Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Analysis of information on the administrative-territorial
structure of Fergana Valley in “Boburnoma”
Dilshodjon YUSUPOV
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 15 October 2024
Available online
25 November 2024
This article analyzes the administrative structure of the
Ferghana Valley during the time of Amir Temur and the Timurids
based on Zahiriddin Muhammad Babur's "Boburnoma". The
information presented in "Boburnoma" is compared with other
historical sources, as well as with opinions expressed in scientific
literature. It is shown that the Fergana valley is divided into
bekliks, and the bekliks are divided into orchins, and preliminary
conclusions about the administrative boundaries of each beklik
and orchin are given.
2181-
1415/© 2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
administrative-territorial
division,
province,
beklik,
district,
orchin,
navohi,
Fergana,
Andijan,
Osh,
Ozgand,
Margil
а
n,
Isfara,
Konibadom,
Khojand,
Akhsi,
Koson,
Pop,
Yettikend,
Khokhani Orchin,
Amir Temur,
Timurid dynasty.
1
Lecturer, Fergana State University. E-mail: yusupov929518@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
192
«Boburnoma»dagi
Farg‘ona
vodiysining
ma’muriy
-
hududiy tuzilishiga oid ma’lumotlar tahlili
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ma’muriy
-
hududiy bo‘linish,
viloyat,
beklik,
tuman,
o‘rchin, navohi,
Farg‘ona,
Andijon,
O‘sh,
O‘zgand,
Marg‘ilon,
Isfara,
Konibadom,
Xo‘jand,
Аxsi,
Koson,
Pop,
Yettikend,
Ho‘qoni O‘rchin,
Аmir Temur,
temuriylar sulolasi.
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining Amir Temur va
temuriylar davridagi ma’muriy tuzilishi Zahiriddin Muhammad
Boburning “Boburnoma” asari asosida tahlil etilgan.
“Boburnoma”da keltirilgan ma’lumotlar boshqa tarixiy
manbalar, shuningdek ilmiy adabiyotlarda bildirilgan fikr-
mulohazalar orqali qiyosiy tahlil etilgan. Farg‘ona vodiysi
bekliklarga, bekliklar esa o‘rchinlarga bo‘linganligi ko‘rsatilib,
har bir beklik va o‘rchinning ma’muriy chegaralar borasida
dastlabki xulosalar berilgan.
Анализ
данных
по
административно
-
территориальному устройству Ферганской долины в
«Бабурноме»
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
административно
-
территориальное деление,
провинция,
беклик,
округ,
Орчин,
Навохи,
Фергана,
Андижан,
Ош,
Озганд,
Маргилан,
Исфара,
Канибадам,
Ходжент,
Ахси,
Косон,
Поп,
Еттикенд,
Кокани Орчин,
Амир Темур,
династия Тимуридов
.
В статье проводится анализ административного
устройства Ферганской долины во времена Амира Темура и
тимуридов
на
основе
«Бабурнамы»
Захириддина
Мухаммада Бабура. Сведения, содержащиеся в «Бабурнаме»,
сопоставляются
с
данными
других
исторических
источников,
а также с выводами, представленными в
научной литературе. В результате показано, что Ферганская
долина была разделена на беклики, которые, в свою
очередь, подразделялись на орчины. Также сделаны
предварительные выводы об административных границах
каждого беклика и орчины.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
193
KIRISH
Jahon tarixshunosligida Amir Temur va temuriylar davri tarixini o‘rganish, ya’ni
temurshunoslik jadallik bilan rivoj topib bormoqda. Ingliz, fransuz, rus, turk, arab, fors,
o‘zbek va boshqa ko‘plab tillarda
yaratilayotgan asarlarda Temuriylar saltanatining,
siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotining turli masalalari tarixiy manbalar orqali tadqiq
etilib, bu borada ko‘plab ilmiy yangiliklar e’lon qilinmoqda. Ammo Amir Temur va
temuriylar davlatining ma’muriy
-hududiy tuzilishiga oid ilmiy ishlar amalga oshirilgan
emas. Buning asosiy sababi sifatida tarixiy manbalarda bu haqidagi ma’lumotlar kamligi,
ularning juda tarqoq va uzuq-
yuluq ekanligini ko‘rsatish mumkin. Bu esa tadqiqotchidan
juda mashaqqatli mehnat talab qiladi. Lekin shunga qaramay bu masalani tadqiq etish
temuriylar davlatining boshqaruv tizimini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etishi
shubhasiz.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Amir Temur va temuriylar tarixiga bag‘ishlangan ko‘pgina ilmiy asarlarda
saltanatning
ma’muriy
-hududiy
tuzilishi
borasida
ayrim
fikrlar
uchraydi
[1;14;15;16;17;18;19;21;22;23;24;25;26]. Ammo ularda Farg‘ona vodiysining temuriylar
davridagi ma’muriy
-hududiy tuzilishi borasida fikrlar juda kam. Shundan kelib chiqib
mazkur masala yuzasidan Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida
bildirilgan ma’lumotlarni boshqa tarixiy manbalar va ilmiy adabiyotlarda bildirilgan
fikrlar asosida tahlil etishni lozim topildi.
Farg‘ona vodiysining Amir Temur va temuriylar davridagi ma’muriy
-hududiy
tuzilishi masalasini tadqiq etishda ilmiylik, xolislik, tarixiylik tamoyillaridan kelib chiqib
qiyosiy tahlil uslubidan foydalanildi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Farg‘ona vodiysining Amir Temur va temuriylar davri tarixini o‘rganishda
Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” [1], Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”[2],
Muiniddin Natanziyning “Muntaxab ut tavorixi Muiniy”[3], Abdurazzoq Samarqandiyning
“Matlai sada’yn va majmai bahrayn”[4], Xondamirning “Habib us
-
siyar”[5], Mirzo
Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy” [6]asarlari muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” [7] asari esa bir necha omillarga ko‘ra
yuqoridagi asarlardan ko‘ra
biz tadqiq etayotgan mavzu nuqtayi nazaridan qimmatliroq
hisoblanadi. Asarning memuar sifatida yozilganligi, muallifning o‘zi shu jarayonlarda
ishtirok etishi va ma’muriy
-
hududiy bo‘linishdan yaxshi xabardor ekanligi kabilar shular
jumlasidandir.
Zahiriddin Muhammad Bobur Farg‘ona viloyatining “yetti pora kasabasi bor”ligini
ta’kidlaydi [7: 60]. U Andijon, O‘sh, Marg‘ilon, Isfara, Xo‘jand, Axsi va Kosonni vodiyning
yettita kasabalari, ya’ni shaharlari sifatida ta’kidlaydi. Bir qaraganda muallifning
shu
so‘zlaridan kelib chiqib, Farhona vodiysi yetti beklikka bo‘linganligi xususida xulosaga
kelish mumkin. Ammo boshqa manbalardagi ma’lumotlar bundan farq qiladi. Shuning
uchun ham avvalo mazkur masalani tahlil etish dolzarbdir.
Muiniddin Natanziy o‘zining “Mutnaxab ut tavorixi Muiniy” asarida 12 tumandan
iborat bo‘lgan Farg‘ona vodiysi 1376
-yili Mirzo Umarshayxga juldu tariqasida iqto qilib
berilganligi haqida shunday yozadi: “Olam ahli shahzodasining sa’y
-
harakatlari tufayli to‘
la
g‘alaba muyassar bo‘lgach, juldu (in’om) tariqasida O‘zjandning o‘n ikki tumani hazratga
iqto qilib berildi va jahon bo‘ysunuvchi farmonga muvofiq amirzoda ul tarafga otlandi”
[3:191]. Bundan ko‘rinadiki, Amir Temur davri hujjatlarida Farg‘ona vodiysi 1
2 tumandan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
194
iborat bir mulk sifatida ko‘rilgan. Muiniddin Natanziy juldu va iqto kabi davlatchilik
terminlarini ishlatganligidan kelib chiqib muallif Mirzo Umarshayxning Farg‘ona vodiysiga
hokim etib tayinlanishi borasidagi biror bir rasmiy hujjatni ko‘rib bu satrlarn
i yozganligini
taxmin qilish mumkin.
Temuriylar davri manbalarida Farg‘ona vodiysi haqida so‘z yuritilganda Andijon,
O‘zjand, O‘zgand kabi toponimlar ham qo‘llanilganligini ta’kidlab o‘tish lozim. Shuning
uchun ham Muiniddin Natanziy O‘zjand atamasini qo‘llaganida butun Farg‘ona vodiysini
naz
arda tutganligi tushunilishi kerak. Shu o‘rinda tuman terminining ma’nosiga to‘xtalib
o‘tamiz. Ilmiy adabiyotlarda tuman so‘ziga shunday izoh berilgan: “O‘n ming aholisi bo‘lgan
yoki o‘n ming kishilik qo‘shin yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘lgan muzofot, ya’ni
okrug. Shuningdek, o‘n ming otliqdan tashkil topgan qo‘shin ham tuman deb atalgan” [8:
83]. Farg‘ona vodiysida esa tuman so‘zi o‘rniga ba’zan o‘rchin atamasi ham qo‘llanilgan. Bu
haqida akademik B. Ahmedov shunday ta’kidlagan: “Kebekxon o‘tkazgan
harbiy-
ma’muriy
islohotga ko‘ra, ulus tumanlar (Buxoro va Samarqandda) o‘rchinlarga (Farg‘ona va Sharqiy
Turkistonda) bo‘lindi [9: 285]”. Shuning uchun ham Farg‘ona vodiysidagi tuman yoki
o‘rchinlarni 10 ming kishilik qo‘shin beradigan hudud sifatida tushunish xato bo‘ladi.
Natanziy ta’kidlagan 12 tuman sifatida Bobur mirzo sanagan kasabalardan tashqari,
O‘zgand, Konibadom, Pop, Yettikent, Ho‘qoni O‘rchinni tilga olishimiz mumkin. O‘zgand,
Konibadom, Yettikent, Pop shaharchalari o‘z qo‘rg‘onlariga ega bo‘lgan ma’muriy
markazlar edi. Manbalarda ularga tayinlangan hokimlar haqida ham ma’lumotlar uchraydi.
“Boburnoma”da Pop qo‘rg‘oni haqida 16 joyda ma’lumot beriladi. Shulardan birida
shunday deyilgan: “Axsining berk qo‘rg‘onlaridin biri Pop qo‘rg‘onidir. Poplik[lar] Pop
qo‘rg‘onini berkitib bizga kishi yiboribturlar. Sayid Qosimni bir necha yigitlar bila
yu
borildi. Axsining yuqqorig‘i kentlarining to‘g‘risidin daryoni o‘tub borib Pop qo‘rg‘oniga
kirdilar.”[7: 166]. Bu ma’lumotlardan ko‘rinadiki, Pop shahri o‘z qo‘rg‘oniga ega bo‘lgan
mustahkam shahar-
qal’a edi. Shuning uchun ham uning alohida tuman bo‘lganligini e’tirof
etish mumkin.
Bobur mirzo O‘zgand haqida so‘z yuritarkan, quyidagilarni ta’kidlaydi:
“O‘zgandningkim burun Farg‘onaning poytaxti ul ekondur, yaxshi qo‘rg‘oni bor, sarhadta
voqi’ bo‘lubtur”161
-
b. Shuningdek, muallif O‘zgand haqida so‘z yuritganida uni navohi
termini bila
n ham tilga oladi. O‘zgand haqida Sharofuddin Ali Yazdiy ham alohida ta’kidlab
o‘tgan. Amir Temur ilk bor Farg‘ona vodiysiga sharqdan kirib kelganida u aynan O‘zgand
shahrida kutib olingan. “To‘ydin so‘ng ko‘chub,
- deb yozadi Yazdiy, -
Yassi Dabondin o‘tu
b,
O‘zgandda tushtilar. Va mahdi ulyo Qutlug‘ Turkon beklarning xotunlari bila
Samarqanddin kelib, barcha yeohibqirong‘a muborakbod dedilar. O‘zganddin o‘tub,
Xo‘jandda yettilar, Bahrom Jaloyir o‘g‘li Odilshoh xizmat kamarini belig‘a bog‘lab, hazratqa
to‘y
tortib, otlar peshkash qildi” [1:78]. Nizomiddin Shomiy ham Amir Temurni kutib olish
marosimlari O‘zgand shahrida o‘tkazilganligini ta’kidlagan [2: 97]. O‘zgand haqida boshqa
tarixiy manbalarda ham ma’lumotlar ko‘plab uchraydi. O‘z vaqtida Qoraxoniylar
da
vlatining poytaxti bo‘lgan bu shahar XIII asrda inqirozga uchragan bo‘lsa, temuriylar
davri o‘z mavqeyini anchagina tiklab olgan edi. Ammo bu davrga kelib O‘zgand shahri
Andijon, Marg‘ilon, Xo‘jand, Axsi va O‘sh shaharlaridan kichik ma’muriy hudud
hisoblangan.
Konibodo
m haqida “Boburnoma”da alohida qaydlar mavjud. Muallif uni katta
bo‘lmasa
-
da, yaxshigina shaharcha ekanligini ta’kidlagan: “Muning tavobiidin
Kandibodomdur. Agarchi qasaba emas, yaxshigina qasabachadur.” [7:62]. O‘sha vaqtda
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
195
Kandibodom shaklida atalgan bu shahar anchagina mashhur edi. Sharofuddin Ali Yazdiy
ba’zi o‘rinlarda Sirdaryoni shu shahar nomi bilan “Kandibodom suyi”, deb atagan[1:38].
Yettikent haqida esa “Boburnoma”da ma’lumotlar kam. U faqat Yettikent tog‘lari
haqida so‘z yuritgan, aholisi, hududi haqida esa ma’lumot bermagan[7:63]. Yettikent
haqidagi ma’lumotlar Mirzo Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy” asarida uchraydi [6:
110-111
]. Uning ta’kidlashicha, Yettikent muhim siyosiy ahamiyatga ega hududlardan biri
edi. Farg‘ona vodiysining siyosiy tarixida “Yettikent” hududining tutgan o‘rni haqida ilmiy
adabiyotlarda ham bir qator ma’lumotlar uchraydi. “Xonsolor jangida mag‘lub bo‘lgan
Yunusxon 1458-1459-
yillari Sulton Abu Sa’idning huzuriga
yor
dam so‘rab keladi. Barcha
lashkaridan ayrilgan Yunusxonda Mo‘g‘ulistonga qayta yurish boshlash uchun imkon yo‘q
edi. Shu sababli Mirzo Sulton Abu Sa’id unga Farg‘onaning Mo‘g‘uliston bilan chegaradosh
hududlarida joylashgan Yettikandni in’om etgan. Yunusxo
n Yettikanddan turib
Mo‘g‘uliston taxti uchun uzoq vaqt kurash olib bordi. Lekin biror
-bir yirik natijaga erisha
olmadi. Bu vaqtda hali katta qudratga ega bo‘lmagan Sulton Abu Sa’idning bergan yo
rdami
butun Mo‘g‘uliston ustidan hukmronlikni qo‘lga kiritish uchun yetarli emasdi. Yunusxon
tomonidan Mo‘g‘ulistonning to‘liq bo‘ysundirilishi emas, balki ularning o‘zaro urush bilan
band bo‘lib, Movarounnahrga nisbatan xavf solmasliklari temuriy hukmdor
uchun eng
muhim natija edi. V.V.Bartold Yunusxonning 1456-1462-yillari Yettikandda yashaganligi
va shu yerdan turib, Mo‘g‘uliston taxti uchun kurash olib borganligini ta’kidlaydi. Lekin
Yunusxon ikkinchi marta yordam so‘rab kelganidan so‘ng unga Yettikand in’om etilganini
nazarda tutsak, uning Yettikanddagi hayoti 1459-1460-
yillardan boshlangan bo‘lib
chiqadi. B.Ahmedov ham biror sanani keltirmagan holda, Yunusxon Esan Bug‘axondan
mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng Yettikandga joylashganligini qayd etgan” [9: 184].
Umuman olganda, Amir Temur va temuriylar davrida Yettikand (Yettikent, Haftdeh)
–
Farg‘ona vodiysining Mo‘g‘uliston bilan chegaradosh kasabasi manbalarda shaharcha va
viloyatdan iborat ekanligi, viloyat aholisi asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanis
hi
ta’kidlangan[9:37].
Ho‘qoni o‘rchin haqida esa temuriylar davri manbalarida ma’lumotlar juda oz.
“Boburnoma”ning faqat ikki joyida Ho‘qoni O‘rchin haqida ma’lumot berilgan [7:81].
Ularning birida bu joy navohi termini bilan ta’riflanadi. Demak, Ho‘qoni o‘rchinni bir necha
aho
li yashash manzillaridan iborat bo‘lgan hudud sifatida tushunishimiz mumkin. O‘z
vaqtida Hovoqand nomi bilan mashhur bo‘lgan shaharning temuriylar davrida hali qayta
tiklanmaganligini tushunish mumkin.
Farg‘ona vodiysining ma’muriy bo‘linishi haqidagi yana bir ma’lumot arab tarixchisi
ibn Arabshoh qalamiga mansub. Ibn Arabshoh Movarounnahrning yirik shaharlari haqida
so‘z yuritar ekan, ular qatorida Xo‘jand, Marg‘ilon, Andijon shaharlarini sanab o‘tadi v
a
Marg‘ilon shahriga alohida to‘xtaladi. Ushbu asarda Andijon va uning atroflari to‘qqiz
tumandan iborat ekanligi ta’kidlangan bo‘lib[10:86], mazkur ma’lumot manbaning
tadqiqotchisi U.Uvatov tomonidan alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Ibn Arabshohning bu
ma’lumoti xorijiy tadqiqotlarda ham o‘z aksini topgan [11: 35]. Xorijlik tadqiqotchilar ham
shu asar asosida Farg‘ona vodiysini shu to‘qqiz tumandan iborat viloyat deb tushunganlar.
Bizningcha, Ibn Arabshoh to‘qqiz tuman deganida Andijon, Marg‘ilon, Xo‘jand, Axsi, O‘sh,
O‘zgand, Koson, Isfara va Konibodomni nazarda tutgan.
XULOSA
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Farg‘ona vodiysining Amir Temur va
temuriylar davridagi ma’muriy
-hududiy tuzilishi haqida ilmiy jamoatchilikda yagona
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
196
xulosa mavjud emas. Buning asosiy sababi tarixiy manbalardagi ma’lumotlarning bir
biridan farq qilishidir. Tarixiy manbalardagi ma’lumotlarni qiyosiy tahlil etish hamda ilmiy
adabiyotlarda bildirilgan fikr va mulohazalarni tadqiq etish bu borada nisbatan ishonchli
ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Шарафиддин Али Йаздий. Зафарнома. /Сўз боши, табдил, изоҳлар ва
кўрсаткичлар муаллифлари А.Ахмад ва Ҳ.Бобобеков,
-
Т.: Шарқ, 1997. –
384 б.
2.
Низомиддин Шомий. Зафарнома /Форс тилидан ўгирувчи –
Ю.Ҳакимжонов,
таржимани қайта ишлаб нашрга тайѐрловчи ва маъсул муҳаррир –
А.Ўринбоев,
изоҳлар ва луғатларни тузувчи –
Ҳ.Кароматов (жуғрофий номлар изоҳи –
О.Бўриевники), Ҳофизу Абруни «Зафарнома»га ѐзган «Зайл»и(«Илова»)ни
форсийдан ўгирувчи ва изоҳларини тузувчи –
О.Бўриев
-
Т.: Ўзбекистон, 1996.
3.
Муиниддин Натанзий . Мунтахаб ут
-
таворихи Муиний. / Форс тилидан
таржима, сўз боши ва изоҳлар муаллифи
-
Ғулом Каримий
-
Т.: Ўзбекистон.
2011.
–
264 б.
4.
Абдураззоқ Самарқандий. Матлаи саъдайн ва мажмаи баҳрайн / Форс
тилидан таржима ва изоҳлар муаллифи А.Ўринбоев. Ж. II. Қ. II
-III. 1429
–
1470 йил
воқеалари. –
Т.: «O‟zbekiston». 2008. –
832 б.
5.
Хондамир Ғиѐсиддин. Ҳабиб ус
-
сийар фи ахбори афроди башар / Форс
тилидан таржима, муқаддима муаллифлари –
Жалил Ҳазратқулов, Исмоил
Бекжонов, Изоҳлар муаллифлари –
Ашраф Аҳмедов, Исмоил Бекжонов, –
Т.:
Ўзбекистон, 2013. –
1272 б.
6.
Мирза Мухаммад Хайдар. Тарих
-
и Рашиди / Введение, перевод с
персидского А.Урунбаева, Р.П.Джалиловой, Л.М.Епифановой, примечания и
указатели Р.П.Джалиловой и Л.М.Епифановой –
Т.: Фан, 1996. –
727 с
7.
Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. / нашрга тайёрловчилар Парсо
Шамсиев, Содиқ Мирзаев. –
Т.: Фан. 1960. –
509 б.
8.
Қодиров
Б. Матёқубов Х. Ўзбекистон тарихидан мавзулар бўйича илмий
изоҳли луғат. –
Т.: Фалсафа ва ҳуқуқ институти нашриёти, 2008.
9.
Аҳмедов Б. Амир Темурни ѐд этиб –
Т.: Ўзбекистон, 1996. –
368 б.
10.
Ибн Арабшоҳ. Ажойиб ал
-
мақдур фи тарихи Таймур: Темур тарихида
тақдир ажойиботлари. /Сўз боши, араб тилидан таржима ва изоҳларни У.Уватов
тайѐрлаган. К. I. –Т.: Меҳнат, 1991. –
328 б.
11.
Manz Beatrice Forbes. The rise and rule of Tamerlane.
–
Cambridge University
Press, 1989.
–
227 p.
