Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Current trends in the research of political PR in the political
culture of society
Davron MUITOV
1
Uzbek State University of World Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 15 October 2024
Available online
25 November 2024
The article examines some modern trends of political PR in
the transformation of political culture. It discusses external
information and ideological factors influencing the institution of
political PR after the Central Asian countries gained
independence. In particular, the article focuses on the specifics of
public relations, as well as political advertising and image
creation, protection of political interests of different classes in
statements and speeches of a candidate for the new leadership.
At the same time, a conclusion is made about the relevance of
creating a unique political and cultural environment in the
application of political technologies.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
iss5-pp286-292
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
political culture,
political PR,
political activity,
Political technologies,
development,
propaganda and propaganda
culture,
strategy,
power.
Jamiyatning siyosiy madaniyatida siyosiy piarni tadqiq
etishning dolzarb tendensiyalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
siyosiy madaniyat,
siyosiy piar,
siyosiy faoliyat,
siyosiy texnologiyalar,
tarraqiyot, targʻibot va
tashviqot madaniyati,
strategiya,
hokimiyat.
Maqolada siyosiy madaniyat transformasiyalashuvida siyosiy
piarning ayrim dolzarb tendensiyalari tadqiq etilgan. Unda MO
mintaqasi davlatlari
ning mustaqillikni qoʻlga kiritishi bilan
siyosiy piar institutiga ta
’
sir qiluvchi tashqi axboriy mafkuraviy
omillar xaqida soʻz yuritilgan. Jumladan maqolada jamoatchilik
bilan aloqalar xususiyatlari, shuningdek siyosiy reklama va imij
yaratish, yangi yetakchilikka nomzodning bayonot va
chiqishlarda turli sinflarning siyosiy manfaatlarini himoya qilish
masalalariga e
’
tibor qaratiladi. Ayni paytda bugun siyosiy
texnologiyalarni qoʻllashda
oʻziga xos siyosiy madaniyat
muhitini yaratishning dolzarbligi xaqida xulosa beriladi.
1
Associate Professor, Uzbek State University of World Languages. E-mail: davronmuitov@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
287
Актуальные тенденции исследования политического
пиара в политической культуре общества
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
политическая культура,
политический пиар,
политическая
деятельность,
политические технологии,
развитие,
пропагандистская и
пропагандистская
культура,
стратегия,
власть.
В статье рассматриваются некоторые современные
тенденции политического пиара в трансформации
политической
культуры.
Говорится
о
внешних
информационных и идеологических факторах, влияющих
на институт политического пиара после обретения
независимости странами Центральноазиатского региона.
В частности, в статье уделяется внимание особенностям
связей с общественностью, а также политической рекламы
и создания имиджа, защиты политических интересов
разных классов в заявлениях и выступлениях кандидата в
новое руководство. При этом делается вывод об
актуальности создания уникальной политико
-
культурной
среды в применении политических технологий.
Yangi
O‘
zbekiston tarraqiyot strategiyasi ijro etuvchi hokimiyatni tom manoda
xalqga xizmat qiluvchi organga aylantirishni nazarda tutadi [1].
Bugun jamiyat hayotida
siyosiy piar ijtimoiy
institut tariqasida oʻz taraqqiyoti va shakllanishi davriga ega. Ayni shu
jarayonlarda u jamiyatning barcha soxalariga daxldor boʻlib, uning qonunlari doirasida
namoyon boʻlmoqda. Siyosiy piar ijtimoiy institutining shakllanishi
jamiyatning ijtimoiy-
iqtiso
diy, madaniy, siyosiy hayoti bilan bevosita bogʻliq. Ta’
kidlash joizki, ayni MO
mintaqasi davlatlarining mustaqillikni qoʻlga kiritishi bilan siyosiy piar instituti
mutloqo
yangi koʻrinishlarda
yuzaga chiqdi. Tabiiyki bu holat mintaqa ijtimoiy fikrning sotsium
hayotida muhim rol oʻynaydigan yangidan yangi ma’
lumotlar olish usullariga ehtiyojni
kuchaytirdi .
Aslida
jamiyatning siyosiy sohasi
uning asosiy resursi boʻlmish hokimiyat orqali
shakllanishidan xabardormiz. Biz koʻpincha hokimiyat soʻzin
i ishlatishimizga qaramasdan,
uning mazmuniga koʻp e’tibor bermaymiz. Biz hokimiyat toʻgʻrisida gapirar ekanmiz
dastavval siyosat toʻgʻrisida oʻylaymiz. Ammo shunga qaramasdan soʻnggi yillarda MO
davlatlaridagi
hokimiyat koʻp transformasion
oʻzgarishlarga
duch keldi. Shu tufayli
hokimiyat siyosiy piar texnologiyalari orqali bizga kundalik hayotda har daqiqada ta
’
sir
oʻtkazib turishini tan olishimiz darkor
[2].
Hokimiyat tushunchasi hamisha siyosiy sohani anglatadigan markaziy
kategoriyalaridan biri boʻlib kelgan.
Chunki ayni hokimiyat siyosat markazida boʻlib turadi,
u siyosiy muammolarni u yoki bu tomonga hal qilishning oʻziga xos kaliti rolini bajaradi.
Hokimiyat odamlar murakkab vaziyatga tushib qolgan paytida yuzaga kelgan
tartibsizliklarni bartaraf etishning mahsus organlari tashkil topgan paytdan boshlanadi [3].
Demak hokimiyat siyosatning oʻzagini tashkil etib, bunda
hokimiyat muammosi
siyosatning asosiy muammosiga aylanib qoladi. Siyosiy hokimiyat nazariyasi esa siyosiy
qarashlar, tasavvurlar, mushohadalarning asosiy mazmunini tashkil etish jarayonida
dunyoga kelgan. Aksariyat nazariyalarda hokimiyatga intilish insonning psixikasi va
ongining asosiy xususiyati bilan bogʻliq belgilab beriladi. Ularda hokimiyatga intilish i
nson
siyosiy faolligini belgilovchi omil sifatida qayd qilinadi. Zero, zamonaviy globallashuv
davrida hokimiyatga intilayotgan inson uchun hokimiyat-
oʻz siyosiy ahvolini, maqomini
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
288
yaxshilash manbaiga aylandi. Shuning uchun ham butun dunyodagi siyosatchilar bilan bir
qatorda mintaqamizdagi aynan jamoatchilik bilan aloqalar mavzusi doimo e
’
tibor va
nazoratda
boʻladi.
Birinchidan,
bugun aynan MO mintaqasi axborot makonlaridagi siyosiy piar darajasi
siyosiy sohaning kelajagini belgilab bermoqda. Demak, bugun qisqacha qilib aytganda
jamoatchilik bilan aloqalar siyosiy hayotning ajralmas qismiga aylanib boʻldi,
yuqori
martabali mansabdorlari vaqti -vaqti bilan axborot agentliklari va PR menejerlari bilan
birgalikda
oʻzlarining soʻnggi loyihalari
va tashabb
uslari toʻgʻrisida barcha kerakli
ma
’
lumotlarni etkazish uchun press-relizlar ishlab chiqarmoqda, turfa xil konferensiya va
brifinglar tashkil qilishmoqdalar.
Ikkinchidan,
ayni siyosiy sohadagi jamoatchilik bilan aloqalar bu avvalo
siyosatchilar tomonidan
jamoatchilik bilan oʻzaro manfaatli munosabatlarni oʻrnatish
uchun foydalanadigan asosiy strategik aloqa shaklidir. Oddiy fuqorolar esa siyosatdagi
jamoatchilik bilan aloqalar masalasiga bu faqat yangiliklarni boshqarish hamda OAV bilan
aloqalarni oʻz ich
iga olishdir, deb xulosa qilishni maqul bilishadi. Albatta bu masalaga
ancha primitiv yondoshuvdir.
Uchinchidan,
jamiyatning siyosiy sohasi esa toʻgʻridan
-
toʻgʻri elita deb atalmish
jamiyatning oliy tabaqasiga ham tegishli ekanligiga etibor qaratish kerak. Aslida jamiyatning
ayni shu qismida hokimiyat uchun kurash ketadi. Shu tariqa jamiyatni boshqarish tamoyillari
va mexanizmlari boʻyicha jiddiy ehtiroslarga boy baxs
-munozaralar shakllanadi, toblanadi.
Xususan bu holatda siyosat oddiy fuqarolarning ham ijtimoiy-
siyosiy tafakkurga oʻz ta’
sirini
oʻtkaza boshlaydi. Biz esa turli xil saylov kompaniyalari va referendumla
rda doimiy ishtirok
orqali bu jarayonni his qila boshlaymiz.
Shu bilan siyosat olamidagi keskin raqobat
ayni siyosiy elitaning oʻz imiji ustida
ishlashiga majbur qilayotir. Jamoatchilikning siyosiy elitani qanday qabul qilish darajasi
kelajakdagi siyosiy saylovlar natijalariga ta
’
sir qilish mumkin [4]. Shuning uchun ular
doimiy tarzda oʻzlarining eng yaxshi tomonlarini namoyish etishlariga va albatta shu
alpozda jamoatchilik e
’
tiborini tortishlariga urinishadi.
Shubhasiz bugungi kunga kelib jamoatchilik bilan aloqalar siyosiy faoliyatning
ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Zotan, bugun aynan toʻgʻri
tashkil qilingan siyosiy piar
ulkan hayotiy ta
’
sirga
ega boʻlayotir. (Putin, Erdogʻan, Makron, hattoki Zelenskiy bilan
bogʻliq siyosiy saylovlarda
gi piar texnologiyalari bularning yorqin misolidir) Siyosatchilar
haqida ijobiy imijni ayni siyosiy piarning zamonaviy texnologiyalari yaratib bermoqda.
Turli siyosiy institutlar, guruhlar va ularning liderlari oʻrtasidagi munosabatlarda siyosiy
piar hokim
iyatni qoʻlga kiritish uchun oʻziga xos rol oʻynaydi. Ya’ni siyosiy piar qoʻshma
siyosiy kompaniyalarda hokimiyatiga ta
’
sir qila oluvchi davlat va jamoat tashkilotlari,
shuningdek fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy tajribasini baholash mexanizmlaring
mohiyatid
a namoyon boʻlib boradi.
MO mintaqasida Siyosiy PR qanday shakllandi va u qanday koʻrinishlarda oʻzini
namoyon qilmoqda? Ya
’
ni globallashuv davrida siyosatning maqsadlaridan biri birinchi
navbatda siyosiy ommani shakllantirish boʻlib qolmoqda. Ammo zamonav
iy siyosiy
munosabatlar dinamikasi
siyosiy reklama va imid yaratishning ilgʻor texnologiyalarisiz
bunga erishish mushkul ekanligini tasdiqlayotir.
Bunday paytda birinchidan, Siyosiy PR
–
bu biror bir siyosiy mavzu doirasida
jamoatchilik fikrini shakllantirishdan boshlanadi [5]. Siyosiy jarayonlar tahlili shuni
tasdiqlaydiki, har qanday siyosiy institut yohud siyosiy lider ommaviy siyosiy aloqa va
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
289
axborot bilan oqimlarini boshqarish uchun PR texnologiyalarni oʻziga moslab ishlab
chiqadi. Zotan, bugungi axborotlashgan jamiyat sharotida odamlarga axborot ta
’
sirisiz va
bunday ta
’
sirni samarali boshqarmay turib, har qanday samarali siyosat olib borish
mushkulotga aylanadi [6]. Bu erda siyosiy reklama va imij yaratish masalasi ham ayni shu
ma
’noda oʻz mantigʻiga
ega boʻlishi kerak.
Ikkinchidan siyosiy raqobatdagi keskinlik ham siyosatchilarning oʻz imiji ustida
ishlashga majbur qilishi kerak. Ular ayni siyosiy saylovlar davrida jamoatchilik tomonidan
qanday qabul qilingani ayonlashadi. Shuning uchun siyosatchilar uchun
toʻxtovsiz tarzda
o‘
zlarining eng yaxshi imijbop tomonlarini k
o‘
rsatishga va keng omma va elektoratining
e
’
tiborida qolmoqlik uchun barcha axboriy mafkuraviy elementlarini siyosiy resurs
darajasiga olib chiqishlari muhim ahamiyatga ega.
Albatta bunday holatda siyosiy reklama unsurlaridan unumli foydalanish yaxshi
natija beradi. Zero, siyosiy reklama fuqorolarni tezkorlik va shiddat bilan biron bir siyosiy
harakatni amalga oshirishga undaydi: bular ma
’
lum bir yangi siyosiy nomzod uchun
saylovlarda ovoz berish, turli
mitinglarda qatnashish va boshqa shunga oʻxshash
masalalarga kelib taqaladi [7].
Oʻz navbatida siyosiy reklama kommunikasiyalarning shunday oʻziga xos shaklini
aks ettiradiki unda dastavval reklama buyurtmachisi siyosiy maqsadlariga mos keluvchi
odamlarning ongi va harakati chaqirigʻidan kelib chiqish kerak boʻladi. MO mintaqasi
reklama buyurtmachilariga bunday paytda siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, siyosiy
liderlar va boshqalarni kiritish mumkin. Siyosiy reklama axboriy mahsulotni tayyorlash
siyosiy kompaniyasini nazorat qilish demakdir.
Odatda siyosiy PR siyosiy sub
’
ekt va jamoatchilik
o‘rtasida uzoq muddatli toʻlaqonli
va ishonchli munosabatlarini
o‘
rnatadi. U siyosiy sohada amalga oshiriladigan, siyosiy
hokimiyat uchun kurashda siyosiy yetakchilikni y
o‘
lga q
o‘
yishga qaratilgan PR shaklidir.
Yuqorida ta
’kidlaganimizdek, bugungi kunning siyosiy etakchisi oʻz imijisiz
etakchilikni uzoq ishlab qololmaydi. Ma
’
lumki Rossiya Federatsiyasining amaldagi
prezidenti V.
Putin oliy hokimiyatni qoʻlga kiritgan dastlabki yillarida Rossiya ancha
besaranjom, ammo demokratik yoʻlni tanlagan davlatlar qatorida edi. Ayniqsa, oʻtgan
asrning soʻnggi yillariga kelib ushbu davlat ichki separatizm, diniy fundamentalizm,
banditizm, reket kabi destruktiv kuchlar tomonidan tahdid solinayotgan bir davlatga
aylanib qolgan edi. Shunday holatda mamlakatni, yagona konsolidatsiya qilishga qodir
siyosiy etakchiga va uni aynan rossiyaliklar ijobiy qabul qilishliklariga ehtiyoj katta edi.
Mazkur davr rus tele efirlarida V.Putinning asli xarbiylardan chiqqanligi, uni sportchi,
uchuvchi qiyofasida qayta qayta nomoyon qilishini esga olsak. Bunday piar shakli
shubhasiz V. Putin jamoasi uchun samarali natijani bera boshlagan.
Aslida siyosiy imij ishlab chiqaruvchilar keng jamoatchilik, axborot makoni uchun
siyosiy aktyor (siyosat sub
’
ekti) obrazini yaratashini ta
’
kidlashimiz kerak. Demak, bu
holatda muayyan
g‘
oyalar, maqsadlar, vazifalarga ega b
o‘
lgan faol siyosiy ishtirokchi
(tashkilot, shaxs, guruh) uchun harakatlar boshlanadi. Siyosiy ta
’
sir ob
’
ekti esa elektorat
–
siyosiy aktyorlarning maqsadli auditoriyasiga aylana boshlaydi [8].
Siyosiy PR boshqa PR turlaridan farqlanib, siyosiy harakatni, dastavval, siyosiy
sub
’
ektlarni manipulyatsiya qilishdan boshlaydi. Odatda yangi etakchilikka nomzodning
bayonot va chiqishlarda turli sinflarning siyosiy manfaatlarini himoya qilish masalalariga
alohida urgʻu beriladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
290
Masalan, bu borada marhum V.Jirinovskiy partiyasining saylov oldi kompaniyalari
ilk davrini eslaylik. Oʻtgan asr toʻqsoninchi yillarini boshida hali rossiyaliklar jamiyati
uchun taniqli boʻlmagan V.Jirinovskiy ismli shaxs siyosat maydoniga chiqa boshlaydi.
U noodatiy tarzda chiqishlar sonini koʻpaytirib,
agar “h
okimiyat tepasiga kelib prezident
boʻlib ketsam uch kun ichida Rossiyaning buyuk imperiyasini tiklab beraman, uch kun
ichida rus ayollari uchun dublyonka, erkaklari uchun aroq ichimligining narxini
arzonlashtirib
tashlayman.” qabilidagi chiqishlari bilan t
anilgan. U zamonaviy siyosiy piar
tarixida
shunday yoʻl bilan oʻz
maqsadli auditoriyasiga ega boʻlgan dastlabki rus
populist
siyosatchilar sirasiga kiritilgan. Hatto oʻz partiyasiga qarshi chiquvchi
antinamoyishchilarni h
am oʻzi tayyorlab bergan ekan. Nat
ijada,
avvallari notanish boʻlgan
V.Jirinovsiy tez orada mashhur b
o‘
lib ketadi. Bu siyosiy holatni qanday izohlash mumkin?
Ta
’
kidlash joizki, aslida bu rus siyosiy jamiyatida siyosiy piarning ilk manipulyativ
koʻrinishlaridan edi. Siyosiy manipulyatsiya qi
lish davri bugun ham mavjud [9].
Masalan, hozirgi siyosiy piar davri ba
’zan oʻtkir millatchilik, yohud shovinistik
qarashlar bilan siyosatda oʻz manipulyativ harakatlarini davom ettirayotganlarga ham
duch kelmoqda. Ularning soni barmoq bilan
sanarli boʻlsada, jiddiy
munozarali
chiqishlarga sabab boʻlmoqda.
Ammo, it h
uraveradi karvon oʻtaveradi deydi dono xalqimiz. Yaqinda
Rossiya
telekanallarining birida Prilepin, Smolin kabi shovinistlar navbat
–
navbati bilan chiqishlar
qildi. Bu aslida shovinistik alah
sirashning qoʻpol bir koʻrinishi sifatida ba
holanishi joiz.
Bunday axboriy xurujlarni
oʻz vaqtida anglash ma’suliyati haqida qaygʻurishimiz kerak.
Yangi shovinizm mafkurasi bosh koʻtarib qoldimi? Nima uchun?
Aslida, Zaxar
Prilepin kim oʻzi?
–
degan savollardan boshlaylik. U harbiylardan chiqqan bir yozuvchi,
dramaturg, natsional bolsheviklar vakili ekan. 2007-yildan beri Rossiya davlati
rahbariyatiga qarshi siyosiy harakatlarning faol ishtirokchisi.
Umr boʻyi siyosiy piarning
quli boʻlib
kelgan ekan. Uning asar
va chiqishlarida misli koʻrilmagan da
hshatlarga olib
keluvchi isyonkorlik hamda inqilob ruhi kuchlidir. Albatta oʻz navbatida bunday
alahsirashlari
ilgʻor rus ziyolilar qatoridagi
zamondoshlarimizga ham xush kelmaganini
ta
’
kidlashimiz kerak. Ular tomonidan Zaxar Prilepin 2012-
yilda nashr etgan “Stalinga xat”
asari ksenofobiya, antisemitizm va neostalinizm, fashizmni tarannum etuvchi
manipulyativ asar tariqasida qoralangan.
Jumladan, Rossiya Federatsiyasining sobiq madaniyat vaziri Mixail Shvidkoy
“Stalinga xat”ni
mutolaa qilib boʻlarkan uni
“rus yozuvchisiga yot boʻlgan ahmoqlik va
xiyonatkorlikning asl namunasi” deb baholaydi. Hatto
, marhum Eduard Limonov (nasional
bolshevik sifatida safdoshi edi) “Yangi davr shunday kimsalarga mu
ht
oj boʻlarkan.
Nachora, shundaylarni yaratib ham ola oldi.”
–
deb oʻtib ketdi. Taniqli rus
vatanparvarlaridan boʻlmish Igor Strelkov esa “Zaxarning urush harakatlariga xech
qanday aloqasi yoʻq. U oʻzini telekameralar oldida 15 minutga qolmay koʻz
-
koʻz qiluv
chi,
aslida Donesk restoranlari tomon kayf safo uchun yurishlarda davom ettiruvchi bir julik”
deb ta
’
riflaydi. E
’
tibor bering hatto uning safdoshlari ham uni qabul qilishmagan. Bular
uzoq Oktyabr toʻntarishi davridagi bolsheviklar toʻdasini eslatsa kerak.
Masalan, diktator
Mussolini ham shunday shum qiliqlari bilan tarixda eslanadi [10].
Ammo bunday shakldagi axboriy psixologik bosim barchamizni bezovtalantirishi
kerak. Oʻz navbatida vaziyatni yumshatish uchun Rossiya Federatsiyasining tashqi ishlar
vazirligi mutasaddilaridan biri
Mariya Zaxarova “Z.
Prilepinning Oʻzbekistonni qoʻshib
olinishi haqidagi fikrlari Rossiya pozisiyasini olisdan ham aks ettirmaydi” deb bayonot
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
291
berishigacha borib etganini ta
’
kidlamoqchi edik. Afsuski,
salgina vaqt oʻtmay yana bir bor
shovinistik alahsirashga duch keldik. Navbatdagisi endi
janob Smolindan boʻldi.
Bu chiqishni kuzatdik. Oʻtaketgan surbetlik namunasi desak adashmaymiz. Siyosiy
madaniyat elementlarini sezmaysiz.
Toʻgʻridan toʻgʻri tarixiy
faktlarni zoʻrma
-
zoʻraki
inkor
etishga kuch beribdi. Nahotki bu,
“allamo” dunyoning milliy
-etnik, milliy demografik
tarkibidan shunchalik bexabar boʻlsalar. Hozir Smolin tomonidan tilga olingan
millatlarning barchasi MO ning barcha suveren respublikalarida bir qatorda, tinchlik
totuvlikda.
Nahotki, u Xitoy va Moʻgʻilistonda qozoqlar, Afgʻonistonda esa millionlab
oʻzbeklar, tojiklar, qozoqlar yashashidan bexabar boʻlsa. Ularga yoʻqsillar dohiysi
Leninning nima aloqasi bor? Asli mazkur
holatning oʻziyoq unin
g 1917-yil oktabr
toʻntarishidan keyin millatlar paydo boʻlishi haqidagi soxta pozitsiyasini puchga chiqaradi.
Bu oddiy piarning bir koʻrinishi va siyosiy populistik alahsirash edi. Dono xalqimizda “Oyni
etak bilan yopib boʻlmaydi” deb, bekorga aytishmagan
. Zotan, bugun suveren davlatlar
gʻoyasi asl siyosiy
reallikka
aylanib boʻlgan.
Kostitusiyada suveren davlatchilik tamoyillari
mustahkamlangan.
Bugungi davr siyosiy axborotlar bilan
shiddat bilan oʻzgarayotgan
dunyo. Bu davr
turli siyosiy piar koʻrinishlaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy xavf
-hatarlarni
oldindan koʻra bilib, tegishli ehtiyot choralarini ishlab chiqish va tahdidlarni bartaraf
etishni taqozo etmoqda. Bularning barchasi mustaqil davlatlar suverenitetiga tahdid
solayotgan bunday hodisalarning mafkuraviy poydevorini hosil qiluvchi vayronkor
gʻoyalarni
bilish, anglash va ayniqsa siyosiy piar kompaniyalarini boshlashda munosabat
bildira olishni muhim vazifaga aylantiradi.
Xulosa qilib aytganda, bunday shakldagi propaganda bilan
bogʻliq siyosiy
texnologiyalar mamlakatda, jamiyat siyosiy madaniyatining yuqorida tilga olingan
elementlari
–
ayni insonning fikrlashdagi mute
’
ligi, befarqligi, betarafligining oldini oladi,
oxir-oqibat butun jamiyat hayotida salbiy hodisalarni keltirib c
hiqarishlarga toʻsqinlik
qilib boradi. Aslida har qanday siyosiy texnologiyalar siyosiy madaniyati birinchi navbatda
hokimiyatni amalga oshirish usullariga ta
’
sir qilishga xizmat qiladi. Zotan, jamiyatni isloh
qilish sharoitlarida siyosat madaniyat barcha sohalarining amal qilishi va mazmuniga
jiddiy ta
’sir oʻtkaza olish imkoniyatiga ega. MO davlatlari siyosiy texnologiyalarni
qoʻllashdagi
oʻziga xos
madaniyat muhiti shakllanishi kerak hamda uning asosiy mohiyati
odamlarni siyosiy faoliyat hamda siyosiy tiz
imga jalb qilish vazifalarida koʻrinishi joiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Sh.Mirziyoyev
–
Yangi
O‘
zbekiston tarraqiyot strategiyasi. T
o‘
ldirilgan ikkinchi
nashri. T:.
O‘
zbekiston nashriyoti. 2022- yil 41 bet.
2.
B.Alimov. Media muhitida
O‘
zbekiston imiji.T: Ta
’
lim-media. 2020. 3-10 bet.
3.
N.J
o‘rayev, D.Muitov, G.Umarova. “Siyosatshunoslik” O‘
quv uslubiy q
o‘
llanma.
O‘
zDJTU nashriyoti. T:
2013 йил,
182 bet.
4.
D.Muitov. Siyosiy madaniyat.
O‘
quv q
o‘
llanma.T: City of book.2023 yil 74 bet.
5.
Qarang. F.Muminov, N.Toshpulotova. Jurnalistik sotsiologiyasi va psixologiyasi.
T:.
O‘
zbekiston, 2019 yil, 191 bet.
6.
Sh.Agabayev. Globallashuv va barqarror taraqqiyot.
O‘
quv q
o‘
llanma. T:.
O‘
zDJTU
nashriyoti. 2024 yil, 106 bet.
7.
B.Alimov. Media muhitda
O‘
zbekiston imiji. T:. Ta
’
lim media nashriyoti.
2021 йил,
87 bet.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
292
8.
N.Qalqonov. Siyosiy yetakshi imijini himoyalash texnologiyalari. Ma
’
naviy
xavfsizlik
–
jadal taraqqiyot strategiyasinng muhim omili. Respublika ilmiy anjuman
materiallari t
o‘
plami
. Т
:. 2019.,
O‘zDJTU nashriyoti,
42 -bet.
9.
C.Саидов. Феномен “мягкой силы” и некоторые аспекты во внешней
политике. Журнал. Вестник высшей школы. Международные отношение. М.: 2022,
№4, 194
-
108 стр.
10.
D.Muitov. Axborot asri siyosiy texnologiyalari va propaganda. Jurnal.
O‘zbekiston sud ekstpertizasi. 2023 yil. 1
-son. 52-57 betlar.
