Авторы

  • Дилдора Гадоева
    Независимый исследователь, Навоийский государственный педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp176-180

Ключевые слова:

интерактивные методы обучения групповые проекты и мероприятия наставничество и коучинг социализация

Аннотация

В условиях современной системы образования одним из актуальных вопросов является совершенствование процесса социализации учащихся наряду с их обучением. Для учащихся академических лицеев социализация особенно важна, так как она играет значимую роль не только в учебном процессе, но и в формировании личности и нахождении успешного места в обществе. Социализация лицеистов включает не только приобретение знаний и навыков, но и развитие социальных компетенций. В данной статье будут рассмотрены пути улучшения процесса социализации и подчеркнута его важность


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Methods of improving the socialization of academic
lyceum students

Dildora GADOEVA

1


Navoi State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

15 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

In the context of the modern education system, one of the

pressing issues is enhancing the socialization process of

students alongside their academic learning. For students in

academic lyceums, socialization is particularly important, not

only as part of their education but also for personal
development and finding a successful place in society. The

socialization of academic lyceum students involves not only

acquiring knowledge and skills but also developing social

competencies. This article will explore ways to enhance
socialization and emphasize its importance.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp176-180

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

interactive learning

methods,

group projects and activities,
mentoring and coaching,

socialization.


Akademik

litsey

o’quvchilarining

ijtimoiylashuvini

takomillashtirish usullari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

interaktiv ta'lim usullari,
jamoaviy loyihalar va
tadbirlar,

mentorlik va murabbiylik,

ijtimoiylashuv







Zamonaviy ta’lim tizimi sharoitida o‘quvchilarning bilim

olish

bilan

bir

qatorda,

ijtimoiylashuv

jarayonini

takomillashtirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Ayniqsa, akademik litseylar o‘quvchilari uchun ijtimoiylashuv

faqat ta'lim olish jarayonida emas, balki shaxs sifatida

shakllanish va jamiyatda muvaffaqiyatli o‘z o‘rnini topish uchun
muhim ahamiyat kasb etadi. Akademik litsey o‘quvchilarining

ijtimoiylashuvi nafaqat bilim va ko‘nikmalarni egallash, balki

shaxsning ijtimoiy kompetensiyala

rini rivojlantirishni ham o‘z

ichiga oladi. Ushbu maqolada ijtimoiylashuvni takomillashtirish

usullari va uning ahamiyati yoritiladi.

1

Independent Researcher, Navoi State Pedagogical Institute.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

177

Методы

повышения

социализации

учащихся

академических лицеев

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

интерактивные методы

обучения,

групповые проекты и

мероприятия,

наставничество и коучинг,

социализация

.

В условиях современной системы образования одним из

актуальных

вопросов

является

совершенствование

процесса социализации учащихся наряду с их обучением.

Для учащихся академических лицеев социализация

особенно важна, так как она играет значимую роль не

только в учебном процессе, но и в формировании личности

и нахождении успешного места в обществе. Социализация

лицеистов включает не только приобретение знаний и

навыков, но и развитие социальных компетенций. В

данной статье будут рассмотрены пути улучшения

процесса социализации и подчеркнута его важность

.

Kirish

.

Bugungi globallashgan dunyoda o‘quvchilarni nafaqat akademik bilimlar bilan

qurollantirish, balki ularning ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirish ham muhim

ahamiyatga ega. Ayniqsa, akademik litseylar yoshlarning kelajakda jamiyatda faol

shaxslar bo‘lishlari uchun sharoit yaratadi. Ular faqatgina o‘z mutaxassisliklariga oid

bilimlarni egallab qolmasdan, ijtimoiy muhitda muvaffaqiyatli moslashishlari va muloqot

ko‘nikmalarini rivojlantirishlari kerak. Ushbu maqolada akademik litsey o‘quvchilarining

ijtimoiylashuvini takomillashtirish usullari tahlil qilinadi. Zamonaviy jamiyatda

yoshlarning ijtimoiylashuvi muhim ahamiyatga ega bo'lib, bu jarayon jamiyatda ularning

faol a’zolariga aylanishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, akademik litseylarda ta’lim olayotgan

yoshlar uchun ijtimoiylashuv jarayoni yanada dolzarbdir. Litseyda ta'lim olish

yoshlarning faqatgina bilim darajasini oshirish bilan cheklanmay, balki ularning jamiyat

bilan

integratsiyalashuvi,

shaxsiy

fazilatlarining

rivojlanishi

va

ma’naviy

dunyoqarashining shakllanishiga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Bu maqolada akademik

litsey o'quvchilarining ijtimoiylashuv jarayoni va bu jarayonni takomillashtirish usullari

haqida batafsil to'xtalib o'tamiz.

Ijtimoiylashuvning mohiyati va ahamiyati

Ijtimoiylashuv

bu shaxsning jamiyatga moslashuvi, jamiyat qoidalari va

qadriyatlarini o'zlashtirishi, o'z o'rnini topishi jarayonidir. Ushbu jarayon o'z ichiga

ta’lim, oila, jamoa va boshqa ijtimoiy institutlar ta’sirini oladi. Akademik litseyda

ijtimoiylashuv bu jarayonning muhim qismi hisoblanadi, chunki bu davrda yoshlar

o'zining shaxsiy pozitsiyasini shakllantirishga, turli jamoalar bilan muloqot qilishga

o'rganadi.

Ijtimoiylashuv tushunchasi

Ijtimoiylashuv shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, uning ijtimoiy munosabatlar

tizimiga qo‘shilishi va turli ijtimoiy vazifalarni bajarishga tayyorlanish jarayonidir. Bu

jarayonda shaxs ijtimoiy me’yorlar va qadriyatlarni o‘rganadi, muloqot qilish, jamoada

ishlash, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish kabi qobiliyatlarni rivojlantiradi. Akademik

litsey o‘quvchilari uchun ijtimoiylashuv jarayoni alohida ahamiyatga ega, chunki ular

kelajakda jamiyatning faol va malakali fuqarolari bo‘lib yetishishlari uchun shaxsiy va

ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishlari kerak.

Litsey o'quvchilari uchun ijtimoiylashuv quyidagi jarayonlarni o'z ichiga oladi:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

178

-Kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirish: muloqot qilish, fikr almashish va

munozara olib borish qobiliyati.

-Jamoaviy faoliyatda ishtirok etish: jamoada ishlash, boshqa yoshlar bilan

hamkorlikda loyihalar amalga oshirish.

-Mas'uliyatli va faollik ko'rsatish: jamiyat oldidagi mas'uliyatni his qilish va unda

faol ishtirok etish.

Shaxsiy identifikatsiya: yoshlarning o'z qiziqishlari, e'tiqodlari va qadriyatlarini

aniqlab olishlari.

Akademik litseylarda ijtimoiylashuv omillari:

Akademik litsey o'quvchilarining ijtimoiylashuv jarayoni bir qancha omillar bilan

bog'liq. Ushbu omillar o'quvchilarning shaxsiy rivojlanishi va jamiyat bilan

integratsiyalashuvi uchun muhim hisoblanadi:

a) Ta’lim jarayoni.Akademik litseylardagi ta’lim jarayonining sifatli bo’lishi

o'quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish bilan bir qatorda, ularning ijtimoiy

ko'nikmalarini ham rivojlantiradi. Jamoaviy loyihalar, seminarlar, munozaralar orqali

o'quvchilar jamiyatga nisbatan o'z pozitsiyasini belgilaydi.

b) O'qituvchilar va ma'muriyat roli.O'qituvchilar nafaqat bilim beruvchilar, balki

ijtimoiy tarbiya beruvchilar sifatida ham muhim rol o'ynaydilar. Ular o'quvchilarning

ijtimoiylashuv jarayonini to'g'ri yo'naltirishi, ularning ijtimoiy faoliyatlarda ishtirok

etishiga imkon yaratishi kerak.

c) Oila muhitining ta’siri.Oila ijtimoiylashuv jarayonining asosiy poydevorlaridan

biridir. Ota-onalarning farzandlari bilan qiladigan muloqoti, ularni qo'llab-quvvatlashi va

to'g'ri yo'naltirishi ularning litseyda va umuman jamiyatda muvaffaqiyatli bo'lishlarida

muhim ahamiyatga ega.

d) Jamoat tashkilotlari va tadbirlar.Akademik litseylarda turli xil jamoat

tashkilotlari va tadbirlar (forumlar, ko'rgazmalar, sport musobaqalari, san'at festivallari)

o'quvchilarni faollikka chorlaydi. Bunday tadbirlarda ishtirok etish o'quvchilarning

muloqot doirasini kengaytiradi va ularga yangi imkoniyatlar beradi.

Ijtimoiylashuvni takomillashtirish usullari

1. Interaktiv ta'lim usullari: Interaktiv ta’lim o‘quvchilar o‘rtasida faol muloqot va

hamkorlikni ta'minlaydi. Akademik litsey dars jarayonlarida qo‘llaniladigan muammoli

vaziyatlar yaratish, guruhiy munozaralar va rolli o‘yinlar o‘quvchilarning o‘zaro muloqot

qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu jarayonda o‘quvchilar turli

fikrlarni tinglash, ularni tahlil qilish va o‘z fikrlarini himoya qilishni

o‘rganadilar.Akademik litsey o‘quvchilarining ijtimoiylashuvini kuchaytirish uchun

interaktiv metodlar keng qo‘llanilishi kerak. Guruhlarda ishlash, o‘zaro muloqot va

tajriba almashish orqali o‘quvchilar ijtimoiy muhitda samarali o‘zaro aloqa qilish

ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

2. Jamoaviy loyihalar va tadbirlar: Jamoaviy faoliyat ijtimoiylashuv jarayonining

asosiy usullaridan biridir. Litsey o‘quvchilari orasida turli loyihalar, tanlovlar va madaniy

tadbirlarni tashkil etish ularda birgalikda ishlash, boshqalarning fikriga hurmat bilan

qarash, liderlik va tashabbuskorlik ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Masalan, ekologik

aksiyalar, sport musobaqalari, ilmiy konferensiyalar kabi tadbirlar o‘quvchilarni jamiyat

bilan yanada yaqindan tanishtiradi va ularning ijtimoiy faolligini oshiradi.

3. Tarbiyaviy tadbirlar: O‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy qobiliyatlarini

shakllantirishda tarbiyaviy ishlar muhim ahamiyatga ega. Maktabdan tashqari turli

seminarlar, treninglar va psixologik maslahatlar o‘quvchilarning ijtimoiy muhitda

moslashuvini yaxshilaydi. Masalan, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

179

treninglar, jamoada ishlash va muammolarni hal qilish bo‘yicha mahorat darslari

ijtimoiylashuv jarayoniga katta hissa qo‘shadi.

4. Ijtimoiy tarmoqlar va raqamli vositalardan foydalanish: Bugungi kunda yoshlar

orasida ijtimoiy tarmoqlar va raqamli texnologiyalar katta rol o‘ynaydi. Akademik litsey

o‘quvchilari uchun turli onlayn platformalarda muloqot qilish, fikr almashish va o‘z

-

o‘zini

ifodalash imkoniyatlari ham ijtimoiylashuv jarayonining bir qismi bo‘lib hisoblanadi. Shu

bilan birga, raqamli savodxonlik va internet xavfsizligi haqida ma'lumot berish orqali

o‘quvchilarning ijtimoiy axborot makonida to‘g‘ri faoliyat yuritishlariga yordam berish

mumkin.

5. Mentorlik va murabbiylik tizimi: Tajribali murabbiylar yoki katta yoshli

talabalar yordamida o‘quvchilarga yo‘l

-

yo‘riq ko‘rsatish, ularga to‘g‘ri maslahatlar berish

ijtimoiylashuv jarayonini yanada tezlashtiradi. Mentorlik tizimi orqali o‘quvchilar

o‘zlarini ilg‘or bilim va ko‘nikmalarga ega shaxslar sifatida shakllantirishlari mumkin.

6. Psixologik xizmatlar: O‘quvchilar psixologik xizmatlar yordamida o‘z shaxsini va

ijtimoiy muhitni chuqurroq anglab olish imkoniga ega bo‘ladi. Psixologlar o‘quvchilarning

shaxsiy muammolarini hal etishda, ularni to‘g‘ri yo‘lga solishda yordam beradi.

O’smirlik davriga oid yana bir muhim jihatning ko’zdan qochirmasligimiz juda

muhimdir,ya’ni o’smiralaning ijtimoiylashuvining o’ziga xos qiyinchiiklari ham talaygina.:

-

o’ziga yuqori baho berish (qahramonlik ko’rsatish,hammaga tanilish)ni

xohlayd,lekin ijtimoiy mavqiye pastligi bilan;

-

o’smir fikri bilan ota

-

onaning eskicha fikrlashi,madaniyati to’g’ri kelmasligi (u ota

-

onaga o’smir yoshida ham bola bo’lib ko’rinishi),lekin o’smir psixofiziologik jihatdan

katta bo’lib qolganligi bilan;

-

tengdoshlari fikri bilan o’smirning o’zigagina xos bo’lgan mustaqil qadriyatlarini

to’g’ri kelmasligi bilan ifodalanadi; Ijtimoiy moslashuvdagi filogenetik yondashuv

asoschisi rus olimi I.N.Aksyonov aniqlashicha, bu ijtimoiylashuv jarayoni uch bosqichda

kechadi:

1) shaxsning o‘zligini anglashi;

2) jamoaviylik qoidalarni o‘rganishi;

3) ijtimoiylashuvning amaliy ahamiyat kasb etishi.

Bu yondashuvning dastlabki «nominatsiya bosqichi», ikkinchisi «kasbiy bosqich»

va uchinchisi «universal bosqich» deb nomlangan. Olimning bu fikrini

hisobga oladigan bo‘lsak, sotsiumning tarkibiy qismlarida o‘smirning

jtimoylashuvini anglash, o‘rganish va amaliyotga qo‘llash tarzida kechadi. Zero,

o‘smirning oilada, o‘quv, mehnat va jamoalar guruhlarida ijtimoylashib borishi uch

muhim xususiyatni -

bilish, o‘rganish va amal qilishni qamrab oladi. Sotsiumning

o‘smirga bunday ta’sir etish yo‘li davomiylik qonuniyatiga asosan kechadi. Unga ko‘ra

o‘smir ijtimoiy bilim, ijtimoiy axloq va ijtimoiy faoliyatni hosil qilishi uchun butun hayoti

davomida rivojlanib boradi.

Xulosa

.

Akademik litsey o‘quvchilarining ijtimoiylashuvini takomillashtirish ularning

kelajakda muvaffaqiyatli shaxslar bo‘lib yetishishlari uchun muhim ahamiyatga ega.

Interaktiv ta’lim usullari, jamoaviy loyihalar va tarbiyaviy tadbirlar kabi usullar orqali

o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning jamoada ishlash va liderlik

qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin. IIV akadеmik litsеy o'quvchilarning ijtimoiy

munosabatlarga tayyorlashda ularning oila a'zolari, ota-

onalar, tеngdoshlari va

atrofdagilar bilan muloqotda bo'lish, jamoa joylarida o'zini tuta olish, mеhnat qilish, o'z

-

o'ziga xizmat ko'rsatish, lidеrlik qobiliyatlarini namoyon etish, shaxsiy salomatligi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

180

to'g'risida qayg'urish, yaqinlariga nisbatan g'amxo'r bo'lish, ota-onalari, kattalar, shu

jumladan, o'qituvchilarning mеhnatini qadrlash kabi ko'nikmalarga ega bo'lishlariga

e'tibor qaratiladi. Bu esa, o'quvchilarning nafaqat mutaxassislik bilimlariga ega

bo'lishlarini, shu bilan birga pеdagogik

-psixologik fanlarni ham chuqur o'zlashtirishlarini

taqozo

etadi.

Akademik

litsey

o'quvchilarining

ijtimoiylashuv

jarayonini

takomillashtirish, ularni jamiyatning faol a'zolari sifatida shakllantirish uchun ta'lim

jarayoni, o'qituvchilarning yondashuvi va jamoaviy faoliyatlar muhim ahamiyat kasb

etadi. Yoshlarni ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatli ishtirokchi sifatida tayyorlash uchun

o'quv jarayonida faol o'quv usullari va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida

e’tibor qaratish lozim. Ushbu yondashuvlar o'quvchilarning nafaqat bilim olishlariga,

balki jamiyatda o'z o'rnini topishiga ham katta yordam beradi.Tadqiqot va amaliyotlar

ko'rsatganidek, ijtimoiylashuvning to'g'ri shakllangan jarayoni yoshlarning kelgusidagi

shaxsiy va professional hayotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli, akademik litseylar

o'quvchilarining ijtimoiylashuvini takomillashtirish uchun izchil va rejalangan yondashuv

zarur.

Takliflar:

-ijtimoiy jabhalar bilan tanishuvlar tashkil etish;

-

ijtimoiy vedioroliklar,ko’rgazmalar,treninglara tez

-tez ishtirok etishlarini

ta’minlash;

-ijtimoiy pedagog va ijtimoiy psixologlarni biriktirgan holda tarbiyaviy ishlar

tashkil etish;

-

turlicha yot g’oyalar qamrovidan himoya qilish,atrofdagilar bilan munosabatlarini

nazoratga olish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Abdukarimov, X. (2019). Ta’limda ijtimoiylashuv jarayonining ahamiyati.

Toshkent: O‘zbekiston Milliy Entsiklopediyasi.

2.

Bobojonov, A. (2021). Zamonaviy ta’limda o‘quvchilarning ijtimoiy

ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari. Samarqand davlat universiteti nashriyoti.

3. Karimova, N. (2020). O‘quvchilarni tarbiyalashda interaktiv metodlardan

foydalanish. Pedagogik Innovatsiyalar Jurnali, 3(1), 45-50.

4. Vygotsky, L. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological

Processes. Harvard University Press.

5. Dewey, J. (1997). Experience and Education. New York: Touchstone.

6.

Абрамова Г.С. Возрастная психология. Москва, «Академический проект».

Москва. 2001.

7.

Немов Р.С. Психология. Книга 1. М., –

ВЛАДОС. 2006 г.

8.

Ganiev A.G. Methods of developing “Creative thinking” skills in teaching physics.

ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research Journal. ISSN: 2249-7137 Vol.

11, Issue 4, April 2021 Impact Factor: SJIF 2021 = 7.492, 1580-1587.

Библиографические ссылки

Abdukarimov, X. (2019). Ta’limda ijtimoiylashuv jarayonining ahamiyati. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Entsiklopediyasi.

Bobojonov, A. (2021). Zamonaviy ta’limda o‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari. Samarqand davlat universiteti nashriyoti.

Karimova, N. (2020). O‘quvchilarni tarbiyalashda interaktiv metodlardan foydalanish. Pedagogik Innovatsiyalar Jurnali, 3(1), 45-50.

Vygotsky, L. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Harvard University Press.

Dewey, J. (1997). Experience and Education. New York: Touchstone.

Абрамова Г.С. Возрастная психология. Москва, «Академический проект». Москва. 2001.

Немов Р.С. Психология. Книга 1. М., – ВЛАДОС. 2006 г.

Ganiev A.G. Methods of developing “Creative thinking” skills in teaching physics. ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research Journal. ISSN: 2249-7137 Vol. 11, Issue 4, April 2021 Impact Factor: SJIF 2021 = 7.492, 1580-1587.