Авторы

  • Камола Нуралиева
    Преподаватель, Наманганский государственный педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp103-107

Ключевые слова:

образование инновации модель 4К сотрудничество творчество критическое мышление коммуникация интеграция

Аннотация

В данной статье, на основе модели 4К, выделены жизненно важные и необходимые навыки, которые необходимо развивать у учащихся начальных классов в XXI веке. Также представлены рекомендации по эффективной организации занятий с использованием комплексного подхода. На комплексно организованных уроках учащимся демонстрируются методы быстрого и легкого усвоения изучаемых тем.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Development of creativity of primary school students
based on new generation textbooks

Kamola NURALIYEVA

1


Namangan State Pedagogy Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

15 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

This article, based on the 4K model, highlights the vital skills

that need to be developed in primary school students in the

21st century. It also offers recommendations for effectively

organizing lessons using an integrated approach. In these

integrated lessons, students are shown methods for quickly and
easily mastering the topics being taught.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp103-107

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

education,

innovation,

4K model,

cooperation,

creativity,

critical thinking,
communication,

integration.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yangi avlod darsliklari

asosida ijodkorligini rivojlantirish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

ta’lim,

innovatsiya,

4K modeli,

kooperatsiya,

kreativlik,

tanqidiy fikrlash,
kommunikatsiya,
integratsiya.

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida 4K modeli

asosida XXI asrda rivojlantirish zarur bo‘lgan hayotiy, zaruriy

ko‘nikmalar

yoritilib

berilgan.

Shuningdek,

maqolada

integratsiyalashgan yondashuv asosida darslarni samarali

tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Integratsiyalashgan
usulda tashkil etilgan darslarda o‘quvchilar o‘tilayotgan

mavzularni tez va oson o‘zlashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan.

1

Teacher, Namangan State Pedagogy Institute. E-mail: knuraliyeva4980@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

104

Развитие творческих способностей учащихся начальных

классов на основе учебников нового поколения

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

образование,

инновации,

модель 4К,

сотрудничество,
творчество,

критическое мышление,

коммуникация,
интеграция.

В данной статье, на основе модели 4К, выделены

жизненно важные и необходимые навыки, которые

необходимо развивать у учащихся начальных классов

в XXI веке. Также представлены рекомендации по

эффективной организации занятий с использованием

комплексного подхода. На комплексно организованных

уроках учащимся демонстрируются методы быстрого и
легкого усвоения изучаемых тем.


KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 11-

maydagi “2022–

2026-yillarda

xalq ta’limini rivojlantirish milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan
Milliy o‘quv dasturi har bir sinf bosqichi yakunida o‘quvchilardan kutilayotgan natijalar va
bir sinfdan keyingi sinfga o‘tish va o‘quvchi nimaga erishishi kerakligi va baholash jarayonini
tushuntirish bo‘yicha yo‘l

-

yo‘riq ko‘rsatadigan hujjatdir. Milliy o‘quv dasturida quyidagilar

yetakchi o‘rinni egallaydi: izchillik, uzviylik, uzluksizlik, jamiyatni ijtimoiy

-iqtisodiy

rivojlantirish, fan va ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro ta’limning bugungi holatini
hisobga olgan holda ta’lim mazmunini jahon standartlariga moslashtirish, fan va ta’lim
integratsiyasini ta’minlash.

ASOSIY QISM

Hozirgi kunda turli jabhalarda o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Xususan, ta’lim sifatini

tubdan oshirish maqsadida o‘qituvchilar uchun o‘quv dasturlari, uslubiy qo‘llanmalar
ilg‘or xalqaro mezonlarga moslashtirilib, boshlang‘ich sinflarda davlat ta’lim standarti
o‘rniga ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan, bolaga ortiqcha yuklama belgilamaydigan
“Milliy o‘quv dasturi” joriy etildi.

Jamiyat taraqqiyoti uchun ilg‘or fikrlaydigan, qat’iyatli, maqsad sari intiluvchan,

mustaqil qarorlar qabul qiladigan, muammolarni ijobiy hal eta oladigan shaxslar zarur.
Bunday shaxslar iqtisodiyotni rivojlantirishi, jamiyatni boshqarishi va turmushni

farovonlashtirishlari mumkin. Milliy o‘quv dasturida XXI asr ko‘nikmalarini o‘quvchilarga

singdirish orqali ana shunday shaxslarni tarbiyalashga harakat qilinmoqda.

Ma’lumki, xalq ta’limi tizimini 2030

-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida

belgilangan vazifalarga muvofiq, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1–

4-

sinf darsliklari “4K”

modeli asosida yangidan tayyorlandi. “4K” modelidan foydalanish ko‘plab sinovlardan
muvaffaqiyatli o‘tdi. Ushbu zamonaviy yondashuv Singapur, Xitoy, Angliya, Finlyandiya,
Estoniya kabi ilg‘or ta’limga ega mamlakatlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, PISA va PIRLS kabi xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan
mamlakatlar ta’lim sohasida “4K” modeli o‘z ichiga olgan kommunikatsiya, kritik fikrlash,
kreativlik, kollaboratsiya kabi ko‘nikmalarga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Shuning

uchun ham ular xalqaro reytinglarda yuksak natijalarga erishmoqda.

Boshlang‘ich ta’lim jarayonidagi bunday o‘zgarishlar darslarning qiziqarli va

samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Maktablarda ta’lim sifati ko‘p jihatdan yaratilayotgan
darsliklarga bog‘liqdir. Ya’ni, ta’lim standartlariga javob berishi, o‘quvchini qiziqtirishi,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

105

fanga mehrini uyg‘otishi kerak. Shuningdek, darsliklardagi har bir mavzu integratsiya
asosida tashkil etilgan bo‘lib, o‘quvchining dunyoqarashini, tasavvur olamini, tanqidiy

fikrlashini, ijodkorligini va kommunikativ qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgandir.

Darslikdagi har bir mavzuda ushbu ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladigan

rasmlar, savollar, topshiriqlar, metodikalar va mashqlar mavjud. Bularning barchasi

o‘quvchilarning aqliy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Boshlang‘ich sinflar uchun 4K modeli asosida yangi darsliklar ishlab chiqilganligi

katta

muvaffaqiyatdir. Qolaversa, yangi baholash tizimi joriy etildi. U nafaqat ma’lumotni

eslab qolishga balki 4K ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham qaratilgan. Bu yangi
innovatsion yondashuvni o‘quvchilarning dunyoqarashida, mustaqil fikrlashida, erkin
tarzda fikrlarini bayon qilishida va ijodkorligida ko‘rish mumkin. XXI asr o‘quvchilarida
XXI asr ko‘nikmalari bo‘lishi lozim. Innovatsion yondashuvni qo‘llashdan asosiy maqsad
ham shu ko‘nikmalarni o‘quvchilarda rivojlantirishdir. Hamda ta’limning asosiy

maqsadi

–o‘quvchilarga bilim berish bilan chegaralanib qolmasdan, balki olgan bilimlarini

hayotda, amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat.

4K modelidan foydalangan holda

ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘rganishga ko‘proq ishtiyoqmand bo‘lishadi va maktabga

borishdan zavqlanishadi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, 4K modelidan foydalangan holda

o‘rgangan o‘quvchilar fanlarda yaxshi natijalarga erishadilar.

4K modeli orqali o‘rgangan

o‘quvchilar tanqidiy fikrlash, muloqot, ijodkorlik va hamkorlik ko‘nikmalarini

rivojlantiradilar.

Ushbu metodologiya bolalarni har tomonlama rivojlantirishga

qaratilgan bo‘lib, 4K modeli o‘z tarkibiga 4 ta ko‘nikmani qamrab olgan:

Kollaboratsiya:

darsliklar o‘quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini

rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o‘quvchilarga hamkorlik qilish,
samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab

-

quvvatlash ko‘nikmalarini o‘rganishga

ko‘maklashadi.

Kommunikativlik:

o‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga,

suhbatdoshni tinglashga va tushunishga, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli
foydalanishga o‘rganadi.

Kreativlik:

o‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni

qo‘llashni o‘rganadi, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni
hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

Kritik (tanqidiy) fikrlash:

ushbu metodologiya o‘quvchilarning axborotni tanqidiy

baholash, o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z
ichiga oladi. O‘quvchilar muammolarga tahliliy nuqtayi nazardan yondashishni o‘rganadi
va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtai nazarini shakllantiradi.

Boshlang‘ich sinflarda ushbu 4ta ko‘nikmalarni rivojlantirishda ta’lim muhitining

holati, o‘quv jarayonini tashkil etish usullari, kasbiy ko‘nikmalarni o‘rgatish, o‘qitish
texnologiyalari va usullari, o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabat shakllariga e’tibor

qaratilgan.

Darsliklarni yaratishda bolalarning psixologik holati ham hisobga olingan.

O‘quvchilarning

ijodkorlik va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun turli xil rang-

barang rasm va illyustratsiyalardan unumli foydalanilgan. Ilmiy tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki, bola ma’lumotni matndan ko‘ra tasvirlar orqali tezroq o‘zlashtiradi. Shuning

uchun yangi darsliklar yaratishda matnlar bilan bir qatorda rasmlarga ham alohida

e’tibor berilgan. Yangi darsliklarda oltita grafik qahramonlar mavjud. Dars davomida ular
o‘quvchilar bilan g‘oyibona suhbatlashadi, savol

-javob qiladi, turli topshiriqlar beradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

106

O‘qituvchining asosiy quroli darslikdir. Amaldagi darsliklar eng yangi ilg‘or

pedagogik texnologiyalar asosida yaratildi. Agar alifbe kitobini misol keltiriladigan bo‘lsa,
mashq kitobi unga moslashtirilgan ya’ni bir

-biriga paralleldir. Mashq faqat daftarga

yozishdan iborat emas, o‘quvchilar mantiqiy fikrlashni ham o‘rganadilar: yetishmayotgan
harflarni, so‘zlarni topadilar, rasmlar asosida gaplar tuzadilar. Alifbo davridan ijodiy

fikrlash va fikrlarni ifodalashga moslashadilar. Ijodiy ish yozishda 3D rasmlar berilgan.

Ular asosida bola o‘z fikrlarini tasvirlashi mumkin. Umuman olganda darsliklar bola

tushunadigan kreativ yondashgan holda yaratilgan. 1-

sinfda o‘tilgan mavzular keyingi

sinflarda takrorlanib boradi. Bu mavzular haqidagi ma’lumotlar kengayib, ilmiy jihatdan

boyitilib boraveradi.

Bu darsliklarning yana bir yangiligi shundaki, masalan, matematika darsliklarida

tanqidiy va mantiqiy fikrlashga undaydigan va o‘quvchilarning o‘z ustida muntazam

ishlashiga qaratilgan misol-masalalar, topshiriqlar berilgan. Darslikda asosiy mavzudan

tashqari yondosh mavzudan ham foydalaniladi. Agar o‘lchovlar haqida gapiriladigan
bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududi, viloyatlari, daryolar soni kabi ma’lumotlar
yondosh mavzu sifatida berilgan. Bu holat bevosita fanlar o‘rtasida integratsiyani yuzaga

keltiradi. Yangi avlod darsliklarida barcha fanlar bir-

biri bilan chambarchas bog‘liqdir.

Ya’ni bir

-

birini to‘ldiradi.

Boshlang‘ich sinflarda fanlarni integratsiyalashgan holda o‘qitish dars

samaradorligini oshiradi, vaqtdan unumli foydalaniladi, darsni chuqur o‘zlashtirishga
yordam beradi, bo‘sh vaqtni ko‘paytiradi va yangidan yangi bilimlarni egallashga zamin
yaratadi. Boshlang‘ich ta’limda ona tili, o‘qish savodxonligi, tabiiy fanlar integratsiyasini

misol keltirish mumkin. Masalan, 3-sinfda 1-

mavzu vatan haqida bo‘lib, o‘qish

savodxonligi, tabiiy fanlar, ona tili, matematika darsliklarida ham shu mavzu berilgan.

Masalan, o‘qish savodxonligi kitobida 1

-

mavzu “Vatan madhi dillarda” deb berilgan.

Vatan haqida matn va unga oid lug‘at so‘zlar, turli topshiriqlar berilgan. Ona tili kitobida
asosiy mavzu “Nutq” bo‘lib, mavzuga doir barcha mashqlarda esa vatan, davlat ramzlari,
vatanimiz allomalari berilgan. Matematika darsligida asosiy mavzu “1 dan 100 gacha
bo‘lgan sonlar” yondosh mavzu esa “O‘zbekiston Respublikasi”, mavzuga oid masala,

misol, diagramma va jadvallarda mamlakat shaharlari, daryolari, tabiati, viloyatlarning
umumiy maydonlariga doir topshiriqlar berilgan. Tabiiy fanlar darsligining mavzusi

“Yozni eslab” bo‘lib, undagi savollar, topshiriqlar, rasmlarda yurtning so‘lim joylari,
O‘zbekiston cho‘llari va xaritasi tasvirlangan. Bu esa

bolalarga mavzuni yaxshiroq

tushunishga yordam beradi. Uni kengroq va chuqurroq o‘zlashtirishga imkon yaratadi.

Hamda uzoq vaqt eslab qolishga yordam beradi. Bu dars samaradorligini oshiradi.

XULOSA

Integratsiya fanlararo va mavzulararo bog‘liqlikni amalga oshirib, darslarni

qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. Chuqur tahlil qilishni talab qiladi, hodisalarni
umumlashtiradi, o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi. O‘z navbatida integratsion
dars o‘qituvchidan qo‘shimcha tayyorgarlik, katta bilim, yuksak kasb mahoratini talab

qiladi. Integratsion darsning asosiy xususiyati shundan iboratki, bunday dars bir

mavzuga asoslangan bo‘lib, u asosiy yo‘nalish hisoblanadi, qolganlari u bilan uzviy bog‘liq
bo‘lib, o‘rganishdagi jarayonlar, o‘quv predmeti mazmunini tushunish, uning mazmunini
anglashda hayot bilan munosabatda bo‘lish, olingan bilimlarni amalda qo‘llashda
o‘rgatadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

107

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXAT:

1.

Бацунов С.Н., Дереча И.И., Кунгурова И.М., Слизкова Е.В. Modern

Determinants of Development soft skills // Концепт. 2023. No 4. С. 198

-207. DOI 10.24

422/MCITO.2018.4.12 367. (in Russ.).

2.

Tojiyev B.B. (2024), Boshlang‘ich sinfo‘quvchilarida 4K ko‘nikmalarini

shakllantirish. ISSN: 2181-4066 DOI Journal 10.56017/2181-4066

3.

Umarov B. Educational Development And "Future Skills". The American Journal

of Social Science and Education Innovations, 2021/1, p. 78

Библиографические ссылки

Бацунов С.Н., Дереча И.И., Кунгурова И.М., Слизкова Е.В. Modern Determinants of Development soft skills // Концепт. 2023. No 4. С. 198-207. DOI 10.24 422/MCITO.2018.4.12 367. (in Russ.).

Tojiyev B.B. (2024), Boshlang‘ich sinfo‘quvchilarida 4K ko‘nikmalarini shakllantirish. ISSN: 2181-4066 DOI Journal 10.56017/2181-4066

Umarov B. Educational Development And "Future Skills". The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2021/1, p. 78