Авторы

  • Нумoн Овлакулов
    Ассистент, кафедры социально-гуманитарных наук, Ташкентский химико-технологический институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss5/S-pp63-66

Ключевые слова:

средства массовой информatsiи отношения между правительством и гражданами журналисты народные журналисты проправительственные журналисты нейтральные журналисты

Аннотация

Данная статья посвящена социологическому анализу средств массовой информации как основного фактора в отношениях между правительством и гражданами. Статья освещает, как масс-медиа формируют публичное мнение и влияют на политическое поведение населения, что становится предметом широких дискуссий в области социальных, гуманитарных, политических и юридических наук. Начиная с обзора функций и роли средств массовой информации, автор использует жизненные примеры для демонстрации их воздействия на динамику отношений между государственными структурами и обществом.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The role of mass media in regulating relations between
the government and citizens

Numon

OVLAKULOV

1


Tashkent Institute of Chemical Technology

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2024

Received in revised form

15 May 2024

Accepted 25 May 2024

Available online

15 June 2024

This article is devoted to a sociological analysis of the media

as a main factor in the relationship between the government and

citizens. The article highlights how the media shape public
opinion and influence the political behavior of the population,

which becomes the subject of wide discussions in the field of
social, humanities, political and legal sciences. Beginning with an
overview of the functions and roles of the media, the author uses

real-life examples to demonstrate their impact on the dynamics
of relations between government agencies and society.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss5/S-pp63-66

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

mass media,

government-citizen

relations,

journalists,

citizen journalists,

pro-government journalists,

neutral journalists.

Hukumat

va

fuqarolar

o‘rtasidagi

munosabatlarni

muvozanatlasнtirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

ommaviy axborot vositalari,

huqumat va fuqarolar

o‘rtasidagi munosabatlar,

jurnalistlar,

xalqparvar jurnasitlar,

hukumatparvar jurnalistlar,

neytral jurnalistlar.

Mazkur maqola ijtimoiy-gumanitar, siyosiy-huquqiy fanlar

sohasida keng muhokama, bahs-

munozaralarga sabab bo‘lib

kelayotgan ommaviy axborot vositalari hamda ularni hukumat

va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy omil sifatida

tahlil qilishga qaratilgan. Maqola ommaviy axborot vositalari

haqidagi ma’lumotlardan boshlanib, ularning hukumat va

fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlardagi ta’siri hayotiy misollar

yordamida yoritilgan.

1

Assistant, Department of Social and Humanities, Tashkent Institute of Chemical Technology.

E-mail: ovlaqilovnomon@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2024) / ISSN 2181-1415

64

Роль средств массовой информaции в регулировании
отношений между правительством и гражданами

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

средства массовой

информatsiи,

отношения между

правительством и

гражданами,

журналисты,

народные журналисты,

проправительственные

журналисты,

нейтральные журналисты.

Данная статья посвящена социологическому анализу

средств массовой информации как основного фактора в
отношениях между правительством и гражданами. Статья

освещает, как масс

-

медиа формируют публичное мнение и

влияют на политическое поведение населения, что
становится предметом широких дискуссий в области

социальных, гуманитарных, политических и юридических
наук. Начиная с обзора функций и роли средств массовой

информации, автор использует жизненные примеры для
демонстрации их воздействия на динамику отношений
между государственными структурами и обществом.


KIRISH

Bugungi kunda, har bir davlat jahon hamjamiyatida munosib o‘ringa ega bo‘lishi va

o‘z xalqiga munosib turmush darajasini ta’minlashi uchun eng avvalo demokratik

boshqaruv tizimi, iqtisodiy barqarorlik, mamlakatda qonun ustuvorligi va inson

huquqlarining ta’minlanishi, fuqarolik jamiyati institutlarining rivoji, aholining ijtimoiy

-

siyosiy madaniyati, fuqarolik pozitsiyasining yuqoriligi kabi ko‘plab omillar asos bo‘lib
xizmat qiladi. Shu o‘rinda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish har

bir mamlakat uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Ta’kidlash lozimki, yuqorida
keltirilgan maqsadlarni rael hayotga tadbiq etishda mamlakatning asosiy bo‘g‘ini

hisoblangan fuqarolar katta ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqadiki, hukumat va

fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni muvozanatlashtiruvchi omillarni o‘rganish, ularni

tizimli tahlil qilish dolzarb muammo sifatida ko‘rishimiz mumkin.

Tadqiqotlarda nazar soladigan bo‘lsak,

hozirgi, neogloballashuv jarayonida

jahonning bir qator rivojlangan davlatlarida demokratiya batamom qaror topgan,
fuqarolarning

erkinligi to‘la ta’minlangan yoki

fuqarolarlarining xohish-istaklari

to‘liqligicha amalga oshgan,

deb aytish qiyin va bunday bo‘lishi ham mumkin emas.

Chunki, axborotlashgan jamiyatda insoniyatning intellektual salohiyatining oshib borishi

bilan

bir vaqtda, uning, “absolyut” erkinlikka haqidagi fikr

-mulohazalari

ham o‘zgarib

borishga, “men”ligini

mustahkamlashga bo‘lgan

intilishining kuchayishi ham sodir

bo‘ladi.

Bunday holatlar manfaatlar zaminida

tomonlarning, ya’ni inson va hukumat

o‘rtasida

ma’lum

darajadagi

qarama

-qarshiliklar,

kelishmovchiliklar

hatto,

to‘qnashuvlaram

davom etaveradi. Ularni “yumshatish”ning asosiy mexanizmi esa har

ikkala tomonning ehtiyojini hisobga olishga xizmat qiluvchi munosabatlarni

shakllantirish hisoblanadi. Bu ayniqsa, davlat bilan shaxs, fuqaro bilan jamiyat

o‘rtasidagi

munosabatlarda alohida ahamiyatga molikdir.

Dunyoning ilmiy tadqiqot institutlari va markazlarida ijtimoiy madaniy

texnologiyalarning davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, shaxslararo

muloqotda innovatsion yondashuvni shakllantirish, madaniyatlararo dialogning yangi

bosqichiga o‘tishdagi ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunga kelib bir qator Yevropa mamlakatlari tomonidan demokratik

qadriyatlarni shakllantirish orqali hukumat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2024) / ISSN 2181-1415

65

ta’minlashda e’tibor qaratishga arzigulik yutuqlarga erishilgan. Manbalarda ko‘rishimiz

mumkinki, ushbu mamlakatlar

o‘z hududida hukumat va fuqarolar o‘rtasidagi

munosabatlarni muvozanatini ta’minlashda bir qancha mezonlardan foydalanish orqali

erishildi. Jumladan, mamlakatda qonun ustuvorligi, xalqning davlat va jamiyat hayoti

bilan bog‘liq bo‘lgan qonunlarning qabul

qilinishidan xabardorligi; ommaviy axborot

vositalari faoliyatning qonuniy to‘g‘ri tashkil etilganligi va h.k.larni misol sifatida keltirish
mumkin. Bu esa hukumat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni muvozanatlashtiruvchi

omillarni yangicha metodologik yondashuvlarga asoslangan qarashlarga bo‘lgan

zaruratni kuchaytirmoqda.

Tadqiqotlarga e’tibor beradigan bo‘lsak axborotlashgan jamiyat hayotida ommaviy

axborot vositalarining faoliyati

qonuniy to‘g‘ri

tashkil etilganligi hukumat va fuqarolar

o‘rtasidagi munosabatlarda ahamiyatli

o‘rin egallaydi.Hozirgi kunda hukumat va

fuqarolar

munosabatlariga ta’sir o‘tkazayotgan ommaviy axborot vositalari

jurnalistlarining faoliyatiga qarab ularni uch guruh bo‘lish mumkin;

Birinchi guruh xalqparvarlar jurnalistlar, ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum

auditoriyaga ega bo‘lgan, jurnal yoki gazetada faoliyat olib borayotgan

jurnalistlar.

Ularning diqqati asosan hukumat kamchiliklari bilan band, qonun ustuvorligiga katta

urg‘u beradi, hukumat

tomonidan amalga oshirilayotganga islohotlarga ahamiyat

berishmaydi, ahamiyat berishsa-da kinoyali yoritishga harakat qilishadi. Ularning

faoliyati natijasida fuqarolarning hukumatga bo‘lgan ishonchi kundan

-kunga zaiflashib

boradi. Bu turdagi jurnalist yoki blogerlarga asosan so‘z erkinligi kafolatlangan,

demokratik yuksalishga erishayotgan g‘arb mamlakatlarida uchratish mumkin. Xususan,

AQSh da faoliyat olib borayotgan Tucer Carlson Youtube

ijtimoiy tarmog‘ida 2 milliondan

ortiq insonlar ro‘yxatdan o‘tgan va u asosan

o‘z mamlakatida hukumat a’zolarini

qoralovchi fikrlari bilan xalq ichida tanilgan.

Ikkinchidan, hukumatparvar jurnalist, blogerlar. Ularning faoliyati faqat hukumat

a’zolari tomonidan amalga oshirayotgan ishlarni yoritishga qaratilgan. Ba’zi

tahrirchilarning fikriga qaraganda ular mansabdor shaxslar chizib bergan chiziqdan

chiqmaslikka urinishadi. Mamlakat ichidagi zaif sohalar, e’tiborsiz tashlab qo‘yilgan

hududlar, aholi yashash punktlaridagi kamchiliklardan qalamani uzoqroq tutishadi.

Ularning faoliyati iloji boricha xalqning hukumatga bo‘lgan ishonchini orttirishga

qaratilgan

bo‘ladi. Bunday jurnalistlar hukumat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlariga

xavf ostiga qo‘yadi va asosan fuqarolar tomonidan e’tiborsiz qoldiriladi.

Uchinchi guruh neytral jurnalistlar. Mamlakat so‘z erkinligi ta’minlangan,

demokratik davlatlarda, asosan mamlakat yoki jahonda ro‘y berayotgan dolzarb

muammolarni boricha taqdim etadi, hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan
islohotlar va kamchiliklarni boricha yoritib beradi.

O‘tgan asrning ikkinchi yarmida Amerika Qo‘shma Shtatlarida axborot xavfsizligini

ta’minlash maqsadida DARPA tashkiloti xodimlari tomonidan yaratilgan va hozirgi kunga

kelib ommaviy axborot vositalarining asosiy tarmog‘iga aylangan internet yaratildi.

Ma’lumotlarga qaraganda bugungi kunga kelib internet tarmog‘iga ulangan

uskunalarning soni 27 mlrd.dan oshgan va yaqin yillar ichida bunday uskunalar soni 40

mlrd.ga yetadi. Bundan ko‘rinib turibdiki,

yildan-yilga internetdan foydalanuvchi insonlar

soni oshib bormoqda. Bu esa ommaviy axborot vositalarini hukumat va fuqarolar

o‘rtasidagi munosabatlarni muvozanatlashtirishdagi o‘rnini yanada muhim vosita sifatida

shakllantirmoqda.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2024) / ISSN 2181-1415

66

Aytish joizki, ommaviy axborot vositalari vazifalarini huquqiy to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish,

qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, ular faoliyatini har tomonlama

qo‘llab

-quvvatlash, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish, uni tarqatishga

bo‘lgan huquqlari amalga oshirilish va shu bilan bir qatorda ular o‘zi taqdim etayotgan

axborotning ishonchliligi uchun javobgar etib belgilash lozimdir.

XULOSA

Tadqiqotlardan xulosa ilish mumkinki, axborotlashgan jamiyat hayotida ommaviy

axborot vositalarining faoliyati

qonuniy to‘g‘ri

tashkil etilganligi hukumat va fuqarolar

o‘rtasidagi munosabatlarda tutgan o‘rnini tahlil qilish, ularning

huquqiy savodxonligini

oshirish, qonun ustuvorligi ta’minlash har bir mamlakat uchun muhimdir. Yuqorida

keltirilgan tavsiyalarga amal qilmaslik siyosatchilar va insonlar munosabatlarni xavf

ostida qoldirishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Otamuratov, C. Falsafa fanlari doktori. Milliy rivojlanish. 2005 y.

2.

Л. Е. Ильичева, А. В. Лапин. Доверие к власти и социально

-

политическая

консолидatsiя общества DOI 10.19181/nko.2022.28.3.4 EDN UZXUSM УДК 323.21.

3.

Raximov Sherzod Saidovich. Jamiyatni demokratlashtirishda fuqarolar siyosiy

faolligini oshirish

(O‘zbekiston va Buyuk Britaniya misolida). Siyosiy fanlar bo‘yicha

falsafa doktori (phd) dissertatsiyasi avtoreferati. 2020 yil.

4.

https://advice.adliya.uz/uz/document/3190?keyword=.

Библиографические ссылки

Otamuratov, C. Falsafa fanlari doktori. Milliy rivojlanish. 2005 y.

Л. Е. Ильичева, А. В. Лапин. Доверие к власти и социально-политическая консолидatsiя общества DOI 10.19181/nko.2022.28.3.4 EDN UZXUSM УДК 323.21.

Raximov Sherzod Saidovich. Jamiyatni demokratlashtirishda fuqarolar siyosiy faolligini oshirish (O‘zbekiston va Buyuk Britaniya misolida). Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (phd) dissertatsiyasi avtoreferati. 2020 yil.