Авторы

  • Нодирбек Зохиров
    Старший преподаватель, лейтенант, кафедра воспитательно-психологическое обеспечение служебной деятельности, Университет общественной безопасности Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp259-265

Ключевые слова:

воля волевые качества мужество самообладание сила воли решительность стойкость независимость смелость упрямство

Аннотация

В данной статье раскрывается содержание волевых качеств и значение мужества в формировании морально-волевых качеств военнослужащих.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The importance of courage in the moral and volitional
qualities of military personnel

Nodirbek ZOKHIROV

1


University of Public Security of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

15 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

This article reveals the content of volitional qualities and the

importance of courage in the formation of moral and volitional

qualities of military personnel.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp259-265

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

will,

volitional qualities,

courage,

self-control,

willpower,

determination,
steadfastness,
independence,

courage,

stubbornness.

Harbiy xizmatchilar axloqiy-irodaviy sifatlarida jasoratning
ahamiyati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

iroda,

irodaviy sifatlar,

jasorat,

o‘zini o‘zi boshqarish,

iroda kuchi,

qat’iyatlilik,

sobitqadamlik,

mustaqillik,

dadillik,

qaysarlik.

Mazkur maqolada irodaviy sifatlar mazmuni va harbiy

xizmatchilarning axloqiy-irodaviy sifatlari shakllanishida

jasoratning ahamiyati haqida fikrlar bayon etilgan.

1

Senior Lecturer, Lieutenant, Department of Educational and Psychological Support of Service Activities, University

of Public Security of the Republic of Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

260

Значение мужества в морально

-

волевых качествах

военнослужащих

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

воля,

волевые качества,

мужество,

самообладание,

сила воли,

решительность,

стойкость,

независимость,

смелость,

упрямство.

В данной статье раскрывается содержание волевых

качеств и значение мужества в формировании морально

-

волевых качеств военнослужащих.

KIRISH

XXI asrda barcha davlatlarni qamrab olgan turli xil siyosiy, ijtimoiy hamda

globalizatsiyalashgan vaziyat hech bir sohani chetda qoldirmayapti. Xususan, dunyo

mamlakatlaridagi turli xil tuzumlarga nisbatan ichki tahdidlar, davlatlararo nizolar,

diplomatik aloqalarning notekis o‘rnatilganligi, shuningdek, ekstremal(favqulodda)

vaziyatlarning jamiyat barqarorligiga salbiy ta’siri, o‘z navbatida, barcha jahon

davlatlarini sarosimaga solmoqda.

Shu nuqtai nazardan, hozirgi zamonda harbiy xizmatchilarning kasbiy

professionalligini oshirish orqali davlat chegarasi daxlsizligini ta’minlash O‘zbekiston

Respublikasida davlat siyosati darajasidagi masalalardan hisoblanadi. Mamlakat harbiy

xizmatchilarini ekstremal(favqulodda) holatlarda tezkor qaror qabul qiladigan, har

qanday vaziyatda milliy taassublikni tanlaydigan hamda ichki ma’naviy

-ruhini

shakllantirib, ularni har qanday sohani mukammal biladigan qilib tarbiyalash

mamlakatning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. Unga ko‘ra, mamlakatlarda yuzaga

kelgan ichki hamda davlatlararo munosabatlarda harbiy xizmatchilardagi jasorat

tuyg‘usining po‘rtanadek otilib chiqishi, o‘z xalqining tinchligi, vatanining osoyishtaligi,

hamda oilasining farovonligi uchun zarurat tug‘ilsa, jonini kamarbasta aylab, tarix

zarvaraqlariga zarhal harflar bilan iz qoldirishdek, ulkan sharafli hamda savobli ishni

qilishlik masalalari kundan-

kunga kamayib bormoqda. Tomirimizdagi qon jo‘shib oqar,

yuragimiz urib turar ekan, vatanning tinchligi hamda oilaning farovonligi

yo‘lida

ko‘rsatilgan jasorat mangu barhayotdir.

Jonajon vatanimiz tinchligini ta’minlashdek yuqori mas’uliyatli, shu bilan birga

savobli ishlarni bajarishga harbiy xizmatchilarimiz javobgardirlar. Ularda buning uchun

vatanparvarlik, jasorat hamda matonat xislatlarining yetarlicha bo‘lishi, bevosita vatanga

bo‘lgan muhabbatning yaqqol ko‘rinishidir.

Yaqin Sharq davlatlari konstitutsiyalarida harbiy xizmat haqida bir qancha qat’iy

belgilangan moddalar mavjud

. Shu asnoda, O‘zbekiston Respublikasida ham harbiy

xizmatga e’tibor yetarlicha.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining

64-

moddasida quyidagicha keltirilgan: “O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish

O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan

tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar”. Bunga ko‘ra, mamlakatda

istiqomat qiluvchi barcha fuqarolar o‘z ona yurtlarini himoya qilishlari, turli xil yuzaga

keladigan favqulodda vaziyatlarda, tabiiy va texnogen holatlarda jasorat ko‘rsatishlari,

shuningdek, lozim topilsa agar, jonlarini fido qilishlari ko‘rsatilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

261

Mamlakat aholisini va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning

fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, ularda liderlik sifatlarini shakllantirish bilan bogʻliq
ishlarni “Jasur jangchi –

yoshlar uchun namuna” shiori ostida yanada jadallashtirish,

harbiy okruglar qoʻmondonliklariga kamida 10 tadan maktabni otaliqqa olish hamda

harbiy qism komandirlari tomonidan ularda vatanparvarlik va harbiy shon-sharaf

darslari yoʻlga qoʻyildi. Mazkur vazifalar ijrosini tа’minlash samaradorligi oʻlaroq,

Prezidentimiz Sh.

Mirziyoyevning “oʻz farzandlarida yuksak vatanparvarlik ruhini kamol

toptira olmagan davlat, qanday qudratli qurolga ega boʻlmasin, mudofaa qobiliyatini
mustahkamlay olmaydi”, deya tа’kidlab oʻtgani bejiz emas. Davlatlar tomonidan harbiy

xizmatchilarning intellektual, axloqiy-ruhiy, kasbiy va jismoniy tayyorgarligini
takomillashtirish borasida muntazam islohotlar olib borilmoqda. Davlatlarning oliy
maqsadi

xalqining tinch va farovon yashashini taʼminlashdan iboratdir. Har bir

davlatning xalqaro maydonda kuchli armiyaga ega bоʻlishi muhim hisoblanadi.

Shu bois,

harbiy xizmatchilarning jasorat sodir etishlari, qat’iyatlilik, hamda ulardagi irodaviy

xususiyatlarni

oʻrganish dolzarb boʻlib bormoqda.

MAVZUNING DOLZARBLIGI

Hozirgi davrdagi geosiyosiy vaziyat va eng yirik jahon kuchlari o‘rtasidagi

keskinlikning doimiy ravishda kuchayishi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
harbiy xizmatchilaridan ham jangovar tayyorgarlikning, ham ma’naviy ham psixologik

fazilatlarni shakllantirishning sifat jihatidan yangi darajasini talab qiladi. Shu bilan birga,

O‘zbekiston Respublikasi davlati va armiyasi tarixini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki,
askarlarning qat’iyatliligi va jasorati har doim jangovar topshiriqlarni bajarishda hal
qiluvchi rol o‘ynagan.

Respublikamizda ta’lim maqsadiga ko‘ra, o‘quvchi

-yoshlarning yoshiga mos

ravishda quyidagi tayanch ma’naviy

-axloqiy fazilat (kompetensiya)lar

Vatanni sevish,

ardoqlash va unga sadoqatli bo‘lish, ishbilarmonlik, kuch va irodalilik, sog‘lom fikrlash,
g‘amxo‘rlik, yaxshilik, oqibatlilik, burch va mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy ong,

yangicha fikrlash, mehnat qilish, mehnatni qadrlash singari ijobiy sifatlar shakllantirish

asosiy vazifa sifatida belgilangan [1]. Demak, insonning ma’naviyati yuksalishi bilan
uning irodasi ham kuchayib boradi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Zero, iroda –

shaxsning ongli harakatlarida, o‘zini tuta bilishida ifodalanadigan, ayniqsa, maqsadga
erishish yo‘lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib chiqishida
namoyon bo‘ladigan ixtiyoriy faolligidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Psixologiya fanida irodani tushunish, ta’riflash bo‘yicha bir xil munosabat

yaratilmagani kabi irodaviy sifatlarning mazmunini tahlil qilish yuzasidan ham umumiy
qarashlar mavjud emas. Jumladan, V.A. Krutetskiy irodaviy sifatlar tarkibiga

sobitqadamlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, sabr

-toqatlilik, intizomlilik, dadillik, jasoratlilik

va tirishqoqlikni kiritadi [3]. Psixolog V.K. Kalin yuqoridagilarga muvofiq ravishda

irodaviy sifatlarni tasniflashga qaror qiladi. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, bazal irodaviy

sifatlar irodaviy jarayonlar asosida vujudga keladi ammo bunda uning intellektual va
axloqiy jabhalari ishtirok etmaydi. U bazal sifatlarni aniqlash uchun ongning quyidagicha

namoyon bo‘lishini tanlaydi: faollik darajasining ortishi; zarur bo‘lgan faollik darajasini

quvvatlash; faollik darajasini pasayishi [5, 12-b.]. Ana shulardan kelib chiqqan holda

tadqiqotchi quyidagi sifatlarni mulohaza uchun tavsiya qiladi ya’ni g‘ayratlilik,

chidamlilik, vazminlik. V.K. Kalin bazal tizimga kirmagan irodaviy sifatlarni ikkilamchi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

262

deb nomlaydi, chunki ularda bilimlar, ko‘nikmalar, emotsiya va intellektning paydo
bo‘lishi mujassamlashadi. Muallif qat’iyatlilik va tirishqoqlikni ikkilamchi sifatlar
tarkibiga kiritadi. O‘zini tuta bilish ayni paytda keraksiz bo‘lgan reflekslarga odatlarga
yo‘l qo‘ymaslikdir. Iroda tushunchasi psixologiyada bir qancha ta’riflarga ega. Bizning
fikrimizcha, iroda inson ichki va tashqi to‘siqlarini yengishi bilan birga ongli qo‘yilgan

maqsadga erishish imkoniyatidir. Irodaviy xulq-

atvor maqsadga yo‘nalganlik, o‘zini o‘zi

nazorat qilish, vaziyat tug‘ilganda u yoki bu harakatdan bosilish, ya’ni o‘z xulq

-atvorini

boshqarish hamdir. Irodaviy sifatlar bu irodaviy tartiblilikning xususiyati bo‘lib,
qiyinchilikni yengish bilan shartlashgan xarakterning aniq sharoitda namoyon bo‘lishidir.

A.T.

Punining fikricha, “Har bir insonning irodaviy sifatlari yaxlit tizim sifatida namoyon

bo‘ladi, lekin turli shaxslarda hatto bir shaxsning boshqa xil faoliyat bilan shug‘ullanishi
natijasida ham irodaviy sifatlarining tuzilishi o‘zgaradi. Shuning uchun irodaviy sifatlar
o‘zaro bog‘lana oladigan, ta’sirlashadigan, harakatlantiruvchi, dinamik tizim sifatida
ifodalanadi” [9, 84

-b.].

ILMIY MULOHAZA

Shuni ta’kidlash joizki, aynan bir odamning o‘zida irodaviy sifatlar turlicha

namoyon bo‘ladi: biri yaxshi, biri yomon. Shundan kelib chiqqan holda aytish kerakki,
iroda turli vaziyatlarda turlicha namoyon bo‘ladi.

Harbiy jasorat deganda, psixologiyada irodaning sifati, insonning to‘siqlarni yengib

o‘tishga va qo‘rquvga qarshi kurashishga alohida tayyorligi tushuniladi. Jasoratning

ixtiyoriy fazilat sifatidagi asosiy xususiyatlari

faoliyat jarayonida yuzaga keladigan

vazifalar va masalalarni hal qilishda, keyinchalik haqiqatga tatbiq etishda mazmunlilik,

operativlik va ehtiyotkorlikdir. Jasorat deganda, insonning ma’lum bir tayyorgarligi,
shuningdek, uning farovonligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarga,

xavf-

xatarlarga va boshqa paydo bo‘ladigan mashaqqatlarga e’tibor qilmasdan,

belgilangan maqsadga erishish yo‘lidan borish qobiliyati tushuniladi. Asosan, harbiy
jasoratning namoyon bo‘lishi, shaxslarda oilasiga, mahallasiga, shuningdek, vatanga
nisbatan hosil bo‘lgan qo‘rquvni yengib o‘tishlari bilan ifodalanadi. Insonning jasorati
ko‘pincha insonning axloqiy sifati yuzasidan qaraladi. Bu odamlarning paydo bo‘lgan
qo‘rquvni yengish, noaniqlik va xavfni yengish, shuningdek, turli qiyinchiliklar va
mashaqqatlarni yengish qobiliyatini ko‘rsatadi. Harbiy xizmatchilarda jasorat
tuyg‘usining yuzaga kelishida adaptatsiyaning ahamiyati ulkan hisoblanadi.

Jasorat

shaxsning turli xil favqulodda (ekstremal) holatlarda, tabiiy(texnogen)

ofatlarda, shuningdek, urushda boshqalar manfaatlarini o‘z manfaatidan ustun qo‘yib,
operativ qaror qabul qilib, yuzaga kelgan sog‘lom qo‘rquv ta’sirida yoki nosog‘lom
qo‘rquvni yengib, yo yengmasdan turib, zarur bo‘lsa jonini ham ayamasdan fido qilishga
undaydigan psixologik tuyg‘u hisoblanadi.

Umuman olganda, bunday xususiyatga ega

bo‘lgan shaxs haqiqatan ham kuchli va irodali bo‘ladi.

Mamlakatimizda turli favqulotda vaziyatlar bo‘lganki, ularda harbiylarning jasorati

hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘‘lgan. Jumladan, Andijon

voqealariga nazar solsak.

Andijonda 2005-yil 13-

may kuni yuz bergan voqealar oqibatida, rasmiy ma’lumotlarga

ko‘ra, 187 kishi halok bo‘lgan –

shundan 60 nafari tinch aholi vakillari (ularning ichida

ikki nafar voyaga yetmaganlar va bir nafari ayol) edi. 287 nafar kishi, jumladan, 91 nafar
tinch aholi vakillari, 49 nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va 59 nafar
harbiy xizmatchilar tan jarohatlari olgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

263

2005-

yilning may oyi o‘rtalarida

Farg‘ona

vodiysining yuragi sanalgan Andijon

shahrida tashqi kuchlarning rejissyorligi ostida Markaziy Osiyodagi eng kuchli qonuniy

konstitutsion tizimni ag‘darishga qaratilgan harakatlar teatri boshlangan.

Shu yilning

12-maydan 13-

mayga o‘tar kechasi

soat 01:45 da O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar

vaziri Zokirjon Almatov mamlakat oliy bosh qo‘mondoni, prezident Islom Karimovga

telefon qilib, Andijon shahrida terrorchilik harakatlari sodir etilayotgani haqida xabar
beradi. Xususan, bir guruh jinoyatchilar Andijon shahridagi soqchi-patrul xizmati, harbiy

qism hamda qamoqxona hududiga hujum qilganini, ayni paytda ular shahar bo‘ylab qator
terrorchilik harakatlarini amalga oshirayotganini ma’lum qiladi.

Andijon voqealarini

sodir etganlar o‘sha kuni o‘z xatti

-

harakatlarini 23 nafar “Akromiylar”ni nohaq

qamashgani uchun bosh ko‘tardik, deb baholashga urinadi. Vaholanki, “Akromiylik” deb

atalmish diniy-

ekstremistik oqim a’zolari bo‘lgan o‘sha 23 nafar shaxs ustidan olib

borilayotgan sud hali o‘z ishini yakunlamagan, ularga nisbatan qanday chora
qo‘llanilishini hali hech kim bilmas edi.

Shunday og‘ir vaziyatlarda yurtboshimiz hamda

safarbarlikdagi harbiylarning jasorati xalqni qutqarib qolishga sabab bo‘ldi.

Mamlakatimiz mustaqilligi tarixidagi yana bir mudhish voqea sifatida Sariosiyo

voqealarini keltirish mumkin. 2000-

yilning avgusti. O‘zbekiston sarhadiga xalqaro

terrorchilar to‘dasi hujum uyushtirdi. Tashkil topganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan maxsus
operatsiyalar bo‘yicha batalyonlar jangarilarga qarshi kurash olib borayotgan edi.

Voqeada qatnashgan harbiy shunday xotirlaydi: kunlarning birida O‘zbekistonning

birinchi Prezidenti, Oliy bosh qo‘mondon Islom Karimov bizning qismga tashrif

buyurdilar. U kishi yonimizga kelib, otalarcha samimiyat ila muammolar bilan qiziqdilar,

yana qanday texnika yoki uskuna zarurligini so‘radilar. Ammo hammasidan ham Islom
Abdug‘aniyevichning bizga qarata qilgan xitobi men va quroldosh do‘stlarim xotirasida
qoldi. “Yodda tutinglar, –

dedilar Oliy bosh qo‘mondon, –

agar kimdir sizlarning to‘g‘ri

dushman o‘qiga, tikka o‘limga borishingiz haqida buyruq berganimni aytsa, aslo

ishonmanglar: men hozirgacha bunday buyruq bermadim va bundan keyin ham

bermayman!”

.

Mazkur holatda davlat rahbari va batalyonning ko‘rsatgan jasorati mamlakat

mustaqilligining yanada mustahkamlanishiga sabab bo‘ldi.

Mamlakatimizda davlat to‘ntarishga bo‘lgan harakatlar anchagina,

ulardan yana

biri yaqin o‘tmishda sodir bo‘lgan Nukus voqealaridir. Ommaviy tartibsizlik 1 iyul kuni
soat 14:00 da “Qum ovul” MFYda joylashgan “Salmen ota” masjidida juma namozini o‘qib
chiqayotgan fuqarolarga o‘zini Dauletmurat Tajimuratov deb tanishtirgan fuqaroning

murojaati bilan boshlangan. U tinch aholini 5 iyul kuni soat 17:00 da mitingga chaqiradi.

Bu chaqiriq yozilgan video o‘sha zahotiyoq Dauletmuratning tarafdorlari tomonidan
internet tarmog‘iga joylanadi va keng tarqatiladi. Noqonuniy xatti

-harakatlar, ayniqsa u

jamoat xavfsizligi va jamiyat tinchligi bilan bog‘liq bo‘lsa, darhol chora ko‘riladi. Shu bois,
huquqni muhofaza qiluvchi organ mas’ul xodimlari Dauletmurat Tajimuratovni aholini
mitingga chaqirishdan ko‘zlangan maqsadni bilish va miting o‘tkazish tartibini

tushuntirish maqsadida Nukus shahar ichki ichki ishlar organlari faoliyatini

muvofiqlashtirish bo‘limiga olib keladi. Shundan so‘ng, 20–25 fuqaro “Dauletmurat
Tajimuratov hibsga olindi”, degan noto‘g‘ri talqin bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi

IIV 2-

son tergov hibsxonasi oldiga yig‘iladi va “Mir” ko‘chasi bo‘ylab T.

Qaypbergenov

ko‘chasi orqali shahar markaziy dehqon bozori oldiga qarab norozilik yurishini amalga

oshiradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

264

Yo‘l

-

yo‘lakay ular boshqa fuqarolarni ham o‘zlari bilan birga yurishga chaqiradi va

namoyishchilar soni ortib boraveradi. Shu fursatda fuqarolarni tinchlantirish uchun

tegishli choralar ko‘rilib, voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi

raisi M.

Kamalov, Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri A.

Orinbayev va boshqa rahbarlar

yetib keladi. Ular noqonuniy namoyishchilar bilan suhbatlashib, talablarini eshitadi.

Tezkor ko‘rilgan chora

-tadbirlar natijasida ommaviy tartibsizliklar ishtirokchilari

tarqatib yuboriladi. Ammo bu paytda Qoraqalpog‘istonning boshqa tumanlarida ham
fuqarolar to‘planib, Nukus shahri tomon harakatlanib boshlagan edi. Namoyishchilarning
bir qismi tushuntirish ishlaridan so‘ng tarqaladi, lekin qolgan jinoiy unsurlar tomonidan
da’vat qilinganlari Nukus shahri tomon harakatdan to‘xtamaydi.

Qoraqalpog‘istonning ayrim tumanlarida bir vaqtning o‘zida boshlangan ommaviy

tartibsizliklar va davlat boshqaruvi yakdilligini buzishga urinishlar tezda, noqonuniy
kuch ishlatilmasdan bartaraf etilgani ham fikrimiz dalilidir.

XULOSA

Harbiy xizmatchilarni jasur, dovyurak etib tarbiyalash davlatning asosiy

vazifalaridan biri hisoblanadi. Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashning asosiy usullaridir:

ishontirish;

mashq qildirish va mustaqil ishlash; kuzatish;

rag‘batlantirish;

o‘rnak ko‘rsatish, shaxsiy namuna va boshqalar.

Harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash turli shakllarda,

jumladan, ilmiy, amaliy anjumanlar, savol-

javob kechalari, kitobxonlik, elektron o‘yinlar,

mashhur kishilar bilan uchrashuvlar tarzida va boshqa shakllarda tashkil etiladi va ular

ma’naviy

-

ma’rifiy ishlarning rang

-

barangligini ta’minlaydi, pirovard natijada jamiyatda

Vatan himoyasiga doimo tayyor bo‘lish va Qurolli Kuchlar safida xizmat burchini
o‘tayotgan yoshlar bilan faxrlanish, konstitutsion burch va harbiy qasamyodga sodiqlik
tuyg‘ularini shakllantirish;

harbiy xizmat sharoitlariga moslashish va harbiy ixtisosliklarni puxta egallash,

har qanday qiyinchilikka tayyor turish, matonat va jasorat fazilatlarini mustahkamlash,
qurol-aslaha, harbiy texnika, davlat va harbiy mulkni asrab-

avaylash ko‘nikmalarini

rivojlantirish;

jangovar tayyorgarlik va harbiy mahoratni muntazam oshirib borish, harbiy

jamoada qaror topgan o‘zaro yordam va do‘stona munosabatlarni qadrlash kabi

fazilatlarni shakllantirish va hokazolar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya

Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida” VM 1059

son Qarori.

T.:

2019 yil 31 dekabr.

2.

Брихин М. Воля и волевые качества // Психология личности и

социалистическом обществе. –

М.: 2001. –

340 с.

3.

Davila J. Marriage // Encyclopedia of Stress In 3 vol. / Ed. By G. Fink. Vol. 2. San-

Diego: Acad. Press, 2000.

4.

Висоцкий А.И. Возрастная динамика волевой активности школьников и

методы ее изучения: Автореф. докт. дис. Л: 2002. –

40 с.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

265

5.

Иванников В.А. Психологические механизмы волевой регуляции М.: 1998. –

218 с.

6.

Ильин Е.П. Психология воли. СПб: Питер, 2009. –

324 с.

7.

Мащенко В.Ф. Психологические особенности морально –

волевых качеств

личности трудно воспитуемых подростков. aвтореф канд.психол. наук. Киев.: 1998.

24 с.

8.

Пуни А.Ц. Психологические основы волевой подготовки в спорте.–

М

.: 1999.

176

с

.

9.

Lauvee Y., Mey-Dan M. Patterns of Change in Marital Reiations Among Parents of

Children With Cancer // Heaith and Sc. Work. 2003. Vol. 28, N 4.

10.

Rodrigues M. et al. Listening to Mothers: Qualitative Studies on Motherhood

and Depression From Goa India // Soc. Sci. and Med. 2003. vol. 57.

11.

Рувинский Л.И., Хохлов С.И. Как воспитать волю и характер. –

М.: Просвещение, 1998. –

244 c.

12.

Селиванов В.И. Воля и ее воспитание. –

Рязань: 1999. –

263 с.

13.

Yakubjonov H.Q.,

IRODAVIY SIFATLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISHGA

TA’SIRINI O‘RGANISH PSIXOLOGIK TADQIQOTLAR PREDMETI SIFATIDA.

- maqola:

TerDPI Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi magistranti 2024 y.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” VM 1059 son Qarori. - T.: - 2019 yil 31 dekabr.

Брихин М. Воля и волевые качества // Психология личности и социалистическом обществе. – М.: 2001. – 340 с.

Davila J. Marriage // Encyclopedia of Stress In 3 vol. / Ed. By G. Fink. Vol. 2. San-Diego: Acad. Press, 2000.

Висоцкий А.И. Возрастная динамика волевой активности школьников и методы ее изучения: Автореф. докт. дис. Л: 2002. – 40 с.

Иванников В.А. Психологические механизмы волевой регуляции М.: 1998. – 218 с.

Ильин Е.П. Психология воли. СПб: Питер, 2009. – 324 с.

Мащенко В.Ф. Психологические особенности морально – волевых качеств личности трудно воспитуемых подростков. aвтореф канд.психол. наук. Киев.: 1998. - 24 с.

Пуни А.Ц. Психологические основы волевой подготовки в спорте.– М.: 1999.– 176 с.

Lauvee Y., Mey-Dan M. Patterns of Change in Marital Reiations Among Parents of Children With Cancer // Heaith and Sc. Work. 2003. Vol. 28, N 4.

Rodrigues M. et al. Listening to Mothers: Qualitative Studies on Motherhood and Depression From Goa India // Soc. Sci. and Med. 2003. vol. 57.

Рувинский Л.И., Хохлов С.И. Как воспитать волю и характер. – М.: Просвещение, 1998. – 244 c.

Селиванов В.И. Воля и ее воспитание. – Рязань: 1999. – 263 с.

Yakubjonov H.Q., IRODAVIY SIFATLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISHGA TA’SIRINI O‘RGANISH PSIXOLOGIK TADQIQOTLAR PREDMETI SIFATIDA.- maqola: TerDPI Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi magistranti 2024 y.