Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The role of interactive methods in developing future
history teachers’ pedagogical speech
Sevara BOTIROVA
Namangan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15
September
2024
Accepted 15
October
2024
Available online
25
November
2024
This article provides a pedagogical analysis of the
effectiveness of interactive teaching methods in addressing
speech deficiencies among history teachers. Integrating
interactive methods into higher education training equips future
teachers with tools to handle pedagogical challenges they may
encounter in their careers. The adoption of modern teaching
methodologies in training history educators, especially the
promotion of pedagogical technologies and tools that focus on
developing written and oral communication skills, is essential for
the modernization of education. Enhancing the speech abilities
of future educators through interactive methods improves their
engagement in both practical and theoretical educational
processes as pedagogues.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
interactive teaching
methods,
pedagogical speech,
terminological dictionaries,
communicative competence,
educational modernization,
speech structure,
rhetoric,
cognitive skills.
Bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining pedagogik nutqini
rivojlantirishda interaktiv
metodlarning o‘rni
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
interaktiv dasr metodlari,
pedagogik nutq,
terminologik lug‘atlar,
kommunikativ
kompetentsiya,
ta’limiy
modernizatsiyalashuv,
nutqning tuzilishi,
Mazkur maqolada tarix fani o‘qituvchilarining dars o‘tishda
nutqiy kamchiliklarini bartaraf etilishi uchun samarali interaktiv
dars metodlaridan foydalanish masalasi borasida pedagogik
tahlillar keltirilgan. Oliy ta’lim tizimida kadrlarga interaktiv
metodl
arning o‘rgatilishi kelajak o‘qituvchisining professional
faoliyati davomida duch kelishi mumkin bo‘lgan pedagogik nutq
muammolari bilan ishlashlarida samara beradi. Tarix fani
1
Head of the Department of Humanities, Doctor of Philosophy in Pedagogical Sciences (PhD), Namangan State
Pedagogical Institute. E-mail: sevarabotirova783@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
269
ritorika,
kognitiv qobiliyatlar.
ixtisosligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashda zamonaviy dars
metodologiyasini tatbiq etish, jumladan, yozma va og‘zaki nutqiy
qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan dars mashg‘ulotlarini
tashkillashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar va
vositalar
ni keng targ‘ib etish ta’limni modernizatsiyalashda
muhim rol o‘ynaydi. Interaktiv yondashuv orqali bo‘lg‘usi
pedagog nutqini rivojlantirish ularning pedagog sifatidagi amaliy
va nazariy ta’lim jarayonlariga kirishuvchanligini oshirishga
xizmat qiladi.
Роль
интерактивных
методов
в
развитии
педагогической речи будущих учителей истории
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
интерактивные методы
обучения,
педагогическая речь,
терминологические
словари,
коммуникативная
компетентность,
модернизация
образования,
структура речи,
риторика,
познавательные умения.
В данной статье представлен педагогический анализ
вопроса использования эффективных интерактивных
методов обучения для устранения речевых недостатков
учителей истории. Обучение интерактивным методам
персонала в период высшего образования эффективно
решает педагогические проблемы, с которыми могут
столкнуться будущие преподаватели в ходе своей
профессиональной карьеры. Важную роль в модернизации
образования играет внедрение современной методики
преподавания при подготовке кадров по специальности
история, в том числе широкое продвижение педагогических
технологий и средств, направленных на организацию
занятий, направленных на развитие навыков письменной и
устной речи. Развитие речи будущего педагога посредством
интерактивного
подхода
служит
повышению
его
доступности
к
практическому
и
теоретическому
образовательному процессу как педагогов.
KIRISH
Zamonaviy tarix fani pedagoglarining kasbiy faoliyatida nutq so‘
zlash qobiliyatini
rivojlantiruvchi interaktiv metodlar ta’lim jarayonida o‘quvchilarni faol ishtirok etishga,
ularning fikrlarini erkin ifoda etishga va muloqot qilishga undashga qaratilgan. Jarayon
davomida o‘qituvchi ham ta’lim oluvchilar bilan ishlashd
a moslashuvchanlik va faol
kommunikativ kompetensiyaga ega bo‘lib boradi. Shunday bo‘lsada, interaktiv metodlarni
qo‘llashni pedagogik tajribalardan o‘tkazishsiz amaliyotga joriy etish qiyin kechishi
mumkin. Tarix fanining bo‘lajak kadrlari bo‘lajak faoliy
atlari oldidan nutqlarida
kuzatiluvchi muammoli masalalarni hal etishda interaktiv metodlarni yaxshi
o‘zlashtirishlari kerak bo‘ladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Mavzuning o‘rganilishi yuzasidan qilingan ilmiy tadqiqotlar natijalari xorij
tajribasida A.Leontyev M.Mitina, Y.Melibruda [1:139] kabi tadqiqotchilarning kitoblarida
ifodalangan. Interaktiv dars metodologiyasi yordamida pedagogik nutq muammolari bilan
ish
lash masalalari yuzasidan yurtimizda N.Bekmirzayev N.Qung‘urov R.Begmatov,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
270
E.Tojiyev, N.Mahmudov, R.Jumaniyozov Kabi pedagoglarning ilmiy tadqiqotlarida yoritib
berilgan. N.Ismoilovaning “O‘qituvchining pedagogik muloqoti” kitobida uchraydi. Usbu
kitobda ta’lim beruvchilarning pedagogik nutqini yaxshilovchi strategiyalar va pedag
ogik
vositalar va uslublar keltirib o‘tilgan. Shuningdek, A.Xujayev tomonidan yozilgan
“Interaktiv ta’lim metodlari”, Sh.Murodovning “Innovatsion ta’lim texnologiyalari”
qo‘llanmalarida ham mavzu yuzasidan innovatsion yondashuvlar berilgan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mavzuni o‘rganish davomida Namangan davlat pedagogika institutining tarix
yo‘nalishi talabalaridan ixtiyoriy ravishda 20 nafar talaba jalb etilib, interaktiv dasr
metodlaridan “Ta’limiy munozara”, “Bahs” usuli, “Rolli o‘yinlar” “Ishbilarmonli o‘yinlar”
kabi metodlar darslar mazmunidan kelib chiqib qo‘llab ko‘rildi. Talabalarning dars
mavzularidagi nutqiy muammolari mashg‘ulotlar avvalida va keyin berilgan maxsus
anonim so‘rovnomalar asosida o‘rganilib, analiz va sintez qilindi. Dars mashg‘ulotlarida
taqdimotlar, multimedia vositalari, ko‘rgazmali qurollar va boshqa pedagogik
texnologiyalardan ham o‘rinli foydalanildi. Samarali hisoblangan interaktiv dasr metodlari
maqolada tavsiya etiladi.
TAHLILLAR VA NATIJALAR
Nutqiy ko‘nikmalarning rivojlanishi tanqidiy fikrlash jarayoni bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lib, muayyan tarixiy xodisani idrok etishning muhim omili hisoblanadi. Ushbu
aloqadorlik o‘quvchilarning bilimlarni ongli o‘zlashtirishi, dunyo haqidagi yaxlit
tasavvurlarini rivojlantirish va amaliy va ilmiy-metodik tayyorgarligini oshirishda muhim
o‘rinni egallaydi. [2:122]
Bugun biz pedagogik jarayonning amaliy jihatdan barcha jabhalarini qamrab olgan
muhim o‘zgarishlarning guvohi bo‘lib turibmiz.
Yangi O‘zbekiston ta’lim tizimida o‘qituvchi shaxsini
rivojlantirish, uning ijtimoiy
moslashuv jarayonini osonlashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan
ta’lim
-tarbiyaning yangi usullarini izlash tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.Nutqiy
qobiliyatlarini rivojlantirishda innovatsion yechim
larni o‘rganish ham bunda samarali
vosita bo‘la oladi.
Tarix fani o‘qituvchisi yosh avlodga ma’lumotlar va bilimlarni yetkazuvchisidan
ko‘ra chuqurroq vazifalarni bajarishi kerak. Uning vazifalariga maktab o‘quvchilarining
dunyoqarashi, ideallarini fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirib borishi ham kiradi.
O‘zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o‘tmishi, tarixi haqida bilim berish bilangina
cheklanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib
tarbiyalashga xizmat qiladi. [3:11] Umuman olganda, tarix fani mutaxassislarining nutqiy
qobiliyatlarini rivojlantirishsiz uning o‘rgatilishidagi vazifalarini amalga oshirish qiyin
kechadi.
Mustaqillik yillarida xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniy me’rosini tiklash,
har tomonlama chuqur tadqiq etish, buyuk allomalarimizning, ajdodlarimizning ilmiy,
ma’naviy, diniy qarashlarini chuqur o‘rganish va ommalashtirish borasida keng ko‘lamli
izlanishlar olib borilmoqda. Muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish, yoshlarni ezgu
an’anaviy ruhda ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tarix darslarida muntazam ravishda o‘quvchilarning tanqidiy va tahliliy fikrlashini
oshirish, nutq qobiliyatini rivojlantirishga xissa qo‘shadigan quyidagi texnologiyalardan
foydalanish mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
271
Tarix fanida mavzularni yoritish juda ko‘plab nomlar, sanalar, tarixiy voqealar bilan
bog‘liq, shuning uchun o‘quvchilar va ta’lim beruvchilar ham ayrim hollarda mavzuni
bayon etishda, savollarga javob berishda ularni chalkashtirib yuborish yoki xato qilishdan
qo‘rqadilar, ismlar yoki sanalarni unutadilar. Tarix fanini o‘rganish esa aynan sanalarsiz,
tarixiy voqealarsiz, tarixiy shaxslarsiz mumkin emas, albatta. Shuning uchun ham tarixiy
materialni o‘zlashtirishning eng muhim holatlaridan biri uni o‘quvchi
tomonidan aniq
belgilangan, maxsus vaqtga moslashtirishdir.
Tarix darslarida rioya qilinishi kerak bo‘lgan zaruriy shartlar: hikoyalarda aniq
tarixiy sanalar va hodisalar, real tarixiy qahramonlardan foydalanish. Shuningdek,
o‘quvchilardan tarixiy personajlar o‘rniga o‘zlarini qo‘yib ko‘rishlarini
so‘rashingiz
(taklif qilishingiz), shuningdek, jahon tarixida tub burilishlarga sabab bo‘lgan muhim
qarorlarga nisbatan o‘zlarida yana qanday muqobil variantlarini taklif eta olishlarini
so‘ralishi mumkin. Mazkur usul o‘quvchini muayyan tarixiy bir davrni to‘liq anglay olishga,
u yoki bu tarixiy qahramon bo‘lgan shaxsni idrok etishga, sabab natija munosabatlarini
tushuna olishga o‘rgatadi.
Zamonaviy maktabning asosiy vazifasi turli xil ijtimoiy sharoitlarga moslasha
oladigan yuqori madaniyat va rivojlangan muloqot qobiliyatlariga ega bo‘lgan lingvistik
shaxsni shakllantirishdir. Shu munosabat bilan nutq qobiliyatlari va shakllanishining
rivojlantiruvchilik roli oshib boradi.
O‘quvchilarning kommunikativ va kognitiv qiziqishlari, rivojlangan nutq o‘z
-
o‘zidan qimmatli material sifatida nutqni rivojlantirish shaxsni rivojlantirishning markaziy
vazifasiga aylanadi. Bu muhim vazifani faqat rus tili va adabiyoti darslarida emas, balki
tarix darslarida ham nazarda tutish kerak. Tarixni o‘rganish jarayoniga o‘quvchi
avvalo berilgan savolga javob berar ekan o‘zining shaxsiy nuqtai nazariga ega bo‘lishni
bilishi, o‘z javoblarini asoslashda tarixiy manbalarga suyana olishi, o‘zining dunyoqarashi
va prinsiplariga ega bo‘lishi va ularni tarixiy voqea
-
hodisalarni to‘g‘ri tahlil qila olishni
bilishi kerak.
O‘qituvchi dars jarayonida o‘quvchilar bilan og‘zaki muloqot olib borishga alohida
e’tibor qaratishi zarur: o‘quvchilarga savollar berish,savollarga berilgan javoblarni kuzatib
borib, sinfdagi barcha o‘quvchilar e’tiborini yo‘naltiruvchi savollar berib, ma
vzuni
yoritishga qaratishi, dars mavzusini alohida kichik qismlarga bo‘lib, ularga qisqa tavsiflar
berishi, tarixiy voqealarning yorqin tavsifini kiritishi ham foydalidir va bu maktab
o‘quvchilarida nutq va nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlant
irishda muhim asos
bo‘lib xizmat qiladi.
Interfaol dars uslublaridan foydalanib, o‘quvchilar bilan og‘zaki dialog o‘tkazish,
ya’ni o‘quvchilarga savollar berib, mazkur savollarga ularning bergan javoblarini tahlil
etish, o‘quvchilarning o‘z fikrlarini, nuqtayi nazarlarini, erkin bayon etishga imk
oniyat
yaratish kerak. Shunday qilinsa o‘quvchilar nafaqat dars jarayonida,balki kelajak
hayotlarida ham muhim o‘rin tutadigan nutq ko‘nikmalari rivojlanib boradi.
O‘quvchilarda nutq va nutqiy ko‘nikmalarning muvafaqqiyatli rivojlantirishda
“Rolli o‘yinlar” “Ishbilarmonli o‘yinlar” kabi usullar ham yordam beradi. Professoro
‘qituvchining vazifasi bilim olishning qulay yo‘lini ko‘rsatib, talabalarga uni bajartirishda
n
iborat. [4:64] Bunda o‘quvchilar kelajak hayot va faoliyatlarida uchrab turadigan turli
vaziyatlarda o‘zlarini turli “rollar” da namoyon etib,o‘sha vaziyatda o‘zini qanday
tutish,muammoni real hal etish,o‘yindagi roliga hayotda qanday talablar qo‘yilishi
ob’ektiv
baholay olishga o‘rganadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
272
“Ta’limiy munozara” usuli ham o‘quvchilarning malakali, asosli nutqini
shakllantirishga yordam beradigan usullardan biridir. Mazkur usulning ma’nosi muayyan
muammo bo‘yicha fikr almashishdir. Munozara orqali o‘quvchilar yangi bilimlarga ega
bo‘ladilar, fikr almashadilar, o‘z fikrlarini asoslaydilar, himoya qilishga o‘rganadilar,
muayyan muammoni hal etishda ,o‘zgalar bilan muhokama qilar ekanlar barcha fanlardan
olayotgan bilimlari, nutqiy ko‘nikmalari naqadar zarur bo‘lishini anglab yetadilar, o‘z
fikrini
himoya qilibgina qolmasdan, o‘zgalar fikrini, ya’ni sinfdosh, tengdoshlarini fikrini
ham e’tiborga olishga hurmat qilishga o‘rganib boradilar.
O‘qituvchi O‘zbekiston tarixini o‘qitishda “Baxs” usulidan foydalanishi ham yaxshi
samara beradi. Bu usulda sinf o‘quvchilari avvaldan 2 yoki 3 guruhga
bo‘linadilar. 1
-
guruh muammoni hal etishda o‘z nuqtai nazarini himoya qiladi,
2-
guruh o‘quvchilari esa ular fikrliriga qarama
-
qarshi bo‘lgan variantni yoki muqobil
variantni taklif etib, o‘z fikrlarining to‘g‘riligini baxs orqali isbotlashga harakat qiladilar.
Monologik nutqni rivojlantirish uchun berilgan savolga to‘laqonli, batafsil, atroflicha
javob berishga o‘rgatish, muayyan bir tarixiy hodisaning keng miqyosli so‘zlab tasvirlab
berish, berilgan mavzu yuzasidan og‘zaki ma’ruza tayyorlash, muzeylarga ekskurs
iyalar
uyushtirish ham katta yordam beradi.
Tarix o‘qitish jarayonida dastlabki bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarni tarixiy
matnni o‘qib chiqib uni so‘zlab berishga o‘rgatishi ham foydali bo‘lib, u xotirani
rivojlantirishga yordam beradi,nutq ko‘nikmalarini, fikrlarni tushunarli va to‘liq bayon eta
olish malakasini shakllantiradi.
Og‘zaki nutq ustida ishlash turli xil rasmlar, tasvirlardan turli tarixiy vaziyatlarni
ifodalovchi rasmlardan foydalangan holda bu manzaraning og‘zaki rasm tarzida bayon
etish,gaplar tuzish, hikoya qilib berish kabilarni o‘z
ichiga oladi.
Tarixiy materialni tizimlashtirish-tasniflashga yordam beradigan mantiqiy
diagramma va jadvallardan foydalanish, tasvirga asoslangan hikoya ayniqsa, o‘quvchilar
muayyan bir tarixiy qahramon haqida jumlalar tuzishga, uning jasoratini, fodokorona
mehnatini mukammal tasvirlashga yordam beradi.
So‘zlab berishga o‘rgatish ham maktab o‘quvchilarida nutq ko‘nikmalarni
rivojlantirishning muhim vositasidan biridir. O‘quvchilar matnni o‘qishlari tarixiy
so‘zlarni,zamonaviy iboralarni tanlashlari,matn mazmunini batafsil,tushunarli bayon etib
berishlari kerak.
O‘quvchilarning kommunikativ kompetentsiyani shakllantirishda yana bir muhim
vosita
–
bu so‘zlarning lug‘at zahirasidir. Lug‘at o‘rganish matn bo‘yicha eslatma olish,
javob rejasi yoki maqola tayyorlash, insho, kompozitsiya, eslatmalar tuzish, jadvallarni
to‘ldirish va hakozolarni o‘rganib borishlariga yordam beradi, tushunchalar bilan ishlash,
iboralarni o‘z o‘rnida ishlata olish ko‘nikmasini shakllantirishga olib keladi, o‘quvchining
so‘z boyligini boyitadi.
Tarix o‘qitishda lug‘at bilan ishlash fanni yaqindan o‘rganish jarayonidir
- darsda
nafaqat javob berayotgan paytda tarixiy atamalardan foydalanish, balki kundalik nutqda
yangi so‘zlardan foydalanishga ham to ‘g ‘ri keladi. O‘qituvchi dars jarayonida o‘quvc
hilar
e’tiborini savodli nutq va xatolarni o‘z vaqtida tuzatish zarurligiga qaratish, tilimizning
yorqinligini ko‘rsata bilish muhimdir. O‘quvchilar qog‘ozdan o‘qimasligi uchun matnni
oson eslab qolishlari uchun o‘z nutqining
umumiy rejasini avvaldan belgilab olishi kerak.
Uning nutqi tushunarli, malakali va to‘g‘ri bo‘lishi kerak, shunda u tinglovchiga tushunarli
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
273
bo‘ladi, rostgo‘ylik va samimiylik bilan umumqabul qilingan xulq
-atvor va ahloq
normalariga rioya etgan holda bayon etish kerak.
Muloqot jarayonida tinglash madaniyatiga ham rioya qilish zarur, shunda
o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqot –
fikr bildirish, so‘zlash, fikr almashish, o‘z
nuqtai nazarini bildirish, himoya qilish, o‘zgalar fikrini ham
hurmatlash yuzaga kelib,
muloqot jarayoni-
ya’ni nutqiy munosabatlarda kutilgan natijaga erishiladi, ta’lim
-tarbiya
jarayonida samaradorlikka erishiladi, o‘sib kelayotgan yosh avlod jamiyatda o‘ziga
munosib o‘rniga, mavqeiga, mustaqil fikriga ega bo‘ladi.
XULOSA
Interaktiv yondashuv orqali tarix fanini o‘rgatish ijobiy natijalarni ta’minlashi uchun
ta’lim texnikasi va kasbiy talablarga rioya qilinishi zarurat hisoblanadi. Noto‘g‘ri
yo‘naltirilgan innovatsion yondashuvlar nutqiy muammolarning yanada kuchayishiga
sa
bab bo‘ladi. Pedagogik jarayonlarni o‘rganuvchi sifatida faol kuzatib borish orqali
talabalarda nutq tuzilishi va etikasi borasidagi nuqsonlar aniqlanib, kamayib boradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/2890/16989/658be67264
409___131-139+Xalilova+Sh.pdf
2. Ishmuhamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini
oshirish yo`llari.
–
Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2009.
3.
O‘zbekiston
tarixi
[Matn]/R.Shamsutdinov,X.Mo‘minov.–
Toshkent:
Akademnashr; 2019.
4. M.Ochilov, N.Ochilova. Oliy maktab pedagogikasi. Darslik. -
Т., «Aloqachi», 2008.
5. Botirova, S. (2023). Models of modern communication. Mental Enlightenment
Scientific-Methodological Journal, 74-84.
6. Botirova, S. (2022). DEVELOPMENT OF COMMUNICATION SKILLS OF 8TH
GRADE STUDENTS IN THE PROCESS OF STUDYING THE HISTORY OF UZBEKISTAN.
Наука
и технология в современном мире, 1(7), 327
-330.
7. Botirova, Z., Rasulova, G., & Sevara, N. (2023). ACTIVATION OF EDUCATIONAL
AND COGNITIVE ACTIVITY OF YOUNGER SCHOOLCHILDREN BY MEANS OF DIDACTIVE
GAMES ON THE EXAMPLE OF THE SUBJECT" ENGLISH LANGUAGE". Research Focus,
2(11), 76-79.
8. Botirova, S. (2022). TECHNOLOGY FOR THE DEVELOPMENT OF SPEECH SKILLS
IN EIGHTH GRADE STUDENTS IN THE PROCESS OF STUDYING THE HISTORY OF
UZBEKISTAN. Академические исследования в современной науке, 1(19), 240
-243.
