Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
About Togluk Temurkhan the Mongol Khan o
f
Movarunnahr i
n
1360
Adkhambek KHAKIMOV
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
The article analyzes the approach of Togluk Temurkhan, the
Mongol Khan of Movarunnahr in 1360, and the actions of local
rulers (beys) in response to this invasion. Based on historical
sources, the reactions of the Movarunnahr region to the Mongol
invasion can be divided into three distinct groups.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp195-200
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Togluk Temurkhan,
Bayazid Dzhaloyir,
Bayon Sulduz,
Hadji Barlos,
Amir Husayn,
Amir Temur,
Mongolia,
Movarunnahr,
Hodjend,
Samarkand,
Hisar,
Khuttalon,
Khorasan,
military force.
Mo‘g‘uliston Xoni To‘g‘luq Temurxonning 1360 yilgi
Movarounnahr yurishi haqida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
To‘g‘luq Temurxon,
Boyazid jaloyir,
Bayon sulduz,
Hoji Barlos,
Amir Husayn,
Amir Temur,
Ushbu maqolada Mo‘g‘uliston xoni To‘g‘luq Temurxonning
1360 yilgi Movarounnahr yurishi hamda mahalliy beklarning
ushbu bosqinga nisbatan olib borgan harakatlari tahlil etilgan.
Movarounnahr
beklarining
mo‘g‘ul
bosqiniga
qarshi
harakatlaridan kelib chiqib u
larni uch guruhga bo‘lish
mumkinligi tarixiy manbalar asosida tadqiq etilib, shu uch
1
Teacher, Department of History of Uzbekistan, Fergana State University. E-mail: a_hakimov@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
196
Mo‘g‘uliston,
Movarounnahr,
Xo‘jand,
Samarqand,
Hisor,
Xuttalon,
Xuroson,
harbiy yurish.
guruhga bo‘linishga olib kelgan omillar va har bir guruh
ko‘zlagan maqsadlar haqida mulohazalar bildirilgan.
О Паше Мавераннахра 1360 года Тоглука Темурхана,
хана Монголии
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Тоглук Темурхан,
Баязид Джалойир,
Байон Сулдуз,
Хаджи Барлос,
Амир Хусейн,
Амир Темур,
Монголия,
Мавераннахр
,
Ходженд,
Самарканд,
Хисар,
Хутталон,
Хорасан,
военный поход.
В статье анализируется поход монгольского хана Тоглук
Темурхана на Мавераннахр
в 1360 году и действия местных
жителей в ответ на это вторжение. Согласно историческим
источникам, реакция населения Мавераннахра на
монгольское нашествие может быть разделена на три
группы.
KIRISH
XIV asr o‘rtalaridagi Movarounnahr tarixi haqida so‘z yuritar ekanmiz, ko‘z
oldimizda mahalliy bekliklarga bo‘linib ketgan va o‘zaro urushlar girdobida qolgan
mamlakat namoyon bo‘ladi. Shuningdek, mayda mahalliy bekliklar o‘rtasidagi hokimiyat
uchun kurashning keskinlashib borishi qo‘shni ko‘chmanchi davlat Mo‘g‘uliston
hukmdorlari foydasiga bo‘linib ketgan Chig‘atoy ulusini qayta tiklash shiori ostida yana
Movarounnahrga bostirib kirishi uchun qulay sharoit vujudga keltirganligiga amin
bo‘lamiz. Natijada 1360 yili Mo‘g‘uliston xoni To‘g‘luq Temurxon boshchiligidagi mo‘g‘ul
lashkari Movarounnahr hududlariga bostirib kiradi. Shu harbiy bosqinga qarshi
Movarounnahrning mahalliy beklari qanday munosabatda bo‘lganligin
i, bu
munosabatning kelib chiqishi asoslari va undan ko‘zlangan maqsadlar xususida tadqiqot
olib borish masalaning mohiyatini chuqurroq anglashda muhim ahamiyatga ega.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Mo‘g‘uliston xoni To‘g‘luq Temurxonning 1360 yilgi Movarounnahr yurishi ko‘plab,
monografik tadqiqotlarda, maqolalarda ko‘rib chiqilgan [1;2;3;4;5;6;7]. Ammo mo‘g‘ul
lashkarining ushbu bosqiniga nisbatan Movarounnahr beklari tanlagan bir biridan farqli
poz
itsiya, mavqe va munosabatlarning sabablari hamda undan ko‘zlangan maqsad
-
muddaolar haqida tadqiqot olib borilmagan. Shundan kelib chiqib mazkur tarixiy
manbalar va mavjud ilmiy adabiyotlar orqali tahlil etishni lozim topdik.
Tanlangan masalaga oid tarixiy manbalarni, shuningdek, ilmiy adabiyotlarda
keltirilgan fikr va mulohazalarni tadqiq etishda ilmiylik, xolislik, tarixiylik tamoillaridan
kelib chiqib qiyosiy tahlil uslubidan foydalandik.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
197
NATIJALAR VA MUHOKAMA
1358 yili Movarounnahr amiri Qazog‘an o‘ldirilganidan so‘ng hokimiyatga chiqqan
uning o‘g‘li Amir Abdulla hukumatning otasi davridagi obro‘yini saqlab qola olmadi.
1359
yili Hisor hokimi Amir Bayon sulduz va Amir Hoji Barloslar boshchiligida boshlangan isyon
Movarounnahr amiri Abdullaning to‘la mag‘lubiyati bilan tugadi. Samarqand taxtini qo‘lga
kiritgan amir Bayon sulduz esa Movarounnahr amiri sifatida e’lon qilingan bo‘lsa
-da, uning
hokimiyatini amalda hech kim tan olmadi. Mamlakat mayda bekliklarga bo‘linib ketdi. Bu
haqida Sharofuddin Ali Yazdiy quyidagicha hikoya qiladi: “Va Bayon Sulduzbek va Hoji
Barlosbekkim, no‘yonlardin erdilar va ul zamonda alardin izzatliq kishi yo‘q erdi, ul
mamlakatlarni nusrat ili qabz qildilar. Va Bayon Sulduzbek halim va ozorsiz kishi erdi.
Ammo doim ichar erdi va g‘uncha va lola kibi surohi va piyolasizdami yo‘q erdi. Y
ilda bir
hafta hushyor emas erdi. Ul jihatdin olam ichra har tarafda g‘avg‘olar paydo bo‘ldi. Va
no‘yonlardin har kishidakim, oz
-
chuq kuchi bor erdi, saltanat da’vo qilur erdi. Va Kesh
viloyati tavobi’i bilankim, qadimdin beri hazrat sohibqiron ato
-atolarida erdi, Hoji
Barlosbekka taalluq erdi, o‘z qarorida erdi. Va Xo‘jand viloyati Boyazid Jaloyirda erdi va
ba’zi viloyat Husayn ibn Musallo ibn Qazag‘anbekda erdi. Va ul o‘z kishi
-qarosi bilan
atosining yurtini tilar erdi. O‘ljay Bug‘a Sulduz Balxda erdi va anda saltanat da’vosi qilur
erdi. Va Shiburg‘onda Muhammad Xoja Apardiykim, naymondin erdi, ul taqi da’voi saltanat
qilur erdi. Badaxshon shohlari bir-biriga bosh endurmay, bir-
birinish boshida bir da’voyi
bor erdi. Va Kayxusrav va O‘ljaytu Apardiy Xuttalo
n viloyatida erdilar. Va Xizr Yasuriykim,
aning qadim yurti Saripul va Totkantkim, Samarqandda taalluq viloyatlar erdi, barchi
yasuriylarni jam’i qilib hech kishini ko‘ziga ilmas erdi. Va ko‘rsatilgan beklarning orasida
yana muqotila urushlar bo‘lib, ko‘p kishi talaf bo‘ldi [10:19]”. Keltirilgan ushbu
ma’lumotdan ham ko‘rinib turibdiki, o‘zaro urushlar Movarounnahrni qo‘shni
ko‘chmanchi qabilalarni hujumi oldida himoyasiz qilib qo‘ygan edi. Bu vaziyatdan
Mo‘g‘uliston xoni To‘g‘luq Temurxon samarali foydala
nib qolishga intildi. 1360 yili katta
lashkar bilan Movarounnahrga kirib keldi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, 1360 yili Movarounnahrga shimoliy sharqiy hududlar
orqali ikkiga bo‘linib ketgan Chig‘atoy ulusini qayta tiklash, Movarounnahr va
Mo‘g‘ulistonni birlashtirish bahonasi bilan Chig‘atoyxon naslidan bo‘lgan Tug‘luq
Temurxon bostirib kirdi. Movarounnahrni shimoliy-sharqiy chegaralaridagi yirik beklik
hisoblangan Xo‘jand viloyati hokimi amir Boyazid jaloyir kuchli raqib oldida jangsiz taslim
bo‘ladi. Shu o‘rinda u nima uchun dushman oldida jangsiz taslim bo‘ldi, bu holatning
yuzaga k
elishi sababi nimada va Boyazid jaloyir qanday maqsadni ko‘zlagan edi, degan
savollarni tahlil etish o‘rinli. Avvalo, manbalardagi voqealar bayoniga nazar tashlamasak,
ularda jarayon bir biriga yaqin tarzda tasvirlangan bo‘lsa‐da, farqlar ham ko‘zga
tashla
nadi. Nizomiddin Shomiy To‘g‘luq Temkurxon yurishi xususida quyidagilarni bayon
qiladi: «Samarqanddan ikki manzil beridagi Chonoq Buloqqa yetdi. O‘zining amirlari va
davlat arboblari bilan jonqiy (kengash) va maslahat o‘tkazganidan keyin Keroyit
qabilasida
n To‘q Temur, amir Hoji Erkunitiy, amir Bekijaklarga Movarounnahr tomon
borishni tayinladi. Ularga Boyazid jaloyirga tobe bo‘lishni buyurdi. Amirlar xonning
ishoratini qabul qilib, yo‘lga tushdilar. Xo‘jand chegarasiga yetishganda, amir Boyazid
jaloyiri ul
arga el bo‘lib, o‘zining mukammal lashkari bilan qo‘shildi va Shahrisabz tomon
ravona bo‘ldilar» [8:29].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
198
Sharafuddin Ali Yazdiy o‘zining “Zafarnoma” asarida ushbu voqea bayoniga batafsil
to‘xtalib o‘tgan: «Tug‘luq Temurxonkim, Emil Xoja o‘g‘li erdi va Emil Xoja Duvaxonning
o‘g‘li erdi va bu Duvaxon Chigatoy naslidin erdi, Jeta viloyatida podshoh erdi. El
-ulusini
yig‘ishturub, rabi’ as
-soniy oyida, torix yetti yuz oltmish birda, sichson yilida (yanvar,
1360) Movarounnahr viloyatining parishonligini eshitib, cherik tortib Movarounnahr sori
yuzlandi. Tarmashirin xondin beri o‘ttuz uch yil kechkon erdi va bu o‘tt
uz uch yilda sakkiz
xon Chigatoy ulusida podshohlik sildilar. Tutluq Temur Chanoq Buloqkim, Xo‘jand suyiga
yaqin turur, Toshkand sahrosidin chiqib anda tushti. Anda beklari bila kengashti. Maslahat
buni ko‘rdilarkim, Ulug‘ Temurkim, o‘mog‘i kerait erdi, va
Hojibekkim o‘mog‘i arkanut erdi,
va Bekkichikkim, o‘mog‘i qanqli erdi, ilgari yurug‘aylar. Bu uch bek xon yorligi bila
yuridilar. Xo‘jand suyidin kechib erdilarkim, Boyazid Jaloyir el
-
ulusi bilan ularga qo‘shuldi
va ittifoq bilan Kesh viloyati sori yuridi
lar»[10:20].
Muiniddin Natanziy keltirgan ma’lumotlar ham ma’lum ma’noda yuqorigdagilarni
takrorlasa-
da, mahalliy beklarning faoliyatini yoritishda muhim o‘rin tutadigan qaydlar
ham mavjud: “Balo otashi alangasi baland ko‘tarilib, odamzod orasidagi shaytonlar qutqusi
g
‘avg‘osi olam ahli orasidan ahillikni ko‘tardi va turk amirlari qilichi va o‘qi vahmidan
(Movarounnaxrni) butunlay tark qilib, Mo‘g‘ulistonga ketgan mo‘g‘ullar barchasi
birgalikda podshoh Tug‘luqtemurni Movarounnahr fathiga unday boshladilar. U ushbu
viloyatga son-
sanoksiz lashkar tortdi, qo‘rquv va hadiksiz manzilma
-
manzil yo‘l bosib,
humoyun qarorgohni mamlakatga kiritdi hamda Movarounnahrning qoq o‘rtasida
joylashgan Chanoqbuloqda xonlik taxtini o‘rnatdi. Amir Boyazid jaloyir ostonbo‘slik
davlatiga musharraf buldi va qulovuz sifatida mangloy amirlari -
amir Tug‘luqtemur
keroyit, amir Hoji erkonut va amir Bekichakni boshlab, Shahrisabz va Samarqand ustiga
olib keldi” [9:52].
Ushbu manbalardagi masalaga oid ma’lumotlarni tadqiq etgan B. Usmonov Xo‘jand
hokimi Boyazid jaloyirning pozitsiyasini quyidagicha baholaydi: “Manbalardagi
ma’lumotlar tahlili quyidagi mulohazalarni bildirish imkonini beradi. Tug‘luq Temurxon
mang‘loy qilib yuborgan uch amir Sirdaryodan o‘tgach, Boyazid jaloyir mo‘g‘ullar
lashkariga borib qo‘shilgan. Bu esa uning Chanoq Buloqdagi kengashda
qatnashmaganligini ko‘rsatadi. Boyazid Jaloyir o‘ta ehtiyotkorlik bilan ish tutib, Tug‘luq
Temurxonga bo‘ysunishga tayyorligini bildirsa‐da, o‘zi Xo‘janddan chiqmay
Movarounnahr amirlarining qanday harakat qilishlarini kutgan. Chunki uning bir o‘zi
dushmanga qarshilik qila olmasligi aniq edi. Movarounnahr amirlaridan yordam
kelmasligi ayon bo‘lgach va bosqinchilar Sirdaryodan o‘tib, Xo‘jandga yaqinlashgach,
Boyazid jaloyir o‘z lashkari bilan mo‘g‘ullarga borib qo‘shiladi. Demak, Boyazid jaloyir
Chanoq Buloqda turgan Tug‘luq Temurxonga taslim bo‘lishga tayyorligini bildirib elchi
jo‘natgan va shu vaqtning o‘zida Xo‘janddan c
hiqmay, Movarounnahr amirlarining
yordamga yetib kelishlarini kutgan. Mo‘g‘ul lashkari Xo‘jand ostonalarida paydo bo‘lgach,
u bosqinchilar safiga qo‘shilgan. Tug‘luq Temurxon esa Movarounnahrning boshqa
amirlari ishonchiga erishish, ularni ham o‘z tomoniga
og‘dirish uchun amir Boyazidni,
Yazdiy va Natanziylarga ko‘ra, o‘z lashkariga yo‘lboshlovchi, Shomiyga ko‘ra, mang‘loy
amirlari ustidan rahbar etib tayinlagan” [7:63
-
64]. Biz qo‘shimcha sifatida shuni aytishimiz
mumkinki, Mo‘g‘uluston xonining katta lashk
ariga qarshi kurash olib borish imkoniga ega
bo‘lmagan Xo‘jand hokimi Boyazid jaloyir unga taslim bo‘lish orqali viloyatdagi o‘z
hokimiyatini saqlab qolishga erishdi. Movarounnahr amirlari tashqi dushmanga qarshi
birlashmagan bir sharoitda ularga chegarado
sh bo‘lgan viloyat hokimining boshqa chorasi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
199
ham yo‘q edi, aslida. Bir tomonda kuchli dushman bilan muzokaralarga kirishib, unga
qaram bo‘lish orqali bo‘lsa
-
da Xo‘jandda hokimiyatning mahalliy beklar qo‘lida saqlab
qolinishining o‘zi ma’lum bir yutuq edi.
To‘g‘luq Temurxon Chanoq Buloqda o‘rnatilgan qarorgohida to‘xtagan bo‘lsa, uning
qo‘shini Xo‘jand hokimi Boyazid Jaloyir bilan birga Movarounnahrning markazi tomon yo‘l
oldi. Samarqandda saltanat surayotgan amir Bayon Sulduz poytaxtni o‘z holiga tashlab,
o‘zining asosiy mulki joylashgan Hisor viloyati tomon chekinishga qaror qildi.
Movarounnahrda anchagina yirik mavqega ega bo‘lgan va Zarafshon vohasida Totkand va
Saripul mulklarini boshqargan Yassavuriylarning yetakchilaridan biri Hoji Muhammad
Yassavur
iy esa Boyazid jaloyirdan o‘rnak olib, mo‘g‘ul bosqinchilari lashkariga qo‘shildi.
Dastlab mo‘g‘ullarga qarshi kurashish fikrida bo‘lgan Kesh va Qarshi hokimi Hoji Barlos
yuqoridagi voqealar tahlilidan kelib chiqib, Xuroson tomon chekinishni ma’qul ko‘rdi.
Hoji Barlos lashkari safida bo‘lgan va unga xizmat qilayotgan Amir Temur esa o‘z
rahbarining ruxsati bilan Amudaryo bo‘yidan
ortga qaytdi. U imkon qadar lashkar
to‘plagan holda viloyatni himoya qilishni, diplomatik muzokaralar orqali dushman
hokimiyatini e’tirof etib bo‘lsa
-
da, viloyatni barlos qabilasi qo‘lida saqlab qolishni maqsad
qilgan edi. Olib borilgan muzokaralar natijas
ida mo‘g‘ul beklar in’om etilgan sovg‘alar va
to‘lovlar bilan cheklanib, Qarshi va Kesh vohasini talon
-taroj qilish fikridan voz kechdilar
hamda Amir Temur esa mo‘g‘ul xoni To‘g‘luq Temurxonga bo‘ysunish shartini qabul qildi.
Natijada bu vaqtga kelib, Toshkent, Xo‘jand, Jizzax, O‘ratepa, Samarqand va Kesh
viloyatlarida To‘g‘luq Temurxonning hokimiyati o‘rnatildi. Mo‘g‘ullar yurishni davom
ettirib butun Movarounnahrni zabt etishni maqsad qilgan edilar. Lekin kutilmaganda
mo‘g‘ul
amirlari o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro nizolar natijasida To‘g‘luq Temurxon o‘z
lashkari bilan yurtiga qaytib ketdi. Bu esa mahalliy amirlarga mo‘hullar tark etgan
viloyatlarda o‘z hokimiyatlarini qayta tiklab olish uchun imkon yaratdi.
Yuqorida bayon etilgan tarixiy jarayonlarni kuzatish orqali Mo‘g‘uliston xoni
To‘g‘luq Temurxonning 1360 yilgi yurishi vaqtida Movarounnahr beklar uch guruhga
bo‘linib ketganligini ko‘rin mumkin.
Birinchi guruhga mo‘g‘ul lashkari kirib kelgan viloyatlar hokimlarining ba’zilari
kiritish mumkin. Ular Mo‘g‘uliston xoni To‘g‘luq Temurxon hokimiyatini e’tirof etish va
unga bo‘ysunish orqali tasarruflaridagi viloyatlarni o‘z qo‘llarda saqlab qolishga int
ildilar.
Movarounnahr beklar tashqi dushman oldida birlashmagan bir holatda ularning naznida
eng maqbul yo‘l shu edi. Bu guruh tarkibiga amir Boyazid jaloyir, amir Hoji Muhammad
Yassavuriy, barlos begi Amr Temur va boshqalarni kiritish mumkin.
Ikkinchi guruh amirlari safidan esa mo‘g‘ul lashkari kirib kelishi oldidan dushmanga
qarshi kurash olib borish o‘rniga o‘z viloyatini tashlab ketgan beklar o‘rin oladi. Ammo
ularni ham ikki guruhga bo‘lish mumkin. Bu guruh vakillarining bir qismi
Movarounn
ahrning mo‘g‘ul qo‘shini yetib bormagan janubiy hududlariga chekingan beklar
tashkil etgan.
Ular mazkur hududlarda to‘plangan kuchlar bilan birgalikda mo‘g‘ullarga
qarshi kurash olib borish uchun ham chekingan bo‘lishi mumkin. Misol uchun amir Bayon
sulduz
Samarqandni o‘z holiga tashlab, Hisor viloyatiga chekingan edi. Ikkinchi guruhga
kiritilgan amirlarning boshqa qismini mo‘g‘ul bosqinidan cho‘chib Movarounnahrni butkul
tark etgan amirlar tashkil etadi. Kesh va Qarshi hokimi amir Hoji Barlos shular jumlasidan
edi.
Uchinchi guruhga hali mo‘g‘ul qo‘shini yetib bormagan Movarounnahrning janubiy
viloyatlarida jaylashgan viloyatlarning hokimlarini kiritish mumkin. Ular mo‘g‘ullarga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
200
qarshi kurashda Movarounnahrning shimoliy-sharqiy va markaziy hududlaridagi beklarga
ko‘mak ko‘rsatmadilar. Bu guruh amirlar mo‘g‘ul qo‘shinida kelib chiqqan nizo natijasida
hujumga uchramagan bo‘lsalar
-
da, ularning ham shu iki guruh tarkibiga qo‘shilib
ke
tishlari mumkinligini inkor etib bo‘lmaydi.
XULOSA
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Mo‘g‘uliston xoni To‘g‘luq Temurxon
boshligidagi mo‘g‘ul lashkarining 1360 yilgi Movarounnahr yurishi Chig‘atoy ulusini qayta
tiklash bahonasi bilan olib borilgan bo‘lsa
-
da, ko‘chmanchi mo‘g‘ul qabilalari tomonidan
amalga oshirilgan navbatdagi talonchilik yurishi edi. Movarounnahrning mayda
bekliklarga bo‘linib ketishi va ular o‘rtasida o‘zaro urushlarning avj olishi
ko‘chmanchilarning bosqinchilik yurishlarini amalga oshirishi uchun qulay sharoit yuratib
berdi. Mo‘g‘u
l bosqinchilarining ushbu yurishiga nisbatan Movarounnaharning mahalliy
beklari uch xil pozitsiyada bo‘lganligini kuzatish mumkin. Ularning uch guruhga
bo‘linishiga viloyatlarining mo‘g‘ul bosqini yo‘nalishida joylashuvi, mo‘g‘ul xoniga qaram
bo‘lib bo‘lsa
-
da, viloyatlarda o‘z hokimiyatlarini saqlab qolish maqsadidagi harakatlari,
mo‘g‘ul qabilalari hujumini ko‘chmanchilarning navbatdagi talonchilik yurishi sifatida
tushunib, ular qaytib ketgunga qadar o‘z kuchlarini saqlashga intilganliklari kabi omilar
o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Азамат Зиѐ. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Энг қадимги даврдан Россия
босқинига қадар. –
Т.: Шарқ, 2000. –
368 б.
2.
Амир Темур жаҳон тарихида / Масъул муҳаррир Ҳ.Кароматов. Тўлдирилган
ва қайта ишланган иккинчи нашри –
Т.: Шарқ, 2001. –
304 б.
3.
Аҳмедов Б. Амир Темурни ѐд этиб –
Т.: Ўзбекистон, 1996. –
368 б.
4.
Бартольд В.В. Очерк истории Семиречья. // Сочинения, Т.2, Ч.1. –
М.:
Издательство восточной литературы, 1963. –
С. 21
-106.
5.
Муҳаммаджонов А. Темур ва Темурийлар салтанати (Тарихий очерк) –
Т.:
Қомуслар Бош таҳририяти. 1994. –
158 б.
6.
Темур ва Улуғбек даври тарихи / Бош муҳаррир академик А.Асқаров –
Т.:
Қомуслар Бош таҳририяти, 1996. –
265 б.
7.
Усмонов Б. Фарғона водийси Амир Темур ва темурийлар даврида. –
Фарғона: “Фарғона”, 2019. –
288 б.
8.
Низомиддин Шомий. Зафарнома /Форс тилидан ўгирувчи –
Ю.Ҳакимжонов,
таржимани қайта ишлаб нашрга тайѐрловчи ва маъсул муҳаррир –
А.Ўринбоев,
изоҳлар ва луғатларни тузувчи –
Ҳ.Кароматов (жуғрофий номлар изоҳи –
О.Бўриевники), Ҳофизу Абруни «Зафарнома»га ѐзган «Зайл»и(«Илова»)ни
форсийдан ўгирувчи ва изоҳларини тузувчи –
О.Бўриев
-
Т.: Ўзбекистон, 1996.
9.
Муиниддин Натанзий. Мунтахаб ут
-
таворихи Муиний. / Форс тилидан
таржима, сўз боши ва изоҳлар муаллифи
-
Ғулом Каримий
-
Т.: Ўзбекистон. 2011. –
264 б.
10.
Шарафиддин Али Йаздий. Зафарнома. /Сўз боши, табдил, изоҳлар ва
кўрсаткичлар муаллифлари А.Ахмад ва Ҳ.Бобобеков,
-
Т.: Шарқ, 1997. –
384 б.
