Авторы

  • Бекзод Маматкулов
    PhD, Университет экономики и педагогики

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss5-pp211-218

Ключевые слова:

промышленность пищевая промышленность заводы мукомольная промышленность винодельческая промышленность масложировая промышленность легкая промышленность промышленность по переработке фруктов и овощей кадровая политика мукомольные заводы продукты питания текстильная промышленность

Аннотация

В данной статье рассматриваются возникновение и развитие легкой промышленности в Узбекистане, а также проблемные аспекты, связанные с этим процессом. Особое внимание уделено формированию структуры кадров в отрасли, вопросам обеспечения предприятий квалифицированными специалистами и конфликтным ситуациям, возникающим в процессе обучения персонала. Исторический анализ этих вопросов проводится на основе научных источников.

 


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Development of light industry networks in Kashkadarya
and Surkhandarya regions, processes of personnel
formation (1925-1950)

Bekzod MAMATKULOV

1


University of Economics and Pedagogy

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

15 September 2024
Accepted 15 October 2024

Available online

25 November 2024

This article examines the emergence and development of the

light industry in Uzbekistan, as well as the problematic aspects

associated with this process. Particular attention is paid to the

formation of the personnel structure in the industry, issues of

providing enterprises with qualified specialists, and conflict
situations arising in the process of personnel training. Historical

analysis of these issues is carried out based on scientific sources.

2181-

1415/© 2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-

iss5-pp211-218

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

industry,
food industry,
factory,
flour industry,

wine industry,
oil industry,
light industry,

vegetable canning industry,
personnel policy,
flour factories,

food.
textile,
mining industry.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yengil sanoat
tarmoqlarining

rivojlanishi,

kadrlar

tarkibini

shakllantirish jarayonlari (1925-1950-YY)

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

sanoat,
oziq-ovqat sanoati,

zavod,
un sanoati,
vino sanoati,

Mazkur maqolada O‘zbekistonda yengil sanoat tarmoqlarining

yuzaga kelishi, rivojlanishi va mazkur jarayondagi muammoli

holatlar, shuningdek sanoat sohasi ishchilari tarkibini

shakllantirish va korxonalarni kadrlar bilan ta’minlash masalasi,

1

PhD, University of Economics and Pedagogy.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

5 (2024) / ISSN 2181-1415

212

yog‘ sanoati,

yengil sanoat,

sabzavot konserva sanoati,
kadrlar siyosati,
un zavodlari,

oziq-ovqat.

to‘qimachilik,

kon sanoati.

sanoat sohasi kadrlari tayyorlash jarayonidagi ziddiyatli holatlar

ilmiy manbalar asosida tarixiy tahlil etiladi.

Развитие

сетей

легкой

промышленности

в

Кашкадарьинской и Сурхандарьинской области,
процессы формирования кадров (1925

-

1950 гг.)

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

промышленность,
пищевая

промышленность,

заводы,

мукомольная

промышленность,
винодельческая
промышленность,

масложировая
промышленность,

легкая промышленность,

промышленность по
переработке фруктов и
овощей,

кадровая политика,

мукомольные заводы,
продукты питания,
текстильная

промышленность.

В данной статье рассматриваются возникновение и

развитие легкой промышленности в Узбекистане, а также

проблемные аспекты, связанные с этим процессом. Особое

внимание уделено формированию структуры кадров в

отрасли,

вопросам

обеспечения

предприятий

квалифицированными специалистами и конфликтным

ситуациям, возникающим в процессе обучения персонала.

Исторический анализ этих вопросов проводится на основе

научных источников.

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda iqtisodiy islohotlar tufayli mamlakat sanoat ishlab

chiqarish tizimida tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilib, zamonaviy sanoat taraqqiyoti
uchun keng yo‘l ochildi. Iqtisodiy hayotni demokratlashtirish, soha siyosiy tizimida

tub

o‘zgarishlar yasash, boshqarishda yangi shaklni tashkil etish va sanoat korxonalariga

egalik qilishning turli shakllarini tarkib toptirish, soha kadrlarini tayyorlash borasida

qator muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Sanoat

sohasidagi siyosatni samarali amalga oshirish, sanoatni innovatsion asosda tashkil etish,

tashqi bozorlarda yuqori talabga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga

alohida e’tibor qaratish lozim” [1, 134].

Hozirgi kunda qo‘yilayotgan murakkab vazifalarning ijobiy hal etilishi ko‘p jihatdan

uning tarixiga ham bog‘liq hisoblanadi. Shuning uchun soha tarixini chuqur o‘rganib, har

tomonlama chuqur tahlil qilib, umumlashgan xulosalar yordamida ertangi kun
istiqbo

llarini belgilash O‘zbekiston tarixi fanining dolzarb masalalaridan biriga

aylanmoqda. Jumladan, sanoat sohasining bir qancha tarmoqlarining yuzaga kelishi,
xususan, oziq-ovqat sanoatining rivojlanishi tarixi eng murakkab va shu bilan bir qatorda
qiziqar

li mavzulardan biri sifatida e’tirof etiladi. Bu davrda sovet davlati sanoat sohasida


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

5 (2024) / ISSN 2181-1415

213

ham “sotsialistik qurilish” g‘oyasini ilgari surib, tizim faoliyatini yo‘lga qo‘yishida jiddiy
o‘zgarishlar qilindi. Bu davrda yaratilgan ilmiy maqolalar, adabiyotlar va dissertatsiya
ishlarida asosiy e’tibor sanoat sohasidagi jadallashtirish siyosati, sohadagi o‘sish sur’atlari,
ishchilar sonining ortishi, fabrika va korxonalar sonining yildan yilga ko‘payganligi bilan

izohlanib, sanoatlashtirish siyosati mohiyati xolislik va haqqoniylik nuqtayi nazardan

o‘rganilmagan. Mustaqillik davrida barcha sohalar ta

rixi ilmiy jihatdan yangi nazariy

metodologiyaga tayangan holda talqin etishga kirishilib, soha tarixi bo‘yicha ilmiy
maqolalar, yangi adabiyotlar, dissertatsiya ishlari bajarildi. O‘zbekiston iqtisodiy hayoti,
jumladan, sanoat sohasi tarixiga bag‘ishlangan ishlar salmog‘i ko‘p bo‘lsa

-da, ammo ularda

ayrim kamchiliklar ham mavjud bo‘ldi. Shuningdek, tadqiqotlarning birortasida 1920–

1940-

yillarda O‘zbekiston sanoat sohasi tarixi, xususan oziq

-ovqat sanoati tarixi va

rivojlanishi o‘rganilmagan, maxsus tadqiqo

t obyekti sifatida tanlab olinmagan. Sovet davri

tadqiqotlarida besh yillik rejalar davrida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tarixchilar

mamlakatning sanoatlashuviga baho berilgan.

O‘zbekiston SSRda oziq

-

ovqat sanoatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan ham ba’zi ishlar

amalga oshirildi.

Masalan, yog‘, un, vino, konserva ishlab chiqarish ko‘paytirilib, aholi

ehtiyojini qondirish borasida tadbirlar olib borildi.

1921

1922-

yillarda To‘rtko‘l yog‘ zavodi qayta tiklanib 2448 pud yog‘ ishlab

chiqardi. 1924-

yil O‘zbekistonda 6 ta yog‘ zavodi ishlab turdi. 1923 –

1924-yil

bu zavodda 336 ming pud yog‘ ishlab chiqargan bo‘lsa, 1924–

1925-yili 1060 ming pud

yog‘ ishlab chiqardi. 1924–

1925-

xo‘jalik yiliga 688 ming pud yog‘ Bosh paxta komiteti

orqali Moskvaga jo‘natildi.

1923-

yil o‘rtalarida paxta yog‘i tannarxining yuqoriligi tufayli 1

pud yog‘ narxi 12 rublga chiqdi va paxta yog‘i savdosi kamayadi. Shu yili Rossiyadan
kungaboqar yog‘i ko‘plab olib kelinib, 1 pudi 6 rublga sotildi [2, 302].

O‘zbekistonda zavod tipidagi un tortish korxonalari XIX asrning oxirlarida paydo

bo‘lgan. Bu davrda O‘zbekiston hududida kepakli jaydari un

tortiladigan, unumdorligi bir

sutkada bir necha sentner bo‘lgan 5 mingdan ortiq tegirmon bo‘lgan. 1877

-yil rus

savdogarlari Toshkentda bir sutkada 10 tonna navli un tortilgan tegirmon qurib ishga
tushiradi. 1883-yil Toshkentda birinchi zavod tipidagi korxona ish boshladi.

Turkiston respublikasi un sanoati tresti 1920-yili tashkil etildi va shu vaqti uning

tarkibida 21 ta un korxonasi va 6 ta guruch zavodi kirdi. Bu davrda O‘rta Osiyoga

Rossiyadan kelayotgan donning kamayishi munosabati bilan un sanoati sohasida ham
orqaga ketish kuzatilib, tegirmonlarning eskiligi, texnik jihozlarining foydalanish uchun
yaroqsiz ahvolga tushib qolganligi, shuningdek, suv tanqisligi kabi omillar ham bu soha

ishining rivojiga to‘sqinlik qildi.

1924-yil 1 pud donni tegirmonda yanchish 35 tiyinga

to‘g‘ri keldi.

1924

1925-

yilda 2,466 ming pud un sotildi. “Sredazxleb” aksionerlik jamiyati

ixtiyorida 12 ta tegirmon bo‘lib, ularda 3,8 mln. pud don yanchildi. Mazkur tegirmonlarni

qayta texnik jihozlash uchun 160 ming rubl ajratiladi.

O‘zbekistonda vino ishlab chiqarish yuzasidan ham muayyan ishlar amalga oshirildi.

“Turkvino” Toshkent bo‘limiga asosan 2 ta korxona, ya’ni

I.I. Pervushkina zavodi hamda

“Degress” nomli vinochilik punkti qarashli edi. I.I. Pervushkina zavodi spirt ishlab

chiqarish uchun xom ashyoni asosan Qovunchi shakar zavodidan oldi. Zavod bir oyda 1613

chelak birinchi navli spirt tayyorladi. “Degress” vino

chilik punkti 10 pud olmadan 300

chelak “Alma

-

Buza” nomli xushbo‘y ichimlik ishlab chiqardi. Turkiston vinosi quvvati

20 gradusgacha bordi. Urush yillari vino ishlab chiqarish bir muncha orqaga ketdi.

1925-

yil uzum hosili yomon bo‘lganligi uchun vino sanoati ishida ham orqaga ketish

kuzatildi. Mavsum oxiri sovuq bo‘lganligi uchun hosilning ko‘p qismi terib olinmay turib


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

5 (2024) / ISSN 2181-1415

214

sovuq urdi. Tayyorlanishi lozim bo‘lgan 607 ming pud uzumdan, faqat 178 ming pudi

tayyorlanib, reja 21 foizga bajarildi. Bir pud uzumning narxi davlat tomonidan 1 rubl 25

kopeyk qilib belgilandi. Ammo bu baho juda past bo‘lganligi uchun dehqonlar hosilni

p

unktlarga deyarli topshirmadilar.“O‘zbekvino” tashkiloti Kavkazdan vino mahsulotini

sotib olishga majbur bo‘ldi. Vino ishlab chiqarish zavodlari non va mayizdan spirt olishni
ko‘paytirdi. Natijada aroq ishlab chiqarish ko‘paydi.Vinoning narxi oshib bordi.

1924

1925-

yilda bir chelak vinoning narxi 4 rubl 92 kopeyk bo‘lsa, 1925–

1926-yili 6 rubl 31

kopeyk bo‘ldi. 1 gradus spirt narxi 24,4 kopeykdan 33,2 kopeykaga ko‘tarildi [3, 65].

O‘zbekistonda vino ishlab chiqarish sanoati “Turkvino” tresti tomonidan

boshqarildi. O‘rta Osiyoda bir yilda 535 ming chelak vino ishlab chiqarilgan bo‘lsa, shuning
385 ming chelagi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keldi.

1924

1925-

yil O‘zbekistonda 1298

ming rubllik vino ishlab chiqarildi.

O‘rta Osiyoda bu davrda shakar ishlab chiqarish bilan faqat bitta, ya’ni Qovunchi

shakar zavodi shug‘ullandi. Bu zavod Toshkent viloyatida hozirgi Yangiyo‘l shahrida
iste’fodagi ofitser V.M. Ivanov tomonidan 1904

-

yili O‘rta Osiyo temir yo‘lining Kaufman

st

ansiyasi yaqinida bunyod etildi. Zavodning o‘zida gidrostansiya bo‘lib yiliga 300 pud

shakar ishlab chiqardi. Bu korxona 1911-yil moliyaviy tanglik tufayli yopildi.

Qovunchi shakar zavodini 1922-yili qaytadan ochishga harakat qilindi. Ammo

shakar ishlab chiqarish uchun yetarli xom ashyo bo‘lmaganligi tufayli zavod yana o‘z
faoliyatini to‘xtatdi. Shakar O‘zbekistonga Ukrainadan keltirila boshlandi va har yili 3

million pud shakar chetdan keltirildi. Holbuki, shakar uchun asosiy xom ashyolardan biri

hisoblangan lavlagi yetishtirish O‘rta Osiyo iqlim sharoitida ancha qulay edi. Masalan,

Toshkent viloyati lavlagi yetishtiruvchi asosiy hududlardan biri hisoblangan. Ukraina

lavlagisida shakar miqdori 16,4 foiz bo‘lsa, O‘zbekistonda bu 19 –

23 foizni tashkil qildi.

1922-yil zavodda birinchi navli shakardan 43 550 pud, ikkinchi navli shakardan 32

050 pud ishlab chiqardi. Bu davrda Qovunchi rayonida 488 desyatina, Eski Toshkentda
150, Chinozda 145, Kelesda 100 desyatina, jami 883 desyatina yerga lavlagi ekildi.

Paxtaning narxi lavlagiga nisbatan yuqori bo‘lganligi tufayli dehqonlar, asosan, paxta
maydonlarini ko‘paytirishga e’tibor berdi [4, 25].

O‘zbekistondagi yagona shakar zavodi ham turli bahonalar bilan yopildi. Bu

ittifoqdagi respublikalarni bir-

biriga bog‘liqligini kuchaytirish yuzasidan ko‘rilgan

tadbirlardan biri edi.

Bu davrda oziq-

ovqat sanoati mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi, bevosita bu

sohada ko‘proq sanoat korxonalarini tashkil etilishiga turtki bo‘ldi. Mahalliy aholining
ko‘pchiligining fabrikada tayyorlangan oziq

-ovqat mahsulotlarini xarid qilish imkoniyati

cheklangan edi. Bu turdagi oziq-

ovqat mahsulotlarini asosan shahar aholisi iste’mol qilib,

qishloq aholisi esa o‘zlari tayyorlagan mahsulotlarni iste’mol qilganlar.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari mahalliy xom

ashyolar asosida mahsulot ishlab chiqardilar.

1936-

yil Sovet davlatidagi eng yiriklardan biri bo‘lgan Kattaqo‘rg‘on yog‘

-

ekstraksiya zavodi ishga tushirildi.

Urushgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda sabzavot konserva sanoati korxonalari,

asosan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida joylashdi.

1938-

yilda O‘zbekistonda 5,87 mln

dona banka va 3,8 ming tonna quruq meva, 1940 esa 26,4 mln dona banka meva-sabzavot
va 12,1 ming tonna quruq meva ishlab chiqarildi. Bu sohaga tegishli raqamlar tahlil

etilganda, viloyatlar o‘rtasidagi tafovut namoyon bo‘l

adi. Masalan, 1940-yil Toshkent

viloyatda 23 ming dona banka konserva ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu Qashqadaryo


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

5 (2024) / ISSN 2181-1415

215

viloyatida 59 ming banka, Qoraqalpog‘istonda 20 ming, Xorazmda 15 ming banka edi.
Buxoro, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham bu soha yo‘lga qo‘yiladi.

Oziq-ovqat sanoatida ayniqsa hukumat tomonidan baliqchilik sanoatiga muayyan

e’tibor qaratdi. Mazkur sanoat tarmog‘i asosan Qoraqalpog‘iston ASSR yo‘lga qo‘yilgan
bo‘lib, 1928

-yil 123,0 ming rubl, 1937-yil 2,1 mln rubl ajratildi.

1934-

yil Mo‘ynoq baliq zavodiga 1436 nafar ishchi faoliyat olib bordi. Bu zavod

1933-yil 565 ming rubllik, 1940-

yil 1826 ming rubllik mahsulot ishlab chiqardi. Mo‘ynoq

go‘sht

-baliq konserva zavodi qurilishi 1935-yil boshlandi. Sobiq Ittifoqdagi eng yirik baliq

urug‘i tozalaydigan zavod Nukusda 1934

-yil ishga tushirildi [5, 107].

O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida ham oziq

-

ovqat sanoatini yo‘lga qo‘yish

yuzasidan tadbirlar belgilanib, bir qator kichik hajmdagi korxonalar ishga tushirildi.

1937-

yilda Termizda yog‘, 1938

-yilda esa non zavodi, 1939-yilda Denovda vino

zavodlari ishga tushirildi. Qashqadaryoda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish yuzasidan
ham bir qancha chora-tadbirlar belgilandi.

Oziq-

ovqat sanoatida asosan o‘simlik yog‘ining ulushi yuqori bo‘lib, konditer,

makaron va pivo mahsulotlarining ulushi kamligi bilan izohlanadi. 1940-

yilda ham go‘sht

va go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmida o‘sish kuzatilmadi

. Qashqadaryoning

ayrim tumanlarida, xususan G‘uzor va Kasbi tumanlarida go‘sht va go‘sht mahsulotlarini

ishlab chiqarish uchun bir qancha oziq-ovqat sanoat korxonalari tashkil etildi.

1940-

yil O‘zbekiston bo‘yicha ishlab chiqarilgan go‘sht va go‘sht mahsulotlarining

Buxoro viloyatiga 1591 tonna, Xorazmga 800 tonna, Qashqadaryo viloyatiga 303 tonna

to‘g‘ri keldi.

Shu yili O‘zbekiston ishlab chiqarilgan o‘simlik yog‘ining

45878 tonnasi Farg‘ona,

43562 tonnasi Andijon, 21081 tonnasi Samarqand hisobiga to‘g‘ri keldi. O‘simlik yog‘i
Surxondaryoda 15 tonna, Qoraqalpog‘iston ASSR da 27 tonnani tashkil etdi [6, 114].

1933

1937-

yillarda Qoraqalpog‘iston ASSR sanoatini rivojlantirish uchun 22,7 mln.

rubl, 1938

1940-

yillarda 20,3 mln rubl ajratildi. Ajratilgan mablag‘ning asosiy qismi

Qo‘ng‘irot paxta tozalash zavodi hamda Mo‘ynoq baliq

-

go‘sht konserva kombinatiga

sarflandi.

1933-

yil Qoraqalpog‘istonda 5 ta yirik sanoat korxonasi bo‘lsa,

1940-yilga kelib ular

soni 89 ta bo‘ladi [7, 12].

Bu kabi holatlarga sovet davri adabiyotlarida quyidagicha izoh beriladi: “... ishchilar

sinfining moddiy va madaniy darajasini oshirishga yetarli e’tibor qilinmasdan ixtisosli va
ixtisossiz ishchilarga ham bir xilda ish haqi to‘lana berardi. Masalan, Toshk

entdagi 5-sonli

ko‘n zavodida shunday hodisa ro‘y berganki, qora ishchi oyiga 20

-

25 so‘mdan ishlagan

holda, ishlab chiqarish tajribasiga ega bo‘lgan instruktor yoki sex boshlig‘i faqat 150

-175

so‘m ish haqi olgan. Mehnatga haq to‘lashning noto‘g‘ri uyushti

rilishi natijasida ishchilarni

ma’muriy

-

texnik ishlariga ko‘tarish o‘zi bo‘larchilikka tashlab qo‘yilgan”. Masalan, 1933

-

yilning birinchi kvartalida Quvasoy elektr stansiyasiga 355 kishi ishga kelgan bo‘lsa, 843

kishi ishdan ketdi. Natijada shu yili mazkur tashkilotlarda qurilish-montaj ishlarining
tannarxi 21 foizga oshdi. [8, 46].

1923-yilda Turkistonda 11 ta hunar-

texnika maktablari bo‘lib, ularda 865 ta

o‘quvchi tahsil oldi. Shu yili o‘lkada 19 ta hunar texnika kurslarida 1379 nafar tinglovchi
qatnashdi. Texnikumlarda 827 nafar kishi o‘qidi.

1926-

yil O‘zbekistonda 10 fabrika

-

zavod ta’limi maktabida 738 nafar o‘quvchi, 3 ta

hunar-

texnika maktabida 176 nafar kishi o‘qidi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

5 (2024) / ISSN 2181-1415

216

1925

1926-yilda hunar-

texnika ta’limi uchun O‘zbekistonda 1 mln 230 ming rubl

ajratildi. Ammo bu turdagi ta’lim muassasalarining moddiy

-

texnika bazasi nochor bo‘lib,

o‘quv xonalari yaxshi jihozlanmadi. Ularda pedagog kadrlar yetishmadi.

Sovet davlati ishchilari orasida hukmron mafkura g‘oyalarini keng targ‘ib etish

maqsadida partiya maorifi ishini jonlantirishga harakat qilindi. Masalan, 1927-yili birgina
Toshkentning Markaziy, Qizil Sharq, Birinchi may tumanlaridagi korxonalarda 158 ta
siyosiy maktab ochilib, ularda 3450 tinglovchi ishtirok etdi.

Ishchilarga yaratilgan maishiy-turmush sharoitlarining nochorligi, mehnat

intizomining sustligi, ishchilarning ish faoliyatini tashkil etishdagi kamchiliklar, ishchi va

xodimlar o‘rtasida sababsiz ishga kelmaslikning ko‘payishi hamda o‘z xohishiga ko‘ra ishni
tashlab ketishga sabab bo‘ldi. 1929

-

yil O‘zbekistondagi paxta tozalash zavodlarining

mehnat intizomi tekshirilganda, ko‘plab salbiy holatlar

aniqlandi. Masalan, korxonaga

navbatchilikka qo‘yilgan ishchilar o‘z ish joylarini bemalol tark etib, bu holda zavod
ma’muriyatini umuman ogohlantirmaslik hollari aniqlandi. Davlat mulkini talon

-taroj

qilish, ish joyiga spirtli ichimlik iste’mol qilgan hol

da kelish odatiy hol hisoblandi.Mehnat

intizomini yaxshilash yuzasidan korxonalar ma’muriyati deyarli hech bir chora

-tadbirlar

ko‘rmaganlar.

Ishchilar orasida “sarkorlar” alohida mavqega ega edi. Sarkor –

bu zavodning sobiq

xo‘jayinlari tomonidan tayinlangan kishilar. Zavod egalari ishchilar bilan sarkorlar orqali

aloqa olib bordi. Zavodlar natsionalizatsiya qilingandan keyin ham, sarkorlar ishlashda

davom etib, ular ishchilarning ish haqlarini o‘z foydalari uchun ishlashga majbur etdi.
Sovet paxta tozalash zavodlarida ham sarkorlar yashirin ravishda o‘z faoliyatlarini davom
ettirdi. Bunday holat Samarqand 66, Fedchenko 20, Qo‘qonqishloq 6 paxta

tozalash

zavodlarida aniqlandi. Sarkorlar ishchilar orasidagi ta’siridan foydalanib ishchi komitetlari
a’zoligiga saylanib olganlar. Shuningdek, arxiv hujjatlarida ta’kidlanishicha, Samarqand va
Qo‘qonqishloq

zavodlaridagi

ish

tashlashlar

sarkorlar

tashab

busi

bilan

uyushtirildi.Ishchilarga haq to‘lashda qoidalarga amal qilmaslik, maoshlarning kamligi
tufayli Samarqanddagi 66 sonli, Qo‘qonqishloqdagi 6

-sonli zavodlarda ishchilarning

ochiqdan ochiq ish tashlashlari bo‘lib o‘tadi. Qo‘qonda ishchilar maoshlari

ni oshirishni

talab qilib ish tashladilar, shuningdek, millatchilik tufayli ham qarama-qarshiliklar kelib

chiqdi. Samarqand 66 sonli zavodida tojik ishchilari ma’muriyat tomonidan taklif etilgan
o‘zbek ishchilarini zavodda ishlashlariga to‘sqinlik qilib, bosh ko‘tardilar.

Tarix fanlari doktori, professor E.Qobulov Surxondaryo viloyati misolida

sanoatlashtirish siyosatining salbiy oqibatlarini quyidagicha izohlaydi. 1931-1933-
yillarda Surxondaryo viloyatida ham Termiz paxta tozalash zavodining ikkinchi navbati,
limonad zavodining tashkil etilishida muammolar yuzaga keldi. Bunday holatning yuzaga
kelishiga asosiy sabab:

- birinchidan, rejalarning noaniqligi;
- ikkinchidan, sanoat korxonalari ishchilarining nochor ahvoli, ularning moddiy-

maishiy jihatdan yetarli ta’minlanmaganidir [9, 12].

Sovet davri hujjatlarida kadrlar tayyorlash rejasi ortig‘i bilan

bajarilganligi qayd

etiladi, amalda ishchilar malakasini oshirish o‘qitish yuzasidan trest boshliqlari va zavod
direktorlari masalaga keraklicha e’tibor qaratmadi. Kadrlar o‘quvsizligi uchun trest
ma’muriyati shtatlari kadrlar bilan to‘la ta’minlanmadi.

Xullas, sovet hukmronligining dastlabki yillarida O‘zbekiston sanoat korxonalarini

mutaxassislar bilan asosan Markaziy rayonlardagi oliy ta’lim muassasalari ta’minlab turdi.

Moskva Davlat universiteti, Leningrad Davlat universiteti, Moskva politexnika instituti,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

5 (2024) / ISSN 2181-1415

217

Xarkov poligrafiya instituti tayyorlagan muhandis-

texnik kadrlar O‘rta Osiyo sanoat

korxonalarida ishlash uchun yuborildi. Sovet davlati sanoatini rivojlantirishda omma

“g‘ayrat

-

shijoatidan” unumli foydalanib, “Sotsialistik musobaqa”, “Zarbdorlik”,

“Staxanovchilik” harakatlarini uyushtirdi. Ammo, bu turdagi harakatlarga ishchilarning 70
foizidan ortig‘i jalb etilgan bo‘lsa

-

da, amalda ko‘zlangan maqsadga erishilmadi. Bu

harakatlar sun’iy ravishda keng yoyilib, masala bazasidan ishchilarning yig‘ilishlari,

konferensiya va syezdlari chaqirildi [10, 12].

Ayrim xorijlik tadqiqotchilar tomonidan SSSRda amalga oshirilgan sanoatlashtirish

siyosatiga ijobiy baho berilib, sanoat ishlab chiqarishning mutlaq hajmlari bo‘yicha XX

asrning 30-yillari oxirida SSSR dunyoda AQShdan keyin 2-

o‘rinni egallaganligi ta’kidlanadi.

SSSRda sanoat texnologiyasi yaratilishi mumkinligi, shuningdek, G‘arbdan farqli o‘laroq
SSSRda bozor iqtisodiyoti va fuqarolik jamiyati yo‘q edi.

V.Lelchuk “SSSRni sanoatlashtirish: tarixi, tajribasi, muammolari” nomli risolasida

SSSRdagi sanoatlashtirish jarayoniga yuqori baho berib, quyidagi fikrlarni bildiradi:

-

birinchidan, SSSRda sanoat o‘zgarishi ikkinchi darajali xarakterga ega edi.

Rivojlangan mamlakatlarga qaraganda ancha kechroq amalga oshirilganligi sababli, yangi
qurilgan va rekonstruksiya qilingan korxonalarda chetdan eksport qilinadigan asbob -
uskunala

r va texnologiyalar, shuningdek, mehnatni tashkil etish usullari qo‘llanilgan.

- ikkinchidan, ishlab chiqarishning sanoat turi dastlab iqtisodiyotning ayrim

tarmoqlarida shakllanishi mumkin. Sanoatlashtirishda og‘ir va mudofaa sanoatining
ustuvor rivojlanishiga e’tibor qaratildi.

- uchinchidan, sanoat texnologiyasi yollanma mehnatdan ortiqcha qiymat olish

uchun yaratilgan va kapitalistik ekspluatatsiya vositasi bo‘lib xizmat qilgan.

Stalinistik

model, asosan, sotsialistik bayroq ostida dastlabki sanoat kapitalizmini qayta ishlab
chiqardi.

-

to‘rtinchidan, 70

-yillarga qadar sovet jamiyatining muhim xususiyati uning

kelajakka intilishi, qo‘rquv va dahshatga dosh berishga tayyorligi, o‘z farzandlari va
umuman kelajak avlodlari uchun porloq kelajak uchun qat’iy intizom va g‘ayriinsoniy

texnologiy

alarga bo‘ysunish edi” [11, 12].

Xullas, O‘zbekistonda urushdan oldingi yillarda ham sanoat sohasini jadallashtirish

tendensiyasi davom ettirilib, respublika iqtisodiyotining sobiq Ittifoqning asosiy paxta

bazasi sifatidagi ixtisoslashuvi yanada avj oldirildi. Bu davrda O‘zbekiston xalq xo‘jaligida
sanoat ishlab chiqarish salmog‘i yildan yilga oshib borgan bo‘lsa

-da, ammo eng asosiy

sanoat korxonalari ittifoq tasarrufida bo‘lib, u turdagi korxonalarning salmog‘i barcha

sanoat korxonalarining 90 foizini tashkil qildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. –

T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2021.

B. 134.

2.

Mo‘minov N. M. Sovetlarning O‘zbekistonni sanoatlashtirish uchun kurashi. (1928

1932-yillar).

T., 1959.

302 bet

3.

Jo‘raqulov O., Ergasheva J. Qashqadaryo sanoati tarixi. –

Qarshi: Nasaf, 1996;

65

bet

4. Sherozovich, M. B. (2024). INDUSTRIAL MEASURES IN UZBEKISTAN 1925-1954

AND THEIR RESULTS (in the case of Kashkadarya and Surkhandarya regions). World
scientific research journal, 24(1), 195-200.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

5 (2024) / ISSN 2181-1415

218

5.

Mo‘minov N. M. Sovetlarning O‘zbekistonni sanoatlashtirish uchun kurashi. (1928

1932-yillar).

T., 1959.

107 bet

6.

Sharipov A. O‘zbekistonda oziq

-ovqat sanoatining rivojlanishida.

T.,

“O‘zbekiston”, 1973. –

290 str.

7.

MAMATQULOV, B. (2024). O ‘ZBEKISTON JANUBIY VILOYATLARIDA SANOAT

KORXONALARINING TASHKIL ETILISHI VA HUDUDLAR SANOATINING IXTISOSLASHUVI
JARAYONINING TARIXIY TAHLILI (1930-1950 yy). Acta NUUz, 1(1.2. 1).

8. Sherozovich, M. B. (2024). CONFLICT SITUATIONS IN THE PROCESS OF TRAINING

INDUSTRY PERSONNEL IN SURKHANDARYA AND KASHKADARYA REGIONS: HISTORICAL
ANALYSIS AND RESULTS (1925-

1950). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ, 39(5), 221

-225.

9.

Ziyodullayev S. Manoxin I. Sovet O‘zbekistonining sotsialistik sanoati. –

T., 1949.

144 bet.

10.

Mamatqulov B.SH.O‘zbekistonda sanoatlashtirish siyosatining amalga oshirilishi

va uning oqibatlari (1925-1941-

yy.); Monografiya. T.: “Lesson Press” MCHJ nashriyoti.

-

2023. -134 b.

11. Qobulov E. Surxondaryo sanoatining ilk odimlari.

Termiz: Jayxun, 1993-12 bet

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2021. – B. 134.

Mo‘minov N. M. Sovetlarning O‘zbekistonni sanoatlashtirish uchun kurashi. (1928 – 1932-yillar). – T., 1959. – 302 bet

Jo‘raqulov O., Ergasheva J. Qashqadaryo sanoati tarixi. – Qarshi: Nasaf, 1996; – 65 bet

Sherozovich, M. B. (2024). INDUSTRIAL MEASURES IN UZBEKISTAN 1925-1954 AND THEIR RESULTS (in the case of Kashkadarya and Surkhandarya regions). World scientific research journal, 24(1), 195-200.

Mo‘minov N. M. Sovetlarning O‘zbekistonni sanoatlashtirish uchun kurashi. (1928 – 1932-yillar). – T., 1959. – 107 bet

Sharipov A. O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoatining rivojlanishida. – T., “O‘zbekiston”, 1973. – 290 str.

MAMATQULOV, B. (2024). O ‘ZBEKISTON JANUBIY VILOYATLARIDA SANOAT KORXONALARINING TASHKIL ETILISHI VA HUDUDLAR SANOATINING IXTISOSLASHUVI JARAYONINING TARIXIY TAHLILI (1930-1950 yy). Acta NUUz, 1(1.2. 1).

Sherozovich, M. B. (2024). CONFLICT SITUATIONS IN THE PROCESS OF TRAINING INDUSTRY PERSONNEL IN SURKHANDARYA AND KASHKADARYA REGIONS: HISTORICAL ANALYSIS AND RESULTS (1925-1950). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 39(5), 221-225.

Ziyodullayev S. Manoxin I. Sovet O‘zbekistonining sotsialistik sanoati. – T., 1949. – 144 bet.

Mamatqulov B.SH.O‘zbekistonda sanoatlashtirish siyosatining amalga oshirilishi va uning oqibatlari (1925-1941-yy.); Monografiya. T.: “Lesson Press” MCHJ nashriyoti. - 2023. -134 b.

Qobulov E. Surxondaryo sanoatining ilk odimlari. – Termiz: Jayxun, 1993-12 bet