Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Dietary traditions of the population of the Medieval
Ohangaron Valley (based on the Suyluritepa and Tunkat
Monuments)
Behzod ISABEKOV
1
National Center of Archeology, Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
This article examines the formation and development of
dietary culture among the medieval urban population in the
Ohangaron Valley, based on material evidence from the
Suyluritepa and Tunkat sites. Pottery, food remnants, and other
artifacts unearthed during the research provide valuable
insights into the daily lives, cooking and consumption practices,
and socio-economic development of the region's inhabitants.
Findings from Suyluritepa particularly emphasize a dietary
culture focused on agricultural products, alongside technologies
for food storage and consumption.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Ohangaron,
Kurama,
Suyurlitepa,
Tunkat,
ibn Havqal,
irrigated farming,
plate,
bowl,
gardener's knife,
food ration.
O‘rta asr Ohangaron vodiysi aholisining taomlanish
an’analari (Suyluritepa va Tunkat yodgorligi misolida)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Ohangaron,
Qurama,
Suyurlitepa,
Tunkat,
ibn Xavqal,
sug‘orma dehqonchilik,
lagan,
kosa,
bog‘bon pichog‘i,
ovqat ratsioni.
Mazkur maqolada Ohangaron vodiysi o‘rta asr shaharlarida
yashagan aholi taomlanish madaniyatining shakllanishi va
rivojlanishi Suyurlitepa va Tunkat yodgorligidan topilgan
moddiy ashyolar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida
aniqlangan kulolchilik buyumlari, oziq-ovqat qoldiqlari va
boshqa moddiy dalillar orqali mintaqa aholisi hayotining
kundalik jihatlari, ovqat tayyorlash va iste’mol qilish
madaniyati,
shuningdek,
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish
ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Suyurlitepadan topilgan bu
yumlar
1
Doctor of Philosophy in History (PhD), National Center of Archeology, Academy of Sciences of the Republic of
Uzbekistan. E-mail: behzodisabekov49@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
470
asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga asoslangan taomlanish
madaniyatini, oziq-
ovqat saqlash va iste’mol qilishda
qo‘llanilgan texnologiyalarni yoritib beradi.
Пищевые традиции населения Ахангаранской долины
в Средние века (на примере памятников
Суйлюритепа
и Тункат)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Ахангаран,
Курама,
Суюрлитепа,
Тункат,
ибн Хавкал,
орошаемое земледелие,
тарелка,
миска,
садовый нож,
продовольственный
рацион.
В
данной
статье
рассматриваются
процессы
формирования и развития культуры питания населения
средневековых городов Ахангаранской долины, изученные
на основе материальных находок, выявленных на
памятниках Суйлюритепа и Тункат. Исследование
включает анализ керамических изделий, остатков пищи и
других археологических свидетельств, позволяющих
изучить
повседневную
жизнь
населения
региона,
особенности приготовления и потребления пищи, а также
уровень социально
-
экономического развития. Материалы
из
Суйлюритепа
отражают
преимущественно
сельскохозяйственный характер культуры питания, а
также технологии хранения и употребления продуктов.
DOLZARBLIGI
O‘rta asrlar, xususan, ilk o‘rta asrlar Ohangaron havzasi aholisining ovqatlanish
ratsioni, iste’mol qilgan meva va
boshqa mahsulotlari tarixini yoritish, hududda olib
borilgan
keng ko‘lamli arxeologik tadqiqotlar
, hamda topilgan ashyolarni laboratoriya
tahlillari asosida o‘rganishni taqazo etadi.
М
ETODLAR VA O
‘
RGANISH DARAJASI
Ushbu hudud tarixini chuqur o‘rganish maq
sadida havzaning shahar tipidagi
Suyurlitepa va Tunkat yodgorliklarida turli yillarda arxeologik tadqiqotlar amalga
oshirilgan [
Аsqarov
А., Маtyoqubov
X., Normurodov D., Isabekov B., Ismailov U., 2020.
B. 15
–
41], [Isabekov B., 2022. B. 182
–
185], [Isabekov B., 2022. B. 99], [Isabekov B., 2013.
B. 235
–
253]. Ushbu ikki yodgorlik ham Ohangaron daryosining chap tarafi, 2-terrasasi
ustida joylashgan. Suyurlitepa Sanam qishlog‘i, Tunkat Obiz qishlog‘i hududiga to‘g‘ri
keladi. Har ikkala yodgorlik
ham Qurama tog‘larining old mintaqasida shakllangan.
Aynan, mana shunday joylashuv ushbu hududlar aholisining o‘rta asrlardagi ratsionida
hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.
Suyurlitepa yodgorligidagi dastlabki arxeologik qazuv ishlari 2007-yili amalga
oshirilgan [
Аshirov
S., 2007. B. 4], [
Аshirov
S.А
., 2013. C. 355
–
362]. Lekin ushbu tadqiqot
kichik shurf tashlash yo‘li bilan amalga oshirilgan bo‘lib, unda aholining ovqatlanish
tarixiga oid hech qanday moddiy manbalar uchramaydi.
TADQIQOT NATIJALARI
Oziq
–
ovqat bilan bog‘liq manbalar 2012–
2022-yillardagi A. Asqarov boshliq olib
borilgan keng ko‘lamli tadqiqotlar natijasida ko‘plab topilgan. Xususan, 2012
-yilda
Suyurlitepa ibodatxonasida olib borilgan tadqiqotlarda xo‘jalik o‘ralarida ko‘plab sholi va
bug
‘doy zaxiralari topildi. Topilgan sholi donlarini o‘rgangan o‘simlikshunis, seleksioner
olim Zoyir Ziyotov fikricha ushbu sholi donlari madaniylashgan ekanligi aniqlanlandi.
Ularning topilishi bizga quyidagi xulosalarni berdi:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
471
–
Ushbu shahar aholisining ovqatlanishi ratsionida sholi va bug
‘
doy kabi donli
ekinlarga asoslangan.
Bu esa ularning qishloq xo‘jaligiga ham ega yashash tarziga ega
bo‘lganini bildiradi.
–
Sholi katta miqdordagi suv ichadigan ekinlardan hisoblanib, ushbu shahar aholisi
Iloq (Ohangaron) daryosi sohillarida sholipoyalar barpo etib dehqonchilik qilishgan.
–
Sholi va bug‘doyning mavjudligi, ular turli xil non va ovqat turlari uchun asos bo‘lib
xizmat qilganligini ko‘rsatadi. Bu ularning ovqatlanish turiga o‘ziga xoslik qo‘shganini
anglatadi.
Bugungi kunda sevib iste’mol qilinadigan o‘zbek taomlaridan
palov
ham o‘z
davrida tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Osh haqidagi ma’lumotlar V–
X asrlarga oid turkiy
manbalarda ham uchraydi [
Иkramova
N., 1989. B. 11], [Fayzullayeva
., 2021. М
. B. 78].
–
O‘sha davrda donli ekinlar
y
etishtirilishining kengligi, aholi o‘z ovqatlanishlarini
muhitdagi tabiiy sharoitlarga moslashtira olganligini ko‘rsatadi.
2020-
yilgi qazishmalar shaharning ark qismida olib borilgan bo‘lib, unda ko‘plab
xonalar va 4 ta xo‘jalik o‘rasi aniqlangan. Ulardan kiyik shoxlari, tovuq tuxumining
po‘stloqlari, parranda suyaklari, ellikka yaqin mayda tuyoqli
h
ayvon suyaklari, ko‘plab
yirik hayvon suyaklari va oshiqlar topilgan. [IsabekovB., 2022. B. 92
–
93].
Bu topilmalar havza aholisi xo
‘
jalik hayotida chorvachilik muh
im rol o‘ynaganini
anglatadi. Shu bilan birga,
kundalik taomlanish jarayonida kiyik go‘shti, qo‘y go‘shti,
parranda go
‘shti, tovuq tuxumi kabi mahsulotlar
, ya
’ni go‘shtli taomlar iste’molda keng
foydalanganligini bildiradi. Aynan qazishmadan ko‘plab oshxona idishlarining uchrashi
,
xususan, yigirmaga yaqin qozonlar, kosalar, laganlar mavjud. Ushbu idishlar ichida
o‘nga
yaqin laganlar topildi. Bu
laganlardan suyuq va qo‘yiq taomlar ulashishda, oziq
-ovqatlar
solishda foydalanishgan. Laganlardan birining tag qismi saqlanmagan, singan
parchalardan tiklangan. Lagan o‘z davrida qadoqlangan, qadoq izlari idish parchalarid
a
kuzatiladi. Lagan og‘zining diametri 32 sm. Laganning ichki yuzasi yoppasiga gulga
o‘xshash naqshlar bilan bezatilgan. Naqshlarda katta
-
kichik nuqtalar, boshi, tumshug‘i va
dumi qizil rangli qushlar suratini uchratish mumkin [Isabekov B., 2022. B. 128].
Bu ma’lumotlar o‘z davrida hudud aholisi shunday laganlarda taomlanishganligini, agar
ushbu idishlar singan taqdirda uni qaytadan qadoqlab, ta’mirlashganligini ko‘rsatadi.
Suyurlitepa o‘rnidagi tarixiy shaharning janubiy tegralarida lalmikor, shimoliy
te
gralarida sug‘orma dehqonchilik qilish uchun keng sharoit mavjud bo‘lib, bu hudud
aholisi yaqin-yaqinga qadar adirli zonalarda lalmikor dehqonchilik bilan, Ohangaron
daryosi poymalarida sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Ushbu asosda
hudud ah
olisi tomonidan yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari iste’mol qilingan.
Ushbu ma’lumotlar asosida o‘rta asrlar davrida Markaziy Osiyo, xususan Iloq
hududi o‘zining tabiiy go‘zalligi, yuqori darajadagi bog‘dorchilik madaniyati bilan ajralib
turadi. Arab sayyohlarining e
sdaliklarida, jumladan, Ibn Havqalning “Kitob Surat al
-
ard”
asarida va Yoqut al-Hamaviyning izohlari orqali ushbu hududning betakror tabiati va
uning aholisi tomonidan erishilgan yuksak agromadaniyat natijalari yorqin tasvirlanadi.
Farg‘ona, ash
-
Shosh, Ustrushana va butun Mavarounnahr kabi joylardagi qalin o‘sgan
daraxtlar, mo‘l
-
ko‘l mevalar va ketma
-ket yaylovlarning mavjudligi takidlangan. Ushbu
hududda yashagan aholi qadimdan ushbu meva-yu, noz-
ne’matlardan tanovvul
qilib
kelgan.
Suyurlitepa yodgorligida 2022-yili olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida
o‘ralardan uzum, olma, olmurot, o‘rik, qovun, pista, shaftoli, na’matak, gilos, jiyda kabi
mevalar, qovun, qovoq kabi poliz ekinlarining urug‘lari topilgan. Sh
uningdek, qazish
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
472
ishlari vaqtida “bog‘bon pichog‘i” deb ataluvchi uchi qayrilgan va tig‘i ichki tarafida
bo‘lgan pichoq aniqlandi. Pichoqning uzunligi 12 sm, eni 1,2 sm bo‘lib, uch qismi biroz
qayrilgan. Dastaga ulanadigan qismi biroz qalinlashib borgan. Dastaga kiritish qismi
burama shaklida yasalgan bo‘lib, dastaga mustahkam o‘rnashib turishi maqsad qilingan.
Ushbu pichoqqa o‘xshash bog‘bonlik pichog‘i Panjikent va Eski Xovos yodgorliklarida
xam aniqlangan [
Беленицкий
А.М., Бентович
И.Б., Большаков
О.Г
., 1973. B. 74],
[
Грицина
А.А
., 2005. B. 31], [
Грицина
А.А., Рахимов
К.А., Мамиров
О.У
., 2018. B. 381].
Shu kabi pichoqlarning yodgorlik hududidan aniqlanishi, ushbu hududda qadimda va
o‘rta asrlarda bog‘dorchilik keng rivojlanganligidan dalolat berib turadi.
Suyurlitepadan topilgan “bog‘bon pichog‘i”ning uch qismi biroz qayrilganligi
tufayli undan foydalanishda itarish yoki bosish kuchi evaziga kesish amali bajarilmasdan,
balki o‘ziga tortish kuchi bilan bajariladi. Bu xolatda mevali daraxtlarga payvand solis
h,
novda po‘stini archish va meva po‘stini archish ishlarida aynan shunday pichoqlardan
foydalanilgan. Shu kabi pichoqlar Markaziy Osiyo va Kavkaz hududlarida keng tarqalgan.
Lekin bunday pichoqchalar turkiy xalqlarda azaldan mavjud bo‘lib,
ular har bir turk
odamining yonida yurgan. Ajdodlarimizning go‘sht bilan taomlanishi vaqtida bunday
pichoqlar judayam asqotgan. U bilan go‘shtni kesib
-kesib, maydalab tanovvul qilish ancha
qulay bo‘lgan.
Bunday keng ko‘lamdagi topilmalar hududda o‘rta asrlarda dehqonchilik,
bo‘g‘dorchilik, shuningdek, ovqatlanish madaniyati ancha yaxshi darajada
rivojlanganligini tasdiqlaydi. Uzum, olma, olmurot, o‘rik, qovun, pista, shaftoli, na’matak,
gilos, jiyda kabi m
evalar, qovun, qovoq kabi mahsulotlarning urug‘lari bu hududda turli
mevalar, poliz mahsulotlari yetishtirilganligi va ulardan keng foydalanilganligini
ko‘rsatadi. Bularning barchasi, Iloq hududining qadimdan agrobiodiversitet markazi
sifatida muhim o‘rin
tutganligini va Buyuk Ipak
yo‘
li doirasida meva savdosi va
ayirboshlashda muhim rol o‘ynaganligini tasdiqlaydi.
VII
–VIII asrlarga oid qishloq va shahar xarobalaridan donli (g‘alla) ekinlarning,
bog‘dorchilik, uzumchilik va poliz mahsulotlarini yetishtirish keng yo‘lga qo‘yilgan
[13. 1990. C. 6
–
77]. Ular asosida bu hududda boshoqli va dukkakli (
bug‘doy, tariq,
no‘xat), uzumchilik va bog‘dorchilik ekinlari ekilganligini qayd qilish mumkin. Voha
da
uzum yetishtirish yetakchilik qilib, undan hatto sharob ham tayyorlangan. Buni Xitoy
manbalarida, VII asrdan boshlab Xitoyda “Shi (Toshkent) davlatidan” o‘zlashtirilgan
“uzum arog‘ini (sharobidan) tayyorlash uslubi” qo‘llanila boshlanganligi haqidagi
ma’lumot ham tasdiqlaydi [Хўжаев
А., 2007
. B. 196
]. Ushbu ma’lumot
hudud aholisi
taomlanish madaniyatini sharobning ham o‘ziga xos o‘rni bo‘lganligini ko‘rsatadi.
2022-yilgi qazishmalar IX
–
X asrlarda (somoniylar sulolasi boshqaruvi davri)
insonlar taomlanish jarayonida ichiga har xil tilaklar, Qur’oni Karim hamda hadislardan
parchalar yozilgan idishlarda ovqatlanishganligini ko‘rsatdi.
Aynan shunday jumlalar
bitilga
n idishlar Suyurlitepada hamda Tunkat yodgorligidagi o‘ralarda uchratildi.
Suyurlitepadagi laganlardan birida arab alifbosining kufiy xatida
لك هبحاصل ةكربلا. رمعلا
so‘zlari yozilgan. Yozuvlar o‘ng tomondan o‘qilganda al’umru (umr), al
-barakatu
(baraka), l
i sooxibixi (egasi uchun, egasiga) so‘zlari ma’lum bo‘ldi. Afsuski, lagan butun
holatda bo‘lmagani bois 1
-
2 so‘zni aniqlashning imkoni bo‘lmadi. Laganlardan birida
tovus qushi
tasvirlangan bo‘lib, u tumshug‘ida gul tutib turibdi. Ikkala lagan ham
somoniylar davrining nodir namunalaridan hisoblanadi [
Ильясова
С.Р., Ильясова
Дж.Я.,
Имамбердыев
Р.А., Исхакова
Е.А
., 2016. C. 402
–
412
]. Bunga o‘xshash qush va uning
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
473
tumshug‘idagi gul tasviri xazar turklari idishlari sirtida ham uchratiladi [16. 2017. B.
748]. Qolaversa, Tomiz (Udmurtiya) hududidan topilgan idishlarda ham huddi shunga
o‘xshash tasvirlar uchratiladi [Маршак Б.И
., 2017. C. 562].
So‘nggi yillarda Tunkat yodgorligidagi olib borilgan tadqiqotlarda noyob kosa
uchratildi. Uning ichki qismida oq asosga qora ranglar bilan arab alifbosining kufiy xatida
ايرم اينه اهيف لك
(
Kul fiha haniyyan (mariyyan))
degan jumlalar yozilgan
.
Ushbu gaplarning
tarjimasidan
“Unda taomni lazzatlanib va rohatlanib yeng”, “
Salomatlik uchun yeng",
“Sog‘lik uchun yeb
-
iching”, “Unda sog'lig'ingiz uchun ovqatlaning”
degan ma’nolarni
anglash mumkin. Shu joyda Yunon faylasufi Suqrot
“
Biz yeish uchun yashamaymiz,
yashash uchun yeishimiz kerak
”,
degan fikrlarinhi eslash lozim
.
XULOSALAR
Ohangaron vodiysi qadim davrdan dehqonchilik va bog‘dorchilk
qilish uchun qulay
geografik hududlardan biri sanaladi. Shu sababli bu hududlarda dehqonchilik va
bog‘dorchilk keng taraqqiy etgan. Aynan hudud axolisi
ovqatlanish ratsioni
da go‘shtli
taomlar va boshoqli ekinlar non va non maxsulotlari, shu bilan birga tur
li bo‘dorchilik va
poliz ekinlaridan kundalik ovqatlanish jarayonida istemol qilganligi arxeologik
manbalrda aniqlandi. Samoniylar va Qoraxoniylar davriga oid topilgan kulolchilik
buyumlarida ajdodlarimiz sag‘lom turmush tarziga amal qilganligi, moddiy man
balar
orqali o‘z tasdig‘ini topdi.
Ohangaron vodiysi o‘rta asr shaharlarining taomlanish madaniyati Suyurlitepa
yodgorligidan topilgan moddiy ashyolar asosida o‘rganilib, ushbu mintaqa aholisi
hayotining turmush tarzi, oziq-
ovqat iste’mol qilish odatlari va kulolchilik an’analari
haqida qimmatli ma’lumotlar taqdim etadi. Topilmalar orasidagi idish
-tovoqlar, oziq-
ovqat qoldiqlari va boshqa moddiy madaniyat yodgorliklari mazkur davrdagi ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishni yoritib beradi.
O‘rta asrlarda Ohangaron vodiysi aholisi asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga
tayanib yashagan bo‘lib, ularning taomlari turli xil don mahsulotlari, go‘sht, sut
mahsulotlari, sabzavot va ziravorlarga boy bo‘lgan. Suyurlitepa yodgorligidan topilgan
kulolchilik buyumlari esa ov
qat tayyorlash, saqlash va iste’mol qilish jarayonlarining
o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatadi. Idishlarning xilma
-xilligi, ularning estetik va amaliy
jihatlari taomlanish madaniyatining yuqori darajada shakllanganligini tasdiqlaydi.
Shuningdek, topilmalar o
‘sha davr madaniy va savdo aloqalari rivojlanganligini
ko‘rsatib, mintaqaning boshqa shaharlari bilan yaqin munosabatda bo‘lganini tasdiqlaydi.
Xususan, ba’zi buyumlarning ishlab chiqarish uslublari va dizayni uzoq mintaqalardan
kelgan ta’sirlarni aks etti
radi. Bu esa Ohangaron vodiysi shaharlarining keng tarmoqdagi
savdo yo‘llarida muhim rol o‘ynaganligidan dalolat beradi.
Umuman olganda, Suyurlitepa yodgorligidan topilgan moddiy ashyolar Ohangaron
vodiysi o‘rta asr shaharlarining taomlanish madaniyati boy
, xilma-xil va ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot bilan chambarchas bog‘liq ekanini namoyish etadi. Ushbu tadqiqotlar nafaqat
mintaqa tarixi, balki o‘rta asr Iloq hududi aholisining madaniyati va turmush tarzi haqida
yangi ma’lumotlar berishda muhim ahamiyat ka
sb etadi.
FOYDALANGAN ADABIY
OTLAR RO‘YXATI
:
1.
Асқаров А., Матяқубов Х., Нормуродов Д., Исабеков Б., У. Исмаилов //
Суюрлитепа ёдгорлигида олиб борилган археологик қазишмалар. Ўзбекистонда
археологик тадқиқотлар. № 13, 2020 йил.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
474
2.
Исабеков Б., Исмоилов У. Ўрта Оҳангарон хавзаси боғдорчилиги
(археологик материаллар асосида). “Евроосиё халқлари маданий мероси:
замонавий тадқиқотлар, муаммо ва ўрганиш усуллари” халқаро илмий
-
амалий
анжумани. –
Жиззах 2022.
3.
Исабеков Б. Юқори ва ўрта Oҳангарон водийсининг қадимги ва ўрта асрлар
даври маданияти. Тарих фанлари
бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий
даражасини олиш учун тайёрланган Диссертация. 2022.
4.
Исабеков Б.И. Раскопки Храма на Суюрлитепа. Проблемы древней и
средневековой истории Чача. Выпуск 2. Шамсиддин Камолиддин (ред.). Lambert
Academic Publishing.
–
Saarbrucken 2013.
5.
Аширов С. Потерянная столица государства Илак// “Правда Востока”
gazetasi, 20. VII. 2007,
–
№140;
6.
Аширов С.А. К локализaции Тунката –
столицы Илака // Проблемы
древней и средневековой истории Чача. Шамсиддин Камолиддин (ред.). Lambert
Academic Publishing.
–
Saarbrucken 2013.
7.
Икрамова Н. Узбекская кулинарная лексика. –
Т.: Фан, 1989.
8.
Файзуллаева М. Ўзбек миллий таомлари ва тановул маданияти.
–
Т.:
“Tafakkur avlodi”, 2021.
9.
Беленицкий А.М., Бентович И.Б., Большаков О.Г. Средневековый город
Средней Азии. М., 1973. Рис,43;
10.
Грицина А.А. Древний Хавас на перекрестке дорог // Археология ва тарих
фанининг долзарб муаммолари. 1 –
кисм. Самарканд, 2005. Рис.8,1;
11.
Грицина А.А., Рахимов К.А., Мамиров О.У. Кўҳна Ховос ёдгорлигида 2015
-
17 йилларда олиб борилган археологик тадқиқотлар // Ўзбекистонда археологик
тадқиқотлар 2015
-
2017 йиллар. 11
-
сони. Самарқанд, 2018, 16/7 расм;
12.
O. Mamirov. Gardening of Ustrushana in the Middle Ages (On Archaeological
Materials) // Volume 5, Issue 9 September, 2022.
13.
Древний и средневековый город Восточного Мавераннахра. –
Ташкент:
Фан, 1990.
14.
Хўжаев А. Буюк Ипак йўли: муносабатлар ва тадқиқотлар. –
Тошкент:
ЎзМЭ, 2007.
15.
Ильясова С.Р., Ильясова Дж.Я., Имамбердыев Р.А., Исхакова Е.А. Нет блага
в богатстве (Глазурованная керамика Ташкентского оазиса IX
-XII).
–
Москва. 2016.
16.
Türk Dünyası Kültür Atlası –
A Cultural Atlas of the Turkish World : Selçuklu
Dönemi 1 –
the Seljuk. 2017.
17.
Маршак Б.И. История восточной торевтики III
-
XIII вв. и проблемы
культурной преемственности. // СПб: «Академия исследования культуры». 2017.
Рис. 91–
93.
