Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The dynamics of physical training indicators of 11-12-year-
old freestyle wrestlers
Azizbek MELIKOZIYEV
1
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 15 October 2024
Available online
25 November 2024
This study aimed to evaluate the physical conditioning indicators
of 11-12-year-old freestyle wrestlers and analyze their
developmental dynamics. The athletes' strength, endurance,
speed, and agility were measured using pedagogical tests. The
results showed that young wrestlers can significantly improve
their physical skills through regular training. The findings from
this study provide a scientific foundation for creating effective
training programs to prepare young athletes for competitions.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
freestyle wrestling,
physical conditioning,
strength,
endurance,
speed,
agility,
young athletes.
11-12 yoshli erkin kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik
ko‘rsatkichlari dinamikasi
ANNOTATSIYA
Kalit s
о
'zlar:
erkin kurash,
jismoniy tayyorgarlik,
kuch,
chidamlilik, tezlik,
chaqqonlik,
yosh sportchilar.
Mazkur tadqiqotda 11-12 yoshli erkin kurashchilarni
jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini baholash va ularning
rivojlanish dinamikasini o‘rganish maqsad qilib qo‘yildi.
Tadqiqot davomida sportchilarning kuch, chidamlilik, tezlik va
chaqqonlik ko‘rsatkichlari pedagogik testlar yordamid
a
o‘lchandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, yosh kurashchilar
muntazam mashg‘ulotlar orqali jismoniy ko‘nikmalarini sezilarli
darajada yaxshilash imkoniyatiga ega. Ushbu tadqiqot natijalari
yosh sportchilarni musobaqalarga tayyorlashda samarali
mashg‘ulot da
sturlarini yaratish uchun ilmiy asos sifatida xizmat
qiladi.
1
Vice-Dean for Educational Affairs of the External Department, Fergana State University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
119
Динамика физических показателей подготовки борцов
вольного стиля в возрасте 11
-
12 лет
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
вольная борьба,
физическая подготовка,
сила,
выносливость,
скорость,
ловкость,
юные спортсмены.
Целью
данного
исследования
являлась
оценка
показателей физической подготовки борцов вольного
стиля в возрасте 11
-
12 лет и изучение динамики их
развития.
В
процессе
исследования
с
помощью
педагогических тестов были измерены показатели силы,
выносливости,
скорости
и
ловкости
спортсменов.
Результаты
продемонстрировали,
что
регулярные
тренировки позволяют юным борцам значительно
улучшить свои физические навыки. Данное исследование
может служить научной основой для разработки
эффективных тренировочных программ, направленных на
подготовку молодых спортсменов к соревнованиям.
KIRISH
Yosh sportchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, ayniqsa, erkin kurashchilar
uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu sport turi katta kuch, tezlik, chidamlilik
va chaqqonlikni talab qiladi. 11-
12 yoshli sportchilar o‘zlarining jismoniy rivojlanishida
o‘tish davrini boshdan kechirishadi, bu davrda ularning harakat qobiliyatlari tez
sur’atlarda rivojlanadi va formalanadi. Shu sababli, bu yoshda to‘g‘ri jismoniy
mashg‘ulotlarni tashkil qilish ularning kelajakdagi sport yutuqlarini belgilab beruvchi
omillardan biri hisoblanadi.
O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar sport maktablarida yosh sportchilarni jismoniy
tayyorlashga katta e’tibor
qaratiladi. Shunga qaramasdan, ilmiy tadqiqotlar shuni
ko‘rsatmoqdaki, 11
-15 yoshdagi erkin kurashchilarni tizimli ravishda jismoniy
rivojlantirishga oid majmuaviy tadqiqotlar hali yetarli darajada olib borilmagan. Ko‘pincha
bu boradagi tadqiqotlar faqat fragmentar tarzda amalga oshirilgan. Jismoniy
tayyorgarlikni oshirish va harakat qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy
-
amaliy konferensiyalarda nashr qilingan ba’zi materiallar mavjud bo‘lsa
-da, bu boradagi
tadqiqotlar hali to‘liq emas.
Bu yoshda sportchilarning jismoniy rivojlanishi jadal tus oladi, ular kuch,
chidamlilik, tezlik va chaqqonlik qobiliyatlarini rivojlantirishi zarur. Ayniqsa, jismoniy
yuklamaning yoshga mos ravishda tabaqalashtirilishi katta ahamiyat kasb etadi. Chunki
ort
iqcha jismoniy yuklamalar yosh sportchilarning mushaklari va ichki a’zolariga zarar
yetkazishi mumkin, bu esa ularning kelgusidagi sport faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Shu boisdan, sport mashg‘ulotlarini rejalashtirishda sportchilarning yosh
i,
jismoniy tayyorgarlik darajasi va boshqa omillar inobatga olinishi lozim.
Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi Farg‘ona viloyatidagi bolalar va o‘smirlar sport
maktablarida tahsil olayotgan 11-12 yoshli erkin kurashchilarni jismoniy tayyorgarligini
baholashdir. Tadqiqot davomida sportchilarning harakat qobiliyatlari pedagogik testlar
yordamida o‘lchandi. Bu testlar davlat ta’lim standartlariga moslab tuzilgan bo‘lib, ular
orqali sportchilarning kuch, chidamlilik, tezlik va chaqqonlik ko‘rsatkichlari aniqla
ndi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
120
TADQIQOT MATERIALLARI VA USULLARI
Mazkur tadqiqot 11-12 yoshli erkin kurashchilarni jismoniy tayyorgarlik
ko‘rsatkichlarini baholash va ularning rivojlanish dinamikasini aniqlash maqsadida
o‘tkazildi. Tadqiqotda ishtirok etgan sportchilar Farg‘ona viloyatidagi bolalar va o‘smirlar
sport maktablarida tahsil oluvchi yosh sportchilar bo‘lib, ular muntazam ravishda erkin
kurash bilan shug‘ullanadi.
Tadqiqot ishtirokchilari:
Tadqiqotda 11-12 yoshli erkin kurashchi bolalar ishtirok etdi. Ishtirokchilarning
umumiy soni 112 nafar bo‘lib, ular ikki yosh guruhiga bo‘lingan: 11 yoshli guruh va 12
yoshli guruh.
Tadqiqot davomida sportchilarning jismoniy ko‘rsatkichlari maxsus pedagogik
testlar yordamida o‘lchandi.
Tadqiqot uchun foydalanilgan materiallar:
Test maj
muasi: Davlat ta’lim standartlariga mos bo‘lgan va bolalar sport
maktablarida qo‘llaniladigan jismoniy tayyorgarlik testlari.
60 metrga yugurish.
1500 metrga yugurish.
Yerga tayangan holda qo‘llarni bukib yozish (push
-ups).
Egiluvchanlikni o‘lchash.
Joyidan turib va yugurib kelib uzunlikka sakrash.
Tennis to‘pini uloqtirish (150 g).
Turnikda tortilish.
Mokisimon yugurish (3x10 m).
Tadqiqot usullari:
Pedagogik testlash: Tadqiqot davomida sportchilarning harakat qobiliyatlari
pedagogik testlash orqali baholandi. Har bir test sportchilarning kuch, chidamlilik,
chaqqonlik va tezlik kabi jismoniy ko‘nikmalarini aniqlashga qaratilgan edi. Testlar
davomida sportchilarning har bir mashqdagi natijalari qayd etilib, yosh guruhlari
o‘rtasidagi farqlar tahlil qilindi.
M
atematik statistika usullari: Olingan ma’lumotlar matematik statistika usullari
yordamida qayta ishlanib, test natijalarining ahamiyatlilik darajasi aniqlab chiqildi.
O‘rtacha arifmetik qiymatlar va ularning standart og‘ishlari hisoblab chiqilib,
sportchil
arning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining dinamikasi baholandi.
Yoshga mos yuklamalar: Tadqiqotda yosh sportchilarning fiziologik o‘ziga xosliklari
va jismoniy tayyorgarlik darajasi hisobga olingan holda ularning jismoniy yuklamalari
tabaqalashtirildi. Har bir test jarayonida sportchilarga mos keladigan mashqlar
yuklamalari tanlandi va nazorat qilindi.
TADQIQOT JARAYONI
Tadqiqot 8 hafta davomida o‘tkazildi. Har bir test bosqichida sportchilar o‘z kuchini
sinovdan o‘tkazdi va ularning natijalari aniq
landi.
Test natijalari orqali 11 yosh va 12 yosh guruhidagi sportchilar o‘rtasidagi farqlar
o‘rganilib, har bir guruhdagi o‘sish sur’atlari va jismoniy rivojlanish dinamikasi tahlil
qilindi.
Ushbu usullar yordamida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari sportchil
arning jismoniy
tayyorgarlik darajasi haqida to‘liq va ishonchli ma’lumotlar olish imkonini berdi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
121
Testlar tarkibiga 60 metr va 1500 metrga yugurish, yerga tayangan holda qo‘llarni
bukib yozish (push-ups), egiluvchanlik, joyidan turib va yugurib kelib uzunlikka sakrash,
tennis to‘pini uzoqqa uloqtirish, turnikda tortilish kabi mashqlar kiritilgan. Ushbu testlar
sportchilarning jismoniy rivojlanish darajasini aniqlashga yordam beradi va kelgusida
jismoniy tayyorgarlik dasturlarini rejalashtirish uchun ilmiy asos sifatida xizmat qiladi.
Mazkur tadqiqot erkin kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini
baholash orqali yosh sportchilarni musobaqalarga tayyorlashda qanday mashg‘ulotlar
samaraliroq ekanligini aniqlashga qaratilgan. Olingan natijalar esa sportchilarning
jismoniy rivojlanishidagi o‘zgarishlarni aniqlash, ularning kuch, chidamlilik, tezlik va
chaqqonlik darajasini baholashda muhim ilmiy asos yaratadi.
Mazkur muammo bo‘yicha mamlakatimizdagi ilmiy adabiyotlar manbalarini
monitoringli tadqiq qilish, alohida yosh guruhlarida faqatgina fragmentar tadqiqotlar
o‘tkazilganligini ko‘rsatdi, bunda, bolalar sport maktablarida o‘qiydigan 11
-15 yoshli erkin
kurashchilarining jismoniy holatini majmuaviy tadqiq qilinishi amalga oshirilmagan,
ilmiy-amaliy konferensiyalarda nashr qilingan materiallar bundan mustasno.
Jinsiy balog‘atga yetilishni boshlanishi bilan fiziologik funksiyalardagi farqlar aniq
ifodalanadi va ularning strukturali asoslarida jinsiy dimorfizm shakllanadi. Ilmiy-texnik
inqilob og‘ir
jismoniy mehnatni, faol harakat faoliyatini ulushini kamayishiga olib keladi.
Harakat faolligini kamayishi mushak apparati va ichki a’zolar ishini uyg‘unligini buzilishiga
olib keladi. Jismoniy yuklamaning kattaligini yoshga oid omilga va jismoniy tayyorgarlik
darajasiga bog‘liq holda qat’iy tabaqalashtirishning zarurati mavjud.
Bolalar va o’smirlar sport maktablarida fan dasturi o‘ta variativdir va unda,
murabbiyga jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarining xilma xil vositalarini va qo‘shimcha
jismoniy yukla
malarni qo‘llash huquqi berilgan. Masalan, AQShning ko‘pchilik sport
maktablarida majburiy mashg’ulotlardan tashqari har haftada musobaqalar va darsdan
tashqari vaqtlarda uch martalik qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Mamlakatimiz va
xorijdagi olimlarning tajriba ishlarida harakat sifatlarini takomillashtirish morfologik
takomillashuv ortidan keladigan maksimal harakat faolligi darajasi paytida mumkin
bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Jismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha obyektiv ma’lumotlarni olish maqsadida
F
arg‘ona viloyatining bolalar va o’smirlar sport maktablarini 11
-15 yoshli erkin
kurashchilarining harakat qobiliyatlarini pedagogik testlash amalga oshirildi. Buning
uchun, davlat ta’lim standartlari va «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» testlaridan olingan
mashqlar majmuasi 11-15 yoshli erkin kurashchilarining jismoniy tayyorgarlik darajasini
aniqlash uchun tanlab olingan.
Ushbu testlar majmuasi tarkibiga 60 metrga va 1500 metrga yugurish, yerga
tayangan holda qo‘llarni bukib va yozish, egiluvchanlik, joyida
n turib va yugurib kelib
uzunlikka sakrash, tennis to‘pini uzoqqa uloqtirish, turnikda tortilish, mokisimon yugurish
3x10 m. kiritilgan.
Tajribalarda harakat tayyorgarligini pedagogik testlash bo‘yicha olingan materiallar
matematik statistika usullari yordamida qayta ishlangan.
TADQIQOT NATIJALARI
11-
15 yoshdagi erkin kurashchilarning kuch ko‘rsatkichlaridan joyidan turib
uzunlikka sakrash o‘rtacha arifmetik va standart og‘ishi qiymatlari 11
-
yoshda o‘rtacha
141,59 ± 19,81 sm. dan (V=13,99 %) 12
-yoshda
esa, o‘rtacha 147,53 ± 19,97 sm. gacha
(V=13,54 %) yaxshilanganligi, ya’ni bir yil davomida ushbu ko‘rsatkichning absolyut
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
122
o‘sishi 5,94 sm. ga, nisbiy o‘sishi esa 4,20 % ga teng bo‘lib, ushbu o‘sish yuqori (t=2,35,
P<0,05) ahamiyatlilik darajasida statistik ishonchli ekanligi aniqlandi (1-jadvalga qarang).
1-jadval
11-12 yoshli erkin kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik
ko‘rsatkichlarining dinamikasi (n=112)
№
Nazorat testlar
11 yosh
12 yosh
t
P
X
σ
V, %
X
σ
V, %
1
30 m.ga yugurish (s)
6,14
0,92
14,98
5,86
0,85
14,51
2,49
<0,05
2
60 m, ga yugurish (s)
11,43
1,81
15,84
10,95
1,72
15,71
2,14
<0,05
3
Yotgan holda qo‘llarni
bukib yozish, marta
12,64
0,69
14,87
13,86
0,71
14,61
2,47
<0,05
4
Sport predmetini
uloqtirish (150 g), m
14,77
4,02
16,91
16,07
4,12
16,43
2,51
<0,05
5
Joyidan turib
uzunlikka sakrash, (sm)
141,59
19,81
13,99
147,53
19,97
13,54
2,35
<0,05
6
Yugurib kelib
uzunlikka sakrash (m,
sm)
231,69
31,69
13,68
239,34
31,89
13,32
1,89
>0,05
7
Mokisimon yugurish
3x10 m. (s)
9,64
1,51
15,66
9,21
1,41
15,31
2,32
<0,05
Erkin kurashchilarining harakatlanishi tezkorligi ko‘rsatkichlaridan 60 m. masofaga
yugurish vaqti o‘rtacha arifmetik va standart og‘ishi qiymatlari 11
-
yoshda o‘rtacha 11,43
± 1,81 s. dan (V=15,84 %) 12
-
yoshda esa, ± o‘rtacha 10,95 ± 1,72 s. gacha (V=15,7
1 %)
o‘sganligi, ya’ni bir yil davomida ushbu ko‘rsatkichning absolyut o‘sishi 0,48 s. ga, nisbiy
o‘sishi esa 4,20 % ga teng bo‘lib, ushbu o‘sish ham yuqori (t=2,14, P<0,05) ahamiyatlilik
darajasida statistik ishonchli ekanligi aniqlandi.
Erkin kurashchil
arining tayyorgarligi ko‘rsatkichlaridan yugurib kelib uzunlikka
sakrash o‘rtacha arifmetik va standart og‘ishi qiymatlari 11
-
yoshda o‘rtacha 231,69 ±31,69
sm. dan (V=13,68 %) 12-
yoshda o‘rtacha 239,34 ± 31,89 sm. gacha (V=13,32 %) o‘sganligi,
ya’ni bir yil davomida ushbu ko‘rsatkichning absolyut o‘sishi 7,65 sm. ga, nisbiy o‘sishi esa
3,30 % ga teng bo‘lib, ushbu o‘sish ham yuqori (t=1,89, P>0,05) ahamiyatlilik darajasida
statistik ishonchli ekanligi aniqlandi.
Erkin kurashchilarining kuchlilik ko‘rsatkichlaridan 150 g. tennis to‘pini uloqtirish
o‘rtacha arifmetik va standart og‘ishi qiymatlari 11
-
yoshli o‘rtacha 14,77 ± 4,02 m. dan
(V=16,91 %) 12-
yoshda esa, o‘rtacha 16,07 ± 4,12 m. gacha (V=16,43 %) yaxshilanganligi,
ya’ni bir yil davomida ushbu ko‘rsatkichning absolyut o‘sishi 1,30 m. ga, nisbiy o‘sishi esa
5,47 % ga teng bo‘lib, ushbu o‘sish ham yuqori (t=2,51, P<0,05) ahamiyatlilik darajasida
statistik ishonchli ekanligi aniqlandi.
Erkin kurashchilarning kuchlilik ko‘rsatkichlaridan yerga yotgan holda qo‘llarni
bukib yozish o‘rtacha arifmetik va standart og‘ishi qiymatlari 11
-
yoshda o‘rtacha 12,64 ±
0,69 martadan (V=14,87 %) 12-
yoshda o‘rtacha 13,86 ± 0,71 martagacha (V=14,61 %)
yaxshilanganligi, ya’ni bir yil davomida ushbu ko‘rsatkichning absolyut o‘si
shi 0,22
martaga, nisbiy o‘sishi esa 4,74 % ga teng bo‘lib, ushbu o‘sish ham yuqori (t=2,47, P<0,05)
ahamiyatlilik darajasida statistik ishonchli ekanligi aniqlandi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
123
Boshlang‘ich sinf 11
-
12 yoshli erkin kurashchilarining o‘rganilgan 7 ta jismoniy
tayyorgarlik testlari bo‘yicha ko‘rsatkichlari o‘rtacha arifmetik qiymatlarini bir yil
davomida nisbiy o‘sishlarining o‘rtachasi 4,63 foizni tashkil qildi.
Mazkur yoshdagi erkin kurashchilarda sensitiv bosqichlarning aksentlashtirilgan
xususiyatlari va struktura va funksiyalarni tashqi ta’sirlar ostida potensial
o‘zgaruvchanligi diapazoni
-
dolzarb muammo va tashqi ta’sirlar va rivojlanayotgan
harakat qobiliyatlarini o‘zar har
akatini tabiatini tushunish uchun ahamiyatli tabiiy
tavsiflar hisoblanadi. Yoshga oid o‘zgarishlarni o‘rganish chegaralangan ahamiyatga ega va
yoshga oid rivojlanish qonuniyatlarini adekvat aks etadigan mazmunli tahlil bilan
to‘ldirilishi kerak va buni, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi jismoniy tarbiya
-sport tadbirlarini
o‘tkazishi paytida hisobga olishi kerak.
Mazkur tadqiqot 11-12 yoshli erkin kurashchilarni jismoniy tayyorgarligini
baholashga va ularning rivojlanish dinamikasini aniqlashga qaratilgan bo‘li
b, natijalar
sportchilarning jismoniy ko‘rsatkichlari bir yil davomida sezilarli darajada
yaxshilanganligini ko‘rsatdi. O‘tkazilgan pedagogik testlar yordamida sportchilarning
kuch, chidamlilik, chaqqonlik va tezlik kabi muhim ko‘rsatkichlari baholandi va
yoshga
qarab ulardagi o‘sish sur’atlari kuzatildi.
XULOSA
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 11 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan davrda
erkin kurashchilar jismoniy ko‘nikmalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Bu yoshdagi
sportchilarning mashg‘ulotlarga
muntazam qatnashishi va ularga moslashtirilgan maxsus
jismoniy yuklamalar berilishi ularning sport natijalarini oshirishda muhim ahamiyatga
ega. Har bir o‘tkazilgan test natijasida sportchilarning kuch, chidamlilik va tezlik
ko‘rsatkichlarida ijobiy o‘zga
rishlar qayd etildi.
Bundan kelib chiqadiki, yosh sportchilarni jismoniy rivojlantirish uchun ularning
individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulotlar dasturlarini tuzish muhimdir.
Shu bilan birga, ularning rivojlanish dinamikasini doimiy ravishda kuzatib borish va ularni
yoshi va jismoniy tayyorgarlik darajasiga mos yuklamalar bilan ta’minlash zarur. Ushbu
tadqiqot natijalari yosh sportchilarni musobaqalarga tayyorlashda ilmiy asoslangan
yondashuv zarurligini tasdiqlaydi.
Shuningdek, mazkur tadqiqot yosh sportchilar bilan ishlaydigan murabbiylar va
jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish uchun ilmiy asos
bo‘lib xizmat qiladi. Tajriba natijalari erkin kurashchilarning jismoniy tayyorgarligini
yaxshilashda mashqlar samaradorligini oshirishga yordam beradi va ular kelgusida yuqori
sport natijalariga erishishlari uchun zamin yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
:
1.
Иванов, В. П. (2015). Подготовка борцов вольного стиля: теория и практика.
Москва: Физкультура и спорт. –
320 с.
2.
Ахмедов, С. Ж. (2017). Физическая подготовка юных борцов: методы и
средства. Ташкент: Узбекистан. –
290 с.