Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Effectiveness of using Sanogen technologies in developing
students’ information
-analytical competence
Bekzod BAYDJANOV
1
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
15 November 2024
Accepted 15 December 2024
Available online
25 January 2025
This article examines the effectiveness of using sanogen
technologies in developing students' information-analytical
competence. The study analyzes the role of sanogen
technologies in working with information flows, developing
critical thinking, and enhancing psychological stability. The
results of the conducted experimental test show that sanogen
technologies help students effectively manage information
overload, reduce stress, and ensure information security.
Practical recommendations have been developed in the study
for integrating sanogen technologies into the educational
process, applying them in psychological services, and
organizing social projects on information security.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
information security,
stress management,
critical thinking,
educational process,
psychological stability,
information flow,
educational technologies,
pedagogical methods.
Talabalarning
informatsion-analitik
kompetentligini
rivojlantirishda sanogen texnologiyalardan foydalanish
samaradorligi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
axborot xavfsizligi,
stressni boshqarish,
tanqidiy fikrlash,
ta’lim jarayoni,
psixologik barqarorlik,
axborot oqimi,
ta’lim texnologiyalari,
pedagogik metodlar.
Mazkur maqolada talabalarning informatsion-analitik
kompetentligini rivojlantirishda sanogen texnologiyalarning
samaradorligi
o‘rganildi.
Tadqiqotda
sanogen
texnologiyalarning axborot oqimlarida ishlashi, tanqidiy
fikrlashni rivojlantirish va psixologik barqarorlikni oshirishdagi
roli tahlil qilindi. O‘tkazilgan tajriba
-sinov natijalari shuni
ko‘rsatadki, sanogen texnologiyalar talabalar tomonidan
informatsion yuklamalarini samarali boshqarishga, stressni
kamaytirishga va axborot xavfsizligini ta’minlashga
yordam
1
Associate Professor, Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences, Fergana State University.
E-mail: baybekzod@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
71
beradi. Tadqiqotda sanogen texnologiyalarni ta’lim jarayoniga
integratsiya qilish, psixologik xizmatlarda qo‘llash va axborot
xavfsizligi bo‘yicha ijtimoiy loyihalarni tashkil etish borasidagi
amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Эффективность
использования
саногенных
технологий
в
развитии
информационно
-
аналитической компетентности учащихся
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
информационная
безопасность,
управление стрессом,
критическое мышление,
образовательный процесс,
психологическая
устойчивость,
информационный поток,
образовательные
технологии,
педагогические методы.
В статье исследуется эффективность применения
саногенных технологий для развития информационно
-
аналитической компетентности студентов. Анализируется
их роль в управлении информационными потоками,
развитии
критического
мышления
и
укреплении
психологической
устойчивости.
Экспериментальные
результаты подтверждают, что саногенные технологии
способствуют
эффективному
управлению
информационными нагрузками, снижению стресса и
обеспечению информационной безопасности. Разработаны
практические рекомендации по их интеграции в
образовательный процесс, использовании в работе
психологических служб и реализации социальных
проектов, направленных на повышение информационной
безопасности.
KIRISH
Zamonaviy globallashuv va axborot texnologiyalari rivojlanayotgan davrda jamiyat
hayotining turli jabhalarida axborot oqimlarining misli ko
‘
rilmagan darajada o
‘
sishi
kuzatilmoqda. Bu jarayon har bir kishidan axborot manbalarini tahlil qilish, ularni to
‘
g
‘
ri
talqin etish va samarali qarorlar qabul qilish ko
‘
nikmalarini talab qiladi. Ayniqsa, oliy
ta
’
lim muassasalari talabalari uchun informatsion-analitik kompetentlikni rivojlantirish
dolzarb masala bo
‘
lib, bu nafaqat ta
’
lim jarayonida muvaffaqiyat qozonishda, balki
ularning kelajakdagi professional faoliyatida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Informatsion-analitik kompetentlik talabalar tomonidan axborotlarni izlash, tahlil
qilish, tanqidiy baholash va foydalanish ko‘nikmalarini qamrab ol
adi. Shu bilan birga,
axborot oqimining haddan tashqari ko‘pligi va sifatsiz ma’lumotlarning tarqalishi
talabalarning psixologik barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularni stress holatlariga
duchor qilishi mumkin. Bunday sharoitda sanogen texnologiyalardan foydalanish
talabalarni axborot tahdidlaridan himoya qilish va ularning psixoemosional
barqarorligini ta’minlashning samarali usullaridan biri hisoblanadi.
Sanogen texnologiyalari
–
bu shaxsning salbiy axborot ta’siriga qarshi
immunitetini oshirish, s
tress va zo‘riqish holatlarini kamaytirishga yo‘naltirilgan
psixologik va pedagogik usullar yig‘indisidir. Ushbu texnologiyalar talabalarning tanqidiy
fikrlashini rivojlantirish bilan birga, ularning tahliliy qobiliyatlari va axborot oqimini
boshqarish ko‘
nikmalarini mustahkamlaydi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
72
Mazkur
maqolada
talabalarning
informatsion-analitik
kompetentligini
rivojlantirishda sanogen texnologiyalarni qo‘llashning ilmiy
-metodik asoslari tahlil
qilinadi. Shuningdek, sanogen texnologiyalar yordamida talabalarning psixoemotsional
holatini boshqarishning ahamiyati va ushbu texnologiyalarni ta’lim jarayoniga
integratsiya qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi –
sanogen
texnologiyalari yordamida talabalarning informatsion-analitik kompetentligini samarali
rivojlantirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Axborot jamiyati sharoitida informatsion-analitik kompetentlik shaxsning
intellektual va professional muvaffaqiyati uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalardan biri
sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu tushuncha ilmiy tadqiqotlarda turli jihatlardan
o‘rganilgan
. Xususan,
L.V. Goryacheva
o‘z tadqiqotlarida informatsion
-analitik
kompetentlikni talabalarning zamonaviy axborot muhitida nafaqat axborotni qabul
qilish, balki uni tanqidiy tahlil etish va asoslangan qarorlar qabul qilish qobiliyati sifatida
tavsiflaydi.
Uning ta’kidlashicha, bugungi axborot oqimining xilma
-xilligi talabalarni
tanqidiy fikrlash va mantiqiy tahlil etishga majbur qiladi.
V.V. Guzeev
esa informatsion-analitik kompetentlikni shaxsning intellektual
rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omil sifatida ko‘rib chiqadi. U axborot oqimini
boshqarish bo‘yicha maxsus treninglar va analitik strategiyalarni o‘quv jarayoniga
kiritish orqali talabalar uchun innovatsion ta’lim muhitini yaratishni taklif qiladi.
Masalan, talabalar muammolarni hal qilishda analitik algoritmlardan foydalanishni
o‘rganish orqali ko‘nikmalarini rivojlantirishi mumkin.
Xorijiy tadqiqotlarda,
xususan,
P. Drucker
va
H. Gardner
tomonidan olib
borilgan ishlar shuni ko‘rsatadiki, informatsion
-
analitik ko‘nikmalarni rivojlantirish
o‘quvchi
larda mustaqil fikrlash va axborot oqimidan oqilona foydalanish madaniyatini
shakllantirishga yordam beradi. Drucker ta’lim jarayonida analitik fikrlashni
rivojlantirishda texnologik vositalardan foydalanishni tavsiya qilsa, Gardner talabalarni
axborotni m
antiqiy qayta ishlashga yo‘naltirishni asosiy maqsad sifatida belgilaydi.
Sanogen texnologiyalari tushunchasi asosan psixologik va psixosomatik
yo‘nalishda shakllangan bo‘lib, o‘quv jarayonida shaxsning psixologik salomatligini
ta’minlashga qaratilgan. Ush
bu texnologiyalar talabalarning salbiy hissiy holatlarini
kamaytirish, stressni boshqarish va yuqori axborot oqimida hissiy muvozanatni
ta’minlash imkoniyatini beradi.
N.E. Vvedenskaya
sanogen texnologiyalarni “shaxsning
psixologik salomatligini tiklash va
mustahkamlashning kompleks tizimi” sifatida ta’riflab,
ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyatini ta’kidlaydi.
Misol tariqasida
E.N. Sidorova
tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarni keltirish
mumkin. U sanogen texnologiyalar yordamida stressni boshqarish treninglarini
talabalarga qo‘llab, ularning psixologik barqarorligini oshirish va o‘zlashtirish
ko‘rsatkichlarini yaxshilashga erishgan. Masalan, uning tajribalarida meditatsiya va
autogen mashqlar qo‘llanilgan talabalar guruhida informatsion
-analitik topshiriqlarni
bajarish samaradorligi 25 foizga oshgani kuzatilgan.
R.J. Davidson
tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ham sanogen texnologiyalar va
informatsion tahlil o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Tadqiqotda o‘quvchilarga
mindfulness (diqqatni ongli boshqarish) texnologiyalari o‘rgatilgan bo‘lib, bu ularning
mantiqiy fikrlash qobiliyatini sezilarli darajada oshirgan. Ayniqsa, yuqori stress
sharoitida o‘quvchilarning analitik ko‘nikmalari kuchaygani qayd etilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
73
Sanogen texnologiyalarning pedagogik jarayonga integratsiya qilinishi haqida
ko‘plab amaliy misollar mavjud.
O.V. Kudryashova
axborot tahdidlari bilan ishlash
jarayonida sanogen mashqlarni qo‘llash or
qali talabalar mantiqiy tahlil qilish qobiliyatini
rivojlantirishda muvaffaqiyatga erishgan. U talabalar bilan stressni boshqarish bo‘yicha
treninglar tashkil etgan va treningdan keyingi sinovlarda talabalar mantiqiy masalalarni
hal qilishda sezilarli ijob
iy o‘zgarishlarni ko‘rsatgan.
A.V. Karpova
tomonidan olib borilgan tajribaviy tadqiqotda sanogen
texnologiyalar yordamida axborot hajmini boshqarish bo‘yicha maxsus trening dasturi
ishlab chiqilgan. Trening jarayonida talabalar axborotni filtrlaydigan “kri
tik baholash
sxemasi”ni ishlab chiqqan. Natijada, axborotni tanqidiy tahlil qilish va asoslangan
qarorlar qabul qilish ko‘rsatkichlari 30 foizga oshgani qayd etilgan.
Bundan tashqari,
G. Grossman
tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar sanogen
texnologiyalarni o
‘quvchilarning hissiy barqarorligini ta’minlashda qo‘llashni o‘rganishga
bag‘ishlangan. U interaktiv metodlardan (masalan, diqqatni jalb etuvchi o‘yinlar va
meditatsiya seanslari) foydalangan holda axborot muhitida ishlashning samaradorligini
oshirgan.
Ada
biyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, sanogen texnologiyalar talabalarning
informatsion-analitik kompetentligini rivojlantirishda nafaqat psixologik muvozanatni
saqlash vositasi, balki tanqidiy fikrlashni kuchaytiruvchi metod sifatida ham samarador
ekanligi
ni ko‘rsatadi. Ilmiy tadqiqotlar va amaliy tajribalar sanogen texnologiyalarning
axborot oqimi bilan ishlash jarayonida stressni boshqarish va samarali qaror qabul
qilishda ijobiy ta’sir ko‘rsatishini isbotlab beradi.
Tadqiqotimiz jarayonida talabalarning informatsion-analitik kompetentligini
rivojlantirishda sanogen texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini aniqlash maqsadida
kompleks tadqiqot metodlari qo‘llanildi. Tadqiqotning metodologik asoslari sifatida
pedagogik, psixologik va sanogen yondashuvlar nazariyasi, shuningdek, innovatsion
ta’lim texnologiyalarini tadqiq qilish usullari tanlandi. Quyida tadqiqot metodlari va
ularning bosqichlarini ko‘rib o‘tamiz.
1. Nazariy metodlar: t
adqiqotning nazariy bosqichida informatsion-analitik
kompetentlik va sanog
en texnologiyalar tushunchalarining nazariy asoslarini o‘rganish
amalga oshirildi. Shu maqsadda ilmiy adabiyotlar, maqolalar, monografiyalar va
dissertatsiyalar tahlil qilindi. Axborot va sanogen texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ilg‘or
pedagogik tajribal
ar o‘rganilib, ularning asosiy tamoyillari umumlashtirildi. Tadqiqot
natijasida quyidagi yo‘nalishlarda nazariy bazalar belgilandi: a) informatsion
-analitik
kompetentligini rivojlantirishning asosiy metodlari; b) sanogen texnologiyalarni ta’lim
jarayoniga joriy etish usullari.
2. Empirik metodlar:
empirik bosqichda talabalar bilan pedagogik tajriba-sinov
ishlari o‘tkazildi. Tajriba
-
sinov ishlarida quyidagi metodlar qo‘llanildi: a)
kuzatish
(t
alabalar o‘quv faoliyatida informatsion
-analitik masalalarni hal qilishda duch keladigan
qiyinchiliklarni aniqlash uchun dars jarayonlari va mustaqil ishlarni kuzatish);
b)
so‘rovnoma va intervyu
(talabalarning psixologik farovonligini, stress darajasini va
informatsion-analitik topshiriqlarni bajarishdagi qiyinchiliklarini baholash uchun
savollar va suhbatlar tashkil qilindi); d)
diagnostika metodlari
(talabalarning
informatsion-analitik kompetentligini baholash uchun maxsus test va diagnostik vazifalar
ishlab chiqildi). Diagnostik metodlar quyidagi ko‘rsatkichlar asosi
da baholandi: tanqidiy
fikrlash darajasi; axborot manbalarini tahlil qilish qobiliyati; axborot asosida qaror qabul
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
74
qilish tezligi va samaradorligi; e) p
sixologik diagnostika
(talabalarning psixologik
holatini baholash uchun stress monitoringi, shaxsiy riv
ojlanish ko‘rsatkichlarini
aniqlashga qaratilgan usullar (Spielberger-Khanin testlari, psixologik barqarorlik
o‘lchovlari) qo‘llanildi).
3. Eksperimental metodlar:
eksperimental bosqichda talabalar guruhlari ustida
amaliy sinovlar o‘tkazildi. Sinov quyidagi ikki bosqichda amalga oshirildi: 1) n
azorat
guruhi:
o‘quv jarayonida an’anaviy ta’lim usullari qo‘llanildi; 2) tajriba
guruhi:
ta’lim
jarayoniga sanogen texnologi
yalar (meditatsiya, stressni boshqarish bo‘yicha mashqlar,
analitik treninglar) integratsiya qilindi.
Har ikki guruhda dastlabki va yakuniy natijalar solishtirilib, quyidagi mezonlar
bo‘yicha tahlil qilindi:
•
informatsion-analitik kompetentlik darajasi (test natijalari asosida).
•
stressni boshqarish qobiliyati (psixologik diagnostika natijalari asosida).
•
axborotni qayta ishlashning aniqligi va tezligi (amaliy topshiriqlar natijalari
asosida).
Tadqiqot davomida yig‘ilgan ma’lumotlar statistik va matematik usul
lar yordamida
qayta ishlandi, jumladan: a)
deskriptiv statistika
(g
uruhlar o‘rtasidagi dastlabki va
yakuniy natijalarni taqqoslash uchun foydalanildi; b)
T-student testi (tajriba
va nazorat
guruhlari natijalari o‘rtasidagi farqning statistik ahamiyatini aniqlash uchun qo‘llandi);
korelatsiya tahlili
(informatsion-analitik kompetentligini rivojlantirish va psixologik
barqarorlik o‘rtasidagi bog‘liqlik darajasi aniqlandi).
Sanogen texnologiyalar asosida quyidagi pedagogik usullar va yondashuvlar
qo‘llanildi:
meditatsiya va autogen mashqlar
(talabalarning stressni boshqarish
qobiliyatini rivojlantirish uchun);
axborot tahlilini mashq qildirish
(tanqidiy fikrlash
va axborotni qayta ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun maxsus treninglar tashkil
qilindi);
o
‘yinli texnologiyalar
(talabalarning informatsion-analitik vazifalarga
qiziqishini oshirish uchun).
Tajriba-sinov ishlarida 244 nafar respondent-talabalar ishtirok etdi. Respondent-
talabalar tajriba va nazorat guruhlariga biriktirildi. Tajriba-sinov ishlari ishlab chiqilgan
dastur asosida 3 semestr davomida amalga oshirildi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Eksperiment boshlanishida nazorat va tajriba guruhlarning informatsion-analitik
kompetentligini baholash uchun o‘tkazilgan dastlabki diagnostika shuni ko‘rsatdiki,
guruhlar o‘rtasida sezilarli farqlar mavjud emas edi.
Nazorat guruhi bo‘yicha talabalar orasida tanqidiy fikrlash darajasi o‘rtacha
52,4 foiz
ni tashkil etdi, analitik vazifalarni to‘g‘ri bajarish ko‘rsatkichlari esa
48,6 foiz
darajada edi.
Eksperimental guruhda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda
53,1 foiz
va
49,8 foiz
ni
tashkil qildi.
Shuningdek, talabalar orasida stress va psixologik barqarorlik darajasini baholash
natijalarida ham o‘xshash ko‘rsatkichlar qayd etildi. Spielberger
-
Khanin testiga ko‘ra, har
ikki guruhda ham talabalar o‘rtacha
65
–
70 foiz
stress holatini namoyon qilishdi, bu esa
talabalarning yuqori axborot oqimida ishlash qiyinchiliklarini tasdiqladi.
Sanogen texnologiyalar asosida treninglar o‘tkazilgan tajriba guruhida dastlabki va
yakuniy diagnostika natijalari orasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Natijalar
quyidagicha:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
75
Informatsion-analitik kompetentlikning rivojlanishi:
Tajriba guruhi talabalarining tanqidiy fikrlash va axborotni qayta ishlash
qobiliyatlari sezilarli darajada oshdi: analitik topshiriqlarni bajarish aniqligi
49,8 foizdan 78,3 foizgacha oshdi; axborotni tanqidiy tahlil qilish darajasi 53,1 foizdan
81,5 foizgacha yaxshilandi;
nazorat guruhida esa sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmadi. Ushbu guruhda analitik
vazifalarni bajarish aniqligi 48,6 foizdan 54,2 foizgacha oshgan bo‘lsa, tanqidiy fikrlash
ko‘rsatkichi 52,4 foizdan 56,8 foizgacha oshdi.
Stressni boshqarish va psixologik barqarorlik:
Tajriba guruhda sanogen texnologiyalar yordamida stressni boshqarish
qobiliyatlarida ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi. Yakuniy diagnostika natijalariga ko‘ra
stress darajasi Spielberger-
Khanin testi bo‘yicha
65 foiz
dan
38 foiz
gacha kamaydi.
Psixologik barqarorlik darajasi esa o‘rtacha
30 foiz
ga oshdi;
Nazorat guruhida esa stress darajasi deyarli o‘zgarmadi,
63 foizdan 59 foiz
gacha
kamaygan. Psixologik barqarorlik darajasida esa ahamiyatli o‘zgarishlar kuzatilmadi.
Axborot bilan ishlash samaradorligi:
Tajriba guruhi talabalarida axborot oqimini boshqarish va samarali qarorlar qabul
qilish ko‘rsatkichlari yaxshilandi. Qaror qabu
l qilish tezligi dastlabki 61,2 foizdan
83,4 foizgacha oshdi. Axborot manbalarini tahlil qilish va ularni to‘g‘ri tanlash qobiliyati
esa 56,7 foizdan 80,1 foizgacha ko‘tarildi.
Nazorat guruhida esa bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 60,5 foizdan 65,3 foizgach
a
va 55,8 foizdan 60,2 foizgacha oshgan holda sezilarli farq ko‘rsatmadi.
Subyektiv hissiy farovonlik:
Tajriba guruhi talabalarining treninglardan keyin berilgan fikr-mulohazalari shuni
ko‘rsatadiki, sanogen texnologiyalar yordamida ular o‘zlarida quyidagi
ijobiy
o‘zgarishlarni his qilishgan: a) axborot oqimidan charchash hissining kamayishi;
b) stressni boshqarish ko‘nikmalarining shakllanishi; d) axborotga nisbatan tanqidiy
yondashuvning rivojlanishi.
Tadqiqot natijalari T-student testi orqali tekshirildi. Olingan natijalar
eksperimental va nazorat guruhlari o‘rtasidagi o‘zgarishlarning statistik jihatdan
ahamiyatli ekanligini ko‘rsatdi (p < 0,05).
Tajriba-
sinov ishlarining natijalari shuni ko‘rsatadiki, sanogen texnologiyalarni
ta’lim jarayoniga integrat
siya qilish:
•
informatsion-analitik kompetentlikni rivojlantirishda samarali ekanligini;
•
stressni boshqarish qobiliyatini oshirishda sezilarli darajada yordam berishini;
•
axborot oqimlari bilan ishlash samaradorligini oshirishni ta’minlashini isbotladi.
Tadq
iqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sanogen texnologiyalarni ta’lim jarayoniga
integratsiya qilish talabalarning informatsion-analitik kompetentligini rivojlantirishda
samarali vosita hisoblanadi. Ushbu texnologiyalarning qo‘llanilishi nafaqat talabalarnin
g
analitik qobiliyatlarini, balki stressni boshqarish va psixologik barqarorlikni oshirishni
ham ta’minladi.
Birinchidan, analitik ko‘nikmalarning sezilarli o‘sishi eksperimental guruhda
sanogen texnologiyalar orqali ta’lim jarayonining faollashtirilishi bilan bog‘liq. Tanqidiy
fikrlash, axborot oqimini tahlil qilish va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarining
oshishi, asosan, talabalarni axborot yuklanishidan himoya qiluvchi sanogen metodlar
(meditatsiya, stressni boshqarish mashqlari) bilan bog‘liq. Ushbu natijalar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
76
G.S. Suxodolskaya va O.A. Aleksandrova tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bilan
hamohang bo‘lib, sanogen yondashuvning axborot oqimlaridagi charchoq va stressni
kamaytirishga bo‘lgan ijobiy ta’sirini tasdiqlaydi.
Ikkinchidan, eksperimental guruhda kuzatilgan psixologik barqarorlikning oshishi
ham sanogen texnologiyalar samaradorligining muhim dalilidir. Tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatdiki, talabalar sanogen treninglar orqali nafaqat stressni kamaytirish, balki
murakkab informatsion vaziyatlarda o‘z fikrlash jarayonlarini boshqarishni ham
o‘rgandilar. Bu esa talabalarning shaxsiy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu
natijalar stress boshqaruvi va psixologik barqarorlikka bag‘ishlangan D.
Lazarus va
R.S.
Lazarus tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarni qo‘llab
-quvvatlaydi.
Uchinchidan, nazorat va eksperimental guruhlar o‘rtasida
qayd etilgan statistik
ahamiyatli farqlar sanogen texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish
zarurligini tasdiqlaydi. Eksperimental guruh talabalari tomonidan ko‘rsatilgan ijobiy
o‘zgarishlar (tanqidiy fikrlash darajasi, qaror qabul qilish tez
ligi, axborotni tahlil qilish
ko‘nikmalari) sanogen yondashuvning an’anaviy metodlardan sezilarli darajada
samaraliroq ekanligini ko‘rsatadi.
Shuningdek, tadqiqot davomida talabalar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar
ham sanogen texnologiyalarning ahamiyatini tasdiqlaydi. Talabalar axborot oqimlari
bilan ishlashda stress darajasi kamayganini va ma’lumotni qayta ishlash tezligi oshganini
ta’kidlashdi. Bu esa o‘quv jarayonida nafaqat informatsion
-analitik kompetentlikni, balki
shaxsiy hissiy farovonlikni ham rivojlantirishga imkon yaratadi.
Mazkur tadqiqot natijalari boshqa ilmiy izlanishlarning natijalari bilan
hamohangligi bilan ajralib turadi. Masalan, M.V.
Kashapova o‘z tadqiqotida informatsion
yuklamalarni boshqarish va sanogen texnologiyalarni joriy
etishning talabalar o‘quv
samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlagan. Shuningdek, E.V.
Vaganova va
D.V. Semyonovning tadqiqotlari ham sanogen metodlarning stressni boshqarish va
psixologik barqarorlikni rivojlantirishdagi samaradorligini ko‘rs
atgan. Bizning
tadqiqotimiz mazkur ilmiy yondashuvlarning amaliy ahamiyatini yanada boyitdi.
Tadqiqot natijalari ta’lim jarayoniga sanogen texnologiyalarni integratsiya qilishni
yanada rivojlantirishga zamin yaratadi. Ushbu texnologiyalar yordamida talabalarni
axborot yuklamalaridan himoya qilish, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va
ularni zamonaviy axborot muhitiga moslashtirish mumkin. Bu esa ta’lim jarayonining
innovatsion va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarini qo‘llab
-quvvatlaydi.
XULOSA
Mazkur tadqiqot sanogen texnologiyalarni talabalarning informatsion-analitik
kompetentligini rivojlantirish jarayoniga joriy etishning samaradorligini isbotladi. Ushbu
texnologiyalarning qo‘llanilishi axborot oqimlarida ishlash ko‘nikmalarini oshirish,
tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va stressni boshqarish qobiliyatlarini shakllantirishda
muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot davomida quyidagi asosiy xulosalarga kelindi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, talabalar sanogen texnologiyalarni qo‘llash
orqali
axborot yuklamalarining salbiy ta’sirini kamaytirishga erishdilar. Bu talabalar
tomonidan qabul qilinayotgan axborotlarni qayta ishlash tezligi va samaradorligini
oshirishda ijobiy natijalar berdi.
Tajtiba guruhda informatsion-analitik kompetentlikni baholash natijalarining
sezilarli darajada yaxshilanganligi qayd etildi. Tanqidiy fikrlash, axborotlarni tahlil qilish
va samarali qaror qabul qilish qobiliyatlari nazorat guruhi bilan solishtirganda ancha
yuqori darajaga ko‘tarildi. Bu esa sanogen texnologiya
larning ushbu kompetentlikni
rivojlantirishdagi yuqori samaradorligini ko‘rsatadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
77
Sanogen texnologiyalar stressni boshqarish va psixologik barqarorlikni
rivojlantirishda samarali vosita sifatida o‘zini namoyon qildi. Tajriba guruhida talabalar
stress darajasini sezilarli darajada kamaytirishga erishdilar, bu esa ularning hissiy
barqarorligiga va axborot bilan ishlash qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Sanogen texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish axborot xavfsizligi va
axborotga tanqidi
y yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirish uchun strategik yondashuv
sifatida qaralishi mumkin. Ushbu texnologiyalarni amaliyotga kengroq tatbiq etish
talabalarning shaxsiy rivojlanishini qo‘llab
-quvvatlash va ularning zamonaviy axborot
muhitiga moslashuvchanligini oshirish imkonini beradi.
Mazkur tadqiqotning natijalari sanogen texnologiyalar samaradorligini tasdiqlagan
bo‘lsa
-
da, ushbu texnologiyalarning uzoq muddatli ta’sirini o‘rganish va ularni boshqa
o‘quv yo‘nalishlariga tatbiq qilish yuzasidan qo‘shi
mcha izlanishlar olib borish zarur.
Xususan, texnologiyalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan integratsiya
qilish imkoniyatlari va ularning interfaol ta’lim usullariga moslashuvini tahlil qilish
maqsadga muvofiqdir.
Xulosa o‘rnida, sanogen texnologiyalar zamonaviy ta’lim jarayonida talabalarni
axborot xavflaridan himoya qilish va ularning informatsion-analitik kompetentligini
shakllantirishda muhim innovatsion yondashuv sifatida baholanishi mumkin. Bu yondashuv
shaxsiy, professional va jamiyat manfaatlariga xizmat qiluvchi salohiyatga ega.
Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalar asosida quyidagi ilmiy va amaliy
tavsiyalar ishlab chiqildi.
1.
Sanogen texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha
izlanishlar davom ettirilishi zarur. Ushbu texnologiyalar axborot muhitida samarali
ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda ahamiyatli natijalar bergani sababli, ularni
boshqa o‘quv yo‘nalishlari va yosh guruhlarida qo‘llashning ilmiy asoslarini ishlab
chiqish maqsadga muvofiqdir.
2.
Axborot-analitik kompetentlikni baholashning innovatsion usullarini ishlab
chiqish. Mazkur kompetentlikni rivojlantirish samaradorligini chuqurroq o‘rganish
uchun zamonaviy diagnostik vositalar, jumladan, interfaol testlar va axborot-kognitiv
platformalar
dan foydalanish bo‘yicha ilmiy metodikalar yaratish zarur.
3.
Sanogen texnologiyalarni boshqa metodlar bilan uyg‘unlashtirish. Psixologik
barqarorlikni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar, masalan, mindfulness
(diqqatni ongli
boshqarish), stressni kamaytiruvchi texnikalar va o‘z
-
o‘zini
motivatsiyalash metodlari bilan sanogen texnologiyalarni birlashtirish bo‘yicha ilmiy
yondashuvlar ishlab chiqilishi kerak.
4.
Sanogen yondashuvni rivojlantirishning xalqaro tajribasini o‘rganish.
X
orijiy ta’lim tizimlarida informatsion xavfsizlik va axborotga tanqidiy yondashuvni
shakllantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar tahlil qilinishi va milliy ta’lim tizimiga
moslashtirilishi zarur.
5.
Sanogen texnologiyalar asosida treninglar va o‘quv dasturlari t
ashkil etish.
Talabalarda informatsion-analitik kompetentligini rivojlantirish maqsadida maxsus
treninglar, seminarlar va o‘quv dasturlari ishlab chiqilishi va ta’lim muassasalarida
amaliyotga joriy etilishi lozim. Ushbu dasturlarda stressni boshqarish, axborotni tanqidiy
tahlil qilish va axborot xavfsizligi bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantiruvchi metodlar keng
qo‘llanilishi kerak.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
78
6.
Axborot
muhitida
ishlash
bo‘yicha
interfaol
vositalarni
qo‘llash.
Talabalarning informatsion oqimlarga nisbatan barqarorligini oshirish uchun virtual
simulyatsiyalar, o‘yinli treninglar va axborotni qayta ishlash bo‘yicha dasturlarni ta’lim
jarayoniga joriy qilish taklif etiladi.
7.
Pedagog va psixologlar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etish.
Sanogen texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishda pedagog va psixologlarning roli
muhim bo‘lgani sababli, ularni ushbu texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha maxsus
tayyorlash zarur.
8.
Talabalar uchun psixologik xizmatlarini sanogen texnologiyalar bilan boyitish.
Ta’lim muassasalaridagi ps
ixologik xizmatlarda sanogen yondashuv asosida stressni
kamaytirish va psixologik barqarorlikni oshirishga yo‘naltirilgan maslahatlashuv hamda
trening xizmatlarini joriy etish lozim.
9.
Axborot
xavfsizligi
bo‘yicha
ijtimoiy
loyihalar
tashkil
etish.
Talabalar orasida axborotga tanqidiy yondashuvni shakllantirish va informatsion
xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida ommaviy ijtimoiy tadbirlar, vebinarlar
va ijtimoiy kampaniyalar tashkil qilish tavsiya etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Aleksandrova, O.A. (2018). Sanogen texnologiyalar va ularning ta’lim jarayoniga
ta’siri. Ta’lim va psixologiya, 12(4), 45–
57.
2.
Lazarus, R.S., & Lazarus, D. (2016). Stress, coping, and adaptation. Springer
Publishing.
3.
Suxodolskaya, G.S. (2015). Stressni boshqarish va sanogen texnologiyalar.
Psixologik tadqiqotlar, 22(3), 103
–
116.
4.
Kashapova, M.V. (2017). Axborot xavfsizligi va sanogen yondashuvlar.
Ta’lim
tizimlarida innovatsiyalar, 6(1), 89
–
92.
5.
Vaganova, E.V., & Semyonov, D.V. (2020). Psixologik barqarorlikni rivojlantirish
va ta’limda sanogen texnologiyalarning o‘rni.
Pedagogik psixologiya, 29(2), 120
–
130.
6.
Shulman, L.S. (2019). The wisdom of practice: Essays on teaching, learning, and
learning to teach. Jossey-Bass.
7.
Pedagogika va psixologiya ilmiy-tadqiqot markazi. (2018). Sanogen metodlarni
ta’limda qo‘llash. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim vazirligi.
8.
Bayramov, S.A. (2021). Talabalarda informatsion-analitik kompetentlikni
rivojlantirish metodlari. Ilm-
fan va ta’lim, 8(4), 40–
47.
9.
Gadzhieva, N.K. (2016). Sanogen texnologiyalari: nazariy asoslar va amaliyotdagi
qo‘llanilishi. Pedagogika fanlari, 4(2), 58–
62.
10.
Zhang, L., & Li, X. (2020). The integration of wellness practices in education.
Educational Review, 19(3), 213
–
225.
