Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Texts in social networks and their linguistic expertise
Nargisa SOLIEVA
Kokand State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
This article examines political texts on social networks and
their linguistic analysis, identifies the challenges in this area, and
discusses both the current tasks that have been addressed and
those that still require solutions.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss10/S-pp6
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
political text,
linguistic expertise,
social networks,
linguist,
legislation,
authorship,
responsibility.
Ijtimoiy tarmoqlardagi matnlar va ularning lingvistik
ekspertizasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
siyosiy matn,
lingvistik ekspertiza,
ijtimoiy tarmoqlar,
tilshunos,
qonunchilik,
mualliflik,
javobgarlik.
Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi siyosiy matnlar va
ularning lingvistik
ekspertizadan o‘tkazish, bu boradagi mavjud
muammolar hamda ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilgan
va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar haqida fikr
yuritiladi.
Тексты в социальных сетях и их лингвистическая
экспертиза
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
В данной статье рассматриваются политические тексты
в социальных сетях и их лингвистическая экспертиза,
1
1st class Lawyer, Independent Researcher, Kokand State Pedagogical Institute.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
7
политический текст,
лингвистическая
экспертиза,
социальные сети,
лингвист,
законодательство,
авторство,
ответственность
.
.
выявляются существующие проблемы в этой области, а
также обсуждаются текущие задачи, которые уже были
решены или требуют решения.
KIRISH
Til jamiyatning ajralmas va birlamchi qismi sifatida nufuzi va o‘rni beqiyos. Hozirgi
kunda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida tilning amaliy ahamiyati, undan samarali
foydalanishga doir qimmatli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xalqaro aloqalar
faollashgan bir paytda yurtimizda ham bu boradagi tadqiqotlarni yangi bosqichga
ko‘tarish dolzarb vazifalardan biri. Xususan, tilshunosligimiz uchun nisbatan yangi bo‘lgan
psixolingvistika, neyrolingvistika hamda lingvistik ekspertiza kabi qator sohalarning rivoji
orqali ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-
ma’rifiy hamda siyosiy muammolarni yechish har
doimgidan ham ko‘ra zarurroq bo‘lib turibdi.
MATERIALLAR VA METODLAR
Hozirgi kunimiz uchun axborot almashinuvida hech bir istisnolarsiz ijtimoiy
tarmoqlarning o‘rni va roli yuqoridir. Xalq boshqaruvida to‘g‘ri va adolatli siyosat olib
borish demokratik davlat sifatida xalqning ham fikr-
mulohazalarini e’tiborga olish
maqsadi
da bu boradagi ishlarni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish muhim vazifalardandir.
Sir emaski, hozirgi kunda turli obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra siyosiy matnlarni
turlicha tushunish bilan bog‘liq murakkabliklar yuzaga kelmoqda. Ushbu masalani ilmiy
jihatdan tartiblash va shu orqali siyosatchilar hamda xalqning bu boradagi muammolari
yechimi bo‘yicha tadqiqot olib borish muhim.
Avvalo siyosiy matn murakkab hodisa sifatida bir qator o‘ziga xosliklarga ega
ekanligini inobatga olish zarur. Birinchidan, siyosiy matn siyosat sohasida ishlaydigan
matn turidir. Ikkinchidan, bu matn maxsus mavzularga, xususan, siyosiy masalalarga
bag‘ishlangan. Olimlarning fikricha, siyosiy matn siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi
kishilar tomonidan yaratilgan matndir[2]. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, siyosiy
matnlarni o‘rganishda tor va keng yondashuvlar mavjud. Ya’ni tor yondashuvga ko‘ra,
faqat
bevosita siyosatchilar tomonidan yaratilgan matnlar siyosiy, keng yondashuvga ko‘ra
siyosiy matnlar siyosiy mavzudagi har qanday matnlarni o‘z ichiga oladi, deb taxmin qiladi
[5. 196]. Siyosiy matnning o‘ziga xos xususiyati uning bir guruh odamlarga ta’sir
o‘tkazishga qaratilganligi bilan ham xarakterlanadi. Siyosiy matnning eng muhim
xususiyatlaridan biri ta’sir ko‘rsatishdir, chunki uning vazifasi axborotni qabul qiluvchiga
ta’sir qilish orqali ma’lum bir natijaga erishish. Boshqa bir ta’rifga ko‘ra, siyo
siy matn - bu
dolzarb siyosiy masalalarga bag‘ishlangan va ommaviy auditoriyaga qaratilgan matndir [1.
15].
Siyosiy nutq tadqiqotchilarining qayd etishicha, nutqning bu turining mazmunli
xususiyati unda siyosiy birlashma, masalan, partiya, boshqa jamoat tashkilotlari, davlat
boshqaruvi organlari va siyosiy faollar faoliyatining aks etishidir. Bu faoliyat muayyan
g‘oyalarni ilgari surish orqali siyosiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan. Siyosiy matn
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri yoki bilvosita “siyosiy hokimiyatni taqsimlash va undan foydalanish
masalalariga” qaratilgan [4. 89]. Siyosiy matn o‘zining asosiy maqsadi
- t
a’sir o‘tkazish
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
8
bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qator funksiyalarni bajaradi. Siyosiy matnning quyidagi
funksiyalarini ajratish mumkin: birinchidan, axborot siyosiy matn uchun katta ahamiyatga
ega, chunki axborot har qanday siyosiy matnning maqsadi hisoblanadi. Bu funksiya
ta
svirlangan hodisa yoki siyosatning o‘zi haqida yetarli ma’lumotni yetkazishdan iborat.
Siyosiy matnning asosiy maqsadini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun axborot siyosiy
auditoriya e’tiborini jalb qilish uchun eslab qolish uchun qulay, turli g‘alizlikl
ardan xoli
bo‘lishi lozim. Ikkinchidan, yuqorida aytib o‘tilganidek, siyosiy matn ta’sirga qaratilgan,
shuning uchun ishontirish va motivatsiya bera olish ham o‘ziga xos xususiyatlardandir.
Har qanday siyosiy matn siyosiy auditoriyani muallif xabaridagi ma
’lumotlarning to‘g‘riligi
va asosliligiga ishontirishga qaratilgan bo‘lishi eng muhim talablar sirasiga kiradi. Siyosiy
matn funksiyalarining quyidagi tasnifi eng to‘liq ko‘rinadi:
1) diqqatni jalb qilish;
2) mafkuraviy funksiya (vaziyatni ko‘rish: qanday muammolarni hal qilish kerak va
ularni h
al qilish yo‘llari);
3) tinglovchilarni qo‘yilgan muammolarning to‘g‘riligiga va ularni hal qilishning
taklif etilayotgan yo‘llariga ishontirish;
4) tinglovchilarni muallifning takliflarini qo‘llab
-quvvatlashga safarbar etish [1. 23].
IZLANISH VA MUHOKAMALAR
Har qanday siyosiy matn siyosiy vaziyatni ijobiy yoki aksincha tarafga
o‘zgartirishga turtki bo‘la oladi. Siyosiy matnning vazifalari reklama va shiorlar, varaqalar,
siyosiy nutqlar va maqolalar, siyosiy nashrlarda juda aniq namoyon bo‘ladi. Siyosiy
matn
lar bajariladigan vazifalariga ko‘ra quyidagi janrlar bilan ifodalanishi mumkin:
-
marosim janrlari (inauguratsion nutq, salomlashish nutqi va boshqalar); - oriyentatsiya
janrlari (farmonlar, hisobotlar, shartnomalar); - siyosiy matnlarning agonal janrlari (shior,
varaq, mitingdagi nutq). Bunday matnlar kurashga chaqiriqlarni o‘z ichiga oladi va
ifodalilikning kuchayishi bilan ajralib turadi; - informatsion janrlar (gazetadagi
ma’lumotlar, ommaviy axborot vositalaridagi siyosatchilarning murojaatlari). Og‘z
aki va
yozma nutqni taqqoslashda og‘zaki nutqning janrlari (munozaralar, miting va
yig‘ilishlardagi nutqlar, ma’ruzalar, suhbatlar, intervyular va boshqalar) [8. 78]. Og‘zaki
nutq yozma muloqotdan ko‘ra tinglovchilarga ta’sir qilish uchun katta imkoniyatla
rga ega.
Og‘zaki siyosiy madaniyatga ega bo‘lgan mamlakatlarda yozishdan ko‘ra omma oldida
gapirishga urg‘u beriladi. Siyosatchi uchun tinglovchilar bilan to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri jonli
muloqot, masalan, saylovchilar bilan uchrashuvlar yoki matbuot anjumanlari paytida
muhim ahamiyatga ega. Shuni ta’kidlash kerakki, siyosiy muloqot turlari o‘rtasida aniq
farqlar mavjud: og‘zaki va yozma siyosiy matnlarning tuzilishi bevosita xabarning
adresatga qanday uzatilishiga bog‘liq.
Og‘zaki nutqning o‘ziga xos qurilish qoidalari bor, masalan, nutq kirish, asosiy qism
va xulosadan iborat, ammo og‘zaki muloqotda yoritilgan mavzular soni ko‘pincha
cheklangan. Og‘zaki taqdimot qabul qiluvchiga ta’sirni kuchaytirish uchun ishlatiladigan
ma
’lum usullar bilan tavsiflanadi. Bularga ham leksik, ham grammatik usullar kiradi.
Og‘zaki va yozma matnlar o‘rtasidagi farqlarni quyidagi sabablar bilan izohlash mumkin:
birinchidan, so‘zlovchi, auditoriya,
muallif va adresat
-
o‘quvchi o‘rtasidagi
munosaba
tlarning har xil tabiati, ikkinchidan, matnlarni idrok etishning o‘ziga xos
xususiyatlari. Nutq dialogik va monologik bo‘lishi mumkin, shuning uchun siyosiy
matnlarda monologik janrlar ajralib turadi, ular orasida, masalan, gazeta maqolalari, radio
xabarlar va dialogik janrlar (parlament muhokamalari, munozaralar, muzokaralar va
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
9
boshqalar) [3. 55]. Siyosiy matnlarga xos bo‘lgan yana bir jihat shuki, bunday matnlarda
mualliflik masalasining kimgadir tegishli yoki ayni bir shaxsga tegishli bo‘lmaydi. Siyosiy
matn muallifi bu matnni talaffuz qilgan siyosatchi yoki ushbu matn uchun ma
s’ul bo‘lgan
shaxs hisoblanadi [3. 56].
Siyosiy yetakchilarning nutqi soha mutaxassislari tomonidan yaratilsa-da, matn
siyosatchi tomonidan e’lon qilinganligi sababli javobgarlik uning zimmasida bo‘ladi va bu
ham o‘ziga xos murakkabliklarga ega. Siyosiy matnning muallifligi masalasining yana bir
jihati shundaki, ayrim turdagi matnlar masalan, ma’lum bir muallifga ega bo‘lmagan
mamlakat konstitutsiyasi kiradi, shuning uchun uning mazmuni uchun davlat organlari
javobgardir, deyishimiz mumkin. Bu turdagi matnlarga, kiradigan shiorlarni anonim
siyosiy matnga sifatida qaraymiz, garchand bunday matnlarning muallifi mavjudligi
haqida xulosalarga ega bo‘lsak
-
da. 2021 yilning 24 oktyabrida “O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga saylov” o‘tkazildi. Biroq, saylovdan avval Qalampir.uz “Noyabr oyida
Shavkat
Mirziyoyev Rossiyaga boradi” [9] mavzusidagi maqolasi keng omma tomonidan
salbiy munosabat bilan kutib olindi. Xabarga ko‘ra “Joriy yilning noyabr oyida O‘zbekiston
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga tashrif amalga oshiradi. Bu haqda
O‘
zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati\
~ma’lum qildi.” [9] deb ko‘rsatilgan edi.
Qalampir.uz internet sayti esa bunga izoh sifatida “O‘zbekistonda joriy yilning 24
oktyabr kuni Prezident saylovi o‘tkazilishi kutilmoqda. Prezident saylovi natijalari qanday
bo‘lishi ma’lum emas.” [9]ligini qayd etgan. Ushbu xabar va unga internet saytin
ing
munosabati xalqning o‘rtasida saylovga, yurtimizdagi siyosatga ishonchsizlikni, turli
e’tirozlar bildirilishiga sabab bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi (O‘zR
25.06.2019 y. O‘RQ
-544-
son Qonuni bilan tasdiqlangan)ga ko‘ra “65
-
modda. O‘z
bekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy ravishda e’lon qilingan
kundan e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining
qo‘shma majlisida qasamyod qilgan paytdan e’tiboran o‘z lavozimiga
kirishadi.
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z vakolatlarini yangi saylangan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimga kirishguniga qadar bajaradi.” [9] deb
belgilab qo‘yilgan. 2021 yil 24 oktyabrdan boshlab ikki oyni hisoblasak bu 2021 yil 23
dekabr
ga qadar bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Saylov kodeksidagi ushbu moddaning oxirgi
xat boshisida amaldagi prezident o‘z vakolatlarini yangi prezident saylangunga qadar
bajarish belgilangan. Bundan ma’lum bo‘ladiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
matbuot kotibi tomonidan e’lon qilingan siyosiy xabar qonunga xilof emas va bahsli
o‘rinlari ham yo‘q. Bunday siyosiy xabarlarni taqdim etishda xalqning ham saviyasini
inobatga olish va bunday vaziyatlarda ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan
jurnali
stlar siyosiy jihatdan ham hushyor bo‘lishi juda muhim masalalardan biri.
Yurtimizdagi faol siyosiy jarayonlarda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinib borayotgan
siyosiy matnlarning tushunilishida tez-tez uchrab turgan bunday anglashilmovchiliklarga
barham berishda aksariyat hollarda turli mantiqiy asoslangan yoki bunday xususiyatga
ega bo‘lmagan izohlar berish odatga aylana boshladi. Rasmiy uslubga xos bo‘lgan eng
muhim xususiyatlardan bir, rasmiy uslubning hamma uchun bir xil tushunarli bo‘lishidir.
Biroq ra
smiy chiqishlarda bunga yetarli darajada e’tibor qaratilmagan holatlar ham ko‘zga
tashlanib qoldi. Bugungi kunda siyosiy matnlarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
10
Mahkamasining “Normativ
-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2021 yil 28 oktyabrdagi
662-son qaroriga 2021 yil 28 oktyabrdagi 662-
son) [11] ham ayni muddao bo‘ldi. Mazk
ur
qarorning 3-
bob. Loyihani lingvistik ekspertizadan o‘tkazish talablariga ko‘ra quyidagilar
belgilangan.
XULOSA
Shunday qilib, loyiha matni lingvistik ekspertizadan quyidagi talablar asosida
o‘tkaziladi:
•
jumlalarning soddaligi va qisqaligi, ta’riflarning aniqligi;
•
imlo, uslubiy, grammatik va orfografiya qoidalariga mosligi;
•
yangi atamalar, shuningdek, soha atamalarining to‘g‘ri qo‘llanganligi;
•
so‘z birikmalarining o‘zaro to‘g‘ri bog‘langanligi;
•
bayonning tizimliligi va ifodali ketma-ketligi. [11]
Loyihani lingvistik ekspertizadan o‘tkazish talablariga ko‘ra ijtimoiy tarmoqlardagi
matnlarni ham lingvistik ekspertizadan o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ko‘rinib
turibdiki, huquqiy hujjat qanday vazifalarni amalga oshirilishi zarur ekanligini, talabni
ifodalab kelmoqda. Biroq bunday vazifalarni amalga oshirishning ilmiy asoslarini ko‘rsatib
bera olmaydi va bu esa siyosiy matnlarni lingvistik ekspertizadan o‘tkazish shakllari,
metodlari va o‘ziga xosliklarini jiddiy tadqiq etishni dolzarb vazifa qilib
qo‘yadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Бондаренко С.В. 2005. Политическая идентичность в киберпространстве. –
Политическая наука. № 3. С. 76
-
92. Бондаренко Н.А. 2010.
2. Интенциональность социального поведения как философская проблема:
дис. … к.филос.н. М. 160 с. Василенко И.А. Политическая философия: учебное
пособие. М.: Инфра
-
М. 320 с. Мирошниченко И.В. 2013.
3. Социальные сети в российской публичной политике: дис. … д.полит.н. М.
Михайленок О.М., Щенина О.Г. 2018. Антропологическое измерение политики:
новый «сетевой человек». –
Вестник Московского государственного областного
университета (электронный журнал). № 2. С. 1
-
14. Михайлов И.Ф. 2015.
4. Неъматов Ҳ., Менглиев Б., Ҳамроева Ш. Тилшуносликнинг методологик
масалалари. –
Германия:
Globe,2020
5. Идентичность как категория политической науки: словарь терминов и
понятий. 2012. М.: РОССПЭН. 208 с. общества. СПб: Изд
-
во СПбГУ. 258 с. Пятигорский
А.М. 2010.
6. Неъматов Ҳ., Менглиев Б., Ботирова А. Тилшуносликнинг амалий
масалалари. (Монография) –
Германия:
Globe, 2020.
7. Неъматов Ҳ., Менглиев Б., Ботирова А. Тилшуносликнинг фалсафий
масалалари. (Монография) –
Германия:
Globe, 2020.
8. Зеленко И.Б. О политическом смысле в социальных сетях
(интенциональный контекст) Власть 2018’08
9.https://qalampir.uz/uz/news/noyabr-oyida-shavkat-mirziyeev-rossiyaga-
boradi-47306
10. Ўзбекистон Республикасининг Сайлов кодекси (ЎзР 25.06.2019 й. ЎРҚ
-544-
сон Қонуни билан тасдиқланган)
11. https://lex.uz/docs/5701504
