Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Addressing challenges related to ensuring inspection
participation in the implementation of urban planning
projects
Kuvondik SHEROV
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
This article analyzes the significance of urban development
projects within the framework of New Uzbekistan's reforms,
aimed at improving living conditions and ensuring a dignified
and comfortable standard of living both in the present and
future. The paper reviews the regulatory legal acts governing
the construction sector and emphasizes the importance of
public participation in urban development projects. It highlights
the negative impact of certain legal provisions being overlooked
by responsible agencies, which affects citizens' involvement.
The article also provides suggestions and recommendations to
enhance public participation in urban planning discussions and
implementation.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp185-189
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
urban planning,
public discussion,
public hearing,
platform,
opinion,
proposal.
Shaharsozlik loyihalarini amalga oshirishda jamoatchilik
ishtirokini ta’minlashning dolzarb masalalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
shaharsozlik,
jamoatchilik muhokamasi,
jamoatchilik eshituvi,
platforma,
fikr,
taklif
Yangi O‘zbekistonni keng ko‘lamli ulkan qurilishlarsiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu turar joy bo‘ladimi, ijtimoiy
obyektlar, yangi infratuzilma obyektlari bo‘ladimi, hammasi,
avvalo, inson qadri uchun yo‘naltirilayotgan, odamlar uzoq
kelajakda emas, bugun ham munosib va farovon yashashi
yo‘lida qilinayotgan islohotlardir. Ushbu sohani tartibga solish
boʻyicha bir qator normativ
-huquqiy hujjatlar qabul qilinib,
shaharsozlik loyihalarini amalga oshirishda jamoatchilik
ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Biroq, shu
1
Independent (PhD) Researcher, Tashkent State University of Law. E-mail: quvondiq1191@gmail.com.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
186
bilan birgalikda qonunchilikdagi ayrim normalarning amalda
mas’ul idora va tashkilotlar tomonidan ijro etilmayotganligi
fuqarolarning shaharsozlik loyihalarini amalga oshirishda
ishtirokiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. Ushbu maqolada
shaharsozlik sohasidagi loyihalarni koʻrib chiqish va
jamoatchilik muhokamalarida ishtirok etish masalalariga
toʻxtalgan. Shuningdek, shaharsozlik loyihalarini koʻrib
chiqishda fuqarolar ishtirokiga oid ayrim taklif va mulohazalar
bildirilgan.
Актуальные
вопросы
обеспечения
участия
общественности в реализации градостроительных
проектов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
городское планирование,
общественное
обсуждение,
общественные слушания,
платформа, мнение,
предложение
.
В статье анализируется значение градостроительных
проектов в контексте реформ Нового Узбекистана,
направленных на улучшение условий жизни населения и
обеспечение достойного уровня комфорта в настоящем и
будущем.
Рассматриваются
принятые
нормативные
правовые акты, регулирующие строительство, а также
подчеркивается важность участия общественности в
процессе
реализации
градостроительных
проектов.
Отмечено,
что
несоблюдение
некоторых
норм
законодательства ответственными органами негативно
влияет на вовлеченность граждан. В статье также
представлены
предложения
и
рекомендации
по
повышению участия граждан в обсуждении и реализации
проектов городского планирования
.
Qurilish
–
hayot talabi, iqtisodiyotning yetakchi sohalaridan biri. Yurtimizda bu
sohaga keng imkoniyatlar berilgani natijasida bunyodkorlik sur’ati oshdi. Ushbu sohani
tartibga solish maqsadida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, sohaga oid
muammolar oʻz yechimini topmoqda. Insonning yashashi uchun munosib muhit yaratish,
atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek jamoaviy va shaxsiy manfaatlarning
muvozanatiga erishish maqsadida hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish
masalasida jamoatchilikning rolini oshirish maqsadga muvofiq sanaladi.
Darhaqiqat, shaharsozlik loyihalarini yaratishda birinchi navbatda shu hududda
yashovchi fuqarolarning fikrini eshitish, ularga munosib sharoit yaratib berish muhim
sanaladi. Soʻngi yillarda mamlakatimizda hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish
va ushbu jarayonda jamoatchilikning samarali ishtirokini ta’minlash boʻyicha bir qator
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49
-moddasida shaharsozlik
hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan
o‘tkazilishi belgilab qoʻyildi [1].
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga Aholi punktlari bosh
rejalarining jamoatchilik muhokamasi nomli alohida modda kiritildi [2].
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
-yil 27-
noyabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
187
rivojlantirishning 2021
—
2025-
yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF
-6119-
son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini
modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021
—
2025-yillarga
mo‘ljallangan strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini
modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021
—
2025-yillarga
mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha yoʻl xaritasi tasdiqlandi [3] va unga
koʻra aholi punktlarining bosh rejalarini jamoatchilik ishtirokida tizimli ravishda
muhokama qilish belgilandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023
-yil 11-sentabrdagi
“Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish
hamda 2023
—
2027-yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish
dasturlarini tasdiqlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ
-299-son qarori qabul qilindi [4].
Yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi shaharsozlik sohasini
tartibga solishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Shu bilan birgalikda, ularda belgilangan
ayrim normalarning amalda bajarilmayotganligi ushbu sohada jamoatchilik ishtirokiga
salbiy ta’sir qilayotganligini ta’kidlash lozim.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
-yil 27-noyabrdagi PF-
6119-son Farmonida aholi punktlari bosh rejalarining jamoat muhokamasi 4-bosqichda
amalga oshirilishi belgilandi:
I bosqich
—
fuqarolarni jamoat muhokamasini o‘tkazish muddatlari, joyi va tartibi
bilan tanishtirish;
II bosqich
—
aholi punkti bosh rejasining loyihasi bo‘yicha jamoat muhokamalarini
(yashovchilar, yerdan foydalanuvchilar va ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlarining
muhokamalari, ijtimoiy so‘rovlari, fikrlarini to‘plash va boshqa usullar) o‘tkazish;
III bosqich
—
jamoat muhokamasining qayd etilgan natijalari asosida jamoat
fikrini tahlil qilish;
IV bosqich
—
jamoat muhokamasi natijalari haqida ommaviy axborot vositalari,
shu jumladan internet tarmog‘i orqali aholini xabardor qilish.
Biroq, hech qaysi hududda aholi punktlarining bosh rejasi loyihasi jamoatchilik
muhokamasiga qoʻyilganligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida ham, internet
tarmogʻida ham ma’lumot yoʻq. Bundan tashqari, jamoatchilik muhokamalarining
natijalari kim tomonidan koʻrib chiqilishi, unda fuqarolar tomonidan bildirilgan
fikrlarning inobatga olinishi yoki rad etilishi masalasiga ham aniqlik kiritilmagan.
Huquqshunos olim G.Uzakova tomonidan ushbu yoʻnalishda jamoatchilik muhokamasi
natijalarining inobatga olinishi, ushbu muhokamalar natijalari mutasaddi rahbarlar
tomonidan koʻrib chiqilishi shartligini belgilab qoʻyilishi taklif etildi [5]. G.Uzakovaning
fikrlariga qoʻshilgan holda aytish mumkinki, aholi punktlari bosh rejalarini ishlab
chiqishda aholining fikrini koʻrib chiqish va inobatga olish masalasini qat’iy belgilab
qoʻyish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ
-299-son qarori bilan shaharsozlik
sohasida mutlaqo yangi tizim fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitini kompleks
shakllantirish, shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyatida byurokratik to‘siqlarni bartaraf
etish hamda zarur shart-
sharoitlar yaratish maqsadida “Mening hududim” elektron
platformasini yaratish belgilandi. Undan koʻzlangan maqsad ushbu platformada
hududlarda mahalliy aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining shaharsozlik va
tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli tashabbuslarini aks ettirish, aholi punktlarining
shaharsozlik hujjatlarini va master rejalarini ishlab chiqishda jamoatchilik fikrini
o‘rganish hamda ovoz berish mexanizmini joriy etish deb belgilandi. Ushbu ishga mas’ul
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
188
organ sifatida Qurilish va uy-
joy kommunal xo‘jaligi vazirligi belgilandi. Biroq, taassufki
“Mening hududim” elektron platformasi yaratilgan boʻlsada [6], ushbu platformaga
bugungi kunda jamoatchilikning bironta tashabbusi yoki jamoatchilik fikrini oʻrganish
maqsadida shaharsozlikka doir bironta hujjat loyihasi joylashtirilmagan.
Shaharsozlik kodeksining 38-
moddasiga koʻra, aholi punktlari bosh rejalarining
jamoatchilik muhokamasi ommaviy axborot vositalarida va maxsus vakolatli davlat
organining Internet tarmog‘idagi rasmiy veb
-
saytida tegishli e’lonlar berish,
korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning binolarida, jamoat joylarida, taxmin
qilinayotgan qurilish maydonchasi hududida bannerlar (plakatlar) va tashqi reklama
vositalarini o‘rnatish, ekspozitsiyalar tashkil etish, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan
boshqa shakllardan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Biroq, aholi punktlari bosh rejalari toʻgʻrisida aholiga oʻz vaqtida va yetarlicha
axborot berilmasligi, maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida tegishli
e’lonlarning berilmasligi, jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish borasida aholining yetarli
huquqiy bilimga ega emasligi qonunchilikda belgilangan normalarning amalga
oshirilishiga, shaharsozlik loyihalarini amalga oshirishda jamoatchilik ishtirokining sust
kechishiga olib kelmoqda.
Huquqshunos G.Uzakovaga koʻra, shaharlarni rivojlantirishning dastlabki
bosqichlarida aholining amalda ishtirok etmasligi, ushbu munosabat subyektlariga
ma’lumot yetib bormasligi yoki ushbu ma’lumotlarning oʻz vaqtida berilmaganligi,
tomonlarning barqaror rivojlanishga mos kelmagan tarzda bir-birlari bilan muloqot
qilishni istamasliklari, jamoatchilik ishtirokiga oid qonunchilik normalarining
samaradorligini pasaytiradi va natijada ularning ijtimoiy yoʻnaltirilganlik holati
rivojlanmaganligini koʻrsatadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, shaharsozlik loyihalarini amalga oshirishda
jamoatchilikning keng ishtirokini ta’minlash hamda sohadagi normativ
-huquqiy
hujjatlarni yanada takomillashtirish maqsadida quyidagilar taklif etiladi.
Birinchidan
, Qurilish va uy-
joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va Adliya vazirligi
tomonidan “Mening hududim” platformasini qayta koʻrib chiqib, ushbu platformaga
shaharsozlik loyihalarini muntazam joylashtirib borish hamda jamoatchilik uchun onlayn
muhokamalar tashkil qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish, shuningdek aholi oʻrtasida
jamoatchilik muhokamalari ushbu platformada yoʻlga qoʻyilganligi toʻgʻrisida targʻibot
ishlarini olib borish zarur.
Ikkinchidan
, mahalliy hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida aholi punktlari
loyihalarini yoritib borish zarur.
Uchinchidan
, mahalliy kengash deputatlari hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari
raislari tomonidan qurilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari rahbarlarining
aholi punktlari loyihalari hamda loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida
jamoatchilik eshituvlarini tashkil etib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish lozim.
Shaharsozlik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda fuqarolarning keng
ishtirokini ta’minlash, ularning fikr
-mulohazalarini inobatga olish jamoatchilik uchun
barqaror turmush sharoitini yaratishga, shaharlarning barqaror rivojlanishiga,
mustahkam yoʻllar va infratuzilma obyektlari qurilishiga zamin yaratadi
.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/
-6445145
2. Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi. https://www.lex.uz/docs/
-
5307951
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
189
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
-yil 27-
noyabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion
rivojlantirishning 2021
—
2025-
yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF
-6119-son Farmoni. https://old.lex.uz/uz/docs/-5130468
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023
-yil 11-
sentabrdagi “Shaharsozlik
faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023
—
2027-yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini
tasdiqlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ
-299-son qarori. https://lex.uz/docs/-
6600549
5. G.Uzakova. Shaharlarning barqaror rivojlanishini ta’minlashda jamoatchilik va
fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki. Maqola. Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovationsSpecial Issue
–
2 (2021).
https://inscience.uz/index.php/socinov/article/view/553/734
6. “Mening hududim” platformasi. https://mening
-hududim.mc.uz/login
