Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Structure of population migration by directions and
periods
Malakhat SAIPOVA
University of Public Safety of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
In the article, the author outlined his opinion on the
directions, causes and duration of migration processes, using
diagrams for visual representation of data. The author's personal
conclusion was also presented, based on the analysis of the
studied literature on this topic.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp82-87
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
migration,
social,
economic,
political,
conditions,
consequences,
direction,
reasons,
urban,
rural,
state,
country,
type,
duration,
long-term,
short.
Aholi
migratsiyasining yo‘nalishlari va muddatiga ko‘ra
tuzilmasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
migratsiya,
ijtimoiy,
iqtisodiy,
siyosiy,
sharoit,
ta’sir,
yo‘nalish,
Muallif maqolada migratsiya jarayonining yo‘nalishi,
sabablari,
muddati
yuzasidan
o‘z
fikrlarini
bergan,
ma’lumotlarning ko‘rgazmali bo‘lishi uchun sxemalardan
foydalangan. Shuningdek, mavzu bo‘yicha o‘rganilgan
adabiyotlar tahlili yuzasidan o‘zining shax
siy xulosasini taqdim
etgan.
1
Doctor of Psychology (DSc), Associate Professor, University of Public Safety of the Republic of Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
83
sabablar,
shahar,
qishloq,
davlat,
mamlakat,
tur,
muddat,
uzoq,
qisqa.
Структура миграции населения по направлениям и
периодам
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
миграция,
социальная,
экономическая,
политическая,
условия,
последствия,
направление,
причины,
городская,
сельская,
штат,
страна,
тип,
продолжительность,
длительная,
короткая.
В статье автор изложил своё мнение о направлениях,
причинах и продолжительности миграционных процессов,
используя схемы для наглядного представления данных.
Также был представлен личный вывод автора, основанный
на анализе изученной литературы по данной теме.
Demografik jihatdan migratsiyaning ahamiyatini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
· aholining miqdori, jinsi va yoshiga oid tarkibini o‘zgartiradi (kelgan hududlarda
maskulinizatsiyaning kuchayishi, yosharish va aksincha);
· aholining etnik tarkibiga jiddiy o‘zgarishlar kiritadi;
·
oilalarni nuklear (ota-ona va bolalar yoki faqat er-xotindan iborat) oilaga
aylantirishga yordam beradi;
·
aholi sifatini yaxshilaydi yoki yomonlashtiradi;
·
reproduktiv xulq-
atvor tipini o‘zgartiradi;
·
ishchi kuchi va bandlikni yangilaydi,
·
demografik siyosatni takomillashtirishni talab qiladi.
Amerikalik geograf V.Zelinskiy [2] 1971 yili “Geografik obzor” (Geographical
review) nomli jurnalda o‘zining migratsiya borasidagi konsepsiyasini chop ettirdi. U
demografik o‘tish asosida migratsiya jarayonining rivojlanishini ijtimoiy va iqtisodiy
rivo
jlanish bilan parallel ravishda o‘zgarib turadigan va ularning evolyutsiyasini ochib
beruvchi 5 ta bosqichini aniqladi:
1. Dastlabki
–
sanoatdan oldingi jamiyat: migratsiya harakati sezilarsiz bo‘lgan davr.
2. Demografik portlashning boshlanishi, ommaviy qishloq-shahar migratsiyasi,
yangi yerlarni mustamlaka qilish, mavsumiy migratsiya, uzoq masofaga mayatniksimon
harakatlanish, hatto migratsiya.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
84
3. Shaharlar o‘rtasida qishloq
-shahar migratsiyasi. Emigratsiya qisqaradi. Qaytma
migratsiyaning jadalligini oshishi.
4. Texnologik rivojlanishning yuqori darajasi, past tabiiy o‘sish, qishloqdan
shaharga ko‘chish saqlanib qoladi, ammo past darajada. Yuqori darajadagi qaytmaydigan
migratsiya. Shahar ichidagi ko‘chib yurish “qishloq
-
shahar” ko‘chish harakatlidan ustun
kel
adi. Shahardan qishloqqa qaytma harakatlanishning rivojlanishi ro‘y beradi.
Millatlararo korporatsiyalarning ishlashi natijasida malakasiz ishchilar va malakali
mutaxassislar immigratsiyasi sodir bo‘ladi.
5. Kelajak jamiyati
–
shaharlararo migratsiya, shahardan qishloqqa siljish. Garchi
davlatlararo migratsiya davom etayotgan bo‘lsa
-da, davlat tomonidan nazoratning
kuchayishi kuzatiladi. Ushbu model vaqt o‘tishi bilan turli mamlakatlar uchun davomli
hisoblanadi.
Migratsiyaning turli tasniflari mavjud. Turli mualliflar har xil asoslarni ajratadilar:
1.
Kesib o‘tiladigan ma’muriy chegaralar bo‘yicha turlari: tashqi (davlat) –
xalqaro
migratsiya, ichki chegaralar
–
ichki migratsiya. O‘z navbatida, migratsiya yirik hududiy
birliklar doirasida va ular o‘rtasida; qishloq ichida; qit’alararo shaharlararo, dav
latlararo,
qishloq-shahar, shahar-
qishloq kabi turlarga bo‘linadi.
Shunga muvofiq ravishda “emigratsiya” va “immigratsiya” tushunchalari mavjud.
Birinchisi, mamlakatdan chiqib ketishni anglatadi. Emigratsiya boshqa davlatga uning
fuqaroligini olish maqsadida doimiy yashash uchun chiqib ketish sifatida ta’riflanadi.
Tug‘i
lgan yurtidan chiqib ketayotgan odam emigrant deb ataladi.
Immigratsiya boshqa mamlakatga ishga joylashish yoki o‘qish, oilasi bilan
birlashtirish uchun kirishni anglatadi. Chet el fuqarolarining mamlakatga kirishi unda
doimiy yashash va, qoida tariqasida, uning fuqaroligini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Bular immigrantlardir.
Ichki migratsiya quyidagi yo‘nalishlarda boradi: shahar
-shahar, qishloq-qishloq,
shahar-qishloq, qishloq-
shahar (xalqaro migratsiya ham shunga o‘xshash bo‘lishini
unutmang).
Yo‘nalishi bo‘yicha
Tashqi migratsiya
Ichki migratsiya
Yirik hududiy birliklar doirasida va ular
o‘rtasida
Shaharlararo, qit’alararo, davlatlararo
Qishloq ichida
Qishloq-shahar; shahar-qishloq
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
85
Vaqt parametrlari, ya’ni muddati bo‘yicha: 1) doimiy (qaytmaydigan), 2)
qaytadigan; 3) uzoq muddatli: mayatniksimon; qisqa muddatli: mavsumiy.
Qaytmaydigan
–
inson mamlakatni abadiy tark etadi, yashash joyini o‘zgartiradi
(masalan, “intelligentlarning kamayishi, oqib chiqib ketishi”).
Vaqtinchalik
–
yetarlicha uzoq, ammo cheklangan muddatga, ko‘pincha oldindan
belgilangan muddatga (shartnoma bo‘yicha bir necha yillik ish) ko‘chib o‘tiladi.
Vaqtinchalik va doimiy migratsiyani farqlash qiyin bo‘lishi mumkin: insonning o‘zi bazida
buning
nima ekanligini bilmaydi. Shundan yangi joyda, yangi mamlakatda o‘tkaziladigan
muayyan vaqt bilan chegaralangan “doimiy
-
vaqtinchalik migratsiya” tushunchasi kelib
chiqqan. Ta’rifga ko‘ra, 1 yil yoki undan ko‘proq muddatga chiqib ketadigan shaxslar “uzoq
muddatli” (doimiy) muhojirlar hisoblanadi.
Mavsumiy migratsiya
–
bu odamlarning ma’lum oylarda yillik harakati: qishda
dehqonlarning korandalikka borishlari, o‘rim
-
yig‘im uchun yollanishlari, qurilish ishlari,
kurort, oromgohlarga tashriflar.
Mayatniksimon migratsiya deganda, doimiy ravishda uyga qaytish bilan o‘z
hududidan tashqarida ishlash yoki o‘qish uchun muntazam sayohat tushuniladi. Ularni
yana “mokidek uyoqdan buyoqqa qatnovchilar” deydilar.
Epizodik migratsiya
–
bu doimiy vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lmagan xizmat
faoliyatiga doir, sayyohlik, dam olish va boshqa sayohatlar. Ko‘lami bo‘yicha ular eng keng
tarqalganlaridir.
3. Ko‘chib yurish sabablariga ko‘ra:
a) ijtimoiy-
iqtisodiy: ish qidirishda, bo‘sh qishloq xo‘jaligi yerlari, yaxshi daromad,
b) tijorat,
v) siyosiy: irqiy, diniy va hokazo ta’qib qilishlardan qochish, shuningdek,
repatriatsiya.
g) harbiy sabablarga ko‘ra: evakuatsiya, qayta evakuatsiya, deportatsiya;
d) demografik sabablarga ko‘ra –
oilaning birlashishi;
e) diniy sabablarga ko‘ra.
Vaqt parametrlari, ya’ni muddati
bo‘yicha
Qaytadigan
Qaytmaydigan
Uzoq muddatli
Qisqa muddatli
Mayatniksimon
Mavsumiy
Epizodik
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
86
4. Qonunlarga kelsak: qonuniy va noqonuniy (noqonuniy, yashirin) migratsiya.
5. Davlatning munosabati: qo‘llab-quvvatlash. Ijtimoiy uyushgan va ijtimoiy
uyushmagan, jamoat murojaatlari bilan migratsiya, ishchilarni yollash. Uyushmagan
ko‘chib o‘tish ulushi ortib boradi. Davlatlarning “chiqarib yuboruvchi” va “qabul
qiluvchi”, donor mamlakatlar, oluvchi mamlakatlarga bo‘linishi.
6. Migrantlar tarkibiga ko‘ra: etnik guruhlar, ishchilar, ziyolilar.
7. Ixtiyoriylik darajasi: inson uning xohishidan qat’i nazar (beixtiyor) amalga
oshiriladimi yoki yo‘qligini o‘zi hal qiladi.
“Mehnat migrantlari oilalarida voyaga yetayotgan farzandlarning psixologik
rivojlanish xususiyatlari” mavzusidagi tadqiqotimiz doirasida o‘rganib chiqib, qilgan
tahlillarimiz asosida yana bir bor amin bo‘ldikki, har bir migrant qarori – bu individual
yondashuv natijasidir. Shu bois aholi migratsiyasining sabablari, yo‘nalishi, turlarini bir
necha toifalarga ajratish, tasniflash mumkin.
Xulosa tarzida jadal sur’atlarda kechayotgan ushbu jarayonning yalpi
xususiyatlarini umumiylashtirib, quyidagi dolzarb tendensiyalarni ko‘rsatish mumkin:
▪
migratsiyaning demografik ahamiyati jadallik bilan ortib bormoqda. Chunki
aholisi keksayib borayotgan davlatlarda aholi sonini muhojirlar hisobidan ortishi
kuzatilmoqda;
▪
jahon miqyosida migratsiya oqimlarining globallashuvi sodir bo‘lmoqda. Bunda
deyarli barcha mamlakatlar qamrab olingan bo‘lib, immigratsiya yoki emigratsiya
ustuvorligi kuzatilayotgan davlatlar reytingi o‘rnatilmoqda;
▪
migratsiya oqimida sifat jihatidan o‘zgarishlar – malakasi va kasbiy
kompetentlilik darajasi yuqori bo‘lgan migrantlar ulushi o‘sib bormoqda;
▪
jahonning rivojlangan davlatlarida migratsiya siyosatining ikki yoqlama
xususiyati – emigratsiyaga qarshi siyosatning kuchaytirilishi va tartibga solinishi,
immigratsiyaning qo‘llab-quvvatlanishi ortmoqda;
▪
migratsiyaning odamzot uchun nafaqat moddiy manfaatdorlik, balki shaxsiy
tanlov darajasiga ko‘tarilishi jarayonni ilmiy jihatdan yanada chuqur o‘rganishni taqozo
etmoqda.
Ko‘chib
yurish
sabablariga
ko‘ra
ijtimoiy-
iqtisodiy
tijorat
siyosiy
harbiy
demografik
diniy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
87
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
Deleva Ž. Conceptualizing Migration in Europe: Selected Theoretical
Approaches. // Institute of European Studies and International Relations Faculty of Social
and Economic Sciences Comenius University Working Paper, 2010. № 04. P. 3
-40.
2.
Zelinsky W. The Hypothesis of the Mobility Transition. // Geographical
Review, 1971. № 61. P. 219
-249.
3.
Castles S., Miller M. The age of migration: international population
movements in the modern world.
–
London: Macmillan, 1993. 306 p.
