Авторы

  • Барно Ишанова
    Учитель высшей категории, 15 школа Алмазорского района

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss3-pp52-55

Ключевые слова:

инновационное образование управленческие навыки образовательная среда

Аннотация

В статье рассматривается важность управленческих и инициативных качеств руководящего персонала в системе образования. Авторы делают акцент на теоретической и практической значимости, а также на основных этапах и направлениях инновационного образования в контексте научно-методического управления образовательным учреждением.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The role of modern approaches and digital management in
the management of the educational system

Barno

ISHANOVA

1


School 15 of Almazor district

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2024
Received in revised form
15 May 2024
Accepted 15 June 2024
Available online
25 June 2024

The article discusses the importance of managerial and

initiative qualities of management personnel in the education

system. The authors focus on the theoretical and practical
significance, as well as on the main stages and directions of
innovative education in the context of scientific and

methodological management of an educational institution.

2181-

1415/© 2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss3-pp52-55

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons

.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

innovative education,

management skills,

educational environment.

Taʼlim tizimini boshqarishda zamonaviy yondashuvlar va

raqamli boshqaruvning ahamiyati

ANNOTATSIYA

Калит сўзлар:

innovatsion ta

lim,

boshqaruv ko‘nikmalari,

ta

lim muhiti.

Ta

’lim tizimini to‘g‘ri tashkil etishda

boshqaruv kadrlarining

menejerlik hamda tashabbuskorlik qobiliyatlari o‘ta muhim

ahamiyat kasb etadi. Maqolada ta

lim muassasasini ilmiy-

metodik boshqarishda innovatsion ta

lim nazariy va amaliy

ahamiyati, bosqichlari va yo‘nalishlari bayon qilingan.

Роль современных подходов и цифрового менеджмента
в управлении образовательной системой

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Инновационное

образование,

управленческие навыки,

образовательная среда.

В статье рассматривается важность управленческих и

инициативных качеств руководящего персонала в системе

образования. Авторы делают акцент на теоретической и
практической значимости, а также на основных этапах и
направлениях инновационного образования в контексте

1

Teacher of the highest category, School 15 of Almazor district.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

3 (2024) / ISSN 2181-1415

53

научно

-

методического

управления

образовательным

учреждением.

Mamlakatimizni ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni

ro‘yobga chiqarish uchun zamonaviy boshqaruv usullarini xayotga tadbiq etish, faoliyat
samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bois jamiyatimizning qaysi

bo‘g‘inidan qat’iy nazar sog‘lom muhitni yaratishda birinchi darajali boshqaruvchi shaxs

-

rahbar mas’uldir.

Biz vatanga sodiq, mas’uliyatli, xalq manfaatini o‘z manfaati deb bilgan, farovonlikni

o‘ylaydigan, ishning ko‘zini biladigan, zamonaviy fikrlash va ishlash qobiliyatiga ega,

munosib boshqaruvchi kadrlarni topishimiz, tarbiyalashimiz, mas’ul lavozimlarga

t

ayinlasakgina oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishamiz. Chunki zamon va davrning o‘zi,

bizni taraqqiyot yo‘lida yo‘qotilgan vaqt o‘rnini to‘ldirishga, xalqimizning dardu

-

tashvishlarini bartaraf etishga, ertangi kunning munosib pedagog kadrlarini tayyorlashga

va ular oldida mas’uliyatni yanada chuqur his qilishga undamoqda.

Bugungi zamonaviy boshqaruvchi-

rahbarlikning talabi, ma’naviyatli, tezkor va

to‘g‘ri qaror qabul qilish, yetakchilik va liderlik qobiliyatiga ega bo‘lish, pedagogik jamoada
to‘g‘ri ishlashni bilish, qaror qabul qilishda uzoq yillar faoliyat ko‘rsatgan ust

ozlarning

fikrini inobatga olish hamda qo‘l ostidagi xodimlarga motivasiya qilishni bilsagina jamoada
sog‘lom va samarali ish jarayonini tashkil qilishga erishadi.

Ta’lim tizimining eng katta va murakkab muammolaridan biri –

bu ta’lim

muassasasi uchun munosib kadrlarni tanlab olish va boshqarish layoqatining

yetishmasligidir. Bu borada afsuski, boshqaruvchi rahbarlarda inson resurslarini
rivojlantirish borasidagi bilimlarning pastligi saqlanib qolmoqda. Inson huquqlariga zid

ravishda ta’lim muassasasiga (ayniqsa oliy ta’limda) kelgan yangi rahbar tomonidan

oldindan ishlaydigan professor-

o‘qituvchilar va boshqa xodimlarga nisbatan “tozalash”

operasiyasiga moyillikning mavjudligi va bu jamiyatda katta noroziliklarga sabab

bo‘lishini esa ming afsuski, ko‘plab boshqaruvchi

-rahbarlar anglab yetmagan va bunday

nomaqbul ishlar xanuzgacha davom etmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yil 3-

oktyabrda “O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish
chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini qabul qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi oli

y

ta’lim tizimini 2030

-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini (konsepsiyaning 7-bobi oliy

ta’lim muassasalarini boshqaruv faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan) ishlab

chiqilishi yangi O‘zbekistonda –

yangicha rahbar kadrlarni tanlash, ularni joy-yoyiga

qo‘yish, eng muhimi, kadrlar siyosatida shaffoflikni ta’minlashga qaratildi.

Ta’lim tizimini barcha bo‘g‘inlarida boshqaruvchi kadrlar muvaffaqiyat sari

intiluvchi, javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashkilotchi va irodasi mustahkam

shaxs bo‘lmog‘i kerak. Shuningdek, rahbardan o‘z zimmasidagi vazifalarni samarali

bajarilis

hi, qo‘l ostidagilarni xam shunga safarbar etishi, ta’lim jamoasini qiynayotgan

jiddiy muammolarni chuqur o‘rganib, maqbul yechimini topishi, muammoli vaziyatlarni
donolik bilan bartaraf etishi, o‘z ishiga tanqidiy qarash qobiliyatiga ega bo‘lishi tala

b

etiladi. Maktabdagi ta'lim-tarbiya ishlarini yagona reja asosida olib borish boshqarish
samarali uslubning ajralmas qismidir. Birinchidan, har bir boshqarish vositasi faoliyatida

muayyan tizimning bo‘lishi shartdir. Buning ma'nosi shundan iboratki, bu ish tasodifiy, bir

-

biriga aloqasi bo‘lmagan tadbirlar yig‘indisidan iborat bo‘lmay, balki aniq sharoitni,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

3 (2024) / ISSN 2181-1415

54

vaziyatning xususiyatini hamda butun maktab jamoasi oldida to‘rgan vazifalarning

xususiyatlari hisobga olingan, qat'iy suratda tartibga solingan bir-

biri bilan bog‘langan va

chuqur o‘ylab ko‘rilgan reja tadbirlar yig‘indisidan iborat bo‘lmog‘i lozim. Mavzu

ning

maqsadi Maktabni boshqarishning metodologik asoslarini aniqlash.

Ta'lim muassasalarining hayotini samarali, oqilona tashkil qilish, talim

muassasalarining har bir rahbari va o‘qituvchilari tomonidan o‘z burchlarining sifatli
bajarilishi; o‘quv tarbiya ishlarining muvaffaqiyati kelajakda qilinadigan ishlarning aniq

-

ravsh

anligiga, hal qilinayotgan masalalarining aniqligiga, vazifalarning to‘g‘ri

taqsimlanishiga va ishni mohirlik bilan operativ bir-biriga muvofiqlashtirib olib borilishiga

bog‘liq. Bunga faqat ko‘p qirrali talim muassasalari hayotining har bir uchastkasida

q

ilinadigan ishlarning puxta o‘ylab tuzilgan rejasi bo‘lsagina erishish mumkin. O‘quvchilar

bilimi, ko‘nikma va malakalarining sifati, ularning tarbiyalanganlik darajasi, intizom
pirovard natijada rejaga bog‘liq. qoida bo‘yicha yillik rejani shaxsan direktorning o‘zi

tuzishi kerak. Biroq rejani o‘z o‘rinbosarlari va kasaba uyushmalari bilan birgalikda tuzgan
direktorlar to‘g‘ri qilishadi. Bazi ta'lim muassasalarida maxsus komissiya tashkil qilinadi.

Rahbar vaziyatni o‘zi rahbarlik qilayotgan muassasaning va o‘zining bir yillik, uch

yillik, besh yillik va boshqa muddatlarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini ishlab chiqishi va shu

asosida faoliyat yuritmog‘i ijobiy natija beradi. Rahbar o‘z mutaxasisligini

bilishi bilan

birga raharlik sohasini bilimdoni bo‘lsa faoliyat yuritishda qiynalmaydi. Qaysi hatti

harakatlari qonunga zid, qaysi harakatlari maktabga oid me'yoriy talablar asosida ish

yuritish lozimligigini bilishi kerak . Bunda faqat va faqat o‘zi egall

agan bilimiga suyanib ish

tutmog‘i lozim. Shuningdek, rahbar o‘zi bilimli bo‘lsa nafaqat o‘z jamoasi balki, o‘quvchilar,

ularning ota-

onalari oldida ham hurmat qozonadi. Rahbar o‘z sohasini ustasi bo‘lishi bilan

birga huquqiy bilimlarni yaxshi egallagan bo

‘lsa, turli vaziyatlarni baholashga, vaziyatni

taxlil qilishga qiynalmaydi. Buning uchun rahbar doimo o‘z ustida ishlab, huquqiy

bilimlarini doimo oshirib borishi, yangi chiqqan qonunlar, qarorlar, farmon va
farmoyishlar, buyruqlar, umuman olganda ta'limg

a oid yangiliklardan xabardor bo‘lsa

uzoqni ko‘ra oladi.

Boshqaruvchi rejaning har bir bo‘limini tuzib chiqish uchun mas'ul shaxslarni

belgilaydi, reja loyihasini topshirish muddatini ko‘rsatadi, rejalashtirish oldidan o‘qib
chiqish kerak bo‘lgan adabiyotni tavsiya qiladi. Reja loyihasi butun komissiya ishtiroki

da

muhokama qilinadi. Reja tuzishga shunday yondashilganda ham direktorning o‘quv
tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari zimmasiga baribir juda katta mas'uliyat tushadi:

direktor bilan birgalikda u yillik rejaning eng optimal va ishlash uchun qulay strukturasini
yoki sxemasini tanlashi kerak

Rejalashtirish maktab ishini aniq tashkil etish, uning ijtimoiy va ma'naviy faoliyatini

o‘zaro muvofiqlashtirish, faoliyat mazmunining shakl va metodlarini belgilashning zarur

sharti bo‘lib hisoblanadi.

Rejalashtirish umumiy o‘rta ta'lim maktbalrini boshqarishning asosiy vositasi bo‘lib

hizmat qiladi va muammo, imkoniyatlarini yo‘lga solish jarayonida yordam beradi.

Maktab faoliyati rejalashtirilganda ilmiylik, tahliliy, maqsadga qaratilganlik,

istiqbollilik, uzluksizlik, rejalashtirilgan vazifalarni aniq taqsimlash, jamoatchilik,
kompleks

tizimli yondashish, vorislik, betaraflik, har bir maktabning imkoniyatlari va

chinakam kuchini xisobga olish tamoyillaridan kelib chiqib,ta'lim-tarbiya maskani-

maktabning zimmasiga yuklangan vazifalarga mos bo‘lishi lozim.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

3 (2024) / ISSN 2181-1415

55

Bugungi kunda maktabga rahbarlik qilishda, ta'lim tarbiya jarayonini boshqarishda

qo‘yidagi asarlar va me'yoriy hujjatlar rahbar uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014

-yil 15-

avgustdagi “Xalq

ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada

takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 234

-son qarori.

Boshqaruv muomalasida rahbarlar faoliyatiga qo‘l keluvchi usullar ko‘p.

Shuningdek, rahbarning sabr-toqatli tinglovchi sifatida ish tutishi ham ancha diqqatga

sazovor xususiyatdir. Rahbarning xodimlar bilan munosabat jarayonida ularning fikr-
mulohazalarini, arzlarini diqqat bilan tinglashi. Rahbar xodimlar ish faoliyatlari davomida

qo‘l ostidagi xodimlar shaxsining psixologik tiplarini inobatga olib ish munosabati
o‘rnatishlari ancha maqsadga muvofiq. Chunki

insonlarni psixologik tiplashtirsh fanda bir

qator yondashuvlarga ega, ular odamlarning asab tizimi, gavda tuzilishiga, psixofiziologik

va psixologik xususiyatlariga ko‘ra belgilanadi:

Yangilanayotgan O‘zbekiston ta’limida tafakkur yangi bilimlar, tajribalarga

tayangan holda hosil qilinadi. Fikrlash bunda predmet va hodisalar o‘rtasidagi

aloqadorlikka asoslanish; insonning ijodiy faoliyatida bilish jarayoni, narsa va
hodisalarning eng mu

rakkab xususiyatlarini o‘rganish, ularni oldindan ko‘rish, bashoratlar

qilish imkoniyatini vujudga keltirish; o‘qituvchi malakasi, bilimi, tashkilotchiligi, hayotiy

tajribasi, fazilatlari bilan bir qatorda ilmiy, falsafiy, pedagogik, psixologik qamrovli ma

’no

-

mazmunni mujassam etish; jamiyat qonunlarining hayotda qo‘llanishini bilishni amalga

oshirishda inson faoliyatini ifoda etishning yuqori shaklidir. Pedagogik tafakkur

muammoli vaziyatlarni hal etishda dolzarblik, aniqlikni taqozo etadi. Analiz va sintez,

qiyoslash, umumumlashtirish, intellektual ko‘nikmalar asosida muammoni tahlil etish,

pedagogik vazifani rivojlantirish, uning yechimini izlash, topilgan yechimini asoslash, uni

amalga oshirish va to‘g‘rilash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, mahoratli rahbar o‘z xodimlari faoliyatini

baholashda adolatli va tizimli yondashishi lozim. Zero, noto‘g‘ri qo‘yilgan baho xodimning

keyingi faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatib qolmay, balki uning o‘z ishiga bo‘lgan qi

ziqishini

so‘ndiradi. Mana shuni hisobga olib, xodimlarga masalasida ijobiy yondashuv bilan

muomila qilish tavsiya etiladi. Maktablarni rivojlantirishda kadrlar masalasi, malakali

kadrlar safini ko‘paytirish ustuvor vazifalardan biri ekanligini inobatga ol

ib, rahbar

maktab kelajagini ko‘ra olishi, kadrlar masalasiga jiddiy yondoshib taxlil qilishi va kadrlar
yetishmovchiligini ko‘rib chiqishi va rejalashtirilsa bu masalada muammolarga duch

kelmaydi. rahbarning ta'limni boshqarishda rahbarlik qobiliyati yaxshi rivojlansa, shu

muassasaning tarbiyalanuvchilari barkamol shaxs bo‘lib kamol topadi. Zamon bilan

hamnafas balki, undan bir qadam oldinda yuruvchi yoshlarni tarbiyalashda rahbarning

oldindan ko‘ra bilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib intizom va

shaxsiy javobgarlik

har

bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʼlishi kerak.

-

T.: Oʼzbekiston, NMIU, 2018.

- 103

b.2.

2.

Karimov I.A. Barkomol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –

T.:

O‘zbekiston 1997.

- 64 b.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʼlishi kerak. - T.: Oʼzbekiston, NMIU, 2018. - 103 b.2.

Karimov I.A. Barkomol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: O‘zbekiston 1997. - 64 b.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” PF-5198-son Farmoni

E.G‘oziyev, B.Xasanov. Psixologiya muammolari. Qo‘llanma. –T.: Universitet. - 1999. 136 b. 19-b.

U.I.Inoyatov, N.A. Muslimov, D.I. Ro‘zieva, M.H. Usmonboeva. Pedagogika.-T.:2013.-243 b.-87 b.

Oʼzbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Nutqlar, suhbatlir. -T.: Oʼzbekiston, 1993 y., 35-82-betlar.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. -Maʼrifat gazetasi., 30.09.1997 y.,