Авторы

  • Диёр Абдуллаев
    Главный специалист отдела кадров, независимый исследователь, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp168-175

Ключевые слова:

уголовный процесс меры пресечения домашний арест запреты (ограничения)

Аннотация

Согласно уголовно-процессуальному законодательству, домашний арест должен приниматься во внимание при наличии оснований для избрания меры пресечения в виде заключения под стражу в отношении подозреваемого, обвиняемого или подсудимого с учетом его возраста, состояния здоровья, семейного положения и других обстоятельств. Домашний арест применяется в случае, если заключение под стражу является несоразмерным, и в отношении лица устанавливаются определенные запреты (ограничения), предусмотренные законом. В данной статье рассматривается понятие запретов (ограничений), которые могут быть наложены на лицо, избранное в качестве меры пресечения в рамках уголовного процесса. Также обсуждаются их виды, порядок применения и научно-теоретические аспекты их содержания, представленные зарубежными и отечественными экспертами. Детально проводится сравнительный анализ мнений исследователей. Кроме того, в статье, основываясь на зарубежном и национальном законодательстве, а также правовых нормах, обсуждаются запреты (ограничения), применяемые к лицу, помещенному под домашний арест. Рассматриваются проблемы, возникшие в практике правоприменения, вызвавшие споры среди практикующих юристов. В завершение приводятся выводы и предложения по устранению этих проблем.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Scientific and theoretical aspects of prohibitions
(limitations) that can be established for the chosen person
in the style of house arrests

Diyor ABDULLAYEV

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

15 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

According to criminal procedural law, house arrest should be

considered when there are grounds for choosing a preventive

measure in the form of detention against a suspect, accused, or

defendant, considering their age, state of health, family

situation, and other circumstances. House arrest is applied in
cases where detention is not deemed appropriate, and certain

prohibitions (restrictions) provided by law are imposed on the

person. This article presents the prohibitions (restrictions) that

can be imposed on a person selected for house arrest as a
criminal-procedural precaution, exploring their types,

application procedures, and the scientific-theoretical aspects of

their content. The analysis is supported by the opinions of both

foreign and local researchers through a comparative lens.

Moreover, the article discusses potential problems that have
arisen in the practice of law enforcement related to the

prohibitions (restrictions) applied to individuals under house

arrest, as well as disputes among practicing lawyers. These

issues are examined based on foreign and national legislation
and legal norms. The article concludes with recommendations

and suggestions for addressing these problems and improving

the application of house arrest measures.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp168-175

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

criminal procedure,
precautionary measures,
house arrest,

prohibitions (restrictions).





1

Chief Specialist of Personnel Department, Independent Researcher, Tashkent State University of Law.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

169

Uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini tanlashning

protsessual asoslari va shartlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

jinoyat protsessi,

ehtiyot choralari,

uy qamog‘i,

taqiqlar (cheklovlar)








Mazkur maqolada muallif tomonidan jinoyat-protsessual

ehtiyot chorasi sifatida uy qamog‘i tanlangan shaxsga nisbatan

o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan taqiq (cheklov)larning tushunchasi,
ularning turlari, qo‘llash tartibi hamda mazmun

-mohiyatining

ilmiy-nazariy jihatlari xorijiy mutaxassislar va mahalliy

tadqiqotchilar fikrlarini qiyosiy tahlil qilish orqali atroflicha

yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy hamda milliy

qonunchilik va qonunosti normalari asosida uy qamog‘i ehtiyot

chorasini tayinlangan sh

axsga nisbatan qo‘llanilgan taqiq

(cheklov)lar bilan bog‘liq huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga

kelgan va amaliyotchi huquqshunoslar o‘rtasida bahs

-munozara

keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan muammolar haqida so‘z
yuritilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha xulosa va takliflar

keltirilgan.

Научные

и

теоретические

аспекты

запретов

(ограничений), которые могут быть установлены для

выбранного лица в стиле домашних арестов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

уголовный процесс,

меры пресечения,

домашний арест,

запреты (ограничения)

.

Согласно уголовно

-

процессуальному законодательству,

домашний арест должен приниматься во внимание при

наличии оснований для избрания меры пресечения в виде

заключения под стражу в отношении подозреваемого,

обвиняемого или подсудимого с учетом его возраста,

состояния здоровья, семейного положения и других

обстоятельств. Домашний арест применяется в случае, если

заключение под стражу является несоразмерным, и в

отношении лица устанавливаются определенные запреты

(ограничения), предусмотренные законом. В данной статье
рассматривается

понятие

запретов

(ограничений),

которые могут быть наложены на лицо, избранное в

качестве меры пресечения в рамках уголовного процесса.

Также обсуждаются их виды, порядок применения и

научно

-

теоретические

аспекты

их

содержания,

представленные

зарубежными

и

отечественными

экспертами. Детально проводится сравнительный анализ

мнений исследователей. Кроме того, в статье, основываясь

на зарубежном и национальном законодательстве, а также

правовых нормах, обсуждаются запреты (ограничения)

,

применяемые к лицу, помещенному под домашний арест.

Рассматриваются проблемы, возникшие в практике

правоприменения, вызвавшие споры среди практикующих

юристов. В завершение приводятся выводы и предложения

по устранению этих проблем

.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

170

Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr

-

qimmati oliy qadriyat sifatida e’tirof

etilgan, shaxsiy huquq va erkinliklarning asosiy kafolati bo‘lmish Konstitutsiyamizning

27-moddasida har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi belgilangan.

Biroq, shaxslarga (gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga) nisbatan jinoyat-

protsessual ehtiyot chorasini qo‘llash, ularning huquq va erkinliklarini cheklashni

nazarda tutadi.

Demak, shunday holatlar mavjudki, ular jamiyat manfaatlari yo‘lida davlatning

inson huquqlari sohasiga to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri aralashuvini taqozo etadi:

- bu jinoyatchi va boshqa huquqbuzarlarga qarshi kurash zaruriyati;

-

harbiy holat e’lon qilinganda yoxud epidemiya yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini

bartaraf etish zaruriyati tug‘ilganda va shu kabilar.

Ular orasida jamoat tartibini saqlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish

muhim ahamiyatga ega hamda nisbatan keng tarqalgan bo‘lib, u “nafaqat davlat

funksiyalaridan biri, balki huquqiy rejim tarkibiy qismi ham bo‘lib, faqatgina uning

doirasida shaxs sha’ni va huquqlari hurmat qilinishi hamda haqiqiy muhofaza qilinishiga

erishish mumkin”.[1]

V.I.Kaminskaya haqli ravishda ta’kidlaganidek, jinoyatchilikka qarshi kurash

zaruriyati fuqaro shaxsiy va boshqa huquqlariga aralashuvchi majburlov choralarini

qo‘llashni taqozo etishi masalasida munozaraga o‘rin yo‘q.[2]

Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasida ta’kidlanishicha, faqat konstitutsiyaviy

tuzumni, axloq, sog‘liq, demokratik huquqiy davlatdagi boshqa fuqaro qonuniy huquq va

manfaatlarini muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan hollardagina inson va fuqaro huquq

hamda erkinliklari qonun bilan cheklanishi mumkin. Barcha jinoyat protsessual

majburlov choralari fuqaro huquq va erkinliklarini cheklashi tufayli, ular faqatgina qonun

bilan ko‘zda tutilgan hollarda qo‘llanilishi lozim.

Jinoyatchilikning umumiy o‘sishi tendensiyasi shak

-shubhasiz millat ruhiy

salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababdan ham jamiyat va shaxsiy manfaatlarni

qanoatlantirish uchun davlat tomonidan majburlov choralarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi.

Shuni anglash joizki, majburlov (zo‘rlik) har doim ham yovuzlik emas, ayni damda u

yovuzlikka qarshi kurashning yagona va zaruriy vositasi hamdir.

Gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot choralarini (shu jumladan uy

qamog‘ini) qo‘llash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini jiddiy tarzda cheklaydi,

bunda umumqabul qilingan xalqaro normalar va O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi hamda joriy qonunlariga asosan har qanday erkinlik va shaxsiy daxlsizlik

huquqini cheklovchi asossiz harakatlarni amalga oshirish man etilgan. Jinoyat

protsessual majburlov choralarini qo‘llash “ijtimoiy odillik” tushunchasiga mos bo‘lmog‘i

lozim. Odillik tushunchasi jinoyat protsessida subyektlar harakatlarini nazorat qilish

hamda baholashda oliy axloqiy mezon bo‘lib xizmat qiladi. [3]

Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining huquq va erkinlarini himoya qilish, qonunda

belgilangan asos va shartlarga so‘zsiz amal qilgan holda chora qo‘llashni nazarda tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi (keyingi o‘rinlarda JPK) 213

-

moddasiga asosan, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud o‘z vakolatlaridan kelib

chiqqan holda ayblanuvchi va gumon qilinuvchiga nisbatan JPKda nazarda tutilgan

choralardan birini qo‘llashga haqli, qachonki, agarda quyidagi:

- jinoyat protsessi ishtirokchisi tergov yoki sud harakatlarini amalga oshirishga

to‘sqinlik qilayotgan bo‘lsa;

-

o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgan bo‘lsa,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

171

- shuningdek gumon qilinuvchi, ayblanuvchining kelgusi jinoiy faoliyatining oldini

olish va hukm ijrosini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa.

Kodeksning navbatdagi normasida protsessual majburlov choralari faqat asoslar

mavjud bo‘lganda va qonunda belgilangan tartibda qo‘llanishi mumkin deyiladi (214

-

modda). Mazkur qoidalarga har bitta ehtiyot chorasi singari endilikda uy qamog‘ini

tanlashda ham amal qilinadi. Qonunda ayblanuvchi va gumon qilinuvchiga nisbatan

chora qo‘llashning asoslari va e’tibor qaratilishi shart bo‘lgan boshqa holatlar aniq

belgilangan bo‘lsa

-

da (O‘zR JPK ning 236

-, 238-moddalari), protsessualist tadqiqotchi

olimlar o‘rtasida bu borada haligacha bir to‘xtamga kelingani yo‘q, bu esa o‘z navbatida

turli bahs munozaralarni keltirib chiqaradi. Bu hol xorij amaliyotida ham kuzatiladi.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, ehtiyot chorasi uchun asos muayyan dalillarga

asoslangan taxmin bo‘ladi. Bunda ushbu taxmin, qonunda ko‘rsatilgan asoslar mavjudligi

haqida xulosa qilish uchun yetarli ishonchli dalillar asosida qo‘lga kiritilgan bo‘lishi

lozim. Masalan, ayblanuvchi yashirinishi mumkin deb xulosa chiqarish uchun asos uning

ishdan bo‘shaganligi, yashash joyidan ko‘chganligi haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.

Ayblanuvchi o‘z jinoiy faoliyatini davom ettirishi mumkin deb taxmin qilish uchun

boshqa jinoyatchilar bilan aloqasi borligi, muqaddam sudlanganligi kabilar asos bo‘lishi

mumkin. Ayblanuvchining guvoh, jabrlanuvchini qo‘rqitishga, sotib olishga, kelishishga,

ekspertlarga ta’sir o‘tkazishga, ashyoviy dalillarni soxtalashtirishga yoki yo‘q qilishga

harakat qilishi kabilar haqiqatni aniqlashda to‘sqinlik qiladi. Shunday qilib, ehtiyot

chorasi qo‘llash uchun asos JPKda ko‘rsatilgan dalillar majmui bilan tasdiqlangan

sharoitlar bo‘lib, u ehtiyot chorasisiz qonunda ko‘rsatilgan harakatlardan biri sodir

etiladi, degan asosli taxmin qilish uchun imkon beradi.

U yoki bu sharoitni asos deb tan olish uchun u kelajakda aybdor (gumon

qilinuvchi)ning salbiy xulq-

atvori uchun dalil bo‘la olishi mumkinligini aniqlash zarur.

Ehtiyot chorasi tanlashda ta’sir qiladigan barcha qolgan sharoitlar yo sharoitga yoxud

ularni qo‘llanish tartibiga taalluqli bo‘ladi.

“Sharoit” bu biror narsaning voqelanishiga, bo‘lishiga ta’sir etuvchi holat, vaziyat

[4] ya’ni u yoki bu narsa unga bog‘liq bo‘lgan holatlar. Shu sababdan, B.B.Hidoyatov,

J.I.Safarov, I.R.Astanov kabi olimlarimiz fikricha, ehtiyot chorasi turini tanlashda ta’sir

qiladigan holatlar sharoit bo‘lib hisoblanadi. Sharoit ehtiyot chorasi asos va tartiblaridan

farqli ravishda “qat’iy” bo‘lmaydi. Ular ba’zan “istisno holatlar”da o‘zgarishi mumkin.

Aniq ehtiyot chorasi turiga qarab qonun maxsus sharoitlar qo‘yadi.

Barcha sharoitlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratishimiz mumkin:

1) shaxsni tavsiflovchi sharoitlar;

2)

jinoyatni tavsiflovchi sharoitlar. Jinoyatni tavsiflovchi sharoitlar o‘z navbatida

ikkiga bo‘linadi: a) ijobiy; b) salbiy.[5]

L.K.Trunova esa: “ayblanuvchining yoki gumon qilinuvchining noqonuniy xatti

-

harakatlar sodir etish holatlari bilan bog‘liq shaxsning moddiy, etik, ijtimoiy axloqiy

dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari yuzasidan keltirib chiquvchi holat - jinoiy

protsessual ehtiyot chorasini qo‘llanilishining asosi”

- deb hisoblaydi. [6]

L.I.Danshina fikriga ko‘ra: “Jinoyat protsessida ehtiyot chorasini qo‘llashga asos,

ayblanuvchining erkinligini cheklashga turtki bo‘luvchi dalillarga ega bo‘lish”[7] –

deb

hisoblaydi. N.V.Bulanova ehtiyot choralarini qo‘llanilishining qonunda belgilangan

holatlari mavjudligi -

ehtiyot choralarini qo‘llashni asosi deb hisoblaydi. [8]

A.P.Rijakov ehtiyot chorasini qo‘llanilish asoslarini o‘rganish jarayonida I.M.Gutkin

fikrini keltirib o‘tadi, unga ko‘ra ehtiyot chorasining qo‘llanilish asosi, ehtiyot chorasini

tanlashda e’tiborga olinuvchi protsessual va yuridik faktlarga ega bo‘lgan holatlar


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

172

yig‘indisi, deb hisoblaydi. Protsessual holatlar: ayblov, qo‘lga olish yoki ma’lum bir

ehtiyot chorasini tanlash asosiga ega bo‘lish hisoblanadi. Yuridik faktga ega bo‘lgan holat

bu ayblanuvchining erkiniligini cheklash uchun ma’lum bir ma’lumot mavjudligi

nazarda tutiladi. A.P.Rijakov yuqorida keltirib o‘tilgan ma’lumotlarga qarshi chiqqan,

holda quyidagi nuqtai nazarni keltirib o‘tadi, ya’ni: “ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida ...

ayblanuvchining (gumon qilinuvchining) tergovdan yashirinishi, uning bundan keyingi

jinoiy faoliyatini davom ettirishi, jinoiy ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga xalaqit berishga

urinishlari, hukmning ijro etilishiga xalal berishi

bular asos deb hisoblanadi; shaxsning

ayblanuvchi sifatida jalb etilishi (qamoqqa olinishi)

bu holat; asos deb esa

qaror

hisoblanilishi mumkin”.

A.P.Rijakov fikriga qo‘shilgan holda, lekin ayni vaqtda qonunda belgilangan

holatlarga mutanosib emas: “... qaror ehtiyot chorasini tanlanishda asos deb

hisoblanmaydi. Qaror

bu ehtiyot chorasini tatbiq qilish uchun asosdir...”. [9]

Xulosa qilib aytganda, ehtiyot chorasi sifatida uy qamog‘ini tanlashning asosi

-

jinoyat ishida dalil xarakteriga ega bo‘lgan ma’lumotlar yig‘indisi asosida

ayblanuvchining (gumon qilinuvchining) surishtiruv, tergov va suddan yashirinishi,

uning bundan keyingi jinoiy faoliyatini davom ettirishi, jinoiy ish bo‘yicha haqiqatni

aniqlashga xalal berishga urinishlari, hukmning ijro etilishiga xalal berishi borasida

taxmin qilishga sabab bo‘luvchi asosli axborotlardir. Bunda dalil xarakteriga ega bo‘lgan

ma’lumotlar yig‘indisi deganda, avvalo gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va ushbu shaxs shu

jinoyatni sodir etganligini tasdiqlovchi ko‘rsatmalar bergan boshqa shaxslarni so‘roq

qilish bayonnomalarini, shuningdek gumon qilinuvchi va ayblanuvchining shaxsiga oid

materiallar (bular mahalla fuqarolar yig‘inidan, ish yoki o‘qish joyidan, qariyalar uyidan

olinadigan shaxs xususiyatlari to‘g‘risidagi tavsifnomalar, u bilan bog‘liq boshqa

shaxslarning bergan tushuntirishlari)ni, tibbiy muassasa tomonidan berilgan kasallik

to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shaxsning oilaviy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni va

zaruratga qarab to‘plangan jinoyat ishining shaxsga nisbatan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot

chorasini qo‘llashni asoslantiruvchi boshqa materiallarni nazarda tutmoqdamiz. Zero

ushbu materiallarning barchasi ehtiyot chorasi sifatida uy qamog‘ini qo‘llash to‘g‘risidagi

iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorga uni asoslantiruvchi hujjatlar tariqasida ilova

qilinishi lozim.

Yuridik adabiyotlarda ehtiyot choralarni qo‘llashning jinoiy protsessual

ko‘rinishdagi shartlar tushunchalarini ko‘rishimiz mumkin, ular qaror qabul qilishda

ko‘mak beradi hamda ularga rioya qilinishi orqali tanlanayotgan ehtiyot chorasining

qonuniyligi va asoslanganligi ta’minlanadi. Ehtiyot chorasini tanlashning shartlari

sirasiga jinoyat ishini aniqlangan bo‘lishi, jinoyat sodir etganlikda gumon qilish va

ayblash, ma’lum protsessual shakllarga rioya etish, hamda JPK 238

-moddasida

belgilangan holatlarni hisobga olishni kiritishimiz mumkin. K.T.Baltabayev bu borada,

ehtiyot chorasini qo‘llashning shartlari deb protsessual faktlarni hisoblaydi, hamda ularni

inobatga olmasdan qonuniylik va asoslanganlik prinsiplarini ta’minlash qiyin deydi. [10]

B.B.Bulatov esa: “ehtiyot choralarni tanlashda jinoiy protsessual qonunning

talablari shart sifati yuzaga chiqadi, ularga rioya qilgan holda esa qonuniy va asoslangan

qaror qabul qilishga turtki bo‘ladi”

-deb hisoblaydi.[11] Shunday shartlar sirasiga

quyidagilarni keltirib o‘tishimiz mumkin: 1) shaxsni ayblanuvchi sifatida jinoyat ishiga

jalb qilinishi yoki u tomonidan jinoyat protsessida gumon qilinuvchi pozitsiyasini

egallanishi; 2) holatlar, ya’ni shaxsni xarakterlovchi holatlarning tasdiqlanganligi va

hisobga olinganligi; 3) ehtiyot chorasi ma’lum bir organ mansabdor shaxs tomonidan

qabul qilinadi; 4) ma’lum bir ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risidagi qaror qonunchilikda


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

173

nazarda tutilgan protsessual shakllarda tasdiqlanadi. Y.G.Ovchinnikov tomonidan jinoyat

protsessidagi “shart” terminini analiz qilish asosida, “shartni” ehtiyot chorasini tanlashga

imkoniyat beruvchi ma’lum bir holatlar deb tushunish mumkin, deb xulosa qilingan.[12]

A.Y.Popkovning fikriga ko‘ra “ehtiyot chorasini qonuniy jihatdan to‘g‘ri tanlashni

jinoyat protsessida ehtiyot chorasini qo‘llash shartlari belgilab beradi hamda ularning

mavjudligi fakti asosida, ehtiyot chorasini tanlash muammosining algoritm ko‘rinishida

yechimiga olib keladi, deya ta’kidlaydi. Qonunda belgilangan tartibda ehtiyot choralari

masalasini hal qilinishida, shart zarur element va shu bilan birgalikda huquqiy

konstruksiya asosi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi”.[13] A.Y.Popkov ehtiyot chorasini

qo‘llash shartini umumiy va maxsus qismlarga bo‘ladi. Uning fikriga ko‘ra, “umumiy

shartlarni jinoiy ish qo‘zg‘atilganligi va to‘xtatilmagan jinoiy ish mavjudligi bilan

belgilanishi mumkin ... Maxsus shartlarni jinoyat protsessual qonunda belgilangan aniq

bir ehtiyot chorasini tanlashga imkoniyat va sharoit tug‘diruvchi holatlar mavjud

bo‘lishini belgilaydi”.[13]

Yuqorida keltirib o‘tilgan olimlar fikriga qo‘shilgan holda, shuni xulosa qilishimiz

mumkinki, ehtiyot chorasini tanlash shartlari deyilganda

ehtiyot chorasi sifatida uy

qamog‘i qo‘llashni, hamda umuman ma’lum bir ehtiyot chorasini tanlashga va shu bilan

qonuniylikni ta’minlashga imkon beruvchi hamda jinoiy protsessual va yuridik faktlarga

ega bo‘lgan holatlar yig‘indisi, deb tushunish mumkin. Y.G.Ovchinnikov va

Y.V.Saltikovlarning uy qamog‘iga qamoqqa olish ehtiyot chorasini tanlash shartlarini

o‘rganib chiqish orqali, ularni ikki turga, umumiy va maxsus bo‘linishini to‘g‘ri deb,

hisoblaymiz. Bunday bo‘linish asoslangan holda izlanishimiz davomida unga tayanish

mumkin deb hisoblaymiz.

Bizning fikrimizga ko‘ra, uy qamog‘i ehtiyot chorasini tanlash umumiy shartlari

deb, jinoyat protsessual qonunchiligida nazarda tutilgan holatlardan kelib chiqib ushbu

ehtiyot chorasini tanlash maqsadga muvofiq, deb hisoblashimiz mumkin. Bunday shartlar

sirasiga quyidagilarni keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir: jinoiy ish qo‘zg‘atilganligi va

to‘xtatilmagan jinoiy ish mavjudligi; tergov ishini olib boruvchi, ehtiyot chorasini tanlash

huquqiga ega bo‘lgan subyekt (mansabdor shaxs) mavjudligi; tanlanuvchi obyekt

mavjudligi (gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi); shuningdek, dalillar

yetarliligi, jinoyat ishi materiallarda ushbu ehtiyot chorasini tanlashga asos bo‘lib xizmat

qiluvchi ma’lumotlar.

Uy qamog‘i tariqasidagi ehtiyot chorasini tanlashning maxsus shartlari deb,

qonuniyligini tasdiqlovchi va uning kelajakda tatbiq qilishga xizmat qiluvchi yuridik

faktlar mavjudligi tushuniladi. Ular sirasiga quyidagilarni keltirib o‘tishimiz mumkin.

JPKning 2421-

moddasida: “Uy qamog‘i gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki

sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar

mavjud bo‘lganida uning yoshini, sog‘lig‘i holatini, oilaviy ahvolini va boshqa holatlarni

hisobga olgan holda qamoqqa olish maqsadga nomuvofiq deb topilgan taqdirda

qo‘llaniladi” deyiladi. Mazkur holatda uy qamog‘i tariqasidagi ehtiyot chorasini

tanlashning ikkita maxsus shartlarini ko‘rsatishimiz mumkin bular: Birinchisi, qamoqqa

olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud bo‘lishi sharti. Ikkinchisi,

aynan yuqoridagi qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar

mavjud bo‘lgani holda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining yoshini, sog‘lig‘i holatini,

oilaviy ahvolini va boshqa holatlarni hisobga olgan holda qamoqqa olish maqsadga

nomuvofiq deb topish shartidir. Bu ikki shart bir-

biriga uzviy bog‘liq bo‘lib, uy qamog‘i

tariqasidagi ehtiyot chorasini tanlashga zamin hozirlaydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

174

Uy qamog‘i tushunchasi va mazmun

-mohiyati shundan dalolat beradiki u shaxs

erkinligini uning tabiiy huquqlari va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirgan holda cheklovchi

ehtiyot chorasidir.

Yuqorida bayon etilgan fikrlarni umumlashtirgan holda xulosa o‘rnida shuni qayd

joizki, uy qamog‘ini qo‘llash asoslari nafaqat qonunda belgilangan, balki buning uchun

ma’lum shart

-

sharoitlar bo‘lishi zarur. Ushbu shartlar va qonuniy asoslar birgalikda

jinoyat protsessi qatnashchilari huquqlari buzilishini oldini olishga va ushbu ehtiyot

chorasini istiqbolli amalga kiritishga xizmat qiladi.

Uy qamog‘ini qo‘llash asoslari sifatida tergov materiallarida dalillar bilan

tasdiqlangan ma’lumotlar hisoblanib, ular ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchini

tergovdan yoki suddan yashirinishi, jinoiy faoliyatni davom ettirishi, jinoyat protsessi

qatnashchilariga bosim o‘tkazishi, dalillarni o‘zgartirishi yoki yo‘q qilishi, hukm ijrosiga

to‘sqinlik qilishi mumkinligiga oid o‘z tasdig‘ini topgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.

Uy qamog‘i shaklidagi ehtiyot chorasini qo‘llash shartlari –

bu aynan mazkur

ehtiyot chorasini qo‘llashga yo‘l ochib beradigan va uni qonuniyligini ta’minlaydigan

jinoiy-huquqiy va faktik shart-

sharoitlardir. Uy qamog‘i shaklidagi ehtiyot chorasini

qo‘llash shartlari umumiy va maxsus shartlarga bo‘linadi. Umumiy shartlar –

bu jinoiy-

protsessual qonunchilikda belgilangan shartlar bo‘lib, ushbu ehtiyot chorasini qo‘llashga

asos bo‘la oladi. Ular quyidagilardan iborat: amaldagi jinoiy ish borligi; tergovni olib

borish va ehtiyot chorasini belgilash huquqiga ega subyekt borligi; tergov obyekti

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi borligi; tergov materiallarida uy qamog‘i shaklidagi

ehtiyot chorasini qo‘llash uchun yetarli asos borligi. Maxsus shartlar –

bu faktik, ya’ni

amaldagi shartlar bo‘lib, ular tanlovning qonuniyligi va uning keyingi ijrosini ta’minlaydi:

jinoiy-huquqiy

jinoyat kategoriyasi; kriminologik-huquqiy

gumon qilinuvchi,

ayblanuvchi shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (yoshi, sog‘lig‘i holati, oilaviy ahvoli,

sudlanganligi, mehnat faoliyati, yashash, ish yoki o‘qish joyidan tavsifnomalar va sh.k.);

gumon qilinuvchi, ayblanuvchining yashash joyi mavjudligi va uning maqomi; cheklovlar

o‘rnatish mumkinligi.

Ayrim davlatlar JPKda yuqoridagi kabi faktik (maxsus) shartlarning ayrimlari,

xususan: shaxsning keksaligi, nogironligi, homiladorligi, yosh bolasi borligi, voyaga

yetmaganligi uchun qamoqqa olishga asoslar mavjud bo‘lsa

-

da, uy qamog‘ini qo‘llash

shartligi belgilangan. Masalan: Moldoviyada 60 yoshdan oshgan, birinchi guruh nogironi,

homilador yoki 8 yoshgacha bolasi bor ayollarga qamoqqa olishning muqobili tariqasida

uy qamog‘ini qo‘llash lozim. Fikrimcha, bu holatda yuqoridagi singari ayblanuvchining

shaxsiy sifatlari ehtiyot chorasi sifatida uy qamog‘ini qo‘llash asosi hisoblanadi va bu

protsessual qonunchilikning yanada insonparvarlashishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston

Respublikasi JPKda yuqoridagi holatlar kabi sifatlarga ega shaxslar uchun ehtiyot chorasi

sifatida uy qamog‘ini qo‘llash shartligi belgilansa, aniqrog‘i sog‘lig‘i holati, oilaviy ahvoli

va boshqa holatlardan qat’iy nazar ehtiyot chorasi sifatida uy qamog‘ini qo‘llanilishi

lozim bo‘lgan shaxslar doirasini kiritish lozim. Jumladan, I guruh nogironlari,

70 yoshdan oshgan keksalar, homilador yoxud 1 yoshgacha bolasi bor bo‘lgan

ayollar, 14 yoshga to‘lmagan bolalar shunday shaxslar doirasiga kiritilsa maqsadga

muvofiq bo‘lardi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Мюллерсон Р.А. Права человека: идеи, нормы, реальность. М. 1991. –

Б. 36.

2.

Hidoyatov B.B., Safarov J.I., Astanov I.R. Dastlabki tergovda shaxs huquq va

erkinliklarini cheklashning ayrim jihatlari. T.: TDYI, 2008.

53-b.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

175

3.

Hidoyatov B.B., Safarov J.I., Astanov I.R. Ko‘rsatilgan asar, 44, 55

-b.Batafsil

ma’lumot uchun qarang: O‘zbek tilining izohli lug‘ati, “O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi”davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent 2006, 549

-b.

4.

Batafsil ma’lumot uchun qarang: O‘zbek tilining izohli lug‘ati, “O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi”davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent 2006, 549

-b.

5.

Hidoyatov B.B., Safarov J.I., Astanov I.R. Dastlabki tergovda shaxs huquq va

erkinliklarini cheklashning ayrim jihatlari.

Ma’sul muharrir

.

T.: TDYuI, 2008.

64-b.

6.

Трунова Л.К. Современные проблемы применения мер пресечения в

уголовном процессе: Дис. … д

-

ра юрид.наук. –

М., 2002. –

Б. 56.

7.

Александрович С.В. Домашний арест как мера пресечения в уголовном

процессе Российской Федерации: Дис. ... канд. юрид. наук,

-

Калининград, 2009.

-

Б.

90.

8.

Буланова Н.В. Заключение под стражу при предварительном расследовании

преступлений: Научно

-

методическое пособие / Под ред. Д.ю.н. М.Е. Токаревой. –

М.:

Издво «Юрлитинформ», 2005.

-

Б. 69.

9.

Рыжаков А.П. Меры пресечения. –

М.: Информационно

-

издательский дом

«Филинь», 2004. –

Б.9,10.

10.

Александрович С.В. Домашний арест как мера пресечения в уголовном

процессе Российской Федерации: Дис. ... канд. юрид. наук,

-

Калининград, 2009.

-

Б.

95.

11.

Уголовный процесс: учебник / Под ред. В.П. Божьева. –

2-

е изд. Перераб.–

М.: Высшее образование, 2009. –

Б.171.

12.

Овчинников Ю.Г. Домашний арест как мера пресечения в уголовном

процессе: Дис. … канд. Юрид. Наук –

Омск, 2006.

-

Б.86.

13.

Попков А.Ю. Основания и условия применения мер пресечения в

уголовном судопроизводстве: к дискуссионности вопроса. // Юридическая теория

и практика, 2008.

-

№1(5) –

Б.77.

Библиографические ссылки

Мюллерсон Р.А. Права человека: идеи, нормы, реальность. М. 1991. – Б. 36.

Hidoyatov B.B., Safarov J.I., Astanov I.R. Dastlabki tergovda shaxs huquq va erkinliklarini cheklashning ayrim jihatlari. T.: TDYI, 2008. – 53-b.

Hidoyatov B.B., Safarov J.I., Astanov I.R. Ko‘rsatilgan asar, 44, 55-b.Batafsil ma’lumot uchun qarang: O‘zbek tilining izohli lug‘ati, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent 2006, 549-b.

Batafsil ma’lumot uchun qarang: O‘zbek tilining izohli lug‘ati, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent 2006, 549-b.

Hidoyatov B.B., Safarov J.I., Astanov I.R. Dastlabki tergovda shaxs huquq va erkinliklarini cheklashning ayrim jihatlari. – Ma’sul muharrir -- . – T.: TDYuI, 2008. – 64-b.

Трунова Л.К. Современные проблемы применения мер пресечения в уголовном процессе: Дис. … д-ра юрид.наук. – М., 2002. – Б. 56.

Александрович С.В. Домашний арест как мера пресечения в уголовном процессе Российской Федерации: Дис. ... канд. юрид. наук, - Калининград, 2009. - Б. 90.

Буланова Н.В. Заключение под стражу при предварительном расследовании преступлений: Научно-методическое пособие / Под ред. Д.ю.н. М.Е. Токаревой. – М.: Издво «Юрлитинформ», 2005.- Б. 69.

Рыжаков А.П. Меры пресечения. – М.: Информационно-издательский дом «Филинь», 2004. – Б.9,10.

Александрович С.В. Домашний арест как мера пресечения в уголовном процессе Российской Федерации: Дис. ... канд. юрид. наук, - Калининград, 2009. - Б. 95.

Уголовный процесс: учебник / Под ред. В.П. Божьева. – 2-е изд. Перераб.–М.: Высшее образование, 2009. – Б.171.

Овчинников Ю.Г. Домашний арест как мера пресечения в уголовном процессе: Дис. … канд. Юрид. Наук – Омск, 2006. - Б.86.

Попков А.Ю. Основания и условия применения мер пресечения в уголовном судопроизводстве: к дискуссионности вопроса. // Юридическая теория и практика, 2008.- №1(5) – Б.77.