Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Comparative analysis of the Salam contract and
contractation agreements in Uzbekistan's legislation: legal
aspects and practice
Anvarbek YULDOSHBEKOV
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
This article presents a comparative analysis of the Salam
contract and the contractation agreement in Uzbekistan's
legislation. The Salam contract is an important component of
the Islamic financial system, which involves prepayment for
goods or products and subsequent delivery of the products at a
specified time. This contract is widely used in the agriculture
and industrial sectors. The contractation agreement in
Uzbekistan's legislation is a sales contract between the
producer and the buyer, which stipulates the obligation to
deliver the produced goods within specified deadlines. This
type of contract is mainly associated with the delivery of
agricultural products. The article compares the main legal
features of the Salam contract and the contractation agreement,
including payment and delivery terms, obligations of the
parties, liability, and risk management mechanisms.
Furthermore, the article examines the similarities and
differences between the prepayment system specific to the
Salam contract and the payment mechanisms in the
contractation agreement.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp45-50
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Salam contract,
contractation agreement,
Islamic finance,
sales contracts,
agricultural contracts,
payment mechanisms,
contractual obligations,
contractual risks,
liability of the parties.
1
Lecturer, Department of Business Law, Tashkent State University of Law.
Email: anvarbekyuldashbekov07@gmail.com.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
46
Salam shartnomasi va o‘zbekiston qonunchiligidagi
kontraktatsiya shartnomalarining qiyosiy tahlili: huquqiy
jihatlar va amaliyot
ANNOTATSIYA
Kalit so‘
zlar:
Salam shartnomasi,
kontraktatsiya shartnomasi,
islom moliyasi,
oldi-sotdi shartnomalari,
qishloq xo‘jaligi
shartnomalari,
to‘lov mexanizmlari,
shartnoma majburiyatlari,
shartnoma xatarlari,
taraflarning javobgarligi.
Ushbu maqolada Salam shartnomasi va O‘zbekiston
qonunchiligidagi kontraktatsiya shartnomasining qiyosiy tahlili
olib boriladi. Salam shartnomasi Islom moliyasi tizimining
muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u tovar yoki mahsulot uchun
oldindan to‘lov qilish va keyinchalik mahsulotni belgilangan
muddatda yetkazib berishni nazarda tutadi. Mazkur shartnoma
qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida keng qo‘llaniladigan
shartnoma turi hisoblanadi.
Kontraktatsiya shartnomasi esa O‘zbekiston qonunchiligida
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va xaridor o‘rtasida tuziladigan
oldi-
sotdi shartnomasi bo‘lib, unda ishlab chiqarilgan
mahsulotlar belgilangan muddatda yetkazib berilishi shart qilib
qo‘yiladi. Mazkur shartnoma, asosan, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini yetkazib berish bilan bog‘liq.
Maqolada
salam
shartnomasi
va
kontraktatsiya
shartnomasining asosiy huquqiy xususiyatlari, to‘lov va
yetkazib
berish
shartlari,
taraflarning
majburiyatlari,
javobgarligi hamda xatarlarni boshqarish mexanizmlari
solishtiriladi. Shuningdek, salam shartnomasiga xos bo‘lgan
oldindan to‘lov tartibi va kontraktatsiya shartnomasidagi to‘lov
mexanizmlarining o‘xshash va farqli jihatlari ko‘rib chiqiladi.
Сравнительный анализ договора Салам и договоров
контрактации
в
законодательстве
Узбекистана:
правовые аспекты и практика
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Договор Салам,
договор контрактации,
исламские финансы,
договоры купли
-
продажи,
договоры в сельском
хозяйстве,
механизмы оплаты,
обязательства по
договору,
риски по договору,
ответственность сторон
.
В данной статье проводится сравнительный анализ
договоров
Салам
и
контрактации
в
контексте
законодательства Узбекистана. Договор Салам, являющийся
важной
частью
исламской
финансовой
системы,
предполагает предоплату за товар или продукцию с
последующей поставкой в установленный срок. Этот договор
широко
используется
в
сельском
хозяйстве
и
промышленности.
Договор контрактации в законодательстве Узбекистана
представляет
собой
форму
купли
-
продажи
между
производителем и покупателем, при которой производитель
обязуется
поставить
произведённую
продукцию
в
оговорённые сроки. В основном такой договор применяется
при поставках сельскохозяйственной продукции.
В статье сравниваются ключевые правовые особенности
договоров Салам и контрактации, включая условия оплаты и
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
47
поставки, обязательства сторон, ответственность и
механизмы управления рисками. Особое внимание уделяется
сходствам и различиям между предоплатой, характерной для
договора Салам, и механизмами оплаты, предусмотренными
в договоре контрактации.
KIRISH
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy erkinlik, raqobat va innovatsiyalar muhim
omil bo‘lib xizmat qiladi. Islom moliyasi ushbu tamoyillarni qo‘llab
-quvvatlab, moliyaviy
operatsiyalarning muqobil shakllarini taklif etadi. An’anaviy moliya tizimi odatda foiz
(ribo) asosida ishlaydi, Islom moliyasi esa foizga asoslangan operatsiyalarni taqiqlaydi va
tijorat faoliyati bilan bog‘liq daromadlar asosida moliyaviy vositalarni yaratadi. Bu esa
bozor iqtisodiyoti sharoitida ham ijtimoiy adolat va moliyaviy barqarorlikka erishishga
xizmat qilishi mumkin.
Islom moliyasi tizimidagi
shartnomalar turli moliyaviy operatsiyalarni shar’iy
qoidalar asosida amalga oshirish uchun yaratilgan bo‘lib, ularning o‘ziga xos xususiyatlari
va qoidalari mavjud. Shu jumladan, salam shartnomasi
—
Islom moliyasining muhim
tuzilmalaridan biri hisoblanib, u tovarlar uchun avans to‘lov amalga oshirilishi va
ularning keyinchalik belgilangan muddatda yetkazib berilishini nazarda tutadi. Bu
shartnoma, asosan, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida qo‘llanilib, moliyaviy
barqarorlik va xatarlarni kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Boshqa tomondan, kontraktatsiya shartnomasi O‘zbekiston Respublikasining
fuqarolik qonunchiligida mustahkamlangan bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab
chiqaruvchilar bilan ularni sotib oluvchilar o‘rtasidagi kelishuvlarni tartibga soladi.
Mazkur shartnoma mahsulotlarni yetkazib berish muddatlari, sifat talablari va to‘lov
mexanizmlarini belgilab, sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy
jihatdan mustahkamlaydi.
Ushbu maqolada salam shartnomasi va kontraktatsiya shartnomasining huquqiy
jihatlari, tuzilishi va amaliy qo‘llanilishi qiyosiy tahlil qilinadi. Islom moliyasining shar’iy
tamoyillari asosida tuzilgan salam shartnomasi va O‘zbekistonning amaldagi
qonunchilikka muvofiq kontraktatsiya shartnomasi o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlar
o‘rganiladi. Bu tahlil ikki xil shartnomaning huquqiy asoslari, taraflar majburiyatlari,
to‘lov va yetkazib berish tartiblari hamda xatarlarni boshqarish mexanizmlarini
aniqlashga qaratilgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Maqolaning asosiy maqsadi
–
salam shartnomasi va kontraktatsiya
shartnomasining huquqiy tizimidagi mavqei va ularning O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi
va boshqa sohalarda qo‘llanilish imkoniyatlarini o‘rganish orqali mavjud qonunchilikni
yanada takomillashtirishga yo‘l ochishdir.
Islom huquqi (fiqh) Salam shartnomasining huquqiy asoslarini yaratadi. Bu
huquqiy tizimda asosiy e
’
tibor xatarlardan himoya qilish, adolatli savdo va foizsiz
moliyaviy faoliyatga qaratilgan. Fiqh bo‘yicha asosiy qoida –
mahsulot mavjud bo‘lmasa
ham, to‘lov amalga oshirilishi mumkin, biroq mahsulotning sifati, miqdori, yetkazib
berish vaqti aniq belgilangan bo‘lishi kerak.
[1]
Salamning eng asosiy qoidası —
xaridor mahsulot uchun oldindan 100 foiz to'lov
qiladi, sotuvchi esa mahsulotni kelishilgan paytda (kelajakda) xaridorga yetkazib berishi
shart! Agar xaridor sotuvchiga qisman pul to'lasa, u holda qolgan pul ham nasiya, mol
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
48
ham nasiya bo'lib qoladi. Bunday savdo nasiyani nasiyaga sotish bo'ladi. Bu esa riboviy
amaliyot hisoblanadi. [2]
Fiqhiy olim Abdulmannon Abdulloh ham o‘zining “Tijorat va ishlab chiqarish
haqida tasavvur”
asarida salam shartnomasi bo‘yicha o‘z fikrlarini quyidagicha bayon
etgan bo‘lib, unga ko‘ra: “Bayi salam savdosi vaqtida sotilayotgan narsa mavjud ham,
tayin ham va sotuvchining mulkida ham bo‘lmasligi takidlab o‘tilgan. Shu sababli, ushbu
savdo aslida joiz bo‘lmasligi lozim. Biroq shariat odamlarning zarur hojatlari, xususan,
dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan kishilarning ehtiyojlarini e’tiborga olib
, bu savdoga
ijozat bergan. Sababi bu savdoda sotuvchiga ham, xaridorga ham
–
har ikkisiga foyda bor.
Masalan, sotuvchi pulni oldindan olsa, u pul bilan oilasini boqadi va boshqa narsalarni
ham sotib oladi. Xaridor esa oldindan bergani uchun oladigan narsasini ommaviy
narxdan arzonroq oladi
”
[3]. Bundan xulosa qilish mumkinki, pulning oldindan
to‘langanligi kelajakda bozordagi narxning ko‘tarilib,
tushishidan ikkala tomon ham
himoyalangan bo‘ladi.
Salam shartnomasining yana bir o‘ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida quyidagini
ham keltirib o‘tish maqsadga muvofiq
,
ya’ni xaridor tomonidan sotuvchiga tovarni
yetkazib berishdan oldin to‘liq to‘lovni amalga oshirishidir. Tovar hali ishlab
chiqarilmagan yoki yetishtirilmagan bo‘lsa ham, to‘lov to‘liq beriladi. Bu islomiy
moliyaviy huquqda riba (foiz) va garar (noaniqlik)ning oldini olishga qaratilgan.
Shu o‘rinda kontraktatsiya shartnomasining huquqiy jihatiga to‘xtaladigan bo‘lsak.
Kontraktatsiya shartnomasi iqtisodiy mazmun jihatdan oldi-sotdi shartnomasining
bir turidir. Lekin u o‘ziga xos huquqiy belgilari bilan oldi
-sotdi shartnomasining boshqa
turlaridan ajralib turadi.
Kontraktatsiya shartnomasiga tarif O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 465-
moddasida belgilangan bo‘lib, unga asosan kontraktatsiya
shartnomasiga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtiruvchi, qishloq xo‘jaligi
mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun bunday mahsulotni xarid qiladigan shaxsga
–
tayyorlovchiga shartlashilgan muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi,
tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish (qabul qilib turish), uning haqini
shartlashilgan muddatda muayyan bahoda to‘lash (to‘lab turish) majburiyatini oladi.
[4]
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353
-moddasiga muvofiq
shartnoma so‘ziga quyidagicha ta’rif berilgan bo‘lib, ya’ni ikki yoki bir necha shaxsning
fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish
haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi.
Kontraktatsiya shartnomasining huquqiy belgilari:
birinchidan,
konsensual bo‘lib, shartnoma taraflar o‘rtasida kelishib (tuzilib)
imzolangandan so‘ng darhol kuchga kiradi hamda huquq va majburiyatlar yuklaydi;
ikkinchidan,
u ikki tomonlama bo‘lib, shartnomada xo‘jalik va tayyorlovchi o‘zlariga
tegishli huquq va majburiyatlar oladi;
uchinchidan,
u haq baravariga tuziladi, ya’ni yetkazib berilgan mahsulot evaziga
ikkinchi taraf uning haqini to‘lashga majburdir;
to‘rtinchidan,
shartnoma ham rejali, ham erkin kelishuvda bo‘lishi mumkin.
TADQIQOT NATIJALARI VA TAHLILI
Ilmiy o‘rganishlar natijasida shuni ko‘rish mumkinki,
Islom huquq tizimida mavjud
salam shartnomasi mazmunan ham shaklan komtraktatsiya shartnomasiga yaqin
bo‘lganligi sababli, ushbu ikki shartnomani ilmiy
-amaliy jihatdan qiyosiy tahlil qilish
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
49
maqsadga muvofiq.
Salam shartnomasi va Kontraktatsiya shartnomasi o‘ziga xos
shartnomalar bo‘lib, ular har biri turli xil iqtisodiy va huquqiy doiralarda qo‘llaniladi.
Ularning ilmiy jihatdan o‘rganilishi turli manbalar orqali keng yoritilgan, lekin ular har xil
huquqiy tizimlar va iqtisodiy sharoitlarga asoslanadi.
Muhammad Taqi Usmani
o‘zining
"An Introduction to Islamic Finance"
kitobida ushbu masalga quyidagicha to‘xtaladi
. Salam shartnomasi islomiy moliya tizimi
kontekstida o‘rganiladi. Usmoniy bu shartnomaning foizsiz (ribo) moliyaviy
mexanizmlarda qanday qo‘llanishini tushuntiradi. Salamning iqtisodiyotdagi o‘rni,
xususan, qishloq xo‘jaligi sektoridagi qo‘llanishi tahlil qilinadi.
[5]
Ahamiyatli jihati shundaki, Salam shartnomasi xalqaro ilmiy doiralarda ham
qiziqish uyg‘otmoqda.
Harvard Law School
va
Oxford Islamic
Studies markazlari
tomonidan chiqarilgan ilmiy maqolalar islomiy moliya tizimi va tijorat amaliyotlari
nuqtayi nazaridan Salam shartnomasini tahlil qilgan. Bu tadqiqotlar asosan islomiy
moliya tizimlarining zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rnini tahlil qilishga qaratilgan.
Yana bir fiqhiy olim Ibn Rushd Salamning huquqiy asoslari, shartlari va
noaniqlikdan (garar) saqlanish qoidalarini yoritib o‘tgan
[6].
K.S. Belyakov
,
"Kontraktatsiya shartnomalari va ularning huquqiy asoslari"
:
Ushbu asarda kontraktatsiya shartnomasining Rossiya va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi
sektoridagi ahamiyati va huquqiy xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. Muallif bu
shartnomaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini ham tadqiq etadi.Unga ko‘ra, bu
shartnoma o‘zining huquqiy tabiati bilan oddiy oldi
-sotdi shartnomasidan farq qiladi,
chunki u asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kelajakda yetkazib berish majburiyatiga
asoslangan. Bu uning konsensual tabiati bilan bog‘liq bo‘lib, shartnoma tuzilishi bilan
kuchga kiradi va har ikki tomon uchun huquqiy majburiyatlar yuklaydi. [7]
XULOSA
Salam shartnomasi
asosan Islomiy moliya tizimi doirasida ribosiz va garardan
saqlanish qoidalari asosida tuziladi, bu esa oldindan to‘liq to‘lov va kelajakda mahsulot
yetkazib berishni nazarda tutadi.
Kontraktatsiya shartnomasi
fuqarolik huquqi doirasida tuzilib, to‘lov va yetkazib
berish shartlari erkin kelishuv asosida amalga oshiriladi. Bu shartnoma qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini kelishilgan muddatlarda yetkazib berish va haqini to‘lashni ta’minlaydi.
Har ikkala shartnoma ham iqtisodiy risklarni kamaytirish va tomonlarning
huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, tomonlar o‘z majburiyatlarini
bajarishlari uchun huquqiy himoya mexanizmlarini o‘z ichiga oladi.
Muhammad Taqi Usmani,
o‘zining
“Islom moliyasiga kirish”
asarida xatarlarni
boshqarish mexanizimi bo‘yicha quyidagicha fikr bildiradi: “Salam shartnomasi doirasida
xatarlarni boshqarish mexanizmlari, mahsulotning tavsifi, miqdori va sifati orqali amalga
oshiriladi. Ushbu mexanizmlar tomonlar o‘rtasida kelishmovchiliklarni oldini olish va
shartnoma shartlarini bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish
uchun muhim ahamiyatga ega. Aniq va batafsil tavsif, miqdor va sifat shartlari,
shuningdek, qo‘shimcha choralar, shartnoma bajarilishining samaradorligini
ta
’
minlaydi[8]
”
-deydi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan fikrlardan shuni xlosa qilish mumkinki, s
alam va
kontraktatsiya shartnomalari, ikkisi
ham qishloq xo‘jaligi va savdo sohasida keng
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
50
qo‘llaniladigan huquqiy vositalar hisoblanadi. Ular oldindan to‘lov va yetkazib berish
jarayonlarini tartibga soluvchi muhim shartnomalar bo‘lib, xatarlarni boshqarishning
samarali mexanizmlariga ega.
Salam shartnomasi
asosan oldindan to‘lov asosida
kelajakda mahsulot yetkazib berishni nazarda tutsa,
kontraktatsiya shartnomasi
mahsulot yetkazib berilgandan keyin to‘lovni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Har ikkala
shartnomada ham taraflarning majburiyatlari, to‘lov va javobgarliklar, shuningdek,
xatarlarni boshqarish mexanizmlari aniq belgilanishi, kelishmovchiliklarning oldini
olishda muhim omil hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. M.Muhsin Khan, Sahih al-Buxoriy, Kitob al-
Buyu', Hadis №2239
2.https://www.fiqh.uz
3.Abdulmannon Abdulloh. “Tijorat va ishlab chiqarish haqida tashavvur”
-T.:
“Hilol
-
Nashr”, 2022. 216 b.
4. N.
Xushbokova КОНТРАКТАЦИЯ ШАРТНОМАСИ БИЛАН БОҒЛИҚ
ҚОИДАЛАРНИ
ВА НИЗОЛАРНИ ТАРТИБГА СОЛИШ МАСАЛАЛАРИ // SAI. 2022. №
C4.
URL:
5.
https://cyberleninka.ru/article/n/kontraktatsiya-shartnomasi-bilan-bo-li-
oidalarni-va-nizolarni-tartibga-solish-masalalari
(дата обращения: 09.10.2024).
Muhammad Taqi Usmani, "An Introduction to Islamic Finance", 1998, sahifa 42-43.
6.
Ibn Rushd
,
"Bidayat al-Mujtahid wa Nihayat al-Muqtasid"
, 12th century, Book 2,
Chapter 4, pp. 246-250 (Discussion on Salam contract, its uncertainty, and legal
principles).
7.К.С. Беляков
,
"Контрактация и её правовые основы"
, Москва, 2005, стр.
145-150
8.
Ibn Rushd,
"Bidayat al-Mujtahid wa Nihayat al-Muqtasid"
, Book 2, Chapter 4, pp.
246-250.
