Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Development of coordination skills in children aged
7
–
8 years using modular technology
Laziz KHOLMURODOV
Institute of Physical Education and Sports
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
15 July 2024
Accepted 25 July 2024
Available online
15 August 2024
This article is based on the results of pedagogical research
that considers age characteristics and the use of the Kurugov
teaching method in the development of coordination skills of
children aged 7
–
8 years in extracurricular activities.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss7/S-pp62-69
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
balance,
physical development,
extracurricular activities,
circular method,
coordination skills,
modular technology,
motor response.
Modulli texnologiya orqali 7
–
8 yoshdagi bolalarning
koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
muvozanat saqlash,
jismoniy rivojlanish,
darsdan tashqari
mashgʻulot,
aylanma mashg‘ulot uslubi,
koordinatsion qobiliyatlar,
modulli texnologiyasi,
harakat reaksiyasi.
Mazkur maqolada darsdan tashqari mashg‘ulotlarda
7
–
8 yoshdagi bolalarning koordinatsion qobiliyatlarini
rivojlantirishda yoshga xos xususiyatlarini inobatga olish
hamda aylanma mashgʻulot uslubi mashgʻulotlarda qo‘llash
bo‘yicha pedagogik tadqiqot natijalari asoslangan.
1
PhD, Associate Professor, Research Institute of Physical Education and Sports, Chirchik city, Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
63
Развитие координационных навыков у детей 7–8 лет
с помощью модульной технологии
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
равновесие,
физическое развитие,
внеклассная деятельность,
круговой метод,
координационные
способности,
модульная технология,
двигательная реакция.
Данная статья основана на результатах педагогического
исследования
по
развитию
координационных
способностей детей 7
-
8 лет во внеклассной деятельности, с
учётом
возрастных
особенностей
и
применением
кругового метода на занятиях.
DOLZARBLIGI
Bugungi kunda
boshlang‘ich ta’lim tizimi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, ularda
bola shaxsini har tomonlama rivojlantirish, normal hayot faoliyati uchun qulay
sharoitlarni yaratishga qaratilgan milliy ta’lim tizimi mavjud. So‘nggi yillarda amalga
oshirilgan ilmiy tadqiqotlar, kam harakatchan turmush tarzi tufayli rivojlanishida,
jumladan, muvozanat saqlash qobiliyatining rivojlanishida ortda qolayotgan bolalar soni
ortib borayotganligidan dalolat bermoqda. Shuning uchun ham bolalarning jismoniy
tarbiyasida yangi pedagogik uslubiyatlarni, texnologiyalarni va yondashuvlarni ishlab
chiqish chora-
tadbirlari ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Jismoniy tarbiya
uslubiyatidagi kamchiliklar, boshlang‘ich yoshdagi bolalar harakat faoliyatining
noratsional tashkil qilinishi, olimlar tomonidan ushbu yoshdagi bolalarning ta’lim
-tarbiya
tizimi sohasining dolzarb muammosi sifatida qaralmoqda.
Respublikasizda ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish,
bolalarni har tomonlama
intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish, ta’lim
-tarbiya berish orqali ularni
ta’lim jarayoniga sifatli tayyorlash, zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy
etish masalalariga e’tibor yanada kuchaytirilmoqda. Mazkur ma’lumotlarni inobatga
olgan holda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim
-
tarbiya va sog‘lomlashtirish
jarayonini samarali tashkil etish masalasi
–
kechiktirib bo‘lmas vazifalardan biri
hisoblanadi [1].
TADQIQOT MAQSADI:
Aylanma mashgʻulot uslubi orqali
9
–
10 yoshdagi bolalarning koordinatsion
qobiliyatlarini
rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
TADQIQOT VAZIFALARI:
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida 9–
10 yoshdagi bolalarning
koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish uchun
aylanma mashgʻulot uslubini rejasini
ishlab chiqish;
Darsdan tashqari mashg‘ulotlarida 9
-10 yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi,
jismoniy tayyorgarligi
darajalarini uzviyligini ta’minlashga aylanma mashgʻulot uslubi
samaradorligini asoslash.
TADQIQOT NATIJALARI VA UNING MUHOKAMASI
Bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda darsdan tashqari jismoniy
tarbiya mashgʻulotining tayyorlov qismi soʻnggida modulli texnologiyadan foydalanishda
asosiy qismiga ajratilgan vaqtni qisqartirish ahamiyatsiz. Chunki, maxsus jismoniy
mashqlar majmuasi bolalarning jismoniy faolligini oshiradi, bu esa, mashgʻulotning
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
64
umumiy samaradorligini pasaytirmaydi, chunki modulning yoʻnalishi nafaqat yangi
harakatlarni oʻrganish, balki rivojlantirishda bolalarning umumiy jismoniy
tayyorgarligini oshirishga ham ta’sir qiladi.
Tadqiqot davomida boshlangʻich sinf bolalarining koordinatsion qobiliyatlarini
rivojlantirish noodatiy sharoitlarda tashkil qilinib, doimiy ravishda murakkablashib,
imkon qadar harakat amallarini bajarish deyarli avtomatizm darajasiga olib keldi.
1-
rasm. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun koordinatsion qobiliyatlarini
rivojlantirishning alohida modulini rejalashtirish uslubiyati
Har bir modul 4 ta bosqichdan iborat boʻlib, yurish, yugurish va
umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuasini oʻz ichiga olgan mashgʻulotning tayyorlov
qismidan soʻng (asosiy qismni boshlashdan oldin) amalga oshirildi. Har bosqichda
mashqlar bajarilgandan soʻng, mashgʻulotning asosiy qismi davom etdi, uning mazmuni
ikkala guruh uchun (TG va NG) ham bir xil boʻlib, darsdan tashqari jismoniy tarbiya
(sport toʻgaragi) mashgʻulotlari dastur talablariga asosan olib borildi
(1-rasmga qarang).
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirishda
umumrivojlantiruvchi mashqlar, mushak guruhlari boʻyicha choʻzish mashqlari,
akrobatik va gimnastikaning turli xil oddiy elementlari bilan mashgʻulotlarni olib borish
samarali usul hisoblanadi. Avvalambor bolalarning harakat amallarini samarali
oʻzlashtirishlari uchun mashgʻulotlar tashkil qilishda sport zalida xavfsizlik va oʻzini
tutish qoidalari rioya qilish boʻyicha koʻrsatmalar berib borish tavsiya etiladi. Aylanma
mashgʻulot uslubini qoʻllash sport toʻgaragining tashkiliy
-uslubiy shaklidir. Aylanma
mashgʻulot uslubi organizmning barcha mushak guruhlariga, shuningdek, yurak
-qon
tomir va nafas olish tizimlariga teng ravishda yuklamani me’yorlashni ta’minlaydi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
65
1-jadval
Boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining koordinatsion qobiliyatlarini
rivojlantirishning yillik mashgʻulot dasturi
T/r
Nazorat mashqlari mazmuni
Oylar
Mashgʻulotlar
soni
1.
Harakat reaksiyasi qobiliyati (koʻrish va eshitish reaksiyasi)
Sentyabr
10
2.
Muvozanat saqlash funksiyasi
Oktyabr
10
3.
Fazoda harakatlanish qobiliyati
Noyabr
10
4.
Harakat koʻrsatkichlarini tabaqalashtirish qobiliyati
Dekabr
10
5.
Ritmik harakat qobiliyati
Yanvar
10
6.
Harakatlarni tartibga solish
Fevral
10
7.
Koordinatsion narvonidagi mashqlar texnikasiga oʻrgatish
Mart
10
Aprel
10
8.
Yakuniy
nazorat me’yorlari
May
10
Izoh:
Mazkur mashgʻulot dasturiga bolalarning yoshi, jinsi va yosh xususiyatlarini
hisobga olgan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Darsdan tashqari jismoniy tarbiya
mashgʻulotlari “Nizom” talablariga amal qilgan holda tashkil qilinishi lozim.
Harakat faolligining turli vositalaridan foydalangan holda ushbu mashqlar
yordamida organizmning barcha guruh mushaklarini qizdirish, shundan soʻng
koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan modulli texnologiyani
mashgʻulotlarda qoʻllash ijobiy natija beradi. Shuningdek, Biz oʻrgatish modulli
texnologiyasini amalda qoʻllash va boshlang‘ich sinf yoshdagi bolalarning koordinatsion
qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yillik mashgʻulot dasturini ishlab chiqdik (1
-jadvalga
qarang).
Modulning kirish bosqichida har bir stansiyadagi mashqlarni bajarish va oʻtishda
ixtiyoriy tezlikda, vaqtni hisobga olmagan holda amalga oshirilib, ularni bajarishda
pauzalarsiz kompleksda va qayta takrorlashlar bilan amalga oshiriladi (2
–
3 marta
–
3 seriya). Belgilangan vazifani tushuntirishga koʻproq vaqt ajratiladi va uni sinov varianti
sifatida bajarib koʻrishlari mumkin. Mashqlar bajarishni oʻrganilib boʻlgandan soʻng,
mashgʻulotning rivojlantiruvchi bosqichiga oʻtish, bu yerda mashqlar majmuasi
oʻzgarishsiz qoladi, lekin yuklamaning ortishi, shiddati va bajarish ketma
-
ketligi oʻzgaradi
(2
–
3 marta
–
3 seriya). Koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish uchun barcha
modullarda talabalar guruhini 2 ta kichik guruhga boʻlish mumkin (Harakat reaksiyasi
qobiliyati modulidan tashqari). Har bir seriyadan soʻng oddiydan murakkabga tamoyiliga
muvofiq dam olinadi. Bu nafaqat mashgʻulotning yuqori motor zichligini saqlab qoladi,
balki tashkilotchilik darajasini va yangi vazifani bajarishga tayyorligini oshiradi va har bir
mashgʻulotda oʻquvchilarga texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni eslatib turish
tavsiya etiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
66
2-
rasm. Boshlangʻich sinf bolalarida harakat reaksiya qobiliyatini rivojlantirish
modulining tuzilishi va mazmuni
HARAKAT REAKSIYASI QOBILIYATI
Harakat reaksiya qobiliyati butun organizm yoki uning bir qismi tomonidan
oldindan ma’lum boʻlgan (noma’lum) signalga muvofiq butun yoki qisqa muddatli
harakatni tez va aniq bajarish qobiliyatidir. Oddiy va murakkab reaksiyalarning
koʻrsatkichlari mavjud boʻlib, ular orasida aniq bogʻliqlik yoʻq, chunki oddiy reaksiyalar
tugʻma omil bilan belgilanadi va atrof
-
muhit ta’siridan nisbatan barqaror boʻladi,
murakkab reaksiyalar esa ijtimoiy omillar
–
ta’lim
-
tarbiya ta’siriga bogʻliq. Bu yoshdagi
bolalarda harakat reaksiyasi (eshitish, koʻrish) qobiliyati qarama
-qarshilik holatini aniq
baholash va ularga oqilona harakat amallari bilan javob berish qobiliyati orqali
belgilanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
67
3-
rasm. Boshlangʻich sinf bolalarida muvozanat saqlash qobiliyatini rivojlantirish
modulining tuzilishi va mazmuni
MUVOZANAT SAQLASH QOBILIYATI
Muvozanat saqlash qobiliyati
–
statik va dinamik harakatlar vaqtida tananing
imkon qadar barqarorligini saqlab turish darajasi tushuniladi: yurishda, akrobatik
mashqlarni bajarishda, murakkab koordinatsion harakatlarni bajarish va boshqalarda.
Bolalarning muvozanat saqlash funksiyasini rivojlantirishda murakkab oʻzgaruvchan
harakatlarni bajarishda, zarurat tugʻilganda tananing statik holatida yoki ma’lum bir vaqt
oraligʻida harakatni bajarish barqarorligini ushlab turish orqali namoyon boʻladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
68
2-jadval
Tadqiqot boshida va yakunida tajriba va nazorat guruhi 7
–8 yoshdagi (oʻgʻil va qiz)
oʻquvchilarning koordinatsion qobiliyatlari rivojlanishi koʻrsatkichlari
dinamikasi
T/r
Koordinatsion qobiliyatlari
nazorat mashqlari mazmuni
G
u
ru
h
la
r
Tadqiqot
boshida
(
𝒙
̅
±σ)
Tadqiqot
oxirida
(
𝒙
̅
±σ)
t
P
1.
Harakat reaksiyasi (chizgʻichni
ushlash), sm
TG
18,14±3,22
14,35
±4,
27
4,32
<0,05
NG
17,26
±4,
42
15,28
±3,
71
1,42
>0,05
2.
Muvozanat saqlash funksiyasi
(Romberg sinovi), s
TG
8,27
±3,
41
11,11±3,53
3,84
<0,05
NG
7,17±4,31
10,14±3,49
1,28
>0,05
3.
Fazoda harakatlanish (oʻng va
chap qoʻl bilan belgilangan
oʻlchamni aniqlash), sm
TG
8,52
±3,
19
5,58
±2,
54
4,47
<0,05
NG
7,39
±
2,04
6,79
±1,
62
1,33
>0,05
4.
Harakat koʻrsatkichlarini
tabaqalashtirish (Tennis toʻpini
50% uzoqlikdan uloqtirish) sm
TG
108,24±13,15
92,41±16,56
3,85
<0,05
NG
112,38±9,12
99,58±12,24
1,12
>0,05
5.
Ritmik qobiliyat (belgilangan
ritmda sakrash), s
TG
2,13±0,23
1,03±0,28
4,39
<0,05
NG
1,69±0,56
1,11
±0,5
3
1,41
>0,05
6.
Harakatlarni muvofiqlashtirish
(Gimnastika tayoqchasi ustidan
sakrash), s
TG
12,58±1,88
9,67±1,82
4,53
<0,05
NG
11,31±1,71
10,53±1,73
1,23
>0,05
Tadqiqot yakunida modulli texnologiya
ni darsdan tashqari mashgʻulotlarda
qoʻllagandan soʻng, tajriba guruhi oʻquvchilarining harakat reaksiyasi
qobiliyati 22% ga
oshgan, bu k
oʻ
rsatkichlari
18,14±3,22
sm dan 14,35
±4,
27 sm gacha
oʻsganligi aniqlandi
(P<0,05).
Tajriba va nazorat koʻrsatkichlari oʻrtasida sezilarli farqlar bor ekanligi
kuzatildi. Qolaversa, “Chizgʻichni ushlash” testi boʻyicha tajriba va nazorat guruhi
koʻrsatkichlari bilan solishtirganda 17,26±4,42 sm dan 15,28±3,71 sm gacha (8%)
sezilarli oʻzgarishlar kuzatilmadi (2
-jadvalga qarang).
4-rasm. Tadqiqot boshida va oxirida 7
–
8 yoshdagi tajriba va nazorat guruhi
bolalarining “Harakat reaksiyasi” qobiliyati koʻrsatkichlari dinamikasi.
0
5
10
15
20
Tajriba guruhi
Nazorat guruhi
18,14
17,26
14,35
15,28
Tadqiqot boshida
Tadqiqot oxirida
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
69
Darsdan tashqari
mashgʻulotda muvozanat saqlash qobiliyati nazorat testi boʻyicha
tadqiqot yakunida 37% ga oshgan. Bu koʻrsatkichlari 8,27±3,41 s dan 11,11±3,53 s gacha
oʻsganligi (P<
0,0
5) va tajriba va nazorat guruhi oʻrtasidagi sezilarli farqlardan dalolat
beradi. Rombert nazorat sinovi boʻyicha tajriba va nazorat guruhi natijalari bilan
solishtirganda 7,17±4,31 s.dan 15,28±3,71 s.gacha (11%) sezilarli oʻzgarishlar
kuzatilmadi (4-rasmga qarang).
Xulosa
o‘rnida shuni aytish mumkinki, aylanma mashgʻulot usuli bolalarning
barcha mushak guruhlariga, shuningdek, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlariga
yuklamani ta’sirini me’yorlashda yuqori samarali ekanligini koʻrsatdi. Maxsus tanlab
olingan mashqlar hajmi, shiddati, davomiyligi va takrorlash sonini me’yorlash orqali
bolalarning yangi harakat amallarini sifatli shakllantirishga yordam berishi tajriba
asoslandi. Ushbu uslubiyat natijasida boshlangʻich yoshdagi bolalarning oʻziga xos
shakllanishi va rivojlanishi belgilangan yoʻnalishda olib borilishiga zamin yaratiladi.
Demak, jismoniy mashqlarni tanlashda bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan
holda saralash, me’yorlash va belgilash juda ham muhimdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 1-oktyabrdagi PQ-4467-son
“Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni
.
2.
Kerimov F.A. Sportda ilmiy tadqiqotlar. Darslik. Toshkent: “Ilmiy texnika
axboroti
–
press nashriyoti” 2023. –
380 b.
3.
Лях В. И.
Развитие координационных способностей у дошкольников. изд.,
«Спорт» –
М.: 2016. –
96 с.
4.
Usmonxajayev T.S., Islomova S.T. Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy
tarbiya T.: “Ilm Ziyo” nash. 2006. –
184 с.
5.
Xolmurodov L.Z. Developing the coordination skills of primary class students
//MENTAL ENLIGHTENMENT SCIENTIFIC
–
METHODOLOGICAL JOURNAL.
–
2022.
–
№.
6.
–
P. 54-60.
6.
Xolmurodov L.Z. Effectiveness of the development of function keeping right
balance in primary class students // MENTAL ENLIGHTENMENT SCIENTIFIC
–
METHODOLOGICAL JOURNAL.
–
2023.
–
№. 2. –
P. 215-220.
7.
Холмуродов Л.З. Бошланғич синф ўқувчиларининг мувозанат сақлаш
функциясини ривожлантириш самарадорлиги //Sportda ilmiy tadqiqotlar. –
2023.
–
№. 3. –
B. 68-72.
8.
Холмуродов Л.З. Бошланғич синф ўқувчиларининг координацион
қобилиятларини
ривожлантириш // Sportda ilmiy tadqiqotlar. –
2023.
–
№. 4. –
B. 3-7.
