Авторы

  • Рустам Астанов
    Заведующий отделом точных и естественных наук, Педагогический центр Бухарской области

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp279-285

Ключевые слова:

управление образование воспитание система развитие школа руководитель деятельность менеджмент технология инновации социальное духовное материальное метод лидер общество труд личность задача

Аннотация

В статье раскрыты содержание и требования к обучению руководителей школ управленческой деятельности, а также особенности этих процессов.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Acquiring 21st-century skills is a key factor in preparing
school principals for leadership positions

Rustam ASTANOV

1


Pedagogical Center of the Bukhara Region

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

15 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

The article describes the content and requirements for the

training of school principals in managerial activities, as well as

the specifics of these processes

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp279-285

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

management,

education,
training,
system,

development,
school,
principal,
activity,

management,
technology,
innovation,

social,
spiritual,
material,

method,
leader,
society,

labor,
person,
task.

XXI asr ko‘nikmalariga ega bo‘lish, maktab rahbari faoliyati
samaradorligini ta’minlashning muhim omili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

boshqaruv,

ta’lim,

Maqolada maktab direktorlarini menejerlik faoliyatiga

tayyorlashning mazmuni va unga qo‘yilgan zamonaviy talablar

1

Head of Exact and Natural Sciences Department, Pedagogical Center of the Bukhara Region.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

280

tarbiya,
tizim,

rivojlantirish,
maktab,
direktor,

faoliyat,
menejerlik,
texnologiya,

innovatsiya,
ijtimoiy,

ma’naviy,

moddiy,

metod,
rahbar,
jamiyat,

mehnat,
shaxs,
vazifa.

hamda mazkur jaranglarning o‘ziga xos xususiyatlari eritib

berilgan.

Приобретение навыков XXI века, важный фактор в
подготовке

директоров школ к руководящим

должностям

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

управление,

образование,

воспитание,

система,

развитие,

школа,

руководитель,
деятельность,

менеджмент,

технология,

инновации,

социальное,

духовное,

материальное,

метод,

лидер,

общество,

труд,

личность,

задача.

В статье раскрыты содержание и требования к обучению

руководителей школ управленческой деятельности, а также

особенности этих процессов.


Fan texnika taraqqiyoti davrida ayniqsa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan

islohotlar davrida rahbar u yoki bu ko

rsatmani kutib turmasligi kerak, u har bir

o

zgarishlarning tub mohiyatini anglagan holda sohasining faoliyatini yangi yo

nalishga

yo

naltira olish darajasiga ega bo

lish zarur. Bu borada nafaqat ishbilarmonlik,

tadbirkorlik, tashabbuskorlik sifatlari bilan bir qatorda kelajakni ko‘ra bilishdek kuchli
tuyg‘uga ega bo‘lish lozim. Rahbar bugungi kun faoliyati doirasida o‘ralib qolmasdan

jamoani istiqbolga ishonch ruhida tarbiyalay oli

shi va hamisha oldinda bo‘lishi lozim.

Ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini

rivojlantirish jaranglari ko‘zda tutilgan bo‘lib, ta’lim tizimini takomillashtirish va


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

281

rivojlanishini ta’minlashda maktab direktorlarining boshqaruv faoliyatini ilmiy asosda
tashkil etish hamda zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini qo‘llash asosida ularning

boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirishda innovatsion metodlar va usullardan
foy

dalanish zaruriyati tug‘ilmoqda. Ma’lumki, boshqaruv har qanday jamiyatga xos

bo‘lgan, hayot va turmush zaruratidan kelib chiqadigan faoliyat turi sanaladi. Bozor

iqtisodiyoti sharoitida bu faoliyat mohiyati yanada takomillashib bormoqda.
Boshqarishning asosiy maqsadi -

mehnat ahlining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini

qondirish uchun ishlab chiqarishni va shu asnoda barcha ijtimoiy munosabatlarni taraqqiy
ettirishdan iborat. Boshqaruv -

jamiyat taraqqiyotning barcha jarayonlarida o‘ziga xos

bo‘lgan ichki xu

susiyat sifatida qaraladi. Rahbar - menejer, u odamlar bilan ishlaydi,

ularning kasbiy yutuqlari va xavfsizligi uchun javob beradi, vazifalarni bajarish uchun ular

kuchg‘ayratini uyushtiradi va uyg‘unlashtirishni amalga oshiradi. Ma’lumki, jamiyat

iqtisodiy, ijtimoiy-

siyosiy va ma’naviy sohalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Shunga muvofiq

tarzda boshqarishning ham uchta asosiy yo‘nalishi mavjuddir. Eng asosiysi, iqtisodiy

boshqaruv. Chunki, iqtisod

moddiy ishlab chiqarish jamiyat hayoti va taraqqiyotining

ne

gizini tashkil etadi, mubolag‘a bilmaydi. Respublikamiz mustaqillikka erishgan hozirgi

davrda iqtisodni boshqarishga jiddiy e’tibor berilayotgani bejiz emas.Insoniyat tomonidan

fan-texnika, iqtisodiyot va ijtimoiy muvaffaqiyatlar tobora oshirilib borishiga

ko‘ra

boshqaruv faoliyatining ilmga bo‘lgan talabi ham to‘xtovsiz o‘sib boradi. Bunday ilmiy

yondashish ehtiyojini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin: Birinchidan,

boshqaruvning nodir xususiyati : biror yo‘qdan muayyan nimanidir qilish, tarqoq

unsurl

ardan tizim tuzish. Ikkinchidan, rahbar tasarrufida bo‘lgan ѐki u javobgar

hisoblangan qadriyatlar ko‘lamining jadal oshishi. Uchinchidan, insonlar kuch

-

g‘ayratiga

asoslangan boshqaruvning yaratuvchilik samarasi rahbariyatdan har tomonlama

ma’lumotlilik, o‘z kasbini ustasi bo‘lishlik va tizimli yondashishni talab qiladi. Maktabda
pedagogik jarayonlarni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish, o‘qituvchi va
o‘quvchilarga zaruriy shart

-sharoitlarni yaratib berishda faoliyatni oldindan

rejalashtirish, amal

ga oshirish yo‘l

-

yo‘riqlarini tanlash, qaror qabul qilish; pedagog

xodimlarning imkoniyati, qobiliyati hamda vazifalarning mazmun va mohiyatiga ko‘ra

vazifalarni taqsimlash; pedagog xodimlarning uzluksiz malaka oshirishi uchun zaruriy
shart-sharoitlarni yaratish; moddiy-texnik va zamonaviy ilmiymidik mahsulotlar bilan

ta’minlash; ilg‘or pedagogik tajribalar va zamonaviy axborotlar texnologiyalarni tatbiq
etish; DTS talablarini amaliyotda qo‘llash va uning monitoringini olib borishni tashkil

etish; maktab ri

vojlanish moyilligi va dinamikasi bo‘yicha axborotlar to‘plash va tahlil

qilish; pedagoglarning innovatsion faoliyat natijalariga qiziqishini shakllantirish va

rag‘batlantirish asosida innovatsion faoliyatni tashkil etish; qabul qilingan qaror va

buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish maktab direktorlarining asosiy funksional
vazifalari hisoblanadi. Maktab direktorlarining funksional vazifalarini amalga oshirish

jaraѐni ko‘zlangan natijalarga erishishda ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni

rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish, tahlil qilish va obyektiv baholash, pedagog
xodimlar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishni qamrab olgan holda rahbarning

boshqaruv faoliyatini ifodalaydi. Olimlarning fikriga ko‘ra, boshqaruv o‘ziga xos

san’at va

mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov ѐki izlanish asosida qarorlar qabul qilish va

uning bajarilishini nazorat qilishdir.

Rahbar ma’lumki ikki tomonni bog‘lovchi halqa hisoblanadi. Birinchi tomoni unda

yuqorida turgan rahbarlarning topshirig‘ini olish va bu topshiriqning mohiyatini to‘la


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

282

tushunib olganligi, ikkinchi tomondan o‘z qo‘l ostidagi xodimlarga bajarilishi lozim bo‘lgan

vazifani aniq va ravshan qilib tushuntira olishi va vazifalarning bajarilishi hamda uning

natijasini to‘g‘ri baholay olish.

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, rahbarning eng zarur sifatlaridan biri o‘z sohasi

bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish. Sotsiologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agar rahbar o‘z
sohasidagi bilimlar hajmining 50%ni bilgan taqdirdagina u rahbar bo‘lib ishlay oladi.

R

ahbar xabardor bo‘lishi lozim bo‘lgan sohalar quyidagilar hisoblanadi:

-

Davlat va hukumatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlari.

-

Milliy qadriyatlarimizni bilishi va boy ma’naviy merosdan xabardor bo‘lishi.

-

Direktiv hujjatlarni bilishi.

-

Iqtisod nazariyasini bilishi.

-

Amaliy iqtisod qoidalari bilan tanishligi.

-

Kasbiy tayyorgarlik darajasi.

-

Boshqaruv nazariyasini bilishi.

-

Sotsiologiya psixologiya qoida qonunlari bilan tanish bo‘lishi.

-

Odamlarni boshqarish va menejerlik hamda reklama psixologiyasi bilan

tanishligi.

-

Mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish asoslarini bilishi.

-

Ma’muriy boshqaruv normalarini bilishi.

-

Axborotlar bilan muntazam tanishib borishi.

-

Xorijiy mamlakatlardagi boshqaruv usullarini bilishi.

-

Axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalana olishi.

-

Kompyuterni yaxshi bilishi va Intenet tarmog‘ida ishlay olishi.


Boshqaruv

bu maqsadga erishish uchun obyektga ta’sir etish bo‘lib, obyekt

faoliyatini muvofiqlashtirish, ya’ni maqsadga erishish yo‘nalishida tizimning tashkil
etuvchilariga ta’sir etishni vertikal muvofiqlashtirishdir. Boshqaruv –

bu insonlarni


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

283

boshqarish, ular bilan ishlash . Tadqiqotlarda ―boshqaruv –

bu aniq bir maqsadga erishish

uchun boshqaruv tizimiga ѐki obyektga faol ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, ―boshqaruv –

bir tizimning ikkinchisiga, shaxsning ikkinchi bir shaxsga ѐki ma’lum bir shaxs

ning

insonlar guruhiga ta’sir etishidir, deb ta’riflanadi. Boshqaruv faoliyati o‘z mohiyati va
xususiyati bo‘yicha jamiyat hayotida aqliy tartibga solish ahamiyatga ega. Rejalashtirish,

tashkil qilish, sozlash (koordinatsiya qilish), nazorat qilish, hisob-kitob qilish amallari
boshqaruv omillari hisoblanadi . Rejalashtirish-boshqariluvchi obyektlarni rivojlantirish

va modellashtirishni, prognoz qilishni o‘z ichiga oladi. Tashkil qilish esa maktabning

tuzilishini va boshqaruv tuzilishini tanlab olish hamda shakllantirishdir. Tizimning

elementlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zaro harakatini belgilashdir. Sozlash –

tizimning

turli elementlari o‘rtasida reja

-

topshiriqlardan chetga chiqib ketishga yo‘l qo‘ymaslikka

qaratilgandir. Bundan tashqari, har bir xodimning faoliyatini sozlab borishni ham
anglatadi.

Nazorat qilish

maktabning amaldagi jarayonini va taraqqiyotini rejaga qanchalik

muvofiqligini kuzatib va tekshirib turishdan, shuningdek, har bir xodim faoliyatini
tekshirishdan iboratdir. Hisob-kitob qilish esa rejani qanday bajarilayotganligiga yakun
yasashdir. Hisobga olish axborotlarni yakunlashga, uni tizimga solishga imkon beradi.

Boshqaruv jarayonida lider (yetakchi)lik nima?Liderlik bu

ma’lum maqsadga

erishish uchun boshqalarga ta’sir qilish bo‘lib, muassasani jamoa sifatida ushlab turishga
xizmat qiladi Samarali liderlar uzluksiz ta’lim va tajriba jarayonida shakllanib bo

radilar.

Har qanday rahbar lider bo‘la olmaydi. Boshqaruvda liderlikning farqi shundaki, u
xodimlarni ulkan natijalarga undashga qodir shaxs sifatida o‘zini namoyon qiladi .

Insonning liderga aylanishi uchun zaruriy sabablar:

1.Insonlarda mavjud o‘ziga xos xususiyatlar tabiiy sur’atda ularni liderlikka

undashi mumkin. bu, o‘ziga xos nazariya.

2. Inqiroz yoki muhim voqea oddiy insonning liderlik qobiliyatlarini namoyon

etishi mumkin . Buulkan hodisalar nazariyasi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

284

3. Ba’zi insonlar tug‘ma lider bo‘ladilar . Birovlar liderlik ko‘nikmalarini hayot

davomida shakllantirishi mumkin. Bu

transformatsion liderlik nazariyasidir

Rahbar salbiy qusurlar domiga tushmaslikka intilishiga kerak. U egallab turgan

lavozimidan to‘g‘ri, halol va uzoq yillar ishlashni xohlasa, quyidagi yettita qoidaga rioya
qilmog‘i maqsadga muvofiqdir:

1.

Ilg‘or ta’lim muassasalar safida bo‘lishi uchun iloji boricha barcha

imkoniyatlaringizni ishga soling.

2.

O‘z arxivingizni tashkil qiling.

3.

Hamkor o‘quv muassasalari, tashkilotlari va insonlar manzillari, telefonlarini

yozib boring.

4. Malakangizni muttasil oshirib boring.
5.

Kishilar bilan bo‘ladigan muomalada xushfe’l va iltifotli bo‘ling . Noyob, nazokatli,

do‘stona kayfiyat jamoadagi muhitni yaxshilaydi, o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi,

kishilarni hamjihatlikka chorlaydi.

6. Boshqalar bilmaydigan va bajara olmaydigan u yoki bu ishni bilish va bajara

olishga urining.

Rahbar istarasi issiqlik, ochiq ko‘ngillilik, oqillik va irodalilik kabi tizim tashkil

etuvchi biologik sifatlarga ega bo‘lishi lozim. Menejer jismonan barkamol bo‘lishi kerak:
sog‘lom tanda –

sog‘lom aql deb bejiz aytilmagan. Ochiq ko‘ngillilikni menejer

achinish va

hamdardlik qilish kabi xislatlarda namoyon eta bilishligi, vijdon amriga quloq solishi

kerak. Menejer fikrlaydigan o‘z aqliy qobiliyati nimalarga qodirligini bilishi va idroklay
olishi lozim. Menejerda albatta mustahkam iroda bo‘lishi shart, ch

unki boshqaruv, bu

hamisha hokimiyatdir.

Rahbarlarni insonshunoslik bo‘yicha tayyorlashda Yevropa Ma’muriy boshqaruv

instituti (Fransiya)da, Boshqaruv xalqaro instituti (Shveysariya) va Barselona oliy

boshqaruv ta’lim institutida qiziqarli tajriba to‘plangan. Rahbarlar tayyorlash bo‘yicha

Tokioda

gi markaz jahonga ma’lum. Menejerning insonshunoslik ma’lumoti, bu

Тузувчилар

:

З

.

Ҳожиева

,

А

.

Рустамова

45

Қўллашдан фойдаланиш
маҳорати

Ҳамкорлик маҳорати

Забт этиш маҳорати

Одоб ва хушмуомалалик

Жавобгарлик ва хатарни ўз
зиммасига олиш

Ташкилотчилик маҳорати

Ўзини ўзгартира олиш
маҳорати

Ишончга лойиқ бўлиш

Ҳазил-мутойиба ва
юморни тушуна олиш

Одамларни ажрата олиш
маҳорати

Ташаббускорлик,

Мосланувчанлик,

Сергаклик, Бунёдкорлик,

Тўғрилик,

Шахс яхлитлиги, Довюраклик,

Ўзига ишонч,

Оғир, вазминлик,

Тобе эмаслик,

Мустақиллик,

Қатъиятлилик, ўткирлик,

Муваффақиятларга эҳтиёж,

Изчиллик ва тиришқоқлик,

Ҳаракатчанлик, Меҳнаткашлик,

Агрессивлик, Жаҳлдорлик,

Устун туришга интилиш,

Сўзида туриш, Иштирокчилик

Ақл ва мантиқ

Мулоҳазалилик

Принципиаллик

Оригиналлик

Йўналишлилик

Маълумотлилик

Ишни билиш

Нутқий
ривожланганлик

Қизиқувчанлик ва
ўрганувчанлик

Ҳис қилишлилик

Орттирилган маҳоратлари

Шахсий характер белгилари

Ақлий қобилиятлари

Муваффақиятга эришган раҳбарларнинг энг кўп

учрайдиган етакчилик хусусиятлари

Муваффақиятга эришган раҳбарларнинг энг кўп

учрайдиган етакчилик хусусиятлари


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2024) / ISSN 2181-1415

285

antropologik bilimlar tizimi sanalib, uning mentaliteti faoliyatining so‘zlar Yordamida

obraz yaratish negizi hisoblanadi. Quyidagilar mana shu negizga taalluqli : boshqaruv
psixologiyasi, boshqaruv pedagogikasi, boshqaruv odobi, boshqaruv sotsiologiyasi,
boshqaruv ritorikasi, boshqaruv ortobiotikasi, boshqaruv imijshunosligi. Menejerning
insonshunoslik texnologiyaviyligi, bu -

o‘quvlar majmui, shu tufayli antropologik bo‘limlar

uning amaliy xatti-

harakatlari (axborot to‘plash, boshqaruv qarorlari qabul qil

ish,

futurologik loyihalash, ishbilarmonlik salohiyati)da amalga oshiriladi. Insonshunoslik

texnologiyasidan to‘g‘ri foydalana bilishlik rahbarga faoliyatini yaxshi olib borishini

kafolatlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Зигерт В., Ланг Л. Руководитель без конфликтов –

М, 1990. 58 стр.

2.

Ершов А.А. Взгляд психолога на активность человека –М, 2001.

3.

Кричевский Р.Л. Если Вы

-

руководитель... Элементы психологии в

повседневной работе –М.,1993.

4.

Ковалев А. Г. Коллектив и социально

-

психологические проблемы

руководства. –М., 1975. 23

5.

Хорезм в период правления Ануштегин хорезмшахов (1097

-

1231 гг.) под

ред. У.Уватова –Т., 2003 г.

6. Mirqosimov M. Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslari.

Toshkent: O‘qituvchi, 1995.

7. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Ta’lim menejmenti. –

Toshkent, 2006.

8. Тидор С.Н. Психология управления: от личности к команде. –

Петрозаводск:

Фолиум, 1996. –

С.

9. Китов А.И. Экспериментальное исследование процесса руководства:

Социально

-

психологические проблемы руководства и управления коллективами. –

М., 1984.

10.Климов Е.А. Психология профессионального самоопределения. –

Ростов

-

на

-

Дону: Феникс, 1996.

Библиографические ссылки

Зигерт В., Ланг Л. Руководитель без конфликтов – М, 1990. 58 стр.

Ершов А.А. Взгляд психолога на активность человека –М, 2001.

Кричевский Р.Л. Если Вы - руководитель... Элементы психологии в повседневной работе –М.,1993.

Ковалев А. Г. Коллектив и социально-психологические проблемы руководства. –М., 1975. 23

Хорезм в период правления Ануштегин хорезмшахов (1097-1231 гг.) под ред. У.Уватова –Т., 2003 г.

Mirqosimov M. Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995.

Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Ta’lim menejmenti. – Toshkent, 2006.

Тидор С.Н. Психология управления: от личности к команде. – Петрозаводск: Фолиум, 1996. – С.

Китов А.И. Экспериментальное исследование процесса руководства: Социально-психологические проблемы руководства и управления коллективами. – М., 1984.

Климов Е.А. Психология профессионального самоопределения. – Ростов-на-Дону: Феникс, 1996.