш қийин

уларнинг барчасидан

қониқмайди

қониқади деса тўғрироқ

тўла қониқади

қониқади, лекин барчасидан

эмас

2,7

4,9

9,8

21,3

61,2

Ish beruvchilar OTM bitiruvchilarining kasbiy tayyorgarligidan

qoniqishi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

251

Ish beruvchilarning asosiy qismi (87%) yosh mutaxassisni ishga qabul qilishda

uning oliy maʼlumotga ega ekanligi ustuvor imkoniyat berishini taʼkidlagan. Аlbatta,
mazkur holat talabalarning oliy o‘quv yurtida bilim va malakani oshirish, sohaning sir

-

asrorlarini o‘rganishdan ko‘ra faqat diplom uchun, yuzaki taʼlim olishlariga sabab
bo‘lmoqda. Mazkur holat, mamlakatda ishga qabul qilish jarayonlarini takomillashtirishni

taqozo etadi.

Maʼlumot uchun:

amerikalik va nemis ish beruvchilarida yosh mutaxassislarni

ishga olish prinsiplari tubdan farq qiladi.

Аmerikalik ish beruvchilar yosh mutaxassislarni tanlashda birinchi navbatda

ularning amaliy ko‘nikmalari, yuqori faolligi va maqsadga erishish qobiliyati inobatga

oladi.

Germaniya ish beruvchilari esa yoshlarni ishga olishda guruhda ishlash,

hamkorlikda faoliyat yuritish kabi fazilatlarni ustuvor deb biladi. Shuningdek, nemis ish
beruvchilari yosh mutaxassislarda turli sharoitlarga tezkor moslashuvchanlik, amaliyot

o‘tagan tashkilotlar va xorijda tahsil olganlikni inobatga oladi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 62,3 foiz ish beruvchilar, oxirgi yillarda

bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi qisman yaxshilanganligini, lekin bu yetarli

emasligini taʼkidlangan bo‘lsa, 14,8 foizi keskin yaxshilanganini, 12,6 foizi o‘zgarishlarni
umuman sezmaganini maʼlum qilgan (2

-diagramma).

OTMlardagi vizual o‘rganishlar va professor

-

o‘qituvchilar bilan ishonchli

suhbatlarda

bugungi kunda ayrim mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanayotgan yosh

kadrlarga taqdim etilayotgan ilmiy-

nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashning imkoni

mavjud emasligini, yaʼni texnologik jarayonlar rivojlanishi omilining hanuzgacha
aksariyat o‘quv dasturlarida inobatga olinmasligi amaliyot davrida yaqqol namoyon
bo‘layotgani maʼlum bo‘ldi.

Diagramma

№2

Bugun

yoshlarning АKT sohasidagi savodxonligini oshirish, ularni bu boradagi

bilimlarini yuksaltirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Biroq, shuni alohida taʼkidlab o‘tish o‘rinliki, aksariyat taʼlim muassasalarida

kompyuter savodxonligini oshirish, АKTni o‘rgatish borasidagi ishlarni talab darajasida
deb bo‘lmaydi.

14,8

62,3

12,6

0,5

9,8

Oxirgi yillarda OTM bitiruvchilarining kasbiy tayyorgarlik darjasiga

ish beruvchilarning munosabati

кескин яхшиланди

яхшиланди, лекин етарли даражада
эмас
ўзгаришни сезмадим

пасайди


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

252

Yoshlarning uchdan bir qismi (33%) kompyuter savodxonligi darajasini o‘rta deb

baholaydi. Shuningdek, ish beruvchilarning deyarli har uchinchisi (27,3%) yosh

mutaxassislarning kompyuter dasturlarini bilish, maʼlumot yig‘ish, qayta ishlash va
almashish ko‘nikmalarini o‘rtacha ekanligini qayd etgan.

Davlatning yoshlar siyosati sohasidagi yetakchi roli strategiyasi.

Germaniya,

Fransiya

ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish tizimi rivojlangan ushbu

mamlakatlarda davlat yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va uni
amalga oshirishda yetakchi rol o‘ynaydi, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan yaqindan
hamkorlik qiladi. Bu mamlakatlar tajribasini o‘rganish orqali O‘zbekiston yoshlar siyosati
strategiyasida qiziq bo‘lgan jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.

1) yoshlarga oid siyosatni milliy, mintaqaviy va mahalliy miqyosda shakllantirish.

Ushbu tizim Germaniyada eng aniq ifodalangan. Bu mamlakatda yoshlar siyosati

Konstitutsiya va "Yoshlar va bolalarga yordam to‘g‘risida" va "Yoshlarni himoya qilish
to‘g‘risida" federal qonunlar, shuningdek, yoshlar va bolalar siyosatining yillik federal

rejasi asosida amalga oshiriladi. Germaniyada Oila ishlari, qariyalar, ayollar va yoshlar
vazirligi federal darajada yoshlar siyosatini ishlab chiqish uchun mas'uldir. Fransiyada
yoshlar siyosatini ishlab chiqish uchun Yoshlar ishlari, sport va jamoat tashkilotlari

vazirligi mas’uldir. Vazirlikning joylarda yoshlarga oid siyosatni amalga oshirishga mas’ul
bo‘lgan hududiy va idoraviy boshqarmalari mavjud;

2) asosiy mas'uliyat, shu jumladan moliyaviy javobgarlik quyi bo‘g‘inlarga

yuklanganda subsidiarlik tamoyilidan foydalanish;

Germaniyada yoshlarga oid dasturlarni amalga oshirish xarajatlarining 60 foizi

munitsipal darajaga, 35 foizi esa yerga to‘g‘ri keladi. Bu mahalliy va hududiy ijtimoiy

-

iqtisodiy voqelik va ehtiyojlarni hisobga olgan holda yoshlarga maqsadliroq yordam

ko‘rsatish imkonini beradi [2].

Fransiyada yoshlar tashabbuslarini ekspertizadan o‘tkazish va moliyalashtirish

mahalliy darajada - "Project M" dasturida amalga oshiriladi.

3) Yagona yoshlar massasining shartli bo‘linishi. Germaniyada yoshlar "to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri yoshlar" (14

-18 yosh) va "yosh kattalar" (18-

27 yosh) ga bo‘lingan, chunki bu yosh

guruhlari ustuvorliklari har xil.

Yoshlarga oid siyosat sohasida davlat va fuqarolik jamiyati tuzilmalari oʻrtasidagi

tenglik strategiyasi. Buyuk Britaniya va Shvetsiyada davlat yoshlarga oid siyosatning

umumiy yo‘nalishi, maqsad va ustuvor yo‘nalishlarini shakllantiradi, lekin uni amalga

oshirishda asosiy rol mahalliy davlat hokimiyati va jamoat tashkilotlariga yuklanadi.

Ushbu mamlakatlarda yoshlar siyosatini tashkil etish va amalga oshirishning

aspektlari sifatida quyidagilarni ajratib

ko‘rsatish mumkin:

1)

Yoshlar ishlari va yoshlar siyosati boʻyicha maxsus vazirliklarning yoʻqligi

(Shvetsiyada ham, Buyuk Britaniyada ham). Yagona milliy dasturlar va rejalarni ishlab
chiqish amaliyotga tatbiq etilmayapti, chunki barcha yoshlarga munosib hayot kechirish
uchun teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi turli vazirliklar,

idoralar, jamoat tashkilotlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilmoqda.
Biroq, Buyuk Britaniyada yoshlar siyosati faoliyati Ta’lim vazirligining Yoshlar
boshqarmasi va Bolalar va yoshlar ishlari bo‘yicha vazirlik qo‘mitasi, Shvetsiyada esa

Madaniyat vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Agar Britaniya parlament

tuzilmalarida yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyalar mavjud bo‘lmasa, Shvetsiyada

Davlat Yoshlar Kengashi va munitsipal darajadagi yoshlar kengashlari mavjud.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

253

Markaziy hukumat umumiy xarajatlarni va uni mahalliy sharoitlarni hisobga olgan

holda ustuvor xarajatlar to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi mahalliy hokimiyat

organlari

o‘rtasida taqsimlashni belgilaydi.

Agar Buyuk Britaniyada yoshlar siyosati umuman siyosiy va iqtisodiy vaziyatga

bog‘liq bo‘lsa, Shvetsiyada bu barqaror.

2)

Muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvning muhim kanali sifatida ta’lim sifati va

qulayligini oshirish, o‘rta maktabni tugatgandan so‘ng o‘qishni davom ettirayotgan
yoshlar sonini ko‘paytirish;

maktablar, har ikki davlatda ham yoshlar siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri

hisoblanadi. Muvaffaqiyatli, bilimli, izlanayotgan mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olgan

insonlar ijtimoiy barqarorlik garovidir. Bu muammo yoshlarning turmush darajasi,

malakasi va ta’limining o‘sishiga qaramay, yoshlar o‘rtasidagi ijtimoiy

-iqtisodiy

muammolar ham juda muhim bo‘lgan Buyuk Britaniya uchun eng dolzarbdir. Buyuk
Britaniyada ta’lim olish va takomillashtirish motivatsiyasini oshirish choralari
ko‘rilmoqda

-

kasbiy ta’lim olish uchun kreditlar tizimi, kunduzgi bo‘limda o‘qiyotgan va

ota-onalari bilan yashaydigan 16-

19 yoshli yoshlarni moliyaviy qo‘llab

-quvvatlash.

Umuman olganda, yoshlarni ta’lim jarayoniga jalb etish bo‘yicha moliyaviy chora

-

tadbirlar tizimi hali yetarli darajada mukammal emas.

Xorijiy davlatlarda davlat xizmati uchun kadrlarni tayyorlash masalasida

qo‘yidagicha yondashuvlar mavjud:

Fransiyada

davlat xizmati uchun kadrlar tayyorlash jarayoni qatʼiy masala hisoblanib,

Fransiya milliy boshqaruv maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va bu yerda davlat xizmati
uchun kadrlarni maqsadli ravishda yetishtirish mexanizmi ularda mustahkam siyosiy eʼtiqod
va irodaning shakllanishiga xizmat qiladi. O‘quv jarayonida yosh kadrlarga davlat
boshqaruvi muassasalari, hokimiyatlar va davlat sanoat korxonalarida amaliyot o‘tashlariga
katta urg‘u beriladi. Shuningdek, mamlakatda siyosatshunoslikka ixtisoslashgan davlat
xizmatchilarini tayyorlash bo‘yicha qator ilmiy institutlar va markazlar faoliyat olib boradi.
Ular davlat boshqaruvi organlarining tanlovlaridan o‘tib, sertifikat olgan yoshlarni davlat
xizmatiga tayyorlaydi. Bu borada Parij siyosiy tadqiqotlar instituti alohida o‘rin tutadi. Ushbu
taʼlim dargohlarida davlat xizmatchisini tayyorlashda asosiy urg‘u iqtisodiy, ijtimoiy va
siyosiy fanlarni o‘qitishga qaratilgan.

Germaniyada yosh kadrlar o‘zlari qiziqqan soha bo‘yicha rahbarlikka o‘qishi va

tegishli diplom (soha rahbar kadri) ga ega bo‘lish imkoniyati mavjud. OTMlarda o‘quv
mashg‘ulotlari dual taʼlim shaklda olib borilib, bunda haftada 2

-

3 kun nazariy taʼlim va

qolgan kunlar esa maʼlum bir vazirlik, idora yoki tashkilotda amaliyot o‘tashga
bag‘ishlangan.

Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish dasturlarida mansabdor shaxslarning

muayyan fikrlash tarzi va xulq-

atvorini shakllantirishga urg‘u beriladi. Bunday

o‘quvlarda asosiy vaqt amaliyotga sarflanib, odatda rivojlangan mamlakatlarda (АQSh

Kongressi, Yevroparlament, Jahon banki kabi tashkilotlarda) amaliy malaka oshirishni

nazarda tutadi. Taʼlim jarayonida progressiv o‘qitish usullari qo‘llanilib, davra suhbatlari,

aqliy hujum, bahs va muhokamalar tashkil etiladi. Bu esa davlat xizmatchisida

muammolarni jamoaviy hal qilish ko‘nikmasini shakllantiradi.

Xitoy

OTMlarida davlat xizmati uchun kadrlarni tayyorlashda tabiiy va texnik

fanlarga ko‘proq urg‘u beriladi. Bunda tinglovchilarning mamlakatning eng nufuzli
kompaniyalarda amaliyot o‘tash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

254

Xitoyda siyosiy va maʼmuriy davlat xizmatchilari o‘rtasida hech qanday farqning

yo‘qligi “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunda aniq belgilangan. Davlat xizmatiga kadrlarni

tayyorlash jarayoni Xitoy kommunistik partiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Bunda

markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari ushbu vazifani turli darajalarda ijro etib,

vertikal va gorizontal tizim bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Yaponiyada

yosh mutaxassislarni ishga olish va rivojlantirishning yapon modeli

mavjud bo‘lib, ko‘p jihatlari yapon mentaliteti, falsafasi va qadriyatlariga asoslangan.

Mamlakatda xodimni rahbarlikka tayyorlashda bevosita ish o‘rnida o‘qitish nazarda

tutiladi. Yapon HR menejmentida ishga olingan xodim bir umr shu kompaniyada ishlashi

uchun tayyorlanadi va uni rotatsiyasiga, xizmat pillapoyalaridan to‘xtovsiz ko‘tarilib

borishiga alohida eʼtibor qaratiladi. Ishga olinayotgan xodimning taʼlim olishga moyilligi,

xohishiga alohida eʼtibor qaratiladi. Shu qobiliyati yuqori bo‘lgan shaxs ishga olinadi va

doimiy vertikal hamda gorizontal rivojlanib borishiga imkoniyat yaratiladi.

Mamlakatda faoliyat yurituvchi ilmiy taʼlim dargohlarida davlat xizmatiga yosh

kadrlarni tayyorlashda va ularga kerakli bilimlarni berishda maʼlum bir fan doirasida

cheklanmasdan, ularga keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarni berishga urg‘u beriladi. Bu

o‘z navbatida davlat xizmatchilarining rotatsiyasi va bir lavozimdan boshqa lavozimga

o‘tishda tezkor moslashuvni taʼminlaydi.

Mamlakatda yil sayin rahbar kadrlar soni kamaytirilib borilmoqda va buning

evaziga АKT (robot) lardan foydalanishga o‘tilmoqda.

Buyuk Britaniyada

Fransiya va Germaniyadagi tizimning aralashmasini kuzatish

mumkin. Bu yerda davlat xizmatchilari o‘zlarining sohalari bo‘yicha malaka

oshirishlariga eʼtibor qaratiladi. Har bir vazirlik va davlat idoralarining aniq rejali malaka

oshirish dasturlari mavjud bo‘lib, xodimlarni muntazam malaka oshirib borish va

zaxirasini shakllantirishga eʼtibor qaratiladi. O‘rta va yuqori bo‘g‘in rahbarlarining

aksariyati 1970 yilda tashkil qilingan Davlat xizmati kolleji bitiruvchilari hisoblanadi.

Shuningdek, 2017 yilda “Davlat xizmatchisi taʼlimi strategiyasi” qabul qilingan

bo‘lib, unda davlat xizmatchisida turli ko‘nikmalarni shakllantirish va ijtimoiy mobillikni

yanada yaxshilash hamda sifatli taʼlim berish orqali yuqori malakali kadrlarni tayyorlash

belgilangan. Shuningdek, mazkur strategiyada isteʼdodli yosh kadrlarni (turli loyihalar

bilan ishlash, targ‘ibotchilik, notiqlik mahoratiga ega) davlat organlari va tashkilotlarida

faoliyat yuritishga jalb etish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, har bir davlat xizmatchisining

ilg‘or bilim va ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi strategiyada ustuvor ahamiyat kasb etgan.

Belgiyada

kadrlarning davlat xizmatchisi sifatida shakllanishiga qaratilgan

dasturlarning asosiy maqsadi

davlat xodimlarida liderlik qobiliyati, shaxsiy rivojlanish,

samarali muloqot va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirish

etib belgilangan. “In Vivo” va “Vitruvius” dasturlari shular jumlasidan.

“Vitruvius” dasturi –

malakasi yuqori bo‘lmagan (middle managers) federal

hukumat xizmatchilariga mo‘ljallangan va har yili 60 nafar davlat xizmatchisi qamrab

olinib, ularning malakasini oshirishga qaratilgan. “In Vivo” dasturi bo‘yicha har yili 100

nafar yuqori malaka va saviyaga ega bo‘lgan davlat xodimlari o‘qitiladi.

Kanadada

yoshlar bandligi va kadrlar tayyorlash masalasi bo‘yicha tizimli ishlar

yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatda davlat idoralari va tashkilotlaridagi vakant lavozimlarga

nomzod qo‘yilgan talablarga to‘liq javob berishi shart. Davlat organlari va tashkilotlarida

kadrlarni tanlash va saralab olish bo‘yicha Maxsus komissiya faoliyati yo‘lga qo‘yilgan

bo‘lib, uning vakolatiga nomzodlarning malaka va qobiliyatlarini baholash kiradi.

Xususan, nomzodlardan MS Office dasturida to‘liq ishlay olishi, psixologik jihatdan

baquvvat hamda til bilishi talab etiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

255

Mamlakatning “Boshqaruv organlari vakillarining malakasini oshirish dasturi”da

(Authority Delegation Training Program) davlat xizmatchilarining o‘ziga yuklangan
vazifalar va funksiyalarni o‘z vaqtida, samarali bajarish yuzasidan o‘quvlar masofaviy
shaklda tizimli o‘tilishi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, “Menejerlar tayyorlashni
rivojlantirish dasturi” (Manager Development Program) rahbarlik faoliyatining asoslari,
uning funksiyalari hamda talablarini o‘rgatishga qaratilgan. Shu bilan birga, mahalliy
OАVlar orqali (televideniye, radio) davlat xizmatchisi uchun zarur bo‘lgan shaxsiy
rivojlanish, boshqaruv va liderlik ko‘nikmalari, jamoa bilan ishlash kabi masalalar
muhokamasiga bag‘ishlangan maxsus teleko‘rsatuvlar va eshittiruvlar (podkast) doimiy
qo‘yib boriladi.

Jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda, yoshlar siyosatining istiqbollari ham

butun dunyoda, ham alohida mamlakatlarning milliy darajasida baholanishi kerak.

Ko‘rinib turibdiki, yoshlarga oid siyosat, garchi nisbatan uzoq vaqt davomida ba’zi asosiy
tamoyillarni saqlab qolgan bo‘lsa ham, jadal o‘zgarib borayotgan iqtisodiy, siyosiy,

ijtimoiy va madaniy voqelikni hisobga olgan holda doimiy ravishda tuzatilishi kerak.

Prezidentimiz Farmoni bilan

“O‘zbekiston –

2030” strategiyasida belgilangan keng

ko‘lamli islohotlarni 2024 yilda samarali amalga oshirish, xalqimizning kundalik hayotida
ijobiy o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha tizimli harakatlarni izchil davom ettirish, “yashil
iqtisodiyot” tamoyillariga asoslangan yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash,

ekologik holatni yaxshilash, suv va boshqa tabiiy resurslardan unumli foydalanish

standartlarini keng joriy qilish hamda xalq manfaatlariga yo‘naltirilgan boshqaruv
tizimini yanada takomillashtirish ishlari yo‘lga qo‘yildi [3].

XULOSA

Xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonda yosh kadrlar bilan ishlash

tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi takliflar ilgari suriladi:

1) Oliy

maʼlumotli davlat xizmatchilarini tayyorlovchi keng qamrovli oliy taʼlim

muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish (Rossiya va Fransiya tajribalari). Yoshlar
muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti negizida Yoshlar

menejmenti Oliy maktabini tashkil etish;

2)

Har bir OTMda talabalar o‘rtasida boshqaruvchanlik va tashkilotchilik

ko‘nikmalarini aniqlashga qaratilgan tanlovlarni yo‘lga qo‘yish, tanlov g‘oliblarini

keyinchalik davlat xizmatida faoliyat yuritishlari uchun vazirlik, idora va tashkilotlarda

amaliyotini tashkil etish orqali tayyorlab borish, shuningdek, ularni sohasi va yo‘nalishi
bo‘yicha xorijiy davlatlarda amaliyotlarini tashkil etish (Germaniya tajribasi). Barcha
jarayondan o‘tgan yosh kadrlarni o‘z soha va yo‘nalishlari bo‘yicha vazirlik, idora va
tashkilotlarda ishga joylashishlarini taʼminlash;

3)

Аlohida kadrlar zaxirasini shakllantirish dasturlarini ishlab chiqib, ularga mos

ravishda har bir vazirlik, idora va tashkilotlarda doimiy malaka oshirish kurslari va o‘

quv

seminarlari tashkil etish (Buyuk Britaniya tajribasi). Buning uchun Qoraqalpog‘iston

Respublikasi VM, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida Davlat boshqaruvi
akademiyasining filiallari (miniakademiyalar) ni tashkil etish;

4)

Ish joyida o‘qitish tizimini O‘zbekiston milliy qonunchiligiga kiritish maqsadga

muvofiq. Yangi ishga olingan yoki yangi lavozimga tayinlangan davlat xizmatchisi ish

boshlashidan oldin maxsus 2 haftalik ish o‘rnidagi o‘qitishdan o‘tishi belgilab qo‘yilishi

kerak (Yaponiya tajribasi).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

256

5) Barcha mahalliy davlat idora va tashkilotlaridan yosh kadrlarni ishga olish

bo‘yicha Maxsus komissiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Shuningdek, yoshlarni davlat
xizmatiga qiziqtirish masalalarida OАVda davlat xizmatchisi uchun zarur bo‘lgan shaxsiy
rivojlanish, boshqaruv va liderlik ko‘nikmalari, jamoa bilan ishlash kabi masalalar
muhokamasiga bag‘ishlangan teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar va posterlarni

yoritishni kuchaytirish (Kanada tajribasi).

6) Barcha mahalliy yosh kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga

ixtisoslashgan taʼlim muassasalarining xorijiy mamlakatlarning shu kabi tashkilot va
markazlari bilan memorandumlari va qo‘shma dasturlarini (har yil) tuzish va amalga

oshirish amaliyotini joriy etish;

7) respublika darajasida, avtomat ravishda doimiy yangilanib boruvchi yagona

Yosh kadrlar zaxirasi elektron portali faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Unda yosh kadrlarni
yoshi, soha va yo‘nalishi, mutaxassisligi, psixologik holati, yutuqlari va h.k. bo‘yicha

filtrlash imkoniyatlarini yaratish, vazirlik, idora va tashkilotlarning elektron

platformalari bilan integratsiyasini taʼminlash;

8)

O‘zbekistondagi barcha professor

-

o‘qituvchilarning o‘z ustida doimiy ishlashini

taʼminlash maqsadida, ularning faoliyatini doimiy monitoringini amalga oshirib, baholab

boruvchi (KPI) yagona elektron tizimni joriy etish. Bunda har bir professor-

o‘qituvchi

tizimga kirib, o‘z faoliyati doirasida amalga oshirgan ishlari, erishgan yutuqlari, xorijiy
taʼlim muassasalari yoki tashkilotlari bilan hamkorlik shakllari va h.k. bo‘yicha batafsil
maʼlumotlarni kiritib boradi.

Shunday qilib, olingan ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, yoshlarga oid davlat

siyosati sohasi resurslar bilan to‘ldirish, normativ

-

huquqiy va kadrlar bilan ta’minlash

bo‘yicha kompleks qarorlar qabul qilishga juda muhtoj.

Ayni paytda O‘zbekistonda yoshlar bilan ishlashning zamonaviy amaliyotlari

yaratilgan bo‘lib, ular o‘z samaradorligini ko‘rsatmoqda, biroq sohada resurslarning
etishmasligi amalga oshirilgan harakatlar samaradorligiga ta’sir qiladi.

Ko‘rinib turibdiki, yoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha mumkin bo‘lgan ishlar

ko‘lamini kengaytirish, ta’lim faoliyatini kuchaytirish, bu amaliyotni zarur mablag‘,

kadrlar va tegishli normativ-

huquqiy yordam bilan to‘ldirishgina vaziyatni yaxshi

tomonga o‘zgartirishi mumkin.

Bu ishga O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan barcha sohalar va boshqaruv darajalari jalb

qilinishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO

YXATI:

1.

Канунников, К. С. Концепции европейской государственной молодежной

политики: тенденции и основные направления / К.С. Канунников // Молодой
ученый. —

2011.

№12. —

С. 19

-22

2.

Чадаев, А. Молодежная политика после 2008 года / А. Чадаев // Российская

Федерация сегодня —

2014.

№18. —

С. 32–

34.

3. https://yuz.uz/uz/news/o-gosudarstvennoy-programme-po-realizatsii-

strategii-uzbekistan-2030-v-god-podderjki-molodeji-i-biznesa

Библиографические ссылки

Канунников, К. С. Концепции европейской государственной молодежной политики: тенденции и основные направления / К.С. Канунников // Молодой ученый. — 2011. — №12. — С. 19-22

Чадаев, А. Молодежная политика после 2008 года / А. Чадаев // Российская Федерация сегодня — 2014. — №18. — С. 32–34.