Авторы

  • Фарит Тлектесов
    Докторант, Нукусский государственный педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp219-224

Ключевые слова:

контрастивная лингвистика межъязыковая эквивалентность лексическая единица прототипическая эквивалентность языковое отражение внеязыковое явление

Аннотация

Межъязыковая эквивалентность, то есть соотношение лексических единиц различных языков, остается важной проблемой в исследованиях перевода и сравнительной лингвистике. В основе этой проблемы лежит вопрос о том, когда слово или выражение одного языка может быть эквивалентным слову или выражению другого языка, и какие критерии должны быть выполнены для определения этой эквивалентности.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Interlingual aspect of the concept of equivalence

Farit TLEKTESOV

1

Nukus State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024
Received in revised form

15 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

Interlingual equivalence, or the relationship between lexical

units of different languages, remains an important issue in

translation studies and contrastive linguistics. The core of this

problem lies in determining when a word or expression in one
language can be considered equivalent to a word or expression

in another language, and what criteria must be met to establish

this equivalence.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp219-224

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

contrastive linguistics,

interlingual equivalence,
lexical unit,
contrastive linguistics,
prototypical equivalence,

linguistic reflection,
non-linguistic phenomenon.

Interlingval aspektda mutanosib muqobillik tushunchasi

ANNOTATSIYA

Kalit

so‘zlar

:

kontrastiv lingvistika,
tillararo muqobillik,
lekisik birlik,

kontrastiv lingvistika,
prototipik muqobillik,
lisoniy aks,
nolisoniy hodisa.

Tillararo muqobillik, ya'ni turli tillardagi leksik birliklar

o‘rtasidagi munosabat, tarjima

tadqiqotlari va taqqoslovchi

lingvistikada muhim muammo bo‘lib qolmoqda. Bu muammo
asosida bir tildagi so‘z yoki ibora boshqa tildagi so‘z yoki iboraga

qachon mutanosib muqobil bo‘lishi mumkinligi va bu mutanosib

muqobillikni aniqlash uchun qanday mezonlar bajarilishi

kerakligi yotadi.

Интерлингвальный

аспект

концепции

эквивалентности

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

контрастивная
лингвистика,
межъязыковая

Межъязыковая эквивалентность, то есть соотношение

лексических единиц различных языков, остается важной

проблемой в исследованиях перевода и сравнительной

1

Doctoral Candidate, Nukus State Pedagogical Institute.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

220

эквивалентность,
лексическая единица,

контрастивная
лингвистика,
прототипическая

эквивалентность,
языковое отражение,
внеязыковое явление.

лингвистике. В основе этой проблемы лежит вопрос о том,

когда слово или выражение одного языка может быть
эквивалентным слову или выражению другого языка, и

какие критерии должны быть выполнены для определения

этой эквивалентности.

An’anaviy tarjima nazariyasi bu muammoni amaliy nuqtai nazardan ko‘rib chiqib,

ikki tilli lug‘atlar yaratish va bevosita tarjima amaliyotiga e’tibor qaratib kelgan.

Biroq,

kontrastiv lingvistikaning paydo bo‘lishi bilan, diqqat tillar

tizimlaridagi interlingval

muqobillikni chuqurroq tushunishga qaratildi. Bu o‘zgarish tillarning yuzaki
o‘xshashliklarini emas, balki ularning ichki tuzilishi va semantik tarmoqlarini o‘rganishni
o‘z ichiga oladi.

Tillararo muqobillikni o‘rnatishdagi asosiy qiyinchiliklardan biri tillarning dunyoni

qanday tasniflash va konseptualizatsiya qilishidagi farqlarda yotadi. Har bir til o‘ziga xos
semantik maydonlar va leksik iyerarxiyalarga ega bo‘lib, bu esa ma'no va foyd

alanishdagi

sezilarli farqlarga olib kelishi mumkin. Masalan, ingliz tilida yomg`ir yog`ishi o`n besh xil
leksik vosita bilan ifodalana olgani holda[1], o`zbek tili bitta leksik birlik bilan kifoyalanadi.
Bu farq tillararo haqiqiy mutanosib muqobillarni topish ishini murakkablashtiradi.

Manba til va tarjima tillarida yuqori darajadagi bilimga ega bo‘lgan zullisonayn

shaxslarning roli bu muammolarni hal qilishda muhimdir. Ularning ikkala til tizimiga

bo‘lgan intuitiv tushunchasi mutanosib muqobillik haqida aniqroq hukm chiqarishga

imkon be

radi, bu esa ko‘pincha qat'iy lug‘at ta'riflariga emas, kontekst mazmuni hamda

undan qanday foydalanish tamoyillariga asoslangan bo‘ladi. Bu intuitiv bilim tillararo
muqobillikni faqat ob’yektiv mezonlar bilan to‘liq aniqlab bo‘lmasligini ta'kidlaydi.

Shu bilan bir qatorda tillararo mutanosib muqobillik haqidagi har qanday ilmiy

mulohazada qisman muqobillik tushunchasini ham hisobga olish kerak, boisi so‘z yoki
iboralar ma’lum tilda bir lekisik birlik yoki boshqacha tuzlishda ifodalana olgani holida

muq

oyasa qilinayotgan yoki tarjima qilinayotgan til ayni tushunchni to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri

o`sha miqdordan iborat tuzilma yoki so`z bilan ifodalay olmasligi mumkin. Shuningek

yuqoridagi holatning aksi ya’ni bir tilde bir ma’noda deb qabul qilingan ma’lum birlik

kontekst talabidan kelib chiqib ikkinchi tilda turli tushunchalar bilan mos kelishi mumkin.
Masalan, ingliz tilidagi "run" so'zi: "mashina boshqarish" (to operate), "musobaqada
qatnashish" (to compete) yoki "biznesni boshqarish" (to manage) qo`llana olishi
xususiyatidan kelib chiqib, har bir kontekst talabiga muvofiq ma'nolarning har biri boshqa
tilda turli tarjimalarni talab qilishi mumkin.

Muqoyasa qilinayotgan tillar mansub xalqlarga xos madaniy qatlamga tegishli

leksikonni iste’molga kiritish qiyosiy tipologiyaning tadqiqot ob’yekti bilan bog`liq mazkur
holatni og`irlashtiruvchi ta’sirni yuzaga keltiradi. Tasviriy ifodalar, metaforalar va
madaniy hayot bilan bog‘liq terminlar tadqiqot uchun tanlab olingan manba tilning
madaniy va tarixiy konteksti bilan chuqur bog‘liq bo‘lganligi sababli ularning so`zma

-so`z

tarjima qilinishi g`alizlik hamda manba tildan maqsad tilga tomon yo`naltirilayotgan leksik

birliklarning mutanosib muqobiliga almashishi ya’ni to`g`ri tarjima qilinishi qarshilik
ko‘rsatadi. Bunday birliklarni tarjima qilish uchun tanlab olingan tilda tushunarli mazmun

ifodalashiga erishish uchun odatda so`zma

so`z tarjimadan chekinib, jarayonga ijodiy


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

221

yondashgan holda parafrazlash yoki izohlab berish kabi usullardan foydalanish maqsadga
muvofiq bo`ladi.

Zero, tillararo mutanosib muqobillik statik (qotib qolgan, turg`un) munosabat

bo`lmay, balki bir-biri bilan madaniy, kontekstual va lingvistik omillar ta'sirida

munosabatga kirishuvchi o‘zaro dinamik munosabatdir. Bu o‘zaro munosabatni tushunish

uchun kontrastiv lingvistikaning nazariy bilimlarini egallagan, sohada chuqur tajribaga
ega zullisonayn tarjimon mazkur bilimlarni o`zining amaliy tajribalari bilan
birlashtiradigan keng qamrovli yondashmog`i lozim. Bu yondashuv tillar va madaniyatlar

o‘rtasidagi konseptual bo‘shliqlarni bartaraf etishga hamda mazkur turkumdagi

izlanishlar nazariy va amaliy lingvistikaning rivojlanishiga va samarali, o`ta mohirlik bilan

amalga oshiriladigan tarjima amaliyotlariga hissa qo‘shadi.

Yaqin o`tmishgacha tillararo mutanosib muqobillikning asosida nima yotgani va

uning mezonlari nimadan iborat ekanligi haqidagi savol, ya'ni ma’lum tilning tanlab

olingan (A) leksik birligi, boshqa tilning (B) leksik birligi qay darajada muqobil ekanligini
aniqlash imkonini beruvchi mezonlar masalasi, faqatgina amaliy ishlar doirasida masalan,
bilingval lug'atlarni yaratish jarayonida yoki tarjima nazariyasiga aloqador matnlar
doirasida ko'rib chiqilgan edi. Kontrastiv lingvistikaning paydo bo'lishi bilan, bu muammo
biroz boshqacha yo'nalishga o'tdi, ya'ni til tizimida tillararo mutanosib muqobillikning
nazariy tushunish, bu hodisaning mohiyati va chegaralari, leksik birliklarning muqobil
munosabatlariga ta'sir qiluvchi omillar til va nutqdagi omillar bir xilmi degan savollar
paydo bo'ldi. Bu muammo qisman leksikografik xarakterdagi tadqiqotlarda, ikki tilli
lug'atlarni tayyorlash va yaratish uchun nazariy asos ishlab chiqishga qaratilgan
tadqiqotlarda allaqachon ko'rib chiqilgan edi. Kontrastiv lingvistika hal qilmoqchi bo'lgan
vazifalar, savollar va muammolar doirasida tillararo mutanosib muqobillik muammosi
alohida o'rin tutadi. U taqqoslovchi tahlilning mezoni va o'lchovi bo'lib, tillarning birliklari
o'rtasidagi o'xshashlik va farqlarni aniqlash - kontrastiv lingvistikaning asosiy vazifasini
tillararo mutanosib munosabatlarni yaratadigan va buzadigan omillarni o'rganish sifatida
belgilash mumkin. Bu yo'nalishda qilingan ishlar orasida V. Gladrov [Gladrov 1985], I.A.
Sternin [Sternin 1989], I. Chervenkova [Chervenkova 1989], V.D. Devkin [Devkin 1990]

tadqiqotlarini qayd etib o`tish kerak. Shu o`rinda asosiy e’tibor tizimli (til) mutanosib
muqobillik masalasiga qaratilishini ta’kidlash lozim. Matnga xos mutanosib muqobillik

masalalariga e'tibor tarjima lingvistikasi nuqtai nazaridan yetarli darajada ishlab chiqilgan
[qarang, masalan Shveytsyer 1988, Koller 1992]. Shunga qaramay, muallifning fikriga
ko'ra, nutqiy, kommunikativ, matnli mutanosib muqobillik muammolari kontrastiv
lingvistika uchun katta qiziqish uyg'otadi, shuning uchun bo'limlardan birida til tizimida
(lug'atda) va nutqda (matnlarda) leksik birliklarning mutanosib muqobil munosabatlarini
o'rnatishga yordam beruvchi omillar taqqoslanadi.

Tillararo muqobillik masalasida zullisonayn shaxslarning roli muhim ahamiyatga

ega. Ular turli tillar o‘rtasidagi mutanosib muqobillikni aniqlashda va tarjima jarayonlarida
o‘lchov vositasi sifatida ishlaydi. Zullisonayn shaxslar ikki til tizimining leksik

va semantik

jihatlarini chuqur bilishi tufayli tillararo muqobillikni aniqlashda qimmatli manba
hisoblanadi.

Ikki tillilik tillararo muqobillikni tushunishda va baholashda muhim ahamiyatga ega

bo‘lgan bir nechta sabablar mavjud:

- birinchidan, zullisonayn shaxslarning ikkala tildagi intuitiv bilimlari ularning

fikrlari va qarorlariga asos bo‘ladi. Ular bir tilning leksik birliklarini boshqa tilning leksik


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

222

birliklari bilan muvofiqlashtirishda kontekstual va madaniy omillarni hisobga olishadi. Bu
intuitiv bilim leksik birliklarning haqiqiy ma'nolarini aniqlashda katta yordam beradi;

-

ikkinchidan, zullisonayn shaxslarning tarjima jarayonida rol o‘ynashi ularning ikki

til tizimining turli semantik maydonlarini tushunishiga asoslanadi. Bu shaxslar tarjima
qilinayotgan matnning kontekstini, uslubini va maqsadini hisobga olgan holda, eng mos
keluvchi mutanosib muqobillarni tanlay olishadi. Bu, ayniqsa, idiomatik ifodalar,
metaforalar va madaniy hayotga aloqador terminlarni tarjima qilishda muhimdir;

- uchinchidan, zullisonayn shaxslarning ta'lim va tajribasi ularning

kompetentsiyasini oshiradi. Ular bir tilning leksik birliklari bilan boshqa tilning leksik

birliklari o‘rtasidagi nozik farqlarni va o‘xshashliklarni aniqlashda ancha bilim va

ko`nikma ortirgan bo`ladi. Ularning bilimlari va tajribalari tillararo muqobillikni aniq

baholash va to‘g‘ri tarjimalar yaratishda yordam beradi.

Masalan, ingliz va qoraqalpoq tillarida mukammal bilimga ega shaxs ingliz tilidagi

"play" so‘zini tarjima qilishda bir nechta variantlarni ko‘rib chiqishi mumkin: o‘ynash, ijro
etish, rollar o‘ynash va hokazo. U kontekstga qarab eng mos variantni tanlaydi.

Bu jarayon

faqat lug‘atga tayanishdan ko‘ra murakkabroq bo‘lib, kontekstual va madaniy hamda

ijtimoiy jihatlarni hisobga olishni talab qiladi.

Zullisonayn shaxslar tillararo muqobillikni aniqlash vazifasini bajarish jarayonida

lug‘atga xos

leksik muvofiqlikni emas balki ayni leksik birlikning kontekstual ma'no va

uslubiy jihatlarini ham hisobga oladi. Ular matnning asl ma'nosini va ohangini saqlab

qolish uchun tarjima jarayonida ijodiy yondashuvlarni qo‘llashadi. Bu yondashuv tarjima

sifatin

i oshiradi va manba matnning mazmunini to‘g‘ri yetkazishga yordam beradi. Shu

bilan birga, zullisonayn shaxslarning qarorlari hamisha ham ob’yektiv bo‘la olmaydi.
Ularning intuitiv bilimlari va tajribalari sub’yektiv bo‘lishi mumkin, va bu tarjima

jarayonida ayrim noaniqliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shunga qaramay, zullisonayn
shaxslarning roli tarjima jarayonida va tillararo muqobillikni aniqlashda beqiyos
ahamiyatga ega.

Zullisonayn shaxs bilim va ko`nikmasi tillararo muqobillik darajasini belgilashda

asosiy vositasi sifatida ishlatiladi. Zullisonayn shaxslar o‘zlarining intuitiv bilimlari,
ta'limlari va tajribalari orqali turli tillar o‘rtasidagi muqobillikni aniqlashda v

a tarjima

jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Bunday tajriba va bilimga ega bo`lish tarjima sifatini

oshirishda va tillararo aloqalarni kuchaytirishda katta ahamiyatga ega.

Tillararo mutanosib muqobillik mezonlarini belgilashda, olimlar ko'pincha tadqiqot

uchun tanlab olingan har ikkala tilni ham birdek yaxshi biladigan zullisonayn shaxsning
kompetentsiyasiga tayanish muhimligini ta'kidlashadi: "Tillararo mutanosib muqobillikni
aniqlash uchun odatda tadqiqotchi har ikkala tilda ham birdek mahoratli tarjimonning
bilim darajasiga tayanishi kerak, aksariyat hollarda bunday shaxs tadqiqotchining o`zi
bo`lib chiqadi. Tillararo mutanosib muqobillik borasidagi to`xtamlar esa ayni shaxsning
ichki sezgi (intutsiyasi) tanloviga asoslanib amalga oshiriladi". Haqiqatan ham, tadqiqotchi
kamida bitta tilni bilmagan yoki yaxshi bilmagan holatda ikki tilning leksik birliklari
o'rtasidagi mutanosib muqobillik darajasini aniqlash imkonini beruvc

hi ob’yektiv

mezonlar mavjud emas (va ehtimol ular mavjud bo'lishi mumkin emas). "Yakundagi
mutlaq haqiqat" bo`lgan fikrni esa o`z ichki hissi aynan nimaga asoslanayotganini tahlil
qilishga qiynalayotgan tadqiqotchining o`zi ifodalashiga to`g`ri kelmoqda. Sohada izlanish
olib broganlardan yana biri V. Koller o`zidan oldingi tadqiqotchi T. Krzeshovskiy fikrini
rivojlantirib, shaxsning kompetentsiyasi haqida quyidagilarni bayon qiladi: "Kontrastiv


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

223

tahlilda namunalarni tanlovchi va baholovchi shaxs (ideal) zullisonayn shaxsdir, u lozim

bo`lgandam istalgan tushunchani ma’lum (L1) tildagi tegishli lisoniy ifoda (A) vositasida

ham va ayni paytda boshqa bir (L2) tildagi tegishli lisoniy ifoda (Z) vositasida ham ifodalay

oladi” [Koller 1992: 219].

Yuqorida ta’rifi keltirilgan informant (zullisonayn shaxs)ning ikki til tahlili

kompetentsiyasi borasidagi ichki hissiy baholash qobiliyati nimaga asoslanishi borasida
mulohaza yuritib ko`ramiz.

Tadqiqot uchun tanlab olingan ingliz hamda qoraqalpoq tillarida erkin so`zlashish

qobiliyatiga ega bo`lgan zullisonayn shaxsdan “play” so`zining tarjimasi so`ralganda u
o`ylanmasdan “o`ynash” deb tarjima qiladi. Holbuki, ingliz –

qoraqalpoq tillari lug`atida

“play” so`ziga ma’lum sintaktik qurilmalar tarkibida hamda ma’lum holatlarda “ойнаў

;

атдарыў

;

шертиў

;

дубылыў

,

дөниў

,

шағылысыў

;

жардыраў” so`zlaridan biri ham

mutanosib muqobil sifatida qo`llanilishiga guvoh bo`lish mumkin. “Call” so`zining tarjimasi

b

orasida esa, “chaqirish” yoki “qo`ng`iroq qilish” degan ikkilanishli javob bo`ladi. “Yodel”

so`zining tarjimasi tarjimonni biroz qiyinroq vaziyatga soladi, boisi, endi u bir so`zdan

iborat mutanosib muqobil o`rniga to`laqonli “Shvetsariya alpi tog`li aholi

siga xos kuylash

uslubi” jumlasidan foydalanishga majbur. Ma’lum tilga xos bir leksik birlikning mutanosib
muqobili boshqa bir tilde aynan bir leksik birlikdan iborat bo`lmasligi, ma’lum leksik

birliklarning hech bir o`ylanishsiz mutanosib muqobiliga almashtirila olishi hamda boshqa
leksik birlikning ikkinchi tildagi mutanosib muqobiligacha yo`l ko`p o`ylanishlar hamda
uzun jumlalar hisobiga amalga oshishining sababi haqida mulohaza yuritib ko`ramiz.

Insonni qurshab turgan olam o`zining odam ongidagi lingvistik aksini ko`p

miqdordagi lingvistik belgilarga bog`liq holatda qat’iy belgilab qo`yilgan turli nolisoniy

hodisalar tartiblangan guruhlari ko`rinishida topadi. Bu fenomenal guruhlar, semantik
maydonlar singari, qat'iy chegaralarga ega emas, ular bir-biriga mos keladi, natijada bir xil
hodisa turli so'zlar yoki so'z guruhlari bilan belgilanishi mumkin. Til belgisi bilan belgilab
qo`yilgan referentlar o`z tarkib tuzilishiga ko`ra, prototiplarga yaqin tuzilishni aks ettirishi

borasida mulohazalar mavjud. Bu ko'p hollarda ma’lum lisoniy belgiga borliqqa xos

bo`lgan yagona hodisa biriktirib olingani holida, shu hodisaga turdosh hodisalar esa,
prototipik muqobillik asosida mazkur belgi atrofida o`sha hodisaga muvofiq kelish
darajasiga ko`ra muqoyasa qilinuvchi model bilan o'xshashlik darajasiga qarab yoki yaqin
yoki uzoq masofada joy olishi mumkinligini anglatadi [Krzeszowski 1986: 8]. Misol
tariqasida, ingliz tilidagi "cat" leksik birligiga biriktirilgan a

sosiy nolisoniy fenomen ya’ni

referent asosan "sichqon va kalamushlarni yo'q qiluvchi uy hayvoni" tushunchasi bilan

bog'liq. Ayni o`rinda bu bu referent “cat” leksik birligi bilan belgilanishi mumkin bo`lgan

barcha nolisoniy fenomenlar "yirtqich sut emizuvchi hayvon", "mushuk terisi", "elektr
ustuniga chiqish uchun qo`llanuvchi, oyoqqa biriktiriladigan metall tishlar shaklidagi
moslama"ga qaraganda prototipikdir. Yuqorida sanab o`tilgan referentlardan eng birinchi
ikkitasi prototip bilan nisbatan keng qamrovli moslikka ega bo`lib, qolganlari umumiy
aloqadorlik belgilariga ega bo'lgan, ammo bir leksik birlikbilan belgilangan fenomenlar
doirasiga kirishga imkon beruvchi referentlardir.

Turli til egalarining olamni lisoniy aks ettirish borasidagi qarashlari odatda bir-

biriga ko`p ham mos kelavermaydi. Yuqorida tilga olingan zullisonayn mutaxassis esa ikki
til birliklari orasida mutanosib muqobillikni qidirish asnosida ikki tilning tuzilish tizimini
tahlildan o`tkazadi. Mazkur jarayonda tillararo mutanosib muqobillarning ko`plab
uchrashish uning ishini osonlashtirganidek, muqobillikning yo`qligi uning faoliyat


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

224

jarayonini qiyinlshtiradi. Muqoyasa qilinayotgan tillarda nolisoniy fenomenlarning

tasvirlanishidagi qat’iy o`ziga xoslikning mavjudligi natijasida esa, manba tilda bir leksik

birlik bilan ifodalangan nolisoniy hodisa maqsad tilda kontekstual hamda vaziyat talabiga
ko`ra uzun jumla bilan ifodalanishiga olib kelishi mumkin. Ayni shu sababdan, ikki tilning
lug'at tarkibi ulardagi leksik birliklar muqoyasasi hisobiga emas manba tilning leksik
birligiga biriktirilgan nolisoniy fenomenni ifodalochi leksiko-semantik maydon tahlili
hisobiga amalga oshirilishi lozimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Гладров В. Вопросы функциональной эквивалентности в сопоставительной

лингвистике. // Русский язык за рубежом, 1985, № 6: 71

-73.

2.

Девкин В.Д. Контрастивная лексикология. // Конфронтативная

лингвистика. Прокопова Л.И. (рук.), Хельбиг Г., Девкин В.Д. и др. Киев: Лыбедь, 1990:

25 - 38.

3.

Стернин И.А. О понятии межъязыковой лексической эквивалентности. //

Synchroner slawisch-deutscher Sprachvergleich. Berlin: Akad. der Wiss. der DDR, 1989:
55 - 64.

4.

Червенкова И. Об эквивалентах в сопоставительном исследовании лексики.

// Synchroner slawisch-deutscher Sprachvergleich. Berlin: Akad. der Wiss. der DDR, 1989:
65 -73.

5.

Швейцер

А

.

Д

.

Теория

перевода

:

статус

,

проблемы

,

аспекты

.

М.: Наука, 1988.

- 245.

6.

Koller W. Einfuhrung in die Übersetzungswissenschaft. Heidelberg, Wiesbaden:

Quelle & Meyer, 1992. - 344.

7.

Krzeszowski Th. Prototypes and equivalence. // Papers and studies in contrastive

linguistics, 21(1986): 5 - 20.

8.

https://www.merriam-webster.com/thesaurus/raining

(murojaat

sanasi

09.07.2024 y.)

Библиографические ссылки

Гладров В. Вопросы функциональной эквивалентности в сопоставительной лингвистике. // Русский язык за рубежом, 1985, № 6: 71-73.

Девкин В.Д. Контрастивная лексикология. // Конфронтативная лингвистика. Прокопова Л.И. (рук.), Хельбиг Г., Девкин В.Д. и др. Киев: Лыбедь, 1990: 25 - 38.

Стернин И.А. О понятии межъязыковой лексической эквивалентности. // Synchroner slawisch-deutscher Sprachvergleich. Berlin: Akad. der Wiss. der DDR, 1989: 55 - 64.

Червенкова И. Об эквивалентах в сопоставительном исследовании лексики. // Synchroner slawisch-deutscher Sprachvergleich. Berlin: Akad. der Wiss. der DDR, 1989: 65 -73.

Швейцер А.Д. Теория перевода: статус, проблемы, аспекты. М.: Наука, 1988. - 245.

Koller W. Einfuhrung in die Übersetzungswissenschaft. Heidelberg, Wiesbaden: Quelle & Meyer, 1992. - 344.

Krzeszowski Th. Prototypes and equivalence. // Papers and studies in contrastive linguistics, 21(1986): 5 - 20.

https://www.merriam-webster.com/thesaurus/raining (murojaat sanasi 09.07.2024 y.)