Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The influence of epics and the epic “Alpomish” on the
spiritual and moral education of students
Ozoda SUVONOVA
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2024
Received in revised form
15 June 2024
Accepted 25 June 2024
Available online
15 July 2024
In this article, the unique qualities of the heroes of the
"Alpomish" saga, which reflects the age-old traditions of the
Uzbek people and is the wealth of the Uzbek folklore, and the
unique aspects of child education are considered.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss6/S-pp113-118
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
folklore,
epic,
bakhshi,
"Alpomish" epic,
philanthropy,
spirituality,
morals,
education,
bravery,
friendship,
promise,
generosity.
Dostonchilik va alpomish
dostonining o‘quvchilar
ma’naviy
-
axloqiy tarbiyasiga ta’siri
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
xalq og‘zaki ijodi,
doston,
baxshi,
“Alpomish” dostoni,
baxshichilik,
ma’naviyat, a
xloq,
tarbiya,
mardlik,
doʻstlik,
ahdga vafo,
joʻmardlik.
Ushbu maqolada
oʻzbek
xalqining asriy
an’analarini aks
ettirgan va oʻzbek xalq og‘zaki ijodi boyligi “Alpomish” dostoni
qahramonlarining oʻziga xos fazilatlari, bola tarbiyasidagi oʻziga
xos jihatlari ko‘rib chiqilgan.
1
Student, Andijan State University. E-mail: ozodasuvonova55@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2024) / ISSN 2181-1415
114
Влияние эпосов и эпоса «Алпомиш»
на духовно
-
нравственное воспитание учащихся
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
фольклор,
эпос,
бахши,
эпос «Алпомиш»,
человеколюбие,
духовность,
нравственность,
образование,
храбрость,
дружба,
обещание,
щедрость.
В данной статье рассматриваются уникальные качества
героев саги «Алпомиш», отражающей вековые традиции
узбекского народа и являющейся богатством узбекского
фольклора, а также уникальные аспекты воспитания детей.
Bugungi globallashgan, axborot oqimi tezlashgan va
yana ularning salbiy ta’sirlari
kuchayib borayotgan bir davrda kelajak egalari hisoblanadigan yosh avlod vakillarini har
jihatdan yetuk, har bir sohada yurt, jamiyat rivoji uchun jahondagi oʻz tengdoshlari bilan
bellasha oladigan, ajdodlariga munosib avlod qilib, oʻz xalqining asriy an’analarini davom
ettiradigan yoshlar sifatida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri boʻlib
qolmoqda. Aytish mumkinki, tarbiya masalasi oʻz navbatida ma’naviyat, ma’rifat kabi
tushunchalarni oʻz zamirida aks ettiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh. Mirziyoyev 2020-
yil Oliy majlisga Murojaatnomasida “Eng katta boylik –
bu aql-
zakovat va ilm, eng katta meros
–
bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik
–
bu
bilimsizlikdir” degan sharqona g‘oyani ilgari surdilar.
Darhaqiqat, zakiylik, bilimdonlik,
axloqlilik oʻzbek xalqining tomir
-tomirlariga singib ketgan.
Qarangki, yoshlar tarbiyasi masalasi butun bir insoniyat tarixida eng ustuvor
masala sifatida e’tirof etiladi, hattoki, bu qadim tariximiz sahifalarida ham oʻz aksini
topgan. oʻzbek xalqining yagona bir xalq boʻlib, bir millat sifatida nom chiqarishida u
bilan hamnafas boʻlib, xalq vakillarining oʻzga xalqlardan ajralib turuvchi jihatlarini ochib
berishga xizmat qiluvchi xalq og‘zaki ijodi deb atalmish ajoyib va bebaho bir merosi
borki, bu manba orqali xalq vakillari oʻzining asriy orzularini kelajak avlod vakillariga
yozuv paydo boʻlmasidan ilgari bayon qilib, uzoq tarixga muhrlagan holda bugungi kunda
ham boyitib, sayqallab bormoqda. Zero, Birinchi Prezidentimiz haqli ravishda
ta’kidlaganlaridek, “Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi
toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda
kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-
minglab qoʻlyozmalar, ularda
mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika,
mineralogiya, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid
qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega
boʻlgan xalq dunyoda kamdan
-
kam topiladi”. Xalq og‘zaki ijodiyoti milliy
qadriyatlarimizning eng yashovchan, qadimiy, ardoqli va hamisha yangilanib, har bir
avlod badiiy tafakkurining sarchashmasidan quvvat olib sayqallanib boradi. Og‘zaki
ijodning qadimiy namunalari, yozma manbalarda, xususan, mamlakatimizda yaratilgan
ulkan yodgorlik
–
“Avesto”da, shuningdek, tarixchi va adiblarning asarlarida, qoyatoshlar
suratlarida (Sarmishsoy, Zarautsoy rasmlari kabi), arxeologiya va arxitektura
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2024) / ISSN 2181-1415
115
yodgorliklarida, mehnat qurollari va uy-
roʻzg‘or buyumlarida oʻziga xos tarzda saqlanib
qolgan. O‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi yurtdoshlarimizning turmush tarzi, yashash
sharoitlari va ijtimoiy mehnat darajasiga mos ravishda shakllanib, otadan
–
oʻg‘ilga,
ustozdan
–
shogirdga, ajdoddan
–
avlodga oʻtib, doimiy ravishda sayqallanib,
mukammallashib, tobora an’anaviylashib boravergan va nihoyat, kasbiylik
(professionallik) kasb etgan hamda jonli ijro orqali bizgacha yetib kelgan [1].
O‘zbek folklorining eng yirik janrlaridan biri dostonlardir. “Doston” soʻzi qissa,
hikoya, sarguzasht, ta’rif va maqtov ma’nolarini va qiziq
-qiziq voqealarni hikoya qilish,
maqtash ma’nolarini anglatadi. Doston soʻziga oʻzbek tilining izohli lug‘atida quyidagicha
ta’rif berilgan “Doston –
qissa, hikoya. Xalq qahramonlari haqida nazm va nasrda aytilgan
epik asar, og‘izdan
-
og‘izga oʻtib yurgan ma’lum mashhur sarguzasht hikoyalar, gap
-
soʻzlar ta’rif
-
tavsiflar”
M.
Saidovning ta’kidlashicha, doston murakkab san’at asari boʻlib, uning doston
boʻlishi uchun adabiy matn, musiqa boʻlishi, kuylovchi hofizlik san’atini puxta egallagan
va soz cherta bilishi zarur.
Adabiy atama sifatida u xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotdagi yirik hajmli epik
asarlarni anglatadi. Biroq yozma va og‘zaki adabiyotdagi dostonlar oʻzining turli jihatlari
bilan bir-
biridan keskin farq qiladi. Birinchisi, asrlar davomida xalq og‘zaki ijodida
baxshilar tomonidan og‘zaki tarzda kuylab kelingan dostonlar. Ikkinchisi, yozma shaklda
shoirlar tomonidan ijod qilingan dostonlar. “Alpomish”, Goʻroʻg‘li turkumidagi
“Goʻroʻg‘lining tug‘ilishi”, “Malikai Ayyor”, “Ravshan”; “Kuntug‘mish”, “Rustamxon”
kabilar og‘zaki dostonlar namunalaridir. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Haydar
Xorazmiyning “Gul va Navroʻz”, Navoiyning “Hayrat
-
ul abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli
vaMajnun” kabi asarlari esa yozma adabiyotdagi dostonlar boʻlib, ularni og‘zakidan
ajratish lozim boʻladi.
Folklorshunos olim Muhammadnodir Saidovning ta'kidlashicha, doston murakkab
san’at asari boʻlib, uning doston boʻlishi uchun quyidagilar boʻlishi zarur:
a) Ma’lum adabiy matn,
b) Matnga mos musiqa,
c) Kuylovchi xushovoz xonanda boʻlishi,
d) Kuylovchi musiqa asboblaridan birini
–
sozni chala olishni bilishi.
Bu ta’riflarning biri ikkinchisini toʻldiradi. Shuning uchun ham dostonlar sinkretik
–
omixta janr hisoblanadi [2].
Yoshlarni mardlik, halollik, jasurlik ruhida tarbiyalashda, ma’nan pok va barkamol
qilib voyaga yetkazishda xalq og‘zaki ijodining noyob durdonasi boʻlmish “Alpomish”
dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgoʻy boʻlishga, oʻz
yurtini, oilasi, qoʻrg‘onini qoʻriqlashga, doʻsti, or
-nomusini, ota-bobolarimizning
muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzlardan saqlashga, ma’naviy
-axloqiy pok
boʻlishga oʻrgatadi. “Alpomish” dostoni ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning
yorqin namunasi boʻlib, tarixiy ildizlarimizning qanchalik chuqur ekani, xalqimiz qanday
muhitda shakllanib, rivojlangani, qiyinchiliklarni qanday yengib chiqqanini yorqin
tasvirlab beradi. Biz Alpomish timsolida ma’naviy barkamol, axloqan pok, vijdonli oʻzbek
oʻg‘lonlarining qiyofasini koʻramiz.
Dostonda har bir qahramon oʻzlarining goʻzal xislatlari bilan bugungi kun
yoshlariga namuna boʻla oladi. Soʻzimizning isboti sifatida Alpomishning otasi Boyboʻri
oʻg‘lining zakot haqidagi gapini eshitganidan soʻng oʻz jigarini, ya’ni Boysarini baxilga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2024) / ISSN 2181-1415
116
chiqib qolmasligi uchun shuncha davlati boʻlsa ham zakot sifatida dostonda aytilganidek,
atigi bitta “chichqoq uloq” soʻragani, oʻzbek ayoli Qaldirg‘ochning tili bilan bir alp yigit
Alpomishni harakatga keltira olishi juda ajoyib tasvirlangan. Bu haqida adabiyotshunos
olim Qozoqboy Yoʻldoshev “Alpomish talqinlari” asarida shunday deydi: “Qaldirg‘ochning
soʻzlari uning yosh boʻlishiga qaramay teran aqli, puxtaligi, “qaynab
-
pishganligi” notabiiy
yoxud tasodifiy emas. Umuman, turning hayotida ayolning aqli hal qiluvchi ahamiyatga
ega. oʻzbek ayolining kuch
-
qudrati bilagi, belida emas, balki boshi koʻzi
-
yu tilida. oʻzbek
ayoli
–
ojizligi bilan qudratli. U erkak bilan talashib-tortishmaganligi, haqi uchun
olishmaganligi tufayli qanoatli ekanligi, erkakka qarshi bormasligi bilan deyarli hamisha
etovida tutadi”. Qaldirg‘ochning akasiga aytgan:
Aytgan soʻzning poyomini bilsang
-chi,
Koʻz kuyugi, ey narmoda, oʻlsangchi.
Kecha-
kunduz Haqqa fig‘on etmagan,
Qilichiga qirmizi qon qotmagan,
Oʻz moliga oʻzin vaji oʻtmagan.
…Qultoyning doʻqidan qaytib kelasan,
…Sen ham odamman deb qanday yurasan?..
Yuqoridagi gaplari oʻzbek or
-
nomus, mardlik, tantilik kabi asl oʻzbekka xos jihatlar
nafaqat yigitlarga, balki, oʻzbek qizlariga ham xos ekanligini yana bir bor isbotlaydi va
bugungi kun ayol-u qizlariga ham iffat-
hayo bilan birgalikda oʻzining va oʻzgalarning or
-
nomusini koʻtarib yurganlarini eslatib, sergaklikka, ogohlikka chorlaydi. Qolaversa,
Qaldirg‘ochning Alpomishni kuzatayotgan manzarasi ham asarda ajoyib tasvirlangan
boʻlib, bu voqelikda oʻz og‘asiga nisbatan yuksak hurmat aks ettirilgan, safarga hozirlik
koʻrayotgan jigarining otini egarlab, unga ma’naviy koʻmak berish maqsadida erkalab
shunday xitob qiladi:
…G‘arib qulga Egam boʻlgay mehribon.
…Sog‘ borib salomat kelgin Alpinjon.
…El koʻchirib Olatovdan oshirdim,
Borgin, emikdoshim, Haqqa topshirdim.
Bir qarashda Alpomishning ot ololmay Qultoydan kaltak yeganining
oriyati, g‘ururi
kuchli boʻlgani uchun singlisi Qaldirg‘ochga bildirmaslikka harakat qilib yerga
yonboshlab olgan manzarasi kishini notoʻg‘ri xayolga boshlashi mumkin. Ayni hodisada
chuqur ma’no mujassam –Alpomish oʻz tarbiyasi bilan asl oʻzbeklarga xos boʻlgan ish
tutdi, negaki Qultoy qul boʻlsa
-
da uning bobosi. Zero, oʻzbeklarda qullarga oʻzga xalqlar
kabi muomala qilinmagan. Chunki biz oʻzbeklarning udumi “Kattaga hurmat
-u, kichikka
izzat” koʻrsatish boʻlgani uchun Alpomish Qultoyni qul deb bilmay, uning hurmatini
joyiga qoʻydi. Xuddi shunday chizgilarni oʻzbek romanchiligi asoschisi Abdulla
Qodiriyning “Oʻtgan kunlar” asaridagi Otabekning oʻz quli Hasanaliga qilgan muomalasida
ham koʻrishimiz mumkin. Og‘zaki ijod namunalari va yozma adabiyotimiz durdonalarida
oʻzbek xalqiga xos odob
-axloq qoidalari mushtarakdir [3].
Doston bosh qahramonlaridan biri, oʻzbek qizlariga iffat
-
u odobda namuna boʻla
oladigan obraz Barchinoy oʻziga xos xarakteri va tarbiyasi bilan oʻquvchilar qalbida
mustahkam joy oladi desak, mubolag‘a boʻlmaydi. Dostonni oʻqir ekanmiz, turli xil qiyin
vaziyatlarda Barchinoyning teran aqli, mulohazali fikri bilan barcha davr yoshlariga
oʻrnak boʻla olishiga amin boʻlamiz.
Jumladan, uning Alpomish kelganini yetkazgan
Qorajonga “Alpomish kelsa, kepti
-da. Alpomish kepti deb, men Alpomishning etagidan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2024) / ISSN 2181-1415
117
ushlab ketaberayinmi?” deb javob bergani va toʻrt shartni bajarganga tegishini aytishi
zamirida oʻzbek xalqiga xos boʻlgan va’dasiga vafo qilish, mardlik holatlarini kuzatsak,
otasini qalmoq elida tashlab ketayotganda oʻzbek qizlarining otasiga nisbatan mehrini
uning tilidan aytilgan quyidagi jumlalar orqali bilishimiz mumkin.
Otam deb qilarman bul zamon faryod
Buzilsin, yiqilsin ul charhi noshod
Dunyoning g‘amidan boʻlmadi ozod
Qalmoqlardan qutulmadi salomat,
Otama boʻldi vahmi qiyomat.
Dostonda biz yana haqiqiy doʻst siymosini Qorajon misolida koʻrishimiz mumkin.
Ularning bir-
biriga boʻlgan ishonchi, sadoqati va mehri bugungi kun yoshlari uchun ham
oʻrnak boʻlarli darajada ahamiyatga ega.
Dostonda aka-uka, qarindosh-
urug‘, jigarchilik masalalari shunday bir ajoyib
shaklda tasvirlanganki, bu manzaralarni Boyboʻrining Boysariga, Qaldirg‘ochning
Alpomishga va yana qalmoqlarning Qorajonga qilgan muomalasida koʻrishimiz mumkin.
Boshqa dinni qabul qilgan Qorajonni aka-ukalari jazolashni istayotgan, lekin bunga
vijdonlari yoʻl qoʻymayotgan holati manzara sini baxshining yuqori ohangda aytgan
quyidagi soʻzlari orqali bilib olishingiz mumkin.
Yig‘ilib qalmoqlar zoʻrlik qiladi,
oʻldirmoqqa koʻzi qiymay turadi.
Dostonni oʻqir ekanmiz, Suxayl kampirning ruhiy holati, oʻy
-
iztiroblari g‘oyat puxta
darajada tasvirlanganiga amin boʻlamiz. U ham ona va farzandlari kamolini koʻrishni jon
dili bilan xohlaydi, ammo bu yoʻlda Toychixonni ham yoʻldan ozdirish darajasigacha
boradi. Barchaga ma’lumki, hech bir ona farzandiga daxl qilgan kimsani tan olmaydi bu
esa, albatta, farzandiga boʻlgan cheksiz muhabbatidan darak. Shuning uchun ham bugun
oʻzbek qizi, millatimizning asl davomchilarining tarbiyachisi sifatida qachonki, oʻz
farzandini to‘g‘ri yoʻlga boshlab, toʻg‘ri yoʻl koʻrsata olsagina, avvalo, oʻz vijdoni oldida,
keyin el-
ulus oldida yorug‘ yuz bilan farzandini koʻrsatib, bu mening farzandim deb,
faxrlana olishini anglab yetmog‘i lozim
[4].
Bundan tashqari, dostonda
salbiy obrazlar ham berilganki, ular orqali oʻquvchilar
“Odobni odobsizdan oʻrgan” deganlaridek, nima qilish kerag
-u nima qilish kerakmasligi
toʻg‘risida kerakli xulosa chiqarib oladi. Jumladan: Koʻkaldoshning ukasi Qorajonga
qarata:
Menga dushman boʻlgan odam oʻladi,
Xotinimni qaytib oʻzbak oladi.
deb aytishi, qolaversa, birovning qizi boʻlgan va hali hech kimga xotin boʻlmagan
Barchinoyga nisbatan nohaqlik edi.
Dostonda nafaqat insonlarning aql-zakovati, qolaversa, hayvonlarning ham egasiga
mehri va oʻziga xos qaysarliklari ham ajoyib tasvirlanganki, bu dostonda Boychibor va
Koʻkdoʻnan misolida aks ettirilgan. Boychibor yolg‘on poyga bilan chin poyganing farqiga
boradi. Shu bois, yolg‘on uchun jon koyitib oʻtirmaydi. Zero, dostonda aytilganidek,
“oʻyinda oʻzgan chinda oʻzadi”
“Millatning va xalqning ma’naviy kamolotiga, ma’rifatiga umumdavlat siyosati
sifatida qarash lozim” deb bilgan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak
ma’naviyat –
yengilmas” kuch asarida “Albatta, farzandga mehr qoʻyish, ularning qornini
toʻq ustini but qilish oʻz yoʻli bilan, lekin bolalarimizni yoshlik chog‘idan boshlab milliy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2024) / ISSN 2181-1415
118
tarbiya, odob-
axloq, yuksak ma’naviyat asosida voyaga yetkazish biz uchun doimo
dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Bu masalaga e’tibor bermaslik nafaqat ayrim ota
-
onalar, balki butun jamiyat uchun juda qimmatga tushishini ham koʻpgina hayotiy
misollarda koʻrishimiz mumkin” degan boʻlsa,
bugungi kunda davlatimiz Rahbari Shavkat
Mirziyoyev bu ishlarning mantiqiy davomchisi sifatida maydonga chiqib xalqimiz
farzandlarini boy ma’naviyatli, teran axloqli, oʻzi va oʻzgalar taqdiriga befarq boʻlmagan
avlodni tarbiyalashdek sharafli va mas’uliyatli ishga bel bog‘lagan
[5].
Xulosa oʻrnida aytadigan boʻlsak, oʻzbek xalq og‘zaki ijodining salmoqli qismini
egallagan dostonlar va ushbu dostonlarning gultoji hisoblangan “Alpomish” dostonining
har bir qahramoni u xoh ijobiy xoh salbiy qahramon boʻlsin, ular asl oʻzbek yoshlarining
tarbiyasiga ta’sir qilib, oʻzida xalqimizning asriy an’analarini saqlab, kelajak avlod
vakillariga yetkazishda dasturul amal vazifasini bajarishda yetakchilikni boy bermay
kelmoqda va bu vazifani bajarishda davom etaveradi. Zero dostonning bosh qahramoni
Alpomish haqida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Xalqimizning yengilmas
bahodiri
–
Alpomish timsolida Vatanimizni yomon koʻzlardan, balo, qazolardan asrashga
qodir, kerak boʻlsa, bu yoʻlda jonini ham fido qilishga tayyor boʻlgan azamat oʻg‘lonlarimiz
–
bugungi Alpomishlarning ma’naviy qiyofasini koʻramiz mumkin.
Ishonamanki, har bir
avlod mana shu qahramonlik dostonini asrab-avaylab kelgusi avlodlarga yetkazadi.
Bu qahramonlik eposini kuylab, uni qalbiga, shuuriga jo qilgan millatni esa hech qanday
kuch yenga olmaydi” –
deganda tamomila haqli edi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
I.Karimov. Yuksak ma‘naviyat –
yengilmas kuch.
–
Toshkent: Ma’naviyat. 2008.
30-31-betlar.
2.
Oʻzbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi”,
2006
3.
Saidov M. Oʻzbek xalq dostonchiligida badiiy mahorat. T.: Fan, 1969,
75 bet
4.
Yoʻldoshev. Q. “Alpomish talqinlari” T.: Ma’naviyat, 2002. 168 bet.
5.
Islom Karimovning “Alpomish” dostonining 1000 yilligiga bag‘ishlangan
tantanali marosimda soʻzlagan nutqi. “Xalq soʻzi” gazetasi,1999
-yil, 9-noyabr.
